O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
SHAXSIY YORDAMCHI, DEHQON VA FERMER XO‘JALIKLARIDA CHORVA MOLLARNI KO‘PAYTIRISHNI RAG‘BATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish chora-tadbirlari izchil amalga oshirib borilayotgani, aholiga qo‘shimcha yer maydonlari berilayotganligi, shuningdek, ularga davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatib kelinayotgani shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida chorva mollar ko‘payishiga, ichki iste’mol bozorini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishga imkoniyat yaratdi.
Ayni paytda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish hamda mustahkamlash, birinchi navbatda qoramol boqish va yetishtirish, shu asosda qishloq aholisining bandlik darajasini ko‘tarish va oilalar daromadini oshirishning mavjud imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmayapti. Chorva mol boqayotgan shaxslarni ish bilan band aholi toifasiga kiritish va ularni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari hal etilmagan. Xo‘jaliklarni zotdor, sermahsul chorva mol bilan, omuxta yem va shirali ozuqa bilan ta’minlash borasidagi ishlar qoniqarsiz ahvolda, zooveterinariya va boshqa servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha infratuzilma tarmog‘i, shuningdek, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida chorvachilikni rivojlantirishni mikrokreditlash tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan.
Aholini, ayniqsa qishloq aholisini ish bilan ta’minlash va shu asosda oilalar daromadini oshirishning muhim omili sifatida chorva mollari, eng avvalo qoramol boqayotgan dehqon va fermer xo‘jaliklari sonini ko‘paytirish uchun zarur huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
1. Belgilansinki, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida qoramol boqish bilan band bo‘lgan shaxslar, o‘zlari yetishtirgan chorvachilik mahsulotlaridan qanday foydalanishidan qat’i nazar, ish bilan ta’minlangan aholi toifasiga kiritiladi va “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya bilan ta’minlanish huquqiga ega bo‘ladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaligida qoramol o‘stirish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarga pensiyalar tayinlashda mehnat staji ular tomonidan yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda hisoblab chiqiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarda qoramol boqayotgan va chorvachilik mahsulotlari yetishtirayotgan fuqarolarning ish bilan bandligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin, unda mehnat daftarchalarini ochish va yuritish, mehnat organlarida hisobga olish, pensiya tayinlash uchun mehnat stajini hisoblash va budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini belgilasin.
2. 2006—2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda qoramollar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturi ma’qullansin, unda:
mintaqalar bo‘yicha shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida qoramollar sonini 1*-2-ilovalarga muvofiq ko‘paytirish;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
zooveterinariya punktlari va chorva mollarini sun’iy urchitish punktlari tarmog‘ini 3-ilovaga muvofiq kengaytirish;
4-ilovaga muvofiq zotli mollarni shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga auksionlar orqali sotish nazarda tutilsin.
Dasturning tasdiqlangan parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta’minlash uchun shaxsiy mas’uliyat qishloq va suv xo‘jaligi vaziri (S. Ismoilov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida chorvachilikni rivojlantirish uchun fuqarolarga o‘zini-o‘zi boshqarish organlari — mahalla qo‘mitalarining kafilligi ostida tijorat banklari tomonidan imtiyozli maqsadli mikrokreditlar ajratishning soddalashtirilgan Tartibini tasdiqlasin.
(3-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 17-son, 130-modda)
4. “Homiylar va shifokorlar yili” Dasturiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan qishloq joylardagi ehtiyojmand va ko‘p bolali oilalarga, eng avvalo maktabgacha va maktab yoshidagi bolalari bo‘lgan oilalarga har bir qishloq tumani bo‘yicha kamida 100—200 oilani qamrab olgan holda, homiylar, shuningdek, nodavlat hayriya tashkilotlarining mablag‘lari hisobiga bir bosh sigir berish yo‘li bilan hayriya yordami ko‘rsatish bo‘yicha aniq tadbirlar ishlab chiqilgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Qishloq joylardagi ehtiyojmand ko‘p bolali oilalarga qoramolni bepul berish shartlari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin, unda chorva mol boqish ko‘nikmalari, sharoit va imkoniyatlari mavjudligi, jumladan omuxta yem va shirali ozuqa bilan ta’minlash imkoniyatlarini hisobga olgan holda ehtiyojmand oilalarni aniqlashning qat’iy mezonlari nazarda tutilsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda don mahsulotlari korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan omuxta yem, shu jumladan shartnomalar bo‘yicha fermer xo‘jaliklaridan sotib olinadigan dondan ishlab chiqariladigan omuxta yemni shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklari bemalol olishini kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini, 6-ilovaga muvofiq, tuman markazlari va yirik aholi punktlarida ixtisoslashtirilgan savdo shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur omborxonalarni berish yo‘li bilan ta’minlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-apreldagi PQ-842-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2008-y., 17-son, 130-modda)
7. 2006 — 2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar, birinchi navbatda qoramollar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha qabul qilinishi zarur bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu qaror talablarini amalga oshirish bo‘yicha Hukumat qarorini qabul qilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Dasturning bajarilishi yilning har choragida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari majlislarida ko‘rib chiqilsin
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-mart,
PQ-308-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga
2-ILOVA
2006 — 2010-yillar davrida yirik qoramollar sonini ko‘paytirishi bilan shug‘ullanadigan fermer xo‘jaliklari sonini ko‘paytirish
PROGNOZI

