|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 13.04.2022
|
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi OʻRQ-763-sonli “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 167 va 168-moddalar; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 56, 153-modda; 2001-yil, № 12, 23-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2003-yil 24-aprel,
474-II-son
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
BANKROTLIK TOʻGʻRISIDA
(yangi tahriri)
I BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxslarning bankrotligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
(1-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
2-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonunchilik
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu Qonunning amal qilishi davlat korxonalariga va notijorat tashkilotlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish yuritayotgan yuridik shaxslar mustasno.
(2-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining bankrotlik toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) – iqtisodiy sud tomonidan eʼtirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini toʻla hajmda qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini toʻla hajmda bajarishga qodir emasligi;
(3-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
bir turdagi kreditorlar — qarzdorga nisbatan bir xil talablarga ega boʻlgan va ularni qanoatlantirishda bir-biriga nisbatan imtiyozga ega boʻlmagan kreditorlar guruhi;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
kelishuv bitimi – taraflarning sud nizosini oʻzaro yon berish asosida tugatish toʻgʻrisidagi bitimi;
kreditorlar – qarzdor pul majburiyatlari boʻyicha va (yoki) majburiy toʻlovlar majburiyatini bajarish boʻyicha qaysi yuridik yoki jismoniy shaxs oldida javobgar boʻlsa, ayni shu yuridik yoki jismoniy shaxslar (qarzdor qaysi fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun javobgar boʻlsa, ayni shu fuqaro, shuningdek oʻz ishtirokidan kelib chiqadigan majburiyatlar boʻyicha qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) bundan mustasno);
kreditorlar yigʻilishi (kreditorlar qoʻmitasi) vakili – bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan vakolat berilgan shaxs;
kuzatuv – iqtisodiy sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini oʻtkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilingan paytdan eʼtiboran keyingi taomilga qadar qoʻllaniladigan bankrotlik taomili;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
majburiy toʻlovlar – davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanadigan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar;
(3-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
moratoriy – qarzdor yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar majburiyati bajarilishini toʻxtatib turish;
pul majburiyati – qarzdorning fuqarolik-huquqiy shartnomasi boʻyicha hamda qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra kreditorga muayyan pul summasini toʻlash majburiyati;
(3-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sud boshqaruvchisi (muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi) – bankrotlik taomillarini oʻtkazish maqsadida iqtisodiy sud tomonidan tayinlanadigan shaxs;
(3-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
sudgacha sanatsiya qilish – qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki uning mol-mulki egalari, kreditorlar va boshqa shaxslar tomonidan qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash hamda bankrotligining oldini olish maqsadida koʻriladigan chora-tadbirlar;
sud sanatsiyasi — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirish va uning kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga oʻtkazmagan holda iqtisodiy sud tomonidan qoʻllaniladigan toʻlov qobiliyatini tiklash taomili;
tashqi boshqaruv — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga oʻtkazgan holda iqtisodiy sud tomonidan qoʻllaniladigan toʻlov qobiliyatini tiklash taomili;
tugatishga doir ish yuritish — kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish, qarzdorning majburiyatlardan ozod etilganligini hamda tugatilganligini eʼlon qilish maqsadida iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan qoʻllaniladigan taomil;
(3-moddaning oʻn uchinchi, oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
toʻlov qobiliyatini tiklash taomili — iqtisodiy sud tomonidan qarzdorga nisbatan qoʻllaniladigan, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni oʻz ichiga oladigan hamda qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga qaratilgan tashkiliy-xoʻjalik va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi taomil;
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuniga asosan oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
qarzdor – pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarishga qodir boʻlmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
qarzdor — pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarishga qodir boʻlmagan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlarning talablarini qondirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarishga qodir boʻlmagan, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs, agar pul majburiyatlari va majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatlar avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan boʻlsa;
(3-moddaning oʻn oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
qarzdor xodimlarining vakili – bankrotlik taomili oʻtkazilayotganda oʻz manfaatlarini himoya qilish uchun qarzdorning xodimlari vakolat bergan shaxs;
qishloq xoʻjaligi korxonasi – qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi), fermer xoʻjaligi va yuridik shaxs tashkil etgan holdagi dehqon xoʻjaligi, shuningdek faoliyatining asosiy turi tovar qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirishdan iborat boʻlgan boshqa yuridik shaxslar.
4-modda. Bankrotlik alomatlari
Qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini bajarishga qodir emasligi:
agar tegishli majburiyatlar va (yoki) toʻlov majburiyatlari yuzaga kelgan kundan eʼtiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan boʻlsa, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa — olti oy ichida bajarilmagan boʻlsa;
agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch yuz baravarini tashkil etsa, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravarini tashkil etsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsga nisbatan esa bazaviy hisoblash miqdorining kamida yigirma baravarini tashkil etsa, qarzdorning bankrotlik alomatlari hisoblanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar soddalashtirilgan tartibda koʻrib chiqilayotganda qoʻllanilmaydi.
(4-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
5-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish ushbu Qonun 4-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlganda iqtisodiy sud tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(5-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
6-modda. Iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqi
Pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, kreditor va prokuror ega.
Qarzdor va kreditor bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizada qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga yoxud tugatishga doir taomillarni qoʻllash zarurligini koʻrsatishi mumkin.
Majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatlarni bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzi boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi va uning hududiy organlari ega.
(6-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun mazkur Qonunning 25-moddasiga qarang.
7-modda. Qarzdorning iqtisodiy sudga murojaat etishi asoslari
Ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud boʻlganda, qarzdor bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli.
Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdor yuridik shaxs qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarori yoxud qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori asosida bankrotlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qiladi.
(7-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
8-modda. Qarzdorning, tugatish komissiyasining yoki tugatuvchining iqtisodiy sudga ariza berish majburiyati
Qarzdorning arizasi bilan quyidagi hollarda qarzdorning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs iqtisodiy sudga murojaat etishi shart:
(8-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
bir yoki bir nechta kreditorlarning talablarini qondirish qarzdorning boshqa kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha oʻz majburiyatini toʻliq hajmda bajarishini imkonsiz qilib qoʻyishga olib keladigan boʻlsa;
qarzdorning taʼsis hujjatlariga muvofiq qarzdorni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga vakolatli boʻlgan qarzdor yuridik shaxs organi tomonidan qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan boʻlsa;
qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa;
undiruv qarzdorning mol-mulkiga qaratilganda bunday undiruv qarzdorning xoʻjalik faoliyatini imkonsiz qilib qoʻyadi deb hisoblashga asoslar boʻlsa.
Tugatish komissiyasi (tugatuvchi), agar yuridik shaxs tugatilayotganda kreditorlarning talablarini toʻliq hajmda qondirish imkonsizligi aniqlangan boʻlsa, qarzdorning arizasi bilan iqtisodiy sudga murojaat etishi shart.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
9-modda. Qarzdorning arizasini iqtisodiy sudga berish majburiyatini bajarmaganlik uchun qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi aʼzolarining yoki tugatuvchining javobgarligi
Qarzdor rahbari, tugatish komissiyasi aʼzolari yoki tugatuvchi tomonidan iqtisodiy sudga qarzdorning arizasi taqdim etilmaganligi ushbu Qonun 8-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin yuzaga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi aʼzolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab boʻladi.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
10-modda. Kreditorlar va kreditorlarning yigʻilishi
Bankrotlik taomillari qoʻllanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini ushbu Qonunga muvofiq tuziladigan kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi himoya qiladi. Iqtisodiy sud bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi arizani ish yuritishga qabul qilib olgan paytdan eʼtiboran kreditorlar qarzdorga oʻz talablarini qanoatlantirish maqsadida yakka tartibda murojaat qilishga haqli emas.
Hamma kreditorlar nomidan qarzdorga nisbatan barcha harakatlar kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Kreditorlar yigʻilishida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etadi.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda yagona kreditor ishtirok etgan hollarda kreditorlar yigʻilishining mutlaq vakolatlariga taalluqli qarorlarni qabul qilishni shu kreditorning oʻzi amalga oshiradi.
Kreditorlar yigʻilishining mutlaq vakolatlari jumlasiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qaror;
kreditorlar qoʻmitasi aʼzolarini saylash, qoʻmitaning miqdoriy tarkibini belgilash va aʼzolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi qaror;
sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va ularning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi qaror;
sud sanatsiyasining rejasini tasdiqlash hamda qarzlarni uzish jadvalini maʼqullash haqidagi qaror;
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror.
Kreditorlar yigʻilishini tashkil etish va oʻtkazish sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi.
Kreditorlar yigʻilishi, basharti unda qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlari umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida talablar bildirayotgan, ovoz berish huquqiga ega boʻlgan kreditorlar hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi. Kreditorlar yigʻilishda oʻz vakillari orqali ham ishtirok etishi mumkin. Kvorum mavjud boʻlmagan taqdirda, oʻn kunlik muddat ichida kreditorlarning takroriy yigʻilishi chaqiriladi, basharti yigʻilishni oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan boʻlsa, takroriy yigʻilish hozir boʻlgan kreditorlarning sonidan qatʼi nazar, vakolatli hisoblanadi.
Bir turdagi kreditorlar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
birinchi guruh — qarzdorning garov bilan taʼminlangan majburiyatlari boʻyicha kreditorlar;
ikkinchi guruh — qarzdorga nisbatan garov bilan taʼminlanmagan shartnomalardan, mahsulot yetkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar koʻrsatish, shuningdek majburiy sugʻurta va bank kreditlarini sugʻurtalash shartnomalaridan kelib chiqadigan talablar boʻyicha kreditorlar;
uchinchi guruh — majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditorlar;
toʻrtinchi guruh — mehnat shartnomalariga koʻra mehnatga haq toʻlash va kompensatsiyalar toʻlash boʻyicha, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi talablarni qanoatlantirish uchun hisobvaraqdan pul mablagʻlarini oʻtkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq toʻlash boʻyicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlardan va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi toʻlovlar hamda talablar boʻyicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini taʼminlaydigan talablar, shuningdek fuqarolarning jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida oʻz mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga doir talablari boʻyicha kreditorlar;
beshinchi guruh — hisoblangan dividendlar boʻyicha qarzdorning aksiyalari egalari.
Kreditorlar yigʻilishida ushbu modda beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan masalalarni koʻrib chiqishda birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.
Kreditorlar yigʻilishida ushbu modda beshinchi qismining toʻrtinchi, beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan masalalarni koʻrib chiqishda birinchi hamda ikkinchi guruh kreditorlari ovoz berish huquqiga ega.
Kreditor oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud qarori, kreditorlar yigʻilishining qarori, sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi), shuningdek bankrotlik taomilini amalga oshirish chogʻida sud boshqaruvchisi uning talablarini qanoatlantirishni rad etganligi ustidan shikoyat berishga haqli.
Agar kreditor qarzdorga taalluqli tan olingan talablarni saqlovchi boʻlsa, kreditorlar yigʻilishida ovoz berish huquqiga ega boʻladi.
Kreditorlar yigʻilishida bayonnoma yuritiladi.
Kreditorlar yigʻilishi bayonnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilayotgan sanadagi holatga koʻra kreditorlarning talablari reyestri;
kreditorlar vakillarining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
kreditorlar yigʻilishi ishtirokchilarining roʻyxatga olish varaqlari;
kreditorlar yigʻilishi ishtirokchilariga tanishib chiqish va (yoki) tasdiqlash uchun taqdim etilgan materiallar;
kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida kreditorlar hamda vakolatli organlar tegishli tarzda xabardor etilganligining dalillari;
ovoz berish byulletenlari;
sud boshqaruvchisining ixtiyoriga koʻra yoki kreditorlar yigʻilishi qaroriga binoan boshqa hujjatlar.
Kreditorlar yigʻilishining bayonnomasi hamda unga ilova qilingan hujjatlar kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran ikki kundan kechiktirmay iqtisodiy sudga topshirilishi lozim.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
11-modda. Kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabardor etish
Lozim darajada xabardor etish deganda kreditorga, vakolatli organga, shuningdek ushbu Qonunning 10-moddasiga muvofiq kreditorlar yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boshqa shaxsga kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilishi haqidagi xabarni kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin pochta aloqasi orqali yoki bunday xabar kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sanadan kamida besh kun oldin olinishini taʼminlovchi boshqa usul bilan yuborish tushuniladi.
Kreditorni yoki kreditorlar yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boshqa shaxsni shaxsan xabardor qilish uchun zarur maʼlumotlarni aniqlash imkoni boʻlmaganda yoxud mazkur shaxslarni shaxsan xabardor etish imkonini bermaydigan boshqa holatlar mavjud boʻlgan taqdirda kreditorlar yigʻilishi haqidagi xabarning rasmiy nashrda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda eʼlon qilinishi ana shunday shaxslarni tegishli ravishda xabardor etish deb eʼtirof etiladi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-son “Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandiga qarang.
Kreditorlar yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim:
qarzdor yuridik shaxsning nomi va joylashgan eri;
kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy;
kreditorlar yigʻilishining kun tartibi;
kreditorlar yigʻilishi koʻrib chiqadigan materiallar bilan tanishish tartibi;
kreditorlar yigʻilishi ishtirokchilarini roʻyxatga olish tartibi;
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi.
(11-moddaning uchinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
12-modda. Kreditorlar yigʻilishini chaqirish tartibi
Kreditorlar yigʻilishi sud boshqaruvchisining tashabbusi bilan, kreditorlar qoʻmitasining, pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha talablar umumiy summasining kamida uchdan bir qismini tashkil etuvchi kreditorlarning talabiga binoan yoxud kreditorlar umumiy sonining uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqiriladi.
Kreditorlar yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi talabda kreditorlar yigʻilishi kun tartibiga kiritilishi lozim koʻrilayotgan masalalar taʼriflangan boʻlishi kerak.
Sud boshqaruvchisi kreditorlar qoʻmitasining yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan kreditorlarning talabiga binoan chaqirilayotgan kreditorlar yigʻilishi kun tartibining masalalari taʼrifiga oʻzgartishlar kiritishga haqli emas.
Kreditorlar yigʻilishi kreditorlar qoʻmitasining yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan kreditorlarning talabiga binoan tegishli ariza bilan sud boshqaruvchisiga murojaat etilgan paytdan eʼtiboran kechi bilan oʻttiz kunlik muddat ichida sud boshqaruvchisi tomonidan chaqiriladi.
Kreditorlar yigʻilishi, agar kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, qarzdorning joylashgan erida (yashash joyida) oʻtkaziladi. Kreditorlarning birinchi yigʻilishini qarzdorning joylashgan erida (yashash joyida) oʻtkazishning iloji boʻlmasa, kreditorlarning birinchi yigʻilishi oʻtkaziladigan joy sud boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi.
13-modda. Kreditorlar yigʻilishining qaror qabul qilish tartibi
Ovozga qoʻyilgan masalalar boʻyicha kreditorlar yigʻilishining qarori yigʻilishda hozir boʻlgan ovoz berish huquqiga ega kreditorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ovoz berish huquqiga ega boʻlgan har bir kreditor kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilayotgan sanadagi holatga koʻra umumiy kreditorlik qarzidagi oʻz ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega boʻladi.
Kreditorlar yigʻilishi quyidagi qarorlarni ovoz berish huquqiga ega boʻlgan barcha kreditorlarning koʻpchilik ovozi bilan qabul qiladi:
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qaror;
sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish, uning muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi qaror;
sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror.
Agar kreditorlarning yigʻilishida ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qarorlarni qabul qilish uchun ovoz berish huquqiga ega boʻlgan kreditorlarning zarur kvorumi boʻlmasa, kreditorlarning takroriy yigʻilishi chaqiriladi, basharti kreditorlarning yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida kreditorlar lozim darajada xabardor etilgan boʻlsa, ushbu takroriy yigʻilish bunday qarorlarni ovoz berish huquqiga ega boʻlgan va yigʻilishda hozir boʻlgan kreditorlar sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar kreditorlar yigʻilishining qarori ustidan iqtisodiy sudga shikoyat berishga haqli.
Sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish, uning muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish haqidagi qaror, agar buni yoqlab birinchi va ikkinchi guruh kreditorlarining koʻpchiligi ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning koʻpchiligi qarshi ovoz bergan taqdirda, shuningdek ovoz berish chogʻida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur ovozlari soni toʻplanmagan taqdirda, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Ovoz berish huquqiga ega boʻlgan har bir guruh kreditorlari ovoz berishda ishtirok etish uchun teng huquqqa ega.
(13-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
14-modda. Kreditorlarning talablari reyestri
Kreditorlarning talablari reyestrini sud boshqaruvchisi yuritadi.
Kreditorlarning talablari hisobi reyestrda Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida yuritiladi. Kreditorlarning chet el valyutasida ifodalangan talablari qonunchilikda belgilangan tartibda kreditorlarning talablari reyestrida hisobga olinadi. Kreditorlarning talablari reyestrida har bir kreditor haqidagi, pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditor talablarining aniqlangan miqdori, har bir talabning qondirilish navbati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-son “Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 19-bandiga qarang.
Kreditor talablar bayon etilgan arizada oʻzi haqidagi maʼlumotlarni, shu jumladan firmaning toʻliq nomini, joylashgan erini (pochta manzilini), pasportga oid maʼlumotlarini (jismoniy shaxslar uchun), shuningdek bank rekvizitlarini (agar ular boʻlsa) koʻrsatishi shart.
Talablari kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan shaxs oʻzi xususidagi maʼlumotlar oʻzgarganligi haqida, shuningdek qarzdorga nisbatan oʻz talablarining miqdori va tarkibi oʻzgarganligi, shu jumladan talablaridan uchinchi shaxslar foydasiga voz kechganligi haqida sud boshqaruvchisiga bir haftalik muddat ichida xabar berishi shart. Bunday maʼlumotlar taqdim etilmagan yoki oʻz vaqtida taqdim etilmagan taqdirda shu munosabat bilan yetkazilgan zararlar uchun sud boshqaruvchisi va qarzdor javobgar boʻlmaydi.
Kreditorlarga talablar reyestri bilan tanishish imkoniyati taʼminlanishi lozim. Sud boshqaruvchisi kreditor yoki uning vakili talabi bilan mazkur kreditorga yoki uning vakiliga talablari qondirilishining miqdori, tarkibi va navbati toʻgʻrisida bunday talab olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni mobaynida kreditorlarning talablari reyestridan koʻchirma yuborishi shart. Bunday koʻchirmani tayyorlash va yuborish xarajatlari kreditor zimmasiga yuklanadi.
Kreditorlarning talablari reyestrini tuzishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
(14-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
15-modda. Kreditorlar qoʻmitasi
Kreditorlar qoʻmitasi kreditorlarning manfaatlarini ifoda etadi hamda sud boshqaruvchilarining harakatlari ustidan nazorat olib boradi.
Kreditorlar qoʻmitasi tarkibiga kreditorlar yigʻilishi tomonidan belgilanadigan miqdorda kreditorlar vakillari kiritiladi.
Agar qarzdorning kreditorlari soni yigirmatadan kam boʻlsa, kreditorlar qoʻmitasining vazifalarini kreditorlar yigʻilishining qarori bilan kreditorlar yigʻilishi zimmasiga yuklash nazarda tutilishi mumkin.
Oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda kreditorlar qoʻmitasi quyidagilarga haqli:
sud boshqaruvchisidan qarzdorning moliyaviy ahvoli va bankrotlik taomilining borishi toʻgʻrisida axborot taqdim etishni talab qilish;
sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan iqtisodiy sudga shikoyat berish;
(15-moddaning toʻrtinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etish uchun oʻz vakilini saylash;
ushbu Qonunda va sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Kreditorlar qoʻmitasi quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli:
kreditorlar yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi qaror;
sud boshqaruvchisining tayinlanishi, almashtirilishi yoki vazifasidan ozod qilinishi toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etishni kreditorlar yigʻilishiga tavsiya qilish haqidagi qaror;
(15-moddaning beshinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdorning yirik bitimlarini hamda amalga oshirilishidan qarzdor manfaatdor boʻlgan bitimlarini tasdiqlash yoki ularni tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror.
Kreditorlar qoʻmitasining yigʻilishida masalalarni hal etishda kreditorlar qoʻmitasining har bir aʼzosi bir ovozga ega boʻladi. Kreditorlar qoʻmitasining aʼzosi ovoz berish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kreditorlar qoʻmitasining qarori kreditorlar qoʻmitasi aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Kreditorlar qoʻmitasi yigʻilishlarida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshqaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.
(15-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
16-modda. Kreditorlar qoʻmitasini saylash
Kreditorlar qoʻmitasining aʼzolari kreditorlar yigʻilishi tomonidan sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish amalga oshiriladigan davrga saylanadi. Kreditorlar yigʻilishining qaroriga binoan kreditorlar qoʻmitasi barcha aʼzolarining vakolatlari muddatidan ilgari tugatilishi mumkin. Bunday qaror bir paytning oʻzida faqat kreditorlar qoʻmitasining barcha aʼzolariga nisbatan qabul qilinishi mumkin.
Eng koʻp ovoz olgan nomzodlar kreditorlar qoʻmitasi tarkibiga saylangan hisoblanadi.
Kreditorlar qoʻmitasining aʼzolari oʻz tarkibidan kreditorlar qoʻmitasining raisini saylashi mumkin.
Agar kreditorlar qoʻmitasida aʼzolar besh kishidan ortiq boʻlsa, kreditorlar qoʻmitasi raisi saylanishi shart.
17-modda. Manfaatdor shaxslar
Qarzdor yuridik shaxsga nisbatan quyidagilar manfaatdor shaxslar deb eʼtirof etiladi:
qonunchilikka muvofiq qarzdorga nisbatan bosh yoki tobe hisoblanuvchi yuridik shaxs;
(17-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qarzdorning rahbari, shuningdek kuzatuv kengashi, kollegial ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar, bosh buxgalter (buxgalter), shu jumladan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilmasidan oldingi bir yil davomida bekor qilingan hollarda ham;
yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari).
Ushbu Qonunda qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsga nisbatan manfaatdor shaxs deyilganda uning xotini (eri), ota-onasi, buva-buvilari, aka-ukalari, opa-singillari hamda bolalari, nevaralari, chevaralari, evaralari, aka-uka va opa-singillarining bolalari, nevaralari, chevaralari, evaralari, xotinining (erining) ota-onasi, aka-ukalari va opa-singillari tushuniladi.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
18-modda. Sud boshqaruvchilari
Oliy maʼlumotga hamda kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan, shuningdek bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organida attestatsiyadan oʻtgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-son qarori bilan tasdiqlangan Sud boshqaruvchilari, ularni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) oʻtkazish va malaka attestatini berish tartibi toʻgʻrisida nizomga qarang.
Sud boshqaruvchilari etib quyidagilar tayinlanishi mumkin emas:
qarzdor yoki kreditorlarga nisbatan manfaatdor shaxslar;
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar;
yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxslar, agar ularga nisbatan bankrotlik taomili joriy etilgan boʻlsa;
(18-moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
ilgari sud boshqaruvchisi vazifasini bajarayotgan paytda qarzdorga, kreditorlarga zarar yetkazgan va bu zararning oʻrnini qoplamagan shaxslar;
boshqa shaxslarning ishlarini va (yoki) mol-mulkini boshqarish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishiga cheklov belgilangan shaxslar (bunday faoliyat bilan shugʻullanishdan mahrum etilgan yoki bunday faoliyatga noloyiq deb topilgan shaxslar).
Iqtisodiy sud ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan asoslarga binoan, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar taqdim etgan dalillar boʻlgan taqdirda, sud boshqaruvchiligiga tavsiya etilgan nomzodni bu vazifaga tayinlashni rad etishga yoki sud boshqaruvchisini oʻz vazifasini bajarishdan ozod etishga haqli.
(18-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sud boshqaruvchisi iqtisodiy sud tomonidan vazifaga tayinlangan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarga zarar yetkazilishi hodisasi uchun oʻz javobgarligini qonunchilikda belgilanadigan tartibda sugʻurtalamogʻi kerak.
