07.11.2006 yildagi PQ-505-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 07.11.2006 yildagi PQ-505-son
Date of entry into force
07.11.2006
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ALKOGOLLI MAHSULOTLARNI ISHLAB CHIQARISH VA SOTISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etilsinki, alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish tizimida tarmoqning barqaror rivojlanishi uchun mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayapti. Alkogolli mahsulotlar ham etil spirti ham, bir vaqtda ishlab chiqarilgani sababli ularni hisobga olishda buzib ko‘rsatish hollariga yo‘l qo‘yilgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Amaldagi litsenziya majburiyatlari mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan oqilona foydalanish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va raqobatbardoshliligini oshirish, uni tashqi bozorga chiqarishni ta’minlamayapti.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Ko‘rilayotgan choralarga qaramay, alkogolli mahsulotlarni chetdan nolegal (yashirincha) keltirish va ishlab chiqarish, ularni ichki bozorda, ayrim hollarda esa yuqori sifatli qalbaki aksiz markalar bilan sotish holatlari hamon uchrab turibdi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini yanada oshirish, sifatsiz va kontrabanda yo‘li bilan olib kelinadigan alkogolli mahsulotlar noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish, shuningdek tarmoqni boshqarishni takomillashtirish maqsadida:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Quyidagilar belgilansin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
etil spirti ishlab chiqariladigan korxonalarda alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va quyish taqiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-avgustdagi PF-6280-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
ishlab chiqaruvchilarga alkogolli mahsulotni markirovka qilish uchun aksiz markalar faqat ular tomonidan aksiz markalar nominal qiymatining 50 foizi to‘langach beriladi.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15-avgustdagi PF-140-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. 2007-yilning 1-yanvaridan boshlab quyidagi tartib joriy etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
alkogolli mahsulotlarni ulgurji-savdo bozorlarida (komplekslarda) sotish taqiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zvinosanoat-xolding” XK va “O‘zspirtsanoat” AKning “Qo‘qon spirt”, “Andijon biokimyo zavodi” va “Yangiyo‘l bioxim” ochiq aksiyadorlik jamiyatlarining spirt sifatini aniqlash bo‘yicha ishlab chiqarish laboratoriyalarini “O‘zstandart” Agentligi huzuridagi Alkogolli mahsulotlar sifati bo‘yicha davlat inspeksiyasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5656-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zvinosanoat-xolding” XK va “O‘zstandart” agentligi bilan birgalikda 2006-yilning 1-dekabrigacha Alkogolli mahsulotlar quyish liniyalarini hisobga olish va foydalanishning yagona reyestrini yuritish nizomini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning yuritilishi ustidan monitoringni ta’minlasin;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“O‘zvinosanoat-xolding” XK va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2007-yilning 1-fevraligacha etil spirti va alkogolli mahsulotlarni litsenziyasiz ishlab chiqaruvchi korxonalarda alkogolli mahsulotlarni quyish liniyalari demontaj qilinishini va ular keyinchalik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotilishini ta’minlasin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi “Davlat belgisi” DICHB bilan birgalikda 2007-yilning 1-aprelidan boshlab alkogolli va tamaki mahsulotlariga dizayni o‘zgartirilgan va qo‘shimcha darajada muhofaza qilingan yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bundan buyon aksiz markalarini har 2 yilda yangilashni nazarda tutuvchi tartib o‘rnatilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirish, ularning noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tadbirlar Rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi ilovaga kiritilgan tadbirlar ijrosi ustidan qattiq nazoratni ta’minlasin va qalbaki alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishning oldini olish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining Etil spirti, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish, tamaki xom ashyosini fermentatsiyalash va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalash komissiyasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 7-noyabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
PQ-505-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 7-noyabrdagi PQ-505-son qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirish, ularning noqonuniy ishlab chiqarilishi va sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tadbirlar rejasi
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro muddati

Mas’ullar

1.

Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning qo‘shimcha ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-iyuldagi “Korxonalarda xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan sifatni boshqarish tizimlarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 349-son qarorining 1-ilovasiga kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2007-yil 1-yanvarga qadar

“O‘zvinosanoat-xolding” XK, “O‘zstandart” agentligi

2.

Korxonalarni modernizatsiya qilish, shu jumladan birlamchi vinochilik korxonalaridagi texnologiyalarni takomillashtirishni nazarda tutuvchi mahsulotlar sifatini tubdan yaxshilash dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2007-yil 1-fevralga qadar

“O‘zvinosanoat-xolding” XK

3.

Xalqaro tajribani o‘rgangan holda alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarishni tartibga soluvchi davlat standartlariga o‘zgartirishlar kiritish.

2007-yil 1-yanvarga qadar

“O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zvinosanoat-xolding” XK

4.

Aksiz markalarini buyurtirish va ularni berish tartibiga mahalliy ishlab chiqaruvchilarga aksiz markalari nominal qiymatining 50 foizi, import qiluvchilarga esa aksiz solig‘i miqdorining 50 foizini to‘lagandan keyin aksiz markalari berishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish.

2007-yil 1-fevralga qadar

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi

5.

Alkogolli va tamaki mahsulotlariga yangi namunadagi aksiz markalarini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.

2007-yil 1-fevralga qadar

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi

6.

Aksiz markalariga shtrix-kod kiritilishi hisobiga 2009-yil 1-yanvardan boshlab “aksiz markasi ishlab chiqaruvchi — bank — alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi — ulgurji korxona — chakana savdo korxonasi” zanjiri bo‘ylab alkogolli mahsulotlar va aksiz markalarining harakatini qayd etishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2007-yil mobaynida

Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, “O‘zvinosanoat-xolding” XK, “Davlat belgisi”DICHB

7.

Alkogolli mahsulotlarni iste’mol qilish darajasini va budjetga soliq tushumlarini aniqlash maqsadida respublikaning alkogol bozorini o‘rganish. O‘rganish natijalariga ko‘ra, alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar sonini, ishlab chiqarish hajmi va turlarini optimallashtirish hamda soliqlarni hisoblash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2007-yil 1-martga qadar

“O‘zvinosanoat-xolding” XK, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi mustaqil tadqiqot tashkilotlari bilan birgalikda

8.

Kontrabanda spirti va alkogolli mahsulotlarni olib kirish kanallari va realizatsiya faktlarini, shuningdek, noqonuniy, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tmagan alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish manbalarini aniqlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish.

Doimiy

Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

9.

“Yangiyo‘l Bioxim” OAJ hududida (oziq-ovqat spirti resurslarining bir xilda joylashuvini ta’minlash uchun) etil spirtini saqlash uchun “Andijon biokimyo zavodi” OAJ va “Qo‘qon spirt” OAJning ixtisoslashtirilgan omborlarini tashkil etish.

2007-yil 1-aprelga qadar

“O‘zvinosanoat-xolding” XK, “O‘zspirtsanoat” AK

10.

Vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lgan doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi komissiyalarni tashkil etish: o‘z tasarrufidagi hududda alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, olib kirish va sotish ustidan doimiy monitoring olib borish; chorak davomida ishlab chiqarish korxonalaridan alkogolli mahsulotlar xarid qilish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini ta’minlamaydigan “Sharobsavdo” bazalari faoliyatini to‘xtatib turish yuzasidan takliflar kiritish; alkogolli mahsulotlarni sotuvchi savdo tashkilotlariga chakana savdo qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalarni yaratish yoki qaytarib olish to‘g‘risidagi takliflarni kiritish.

Doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari, “O‘zvinosanoat-xolding” XK

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 45-son, 440-modda; 2009-y., 10-11-son, 107-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son; 06.02.2019-y., 06/19/5656/2586-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2021-y., 06/21/6263/0685-son, 23.08.2021-y., 06/21/6280/0811-son; 16.08.2023-y., 06/23/140/0618-son)