Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2021 09.12.1992 yildagi 753-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, 09.12.1992 yildagi 753-XII-son
Date of entry into force
25.12.1992
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.01.2021
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida
(Qonunning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekistan Respublikasining 2020-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-644-sonli “Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan 2021-yil 29-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi maxsus davolash-oldini olish muassasalarida majburiy davolash belgilab qo‘yilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Jamoat tartibini, boshqa shaxslarning huquqlarini buzayotgan, yoxud aholining osoyishtaligiga, salomatligiga va ma’naviyatiga xavf tug‘dirayotgan surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarga nisbatan majburiy davolash qo‘llanadi.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Shaxsni surunkali alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlikka mubtalo bo‘lgan bemor deb topish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda tegishli davolash muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shaxs majburiy davolashga jo‘natish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan hollarda, u ichki ishlar organlarining ko‘magida o‘n kun muddat ichida narkologiya muassasasida majburiy tarzda tekshirilishi kerak.
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Mazkur toifadagi shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi materiallar tibbiy xulosa bo‘lgan taqdirda ichki ishlar organlari tomonidan ularning o‘z tashabbusiga ko‘ra, yoki bemorning oila a’zolari yoxud qarindoshlarining, mehnat jamoalarining, sog‘liqni saqlash muassasalarining iltimosnomalari asosida tayyorlanadi va rasmiylashtiriladi.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Ushbu Qonunning 1-moddasida ko‘rsatilgan shaxslarni majburiy davolashga jo‘natish masalasi yigirma kunlik muddat ichida bemor yashab turgan joydagi yoki narkologiya muassasasi joylashgan yerdagi sud tomonidan bemor ishtirokida hal etiladi.
(4-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bemor uzrsiz sabab bilan kelmasa, u ichki ishlar organlari orqali majburiy tarzda olib kelinadi.
(4-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Sudning majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi qarori haqida ustidan qaror chiqarilgan shaxs yoxud uning himoyachisi shikoyat qilishi yoki prokuror tomonidan kassatsiya tartibida yetti kunlik muddat ichida yuqori turuvchi sudga norozilik bildirilishi mumkin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Shikoyat berilishi yoki prokuror tomonidan kassatsiya tartibida norozilik bildirilishi sud qarorining ijrosini to‘xtatib turadi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Sudning shaxsni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi qarori ichki ishlar organlari tomonidan bu qaror qonuniy kuchga kirgan paytdan boshlab kechi bilan o‘n kunlik muddat ichida ijro etiladi.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Majburiy davolash muddati to‘g‘risidagi masala davolash muassasasi tomonidan komissiyadan o‘tkazish tartibida, bemor davolashga joylashtirilgach besh kun ichida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Bemor davolanayotgan davolash muassasasining komissiyasi qabul qilgan qaror asosida bemorni majburiy davolash to‘xtatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. Shaxsni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi sudning qarori uni ishdan bo‘shash nafaqasi to‘lamay ishdan bo‘shatish uchun asos bo‘ladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. Majburiy davolanishga yuborilgan shaxslar avvalgi yashash joyidagi turar joy maydonidan foydalanish huquqini saqlab qoladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. Davolash muassasalaridan majburiy davolashdan qaytgan shaxslarni ishga joylashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. 1-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
14. 2-ilovaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 9-dekabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
753-XII-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Surunkali alkogolizm yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga
1- ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 550-I-son Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 1-son, 17-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustdagi 283-I-sonli qaroriga asosan o‘z ahamiyatini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 146-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 24-dekabrdagi 714-I-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 1-son, 5-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrdagi 371-I-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 69-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(8-band O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 550-I-son Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 1-son, 17-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