(18-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan talablar bankrotlikning soddalashtirilgan taomilini amalga oshirayotgan sud boshqaruvchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Kreditorlar yigʻilishi sud boshqaruvchisidan qarzdorning mol-mulkini sugʻurta qilish shartnomasini tuzishni talab qilishga haqli.
19-modda. Sud boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari
Sud boshqaruvchisi quyidagilarni amalga oshirishga haqli:
kreditorlar yigʻilishini chaqirish;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda kreditorlar qoʻmitasi chaqirilishini talab qilish;
oldindan davlat boji toʻlamay turib, daʼvo arizalari va boshqa arizalar bilan sudga murojaat etish;
(19-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
ushbu Qonunning 22-moddasiga muvofiq haq olish;
oʻz vakolatlarini amalga oshirishni taʼminlash uchun boshqa shaxslarni shartnoma asosida ular faoliyatiga qarzdorning mablagʻlari hisobidan haq toʻlagan holda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, jalb etish;
oʻz vazifasini bajarishni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida iqtisodiy sudga ariza berish.
(19-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sud boshqaruvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(19-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud boshqaruvchisi:
qarzdorning mol-mulki but saqlanishi yuzasidan choralar koʻrishi;
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi;
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etishi;
qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni kreditorning talabiga koʻra oʻn kunlik muddatda taqdim etishi;
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlashga doir harakatlarni amalga oshirishi va chora-tadbirlar koʻrishi hamda ular haqida kreditorlar yigʻilishiga, iqtisodiy sudga, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi;
(19-moddaning uchinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari.
iqtisodiy sud tomonidan belgilangan vazifalarni bajarishi;
(19-moddaning uchinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda qarzdorga, kreditorlarga va uchinchi shaxslarga zarar yetkazilgan boʻlsa, ularga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
Sud boshqaruvchisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(19-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud boshqaruvchisi bankrotlik taomillarini oʻtkazayotganda qarzdor va kreditorlarning manfaatlarini koʻzlab insof bilan va oqilona ish olib borishi shart.
20-modda. Sud boshqaruvchilarining professional birlashmalari
Sud boshqaruvchilarining professional birlashmalari sud boshqaruvchilarini ixtiyoriy asosda birlashtirib turuvchi nodavlat notijorat tashkilotlaridan iborat.
Sud boshqaruvchilarining professional birlashmalari sud boshqaruvchilarining kasb-kor darajasi yuksaltirilishi hamda saqlab turilishiga, ularning manfaatlari himoya etilishiga koʻmaklashmogʻi lozim.
Sud boshqaruvchilarining professional birlashmalari:
sud boshqaruvchilarini tayyorlash dasturlarini ishlab chiqadi va bu dasturlarni bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga tasdiqlash uchun kiritadi;
oʻz aʼzolarining taʼlimini va kasb-kor darajasi oshirilishini tashkil etadi;
professional birlashmaga aʼzo sud boshqaruvchilarining faoliyatini tahlil qilib boradi.
Sud boshqaruvchilarining professional birlashmalari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(20-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
“Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qarang.
21-modda. Sud boshqaruvchisining javobgarligi
Sud boshqaruvchisi zimmasiga ushbu Qonunga muvofiq yuklangan vazifalarning qarzdorga yoki kreditorlarga zarar yetkazilishiga olib kelgan tarzda bajarilmaganligi yoxud lozim darajada bajarilmaganligi sud boshqaruvchisining oʻz vazifasini bajarishdan ozod etilishi uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Qarzdor, kreditorlar sud boshqaruvchisidan uning harakatlari (harakatsizligi) oqibatida yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilishga haqli.
22-modda. Sud boshqaruvchisiga haq toʻlash
Sud boshqaruvchisiga vazifasini bajarganligi uchun haq toʻlashning miqdori va tartibi kreditorlar yigʻilishi tomonidan belgilanadi, iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanadi hamda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdorning mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlar yigʻilishining qarori bilan sud boshqaruvchisiga uning faoliyati natijalariga qarab toʻlanadigan qoʻshimcha haq belgilanishi mumkin.
23-modda. Bankrotlik sohasini davlat tomonidan tartibga solish
Bankrotlik sohasini davlat tomonidan tartibga solishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi amalga oshiradi.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, davlat boshqaruvi boshqa organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bankrotlik sohasidagi vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha bankrotlik taomillarida Oʻzbekiston Respublikasining kreditor tariqasidagi talablarini taqdim etishning yagona tartibini tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilari sifatida faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning attestatsiyadan oʻtish tartibini, ularga nisbatan malaka va kasbga oid talablarni hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritish tartibini tasdiqlaydi;
sud boshqaruvchilari faoliyati tartibini tasdiqlaydi;
sanatsiya fondini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan bankrot korxonalarning mol-mulkini realizatsiya qilish tartibini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomiga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(24-moddaning yettinchi hatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil maʼlumot uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qarang.
25-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining vakolatlari
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi:
toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmay qolgan, zarar keltirib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini yuritadi;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etadi;
(25-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
sud boshqaruvchilari attestatsiyasini oʻtkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish qanday borayotganligi, shuningdek bunday korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonunchilikka muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonunchilik muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida iqtisodiy sudga ariza bilan murojaat etadi;
(25-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
moliyaviy ahvoli monitoringi yuritilayotgan korxonalarning rahbarlari yoki boshqa mansabdor shaxslariga mazkur korxonalar moliya-xoʻjalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun jarima soladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(25-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi haqidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
26-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari vakolatlari
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari:
toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmay qolgan, zarar keltirib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning moliyaviy ahvoliga oid maʼlumotlar elektron bazasini shakllantirishni amalga oshiradi;
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza bilan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining koʻrsatmasiga binoan iqtisodiy sudga murojaat etadi;
(26-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
tegishli hududda joylashgan, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish qanday borayotganligi, shuningdek bunday korxonalarning bankrotligi taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tegishli hududdagi korxonalarning bankrotligi jarayonlari monitoringini yuritadi;
sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonunchilikka muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisini belgilangan tartibda vazifasini bajarishdan ozod qilish zarurligi haqida bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga iltimosnoma bilan murojaat etadi;
(26-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
bankrotlikning soddalashtirilgan taomillari amalga oshirilayotganda, shuningdek ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarni tugatishga doir ish yuritish amalga oshirilayotganda iqtisodiy sud muhokamasiga sud boshqaruvchiligiga nomzodlar taqdim etish huquqiga ega;
(26-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning rahbarlari yoki boshqa mansabdor shaxslariga mazkur korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoki oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi uchun jarima soladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(26-moddaning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
27-modda. Korxonalarning iqtisodiy qodirligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish majburiyati
Bankrotlik alomatlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari, davlat statistika organlari bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi va uning hududiy boshqarmalariga ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalar haqida maʼlumotlar taqdim etishlari, shuningdek bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining soʻroviga binoan korxonalarning iqtisodiy qodirligi toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlarni taqdim etishlari shart.
28-modda. Bankrotlik taomillari
Qarzdor yuridik shaxsning bankrotligi toʻgʻrisidagi ish koʻrilayotganda quyidagi taomillar qoʻllaniladi:
kuzatuv;
sud sanatsiyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(28-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
tashqi boshqaruv;
tugatishga doir ish yuritish.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishda tugatishga doir ish yuritish taomili qoʻllaniladi.
(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
29-modda. Suddan tashqari bajariladigan taomillar
Suddan tashqari bajariladigan taomillar sudgacha sanatsiya qilish yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda tugatish (faoliyatini tugatish) boʻlishi mumkin.
Yuridik shaxsni tugatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53—56-moddalarida nazarda tutilgan.
II BOB. SUDGAChA SANATSIYA QILISh
30-modda. Sudgacha sanatsiya qilish asosi
Sudgacha sanatsiya qilish bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgunga qadar amalga oshiriladi.
Ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari yuzaga kelgan taqdirda, qarzdorning rahbari bu haqda qarzdorning muassislariga (ishtirokchilariga), boshqaruv organlariga yoki qarzdorning mol-mulki egasiga yozma shaklda xabar qilishi shart.
Bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari (ishtirokchilari), boshqaruv organi yoki qarzdorning mol-mulki egasi qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza iqtisodiy sudga taqdim etilgunga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni koʻradi. Qarzdorni moliyaviy jihatdan sogʻlomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan bitimga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham koʻrilishi mumkin.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
31-modda. Sudgacha sanatsiya qilishning obyekti va subyektlari
Sudgacha sanatsiya qilishning obyekti qarzdor shaxsdir.
Sudgacha sanatsiya qilishning subyektlari qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari), qarzdorning mol-mulki egasi, davlat organlari va boshqa shaxslar boʻlishi mumkin.
32-modda. Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari
Sudgacha sanatsiya qilishning asosiy chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan qarzlarni toʻla yoki qisman sotib olish;
ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;
chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatilishi;
qarzdorning faoliyatni davom ettirishi uchun qarzdor bilan kreditorlar oʻrtasida kreditorlarga toʻlanadigan toʻlovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni boʻlib-boʻlib toʻlash yoxud qarzlardan siylov berish toʻgʻrisida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim;
majburiy toʻlov majburiyatini bajarishni va kreditlarni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;
qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.
Sudgacha sanatsiya qilish taomilida boshqa chora-tadbirlar ham boʻlishi mumkin.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organning qarori asosida amalga oshiriladi.
Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish tartibi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Sudgacha sanatsiya qilish qarzdorga davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazilayotganda qarzdorga uning xizmat koʻrsatib kelayotgan bankdagi ishlab turgan hisobvaraqlari toʻxtatib qoʻyilib, soʻmlarda va (yoki) valyutada ish yuritadigan sanatsiya hisobvaragʻi ochiladi. Sanatsiya hisobvaragʻini ishlatish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(32-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sanatsiya qilinayotgan korxona maxsus sanatsiya hisobvaragʻining ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat № 1636, 03.11.2006-y.) qarang.
33-modda. Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda oʻtkazish muddati
Qarzdorni davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha muddatga joriy etiladi.
34-modda. Davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilishni bekor qilish
Davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish uni oʻtkazishning belgilangan muddati tugaganligi yoki uning samarasizligi aniqlanganligi munosabati bilan bekor qilinishi mumkin.
III BOB. BANKROTLIK TOʻGʻRISIDAGI IShLARNI IQTISODIY SUDDA KOʻRISh
(III bob nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
35-modda. Bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish asoslari
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish ushbu Qonunning 6-moddasiga muvofiq iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga ega boʻlgan shaxsning (organning) arizasi asosida qarzdor davlat roʻyxatidan oʻtgan erdagi iqtisodiy sud tomonidan qoʻzgʻatiladi.
(35-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlar Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, ushbu Qonunda belgilangan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
(35-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
36-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda quyidagilar ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadi:
qarzdor;
sud boshqaruvchisi;
kreditorlar, ular tomonidan qarzdorga ushbu Qonunda belgilangan tartibda talablar taqdim etilgan paytdan eʼtiboran;
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi;
bankrotlik toʻgʻrisidagi ish prokurorning arizasi asosida koʻrilayotgan hollarda, prokuror.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda qarzdorning xodimlari vakili, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) vakili yoki qarzdorning mol-mulki egasi, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning vakili, kreditorlar yigʻilishi (kreditorlar qoʻmitasi) vakili hamda boshqa shaxslar ishtirok etishlari mumkin.
(36-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda qoʻllaniladigan har qanday tartib-taomil jarayonida iqtisodiy sudga soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
(36-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari.
37-modda. Qarzdorning arizasi
Qarzdorning oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasi iqtisodiy sudga yozma shaklda beriladi va tegishincha qarzdor yuridik shaxsning rahbari yoki qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoxud yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.
(37-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Qarzdorning oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
(37-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
pul majburiyatlari boʻyicha kreditorlar talablarining qarzdor tomonidan eʼtiroz bildirilmayotgan miqdordagi summasi;
qarzdorning xodimlar hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash, ularga mehnat haqini va toʻlanishi kerak boʻlgan ishdan boʻshatish nafaqasini toʻlash borasidagi qarz summasi;
mualliflik shartnomalari boʻyicha toʻlanishi kerak boʻlgan haq summasi;
majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz summasi;
kreditorlarning talablarini toʻla hajmda qondirishga qodir emaslikning asosi;
qarzdorga taalluqli, sudlarning ish yuritishiga qabul qilingan daʼvo arizalari toʻgʻrisidagi, shuningdek soʻzsiz (akseptsiz) hisobdan chiqarish uchun taqdim etilgan ijro hujjatlari va boshqa hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qarzdordagi bor mol-mulk, shu jumladan pul mablagʻlari, debitorlik qarzi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qarzdorning bankdagi hisobvaraqlari raqamlari, bankning pochta manzili;
ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Qarzdorning oʻzini bankrot deb topish haqidagi arizasida bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni toʻgʻri hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar, shuningdek qarzdorda iltimosnomalar boʻlsa, ular ham koʻrsatiladi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning oʻzini bankrot deb topish haqidagi arizasida uning tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan majburiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham koʻrsatiladi.
(37-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Kreditorlarga hamda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga qarzdor oʻz arizasidan nusxa yuborishi shart. Agar qarzdor ariza bergunga qadar qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili, qarzdorning xodimlari vakili saylangan (tayinlangan) boʻlsa, mazkur shaxslarga ham qarzdor arizasining nusxasi yuboriladi.
38-modda. Qarzdorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Qarzdorning oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasiga Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarz borligini, shuningdek kreditorlarning talabini qarzdor toʻla hajmda qondirishga qodir emasligini, qarzdorning arizasiga asos boʻlgan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
(38-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Qarzdorning oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasiga quyidagilar ham ilova qilinadi:
qarzdor yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari, shuningdek yuridik shaxsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar;
(38-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
qarzdorning kreditorlari va debitorlari roʻyxati, uning kreditorlik va debitorlik qarzini izohlagan hamda kreditorlari va qarzdorlarining pochta manzillarini koʻrsatgan holda;
soʻnggi hisobot kunidagi holatga koʻra buxgalteriya balansi yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjatlar;
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning mol-mulki tarkibi va qiymati toʻgʻrisidagi hujjatlar;
(38-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdor oʻzini bankrot deb topish toʻgʻrisida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishi haqidagi qarori;
(38-moddaning ikkinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
agar qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza berilgunga qadar qarzdor xodimlari yigʻilishi oʻtkazilib, unda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda ishtirok etish uchun qarzdorning xodimlari vakili saylangan boʻlsa, ana shu yigʻilish bayonnomasi.
39-modda. Kreditorning arizasi
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasi iqtisodiy sudga yozma shaklda beriladi. Kreditor yuridik shaxsning arizasi uning rahbari yoki vakili tomonidan, kreditor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning arizasi esa shu jismoniy shaxsning oʻzi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
(39-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
ariza berilayotgan iqtisodiy sudning nomi;
(39-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
arizachining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
qarzdorning kreditor oldidagi talab kelib chiqishiga sabab boʻlgan pul majburiyati miqdori, shuningdek uni bajarish muddati;
kreditor talablarining asosliligini tasdiqlovchi dalillar, shu jumladan sudning qonuniy kuchga kirgan qarori, mazkur talablar qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar, notariusning ijro xati;
ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizasida bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni toʻgʻri hal etish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar, shuningdek kreditorda iltimosnomalar boʻlsa, ular ham koʻrsatilishi mumkin.
Kreditor qarzdorga oʻz arizasidan nusxa yuborishi shart.
40-modda. Kreditorlar talablarini birlashtirish
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasi turli majburiyatlar boʻyicha birlashtirilgan qarzdorlikka asoslangan boʻlishi mumkin.
Kreditorlar qarzdorga boʻlgan oʻz talablarini birlashtirishga hamda iqtisodiy sudga bitta ariza bilan murojaat etishga haqli. Bunday ariza oʻz talablarini birlashtirgan kreditorlar tomonidan imzolanadi.
(40-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
41-modda. Kreditorning arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasiga Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari qarzdorning kreditor oldidagi pul majburiyatlarini, shuningdek bu majburiyatlar boʻyicha qarzi borligini va uning miqdorini, kreditorning arizasiga asos boʻlgan boshqa holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
(41-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Kreditorning uning vakili tomonidan imzolangan arizasiga arizani imzolagan shaxsning ariza berishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ham ilova qilinadi.
Kreditorning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasiga, agar bor boʻlsa, quyidagilar ham ilova qilinadi:
kreditorning qarzdorga boʻlgan talablarini koʻrib chiqqan sud qarori;
ijro hujjati (ijro varaqasi, qarzdor tomonidan akseptlangan toʻlov talablari, notariusning ijro xati va boshqalar) yoki kreditor talablari qarzdor tomonidan tan olinganligini tasdiqlovchi dalillar.
42-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining ustav fondida davlat ulushi boʻlgan va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi bor korxonani bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasi iqtisodiy sudga yozma shaklda, qarzdorning iqtisodiy nochorligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova etilgan holda beriladi.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi iqtisodiy sudga ushbu Qonunning 39 va 41-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda beriladi.
(42-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
43-modda. Davlat soliq xizmati organining va boshqa vakolatli organning arizasi
Davlat soliq xizmati organining va boshqa vakolatli organning qarzdorni majburiy toʻlovlar boʻyicha bankrot deb topish toʻgʻrisida iqtisodiy sudga beradigan arizasi ushbu Qonunning 39 va 41-moddalarida nazarda tutilgan talablarga javob berishi kerak.
(43-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Davlat soliq xizmati organining va boshqa vakolatli organning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasiga qonunchilikka muvofiq majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzni qaytarib olishga doir chora-tadbirlar koʻrilganligi dalillari ilova qilinishi kerak.
(43-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
44-modda. Prokurorning arizasi
Prokuror qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga quyidagi hollarda murojaat etishga haqli:
bankrotlikning yashirilgan alomatlarini aniqlaganida;
kreditor manfaatlarini koʻzlab.
Prokurorning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasi iqtisodiy sudga ushbu Qonunning 39 va 41-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda beriladi.
(44-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
45-modda. Bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish
Qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish va bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish yoki arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish toʻgʻrisidagi masalani sudya ariza tushgan paytdan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay hal etadi.
Sudya qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi va ushbu Qonun talablariga rioya etilgan holda berilgan arizani oʻz ish yuritishiga qabul qiladi.
(45-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Sudya qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishiga qabul qilar ekan, kuzatuvni joriy etish va muvaqqat boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish va bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni qoʻzgʻatish haqidagi ajrimi iqtisodiy sud tomonidan davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga, qarzdor joylashgan erdagi (yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi. Qarzdor yuridik shaxsning oʻziga nisbatan bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimning nusxasini oʻzining vakolatxonalari va filiallari joylashgan erdagi shunday shaxslarga (organlarga) yuborish majburiyati uning oʻziga yuklatiladi.
(45-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabr OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 03/17/448/0126-son)
Agar ushbu Qonun 5-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan shart buzilgan boʻlsa, sudya qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
Agar qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza ushbu Qonunning 37 — 41-moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, sudya arizani qaytaradi. Ariza bilan murojaat etish qarzdorning rahbari uchun majburiy boʻlgan va arizaga ushbu Qonunning 38-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinmagan hollarda bunday ariza iqtisodiy sud tomonidan qabul qilinadi, yetishmayotgan hujjatlar esa bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash tartibida talab qilib olinadi.
(45-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
46-modda. Kreditorlarning talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlar
Iqtisodiy sud bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxsning arizasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga muvofiq kreditorlar talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlar koʻrishga haqli.
(46-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Kreditorlarning talablarini taʼminlashga doir, Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari iqtisodiy sud bitimlarni sud boshqaruvchisi roziligisiz tuzishni taqiqlab qoʻyishga, qarzdorga qimmatli qogʻozlarni, valyuta qimmatliklarini va boshqa mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga topshirishni yuklashga hamda qarzdorning mol-mulki saqlanishini taʼminlashga qaratilgan boshqa chora-tadbirlar koʻrishga haqli.
(46-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Kreditorlarning talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlar tegishincha iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik taomillaridan birini joriy etish toʻgʻrisida yoki iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topishni rad etish haqida qaror qabul qilingunga qadar yoxud iqtisodiy sud tomonidan kelishuv bitimi tasdiqlangunga qadar amal qiladi.
Iqtisodiy sud ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelgunga qadar kreditorlarning talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlarni bekor qilishga haqli.
Iqtisodiy sudning kreditorlarning talablarini taʼminlashga doir chora-tadbirlar koʻrish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(46-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
47-modda. Qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza yuzasidan qarzdorning yozma fikri
Iqtisodiy sudning kreditor, prokuror, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organdan qarzdorni bankrot deb topish haqida ariza qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi ajrimini olgan kundan eʼtiboran qarzdor besh kunlik muddat ichida iktisodiy sudga, arizachiga va bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga mazkur ariza yuzasidan yozma fikrini yuborishga, shuningdek arizada koʻrsatilmagan barcha kreditorlarni oʻziga nisbatan bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligidan xabardor qilishga haqli. Qarzdorning iqtisodiy sudga yuborayotgan yozma fikriga mazkur yozma fikrning nusxasi arizachiga hamda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi kerak.
(47-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza yuzasidan yozma fikrda Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan maʼlumotlar koʻrsatiladi. Qarzdorning yozma fikri yoʻqligi bankrotlik toʻgʻrisidagi ish koʻrilishiga monelik qilmaydi.
(47-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
48-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash sudya tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda, ushbu Qonunda belgilangan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
(48-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza tushgan kundan eʼtiboran sudya oʻn kundan kechiktirmay kuzatuvni joriy etish haqidagi masalani hal qiladi.
Kreditorlarning talablari yuzasidan qarzdorda eʼtirozlar boʻlsa, sudya qarzdorning eʼtirozlari asosliligini tekshiradi.
Sudyaning qarzdor eʼtirozlari (muvaqqat boshqaruvchi iltimosnomalari) asosliligini tekshirishi bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning belgilangan muddatiga kamida bir oy muhlat qolganda oʻtkaziladi.
Iqtisodiy sud qarzdorning eʼtirozlari asosliligini koʻrib chiqish natijalari asosida mazkur talablarni kreditorlarning talablari reyestriga kiritish yoki mazkur reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ajrimda kreditorlarning, agar ularga nisbatan qarzdorning eʼtirozlari asossiz deb topilgan boʻlsa, talablari miqdori va ularni qondirish navbati koʻrsatiladi.
Kreditorlarning talablari yuzasidan qarzdorning eʼtirozlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha iqtisodiy sud chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning amal qilishini toʻxtatib qoʻymaydi.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash paytida, shuningdek bankrotlik toʻgʻrisidagi ish koʻrilayotganda iqtisodiy sud qarzdorning moliyaviy ahvolini aniqlash uchun ekspertiza tayinlashga haqli.
(48-moddaning beshinchi — yettinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
49-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish muddati
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish iqtisodiy sudning majlisida qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi haqida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqilishi lozim. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish alohida hollarda bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(49-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
50-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud hujjatlari
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha iqtisodiy sud quyidagi sud hujjatlaridan birini qabul qiladi:
(50-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror;
sud sanatsiyasini joriy etish va uning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ajrim;
tashqi boshqaruvni joriy etish va uning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ajrim;
bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish haqidagi ajrim;
qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani koʻrmasdan qoldirish haqidagi ajrim;
kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrim.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud hujjatlari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, darhol ijro etilishi lozim. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud hujjatining koʻchirma nusxasi sud tomonidan darhol qarzdorning turgan joyidagi (yashash joyidagi) davlat ijrochisiga yuboriladi.
