Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizom umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasini (bundan buyon matnda yakuniy attestatsiya deb yuritiladi) o‘tkazish jarayonini tartibga soladi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining (bundan keyingi o‘rinlarda maktab deb yuritiladi) bitiruvchilari uchun umumiy o‘rta ta’lim dasturlarini to‘liq o‘zlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan o‘tish majburiydir, mazkur Nizomning III-bo‘limida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Maktab bitiruvchilarining bilimi, malaka va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablarning bajarilishi bo‘yicha yakuniy attestatsiya yozma, og‘zaki yoki test usulida har bir fanning amaldagi o‘quv dasturi asosida o‘quv yilining yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ta’lim dasturlarini davlat ta’lim standartlari talablari darajasida o‘zlashtirgan va o‘quv fanlaridan yil yakuni bo‘yicha ijobiy baholangan, yoki bitta o‘quv fanidan qoniqarsiz baholangan (ushbu fan bo‘yicha yakuniy attestatsiyadan o‘tish sharti bilan) bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qo‘yiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Shartnoma asosida maktablarda tahsil olayotgan chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yakuniy attestatsiyaga mazkur Nizomning 4-bandi asosida qo‘yiladilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Bitiruvchi sinflarda yakuniy attestatsiya o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati, shakli va muddatlari har o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunda, ushbu ro‘yxatga ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan maktablar uchun davlat tili majburiy fanlar blokiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy davlat attestatsiyasi doirasida 11-sinf bitiruvchilari majburiy hamda tanlov fanlari bo‘yicha yakuniy attestatsiyadan o‘tkaziladi. Bunda, tanlov fanlari ro‘yxatidan bitiruvchi oliy ta’lim tashkilotiga kirish imtihonidagi o‘zi tanlagan yo‘nalishga mos fanlarni tanlashi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Bitiruvchi sinflar uchun yakuniy attestatsiya materiallari (yozma ish yoki insho mavzulari, matematika bo‘yicha topshiriqlar, og‘zaki imtihon biletlari, test topshiriqlari) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan tayyorlanib, ekspertizadan o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi qoshidagi Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlanadi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalarida pedagogik kengashning qarori bilan tegishli fandan qo‘shimcha yakuniy attestatsiya kiritilishi mumkin. Imtihon biletlari, test topshiriqlari maktab metodik birlashmalari tomonidan tayyorlanadi va maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Maktab bitiruvchilarining yakuniy attestatsiyasini shu maktab pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlangan yakuniy attestatsiya komissiyasi muvofiqlashtiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Yakuniy attestatsiyani tashkil etish va o‘tkazish uchun barcha javobgarlik maktab yakuniy attestatsiya komissiya raisi zimmasida bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Yakuniy attestatsiya o‘tkaziladigan har bir fandan maktab direktorining buyrug‘i bilan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi (bundan buyon matnda yakuniy attestatsiya komissiyasi deb yuritiladi) quyidagi tarkibda tayinlanadi:
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv fani bo‘yicha yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi — maktab direktori, uning o‘rinbosari yoki maktab o‘qituvchisi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Tegishli fan bo‘yicha yakuniy attestatsiyani tashkil etish va uni o‘tkazish bo‘yicha javobgarlik mazkur fan bo‘yicha tuzilgan yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi zimmasiga yuklatiladi;
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy attestatsiya o‘tkaziladigan fandan dars bergan o‘qituvchi shu sinfga yakuniy attestatsiya komissiyasining raisi bo‘lishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy attestatsiyada kuzatuv kengashi hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari jamoatchilik asosida kuzatuvchi sifatida qatnashishlari mumkin.
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari hamda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari mazkur Nizom talablarining bajarilishini nazorat qiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘quv fani bo‘yicha yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolarining vazifalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Yakuniy attestatsiya maktab direktori tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi. Jadval yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida 10 kun oldin ko‘rinadigan joyga osib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy attestatsiya jadvalini tuzishda quyidagilarga e’tibor beriladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
o‘quv fanlari bo‘yicha o‘tkaziladigan yakuniy attestatsiya oralig‘i ikki kundan kam bo‘lmasligi kerak;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
jismoniy tarbiya fanidan avval amaliy, keyin nazariy yakuniy attestatsiya o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Yakuniy attestatsiya uchun maktabda keng va yorug‘ xonalar ajratiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yozma yakuniy attestatsiya vaqtida bitiruvchilar partalar (stollar)ga bittadan o‘tqaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Barcha maktablarda yakuniy attestatsiya ertalab soat 8.00 dan boshlanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Og‘zaki yakuniy attestatsiyadan o‘tishda bitiruvchilarning soni 20 nafardan ortiq bo‘lsa, yakuniy attestatsiya ikki guruhda ketma-ket bir kunda o‘tkazilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Ona tili va adabiyot fanidan yoziladigan yozma ish yoki insho mavzulari hamda matematikadan topshiriqlarni tanlash, yakuniy attestatsiya boshlanishidan oldin, barchaning ishtirokida topshiriq raqami solingan konvertni tanlab olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Yozma ish yoki insho mavzusi va matematikadan topshiriqlar sinf doskasiga aniq, tushunarli holda yozib qo‘yiladi (topshiriqlar har bir bitiruvchiga alohida variant sifatida berilmagan hollarda).