Hududlar

Chorvachilik bilan shug‘ullanadigan fermerlik xo‘jaliklari soni (birlik)

Fermer xo‘jaliklarida yirik qoramollar soni (ming bosh)

2005-yil (amalda)

2010-yil

2005-yilga nisbatan 2010-yil foizda

2005-yil (amalda)

2010-yil

2005-yilga nisbatan 2010-yil foizda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

716

820

115

38,6

66,0

171

viloyatlar:

Andijon

462

960

208

18,6

43,0

231

Buxoro

642

840

131

25,0

42,0

168

Jizzax

421

460

109

8,6

22,0

256

Qashqadaryo

875

1010

115

28,2

70,0

248

Navoiy

753

820

109

17,6

30,0

170

Namangan

347

730

210

14,5

37,0

255

Samarqand

662

1180

178

32,9

67,0

204

Surxondaryo

551

840

152

37,4

66,0

176

Sirdaryo

302

340

113

9,6

20,0

208

Toshkent

717

1160

162

44,9

91,0

203

Farg‘ona

791

1080

137

26,2

50,0

191

Xorazm

756

860

114

28,1

51,0

181

Jami

7995

11100

139

330,2

655,0

198

 LexUZ sharhi
2-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga
3-ILOVA
Zooveterinariya punktlari va chorva mollarini sun’iy urchitish punktlari tarmoqlarini kengaytirish bo‘yicha
TOPSHIRIQ

birlik

Hududlar

Zooveterinariya punktlari soni

Sun’iy urchitish punktlari soni

2005-yil (amalda)

Qo‘shimcha tashkil qilinadi

shu jumladan:

2005-yil (amalda)

Qo‘shimcha tashkil qilinadi

shu jumladan:

2006-yil

2007-yil

2008-yil

2009-yil

2010-yil

2006-yil

2007-yil

2008-yil

2009-yil

2010-yil

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

40

80

17

17

16

15

15

60

24

4

4

5

7

4

viloyatlar:

Andijon

79

60

12

13

12

12

11

80

25

3

5

7

5

5

Buxoro

140

65

25

14

10

8

8

52

25

4

6

6

5

4

Jizzax

103

25

3

6

6

5

5

15

25

4

6

5

5

5

Qashqadaryo

216

40

8

10

10

6

6

30

25

4

6

5

5

5

Navoiy

25

45

8

10

10

10

7

14

16

3

4

3

3

3

Namangan

65

60

15

15

12

10

8

90

20

5

5

4

3

3

Samarqand

409

25

5

8

5

4

3

51

25

5

6

5

5

4

Surxondaryo

215

25

10

5

5

3

2

38

27

6

5

6

5

5

Sirdaryo

46

25

4

6

6

5

4

14

27

7

5

5

5

5

Toshkent

143

35

10

8

8

5

4

40

36

7

6

6

6

11

Farg‘ona

165

35

12

8

6

5

4

48

30

6

7

7

5

5

Xorazm

122

55

10

15

10

10

10

22

25

4

6

6

5

4

Jami

1768

575

139

135

116

98

87

554

330

62

71

70

64

63

 LexUZ sharhi
3-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga
4-ILOVA
2006 — 2010-yillarda yirik zotli mollarni shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga auksionlar orqali sotish
PROGNOZI

bosh

Hududlar

Jami v 2006 — 2010 yy.

shu jumladan:

2006-yil

2007-yil

2008-yil

2009-yil

2010-yil

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

11 900

1 900

2 200

2 400

2 600

2 800

viloyatlar:

Andijon

7 800

1 100

1 300

1 600

1 800

2 000

Buxoro

5 700

700

800

1 200

1 400

1 600

Jizzax

6 100

600

900

1 200

1 600

1 800

Qashqadaryo

14 900

2 500

2 800

3 000

3 200

3 400

Navoiy

6 050

650

800

1 200

1 600

1 800

Namangan

6 000

600

800

1 200

1 600

1 800

Samarqand

6 900

700

1 000

1 400

1 800

2 000

Surxondaryo

7 500

900

1 200

1 500

1 800

2 100

Sirdaryo

6 000

600

800

1 200

1 600

1 800

Toshkent

9 150

850

1 500

1 800

2 400

2600

Farg‘ona

7 800

800

1 200

1 600

2 000

2200

Xorazm

5 000

600

800

1 000

1 200

1400

Jami

100 800

12 500

16 100

20 300

24 600

27 300

 LexUZ sharhi
4-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga
6-ILOVA
2006 — 2010-yillar davrida “O‘zdonmahsulot” DAK korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan omuxta yem punktlarini tashkil etish bo‘yicha
TOPSHIRIQ

nafar

Hududlar

1.01.2006-yilda mavjud punktlar

Qo‘shimcha tashkil qilinadi, jami

shu jumladan yillar bo‘yicha:

2006-yil

2007-yil

2008-yil

2009-yil

2010-yil

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

5

55

10

12

12

12

9

viloyatlar:

Andijon

5

65

14

15

14

12

10

Buxoro

7

55

9

12

12

11

11

Jizzax

3

55

9

12

12

11

11

Qashqadaryo

16

60

10

14

14

11

11

Navoiy

8

40

6

10

8

8

8

Namangan

27

35

6

8

8

7

6

Samarqand

5

50

8

12

10

10

10

Surxondaryo

3

55

8

11

12

12

12

Sirdaryo

4

45

7

10

10

9

9

Toshkent

4

55

10

12

12

11

10

Farg‘ona

22

40

6

10

9

8

7

Xorazm

4

50

7

11

12

10

10

Jami

113

660

110

149

145

132

124

 LexUZ sharhi
6-ilova norasmiy tarjima.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi PQ-308-son qaroriga
8-ILOVA
2006 — 2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollar, birinchi navbatda qoramollar sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar
RO‘YXATI

T/r

Hujjat nomi

Hujjat turi

Tasdiqlash muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramol boqayotgan va chorvachilik mahsulotlari yetishtirayotgan fuqarolarning ish bilan bandligi to‘g‘risidagi nizomi

Vazirlar Mahkamasining qarori

2006-yil mart

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi

2.

Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarda qoramol boqish bilan band bo‘lgan jismoniy shaxslar o‘rtasida namunaviy mehnat shartnomasi

Namunaviy shartnoma

2006-yil mart

3.

Qishloq joylardagi ehtiyojmand va ko‘p bolali oilalarga yirik shohli qoramolni bepul berish shartlari to‘g‘risidagi nizomi

Vazirlar Mahkamasining qarori

2006-yil mart

Moliya vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi

4.

Shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaliklarida chorvachilikni rivojlantirish uchun kam ta’minlangan oilalardan iborat fuqarolarga majburiy garov taqdim etmagan holda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari kafilligi ostida tijorat banklari tomonidan imtiyozli maqsadli mikrokreditlar ajratishning soddalashtirilgan tartibi

Markaziy bank va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining qarori

2006-yil aprel

Markaziy bank, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

5.

Naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish, tartibi, shuningdek ular faoliyatiga qo‘yiladigan talablar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tartibi

2006-yil may

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Naslchilik ishlari bo‘yicha davlat inspeksiyasi

6.

Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga naslli mollarni auksion orqali sotishni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida nizom

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qarori

2006-yil aprel

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi

7.

Maxsus so‘yish korxonalarida va maydonchalarida chorva mollari so‘yish, chorva mollarni so‘yish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga ruxsat guvohnomalari berish va ro‘yxatga olish tartibi

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qarori

2006-yil aprel

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi

8.

Bozorlarda va savdo joylarida go‘sht mahsulotlarini sotishga qo‘yiladigan talablar

O‘zstandart, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qo‘llanmasi

2006-yil aprel

O‘zstandart, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

9.

Zooveterinariya punktlari va chorva mollarini sun’iy urchitish punktlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha talablar

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qo‘llanmasi

2006-yil may

Veterinariya bosh boshqarmasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi

10.

Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtiriladigan chorva mollari mahsulotlarini fyucher shartlari hisobga olgan holda sotib olish uchun namunali shartnoma

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qarori

2006-yil may

Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Adliya vazirligi

11.

Fuqarolar yig‘inlarida xo‘jalik hisobotining shakllari. Chorvachilikni rivojlantirish va aholini uy xo‘jaliklarida chorvachilik faoliyati bilan band qilish ko‘rsatkichlari

Vazirlar Mahkamasining qarori

Davlat statistika hisoboti shakllariga qo‘shimchalar

2006-yil may

Statistika bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi

 LexUZ sharhi
8-ilova norasmiy tarjima.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 12-13-son, 104-modda; 2008-y., 14-15-son, 98-modda, 17-son, 130-modda, 52-son, 515-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2020-y., 06/20/6094/1413-son; 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son)