(50-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 03/17/448/0126-son)
51-modda. Qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qaror
Sud sanatsiyasini, tashqi boshqaruvni joriy etish, kelishuv bitimini tasdiqlash yoki bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish uchun asoslar boʻlmaganda, iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarori ushbu Qonunning 4-moddasida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari aniqlangan hollarda qabul qilinadi.
Iqtisodiy sudning qarzdor yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarorida qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash, tugatish boshqaruvchisini tayinlash va unga haq toʻlash haqidagi koʻrsatma aks ettirilishi lozim.
Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarori ustidan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shu jumladan har qanday kreditorlardan biri tomonidan, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb etilmagan, huquqlari va majburiyatlari haqida sud qaror qabul qilgan shaxslar tomonidan shikoyat berilishi va prokuror tomonidan protest keltirilishi mumkin.
Iqtisodiy sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qarorida qarzdorning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi oʻz kuchini yoʻqotganligi koʻrsatiladi.
(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
52-modda. Iqtisodiy sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish
(52-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Iqtisodiy sud tomonidan kuzatuvni, sud sanatsiyasini, tashqi boshqaruvni joriy etish, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish, sud boshqaruvchisini tayinlash, almashtirish yoki vazifasidan ozod qilish haqida chiqarilgan ajrimlar haqidagi, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qarorlar, mazkur hujjatlarni oʻzgartirish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilinganligi haqidagi maʼlumotlar rasmiy nashrda eʼlon qilinadi. Rasmiy nashrning tiraji, davriyligi va shunday maʼlumotlarni eʼlon qilish muddati, koʻrsatiladigan xizmatlarni moliyalashtirish tartibi hamda bunday xizmatlarning narxlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi va istalgan manfaatdor shaxsning mazkur maʼlumotlardan erkin foydalana olishi uchun monelik qilmasligi lozim.
(52-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-iyundagi 160-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan maʼlumotlarni eʼlon qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ushbu Qonunga muvofiq eʼlon qilinishi lozim boʻlgan sud hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda elektron ommaviy axborot vositalarida ham eʼlon qilinishi mumkin.
Sud boshqaruvchisi eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni tegishli sud hujjati olingan sanadan eʼtiboran uch kun ichida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan rasmiy nashr manziliga yuboradi.
Eʼlon qilish uchun yuborilgan sud hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish bu maʼlumotlar olingan paytdan eʼtiboran yetti kun ichida amalga oshiriladi.
(52-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarni eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar yigʻilishining yoxud kreditorlar qoʻmitasining qarorida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdorning pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Qarzdorda pul mablagʻlari boʻlmasa, bunday maʼlumotlarni eʼlon qilish haqini toʻlashni sud boshqaruvchisi amalga oshiradi, bu mablagʻlar keyinchalik qarzdorning mol-mulki hisobidan qoplanadi.
Qarzdorda eʼlon qilish xarajatlarini qoplashga yetarli mol-mulk boʻlmasa, xarajatlarni qoplash qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etgan kreditor hisobidan amalga oshiriladi.
Iqtisodiy sud tomonidan chiqarilgan sud hujjatlari haqidagi maʼlumotlar boshqa ommaviy axborot vositalarida ham eʼlon qilinishi mumkin.
(52-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
53-modda. Bankrotlik taomillari jarayoni haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish
Bankrotlik taomillari jarayoni haqidagi maʼlumotlar rasmiy nashrda eʼlon qilinishi shart.
Mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarni eʼlon qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdorning mol-mulki hisobidan yoki kreditorlar yigʻilishi yoxud kreditorlar qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Qarzdorda eʼlon qilish xarajatlarini qoplashga yetarli mol-mulk boʻlmasa, xarajatlarni qoplash kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Agar qarzdorning kreditorlari soni ellik kishidan ortiq boʻlsa yoki ularning sonini aniqlash mumkin boʻlmasa, qarzdorga nisbatan qoʻllaniladigan har bir bankrotlik taomili boshlanishi haqidagi maʼlumotlar ham rasmiy nashrda eʼlon qilinishi shart.
Kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining qarori asosida eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlar boshqa ommaviy axborot vositalarida ham eʼlon qilinishi mumkin.
Bankrotlik taomillari jarayoni haqidagi eʼlon qilingan maʼlumotlarda quyidagilar boʻlishi lozim:
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
sud hujjatini qabul qilgan iqtisodiy sudning nomi, shu sud hujjati qabul qilingan sana va joriy qilingan bankrotlik taomili nomi, shuningdek bankrotlik toʻgʻrisidagi ishning tartib raqami;
(53-moddaning beshinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
tayinlangan sud boshqaruvchisining familiyasi, ismi, otasining ismi va uning pochta manzili;
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish boʻyicha keyingi sud majlisining iqtisodiy sud tomonidan belgilangan sanasi;
(53-moddaning beshinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa axborot.
54-modda. Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori
Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori quyidagi hollarda qabul qilinadi:
bankrotlik alomatlari aniqlanmaganda;
iqtisodiy sud bankrotlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror qabul qilgunga qadar kreditorlarning bildirilgan talablari qondirilganda;
soxta bankrotlik aniqlanganda.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari.
Iqtisodiy sudning qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qabul qilinishi mumkin.
Qarzdorda yetarli miqdorda likvid mol-mulk borligidan shohidlik beruvchi dalillar boʻlgan taqdirda iqtisodiy sud qarzdorning iltimosnomasiga binoan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishni keyinga qoldirishga, qarzdorga kreditorlarning talablarini iqtisodiy sud tomonidan belgilangan muddatda qondirishni taklif etishga haqli, bu muddat oʻttiz kundan oshmasligi kerak.
(54-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
55-modda. Qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish oqibatlari
Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilinganligi va (yoki) kuzatuv joriy etilganligi oqibati boʻlgan barcha cheklovlarning amal qilishi tugatilishi uchun asos boʻladi.
(55-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
56-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish asoslari
Iqtisodiy sud bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni quyidagi hollarda tugatadi:
(56-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
sud sanatsiyasi jarayonida qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanganda;
tashqi boshqaruv jarayonida qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanganda;
kelishuv bitimi tuzilganda;
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi barcha kreditorlar bildirilgan talablaridan voz kechganda;
kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlarning barcha talablari har qanday bankrotlik taomili jarayonida qondirilganda.
Iqtisodiy sud qonunga muvofiq boshqa hollarda ham bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatishi mumkin.
(56-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
57-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni toʻxtatib turish
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha toʻxtatib turilishi mumkin.
(57-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni toʻxtatib turish iqtisodiy sud tomonidan sud boshqaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan ariza va shikoyatlarni, shuningdek kreditorlarning talablari miqdori, tarkibi va ularni qondirish navbatiga doir kelishmovchiliklarni koʻrib chiqishga monelik qilmaydi.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish toʻxtatib turilgan taqdirda iqtisodiy sud ushbu Qonunning 50-moddasida nazarda tutilgan sud hujjatlarini qabul qilishga haqli emas.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni toʻxtatib turish iqtisodiy sud tomonidan ushbu Qonunda nazarda tutilgan ajrimlarni chiqarish uchun, shuningdek sud boshqaruvchisi va bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar ushbu Qonunda nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirishi uchun monelik qilmaydi.
(57-moddaning ikkinchi — toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Korxonaning rahbariga yoki muassislariga (ishtirokchilariga) yoxud mulkdoriga nisbatan korxonani bankrotlikka olib kelgan harakatlari (harakatsizligi) uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan taqdirda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni yuritish jinoyat ishlari boʻyicha sud tomonidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar toʻxtatib turiladi.
(57-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
58-modda. Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq toʻlash xarajatlarini taqsimlash
Sud xarajatlari, shu jumladan toʻlov kechiktirilgan yoki boʻlib-boʻlib toʻlanadigan davlat boji boʻyicha xarajatlar, maʼlumotlarni ushbu Qonunning 52 va 53-moddalarida nazarda tutilgan tartibda rasmiy nashrda eʼlon qilish xarajatlari, shuningdek sud boshqaruvchilariga haq toʻlash xarajatlari qarzdorning mol-mulkiga tegishli boʻlib, ana shu mol-mulk hisobidan navbatdan tashqari qoplanadi.
Kelishuv bitimida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xarajatlarni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin.
Iqtisodiy sud qarzdorning bankrotligi alomatlari yoʻqligi munosabati bilan qarzdorni bankrot deb topishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar iqtisodiy sudga kreditorning qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasi bilan murojaat etgan kreditorlarga tegishli boʻladi va kreditorlar oʻrtasida ularning talablariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
(57-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sud xarajatlarini va sud boshqaruvchilariga haq toʻlash xarajatlarini taqsimlash tartibi iqtisodiy sudning bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorida yoki ajrimida belgilanadi.
(58-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
59-modda. Arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqish
Kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish jarayonida sud boshqaruvchisi ushbu Qonunga muvofiq bergan arizalar, shu jumladan oʻzi bilan kreditorlar oʻrtasida, oʻzi bilan qarzdor oʻrtasida kelib chiqqan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida bergan arizalar, shuningdek kreditorlarning oʻz huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligi xususidagi shikoyatlari bu ariza va shikoyatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kunlik muddatdan kechiktirmay iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Sud boshqaruvchisining arizasiga, kreditorning shikoyatiga mazkur arizani yoki shikoyatni koʻrib chiqishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga ularning nusxalari yuborilganligiga oid dalillar ilova qilinmogʻi lozim. Mazkur arizalar va shikoyatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan iqtisodiy sud ajrim chiqaradi. Bu ajrim ustidan qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(59-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun mazkur Qonunning 60-moddasiga qarang.
Quyidagilar:
mehnat shartnomasi asosida ishlovchi shaxslarga mehnat haqi toʻlash va ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlash boʻyicha talablarning miqdori va tarkibi xususida sud boshqaruvchisi va qarzdor xodimlarining vakili oʻrtasida kelib chiqadigan kelishmovchiliklar;
kreditorlar, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakillari tomonidan ularning huquq va qonuniy manfaatlarini buzayotgan sud boshqaruvchisi harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan shikoyatlar ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Iqtisodiy sudning ajrimi ustidan shikoyat berish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan berilgan, shuningdek ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan tartibni buzgan holda yoki tegishli ariza yoxud shikoyatni tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmasdan berilgan ariza va shikoyatlar qaytarilishi kerak.
(59-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
60-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha iqtisodiy sud chiqargan ajrimlarni qayta koʻrish yuzasidan ish yuritish
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda arizalar, shikoyatlar (iltimosnomalar) va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha iqtisodiy sud chiqargan ajrim Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksida belgilangan tartibda ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda qayta koʻrilishi lozim.
(60-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish yuzasidan iqtisodiy sudning ajrimlari chiqarilgan paytdan eʼtiboran oʻn kun oʻtgandan keyin qonuniy kuchga kiradi.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda kelishmovchiliklarni koʻrib chiqishda ishtirok etgan shaxslar apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega.
Iqtisodiy sudning ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan ajrimiga apellatsiya shikoyati kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan iqtisodiy sud ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida beriladi va u iqtisodiy sudga kelib tushgan paytdan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqilishi lozim.
(60-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
61-modda. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonaning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish yuritishning oʻziga xos xususiyatlari
Agar korxonaning ustav fondida davlat ulushi boʻlsa, iqtisodiy sud bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi haqida bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organini xabardor qiladi.
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi haqidagi xabarni olgan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida iqtisodiy sudga sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi xususidagi oʻz qarorini maʼlum qiladi.
(61-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlar sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishiga rozi boʻlgan taqdirda bankrotlik toʻgʻrisidagi ish tugatiladi.
Kreditorlar sudgacha sanatsiya qilish oʻtkazilishiga rozi boʻlmagan taqdirda bankrotlik toʻgʻrisidagi ish muhokamasi ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
IV BOB. KUZATUV
62-modda. Kuzatuvni joriy etish
Kuzatuv bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganda iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani ish yuritishiga qabul qilgan sanadan eʼtiboran joriy etiladi, ushbu Qonunga muvofiq bankrotlikning boshqa taomili qoʻllanilishi lozim boʻlgan hollar bundan mustasno. Bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan taqdirda iqtisodiy sudning arizani ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimida kuzatuv joriy etilganligi koʻrsatiladi.
(62-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
63-modda. Kuzatuvni joriy etish oqibatlari
Kuzatuv joriy etilgan paytdan eʼtiboran:
mulkiy undiruvlar boʻyicha ijro hujjatlarini ijro etish toʻxtatib turiladi, ish haqi boʻyicha, mualliflik shartnomalari boʻyicha haqlarni, alimentlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish haqidagi, shuningdek hayot yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi, iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilingan paytga qadar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlarini ijro etish bundan mustasno. Iqtisodiy sudning arizani ish yuritishga qabul qilish va bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ajrimi ijro hujjatlarini ijro etishni toʻxtatib turish uchun asos boʻladi;
(63-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdor yuridik shaxs muassislarining (ishtirokchilarining) uning tarkibidan muassislari (ishtirokchilari) chiqib ketishi munosabati bilan qarzdorning mol-mulkidan ulushni (payni) ajratish haqidagi talablarini qondirish taqiqlanadi;
emissiya qimmatli qogʻozlari boʻyicha dividendlar va boshqa toʻlovlarni toʻlash taqiqlanadi;
Qarzdordan pul mablagʻlarini olish toʻgʻrisidagi talablar qarzdorga talablar qoʻyishning faqat ushbu Qonunda belgilangan tartibiga rioya etilgan holda qoʻyilishi mumkin.
64-modda. Kuzatuv jarayonida qarzdor vakolatlarining cheklanishi
Qarzdorning boshqaruv organlari:
koʻchmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish bilan yoki shu mol-mulkni boshqa usulda tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlarni;
qarzdorning balans qiymati qarzdor aktivlari balans qiymatining oʻn foizidan koʻprogʻini tashkil etadigan mol-mulkini tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlarni;
zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafolat xatlari va kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan oʻzga shaxs foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bogʻliq bitimlarni faqat muvaqqat boshqaruvchining yozma roziligiga binoan tuzishlari mumkin.
Qarzdorning boshqaruv organlari quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli emas:
Qarzdorni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) va tugatish toʻgʻrisidagi qaror;
yuridik shaxslarni tuzish haqidagi yoki boshqa yuridik shaxslarning ishtiroki toʻgʻrisidagi qaror;
vakolatxonalar ochish va filiallar tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror;
dividendlar toʻlash yoki qarzdorning daromadini (foydasini) uning muassislari (ishtirokchilari) oʻrtasida taqsimlash toʻgʻrisidagi qaror;
qarzdor tomonidan obligatsiyalar va boshqa emissiya qogʻozlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi qaror, aksiyalar chiqarish haqidagi qaror bundan mustasno;
ilgari chiqarilgan aksiyalarni aksiyadorlardan sotib olish toʻgʻrisidagi qaror.
65-modda. Muvaqqat boshqaruvchini tayinlash
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlar yoki bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi yoxud sud boshqaruvchilarining professional birlashmasi taklif etgan nomzodlar orasidan iqtisodiy sud tomonidan tayinlanadi.
(65-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
Iqtisodiy sudning muvaqqat boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisidagi ajrimida unga toʻlanadigan haq miqdori va uni toʻlash tartibi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Muvaqqat boshqaruvchiga toʻlanadigan haq miqdori kreditorlar yigʻilishining qarori asosida iqtisodiy sud tomonidan oʻzgartirilishi mumkin.
Muvaqqat boshqaruvchi uni oʻz vazifasini bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli.
Muvaqqat boshqaruvchining uni oʻz vazifasini bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda iqtisodiy sud kreditorlar taklif etgan nomzodlar orasidan yangi muvaqqat boshqaruvchini tayinlaydi. Muvaqqat boshqaruvchining nomzodi koʻrsatilmagan boʻlsa, iqtisodiy sud muvaqqat boshqaruvchini bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi yoxud sud boshqaruvchilarining professional birlashmasi taklif etgan nomzodlar orasidan tayinlaydi. Muvaqqat boshqaruvchi yangi muvaqqat boshqaruvchi tayinlangunga qadar oʻz vazifasini bajarishni davom ettiradi.
(65-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
66-modda. Muvaqqat boshqaruvchining huquqlari
Muvaqqat boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida, shuningdek qarzdor tomonidan qonunchilikda belgilangan talablar buzilgan holda tuzilgan yoki ijro etilgan oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimlarning haqiqiy emasligi oqibatlarining qoʻllanilishi haqida iqtisodiy sudga oʻz nomidan talablar qoʻyish;
(66-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 9-bobining 2-paragrafiga (Bitimlarning haqiqiy emasligi) qarang.
ushbu Qonunning 63-moddasida nazarda tutilgan hollarda kuzatuv davrida kreditorlarning talablarini bajarishga eʼtiroz bildirish;
kreditorlarning talablari boʻyicha qarzdorning taqdim etilgan eʼtirozlari asosliligi sudya tomonidan tekshirilishida ishtirok etish;
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrish haqidagi, shu jumladan muvaqqat boshqaruvchining roziligisiz ushbu Qonunning 64-moddasida nazarda tutilmagan bitimlar tuzishni taqiqlash haqidagi, mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga berish haqidagi, shuningdek bunday choralarni bekor qilish haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish;
(66-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdorning rahbarini vazifasini bajarishdan chetlashtirish toʻgʻrisida iqtisodiy sudga iltimosnoma bilan murojaat etish;
(66-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdorning faoliyatiga taalluqli har qanday axborot va hujjatlarni olish.
Muvaqqat boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(66-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorning boshqaruv organlari muvaqqat boshqaruvchining talabiga binoan unga qarzdorning faoliyatiga taalluqli har qanday axborotni taqdim etishi shart.
67-modda. Muvaqqat boshqaruvchining majburiyatlari
Muvaqqat boshqaruvchi:
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash choralarini koʻrishi;
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilishi;
qarzdorning kreditorlarini aniqlashi, kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi, qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilgani haqida kreditorlarni xabardor qilishi;
kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi;
(67-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
kreditorlarning birinchi yigʻilishini chaqirishi va oʻtkazishi shart.
Muvaqqat boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(67-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Muvaqqat boshqaruvchi kuzatuv tugagandan keyin, lekin iqtisodiy sud majlisining belgilangan sanasiga kamida besh kun qolganda iqtisodiy sudga oʻz faoliyati haqidagi hisobotni, qarzdorning moliyaviy ahvoli haqidagi maʼlumotlarni hamda qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi haqidagi takliflarni, kreditorlarning birinchi yigʻilishi bayonnomasini ushbu Qonunning 10-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etishi shart.
(67-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
68-modda. Kuzatuvni joriy etish haqida xabar qilish
Qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilganligi haqidagi xabarni muvaqqat boshqaruvchi oʻzi tayinlangan paytdan eʼtiboran uch kun ichida rasmiy nashrda ushbu Qonunning 52-moddasida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qilish uchun yuborishi shart.
Muvaqqat boshqaruvchi ish haqi boʻyicha qarzni toʻlash talabini qoʻyadigan kreditorlardan tashqari qarzdorning aniqlangan barcha kreditorlarini qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilganligi toʻgʻrisida iqtisodiy sud ajrim chiqarganligi haqida kuzatuv joriy etilganligiga oid xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay xabardor qilishi shart.
(68-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdorning rahbari qarzdorning xodimlarini, muassislarini (ishtirokchilarini) yoki qarzdor mol-mulkining egasini qarzdorga nisbatan kuzatuvni joriy etish haqida iqtisodiy sud tomonidan ajrim chiqarilganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
(68-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ish haqi boʻyicha qarzni toʻlash talabini qoʻyadigan kreditorlardan tashqari kreditorlarga kuzatuv joriy etilganligini xabar qilish kreditor tomonidan shunday xabar olingan sanani belgilash imkoniyatini beradigan usulda kreditorga xabar yuborish orqali amalga oshiriladi.
Ish haqi boʻyicha qarzni toʻlash talabnomalari yuzasidan kreditorlarni xabardor qilish qarzdor xodimlarining umumiy yigʻilishini chaqirish va oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Qarzdorning muassislarini (ishtirokchilarini) xabardor qilish muassislar (ishtirokchilar) umumiy yigʻilishini chaqirish yoki yuridik shaxsning qonunchilikka yoxud taʼsis hujjatlariga muvofiq muassislarning (ishtirokchilarning) umumiy yigʻilishini chaqirish huquqiga ega boʻlgan organiga qarzdorga nisbatan kuzatuvni joriy etish haqida xabar yuborish orqali amalga oshiriladi.
(68-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorga nisbatan kuzatuvni joriy etish haqidagi xabarda quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va uning pochta manzili;
qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqargan iqtisodiy sudning nomi, bunday ajrim chiqarilgan sana va bankrotlik toʻgʻrisidagi ishning tartib raqami;
(68-moddaning yettinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
tayinlangan muvaqqat boshqaruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va uning pochta manzili;
iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish yuzasidan belgilangan sud majlisining sanasi, vaqti va joyi;
(68-moddaning yettinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
xabarni joʻnatuvchining (muvaqqat boshqaruvchining yoki qarzdor rahbarining) xohishiga koʻra boshqa axborot.
69-modda. Qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etish
Qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etish qarzdorga tegishli mol-mulk sud xarajatlarini, sud boshqaruvchilariga haq toʻlash xarajatlarini qoplash uchun yetarliligini, shuningdek qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Muvaqqat boshqaruvchi qarzdorning moliyaviy ahvolini, shu jumladan qarzdorning mol-mulki boʻlsa, shu mol-mulkni inventarizatsiya qilish natijalarini moliyaviy tahlil qilish, mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni tahlil qilish asosida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash mumkinligi yoki mumkin emasligi toʻgʻrisidagi takliflarni, bankrotlikning keyingi taomillarini joriy etish maqsadga muvofiqligi asoslarini tayyorlaydi.
Agar qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil qilish natijasida qarzdorga tegishli mol-mulk sud xarajatlarini qoplash uchun yetarli emasligi aniqlansa, kreditorlar faqat sud xarajatlarini qoplash manbalari aniqlangan taqdirda tashqi boshqaruvni joriy etish haqida iqtisodiy sudga iltimosnoma bilan murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli.
(69-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
70-modda. Kreditorlar talablarining miqdorini belgilash
Kreditorlarning birinchi yigʻilishida ishtirok etish uchun qarzdorga nisbatan kuzatuv joriy etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot rasmiy nashrda eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida kreditorlar oʻz talablarini qarzdorga taqdim etishga haqli. Kreditorlarning talablari kreditorlar tomonidan sud hujjatini yoki shu talablarning asosliligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni ilova qilgan holda iqtisodiy sudga, qarzdorga va muvaqqat boshqaruvchiga yuboriladi.
(70-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlarning aniqlangan deb topish uchun asosga ega boʻlgan talablariga qarzdor oʻz eʼtirozlarini iqtisodiy sudga quyidagi hollarda yuborishga haqli:
(70-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
kreditorlar tomonidan talabni aniqlangan deb topish uchun asos tariqasida taqdim etilgan sud hujjatini bekor qiluvchi yoki oʻzgartiruvchi, xuddi shuningdek uning amal qilishini toʻxtatib turuvchi yoxud ijrosi usulini va tartibini oʻzgartiruvchi qonuniy kuchga kirgan sud hujjati boʻlsa;
kreditor tomonidan talablarni aniqlangan deb topish uchun asos tariqasida taqdim etilgan hujjatni bekor qiluvchi yoki oʻzgartiruvchi (qarzni tan olish, notariusning ijro xati va boshqalar), xuddi shuningdek uning amal qilishini toʻxtatib turuvchi hujjat boʻlsa;
kreditor tomonidan talabni aniqlangan talablar jumlasiga kiritish dalili tariqasida taqdim etilgan hujjat boʻyicha qarzni uzish muddatlarini, tartibini va shartlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qarzdor va kreditor oʻrtasida bitim tuzilgan boʻlsa;
qarzdor qarzni toʻliq yoki qisman uzgan boʻlsa;
talab bildirilgan majburiyatdagi shaxsning oʻzgarganligiga dalillar boʻlsa.