(17-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Ona tili va adabiyot fanidan yakuniy attestatsiyada yozma ish yoki insho yozish davrida bitiruvchilarga yakuniy attestatsiya komissiyasining roziligi bilan yozayotgan yozma ish yoki insholariga kiritiladigan parchalarni, ayrim matnlarni aniqlab olishlari uchun badiiy adabiyotlardan foydalanishlariga ruxsat etiladi. Mavzu mazmunini talqin etuvchi manbalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Boshqa fanlardan yakuniy attestatsiya o‘tkaziladigan paytida bitiruvchilar xarita, globus, turli jadvallar, chizmalar, mulyaj, gerbariylar, preparatlar, laboratoriya asbob-uskunalari va boshqa vositalardan foydalanishlariga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Yozma ishlarni bajarish paytida bitiruvchilar ehtiyoj tufayli 5—10 daqiqaga sinfdan tashqariga chiqishlariga ruxsat beriladi. Bunday hollarda bitiruvchi yozma ishini yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolariga topshirib ketadi. Yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan esa yozma ishga bitiruvchining qancha muddatda sinfdan tashqarida bo‘lganligi belgilab qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Bitiruvchi o‘z ishining xomaki nusxasini yozma ish bilan birga yakuniy attestatsiya komissiyasiga topshiradi. Belgilangan vaqtda yozma ishni tugallay olmagan bitiruvchilar uni tugatmagan holda topshiradilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Yakuniy attestatsiya tugaganidan so‘ng yozma ishlar yakuniy attestatsiya komissiyasi raisi tomonidan shifrlanadi va komissiya a’zolari ularni maktabdan chiqmagan holda tekshiradilar. Tekshirib ulgurilmagan yozma ishlar saqlash uchun maktab direktoriga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitiruvchilarning “2” va “5” bilan baholangan yozma ishlari, insholari va matematika bo‘yicha yozma ishlariga imtihon komissiyasi a’zolari tomonidan taqriz yoziladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Bitiruvchi tomonidan yozilgan yozma ish yoki insho uchun ikkita baho qo‘yiladi:
(22-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
birinchisi (suratda) adabiyotdan mavzu mazmuni uchun;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ikkinchisi (maxrajida) ona tilidan savodxonligi uchun.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu baholar adabiyot va ona tili fanlariga yakuniy attestatsiya bahosi sifatida qo‘yiladi hamda shu fanlardan yakuniy baho chiqarishda asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
23. Yozma ishlarning baholari navbatdagi yakuniy attestatsiya o‘tkaziladigan kunga qadar e’lon qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
24. Maktabni “a’lo” darajali shahodatnoma bilan bitirishga da’vogarlik qilayotgan bitiruvchilarning yozma ishlarini imtihon komissiyasi a’zolari yakuniy attestatsiya yakunlangan kun davomida tekshirib, baholaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
25. Bitiruvchilarga ona tilidan yozma ish yozish uchun 3 astronomik soat (insho yozish uchun 4 astronomik soat), matematikadan yozma ish uchun 3 astronomik soat, test-sinov topshiriqlari berilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ularni bajarishga ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha har bir test savoli uchun 2 daqiqa, aniq fanlar bo‘yicha har bir test savoli uchun 3 daqiqa vaqt ajratiladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitiruvchilarga og‘zaki yakuniy attestatsiyada olgan topshiriqlari bo‘yicha tayyorlanish uchun 15—20 daqiqa vaqt beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
26. Yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolari bitiruvchining javoblarini diqqat bilan bo‘lmasdan tinglaydilar. Bitiruvchiga biletda qo‘yilgan topshiriqlar doirasida qo‘shimcha savollar berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bilet savoliga javob bera olmagan bitiruvchiga yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan ikkinchi marotaba bilet olishga ruxsat beriladi. Bitiruvchi olgan ikkinchi biletga ham javob bera olmasa, unga yakuniy attestatsiyaning bahosi sifatida “qoniqarsiz” baho qo‘yiladi va uchinchi marotaba bilet olishga ruxsat berilmaydi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
27. Bitiruvchilarning og‘zaki yakuniy attestatsiyada olgan baholari shu sinfda yakuniy attestatsiya yakunlanishi bilanoq ularga ma’lum qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
