O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING UY-JOY KODEKSINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi (bundan buyon matnda Kodeks deb yuritiladi) 1999-yil 1-apreldan e’tiboran amalga kiritilsin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, qonun hujjatlari Kodeksga muvofiqlashtirilgunga qadar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Kodeksga zid bo‘lmagan qismi qo‘llanilaveradi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini Kodeksga muvofiqlashtirsin, vazirliklar va idoralar mazkur Kodeksga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4. Ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining qonunlari 1999-yil 1-apreldan to‘la yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1998-yil 24-dekabr,
714-I-son
O‘zbekiston Respublikasining to‘la yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan qonun hujjatlari
ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasining 1983-yil 5-iyulda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983-yil, № 19, 320-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1983-yil 19-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1983-yil № 36, 541-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil 25-martdagi “O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonining 2-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 10, 84-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1986-yil 16-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 23-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1986-yil № 26, 328-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasining 1986-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari va O‘zbekiston Respublikasi xalq maorifi to‘g‘risidagi Qonunining yangi tahriri tasdiqlanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi Qonunining 3-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1986-yil, № 34, 414-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1988-yil 18-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy va Grajdanlik kodekslariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonining 1-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1988-yil, № 21, 239-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasining 1988-yil 19-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining oltinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1998-yil, № 32-33, 389-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1988-yil 29-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksining 5-moddasiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil № 1, 2-modda).
9. O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil 6-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining uchinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil, № 7-8, 43-modda).
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1989-yil 14-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil № 16-17, 187-modda).
11. O‘zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining sakkizinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil, № 26-28, 463-modda).
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1989-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989-yil № 35-36, 611-modda).
13. O‘zbekiston Respublikasining 1990-yil 31-martda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida”gi Qonunining o‘ninchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990-yil, № 10-11, 244-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-644-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 29-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2020-y., 03/20/644/1415-son)
15. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 157-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 5-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2020-y., 03/20/644/1415-son)