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning ushbu Qonunga muvofiq aniqlangan deb topiladigan talablariga oʻz eʼtirozlarini, agar kreditorning talablarini aniqlanganlar jumlasiga kiritish dalili tariqasida oʻz qarzining qarzdor tomonidan tan olinganligidan dalolat beruvchi hujjat taqdim etilgan boʻlsa va muvaqqat boshqaruvchida qarzdorning qarzni tan olish boʻyicha harakatlari boshqa kreditorlarning huquqlarini hamda qonuniy manfaatlarini buzadi va (yoki) asossizdir deb hisoblash uchun yetarli asoslar boʻlsa, iqtisodiy sudga yuborishga haqli.
(70-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdorning, muvaqqat boshqaruvchining kreditorlar talablariga eʼtirozlari tegishli talablar olingan paytdan eʼtiboran bir haftalik muddat ichida iqtisodiy sudga taqdim etilishi mumkin. Kreditorlarning talablari, agar ular ustidan eʼtirozlar tushgan boʻlsa, iqtisodiy sud majlisida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish natijalari asosida mazkur talablarni kreditorlarning talablari reyestriga kiritish yoki bunday reyestrga kiritishni rad etish toʻgʻrisida iqtisodiy sud ajrim chiqaradi. Kreditorning qarzdor yoki muvaqqat boshqaruvchi tomonidan koʻrsatilgan muddatda eʼtirozlar taqdim etilmagan talabi kreditorlarning talablari reyestriga kreditor tomonidan bildirilgan miqdorda kiritiladi.
(70-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlarning talablari asossiz yoki lozim darajadagi dalillar bilan tasdiqlanmagan deb topilsa, kreditorlarning tegishli arizalari qaytarilishi kerak. Mazkur talablar bankrotlikning keyingi taomillarini amalga oshirish jarayonida taqdim etilishi mumkin.
71-modda. Kreditorlarning birinchi yigʻilishini chaqirish
Muvaqqat boshqaruvchi kreditorlarning birinchi yigʻilishi oʻtkaziladigan sanani belgilaydi va bu haqda barcha aniqlangan kreditorlarni, qarzdor xodimlarining vakilini, shuningdek kreditorlarning birinchi yigʻilishida ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxslarni (organlarni) xabardor qiladi. Kreditorlarning birinchi yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabardor qilish muvaqqat boshqaruvchi tomonidan ushbu Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Kreditorlarning birinchi yigʻilishi qarzdorni bankrot deb topish haqidagi ariza ish yuritishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida iqtisodiy sud chiqargan ajrimda iqtisodiy sud majlisini oʻtkazishning belgilangan sanasiga kamida besh kun muddat qolganida oʻtkazilishi lozim.
(71-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlar birinchi yigʻilishining ovoz berish huquqiga ega boʻlgan ishtirokchilari talablari ushbu Qonun 70-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda taqdim etilgan va kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan kreditorlardir.
Kreditorlarning birinchi yigʻilishida qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili va qarzdorning xodimlari vakili maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etish huquqiga ega. Kreditorlar yigʻilishida mazkur shaxslarning yoʻqligi yigʻilishni haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻlmaydi.
72-modda. Kreditorlarning birinchi yigʻilishida koʻriladigan masalalar
Kreditorlarning birinchi yigʻilishi vakolatiga quyidagi qarorlarni qabul qilish kiradi:
sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qaror;
(72-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi qaror;
(72-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
kreditorlar qoʻmitasining miqdoriy tarkibi, uning aʼzolarini saylash toʻgʻrisidagi qaror;
sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining, tashqi boshqaruvchining yoki tugatuvchi boshqaruvchining nomzodlarini maʼqullash toʻgʻrisidagi qaror;
ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa masalalarga doir qaror.
73-modda. Kreditorlar birinchi yigʻilishining sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarori
Kreditorlar birinchi yigʻilishining sud sanatsiyasini joriy etish haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorida sud sanatsiyasining taklif qilinayotgan muddati va qarzni uzishning maʼqullangan jadvali boʻlishi kerak.
Sud sanatsiyasini joriy etish haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kreditorlarning birinchi yigʻilishi muvaqqat boshqaruvchini vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli. Kreditorlar yigʻilishining iqtisodiy sudga beriladigan mazkur iltimosnomasida sanatsiya qiluvchi boshqaruvchilikka tayinlash uchun nomzod taklif qilinishi mumkin.
(73-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
74-modda. Kreditorlar birinchi yigʻilishining tashqi boshqaruvni joriy etish, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iqtisodiy sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarori
Kreditorlar birinchi yigʻilishining tashqi boshqaruvni joriy etish haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorida tashqi boshqaruvning taklif qilinayotgan muddati va tashqi boshqaruvchilikka nomzod, shuningdek u haqdagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Kreditorlar birinchi yigʻilishining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi qarorida tugatishga doir ish yuritishning taklif qilinayotgan muddati va tugatuvchi boshqaruvchilikka nomzod, shuningdek u haqdagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
(74-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
75-modda. Kuzatuvni tugatish
Iqtisodiy sud kreditorlarning birinchi yigʻilishi qarori asosida, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi yoki sud sanatsiyasini yoxud tashqi boshqaruvni joriy etish haqida ajrim chiqaradi yoki kelishuv bitimini tasdiqlaydi va bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatadi.
Agar kreditorlarning birinchi yigʻilishida bankrotlik taomillaridan birini qoʻllash haqida qaror qabul qilinmagan boʻlsa yoki iqtisodiy sudga uning qarorlaridan hech biri ushbu Qonunning 10-moddasida belgilangan muddatda taqdim etilmagan boʻlsa, iqtisodiy sud bankrotlik alomatlari boʻlgan taqdirda, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Agar kreditorlarning birinchi yigʻilishi tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa yoxud iqtisodiy sudga uning qarorlaridan hech biri taqdim etilmagan boʻlsa, iqtisodiy sud qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining, shuningdek uchinchi shaxsning (shaxslarning) iltimosnomasiga binoan, arizachilar tomonidan qarzdorning majburiyatlari ijrosining qarzni uzish jadvaliga muvofiq taʼminoti taqdim etilgan taqdirda sud sanatsiyasini joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki tashqi boshqaruvchi yoxud tugatuvchi boshqaruvchi tayinlangunga qadar uning vazifasini bajarish ilgari muvaqqat boshqaruvchi vazifasini bajarib turgan shaxs zimmasiga toʻla hajmda yuklatiladi.
Iqtisodiy sud tomonidan qarzdor bankrot deb topilgan va tugatishga doir ish yuritish boshlangan yoki sud sanatsiyasi yoxud tashqi boshqaruv joriy etilgan yoki kelishuv bitimi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran kuzatuv tugatiladi.
(75-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
V BOB. SUD SANATSIYASI
76-modda. Sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma
Kuzatuv jarayonida qarzdor, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi, shuningdek uchinchi shaxs (shaxslar) sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sudga murojaat qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan kreditorlarning birinchi yigʻilishiga yoxud sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan bevosita iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli.
(76-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdorning sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining taklif qilinayotgan muddati va qarzni uzish jadvali koʻrsatilgan holda qarzdorning sud sanatsiyasi rejasi ilova qilinmogʻi lozim.
Sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan kreditorlar yigʻilishiga murojaat qilgan shaxslar mazkur iltimosnomani va unga ilova qilinadigan hujjatlarni kreditorlarga bu hujjatlar bilan tanishish imkoniyatini berish maqsadida kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sanaga kamida ikki hafta qolganida muvaqqat boshqaruvchiga taqdim etishlari shart.
(76-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulki egasining sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga sud sanatsiyasining rejasi, qarzni uzish jadvali, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) umumiy yigʻilishining bayonnomasi uning sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnoma bilan kreditorlar yigʻilishiga murojaat etish uchun ovoz bergan muassislari (ishtirokchilari) hamda bu shaxslar tomonidan qarzni uzish jadvali qarzdor tomonidan ijro etilishini taʼminlash toʻgʻrisidagi hujjatlar koʻrsatilgan holda ilova qilinmogʻi lozim.
Uchinchi shaxsning (shaxslarning) sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi iltimosnomasiga qarzni uzish jadvali va qarzdorning qarzni uzish jadvalini bajarishi uchinchi shaxs (shaxslar) tomonidan taʼminlanishiga oid dalillar ilova qilinmogʻi lozim.
Sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sudga murojaat qilish toʻgʻrisida kreditorlarning yigʻilishiga bir necha shaxs iltimosnoma bilan murojaat etgan taqdirda qarzdorning qarzni uzish jadvalini bajarishi bu shaxslarning har biri tomonidan taʼminlanishi ular oʻrtasidagi bitimga binoan belgilanadi.
(76-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
77-modda. Qarzdorning majburiyatlarni qarzni uzish jadvaliga muvofiq bajarishini taʼminlash
Qarzdorning majburiyatlarni qarzni uzish jadvaliga muvofiq bajarishi qonunchilikda nazarda tutilgan usullarda taʼminlanishi mumkin.
(77-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 22-bobiga (Majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash) qarang.
Qarzdorning qarzni uzish jadvalini bajarish yuzasidan majburiyatlari sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sud ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran taʼminlangan deb hisoblanadi.
(77-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Majburiyatlarni bajarish taʼminoti berilganligi toʻgʻrisidagi bitim, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, yozma shaklda tuziladi. Kreditorlar tarafidan mazkur bitimni kreditorlar yigʻilishining (kreditorlar qoʻmitasining) vakili, iqtisodiy sudning tashabbusi bilan sud sanatsiyasi joriy etilganda esa muvaqqat boshqaruvchi, boshqa tarafdan qarzdorning majburiyatlarni qarzni uzish jadvaliga muvofiq bajarishi taʼminotini bergan shaxslar (bundan buyon matnda majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar deb yuritiladi) imzolaydi.
(77-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Majburiyatlarni bajarishning berilgan taʼminoti miqdori qarzdor majburiyatlarining sud sanatsiyasini joriy etish haqidagi masala yuzasidan kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilishi oldidan oxirgi hisobot sanasidagi holatga koʻra balansda aks ettirilgan miqdoridan kamida yigirma foiz ortiq boʻlishi kerak.
Qarzdorga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qarzdorning qarzni uzish jadvalini bajarishi taʼminotining predmeti boʻlishi mumkin emas.
Qarzni uzish jadvaliga oʻzgartishlar kiritilganligi, shuningdek qarzdorga nisbatan bankrotlikning yangi taomili joriy etilganligi majburiyatlarni bajarishning berilgan taʼminotini tugatish uchun asos boʻlmaydi.
78-modda. Sud sanatsiyasini joriy etish tartibi
Sud sanatsiyasi iqtisodiy sud tomonidan kreditorlar yigʻilishining qarori asosida joriy etiladi, ushbu Qonun 75-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Iqtisodiy sudning sud sanatsiyasini joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimida sud sanatsiyasining muddati koʻrsatilishi, unda iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlangan qarzni uzish jadvali, majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar haqidagi, bunday taʼminotning miqdori va shakllari, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlash va unga toʻlanadigan haq miqdori haqidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Iqtisodiy sudning sud sanatsiyasini joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
Sud sanatsiyasi koʻpi bilan yigirma toʻrt oy muddatga joriy etiladi.
(78-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
79-modda. Sud sanatsiyasini joriy etish oqibatlari
Sud sanatsiyasi oʻtkazilayotganda qarzdorning boshqaruv organlari oʻz vakolatlarini ushbu bobda belgilangan cheklovlar bilan amalga oshiradilar.
Sud sanatsiyasi joriy etilgan paytda:
kreditorlarning talablarini taʼminlash yuzasidan ilgari qabul qilingan choralar bekor qilinadi;
qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning oʻziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida joriy etilishi mumkin;
sud sanatsiyasi paytida yuzaga kelgan pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun neustoyka (jarima, penya) va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar, toʻlanishi lozim boʻladigan foizlar qoʻllanilmaydi.
Qarzni uzish jadvaliga muvofiq qondirilishi lozim boʻlgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditorning talablari summasiga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. Bu foizlar sud sanatsiyasini joriy etish haqida iqtisodiy sud ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran va kreditorning talabini qanoatlantirish paytigacha, agar bunday qanoatlantirish roʻy bermasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish paytigacha kreditorning talablari summasiga qoʻshib yozilishi lozim.
(79-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlar yigʻilishining, majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarning yoki sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi rejasini bajarmaganligi yoxud lozim darajada bajarmaganligi haqidagi yoki qarzdorning rahbari qarzdorning, kreditorlarning, majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzadigan harakatlar (harakatsizlik) sodir etganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan iltimosnomasiga binoan iqtisodiy sud qarzdorning rahbarini vazifasini bajarishdan chetlashtirishga haqli. Bunday hollarda iqtisodiy sud qarzdorning rahbari vazifasini ijro etishni sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining zimmasiga yuklashga haqli. Iqtisodiy sud qarzdorning rahbarini vazifasini bajarishdan chetlashtirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, bu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(79-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi kreditorlar yigʻilishining yoxud kreditorlar qoʻmitasining roziligisiz qarzdorni qayta tashkil etish (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) va tugatish haqida qaror qabul qilishga, qarzdor esa quyidagi bitimlarni tuzishga haqli emas:
koʻchmas mol-mulkni ijaraga, garovga berish, mazkur mol-mulkni xoʻjalik shirkatlari hamda masʼuliyati cheklangan va qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida qoʻshish yoki bunday mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlar;
qarzdorning balans qiymati qarzdor aktivlari balans qiymatining oʻn foizidan ortigʻini tashkil etuvchi mol-mulkini tasarruf etish bilan bogʻliq bitimlar;
zayomlar (kreditlar) olish va berish, kafillik va kafolatlar berish, talab qilish huquqlaridan oʻzganing foydasiga voz kechish, qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish, shuningdek qarzdorning mol-mulkini ishonchli boshqarish shartnomasini tuzish bilan bogʻliq bitimlar;
agar muayyan bitimlarni tuzishdan sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi yoki kreditorlar qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor boʻladigan boʻlsa, ayni ana shunday bitimlar.
(79-moddaning beshinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Iqtisodiy sudning sud sanatsiyasini joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimi qarzdor bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni toʻxtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(79-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar qarzdorning bitimlarini qonunchilikda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topishni talab qilish huquqiga ega.
(79-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 9-bobining 2-paragrafiga (Bitimlarning haqiqiy emasligi) qarang.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi va kreditorlar bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganidan keyin yoki qarzdorni bankrot deb topish haqida ariza berilishidan oldingi yigirma toʻrt oy ichida tuzilgan shartnomalarni bekor qilishni quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda talab qilish huquqiga ega:
shartnomalarni bajarish qarzdorga zarar yetkazsa va (yoki) qiyosiy holatlarda tuziladigan xuddi shunday shartnomalarga nisbatan qarzdorning, kreditorlarning, qarzdor majburiyatlarining bajarilishini taʼminlovchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzsa;
shartnoma bir yildan ortiq muddatga tuzilgan va qarzdor uchun faqat uzoq istiqbolda ijobiy natijalar olishga moʻljallangan boʻlsa.
(79-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
80-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlar yigʻilishi yoki majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar tomonidan iqtisodiy sudga taqdim etiladi.
(80-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi sud sanatsiyasi joriy etilgan paytdan eʼtiboran va sud sanatsiyasi tugagunga qadar yoki muddatidan ilgari tugatilgunga qadar faoliyat yuritadi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi oʻz vazifasini bajarishdan arizasiga binoan yoki kreditorlar yigʻilishining yoxud majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarning iltimosnomasiga binoan, shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda iqtisodiy sud tomonidan ozod qilinishi mumkin. Iqtisodiy sudning sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini oʻz vazifasidan ayni bir paytda yangi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchini tayinlagan holda ozod qilish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) uning ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
(80-moddaning uchinchii qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sud sanatsiyasi paytida qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi munosabati bilan bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishning tugatilishi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining vakolatlari tugashiga olib keladi.
Agar iqtisodiy sud tomonidan tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa hamda tashqi boshqaruvchi yoki tugatish boshqaruvchisi etib boshqa shaxs tayinlangan boʻlsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi ishlar tashqi boshqaruvchiga yoki tugatish boshqaruvchisiga oʻtkaziladigan paytga qadar oʻz vazifasini bajarishni davom ettirib turadi.
(80-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
81-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining huquqlari
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
qarzdorning rahbaridan qarzdorning joriy faoliyati toʻgʻrisida va sud sanatsiyasi rejasida nazarda tutilgan tadbirlar amalga oshirilishi hamda qarzni uzish jadvali bajarilishi jarayoni haqida axborot talab qilish;
qarzdorning rahbaridan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun pul mablagʻlari oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishini talab qilish;
qarzdor tomonidan mol-mulkning inventarizatsiyasi oʻtkazilgan taqdirda unda ishtirok etish;
kreditorlar joriy talablarini qarzdor oʻz vaqtida bajarishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
ushbu Qonun 79-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorning bitimlari va qarorlarini kelishib olish hamda mazkur bitimlar va qarorlar haqida kreditorlarga axborot taqdim etish;
ushbu Qonunning 59 va 70-moddalarida belgilangan hollarda va tartibda qarzdorning kreditorlar talablarini tan olish yoki bunday talablarni aniqlangan deb topish uchun asoslarni tasdiqlash boʻyicha harakatlari yoxud qarzdorning kreditorlar talablarini koʻrib chiqish borasidagi harakatsizligi ustidan iqtisodiy sudga shikoyat berish;
ushbu Qonun 79-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda qarzdorning rahbarini vazifasini bajarishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish;
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrish haqidagi, shu jumladan mol-mulkni saqlash uchun uchinchi shaxslarga oʻtkazish, shuningdek bunday choralarni bekor qilish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish.
(81-moddaning birinchi qismi yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(81-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
82-modda. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining majburiyatlari
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi:
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi;
ushbu Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan hollarda kreditorlarning yigʻilishini chaqirishi;
qarzdor tomonidan taqdim etilayotgan sud sanatsiyasi rejasi va qarzni uzish jadvali bajarilishi jarayoni haqidagi hisobotlarni koʻrib chiqishi hamda kreditorlarning yigʻilishiga tegishli xulosalarni taqdim etishi;
kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi;
(82-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
sud sanatsiyasi rejasi amalga oshirilishining borishi haqida kreditorlar yigʻilishiga va kreditorlar qoʻmitasiga, shuningdek agar korxona ustav fondida davlat ulushi boʻlsa, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga axborot taqdim etishi shart.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(82-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
83-modda. Sud sanatsiyasi rejasi va qarzni uzish jadvali
Qarzdorning rahbari, qarzdor muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan tayyorlangan sud sanatsiyasi rejasida qarzni uzish jadvaliga muvofiq kreditorlarning talablarini qondirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni sud sanatsiyasi jarayonida qarzdor tomonidan olish usullari nazarda tutilishi lozim. Sud sanatsiyasi rejasi kreditorlar yigʻilishi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilayotganda ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi.
Kreditorlar yigʻilishining sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning koʻpchiligi yoqlab ovoz bergan taqdirda qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega boʻlgan va sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor yoki kreditorlar qarzdor tugatilgan taqdirda kamida olishi mumkin boʻlgan kafolatli tovonga teng tovon olish huquqiga ega.
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar sud sanatsiyasi rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilmasa, shuningdek ovoz berish chogʻida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur ovozi toʻplanmasa, qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
(83-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
Qarzni uzish jadvali barcha kreditorlar oldidagi qarzning uzilishini nazarda tutishi kerak. Qarzni uzish jadvali iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanishi lozim.
(83-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdor qarzni uzish jadvalini muddatidan ilgari bajarishga haqli.
84-modda. Sanatsiya rejasiga va qarzni uzish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish
Qarzdor sanatsiya rejasini va (yoki) qarzni uzish jadvalini bajarmagan taqdirda (qarz belgilangan muddatlarda va (yoki) belgilangan hajmlarda uzilmaganda), u qarzni uzish jadvaliga kiritish moʻljallanayotgan oʻzgartirishlarni maʼqullash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan talablarni bajarish sanasi boshlangan paytdan eʼtiboran ikki hafta muddat ichida kreditorlarga murojaat qilishga haqli. Iltimosnomaning koʻchirma nusxasi sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga yuboriladi. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi iltimosnoma olingan paytdan eʼtiboran ikki haftadan kechiktirmay shu iltimosnoma asosida kreditorlar yigʻilishini chaqiradi.
Kreditorlar yigʻilishining sanatsiya rejasiga va (yoki) qarzni uzish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qarori birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari tomonidan, agar har bir alohida guruhdagi kreditorlarning koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilinadi.
Qarzni uzish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, kreditorlar yigʻilishi qarzni uzish jadvalidagi oʻzgartishlarni tasdiqlash haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi haqida oʻz vaqtida xabar qilinmagan va qarzni uzish jadvali iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin ishga qoʻshilgan kreditorning talablari yoki majburiyatlarni bajarish muddati kuzatuv jarayonida boshlangan talablar iqtisodiy sudning ajrimiga koʻra qarzni uzish jadvaliga kiritiladi.
Iqtisodiy sud faqat kreditorlarning talablari reyestriga kiritilgan talablarga nisbatan qarzni uzish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli
(84-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
85-modda. Sud sanatsiyasining muddatidan ilgari tamomlanishi
Kreditorlarning qarzni uzish jadvalida nazarda tutilgan barcha talablari sud sanatsiyasining iqtisodiy sud tomonidan belgilangan muddati oʻtishidan oldin qarzdor tomonidan qanoatlantirilgan taqdirda qarzdorning rahbari sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanganligi haqida ushbu Qonunning 87-moddasida nazarda tutilgan tartibda iqtisodiy sudga hisobot taqdim etadi. Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanganligi haqidagi hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari iqtisodiy sud tomonidan majlisda koʻrib chiqiladi.
(85-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi talablari qarzni uzish jadvaliga kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining sud sanatsiyasi muddatidan ilgari tamomlanganligi haqidagi hisobotini koʻrib chiquvchi sud majlisining sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilishi shart.
(85-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdor rahbarining sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tamomlanganligi haqidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish yakunlari asosida iqtisodiy sud:
(85-moddaning uchinchii qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
agar uzilmagan qarz qolmaganligi aniqlangan, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilgan boʻlsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni toʻxtatadi;
agar uzilmagan qarz borligi aniqlangan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan boʻlsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi.
Qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlash va bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish yoki mazkur hisobotni tasdiqlashni rad etish haqida iqtisodiy sud ajrim chiqaradi, bu ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(85-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
86-modda. Sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish
Sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
kreditorlar talablarini qanoatlantirishning qarzni uzish jadvalida belgilangan muddatlari sud sanatsiyasi jarayonida qarzdor tomonidan bir necha marta yoki bir marta jiddiy ravishda (bir oydan ortiq muddatga) buzilganligi;
qarzdor qarzni uzish jadvalini bajarishga qodir emasligidan aniq-ravshan dalolat beruvchi holatlarning mavjudligi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi oʻz tashabbusiga koʻra yoki kreditorlar qoʻmitasining qarori asosida ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran ikki hafta ichida sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun kreditorlar yigʻilishini chaqirishi shart.
(86-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdorning rahbari kreditorlar yigʻilishiga qarzni uzish jadvali va sud sanatsiyasi rejasi bajarilishining yakunlari toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi shart. Hisobotga qarzdorning soʻnggi hisobot sanasidagi holatga koʻra buxgalteriya balansi, qarzdorning daromadlari (foydasi) va zararlari haqidagi hisobot, qanoatlantirilgan talablar miqdori koʻrsatilgan holda kreditorlarning talablari reyestri va kreditorlar talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. Qarzdor rahbarining hisoboti bilan bir vaqtda sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorlarning yigʻilishiga qarzdor rahbarining hisoboti yuzasidan oʻz xulosasini taqdim etadi.