28. Bitiruvchi og‘zaki yoki yozma yakuniy attestatsiyani topshirish jarayonida belgilangan tartibni buzgan taqdirda, u yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinadi. Bitiruvchi yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinganda yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan bu haqda yakuniy attestatsiya bayonnomasiga yozib qo‘yiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Maktab pedagogik kengashining qarori asosida unga yakuniy attestatsiya tugagan kundan keyin ikki hafta o‘tgach mazkur fandan qayta yakuniy attestatsiyadan o‘tishga ruxsat berilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
29. Har bir fan bo‘yicha og‘zaki yoki yozma yakuniy attestatsiya o‘tkazilgach, yakuniy attestatsiya komissiyasi barcha bitiruvchilarga yillik va yakuniy attestatsiya baholari asosida yakuniy baholarni qo‘yadilar. Bunda, bitiruvchining yillik va yakuniy attestatsiya bahosining o‘rtachasi olinib yaxlitlanadi. Yakuniy attestatsiyada “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchiga “qoniqarli” yakuniy baho qo‘yilmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy attestatsiya komissiyasi bitiruvchilarning baholarini yakuniy attestatsiya bayonnomasiga kiritadi. Yakuniy attestatsiya bayonnomasi ushbu fan bo‘yicha belgilangan yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan imzolanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
30. Bitiruvchilarga yozma yoki og‘zaki yakuniy attestatsiya bo‘yicha baho qo‘yish yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolari o‘rtasida ovozga qo‘yish asosida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ovozlar teng bo‘lgan hollarda komissiya raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy attestatsiya komissiyasi a’zolarining alohida fikrlari yakuniy attestatsiya bayonnomasiga kiritiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
31. Tibbiy muassasalarda davolangan bitiruvchi sinf o‘quvchilariga yakuniy baho qo‘yishda shifoxona qoshida tashkil etilgan maktab tomonidan qo‘yilgan baholar inobatga olinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
32. Yakuniy attestatsiyada olgan bahosiga e’tiroz bildirgan bitiruvchilarning arizalarini ko‘rib chiqish uchun tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida apellyatsiya komissiyalari tuziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan tekshirilgan yozma ish bilan tanishish muddati va tartibi hamda apellyatsiya komissiyaning ish muddati va tartibi, uning tarkibi hamda vakolatlari tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan buyruq bilan rasmiylashtiriladi va bitiruvchilar, ularning ota-onalari, o‘qituvchilar va maktab direktorlari e’tiboriga yakuniy attestatsiya boshlanishidan kamida ikki hafta oldin yetkaziladi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
33. Yakuniy attestatsiyada olgan bahosidan e’tirozi bo‘lgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiya baholari e’lon qilingan kundan e’tiboran uch kun muddat ichida tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari qoshida tashkil etilgan apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilish huquqiga egadirlar.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
34. Chet elda ta’lim olgan (ota-onasi xorijda ishlagan davrda yoxud turli tanlovlar yoki chet mamlakatlarning grantlari hisobidan xorijda ta’lim olgan) bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyaga qo‘yish masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy davlatlarda umumiy o‘rta va o‘rta ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitiruvchiga chet mamlakatlarda berilgan umumiy o‘rta ta’lim hujjati O‘zbekiston Respublikasida beriladigan shahodatnoma o‘rnini bosa olmasa, ya’ni bitiruvchi ma’lum bir fanlar yo‘nalishidagina ta’lim olib kelgan bo‘lsa, u umumiy tartibda yakuniy attestatsiyaga kiritiladi. Bunday hollarda bitiruvchi o‘ziga berilgan hujjatda ko‘rsatilgan fanlardan boshqa barcha fanlar bo‘yicha yakuniy attestatsiyadan o‘tkaziladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bitiruvchiga yakuniy bahoni qo‘yishda uning avvalgi sinflarda olgan baholari ham inobatga olinadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
35. Bir yoki ikki fandan o‘tkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta o‘tgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan o‘tish huquqi beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
36. Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldiriladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Bitiruvchilarni yakuniy attestatsiyadan ozod etish
