O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
BANKLARNING DEPOZIT SERTIFIKATLARINI ChIQARISh, RO‘YXATGA OLISh VA MUOMALADA BO‘LISh QOIDALARIGA QO‘ShIMChA VA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 12-mayda 522-3-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 14-avgustdagi 17/2-sonli “Banklarning depozit (omonat) sertifikatlarini chiqarish va muomalada bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1859 , 24.09.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” va “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Banklarning depozit sertifikatlarini chiqarish, ro‘yxatga olish va muomalada bo‘lish Qoidalariga (1998-yil 9-noyabr, ro‘yxat raqami 522) ilovaga* muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan so‘ng kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-aprel,
10/4-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 20-21-son, 179-modda)