Kreditorlar yigʻilishi qarzdor rahbarining hisobotini, shuningdek sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining mazkur hisobot boʻyicha xulosasini koʻrib chiqish yakunlariga koʻra tashqi boshqaruvni joriy etish haqida yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqli. Kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasiga kreditorlar yigʻilishi bayonnomasining nusxasi, shuningdek kreditorlar yigʻilishi tomonidan qabul qilingan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ushbu masala yuzasidan ovoz berishda ishtirok etmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinadi.
(86-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Iqtisodiy sud kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasi asosida tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(86-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
87-modda. Sud sanatsiyasining tamomlanishi
Sud sanatsiyasining belgilangan muddati tugashiga kamida oʻn besh kun qolganida qarzdorning rahbari oʻtkazilgan sud sanatsiyasi natijalari toʻgʻrisida iqtisodiy sudga hisobot taqdim etishi shart. Mazkur hisobotga qarzdorning soʻnggi sanadagi holatga koʻra buxgalteriya balansi, qarzdorning moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobot, qanoatlantirilgan talablar miqdori va mazkur qanoatlantirishni tasdiqlovchi hujjatlar koʻrsatilgan holda kreditorlarning talablari reyestri, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining qarzdor rahbari hisoboti boʻyicha xulosasi, talablari qanoatlantirilmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinishi lozim. Qarzdor rahbarining oʻtkazilgan sud sanatsiyasi natijalari toʻgʻrisidagi hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari iqtisodiy sud tomonidan majlisda koʻrib chiqiladi.
(87-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi talablari qarzni uzish jadvaliga kiritilgan barcha kreditorlarni qarzdor rahbarining oʻtkazilgan sud sanatsiyasi natijalari haqidagi hisobotini koʻrib chiquvchi sud majlisining sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisida qonunchilikda belgilangan tartibda xabardor qilishi shart.
(87-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdor rahbarining oʻtkazilgan sud sanatsiyasi natijalari haqidagi hisobotini, shuningdek kreditorlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish yakunlari asosida iqtisodiy sud:
(87-moddaning uchinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
agar uzilmagan qarz qolmaganligi aniqlangan, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilgan boʻlsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlaydi va bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni toʻxtatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi;
agar uzilmagan qarz borligi aniqlangan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan boʻlsa, qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etadi.
Iqtisodiy sud qarzdor rahbarining hisobotini tasdiqlashni rad etgan taqdirda tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisida ajrim yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror chiqaradi.
(87-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
88-modda. Majburiyatlarning taʼminot bergan shaxslar tomonidan bajarilishi
Kreditorlarning taʼminot bergan shaxslardan majburiyatlar bajarilishini talab qilish huquqi iqtisodiy sud sanatsiyasini tugatish yoki tamomlash toʻgʻrisida ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi. Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarga nisbatan talablar kreditorlar yigʻilishining (kreditorlar qoʻmitasining) vakili yoki sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi tomonidan taqdim etiladi.
(88-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarishi natijasida olingan pul mablagʻlari kreditorlar bilan hisob-kitob qilish maqsadida qarzdorning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar qarzdor tomonidan ushbu Qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi kreditorlar talablarining qanoatlantirilganligi dalillari taqdim etilgan paytdan eʼtiboran kreditorlarning talablari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
89-modda. Taʼminotdan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarish yakunlari toʻgʻrisidagi hisobot
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlangach yoki iqtisodiy sud tomonidan kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun belgilangan muddat oʻtgach, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi qarzdorning majburiyatlarni shaxslar tomonidan taʼminot berilgan holda bajarishi yakunlari toʻgʻrisida iqtisodiy sudga hisobot taqdim etishi shart. Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari iqtisodiy sud tomonidan majlisda koʻrib chiqiladi. Hisobotga doir talablar, shuningdek uni taqdim etish va koʻrib chiqish tartibi ushbu Qonunning 116 va 117-moddalarida belgilanadi.
(89-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini, kreditorlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish yakunlari asosida iqtisodiy sud:
(89-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
agar uzilmagan qarz qolmaganligi aniqlangan, kreditorlarning shikoyatlari esa asossiz deb topilgan boʻlsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlaydi va bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi;
agar uzilmagan qarz borligi aniqlangan va kreditorlarning shikoyatlari asosli deb topilgan boʻlsa, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etadi hamda tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi yoxud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
90-modda. Taʼminot bergan shaxslarning majburiyatlarni bajarmasligi oqibatlari
Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar tomonidan shu taʼminotdan kelib chiqadigan majburiyatlar kreditorlarning talablarini qondirish uchun iqtisodiy sud belgilagan muddatda bajarilmagan hamda tashqi boshqaruvni joriy etish uchun asoslar boʻlmagan taqdirda, iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Majburiyatlarni bajarish taʼminotini bergan shaxslar tomonidan shu taʼminotdan kelib chiqadigan majburiyatlar kreditorlarning talablarini qondirish uchun iqtisodiy sud belgilagan muddatda bajarilmaganligi qonunchilikka muvofiq ushbu shaxslarning qarzdorning kreditorlar oldidagi majburiyatlari yuzasidan solidar yoki subsidiar javobgarligiga sabab boʻladi.
(90-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 293-moddasiga qarang.
VI BOB. TAShQI BOShQARUV
91-modda. Tashqi boshqaruvni joriy etish tartibi
Agar qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashning haqiqiy imkoniyati aniqlangan boʻlsa, tashqi boshqaruv kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasi, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonalar boʻyicha esa bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi asosida iqtisodiy sud tomonidan joriy etiladi.
Iqtisodiy sudning tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimi darhol ijro etilishi lozim va bu ajrim ustidan qonunchilikda belgilangan muddatda shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(91-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tashqi boshqaruv, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, oʻn ikki oydan yigirma toʻrt oygacha muddatga joriy etiladi.
Tashqi boshqaruv uchun belgilangan muddat kreditorlar yigʻilishining iltimosnomasiga, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining qaroriga yoki tashqi boshqaruvchining arizasiga koʻra iqtisodiy sud tomonidan ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan muddatlar doirasida qisqartirilishi yoki uzaytirilishi mumkin.
Sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning jami muddati oʻttiz oydan oshmasligi kerak.
Agar sud sanatsiyasi joriy etilgan sanadan to iqtisodiy sud tashqi boshqaruvni joriy etish haqidagi masalani koʻrib chiqishigacha oʻn sakkiz oydan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa, iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqida qaror chiqaradi.
(91-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
92-modda. Tashqi boshqaruvni joriy etish oqibatlari
Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan eʼtiboran:
qarzdorning rahbari oʻz vazifasini bajarishdan chetlashtiriladi, qarzdorning ishlarini boshqarish tashqi boshqaruvchi zimmasiga yuklatiladi. Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinishi yoki mazkur rahbarni boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqarishi shart;
qarzdorning boshqaruv organlari vakolatlari tugatiladi. Qarzdorning rahbari va qarzdorning boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tashqi boshqaruvchiga oʻtadi, ushbu Qonunga muvofiq boshqa shaxslarga (organlarga) oʻtadigan vakolatlar bundan mustasno. Qarzdorning boshqaruv organlari tashqi boshqaruvchi tayinlangan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida qarzdorning buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlari, muhrlari va shtamplari (muhrlar va shtamplar mavjud boʻlgan taqdirda), moddiy va boshqa qimmatliklari tashqi boshqaruvchiga topshirilishini taʼminlashi shart;
(92-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi OʻRQ-391-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
kreditorlarning talablarini taʼminlash yuzasidan ilgari koʻrilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi;
qarzdorning mol-mulkini xatlash va qarzdorga nisbatan uning oʻziga tegishli mol-mulkni tasarruf etish borasidagi vakolatlarini boshqacha tarzda cheklovlar faqat bankrotlik taomili doirasida qoʻllanilishi mumkin;
qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlari yuzasidan kreditorlar talablarining qondirilishiga nisbatan moratoriy joriy etiladi, ushbu Qonunning 93-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Tashqi boshqaruv joriy etilishidan oldin, mazkur tartib-taomil joriy etilgandan keyin olingan hosilga, mahsulotga va qarzdorning majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida berilgan mol-mulkidan foydalanishdan olingan daromadlarga nisbatan kreditorning oʻz talablarini bajarish taʼminoti sifatidagi huquqi tatbiq etilmaydi.
(92-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Tashqi boshqaruv tugaganidan keyin pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditorlarga qarzdor toʻlashi shart boʻlgan neustoyka (jarima, penya), shuningdek yetkazilgan zarar summalari tashqi boshqaruvni joriy etish paytidagi mavjud miqdorlarda toʻlash uchun taqdim etilishi mumkin.
93-modda. Kreditorlarning talablarini qondirishga nisbatan moratoriy
Kreditorlarning talablarini qondirishga nisbatan moratoriy tashqi boshqaruv joriy etilgunga qadar bajarilish muddati kelgan pul majburiyatlariga va (yoki) majburiy toʻlovlarga tatbiq etiladi, qarzdorga nisbatan kuzatuv va (yoki) sud sanatsiyasi joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar bundan mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar yuzasidan moratoriyning amal qilish muddati mobaynida:
undiruv soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatlari va boshqa hujjatlar boʻyicha undiruvga yoʻl qoʻyilmaydi;
pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun neustoyka (jarima, penya) va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar qoʻllanilmaydi, qarzdorga nisbatan kuzatuv va (yoki) sud sanatsiyasi joriy etilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar, shuningdek toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar bundan mustasno.
Tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdagi pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditorlar talablarining summasiga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida nazarda tutilgan tartibda va miqdorda foizlar hisoblanadi. Bu foizlar qarzdorga nisbatan tashqi boshqaruv joriy etilgan sanadan eʼtiboran bir navbatdagi talablarga va iqtisodiy sud tomonidan shu navbat talablari boʻyicha kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim chiqariladigan sanaga qadar yoki qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinadigan paytga qadar hisoblanadi. Hisoblab chiqarilgan foizlar summasi kreditorga asosiy qarz summasini toʻlash bilan bir vaqtda toʻlanishi lozim.
(93-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Moratoriy tashqi boshqaruvchi shartnomani bajarishdan ushbu Qonunning 102-moddasiga muvofiq bosh tortganligi oqibatida yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi kreditorlar talablariga ham tatbiq etiladi.
Moratoriyning amal qilishi fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablariga, alimentlar undirishga hamda mualliflik shartnomalari asosida haq toʻlashga doir talablariga, shuningdek qarzdor qaysi fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar boʻlsa, ana shu fuqaroning talablariga tatbiq etilmaydi.
(93-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobiga (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar) qarang.
Kreditorning iltimosnomasiga binoan sud qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida mazkur kreditorning foydasiga qaysi pul majburiyatlari boʻyicha mol-mulk berilgan boʻlsa, oʻsha pul majburiyatlarini moratoriyning taʼsir doirasidan chiqarish toʻgʻrisida, agar mol-mulk tashqi boshqaruvni amalga oshirish uchun zarur boʻlmasa, ajrim chiqarishi mumkin.
(93-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
94-modda. Tashqi boshqaruvchilikka nomzod taqdim etish tartibi
Tashqi boshqaruvni joriy qilish haqida iqtisodiy sudga iltimosnoma bilan murojaat etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kreditorlar yigʻilishi tashqi boshqaruvchilikka nomzodni maʼqullaydi.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlar yigʻilishiga har qanday kreditor tomonidan yoki bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi tomonidan taklif etilishi mumkin.
Kreditorlar yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilishning ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan tartibiga muvofiq kreditorlarning eng koʻp ovozini olgan shaxsning nomzodi iqtisodiy sudga taklif etiladi.
Iqtisodiy sud tashqi boshqaruvni kreditorlar yigʻilishining tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qarori boʻlmagan holda joriy etayotgan boʻlsa, kreditorlar yigʻilishi tashqi boshqaruvchilikka nomzodni iqtisodiy sud tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisida ajrim chiqargan paytdan eʼtiboran uch haftalik muddat ichida koʻrib chiqish, maʼqullash va iqtisodiy sudga taqdim etishga haqli.
Tashqi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlar yigʻilishi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, iqtisodiy sud bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi tomonidan taklif etilgan nomzodlar orasidan tashqi boshqaruvchini tayinlaydi.
(94-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
95-modda. Tashqi boshqaruvchini tayinlash
Tashqi boshqaruvchi iqtisodiy sud tomonidan tashqi boshqaruvni joriy etish bilan bir paytda tayinlanadi.
Tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruvni joriy etish bilan bir paytda tayinlashning imkoni boʻlmasa, iqtisodiy sud tashqi boshqaruvchini tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida tayinlaydi.
Tashqi boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisida iqtisodiy sud ajrim chiqaradi.
(95-moddaning birinchi — uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tashqi boshqaruvchini tayinlash toʻgʻrisidagi ajrim darhol ijro etilishi kerak va uning ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
96-modda. Tashqi boshqaruvchini vazifasini bajarishdan ozod etish
Tashqi boshqaruvchini oʻz vazifasini bajarishdan iqtisodiy sud quyidagi hollarda ozod etishi mumkin:
(96-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorlar yigʻilishining qarori asosida. Bunday hollarda kreditorlar yigʻilishining qarorida tashqi boshqaruvchilikka tavsiya etilayotgan yangi nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak;
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining qarori asosida;
uning oʻz arizasiga binoan;
ushbu Qonunning 18-moddasiga muvofiq tashqi boshqaruvchi etib tayinlanishiga monelik qiladigan holatlar aniqlangan taqdirda;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
(96-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97-moddasiga qarang.
Tashqi boshqaruvchini oʻz vazifasini bajarishdan ozod etish toʻgʻrisidagi ajrim darhol ijro etilishi kerak va uning ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) bunday ajrimning ijro etilishini toʻxtatib qoʻymaydi.
97-modda. Tashqi boshqaruvchining huquqlari
Tashqi boshqaruvchi rahbarlik vakolatlarini amalga oshiradi.
Tashqi boshqaruvchi quyidagilarga haqli:
kreditorlar yigʻilishini hamda kreditorlar qoʻmitasini chaqirish;
ushbu Qonunning 101-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarni hisobga olgan holda qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish;
qarzdor nomidan kelishuv bitimi tuzish;
ushbu Qonunning 22-moddasiga muvofiq haq olish;
agar ushbu Qonunda yoki kreditorlar bilan kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, oʻzining vazifalarini amalga oshirish uchun boshqa shaxslarni ularning faoliyatiga qarzdor mablagʻlaridan haq toʻlagan holda shartnoma asosida ishga jalb etish;
oʻz vazifalarini bajarishni muddatidan ilgari tugatish toʻgʻrisida iqtisodiy sudga ariza berish;
(97-moddaning ikkinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
ushbu Qonunning 102-moddasida belgilangan tartibda qarzdorning shartnomalarini bajarish rad etilishini maʼlum qilish.
Qarzdor bankrotlikka olib borilganligi munosabati bilan qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar boʻladigan uchinchi shaxslarga nisbatan tashqi boshqaruvchi oʻz vakolatlarini amalga oshirish chogʻida talablar qoʻyishga haqli.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 329-moddasiga qarang.
Tashqi boshqaruvchi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(97-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
98-modda. Tashqi boshqaruvchining majburiyatlari
Tashqi boshqaruvchi:
qarzdorning mol-mulkini oʻz tasarrufiga qabul qilishi va uni inventarizatsiyadan oʻtkazishi;
qarzdorning uchinchi shaxslarda turgan mol-mulkini qidirish, aniqlash va qaytarishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrishi;
tashqi boshqaruvni oʻtkazish va kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilish uchun maxsus hisobvaraq ochishi;
tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqishi va kreditorlar yigʻilishi tasdiqlashi uchun taqdim etishi;
buxgalteriya, statistika hisobi va hisobdorligini yuritishi;
kreditorlarning qarzdorga nisbatan talablari yuzasidan belgilangan tartibda eʼtirozlar bildirishi;
qarzdor oldidagi qarzni undirish choralarini koʻrishi;
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi;
kreditorlar yigʻilishiga tashqi boshqaruv rejasi bajarilishining borishi va yakunlari haqida hisobotlar taqdim etishi shart;
kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi.
(98-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuniga asosan oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
Tashqi boshqaruvchining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(98-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
99-modda. Kreditorlarning talablari
Kreditorlar qarzdorga nisbatan oʻz talablarini tashqi boshqaruv amal qilayotgan muddatning istalgan vaqtida taqdim etishga haqli. Mazkur talablar tashqi boshqaruvchiga qarzdorning pochta manzili boʻyicha yuboriladi. Kreditorlarning ushbu modda toʻrtinchi qismiga muvofiq aniqlangan deb eʼtirof etiladigan talablari bu talablarni aniqlangan deb belgilash imkonini beruvchi hujjatlar ilova etilgan holda tashqi boshqaruvchiga yuboriladi.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlarning taqdim etilgan talablarini koʻrib chiqadi va ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha kreditorlarning talablari reyestriga tegishli talab olinganidan keyin uzogʻi bilan ikki hafta ichida tegishli yozuv kiritadi. Tashqi boshqaruvchi koʻrib chiqish natijalari haqida tegishli kreditorni kreditorning talablari olingan paytdan eʼtiboran uzogʻi bilan bir oylik muddat ichida xabardor qiladi.
Tashqi boshqaruvchining kreditorlar talablarini koʻrib chiqishi natijalari yuzasidan eʼtirozlarni bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrayotgan iqtisodiy sudga kreditor bu natijalardan xabardor boʻlgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida bildirishi mumkin.
(99-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlarning ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatda eʼtirozlar bildirilmagan talablari tashqi boshqaruvchi tomonidan aniqlanadigan miqdorda, tarkibda va ularni qondirish navbatida aniqlangan talablar deb hisoblanadi.
100-modda. Kreditorlarning eʼtirozlarini koʻrib chiqish
Kreditorlarning tashqi boshqaruvchi tomonidan aniqlangan talablari miqdori, tarkibi va ularni qondirish navbati xususidagi ushbu Qonunning 99-moddasida belgilangan muddatlarda berilgan eʼtirozlari iqtisodiy sud tomonidan mazkur eʼtirozlar olingan sanadan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.
Kreditorlarning eʼtirozlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha iqtisodiy sud ajrim chiqaradi, ajrimda kreditorlarning qaysi talablariga nisbatan eʼtirozlar asosli deb topilgan boʻlsa, kreditorlarning shu talablari miqdori, tarkibi va ularni qondirish navbati koʻrsatiladi.
Kreditorlar eʼtirozlarini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha iqtisodiy sud chiqargan ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish doirasida kreditorlarning eʼtirozlarini koʻrib chiqish chogʻida chiqarilgan ajrimlar va boshqa sud hujjatlari alohida ish yuritishda kreditorlarning qarzdorga nisbatan talablarini koʻrib chiqishda preyuditsial kuchga ega boʻladi.
(100-moddaning birinchi — uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdor xodimlari vakilining mehnat haqi toʻlash va mehnat shartnomasi boʻyicha ishlovchi shaxslarga ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlash boʻyicha qarzning miqdori va tarkibi toʻgʻrisidagi eʼtirozlari ham ushbu moddada belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
101-modda. Qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish
Qarzdorning mol-mulki egasi yoki taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish boʻyicha qaror qabul qilishga yoxud tashqi boshqaruvchining vakolatlarini boshqacha tarzda cheklashga haqli emas, ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Agar ushbu Qonunda yoki tashqi boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, yirik bitimlar va manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining roziligi bilan tuziladi.
Yirik bitimlarga balans qiymati qarzdorning koʻchmas mol-mulkini yoki bitim tuzish paytidagi aktivlari balans qiymatining oʻn foizidan koʻprogʻini tashkil etuvchi boshqa mol-mulkini tasarruf etishga olib keluvchi bitimlar kiradi.
Bitimni tuzgan taraflardan biri tashqi boshqaruvchiga yoki kreditorga nisbatan manfaatdor shaxs boʻlsa, bunday bitimlar manfaatdorlik nazarda tutilgan bitimlar deb eʼtirof etiladi.
102-modda. Qarzdorning shartnomalarini bajarishdan bosh tortish
Iqtisodiy sudning tashqi boshqaruvni joriy etish toʻgʻrisidagi ajrimi qarzdor bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni toʻxtatish yoki ularni bajarishni rad etish uchun asos boʻla olmaydi.
(102-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
Tashqi boshqaruvchi qarzdor bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar tuzgan shartnomalarni bajarishni faqat barcha taraflar tomonidan toʻliq yoki qisman bajarilmagan shartnomalarga nisbatan, quyidagi holatlardan biri mavjud boʻlgan taqdirda rad etishga haqli:
(102-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
qarzdorning shartnomasini bajarish muqoyasa qilsa boʻladigan holatlarda tuziladigan ayni shunday shartnomalarga qiyoslanganda qarzdor uchun zarar keltiradigan boʻlsa;
shartnoma uzoq muddatli (bir yildan ortiq muddatga tuzilgan) yoki faqat uzoq istiqbolda qarzdor uchun ijobiy natijalar olishga moʻljallangan boʻlsa.
Qarzdorning shartnomalarini bajarishdan bosh tortish faqat barcha taraflar tomonidan toʻliq yoki qisman bajarilmagan shartnomalarga nisbatan, qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashga monelik qiluvchi boshqa holatlar boʻlgan taqdirda ham bildirilishi mumkin.
Shartnomani tuzgan taraflardan biri, agar unga nisbatan qarzdor rad qilishni bildirgan boʻlsa, qarzdordan shartnomani bajarishdan bosh tortganlik oqibatida kelib chiqqan haqiqiy zararning oʻrnini qoplashni talab qilishga haqli.
103-modda. Qarzdor tuzgan bitimlarning haqiqiy emasligi
Qarzdor tuzgan bitim, shu jumladan uning tashqi boshqaruv joriy etilgunga qadar tuzgan bitimi qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(103-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi 2-paragrafiga (Bitimlarning haqiqiy emasligi) qarang.
Qarzdor bilan manfaatdor shaxs oʻrtasida tuzilgan bitim, agar mazkur bitimning bajarilishi natijasida kreditorlarga zarar yetkazilgan boʻlsa yoki zarar yetkazilishi mumkin boʻlsa, tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilinganidan keyin qarzdor bilan muayyan kreditor yoki oʻzga shaxs oʻrtasida tuzilgan bitim, agar mazkur bitim qarzdorning pul majburiyatlari boʻyicha ayrim kreditorlarning talablari boshqa kreditorlarning talablariga nisbatan afzalroq qondirilishiga olib kelsa, tashqi boshqaruvchining yoki kreditorning arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilganidan keyin yoki bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza berilishidan oldingi yigirma toʻrt oy ichida qarzdor yuridik shaxs tomonidan tuzilgan, qarzdorning ishtirokchisi qarzdorning ishtirokchilari tarkibidan chiqqanligi munosabati bilan unga mol-mulkdagi ulushini toʻlash (ajratib berish) bilan bogʻliq boʻlgan bitim tashqi boshqaruvchining yoki kreditorning arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin, shunday bitim boʻyicha olingan barcha mol-mulk (pul mablagʻlari) esa qarzdorga qaytariladi. Bunday holda ishtirokchi ushbu Qonunning 134-moddasiga muvofiq toʻrtinchi navbatdagi kreditor deb eʼtirof etiladi
(103-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
104-modda. Qarzdorning tashqi boshqaruv jarayonida yuzaga kelgan pul majburiyatlari
Qarzdorning tashqi boshqaruv joriy etilishi jarayonida yuzaga kelgan pul majburiyatlari miqdori kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq kreditorlar talablari summasining yigirma foizidan ortiqrogʻini tashkil etgan hollarda qarzdorning yangi pul majburiyatlarini keltirib chiqaruvchi bitimlar, tashqi boshqaruv rejasida nazarda tutilgan bitimlarni istisno etganda, tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi roziligi bilan tuzilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismi normalari buzilgan holda tuzilgan bitimlar, agar ular ilgari qarzdorning tashqi boshqaruvchisi vazifasini bajargan shaxs tomonidan tuzilgan boʻlsa, kreditorning, shuningdek yangi tayinlangan tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
(104-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
105-modda. Qarzdor xarajatlarining tartibga solinishi
Qarzdorning isteʼmolga, shu jumladan mehnatga haq toʻlashga sarflanadigan xarajatlarining koʻpayishiga olib keluvchi qarorlar tashqi boshqaruvchi tomonidan faqat kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi roziligi bilan qabul qilinishi mumkin, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(105-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
106-modda. Tashqi boshqaruv rejasi
Tashqi boshqaruvchi bu ishga tayinlanganidan keyin bir oylik muddat ichida tashqi boshqaruv rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun kreditorlar yigʻilishiga taqdim etishi kerak.
Tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish jarayonida ovoz berishda birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari ishtirok etadi.
Kreditorlar yigʻilishining tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori, agar uni birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlarning koʻpchiligi yoqlab ovoz bersa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Bunda ovoz berish huquqiga ega boʻlgan va tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlashga qarshi ovoz bergan kreditor yoki kreditorlar qarzdor tugatilgan taqdirda kamida olishi mumkin boʻlgan kafolatli tovonga teng tovon olish huquqiga ega.
Agar birinchi va ikkinchi guruhlarning har biridagi kreditorlar tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilmasa, shuningdek ovoz berish chogʻida guruhlardan biridagi kreditorlarning zarur miqdordagi ovozlari toʻplanmasa, iqtisodiy sudga qarzdorni bankrot deb topish va tugatish toʻgʻrisida ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan murojaat qilish haqida qaror qabul qilinadi.
Kreditorlar yigʻilishining tashqi boshqaruv rejasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qarori birinchi va ikkinchi guruh kreditorlari tomonidan, agar har bir alohida guruhning koʻpchiligi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilinadi.
(106-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuniga asosan ikkinchi — beshinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
Tashqi boshqaruv rejasida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari, mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish shartlari va tartibi, ularni amalga oshirish xarajatlari hamda qarzdorning boshqa xarajatlari;
qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash muddati.
Qarzdorning toʻlov qobiliyati ushbu Qonunning 4-moddasida belgilangan bankrotlik alomatlari boʻlmagan taqdirda tiklangan deb eʼtirof etiladi.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining talabiga binoan tashqi boshqaruv jarayoni haqida kreditorlar oldida hisobot beradi.
Tashqi boshqaruv rejasini amalga oshirish qarzdorning xoʻjalik faoliyati tugatilishiga olib kelmasligi lozim, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilganidan keyin yuzaga kelgan pul majburiyatlarini qondirish va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatni bajarish vazifasi qarzdorning mol-mulkini sotib oluvchiga oʻtadigan hollar bundan mustasno.
107-modda. Tashqi boshqaruv rejasini koʻrib chiqish
Tashqi boshqaruv rejasi kreditorlarning yigʻilishi tomonidan koʻrib chiqiladi, yigʻilish tashqi boshqaruv joriy etilgan paytdan eʼtiboran ikki oydan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi tomonidan chaqiriladi. Tashqi boshqaruvchi barcha kreditorlarga kreditorlar yigʻilishi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida yozma shaklda xabar qiladi hamda mazkur yigʻilish oʻtkaziladigan sanadan kamida ikki hafta oldin ularga tashqi boshqaruv rejasi bilan tanishib chiqish imkoniyatini taʼminlaydi.
Kreditorlar yigʻilishida tashqi boshqaruvchi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili hamda qarzdorning xodimlari vakili maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etish huquqiga ega.
Tashqi boshqaruv rejasi, agar yigʻilishda ishtirok etayotgan kreditorlarning yarmidan koʻprogʻi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, tasdiqlangan deb hisoblanadi.
Kreditorlar yigʻilishi quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror;
tashqi boshqaruv rejasini rad etish hamda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
(107-moddaning toʻrtinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
tashqi boshqaruv rejasini rad etish hamda tashqi boshqaruvchini vazifasini bajarishdan ayni bir paytda tashqi boshqaruvchilikka tavsiya etilayotgan yangi nomzodni tasdiqlagan holda ozod qilish haqidagi tegishli iltimosnoma bilan iqtisodidy sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi qaror. Ushbu qarorda tashqi boshqaruvning yangi rejasini koʻrib chiqish uchun kreditorlarning keyingi yigʻilishi chaqiriladigan sana nazarda tutilgan boʻlishi va bu muddat kreditorlar yigʻilishi mazkur qarorni chiqargan kundan eʼtiboran bir oydan oshmasligi kerak.
(107-moddaning toʻrtinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlar yigʻilishida tasdiqlangan tashqi boshqaruv rejasi va kreditorlar yigʻilishining bayonnomasi kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilgan sanadan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay tashqi boshqaruvchi tomonidan iqtisodiy sudga taqdim etiladi.
(107-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
(107-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
108-modda. Tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish
Kreditorlarning yigʻilishi tashqi boshqaruv rejasini tasdiqlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa va unda nazarda tutilgan tashqi boshqaruv muddati belgilangan dastlabki muhlatdan ortiq boʻlsa, agar tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish yoki tashqi boshqaruvning tasdiqlangan rejasini amalga oshirish qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishiga olib keladi deb hisoblash uchun yetarli asoslar boʻlsa, iqtisodiy sud tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Bunday hollarda umumiy muhlat ushbu Qonunning 91-moddasida belgilangan muddatlardan oshib ketmasligi lozim.
(108-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
109-modda. Qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash chora-tadbirlari
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash yuzasidan quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilishi mumkin:
ishlab chiqarishni qayta ixtisoslashtirish;
norentabel ishlab chiqarishlarni yopish;
debitorlik qarzlarini undirish;
qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish;
qarzdorning talabidan oʻzganing foydasiga voz kechish;
uchinchi shaxslarning qarzdorning majburiyatlarini bajarishi;
qarzdorning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish;
qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish;
qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish.
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashning boshqa chora-tadbirlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlardan tashqari bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining taqdimnomasiga binoan ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonaning faoliyat koʻrsatmayotgan obyektlarini konservatsiya qilish toʻgʻrisida iqtisodiy sud ajrim chiqarishi mumkin.
(109-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
110-modda. Qarzdorning korxonasini (biznesini) sotish
Kreditorlarning talablarini qondirish maqsadida tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning korxonasini (biznesini) mulkiy majmua sifatida sotish nazarda tutilishi mumkin.
Korxona (biznes) sotilayotganida qarzdorning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga moʻljallangan barcha turdagi mol-mulki, shu jumladan yer uchastkalari, binolari, inshootlari, uskunalari, inventari, xomashyosi, mahsuloti, talab qilish huquqlari, shuningdek qarzdorning xususiy alomatlarini aks ettiruvchi vositalari (firma nomi, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari), uning tovarlari, ishlari va xizmatlari, qarzdorga tegishli boʻlgan boshqa mutlaq huquqlar oʻzga shaxslarga oʻtkaziladi, boshqa shaxslarga topshirilishi mumkin boʻlmagan huquq va majburiyatlar bundan mustasno.
Korxona (biznes) sotilayotganida qarzdorning mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan oʻtkaziladi, uning xizmatiga qarzdorning mol-mulki hisobidan haq toʻlanadi. Baholovchi tashkilot kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
(110-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda— OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Tashqi boshqaruvchi korxonani (biznesni) kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan, xaridor oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etgan taqdirda, bir yildan ortiq boʻlmagan muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan realizatsiya qilishga haqli.
Korxona (biznes) sotilayotganida korxona (biznes) sotilayotgan paytda amal qilib turgan barcha mehnat shartnomalari oʻz kuchini saqlab qoladi, ish beruvchining huquq va majburiyatlari esa korxonani (biznesni) sotib oluvchi ixtiyoriga oʻtadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Korxonani (biznesni) sotish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ochiq kimoshdi savdosi oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Kimoshdi savdosini oʻtkazish shakli va shartlari kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
(110-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi OʻRQ-15-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 375-modda)
Agar korxona (biznes) tarkibida muomala qobiliyati cheklangan mol-mulk boʻlsa, korxonani (biznesni) sotish qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega boʻla oladigan shaxslar ishtirokida yopiq kimoshdi savdosi oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan korxonani (biznesni) sotishda boshlangʻich narx, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, korxonaning mol-mulkini baholovchi tashkilot oʻtkazgan baholash hisobga olingan holda, kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi qarori bilan belgilanadi.
(110-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Kimoshdi savdosini oʻtkazish shartlarida korxonani (biznesni) sotishdan tushgan pul mablagʻlarini qarzdor tashqi boshqaruv muddati tugashidan kamida oʻttiz kun oldin olishini nazarda tutish kerak.
Tashqi boshqaruvchi kimoshdi savdosining tashkilotchisi sifatida ish koʻradi yoki ushbu maqsad uchun ixtisoslashtirilgan tashkilotni jalb etib, uning xizmatiga qarzdorning mol-mulki hisobidan haq toʻlaydi. Kimoshdi savdosini oʻtkazuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot qarzdorga va tashqi boshqaruvchiga nisbatan manfaatdor shaxs boʻlishi mumkin emas.
Tashqi boshqaruvchi korxona (biznes) ochiq kimoshdi savdosida sotilishi toʻgʻrisidagi eʼlonni rasmiy nashrda kimoshdi savdosi oʻtkaziladigan sanadan kamida oʻttiz kun oldin eʼlon qilishi shart. Eʼlonda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
korxona (biznes) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va u bilan tanishish tartibi;
kimoshdi savdosida ishtirok etish uchun talabnomalar berish muddatlari, vaqti va joyi;
korxonani (biznesni) sotishning boshlangʻich narxi;
kimoshdi savdosini oʻtkazish va uning yakunlarini chiqarish vaqti hamda joyi;
oldi-sotdi shartnomasini tuzish va toʻlovlar shartlari hamda muddatlari;
qonunchilikka muvofiq boshqa maʼlumotlar.
(110-modda oʻn birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi.
Agar eʼlonda koʻrsatilgan muddatlarda bitta ham talabnoma olinmagan boʻlsa yoki bitta ishtirokchidan talabnoma olingan boʻlsa, korxonani (biznesni) sotish boʻyicha kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topiladi va ushbu moddaning sakkizinchi — oʻn birinchi qismlarida nazarda tutilgan shartlarda takroriy kimoshdi savdosi oʻtkaziladi. Agar korxona (biznes) birinchi kimoshdi savdosida sotilmagan boʻlsa ham takroriy kimoshdi savdosi oʻtkaziladi.
Takroriy kim oshdi savdosini oʻtkazish maqsadida tashqi boshqaruvchi kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining qaroriga muvofiq korxonani (biznesni) sotish toʻgʻrisidagi yangi xabarni amalga oshmagan deb topilgan yoki korxona (biznes) sotilmagan kim oshdi savdosining sanasidan eʼtiboran oʻn besh kun ichida, ushbu Qonunning mazkur moddasida va 53-moddasida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qiladi. Bunda kim oshdi savdosi xabar eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran kamida oʻn besh kunlik muddat oʻtgach, oʻtkaziladi. Korxonani (biznesni) sotish narxi kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining qaroriga koʻra pasaytirilishi mumkin, biroq bunda pasaytirish avvalgi kim oshdi savdosidagi narxning 10 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak.
(110-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Korxonaning (biznesning) oldi-sotdi shartnomasi kimoshdi savdosi gʻolibi bilan tashqi boshqaruvchi oʻrtasida kimoshdi savdosi yakunlari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay tuziladi. Kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs va kimoshdi savdosining tashkilotchisi kimoshdi savdosi oʻtkazilgan kuni ana shu savdoning natijalari toʻgʻrisida bayonnoma imzolaydi, bu bayonnoma shartnoma kuchiga ega boʻladi. Kimoshdi savdosida gʻolib chiqqan shaxs kimoshdi savdosi bayonnomasini yoki oldi-sotdi shartnomasini imzolashdan bosh tortgan taqdirda oʻzi toʻlagan zakalatdan mahrum boʻladi. Zakalat summasi kimoshdi savdosi tashkilotchilarining ushbu tadbirni oʻtkazishga ketgan chiqimlari chegirib tashlangan holda qarzdor mol-mulkining tarkibiga kiritiladi.
Agar korxona (biznes) ushbu moddaning oʻn toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan shartlarda sotilmagan boʻlsa, tashqi boshqaruvchi, ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining qaroriga binoan korxonani (biznesni) ommaviy oferta vositasida kimoshdi savdosiga qoʻyishi va rasmiy nashrda ommaviy oferta toʻgʻrisidagi taklif eʼlon qilingach, kamida oʻn besh kundan keyin uning uchun eng yuqori narxni taklif qilgan shaxs bilan korxonaning (biznesning) oldi-sotdi shartnomasini tuzishi mumkin.
(110-moddaning oʻn beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Korxonani (biznesni) sotishdan tushgan summa hisobidan kreditorlarning talablarini qarzdor toʻla hajmda qondirish imkoniyatiga ega boʻlgan hollarda tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish tugatilishi lozim.
(110-moddaning oʻn oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Agar korxonani (biznesni) sotishdan tushgan summa kreditorlar talablarini toʻla hajmda qondirish uchun yetarli boʻlmasa, tashqi boshqaruvchi kreditorlarga kelishuv bitimi tuzishni taklif etadi. Kelishuv bitimiga erishilmagan taqdirda, iqtisodiy sud tashqi boshqaruvchining arizasiga binoan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(110-moddaning oʻn yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
111-modda. Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning mol-mulki inventarizatsiya qilinganidan va baholanganidan keyin tashqi boshqaruvchi, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, mol-mulkning bir qismini ochiq kimoshdi savdosida sotishni boshlashga haqli.
(111-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi OʻRQ-15-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 375-modda)
Qarzdor mol-mulkining bir qismi sotilishi qarzdorning oʻz xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishini imkonsiz qilib qoʻymasligi kerak.
Qarzdorning muomala qobiliyati cheklangan mol-mulki qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega boʻla oladigan shaxslar ishtirokida yopiq kimoshdi savdosi oʻtkazish orqali realizatsiya qilinadi.
Kimoshdi savdosiga qoʻyiladigan mol-mulkning bir qismini sotishda boshlangʻich narx, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qarzdorning mol-mulkini baholovchi tashkilot oʻtkazgan baholash hisobga olingan holda, kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi qarori bilan belgilanadi.
(111-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdor mol-mulkining bir qismini sotish boʻyicha kimoshdi savdosi ushbu Qonunning 110-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻtkaziladi.
Tashqi boshqaruvchi qarzdor mol-mulkining bir qismini kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan, xaridor oʻziga xizmat koʻrsatuvchi bankning tegishli kafolatini taqdim etgan taqdirda, bir yildan ortiq boʻlmagan muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan realizatsiya qilishga haqli.
Tashqi boshqaruv jarayonida tashqi boshqaruvchi qarzdorning arzonbaho va tez ishdan chiqadigan mol-mulkini, shuningdek xomashyo va tayyor mahsuloti qoldiqlarini kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan, kimoshdi savdosi oʻtkazmagan holda oldi-sotdi shartnomalari asosida sotishga haqli.
112-modda. Qarzdorning talab qilish huquqlaridan oʻzganing foydasiga voz kechish
Qarzdorning talab qilish huquqlaridan oʻzganing foydasiga voz kechish tashqi boshqaruvchi tomonidan, agar tashqi boshqaruv rejasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining roziligi bilan talab qilish huquqlarini ochiq kimoshdi savdosida sotish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Agar tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning talab qilish huquqlarini kimoshdi savdosi oʻtkazmasdan muayyan xaridorga sotish imkoniyati nazarda tutilgan boʻlsa yoki talab qilish huquqlari kimoshdi savdosida sotilmagan boʻlsa, kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi talab qilish huquqlarining sotish narxini va bunday sotuvning boshqa shartlarini belgilaydi.
113-modda. Qarzdor majburiyatlarining qarzdor mol-mulkining egasi yoki uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi
Qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi tashqi boshqaruv tugagunga qadar istagan vaqtda kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yoʻla qondirishga haqli.
Qarzdorning pul majburiyatlari uchinchi shaxs (uchinchi shaxslar) tomonidan bajarilishiga, bunday bajarish kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablarini bir yoʻla qanoatlantirgan taqdirda, yoʻl qoʻyiladi.
Kreditorning oʻzi haqidagi, u bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etish majburiyatlarini buzganligi, xuddi shuningdek ijroni taʼminlashdan boshqacha tarzda bosh tortganligi oqibatida ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq kreditorlarning talablarini qanoatlantirish mumkin boʻlmaganda, pul mablagʻlari qarzdor joylashgan erdagi (yashash joyidagi) notariusning yoki sudning depozitiga kiritilishi mumkin.
114-modda. Qarzdorning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish
Qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklash maqsadida tashqi boshqaruv rejasida qarzdor aksiyadorlik jamiyatining qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish imkoniyati nazarda tutilishi mumkin. Qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan ustav fondini koʻpaytirish imkoniyati tashqi boshqaruv rejasiga faqat zaruriy qarorni qabul qilgan qarzdorning aksiyadorlari umumiy yigʻilishining iltimosnomasiga binoan, agar bu iltimosnoma tashqi boshqaruvchiga tashqi boshqaruv tugaydigan sanaga kamida olti oy qolganida yuborilgan boʻlsa, kiritilishi mumkin.
(114-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qarzdor aksiyadorlik jamiyatining ustav fondini uning qoʻshimcha aksiyalarini chiqarish yoʻli bilan koʻpaytirish toʻgʻrisidagi qaror kreditorlar yigʻilishi tomonidan qabul qilinadi. Agar qarzdorning ustav fondini uning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish yoʻli bilan koʻpaytirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilishda eʼlon qilingan aksiyalarning qarzdor ustavida belgilangan miqdorini koʻpaytirish qismiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish zarur boʻlsa, unda qarzdorning ustaviga faqat qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilganidan keyin ustav fondini koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi mumkin boʻladi.
(114-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 43-moddasining oltinchi qismiga qarang.
Qarzdorning qoʻshimcha aksiyalarini joylashtirish asosan ochiq obuna boʻyicha ularning haqini faqat pul mablagʻlari bilan toʻlagan holda amalga oshirilishi mumkin. Qarzdorning aksiyadorlari qarzdorning joylashtiriladigan aksiyalarini aksiyadorlik jamiyatining oʻzlariga tegishli aksiyalari miqdoriga mutanosib miqdorda va ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilanadigan narxda sotib olishda imtiyozli huquqqa ega boʻladilar.
Qoʻshimcha aksiyalar aksiyadorlar oʻrtasida joylashtirilayotgan aksiyalarning nominal qiymatidan past boʻlmagan narxda joylashtiriladi, bunda joylashtirilayotgan aksiyalarning hammasini mazkur narxda sotish barcha kreditorlarning talablarini toʻla qanoatlantirish uchun yetarli pul mablagʻlari toʻplanishiga olib kelishi shart. Aksiyalarni aksiyadorlar oʻrtasida joylashtirish narxi qarzdorning tashqi boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi va kreditorlarning umumiy yigʻilishida tasdiqlanadi. Qarzdorning qoʻshimcha aksiyalarini sotib olishda imtiyozli huquqni amalga oshirish uchun qarzdorning aksiyadorlariga beriladigan muddat kreditorlar yigʻilishi tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat aksiyalarni joylashtirish boshlanadigan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kam boʻlishi mumkin emas.
Qarzdorning aksiyadorlari oʻrtasida joylashtirilmagan qoʻshimcha aksiyalar tashqi boshqaruvchi tomonidan ochiq kimoshdi savdosida realizatsiya qilinadi. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, ilgari qarzdorning aksiyadorlari boʻlmagan, qarzdorning yangi emissiyadagi aksiyalarini sotib olgan shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qarzdorga sotib olingan aksiyalar summasida oʻz talablarini bildirishga haqli.
(114-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
115-modda. Qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish
Qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish qarzdorning mol-mulki asosida bitta aksiyadorlik jamiyatini yoki bir nechta ochiq aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
(115-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish imkoniyati, agar shunday qaror qabul qilinishi uchun barcha kreditorlar ovoz bergan boʻlsalar, kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq tashqi boshqaruv rejasiga kiritilishi mumkin.
Qarzdorning mol-mulki asosida bitta aksiyadorlik jamiyatini yoki bir nechta aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish orqali qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish qarzdor mol-mulki egasining yoki qarzdorning tegishli bitimlarni tuzish haqida qaror qabul qilishga taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organining qarori asosida tashqi boshqaruv rejasiga kiritilishi mumkin.
(115-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Agar tashqi boshqaruv rejasida bitta aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish nazarda tutilgan boʻlsa, uning ustav fondiga qarzdorning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun moʻljallangan barcha mol-mulki, shu jumladan mulkiy huquqlari kiritiladi.
(115-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Agar tashqi boshqaruv rejasida bir nechta aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish nazarda tutilgan boʻlsa, ularning ustav fondlariga qarzdorning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish uchun moʻljallangan mol-mulki kiritiladi. Tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlariga qarzdorning haq tariqasida kiritilayotgan mol-mulki tarkibi tashqi boshqaruv rejasi bilan belgilanadi.
(115-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Tashkil etilayotgan jamiyatlar ustav fondlarining miqdori kiritilayotgan mol-mulkning baholovchi tashkilot tomonidan qarzdor mol-mulki egasi yoki qarzdorning tegishli bitimlarni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organi takliflarini hisobga olgan holda aniqlangan baholash qiymati asosida belgilanadi.
(115-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Qarzdorning aktivlari oʻrni almashtirilayotganda qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingunga qadar amalda boʻlgan barcha mehnat shartnomalari, ish beruvchining huquq va majburiyatlari yangi tashkil etilayotgan aksiyadorlik jamiyatiga yoki aksiyadorlik jamiyatlariga oʻtkazilgan holda, oʻz kuchini saqlab qoladi. Qarzdorning ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishga doir litsenziyalari qonunchilikda belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirilishi kerak.
(115-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga qarang.
Mol-mulkning baholash qiymati kreditorlar talablarining summasidan ortiq boʻlsa, qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati yoki aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari qarzdorning mol-mulki tarkibiga kiritiladi va bunday aksiyalar, agar ushbu moddada boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, ochiq kimoshdi savdosida sotilishi mumkin.
(115-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati yoki aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini sotish barcha kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun pul mablagʻlari toʻplanishini taʼminlashi kerak.
(115-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati yoki aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini ochiq kimoshdi savdosida sotish ushbu Qonunning 110-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
(115-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Tashqi boshqaruv rejasida qarzdorning mol-mulki asosida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyati yoki aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini qimmatli qogʻozlar bozorida sotish nazarda tutilishi mumkin.
(115-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Qarzdor mol-mulkining baholash qiymati kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq talablar summasidan oshmasa, qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishni yoqlab barcha kreditorlar ovoz bergan taqdirda, kreditorlar yigʻilishi mazkur qarorni qarzdorning barcha mol-mulkini aksiyadorlik jamiyatining ustav fondiga yoki bir nechta aksiyadorlik jamiyatining ustav fondlariga qarzdor mol-mulki egasining yoki qarzdorning tegishli bitimlarni tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organining roziligisiz kiritish yoʻli bilan qabul qilishi mumkin. Bunda mazkur jamiyatlar ustav fondlarining miqdori kiritilayotgan mol-mulkning baholovchi tashkilot aniqlagan baholash qiymati asosida belgilanadi. Bunday hollarda qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish oʻtkazilgunga qadar tashqi boshqaruvchi tomonidan ish haqi boʻyicha, alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablagʻlarini oʻtkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq toʻlash boʻyicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlar va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi majburiy toʻlovlar va talablar boʻyicha majburiyatlari bir xil — teng darajada bajarilishini taʼminlaydigan, shuningdek jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida fuqarolarning mol-mulklariga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga doir talablari boʻyicha qarzlar uzilishi shart.