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
37. Fanlarni ijobiy o‘zlashtirayotgan bitiruvchilar yakuniy attestatsiyadan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari buyruqlari asosida quyidagi hollarda qisman yoki butunlay ozod etiladilar:
(37-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq tasdiqlangan yakuniy davlat attestatsiyasidan ozod qilish mumkin bo‘lgan kasalliklarga asosan;
(37-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida, sport musobaqalarida, turli ko‘rik-tanlovlarida bitiruvchilarning ishtiroki bevosita yakuniy attestatsiya davriga to‘g‘ri kelsa. Bunda bitiruvchi shu kunlardagi yakuniy attestatsiyadan ozod etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Xorijiy tillar hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchi yakuniy attestatsiya topshiriladigan fandan ozod etiladi. Bunda, xorijiy tillar hamda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
38. Bitiruvchi yillik ijobiy baholarga ega bo‘lgan holda sog‘lig‘i tufayli yakuniy attestatsiyadan ozod etilgan taqdirda tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari quyidagi hujjatlarga asoslangan holda buyruq qabul qiladi:
(38-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktab joylashgan hududdagi davolanish muassasasi tibbiy-nazorat komissiyasining maktab shifokori, qishloq joylarda esa tuman bosh pediatri bilan kelishgan holdagi tibbiy xulosalari;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
maktab pedagogika kengashining qarori va direktorning rasmiy xati, o‘zlashtirish tabeli (ushbu ko‘rsatilgan hujjatlar direktor imzosi va maktab muhri bilan tasdiqlanadi).
(38-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2015-yil 5-yanvardagi 2-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1778-1, 21.01.2015-y.) asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2015-y., 3-son, 36-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
39. Bitiruvchilarning yashash joyi o‘zgarishi (Respublikadan tashqariga chiqish) munosabati bilan shu holatni tasdiqlovchi rasmiy hujjatlari bo‘lsa, (bu holat mart-aprel-may oylarida yuzaga kelsa) bunday bitiruvchilarga yakuniy attestatsiyadan muddatidan ilgari o‘tishlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalarining buyrug‘i bilan ruxsat beriladi.
(39-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bunday hollarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan fanlardan yakuniy attestatsiya, qolgan fanlardan esa sinovlar mazkur Nizom talablari asosida o‘tkaziladi. Yakuniy attestatsiya va sinovlar maktab direktori tuzgan muvaqqat yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan va u tasdiqlagan jadval asosida o‘tkaziladi.
(39-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 9-apreldagi 2-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1778-4, 22.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
40. Yakuniy attestatsiya davrida kasal bo‘lgan va yakuniy attestatsiya jarayoni tugashigacha tuzalib kelgan bitiruvchilar maktab direktorining buyrug‘iga ko‘ra qoldirilgan fanlardan yakuniy attestatsiya tugagandan so‘ng ikki hafta o‘tgach yakuniy attestatsiyadan o‘tadilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘quvchilarning salomatligi bo‘yicha jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridan ozod etilishlari, ularning maktabni bitirishlariga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
41. Mazkur Nizom talablarini buzgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan javobgarlik choralari qo‘llaniladi.
Sil kasalligi (o‘pkada va boshqa a’zolarda tez rivojlanib boruvchi)
4.
A23
Brutsellyoz
5.
A39
Meningokokli infeksiya
6.
A80
Poliomelit (jiddiy asoratlari qolgan taqdirda)
7.
A87
G00.8
Markaziy nerv sistemasining yallig‘lanish kasalliklari (virusli meningit)
8.
V15, V17.2
O‘tkir gepatit A, E
9.
V16, V17.0, V17.1
O‘tkir gepatit V, S, D
10.
V18
Surunkali virusli gepatitlar (og‘irturlari)
11.
V20 — V24
Odamning immunitet tanqisligi virusi (OIV) keltirib chiqaradigan kasalliklar (3-4-klinik bosqichi)
12.
S00 — S97
Xavfli o‘smalar
13.
D50 — D69
Kamqonlik (og‘ir shakli)
Qon va qon yaratuvchi organlar kasalliklari:
gemofiliya (o‘rtacha va og‘ir shakli);
turlicha bo‘lgan anemiyalarning og‘ir shakli;
orttirilgan kamqonliklar;
kapillyarotoksikoz;
idiopatik trombotsitopenik purpura;
trombotsitopatiya (og‘ir turlari);
Villibrand kasalligi va boshqa gemostaz buzilishi bilan bog‘liq kasalliklar;
O‘tkir va surunkalileykozlarning hamma turlari;
Nasliy gemolitik kam qonliklarning hamma turlari
14.
