Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2008 03.10.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1462-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori, 03.10.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1462-1
Date of entry into force
13.10.2006
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2008
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI DAVLAT TEST MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Qarori

AKADEMIK LITSEY VA KASB-HUNAR KOLLEJLARI DIREKTOR OʻRINBOSARLARI, PEDAGOG VA MUHANDIS-PEDAGOG KADRLARI ATTESTATSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 3-oktabrda 1462-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining 2008-yil 25-avgustdagi 38, 35/QQ, 01-276-sonli “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻqituvchilari va ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini attestatsiyadan oʻtkazish hamda ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1847, 29.08.2008-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Attestatsiya jarayonida toʻplangan tajribalarni inobatga olgan holda qaror qilamiz:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2005-yil 24-martdagi 05/Q, 01-77 va 01/1185-sonli qarori bilan tasdiqlangan Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari, pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga (2005-yil 28-mart, roʻyxat raqami 1462 — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil 12-13-son, 97-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiritilsin.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar
taʼlim markazi direktori A. KARIMOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,

2006-yil 26-sentabr,

34/QB-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi
direktori B. ISMOILOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 26-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
01-293-son
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vaziri v.b. A. XAITOV
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Toshkent sh.,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2006-yil 26-sentabr,
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
11 / 3008-son

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi
markazi, Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi Davlat test markazi,
Mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligining
2006-yil 26-sentabrdagi
34/QB, 01-293, 11/3008-sonli qaroriga
ILOVA
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari direktor oʻrinbosarlari,
pedagog va muhandis-pedagog kadrlari attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga
kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
1. Nizomning 5-bandi quyidagi tahrirdagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Attestatsiya jarayonida mahalliy hokimiyat va jamoatchilik tashkilotlari vakillari, kasaba uyushma xodimlari ovoz berish huquqiga ega boʻlmagan holda, kuzatuvchi sifatida ishtirok etishlari mumkin.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
2. Nizomning 16-bandi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“mansab vazifalarida belgilangan masalalar boʻyicha test sinovi va suhbatdan oʻtkaziladi. Suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bogʻlangan, muhrlangan) jurnalda qayd etiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
3. Nizomning 18-bandi uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“pedagog kadrlar oʻz mutaxassisligi, lavozim vazifalari va meʼyoriy-huquqiy, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha malaka sinovi (test, yozma yoki ijodiy ish) va suhbatdan oʻtkaziladi. Suhbat jarayonida berilgan savol va javoblar maxsus (sahifalangan, bogʻlangan, muhrlangan) jurnalda qayd etiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
4. Nizomning 19-bandi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Attestatsiya komissiyasi direktor oʻrinbosari va pedagoglar faoliyati haqidagi maʼlumotlar, malaka sinovi (test, yozma yoki ijodiy ish) va suhbat natijalari asosida umumiy xulosani qabul qiladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
5. Nizomning 20-bandi ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Komissiya attestatsiya natijalariga koʻra:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
direktor oʻrinbosarlari haqida “Attestatsiyadan oʻtdi” yoki “Attestatsiyadan oʻtmadi”;
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
pedagoglar haqida “Attestatsiyadan oʻtdi”, “Attestatsiyadan shartli oʻtdi” yoki “Attestatsiyadan oʻtmadi” deb xulosa chiqaradi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
6. Nizomning 22-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Attestatsiyadan shartli oʻtdi” deb eʼtirof etilgan pedagoglar kamida 6 oydan soʻng qayta attestatsiyadan oʻtkaziladi.”.
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
7. Nizomning 29-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Suggestion to the documentListen to audioGet a link from a document element
“Direktor oʻrinbosari va pedagoglar attestatsiyasi toʻgʻrisidagi mehnat nizolari qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 40-son, 402-modda)