(115-moddaning oʻn uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Aksiyadorlik jamiyatining yoki aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondidagi aksiyalarni kreditorlar oʻrtasida taqsimlash kreditorlarning talablari reyestridagi oʻz ulushiga mutanosib ravishda, kreditorlarga aksiyadorlik jamiyatining yoki aksiyadorlik jamiyatlarining muassislari (aksiyadorlari) boʻlish huquqi berilgan holda amalga oshiriladi.
(115-moddaning oʻn toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi OʻRQ-372-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 20-son, 222-modda)
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin tashqi boshqaruvchi ushbu Qonunning 142-moddasi talablariga muvofiq hisobot tayyorlaydi va ushbu Qonunning 144-moddasida belgilangan tartibda qarzdor korxonaning bankrotligi taomilini tugallaydi.
Qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish bankrotlik taomili qaysi bank, sugʻurtalovchi, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisiga nisbatan amalga oshirilayotgan boʻlsa, shu bank, sugʻurtalovchi, qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisiga nisbatan qoʻllanmaydi.
116-modda. Tashqi boshqaruvchining hisoboti
Tashqi boshqaruvchi tashqi boshqaruv muddatlari tugashi munosabati bilan yoki uni muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar boʻlsa, kreditorlar yigʻilishini chaqirish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning (organlarning) talabiga binoan, shuningdek kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlar talablarini qondirish uchun yetarli pul mablagʻlari toʻplangan taqdirda kreditorlar yigʻilishi koʻrib chiqishi uchun hisobot taqdim etishi shart.
Tashqi boshqaruvchi, agar kreditorlar yigʻilishi tomonidan hisobotni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlash haqida qaror qabul qilingan boʻlsa, iqtisodiy sudga hisobot taqdim etishi shart.
(116-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tashqi boshqaruvchining hisobotida quyidagilar boʻlishi kerak:
qarzdorning soʻnggi hisobot sanasidagi holatga koʻra buxgalteriya balansi;
pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisidagi hisobot;
qarzdorning moliyaviy natijalari toʻgʻrisidagi hisobot;
qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha kreditorlarning talablarini qondirishga qaratilishi mumkin boʻlgan boʻsh pul mablagʻlari bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qarzdorning debitorlik qarzi tafsiloti hamda qarzdorning amalga oshirilmay qolgan talab qilish huquqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qarzdorning kreditorlik qarzini uzish imkoniyati toʻgʻrisidagi boshqa maʼlumotlar.
Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlarning talablari reyestri ilova qilingan boʻlishi kerak.
Tashqi boshqaruvchi hisobotni taqdim etish bilan bir vaqtda kreditorlar yigʻilishiga quyidagi takliflardan birini kiritadi:
qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanganligi munosabati bilan tashqi boshqaruvni tugatish va kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga oʻtish toʻgʻrisidagi taklif;
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi taklif;
tashqi boshqaruvning muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi taklif;
tashqi boshqaruvni tugatish hamda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi taklif.
(116-moddaning beshinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
117-modda. Tashqi boshqaruvchining hisobotini koʻrib chiqish
Tashqi boshqaruvchining hisoboti tashqi boshqaruvning belgilangan muddati tugagandan keyin oʻn kundan kechiktirmay yoki tashqi boshqaruvni muddatidan ilgari tugatish uchun asoslar yuzaga kelganidan keyin oʻn besh kundan kechiktirmay yoxud kreditorlar yigʻilishini chaqirish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning (organlarning) talabiga binoan kreditorlar yigʻilishi chaqirilgan taqdirda bir oydan kechiktirmay chaqiriladigan kreditorlar yigʻilishi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Tashqi boshqaruvchi barcha kreditorlarni tashqi boshqaruvchining hisobotini koʻrib chiqish boʻyicha kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida ushbu Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qiladi.
Tashqi boshqaruvchi kreditorlarga tashqi boshqaruvning belgilangan muddati tugashiga kamida oʻn besh kun qolganida yoki kreditorlar yigʻilishini chaqirishning belgilangan sanasiga kamida oʻn kun qolganida tashqi boshqaruvchining hisoboti bilan oldindan tanishish imkoniyatini berishi shart.
Kreditorlar yigʻilishi tashqi boshqaruvchining hisobotini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qilishga haqli:
qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanganligi va kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga kirishganligi munosabati bilan tashqi boshqaruvni tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
tashqi boshqaruvning belgilangan muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqidagi qaror;
(117-moddaning toʻrtinchi qismi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qaror.
118-modda. Tashqi boshqaruvchi hisobotining iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanishi
Tashqi boshqaruvchining kreditorlar yigʻilishi tomonidan koʻrib chiqilgan hisoboti va kreditorlar yigʻilishining bayonnomasi kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilgan sanadan keyin besh kundan kechiktirmay iqtisodiy sudga yuboriladi.
Tashqi boshqaruvchining hisobotiga kreditorlarning talablari reyestri va kreditorlar yigʻilishi qabul qilgan qarorga qarshi ovoz bergan yoki ovoz berishda ishtirok etmagan kreditorlarning shikoyatlari ilova qilinishi lozim.
Tashqi boshqaruvchining hisoboti va kreditorlarning shikoyatlari iqtisodiy sud tomonidan majlisda koʻrib chiqiladi. Iqtisodiy sudning majlisi oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida tashqi boshqaruvchi, shuningdek shikoyat bergan kreditorlar xabardor qilinadi. Xabardor qilingan shaxslarning hozir boʻlmasligi bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishga monelik qilmaydi.
Tashqi boshqaruvchining hisoboti, agar kreditorlarning barcha talablari kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq qanoatlantirilgan boʻlsa yoki qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi va kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtilishi munosabati bilan kreditorlar yigʻilishi tashqi boshqaruvni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan boʻlsa yoki kreditorlar yigʻilishi tomonidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar boshlanishi haqida qaror qabul qilingan boʻlsa yoxud tashqi boshqaruvchi muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida iltimosnoma bergan boʻlsa yoki kreditorlar bilan qarzdor oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilgan boʻlsa yoxud kreditorlar yigʻilishi tomonidan tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish haqida qaror qabul qilingan boʻlsa, iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Iqtisodiy sud, agar quyidagilar aniqlangudek boʻlsa, tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etadi:
kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlarning talablari qanoatlantirilmaganligi;
qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi alomatlari yoʻqligi;
muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash uchun asoslar yoʻqligi;
kelishuv bitimini tasdiqlash uchun monelik borligi.
Tashqi boshqaruvchining hisobotini koʻrib chiqish natijalari yuzasidan iqtisodiy sud, agar:
kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlar talablari qanoatlantirilgan boʻlsa yoki kelishuv bitimi iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni tugatish haqida;
qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi munosabati bilan kreditorlar yigʻilishining tashqi boshqaruvni tugatish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qondirilgan taqdirda, kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtish haqida;
kreditorlar yigʻilishining yoki tashqi boshqaruvchining muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi qondirilgan taqdirda, muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida;
tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi iltimosnoma qondirilgan taqdirda, tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish haqida;
ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Kreditorlar yigʻilishining qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi boʻlsa, shuningdek tashqi boshqaruvchining hisobotini tasdiqlashni iqtisodiy sud rad etgan yoki tashqi boshqaruvchining hisoboti tashqi boshqaruvning belgilangan muddati tugagan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida taqdim etilmagan yoxud uning ushbu Qonun 117-moddasi toʻrtinchi qismining ikkinchi, uchinchi va beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan qarorlaridan hech biri qabul qilinmagan boʻlsa, iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(118-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
119-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtish toʻgʻrisida ajrim chiqarish oqibatlari
Iqtisodiy sud tomonidan kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtish toʻgʻrisida ajrim chiqarilishi kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq barcha kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash uchun asos boʻladi.
Kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtish toʻgʻrisida iqtisodiy sud chiqargan ajrimda kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tugatish muddati belgilanadi, bu muddat mazkur ajrim chiqarilgan sanadan eʼtiboran olti oydan oshmasligi lozim.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallanganidan va tashqi boshqaruvchining hisoboti kreditorlar bilan hisob-kitoblar yakunlariga koʻra iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqilganidan keyin tugatiladi.
Agar iqtisodiy sud tomonidan belgilangan muddatda kreditorlar bilan hisob-kitoblar qilinmagan boʻlsa, iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(119-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
120-modda. Muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqarish oqibatlari
Iqtisodiy sud tomonidan muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilishi kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash uchun asos boʻladi.
Iqtisodiy sudning muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash toʻgʻrisidagi ajrimida quyidagilar belgilab qoʻyiladi:
talablari qondirilishi boshlanadigan kreditorlar talablarini qondirish navbati;
navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tugallash navbatining mazkur ajrim chiqarilgan sanadan eʼtiboran ikki oydan oshmasligi shart boʻlgan muddati;
bunday navbatdagi kreditorlar talablarini qondirish nisbatlari.
Kreditorlarning ular bilan hisob-kitoblarni boshlash haqida ajrim chiqarilgan kreditorlarga nisbatan navbat tartibida qondirilishi lozim boʻlgan talablari iqtisodiy sud tomonidan aniqlangan taqdirda, iqtisodiy sud kreditorlarning talablarini qondirish tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli.
Agar muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblar iqtisodiy sud tomonidan belgilangan muddatda amalga oshirilmagan yoki hisob-kitoblar belgilangan nisbatda amalga oshirilmagan boʻlsa, kreditor muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan sanadan uning talablari tegishlicha toʻla yoxud belgilangan nisbatda qanoatlantirilgan sanaga qadar toʻlanmagan summaga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 327-moddasida belgilangan miqdorda foizlar hisoblanishini talab qilishga haqli.
(120-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
121-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar iqtisodiy sud tomonidan kreditorlar bilan hisob-kitoblarga oʻtish toʻgʻrisidagi ajrim yoki muayyan navbatdagi kreditorlar bilan hisob-kitoblarni boshlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran tashqi boshqaruvchi tomonidan kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq amalga oshiriladi.
(121-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyati bajarilgan paytdan boshlab tashqi boshqaruvchi kreditorlarning talablari reyestriga tegishli yozuvni kiritadi.
122-modda. Kreditorlar talablarining qanoatlantirilishi
Kreditorlarning qondirilgan talablari, shuningdek voz kechish haqi yoki majburiyatlarning yangilanishi yoxud pul majburiyatlari oʻzgacha tarzda tugatilganligi toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan talablar hamda ushbu Qonunning 134 va 138-moddalariga muvofiq qondirilgan deb eʼtirof etiladigan boshqa talablar qanoatlantirilgan deb hisoblanadi.
123-modda. Tashqi boshqaruvchining vakolatlarini tugatish tartibi
Bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishning tugatilishi yoki iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va qarzdorga nisbatan tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi tashqi boshqaruvchining vakolatlari tugashiga olib keladi.
(123-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Agar tashqi boshqaruv kelishuv bitimi tuzilishi yoki kreditorlarning talablari qanoatlantirilishi bilan tamomlansa, tashqi boshqaruvchi yangi rahbar saylangunga (tayinlangunga) qadar qarzdorning rahbari vazifasini bajarishni davom ettirib turadi.
Tashqi boshqaruvchi qarzdorning rahbarini saylash (tayinlash) toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun qarzdorning boshqaruv organini oʻz tashabbusi bilan chaqirishga haqli. Qarzdorning va qarzdor mol-mulki egasining boshqa boshqaruv organlari vakolatlari tiklanadi.
Agar iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan hamda tugatish boshqaruvchisi etib boshqa shaxs tayinlangan boʻlsa, tashqi boshqaruvchi tugatish boshqaruvchisiga ishlarni topshirgunga qadar oʻz vazifasini bajarishni davom ettirib turadi. Tashqi boshqaruvchi tugatish boshqaruvchisi tayinlangan sanadan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay ishlarni unga topshirishi shart.
(123-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
VII BOB. TUGATIShGA DOIR ISh YURITISh
124-modda. Tugatishga doir ish yuritishni boshlash
Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilinishi tugatishga doir ish yuritishning boshlanishiga sabab boʻladi.
Tugatishga doir ish yuritish muddati toʻqqiz oydan oshishi mumkin emas. Zarurat boʻlganda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra yoki iqtisodiy sudning tashabbusi bilan bu muddat koʻpi bilan uch oyga uzaytirilishi mumkin.
Tugatishga doir ish yuritish muddatini uzaytirish uchun quyidagi holatlar asos boʻlishi mumkin:
iqtisodiy sud ishini yuritishda qarzdor yuridik shaxsning yoki uning kreditorlarining mulkiy manfaatiga daxl qiluvchi ishning mavjudligi;
qarzdor yuridik shaxsning realizatsiya qilinmagan mol-mulki mavjudligi, bundan ushbu Qonunning 56-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno;
soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish, qarzdorning mansabdor shaxslari tomonidan qarzdor yuridik shaxsning va uning kreditorlarining manfaatlariga qarshi boshqa huquqbuzarliklar yoki jinoyatlar sodir etilganligi alomatlari boʻyicha jinoyat ishining mavjudligi;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 180, 181 va 1811-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-son qarori bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash qoidalari.
tugatish boshqaruvchisining tugatish taomilini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotini tasdiqlash rad etilganligi toʻgʻrisidagi iqtisodiy sudning ajrimida koʻrsatilgan qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish zarur boʻlganda;
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi tomonidan aniqlangan qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish zarur boʻlganda.
(124-modda uchinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Iqtisodiy sudning tugatishga doir ish yuritish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
Iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qarorida qarzdor yuridik shaxs faoliyatining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kreditorlar yigʻilishining va (yoki) tegishli davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iltimosnomasiga koʻra tugatishga doir ish yuritish qarzdorning faoliyatini toʻxtatmasdan amalga oshirilishini koʻrsatishi mumkin. Bunda qarzdor yuridik shaxsning bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilguniga qadar tuzilgan va faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan shartnomalarini bajarishni toʻxtatishga yoki ularni bajarishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqidagi ariza qabul qilinganidan keyin qarzdor tomonidan alohida kreditor yoki boshqa shaxs bilan tuzilgan bitim, agar bunday bitim bir kreditorning boshqa kreditor oldidagi pul majburiyatlari boʻyicha talablarini afzalroq tarzda qanoatlantirishga olib kelsa, tugatish boshqaruvchisining yoki kreditorning arizasiga binoan sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Qarzdor yuridik shaxsning faoliyatini toʻxtatmasdan tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish taomili, agar ikki hisobot choragi yakunlariga koʻra faoliyatdan ketma-ket zarar koʻrilgan boʻlsa, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topiladi.
Qarzdor yuridik shaxsning faoliyatini toʻxtatmasdan tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas deb topilgan taqdirda, iqtisodiy sud qarzdor yuridik shaxsning faoliyatini toʻxtatmasdan tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirishni bekor qilishi va tugatishga doir ish yuritishning umumiy taomiliga oʻtish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
(124-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
125-modda. Tugatishga doir ish yuritishni boshlash oqibatlari
Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran:
(125-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdorning mol-mulkini boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq yoki uning mol-mulkini uchinchi shaxslar foydalanishi uchun topshirishga sabab boʻluvchi bitimlar tuzishga faqat ushbu bobda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi;
qarzdorning barcha pul majburiyatlarini bajarish muddati, shuningdek kechiktirilgan majburiy toʻlovlarni toʻlash muddati boshlangan deb hisoblanadi;
qarzdorning barcha turdagi qarzlari boʻyicha neustoyka (jarima, penya) va foizlarni hisoblash tugatiladi;
mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, shuningdek avval hisoblangan va undirilmagan majburiy toʻlovlar boʻyicha penya va jarimalar hisoblash toʻxtatib turiladi;
(125-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-343-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 52-son, 584-modda)
qarzdorning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlar maxfiy toifaga (shu jumladan tijorat siriga) mansubligini yoʻqotadi;
undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishga doir barcha cheklovlar olib tashlanadi;
ijro hujjatlarini ijro etish tugatiladi. Pul majburiyatlari, majburiy toʻlovlar boʻyicha barcha talablar, boshqa mulkiy talablar faqat tugatishga doir ish yuritish doirasida qarzdorga taqdim etilishi mumkin, mulk huquqini eʼtirof etish, maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish, mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, asossiz orttirilgan boylikni qaytarish, bitimlarni haqiqiy emas deb topish va ularning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash toʻgʻrisidagi talablar, shuningdek joriy toʻlovlar boʻyicha talablar bundan mustasno.
Tugatishga doir ish yuritish boshlanishidan oldin, mazkur ish yuritish boshlangandan keyin olingan hosilga, mahsulotga va qarzdorning majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida berilgan mol-mulkidan foydalanishdan olingan daromadlarga nisbatan kreditorning oʻz talablarini bajarish taʼminoti sifatidagi huquqi tatbiq etilmaydi.
(125-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshisiga muvofiq ijro etilishi tugatilgan ijro hujjatlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijrochilari tomonidan tugatish boshqaruvchisiga oʻtkazilishi lozim. Qarzdorning barcha majburiyatlari bajarilishiga faqat tugatishga doir ish yuritish doirasida yoʻl qoʻyiladi.
(125-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Iqtisodiy sud tomonidan qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilingan paytdan eʼtiboran qarzdorning boshqaruv organlari qarzdorning mol-mulkini boshqarish va tasarruf etish vazifalarini bajarishdan, agar ilgari chetlashtirilmagan boʻlsa, chetlashtiriladi, qarzdor rahbarining vakolatlari tugatiladi (qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi), qarzdorning ishlarini boshqarish tugatish boshqaruvchisiga yuklatiladi, shuningdek qarzdorning mol-mulkini boshqarish va tasarruf etish boʻyicha mulkdorning vakolatlari tugatiladi. Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish yoki mazkur rahbarni boshqa ishga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
(125-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ushbu bobda belgilangan hollarda tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning ishtirokchilari (muassislari) bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqlariga ega boʻladilar.
126-modda. Tugatish boshqaruvchisi
Iqtisodiy sud qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilayotganda tugatish boshqaruvchisini tashqi boshqaruvchini tayinlash uchun nazarda tutilgan tartibda tayinlaydi. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxona bankrot deb topilgan taqdirda, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi ham tugatish boshqaruvchiligiga nomzod taqdim etishi mumkin.
(126-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
127-modda. Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish
Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida eʼlon qilinayotgan maʼlumotlarda quyidagilar boʻlishi kerak:
bankrot deb topilgan qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va boshqa rekvizitlari;
bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritayotgan iqtisodiy sudning nomi va ishning tartib raqami;
(127-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida iqtisodiy sud qaror qabul qilgan sana;
(127-moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
kreditorlar talablarini qoʻyishning belgilangan muddati, bu muddat mazkur eʼlon chiqqan sanadan eʼtiboran kamida bir oy boʻlishi shart;
(127-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
qarzdorga oʻz talablarini bildirishlari uchun kreditorlarning pochta manzili;
tugatish boshqaruvchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tugatish boshqaruvchisi boshqaruvchilikka tayinlangan paytdan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay rasmiy nashrda eʼlon qilish uchun yuborishi lozim.
128-modda. Tugatish boshqaruvchisining huquqlari va majburiyatlari
Tugatish boshqaruvchisi tayinlangan paytdan eʼtiboran qarzdorning ishlarini boshqarish hamda qarzdorning mol-mulkini tasarruf etish boʻyicha barcha vakolatlar uning zimmasiga oʻtadi.
Tugatish boshqaruvchisi quyidagilarga haqli:
qarzdorning mol-mulkini ushbu Qonunning 101-moddasiga muvofiq tasarruf etish;
xodimlar bilan, shu jumladan qarzdorning rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish;
qarzdorning shartnomalarini bajarishdan ushbu Qonunning 102-moddasida belgilangan tartibda bosh tortish;
tugatishga doir ish yuritish bilan bogʻliq boʻlgan joriy xarajatlarni moliyalashtirish uchun kreditorlar yigʻilishi bilan kelishuvga muvofiq kreditlar olish;
(128-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
qarzdor tomonidan tuzilgan bitimlarni, agar qonunchilikda nazarda tutilgan asoslar boʻlsa, haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida daʼvolar taqdim etish;
(128-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi 2-paragrafiga (Bitimlarning haqiqiy emasligi) qarang.
qarzdorni bankrotlikka olib kelganligi munosabati bilan uning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq subsidiar javobgar boʻladigan uchinchi shaxslarga nisbatan talablar qoʻyish. Mazkur talablarning miqdori kreditorlar talablarining summasi bilan tugatish massasi oʻrtasidagi farqdan kelib chiqib aniqlanadi. Undirilgan summalar tugatish massasiga qoʻshiladi va ulardan faqat kreditorlarning talablarini qondirish uchun ushbu Qonunning 133, 134 va 169-moddalarida belgilangan navbat tartibida foydalanilishi mumkin.
(128-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tugatish boshqaruvchisi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(128-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Tugatish boshqaruvchisi:
qarzdorning mol-mulkini oʻz tasarrufiga qabul qilishi, uni inventarizatsiya qilishi va baholashdan oʻtkazishni tashkil etishi, uning but saqlanishi choralarini koʻrishi;
(128-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
qarzdorning moliyaviy ahvolini tahlil etishi;
kreditorlar yigʻilishini va kreditorlar qoʻmitasini chaqirishi;
qarzdor oldidagi qarzlarni undirish choralarini koʻrishi;
qarzdor tugatilganda uning xodimlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishi hamda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinajagi toʻgʻrisida ularni xabardor etishi;
kreditorlarning talablari reyestrini yuritishi va ularning talablarini koʻrib chiqishi;
kreditorning talabiga koʻra qarzdorning moliyaviy ahvoli va (yoki) oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni oʻn kunlik muddatda taqdim etishi;
(128-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
qarzdorning uchinchi shaxslarda turgan mol-mulkini qidirish, aniqlash va qaytarishga qaratilgan choralarni koʻrishi;
qarzdorning qonunchilikka muvofiq saqlanishi lozim boʻlgan hujjatlarini saqlashga topshirishi shart.
(128-modda toʻrtinchi qismining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktabrdagi 482-son “Arxiv ishi boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
Tugatish boshqaruvchisining zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(128-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorning boshqaruv organlari (tashqi boshqaruvchi) tugatish boshqaruvchisi tayinlangan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida qarzdorning buxgalteriya va boshqa hujjatlari, muhr va shtamplari (muhrlar va shtamplar mavjud boʻlgan taqdirda), moddiy va boshqa qimmatliklari tugatish boshqaruvchisiga topshirilishini taʼminlaydi. Mazkur majburiyatni bajarishdan bosh tortilsa, qarzdorning boshqaruv organlari (tashqi boshqaruvchi), shu jumladan qarzdor yuridik shaxsning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
(128-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
129-modda. Bankrot yuridik shaxsni tugatish rejasi
Bankrot yuridik shaxsni tugatish rejasida quyidagilar boʻlishi lozim:
bankrotning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
kreditorlarning talablarini qondirish shartlari, tartibi, navbati va nisbati;
bankrot mol-mulki egasining, mehnat jamoasining manfaatlari hisobga olinganligi;
sotilishi lozim boʻlgan mol-mulk roʻyxati;
mol-mulkni sotish sanasi, vaqti, joyi va usuli;
sud xarajatlarini toʻlash, tugatish boshqaruvchisiga, ekspertlar va boshqa shaxslarning faoliyatiga haq toʻlash shartlari.
Bankrot yuridik shaxsni tugatish rejasi kreditorlar yigʻilishi bilan kelishib olinishi kerak va reja, agar talablar jami summasining kamida uchdan ikki qismini ifoda etuvchi kreditorlar tomonidan qoʻllab-quvvatlansa, maʼqullangan deb hisoblanadi. Agar tugatish rejasi maʼqullanmagan boʻlsa, kreditorlar esa bankrot yuridik shaxsni tugatishga doir rejasini belgilangan muddatda taqdim etmagan boʻlsa, tugatish boshqaruvchisi oʻz rejasini tasdiqlaydi.