(10-band O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 550-I-son Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 1-son, 17-modda)
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1972-yil 26-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “Ichkilikbozlikka qarshi kurash olib boruvchi komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1985-yil,№ 31, 361-modda — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil 31-oktabrdagi Farmoni tahririda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 8-moddasining:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“v”, “g”, “d” va “e” bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
v) korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda alkogolni yoki giyovand moddalarni suiiste’mol qiluvchi shaxslar o‘rtasida zarur tarbiyaviy ishlar olib borishni tashkil etishda qatnashadilar, bu ishga mehnat jamoalarini, jamoat tashkilotlari va tashabbuskor jamoat idoralari vakillarini keng jalb etadilar; alkogolni yoki giyovand moddalarni suiiste’mol qiluvchi shaxslarni qayta tarbiyalashda jamoat tashkilotlariga va mehnat jamoalariga yordam beradilar, alkogolni suiiste’mol qiluvchi shaxslarga jamoat ta’siri va ma’muriy ta’sir ko‘rsatish qanchalik samarali ekanligini tekshirib turadilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
g) ichkilikbozlik yoki giyovandlik uchun ilgari ma’muriy jazoga tortilgan yoki jamoat ta’siri ko‘rsatish chorasi qo‘llanilgan, alkogolni yoki giyovand moddalarni muntazam suiiste’mol qilib, bir necha bor meditsina hushyorxonasiga tushgan shaxslarni aniqlab topish va hisobga olishda ichki ishlar va sog‘liqni saqlash idoralari olib boradigan ishlarni nazorat qilib turadilar, bunday shaxslar turmushda va ishlab chiqarishda o‘zlarini qanday tutayotganliklari ustidan doimiy jamoat nazorati olib borilishini uyushtiradilar; surunkali alkogolizm yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni tegishli meditsina muassasalariga majburiy yuborish yuzasidan zarur choralar ko‘radilar, shuningdek ichkilikbozlik, alkogolizm va giyovandlikka barham berishga qaratilgan boshqa ogohlantiruvchi choralarni ko‘radilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
d) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tarmog‘ining meditsina hushyorxonalari va ixtisoslashtirilgan davolash-oldini olish profilaktoriylarning ishlarini tekshirib turadilar, shuningdek mazkur profilaktoriylarda bo‘lgan shaxslarni qayta tarbiyalash va axloqni tuzatish ishlarida shu profilaktoriylar ma’muriyatiga yordam beradilar;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
e) davolash profilaktoriysidan majburiy davolanib qaytgan shaxslarning xulq-atvori ustidan jamoat tashkilotlari va mehnat jamoalari nazorat qilib borishini tashkil etadilar va ularga ishga joylashishda yordam ko‘rsatadilar”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 9-moddaning “j” bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“j) jamoat tartibini buzayotgan, boshqa shaxslarning huquqlarini buzayotgan, yoxud aholining osoyishtaligi, sog‘lig‘i va ma’naviyatini xavf ostida qoldirayotgan surunkali alkogolizm va giyovandlikka mubtalo bo‘lganlarni majburiy davolash va mehnatda qayta tarbiyalash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tarmog‘ining ixtisoslashtirilgan davolash-oldini olish muassasalariga yuborish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etish”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
12. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil Z1-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan “Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda va ularning strukturaviy bo‘linmalarida tuziladigan ichkilikbozlikka qarshi kurash olib boruvchi komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № Z1, Z62-modda):
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
a) 5-moddasining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“4) mehnat jamoasining ixtisoslashtirilgan davolash-oldini olish muassasalarida majburiy davolanish kursini o‘tgan a’zolari xulq-atvorini nazorat qilib boradi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
b) 6-moddasining 5-bandidan “ixtiyoriy davolanishdan bosh tortib kelayotgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
13. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumi 1985-yil 25-mayda qabul qilgan “Ichkilikbozlikka va alkogolizmga qarshi kurashni kuchaytirish, samogon tayyorlashga barham berish tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonning (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1985-yil, № 16, 169-modda) 26-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“26-modda. Jamoat tartibini buzayotgan, boshqa shaxslarning huquqlarini buzayotgan, yoxud aholining osoyishtaligini, sog‘lig‘ini va ma’naviyatini xavf ostida qoldirayotgan surunkali alkogolizmga mubtalo bo‘lgan bemorlar sudning qaroriga muvofiq majburiy davolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tarmog‘ining maxsus davolash-oldini olish muassasalariga jo‘natilishi kerak.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qayd etilgan toifadagi shaxslarni majburiy davolashga jo‘natish to‘g‘risidagi masala sud tomonidan ochiq sud majlisida, meditsina xulosasi mavjud bo‘lgan holda hamda ichki ishlar idoralari o‘z tashabbusiga ko‘ra yoki bemor oila a’zolarining yoxud qarindoshlarining, mehnat jamoalarining, sog‘liqni saqlash muassasalarining, shuningdek ichkilikbozlikka va giyovandlikka qarshi kurash bo‘yicha tuman, shahar, shahardagi tuman komissiyalarining arizasiga asosan tayyorlanadigan va jo‘natiladigan materiallar asosida hal etiladi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Majburiy davo muddati davolash muassasasi tomonidan bemor davolanishga yotqizilgan kundan boshlab, besh kunlik muddat ichida komissiya xohish-irodasiga ko‘ra belgilanadi”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Surunkali alkogolizm yoki giyovandlikka mubtalo bo‘lgan bemorlarni majburiy davolash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga
2-ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 197Z yil 22-fevraldagi “Xronik alkogoliklar va giyovandlik (narkomaniya) kasaliga yo‘liqqanlar uchun davolash — mehnat profilaktoriylari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmon (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 197Z yil, № 6, 96-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1982-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasining huquq-tartibotni saqlash masalalariga oid ba’zi qonun aktlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1982-yil, № 16, 278-modda) 3-moddasi va 6-moddasidagi yigirma beshinchi xatboshi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Xronik alkogoliklar va narkomaniya kasaliga yo‘liqqanlarni majburiy davolash va mehnatda qayta tarbiyalash to‘g‘risida”gi Farmoniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida” O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumi 1984-yil 2-dekabrda qabul qilgan Farmon (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1984-yil, № 34, 474-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun aktlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmonlarini tasdiqlash haqida” 1984-yilning 3-dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1984-yil, № 34, 485-modda) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Xronik alkogoliklar va giyovandlik (narkomaniya) kasaliga yo‘liqqanlarni majburiy davolash va mehnatda qayta tarbiyalash to‘g‘risida”gi Farmoniga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqidagi 1984-yil 2-dekabr Farmoni”ga oid qismi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1984-yil 2-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining “Xronik alkogoliklar va giyovandliklar (narkomaniya) kasaliga yo‘liqqanlarni majburiy davolash va mehnatda qayta tarbiyalash to‘g‘risida”gi Farmonini qo‘llanish tartibi haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining Qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1984-yil, № 34, 476-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1985-yil 31-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ba’zi bir qonun aktlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1985-yil, № 31, 360-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining ba’zi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga va boshqa qonun aktlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida” 1985-yilning 13-dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari 1985-yil, № 35, 414-modda) “O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 1985-yil 31-oktabr Farmoni”ga oid qismi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1986-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida hamda narkomaniya kasalligiga yo‘liqqanlar uchun davolash-tarbiya profilaktoriysi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1986-yil, № 33, 387-modda).
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
9. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash haqida” 1986-yilning 6-dekabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1986-yil, № 34, 417-modda) “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining O‘zbekiston Respublikasining ba’zi qonun aktlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida hamda narkomaniya kasalligiga yo‘liqqanlar uchun davolash-tarbiya profilaktoriysi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 1986-yil 17-noyabr Farmoniga oid qismi.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 1987-yil 7-avgustidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining boshqa Qonun aktlariga o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Farmoni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Vedomostlari, 1987-yil № 23, 250-modda) 1-bo‘limining 1-moddasi, IV va V bo‘limlari.
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 36-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda; 1996-y., 9-son, 146-modda; 1997-y., 2-son, 69-modda; 1998-y., 1-son, 17-modda; 1999-y., 1-son, 5-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)