Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.07.2016 03.01.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1756
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 03.01.2008 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1756
Date of entry into force
13.01.2008
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.07.2016
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
QARORI
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
MOLIYAVIY HISOBOTLAR VA SOLIQ HISOB-KITOBLARINI ALMAShTIRILADIGAN MAGNIT (ELEKTRON, OPTIK) MANBALARDA YoKI ALOQANING TELEKOMMUNIKATSIYA KANALLARI VOSITASIDA TAQDIM ETIShNING TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 3-yanvarda 1756-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016-yil 10-iyundagi 2016-21-sonli “Moliyaviy va soliq hisobotlarini aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida davlat soliq xizmati organlariga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2808, 12.07.2016-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 23-24-son, 168-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-avgustdagi “Soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 157-son qaroriga muvofiq qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 18-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-65-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Davlat soliq qo‘mitasining
2007-yil 18-dekabrdagi 2007-65-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishning tartibi to‘g‘risida
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
VAQTINChALIK NIZOM
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ushbu Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida”gi PQ-100-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-yil, 23-24-son, 168-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 4-avgustdagi “Soliq to‘lovchilarga axborot xizmati ko‘rsatish va davlat soliq xizmati organlarining axborot tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 157-son qaroriga muvofiq moliyaviy hisobotlar va soliq hisob-kitoblarini (bundan buyon matnda elektron ko‘rinishdagi soliq hisoboti deb yuritiladi) almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda yoki aloqaning telekommunikatsiya kanallari vositasida taqdim etishni tashkil etishning umumiy tamoyillarini belgilab beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
I. Umumiy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Ushbu Vaqtinchalik nizomni amalda qo‘llash maqsadida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron raqamli imzo (ERI) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERI yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERI ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI yopiq kaliti egasi — elektron raqamli imzoni yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va ro‘yxatga olish markazi tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni kriptografik muhofaza qilish — kriptografik almashtirish algoritmlari yordamida amalga oshiriladigan axborotning to‘la-to‘kisligi, qulayligi va maxfiyligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI kalitining sertifikati (imzo kaliti sertifikati) — elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga Ro‘yxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalari (AKMV) — axborot xavfsizligini ta’minlash uchun uni kriptografik almashtirishni amalga oshiruvchi apparat, dasturiy va apparat-dasturiy vositalar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI vositalari — elektron hujjatda ERI yaratilishini, ERIning haqiqiyligi tasdiqlanishini, ERIning yopiq va ochiq kalitlari yaratilishini ta’minlaydigan barcha texnikaviy va dasturiy vositalar majmui;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ERI kalitlarini ro‘yxatga olish markazi (bundan buyon matnda Ro‘yxatga olish markazi deb yuritiladi) — maxsus vakolatli organda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va qonunchilikda nazarda tutilgan vazifalarni bajaradigan yuridik shaxsdir;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etishda elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq to‘lovchi — soliq hisobotini jo‘natuvchi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq hisobotini qabul qiluvchi va ularga ishlov beruvchi davlat soliq xizmati organlari — soliq hisobotini qabul qiluvchi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etish soliq to‘lovchining xohishiga ko‘ra va unda zarur apparat vositalari, shuningdek mos keladigan dasturiy ta’minot mavjud bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etmaydigan soliq to‘lovchilar uchun soliq hisobotini qog‘ozda taqdim etish tartibi saqlanib qoladi. Bunda soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etayotgan soliq to‘lovchi, soliq organlariga ushbu hisobotining nushasini qog‘ozda taqdim etmasdan, keyingi nazorat uchun qog‘ozdagi nusxalarini tayyorlashi va o‘zida tikib qo‘yishi shart.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qog‘oz ko‘rinishdagi soliq hisobotlariga imzo chekuvchi vakolatli shaxs, elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotlariga ham imzo chekish vakolatiga ega bo‘lib, shu shaxs ERI kalitining egasi hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vakolatli shaxs tomonidan imzo chekilmagan elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotlari qabul qilinishi mumkin emas.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etishda apparat vositalar, shuningdek unga mos dasturiy ta’minot:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq to‘lovchi ro‘yxatdan o‘tgan joydagi davlat soliq xizmati organiga jo‘natish uchun soliq hisobotini elektron ko‘rinishda shakllantirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalaridan foydalangan holda soliq hisobotini elektron ko‘rinishda jo‘natishda shifrlash va qabul qilib olishda shifrdan echish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
axborotni uzatishda elektron raqamli imzoni shakllantirish va uni qabul qilib olishda elektron raqamli imzo vositalari yordamida tekshirish;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotini magnit (elektron, optik) manbalarda hamda telekommunikatsiya kanallari orqali jo‘natish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etishga:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq hisobotining majburiy rekvizitlari mavjud bo‘lganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotlarida elektron raqamli imzo mavjud bo‘lganda;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
