Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2019 31.07.2007 yildagi 159-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 31.07.2007 yildagi 159-son
Date of entry into force
31.07.2007
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.04.2019
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
qarori

ETIL SPIRTINING SIFATI USTIDAN NAZORATNI TA’MINLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-sonli “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son qarori bajarilishini ta’minlash, shuningdek ishlab chiqarilayotgan etil spirtining sifati ustidan nazoratning samarali tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. “O‘zspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va “O‘zstandart” agentligi ikki hafta muddatda “Qo‘qon spirt”, “Andijon biokimyo zavodi” va “Yangiyo‘l biokimyo” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining spirt sifatini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqarish laboratoriyalari, shu jumladan tegishli binolari, asbob-uskunalari, jihozlari, o‘lchov vositalari, ma’lumotnoma materiallari va spirtning to‘laqonli sinab ko‘rilishi uchun zarur bo‘lgan boshqa materiallari “O‘zstandart” agentligining tegishli hududiy standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari balansiga bepul, belgilangan tartibda qabul qilinishi-topshirilishini amalga oshirsinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Qo‘qon spirt”, “Andijon biokimyo zavodi” va “Yangiyo‘l biokimyo” ochiq aksiyadorlik jamiyatlari ko‘rsatib o‘tilgan laboratoriyalarning normal ishlashi, shu jumladan “O‘zstandart” agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasi xodimlarining korxonalar hududida to‘siqsiz bo‘lishlari uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlasinlar.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. “O‘zstandart” agentligi boshqaruv xodimlarining shtatdagi soni olti nafarga ko‘paytirilsin, ular Andijon, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari standartlashtirish va metrologiya boshqarmalari bo‘yicha ikki nafardan taqsimlansin, “O‘zspirtsanoat” aksiyadorlik kompaniyasining “Qo‘qon spirt”, “Andijon biokimyo zavodi” va “Yangiyo‘l biokimyo” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining boshqaruv xodimlari soni tegishli ravishda qisqartirilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan qo‘shimcha shtat birliklari mehnatiga haq to‘lash uchun budjetdan zarur mablag‘lar ajratishni nazarda tutsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zstandart” agentligi laboratoriyalarining ishlab chiqaruvchi korxonalarda etil spirtining sifatini aniqlash bo‘yicha xarajatlari ishlab chiqarilgan etil spirtining sifatini aniqlash bo‘yicha ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarga haq to‘lash hisobidan qoplanishi;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zstandart” agentligi laboratoriyalarining ishlab chiqarilgan etil spirti turkumlarining sifatini aniqlash bo‘yicha xizmatlariga cheklangan tariflar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanishi belgilab qo‘yilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Belgilansinki, 2007-yil 1-sentabrdan boshlab spirt ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan etil spirti-rektifikat faqat “O‘zstandart” agentligining spirt sifatini aniqlash laboratoriyalarida O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan standartlarga muvofiqligi bo‘yicha tekshirishdan o‘tgandan keyin tayyor mahsulotlar omboriga topshiriladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Quyidagilar:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “O‘zstandart” agentligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarning mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari R.S. Azimov va Q.S. Sanaqulov zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2007-yil 31-iyul,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
159-son

Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 31-iyuldagi 159-son qaroriga
1-ILOVA

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
tuzilmasi

jami — 22 shtat birlik.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 348-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 473-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 122-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 18-son, 178-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasining
2007-yil 31-iyuldagi 159-son qaroriga
4-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasi faoliyati masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 17-yanvardagi 13-son qarorida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 1-banddagi “1 va 2-ilovalarga muvofiq” so‘zlari “1-ilovaga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga ko‘ra ayni bir paytda Standartlar va o‘lchovlarning yagonaligi ta’minlanishini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat bosh inspektorining alkogolli mahsulotlar va spirt sifatini nazorat qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari hisoblanadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan etil spirtining har bir turkumidan namunalarni ularning sifati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida sinab ko‘radilar hamda sinab ko‘rish natijalari bo‘yicha etil spirti turkumining muvofiqligi yoxud ishlab chiqarish sikliga uni qo‘shimcha ishlov berish uchun qaytarish zarurligi to‘g‘risida xulosa beradilar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) 2-ilova chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 5-avgustdagi 373-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 77-modda) 2-bandining beshinchi xatboshi va qarorga 4 va 4a-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 31-32-son, 319-modda; 2011-y., 18-son, 178-modda, 2017-y., 23-son, 473-modda)