E10 — E14
Qandli diabet
15.
E23.2
Qandsiz diabet
16.
E05
Tireotoksikoz (o‘rtacha va og‘ir darajasi)
17.
E00 — E03.9
Qalqonsimon bez kasalliklari, gipotireoz (og‘ir darajasi)
18.
E21
Giperparatireoz va qalqonsimon oldi bezning boshqa buzilishlari (og‘ir darajasi)
19.
E84
Mukovissidoz, aralash shakli, og‘ir turi
20
F00 — F09
Organik, simptomatik buzilishlarni qamrab olgan ruhiy kasalliklar
21.
F20 — F39
Shizofreniya va kelib chiqishi turlicha bo‘lgan o‘tkir ruhiy kasalliklar
22.
F40 — F48.9
Stress asoratlari va nevrologik buzilishlar: nevrozlar, nevroz sifat holatlar, reaktiv holatlarning o‘tkir va ruhiy muvozanati buzilgan davri, qattiq duduqlanish
23.
G93
Bosh miyaning shikastlanishlari
24.
G40 — G41
Epilepsiya. Epileptik status
25.
G90
Vegetativ nerv sistemasi buzilishlari: angiospazm, qon tomirlar faoliyati tangligi, hushdan ketish va boshqa og‘ir ko‘rinishlari bilan kechadigan yaqqol vegetativ buzilishlarning shakllari
26.
N52
Refraksiya va akkomodatsiyaning buzilishlari. Ko‘z tubida distrofik o‘zgarishlar yuz berishibilan tez rivojlanib boruvchi ko‘rish ojizligi
27.
N30 — N36
To‘r (tomirli) parda kasalliklari
28.
N46 — N48
Ko‘rish nervi va ko‘rish yo‘llari kasalliklari
29.
N40 — N42
Glaukoma
30.
I00 — I02
O‘tkir revmatoid isitma
31.
I10 — I15
Qon bosimi oshishi bilan xarakterlanuvchi kasalliklar
32.
I05 — I09
Yurak surunkali revmatik kasalliklari
33.
Q20 — 25
Qon aylanish sistemasi tug‘ma anomaliyalari (rivojlanish nuqsonlari)
34.
J44
Boshqa surunkali obstruktiv o‘pka kasalliklari
35.
J45
Astma
36.
J47
Bronxoektatik kasallik
37.
J90 — K94
Plevrit
38.
K25 — K26
Oshqozon va o‘nikki barmoqli ichak yarasi
39.
K35
Ko‘richak (operatsiyadan so‘ng)
40.
K40 — K46
Churra (operatsiyadan so‘ng)
41
K51
Nospetsifik yarali kolit (zo‘riqish davri)
42.
K56
Paralitik ileus va churrasiz ichak tutilishi
43.
K50
Kron kasalligi
44.
K74.6
Jigar sirrozi (dekompensatsiya davri)
45.
№ 00, № 01
O‘tkir diffuzli glomerulonefrit
46.
№ 03
Surunkali nefritlar
47.
№ 11
Siydikda jiddiy o‘zgarishlar bilan qaytalab turadigan piyelonefrit (buyraklar faoliyatining saqlanishi)
48.
№ 11
Siydikda jiddiy o‘zgarishlar bilan qaytalab turadigan piyelonefrit (buyraklar funksiyasining buzilishi)
Oshiq-boldir bo‘g‘imi va oyoq kafti sohasi jarohatlari
58.
S00 — S05, S12, S22, S32 — S33
Bosh suyagi, umurtqa va bel suyagining sinishi
59.
A36 — 38, B01, V05, V06, V26, V27
Bolalarning yuqumli kasalliklari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Izoh: mazkur Ro‘yxatda belgilangan kasalliklar o‘quvchilarni sinfdan sinfga ko‘chirish imtihonlaridan ozod qilishda ham tatbiq etiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining 2019-yil 10-oktabrdagi 13-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1778-2, 06.11.2019-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 12-13-son, 78-modda; 2015-y., 3-son, 36-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 10/19/1778-2/3998-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.01.2022-y., 10/22/1778-3/0072-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 22.04.2025-y., 10/25/1778-4/0372-son)