soliq hisobotidagi ma’lumotlarda xatoliklar mavjud bo‘lmaganda ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotdagi axborotlarni muhofaza qilish maqsadida, axborotni uzatishda elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini qo‘llaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Soliq to‘lovchilar soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etganda davlat soliq xizmati organlarining dasturiy-apparat vositalari soliq hisobotini avtomatik tarzda qabul qilinishini yoki soliq hisoboti noto‘g‘ri tuzilganligi yoki unda xatoliklar mavjudligi sababli qaytarilishini ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq hisobotining noto‘g‘ri tuzilganligi yoki unda xatoliklar mavjudligi sababli qaytarilgan holatda soliq organlari soliq to‘lovchiga bu haqda elektron ko‘rinishda xabar beradi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur vaqtinchalik nizomda ko‘zda tutilgan tartibda soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etganda, soliq to‘lovchi va davlat soliq xizmati organlari qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda elektron ko‘rinishda saqlanishini ta’minlaydilar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Soliq hisobotini elektron ko‘rinishda saqlash vaqtida elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari tomonidan soliq hisobotining qog‘oz nusxalarini berish va ulardan foydalana olish imkoniyatlari ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. Soliq hisobotining elektron ko‘rinishda saqlanish muddatlari, qog‘ozdagi hisobotlar uchun o‘rnatilgan muddatlardan kam bo‘lmasligi lozim.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
II. Elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining soliq hisobotini taqdim etishdagi o‘zaro munosabatlari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Soliq to‘lovchi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda soliq hisobotini elektron ko‘rinishda davlat soliq xizmati organlariga taqdim etadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. Elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotini qabul qilib olish vaqtida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining dasturiy-apparat vositalari mazkur hisobotni qabul qilib olganligi to‘g‘risida, qabul qilib olingan sanasi va vaqti ko‘rsatilgan holda, avtomatik tarzda tasdiqlanishni ta’minlaydi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Soliq hisoboti almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda taqdim etilgan holatda, soliq organlari soliq hisobotini qabul qilib olganligini tasdiqlovchi hujjatni qog‘ozda taqdim etishadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. Elektron ko‘rinishdagi soliq hisoboti, agar u bevosita soliq to‘lovchi tomonidan jo‘natilgan bo‘lsa, jo‘natilgan deb hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
15. Elektron ko‘rinishdagi soliq hisoboti jo‘natuvchisining elektron manzilidan jo‘natish sanasi va vaqti soliq qabul qilib oluvchisining elektron manzilidan qabul olinganligi to‘g‘risida tasdiqnoma kelganda soliq hisobotini taqdim etish sanasi va vaqti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
16. Elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotini qabul qilib oluvchisining elektron manziliga soliq hisoboti kelib tushgan sana va vaqt elektron ko‘rinishdagi soliq hisoboti qabul qilib olingan sana va vaqt hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
17. Elektron ko‘rinishdagi soliq hisobotini jo‘natish va qabul qilib olish sanasi va vaqti O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining dasturiy-apparat vositalari orqali avtomatik tarzda qayd qilinadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Elektron ko‘rinishdagi soliq hisoboti almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbalarda taqdim etilgan holatda, soliq hisobotini almashtiriladigan magnit (elektron, optik) manbadan qabul qilib oluvchining elektron manziliga o‘tkazish sanasi va vaqti soliq hisobotini qabul qilib olish sanasi va vaqti hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
III. Soliq hisobotini jo‘natishda axborotni kriptografik muhofaza qilish vositasi va elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalari
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
18. Elektron raqamli imzo vositalari va axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini tarqatish va hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda, Ro‘yxatga olish markazi litsenziyasiga amal qilish shartlariga hamda elektron raqamli imzo vositalari va axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini ishlab chiquvchi tashkilotlar texnik hujjatlari talablaridan kelib chiqib, Ro‘yxatga olish markazi yoki uning joylardagi hamkorlari (agentlari) tomonidan tashkil etiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 18-martdagi 2013-14-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1756-1, 01.04.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 14-son, 186-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
19. Axborotni kriptografik muhofaza qilish vositalarini olish, uzatish va foydalanishga faqat elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining egasiga ruxsat beriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
IV. Elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining javobgarligi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
20. Soliq hisobotini elektron ko‘rinishda taqdim etuvchi soliq to‘lovchi soliq hisobotidagi ma’lumotlarning o‘z vaqtida, to‘la va ishonchli taqdim etilishiga javobgar hisoblanadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
21. Soliq hisobotini qabul qiluvchi va unga ishlov beruvchi davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari keyingi foydalanish uchun qabul qilinib olinayotgan axborotga o‘z vaqtida ishlov berilishiga shaxsan javobgardirlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
V. Yakuniy qoidalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
22. Mazkur Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Bosh direktori A. ARIPOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 17-dekabr
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Moliya vaziri R. AZIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 17-dekabr
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 1-2-son, 3-modda; 2013-y., 14-son, 186-modda)