O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “QIMMATLI QOG‘OZLAR BOZORINI YANADA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2006 YIL 27 SENTYABRDAGI PQ-475-SON QARORI)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2006-yil 9-noyabr,
234-son
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 108-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent respublika fond birjasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va qiymatli qog‘ozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida qiymatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshida “aksionerlik jamiyatlari va boshqa korxonalar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar” so‘zlari “ochiq aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Xususiylashtirilgan korxonalarni korporativ boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 19-apreldagi 189-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT., 2003-y., 4-son, 32-modda) Aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuvchi kengashi to‘g‘risidagi Namunaviy nizomning 4-bandi quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“agar jamiyatning ustav fondida jamiyatning yillik biznes-rejasini tasdiqlash kuzatuvchi kengashning vakolatiga kiritilmagan yoki aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bilan unga topshirilmagan bo‘lsa, jamiyatning yillik biznes-rejasini ma’qullash. Bunda, navbatdagi yilga jamiyatning biznes-rejasi joriy yilning 1-dekabridan kechikmay kuzatuvchi kengash majlisida ma’qullanishi kerak;
ichki audit xizmatini tashkil va uning xodimlarini tayinlash”;
o‘n to‘rtinchi—yigirma yettinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n oltinchi—yigirma to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 45-son, 448-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 09/18/108/0709-son)