Agar qarzdorning oʻzi bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish tashabbuskori boʻlsa, u oʻz tugatish rejasini taqdim etishga haqli.
130-modda. Tugatish massasi
Bankrot yuridik shaxsning barcha aktivlari, balanslarda koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar, tugatish massasini shakllantiruvchi asosni tashkil etadi.
Tugatish massasiga quyidagilar kirmaydi:
qarzdor xodimlarining xususiy mulkidagi mol-mulk;
ishonchli boshqaruvdagi, qarzdor ijara huquqi asosida foydalanayotgan mol-mulk;
garov narsasi, ushbu Qonunning 133-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
qarzdorga javobgarlik asosida saqlash uchun berilgan tovarlar;
qonunchilikka muvofiq qarzdorning mulki boʻlmagan boshqa mol-mulk.
(130-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorning balansida belgilanganidan boshqa maqsadda, shu jumladan tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin boʻlmagan ijtimoiy va kommunal infratuzilma obyektlari boʻlsa, qarzdor bankrot deb eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida ular qoldiq qiymati boʻyicha tugatish boshqaruvchisi tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga topshiriladi.
131-modda. Qarzdorning mol-mulkini baholash
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida tugatish boshqaruvchisi qarzdorning mol-mulkini inventarizatsiya qiladi va qiymatini belgilaydi. Tugatish boshqaruvchisi mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun baholovchi tashkilotni va boshqa mutaxassislarni, ularning xizmatlari uchun haqni, agar kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan haq toʻlashning boshqa manbai belgilangan boʻlmasa, qarzdorning mol-mulki hisobidan toʻlagan holda, jalb etishga haqli. Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonaning mol-mulki baholanayotganda baholovchi tashkilot jalb etilishi shart. Qarzdorning kreditorlari yigʻilishi yoki kreditorlari qoʻmitasi mazkur xizmatlar haqini toʻlash majburiyati yuklanadigan, qilgan xarajatlari keyinchalik qarzdorning mol-mulki hisobidan navbatdan tashqari qoplanadigan shaxsni, agar uning oʻzi rozi boʻlsa, tayinlashga haqli.
Agar tugatishga doir ish yuritish jarayonida haq toʻlash koʻchmas mol-mulk bilan amalga oshirilayotgan boʻlsa, mazkur mol-mulk, agar kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, uni sotishdan oldin baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi.
Qarzdorning majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkini baholash baholovchi tashkilot tomonidan majburiy tartibda oʻtkaziladi.
(131-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
132-modda. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning hisobvaraqlari
Tugatish boshqaruvchisi tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning soʻmda ish yuritadigan yagona va valyutada ish yuritadigan yagona hisobvaraqlaridan (bundan buyon matnda qarzdorning yagona hisobvaraqlari deb yuritiladi) foydalanishi shart. Qarzdorning bankdagi tugatishga doir ish yuritish boshlanayotgan paytda maʼlum boʻlgan, shuningdek tugatishga doir ish yuritish jarayonida aniqlangan boshqa hisobvaraqlari aniqlanishi bilanoq tugatish boshqaruvchisi tomonidan yopilishi lozim. Qarzdorning ana shu hisobvaraqlardagi pul mablagʻlari qoldigʻi qarzdorning yagona hisobvaraqlariga oʻtkazilishi lozim.
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kelib tushgan pul mablagʻlari ham qarzdorning yagona hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
tugatish boshqaruvchisiga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar;
qarzdorning kommunal xizmatlar va foydalanish xarajatlariga oid joriy toʻlovlari;
bankrotlik taomillari jarayonida yuzaga kelgan maʼlumotlarni eʼlon qilish, shuningdek qarzdorning kreditorlarini xabardor qilish bilan bogʻliq xarajatlar;
tugatishga doir ish yuritishni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar.
Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning pul mablagʻlaridan foydalanganlik toʻgʻrisidagi hisobotni kreditorlar yigʻilishiga yoki kreditorlar qoʻmitasiga ularning talabiga binoan taqdim etadi.
133-modda. Kreditorlarning qarzdorning mol-mulki bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish
Kreditorlarning qarzdorning mol-mulki bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish ushbu mol-mulk sotilganidan keyin tushgan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu mablagʻlarning qoldigʻi kreditorlarning talablarini ushbu Qonunning 134-moddasida belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantirish uchun moʻljallanadi.
Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida berilgan mol-mulkini sotishdan tushgan summa kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan talablarini toʻla qanoatlantirish uchun yetarli boʻlmay qolsa, talablarning qolgan qismi ushbu Qonunning 134-moddasida belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantirilishi kerak.
Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida berilgan mol-mulkini realizatsiya qilish boʻyicha ochiq kimoshdi savdosi va (yoki) takroriy ochiq kimoshdi savdosi amalga oshmagan deb topilgan taqdirda, mazkur mol-mulk talablari ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan kreditorlarga oʻz talablari hisobiga oʻtkazish uchun belgilangan tartibda qabul qilish uchun taklif etiladi. Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida berilgan mol-mulkining bozor qiymati kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan taʼminlangan talablaridan koʻp boʻlsa, bunda yuzaga kelgan farqning oʻrni mazkur mol-mulkni oʻz talablari hisobiga qabul qilayotgan kreditorlar tomonidan pul shaklida qoplanadi.
Agar qarzdorning butun mol-mulki majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida qabul qilingan boʻlsa va mazkur mol-mulkni sotishdan tushgan summa kreditorlarning qarzdorning barcha mol-mulki bilan taʼminlangan talablari summasidan kam yoki unga teng boʻlib qolsa, ushbu kreditorlarning talablarini qanoatlantirish ushbu Qonun 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlarning oʻrni qoplanganidan va talablar qanoatlantirilganidan keyin hamda ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov hujjatlari boʻyicha talablar qanoatlantirilganidan keyin amalga oshiriladi.
(133-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
134-modda. Kreditorlarning talablarini qondirish navbati
Navbatdan tashqari — sud xarajatlari, sud boshqaruvchilariga haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar, joriy kommunal toʻlovlar va foydalanish toʻlovlari, qarzdorning mol-mulkini sugʻurta qilish xarajatlari qoplanadi, shuningdek qarzdorning bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganidan keyin yuzaga kelgan majburiyatlar boʻyicha talablar hamda qarzdor qaysi fuqaroning hayotiga yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻlsa, shu fuqaroning talablari qondiriladi.
(134-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobiga (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar) qarang.
Birinchi navbatda — ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov (ijro) hujjatlari boʻyicha, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablagʻlarini oʻtkazishni yoki berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha, mualliflik shartnomalari yuzasidan haq toʻlash boʻyicha, qarzdorning mehnatga oid munosabatlardan va ularga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi toʻlovlar hamda talablar boʻyicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini taʼminlaydigan talablar, shuningdek fuqarolarning jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida oʻz mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashga doir talablari qondiriladi.
Ikkinchi navbatda majburiy toʻlovlar boʻyicha, majburiy sugʻurta boʻyicha, banklarning kreditlari va bank kreditlari sugʻurtasi boʻyicha talablar, shuningdek kreditorlarning qarzdor mol-mulki bilan taʼminlangan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan mol-mulkni sotishdan tushgan summa yetarli boʻlmaganligi tufayli qoplanmay qolgan qarzdorlikka taalluqli qismi borasidagi talablari hamda kreditorlarning qarzdor mol-mulki bilan taʼminlanmagan talablari qanoatlantiriladi.
(134-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi OʻRQ-572-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Uchinchi navbatda — aksiyalar egalarining hisoblangan dividendlar boʻyicha talablari qondiriladi.
Toʻrtinchi navbatda — qolgan barcha talablar qondiriladi.
Har qaysi keyingi navbat boʻyicha talablar oldingi navbat talablari toʻla qanoatlantirilganidan keyin qondiriladi.
Undirib olinayotgan summa bir navbatning barcha talablarini toʻla qondirish uchun yetarli boʻlmasa, bu talablar har bir undiruvchi olishi lozim boʻlgan summaga mutanosib ravishda qondiriladi.
Oxirgi toʻlov amalga oshirilganligi toʻgʻrisida rasmiy nashrda maxsus xabar eʼlon qilinadi.
Mol-mulk qiymatining kreditorlar talablari qondirilganidan va bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish xarajatlari toʻlanganidan keyingi qoldigʻini, shuningdek tugatish jarayonida sotilmay qolgan mol-mulkni tugatilayotgan qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki tugatilayotgan qarzdor mol-mulkining egasi oladi, ushbu Qonunning 143-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Mol-mulk yetmaganligi uchun qondirilmagan qarz majburiyatlari qanoatlantirilgan deb hisoblanadi.
(134-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
135-modda. Qarzdorning mol-mulkini sotish
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdorning mol-mulki inventarizatsiya qilinganidan va baholanganidan keyin tugatish boshqaruvchisi, ushbu mol-mulkni ochiq kimoshdi savdosida sotishga kirishadi.
(135-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 20-dekabrdagi OʻRQ-15-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 375-modda)
Qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari (jadvali) kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan maʼqullangan boʻlishi kerak.
Agar tugatish boshqaruvchisi qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi oʻz takliflarini kreditorlarga taqdim etgan paytdan eʼtiboran bir oy ichida qarzdorning mol-mulkini sotish tartibi va muddatlari (jadvali) kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan maʼqullanmagan boʻlsa, kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi yoxud tugatish boshqaruvchisi yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni hal qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli. Mazkur kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish yakunlariga qarab iqtisodiy sud yo mol-mulkni sotish tartibi va muddatlarini (jadvalini) tasdiqlaydi, yoki tugatish boshqaruvchisini vazifasini bajarishdan ozod qiladi.
(135-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida mol-mulkni sotish muddatlariga (jadvaliga) oʻzgartishlar kiritishni talab etuvchi holatlar yuzaga kelsa, tugatish boshqaruvchisi mazkur holatlar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran bir oylik muhlat ichida muddatlarni (jadvalni) oʻzgartirish yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqishi va kreditorlar yigʻilishiga yoki kreditorlar qoʻmitasiga taqdim etishi shart.
Qarzdorning muomala qobiliyati cheklangan mol-mulki faqat yopiq kimoshdi savdosida sotilishi mumkin. Yopiq kimoshdi savdosida qonunga muvofiq mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega boʻla oladigan shaxslar ishtirok etadilar.
Tugatish boshqaruvchisi kimoshdi savdosining tashkilotchisi sifatida ish koʻrishi yoki kimoshdi savdosini oʻtkazishni ixtisoslashtirilgan tashkilotga shartnoma asosida topshirishi mumkin. Kimoshdi savdosini oʻtkazuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilot qarzdorga va tugatish boshqaruvchisiga nisbatan manfaatdor shaxs boʻlishi mumkin emas.
Qonunchilikda ayrim qarzdor korxonani (biznesni) yoki uning mol-mulki bir qismini banklarga sotishning yoki oʻtkazishning boshqacha tartibi nazarda tutilishi mumkin.
(135-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
136-modda. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning talab qilish huquqlarini sotish
Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning talab qilish huquqlarini, agar kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan qarzdorning talab qilish huquqlarini sotishning boshqacha tartibi belgilangan boʻlmasa, ochiq kimoshdi savdosiga qoʻyishga haqli.
Qarzdorning talab qilish huquqlarini ochiq kimoshdi savdosida sotish ushbu Qonunning 112-moddasida nazarda tutilgan normalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
137-modda. Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida kreditorlar yigʻilishining qarori asosida, basharti shunday qaror qabul qilinishini yoqlab barcha kreditorlar ovoz bergan boʻlsa, kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq qarzdorning aktivlari oʻrni almashtirilishi mumkin.
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida qarzdorning aktivlarini joylashtirish uchun qarzdor mol-mulki egasining yoki qarzdorning tegishli bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga taʼsis hujjatlari bilan vakolat berilgan boshqaruv organining roziligi talab qilinmaydi.
Qarzdorning aktivlari oʻrnini almashtirish ushbu Qonunning 115-moddasida belgilangan tartibda va shartlarda oʻtkaziladi.
138-modda. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar
Tugatish boshqaruvchisi kreditorlar bilan kreditorlarning talablari reyestriga muvofiq hisob-kitob qiladi.
Pul mablagʻlarini kreditorning hisobvaragʻiga oʻtkazish imkoniyati boʻlmasa, unga tegishli summa qarzdor joylashgan erdagi (yashash joyidagi) notarius yoki sud depozitiga tugatish boshqaruvchisi tomonidan oʻtkazilib, bu haqda kreditorga xabar qilinadi. Mazkur summa notarius yoki sud depozitiga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida kreditor tomonidan olinmasa, bu summa tegishincha notarius yoki sud tomonidan davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Tugatishga doir ish yuritishni boshlashning eʼlon qilingan maʼlumotda belgilangan kreditorlar talablarini taqdim etish muddati tugaganidan keyin kreditorlar tomonidan bildirilgan talablar, shuningdek tugatishga doir ish yuritish boshlanganidan keyin yuzaga kelgan majburiy toʻlovlar boʻyicha talablar, ular qaysi muddatda taqdim etilganidan qatʼi nazar, qarzdorning belgilangan muddatda bildirilgan kreditorlar talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulklaridan qondiriladi. Bunday talablarni qarzdorning kreditorlarning belgilangan muddatda bildirilgan talablari qondirilganidan keyin qolgan mol-mulkidan qondirish navbati ushbu Qonunning 134-moddasiga muvofiq belgilanadi.
Qondirilgan talablar, shuningdek voz kechish haqi toʻgʻrisida bitimga erishilgan talablar yoki tugatish boshqaruvchisi tomonidan hisobga olinishi bildirilgan yoxud majburiyatlarni tugatishning boshqa asoslari boʻlgan talablar kreditorlarning qanoatlantirilgan talablari deb hisoblanadi. Talabni hisobga olish, shuningdek voz kechish haqi orqali talabni qanoatlantirishga faqat bildirilgan talablarni qondirishning navbati va nisbati prinsipiga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. Voz kechish haqi toʻgʻrisida bitim imzolash yoʻli bilan kreditorlar talablarini qanoatlantirishga mazkur bitim kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi bilan kelishilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi. Tugatishga doir ish yuritishda qarzdorning majburiyatlarini yangilash toʻgʻrisida bitim tuzish yoʻli bilan kreditorlar talablarini qanoatlantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kreditorlarning qarzdor mol-mulki yetarli boʻlmaganligi sababli qondirilmagan talablari ham qanoatlantirilgan talablar deb hisoblanadi. Tugatish boshqaruvchisi tomonidan kreditorlarning tan olinmagan talablari ham, agar kreditor iqtisodiy sudga murojaat etmagan boʻlsa yoki bunday talablar iqtisodiy sud tomonidan asossiz deb topilgan boʻlsa, qanoatlantirilgan talablar deb hisoblanadi.
(138-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tugatish boshqaruvchisi kreditorlarning talablari reyestriga kreditorlar talablari qanoatlantirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kiritadi.
139-modda. Tugatish boshqaruvchisining faoliyatini nazorat qilish
Tugatish boshqaruvchisi har oyda kamida bir marta kreditorlar yigʻilishiga yoki kreditorlar qoʻmitasiga oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot, qarzdorning moliyaviy ahvoli hamda tugatishga doir ish yuritish boshlangan paytdagi va ish yuritish jarayonidagi mol-mulki toʻgʻrisida axborot, shuningdek, boshqa axborot taqdim etadi.
Tugatish boshqaruvchisi hisobotida quyidagilar boʻlishi kerak:
shakllantirilgan tugatish massasi toʻgʻrisidagi, shu jumladan qarzdorning mol-mulkini inventarizatsiya qilish jarayoni va yakunlari toʻgʻrisidagi, qarzdorning mol-mulkini baholash jarayoni va natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qarzdorning yagona hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarining summasi, mazkur tushumlarning manbai toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish jarayoni haqidagi maʼlumotlar, mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan summalar koʻrsatilgan holda;
uchinchi shaxslarga nisbatan qarzni undirish haqida tugatish boshqaruvchisi tomonidan qoʻyilgan talablar, shu jumladan sud tartibida qoʻyilgan talablar miqdori va summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qarzdorning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash, shuningdek qarzdorning uchinchi shaxslar egaligida turgan mol-mulkini aniqlash va talab qilib olish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qarzdorning bitimlarini haqiqiy emas deb topish, shuningdek qarzdorning shartnomalarini bajarishdan bosh tortilishini bildirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qarzdorning kreditorlarning talablari reyestrini yuritishga oid ishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, kreditorlarning reyestrga kiritilgan talablarining umumiy miqdorini va har bir navbat boʻyicha talablari miqdorini alohida-alohida koʻrsatgan holda;
qarzdorning tugatishga doir ish yuritish davrida oʻz faoliyatini davom ettirayotgan xodimlari hamda qarzdor bilan tuzilgan mehnat shartnomalari tugatishga doir ish yuritish davrida bekor qilingan xodimlarining soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
qarzdorning hisobvaraqlarini yopish boʻyicha tugatish boshqaruvchisi amalga oshirgan ishlar va ularning natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
tugatishga doir ish yuritishni oʻtkazish xarajatlarining summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning maqsadini koʻrsatgan holda.
Tugatish boshqaruvchisining hisobotida qarzdorga nisbatan tugatishga doir ish yuritish jarayoni haqidagi boshqa maʼlumotlar ham boʻlishi kerak, ularning tarkibi tugatish boshqaruvchisining oʻzi tomonidan, shuningdek kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi yoxud iqtisodiy sud talablari bilan belgilanadi.
(139-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tugatish boshqaruvchisi iqtisodiy sudning talabiga binoan tugatishga doir ish yuritish taomilini oʻtkazishga taalluqli barcha maʼlumotlarni mazkur sudga taqdim etishi shart.
(139-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
140-modda. Tugatish boshqaruvchisini vazifasini bajarishdan ozod etish
Tugatish boshqaruvchisi oʻz vazifasini bajarishdan iqtisodiy sud tomonidan quyidagilarga koʻra ozod etilishi mumkin:
(140-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan boʻlsa, kreditorlar yigʻilishining yoki kreditorlar qoʻmitasining iltimosnomasiga binoan yoxud bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organining arizasi asosida;
oʻz arizasiga binoan;
qonunchilikka muvofiq boshqa hollarda.
(140-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 97-moddasiga qarang.
Iqtisodiy sud tugatish boshqaruvchisini oʻz vazifasini bajarishdan ozod qilish bilan bir vaqtda yangi tugatish boshqaruvchisini ushbu Qonunning 126-moddasida nazarda tutilgan tartibda tayinlaydi.
(140-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tugatish boshqaruvchisini oʻz vazifasini bajarishdan ozod qilish toʻgʻrisidagi iqtisodiy sudning ajrimi darhol ijro etilishi lozim va ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(140-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
141-modda. Tashqi boshqaruvga oʻtish imkoniyati
Agar qarzdorga nisbatan sud sanatsiyasi va (yoki) tashqi boshqaruv taomili joriy etilgan boʻlmasa, tugatishga doir ish yuritish mobaynida esa qarzdorning toʻlov qobiliyati tiklanishi mumkin deb hisoblash uchun yetarli asoslar, shu jumladan moliyaviy tahlil maʼlumotlari bilan tasdiqlangan asoslar paydo boʻlsa, tugatish boshqaruvchisi mazkur holatlar aniqlangan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida tugatishga doir ish yuritishni tugatish va tashqi boshqaruvga oʻtish haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish maqsadida qarzdorning kreditorlari yigʻilishini chaqirishi shart.
Tugatishga doir ish yuritishni tugatish va tashqi boshqaruvga oʻtish haqidagi iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi qaror shunday qarorni qabul qilish haqidagi masalani koʻrib chiqayotgan kreditorlar yigʻilishi oʻtkazilayotgan paytdagi holatga koʻra qanoatlantirilmagan kreditorlar talablari umumiy miqdorining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Tugatishga doir ish yuritishni tugatish va tashqi boshqaruvga oʻtish haqida iltimosnoma bilan iqtisodiy sudga murojaat etish toʻgʻrisidagi kreditorlar yigʻilishining qarorida tashqi boshqaruvning taklif qilinayotgan muddati va tashqi boshqaruvchilikka nomzod, shuningdek bu nomzod haqidagi maʼlumotlar boʻlishi lozim.
(141-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
142-modda. Tugatish boshqaruvchisining tugatishga doir ish yuritishni oʻtkazish natijalari haqidagi hisoboti
Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tamomlanganidan keyin tugatish boshqaruvchisi iqtisodiy sudga tugatishga doir ish yuritishni oʻtkazish natijalari haqida hisobot taqdim etishi shart.
(142-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tugatishga doir ish yuritishni oʻtkazish natijalari haqidagi hisobotga quyidagilar ilova qilinadi:
qarzdorning mol-mulki sotilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
kreditorlarning talablari reyestri, kreditorlar talablarining qanoatlantirilgan miqdorini koʻrsatgan holda;
kreditorlar talablari qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
qarzdorning ushbu Qonunning 143-moddasida nazarda tutilgan mol-mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(142-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1421-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
143-modda. Qarzdorning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki
Qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan kreditorlarga kreditorlik qarzlarini uzish hisobiga taklif etiladi. Kreditor ushbu mol-mulkni qabul qilishga rozilik berish yoki uni rad etish yoxud ushbu masalani qonunda belgilangan hollarda kreditorning kuzatuv kengashiga yoki muassislari (ishtirokchilari) umumiy yigʻilishiga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻgʻrisida tugatish boshqaruvchisini realizatsiya qilinmagan mol-mulk haqida taklif olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yozma shaklda xabardor etadi. Kreditor tomonidan yozma xabarning belgilangan muddatda taqdim etilmaganligi mol-mulkni qabul qilish rad etilishiga tenglashtiriladi.
(143-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-300-sonli Qonuniga asosan birinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 40-son, 411-modda)
Tugatish boshqaruvchisi qarzdorning kreditorlar talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki, shuningdek qarzdorning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki toʻgʻrisida kreditorlar mazkur mol-mulkni oʻz talablarini qanoatlantirish uchun qabul qilishni rad etgan taqdirda va agar qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdorning mol-mulki egasi kreditorlarning talablari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulkka boʻlgan huquqlari toʻgʻrisida ariza taqdim etgan boʻlmasa, mahalliy davlat hokimiyati organlarini xabardor qiladi.
(143-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Mahalliy davlat hokimiyati organlari xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran oʻn besh kun ichida mol-mulkni balansga oladi va uni saqlab turishga doir barcha xarajatlarni qoplaydi. Mol-mulkni qabul qilishdan bosh tortilgan yoki qabul qilishdan boʻyin tovlangan taqdirda tugatish boshqaruvchisi tegishli organni mazkur mol-mulk qabul qilishga undash toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etishga haqli. Iqtisodiy sud mol-mulk topshirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida ajrim chiqaradi.
(143-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxonaning sotishga taklif qilingan, lekin tugatishga doir ish yuritish mobaynida realizatsiya qilinmagan mol-mulki, agar kreditorlar mazkur mol-mulkni oʻz talablarini qanoatlantirish uchun bankrot yuridik shaxsni tugatishga doir ish yuritishning belgilangan muddatida qabul qilishni rad etgan boʻlsa, davlat mulkiga oʻtadi hamda tugatish boshqaruvchisi uni mahalliy davlat hokimiyati organlari balansiga topshiradi. Iqtisodiy sud mol-mulk topshirilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar asosida tugatishga doir ish yuritishni tamomlash haqida ajrim chiqaradi.
(143-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
144-modda. Tugatishga doir ish yuritish taomilini tamomlash
Tugatishga doir ish yuritish taomilini oʻtkazish natijalari toʻgʻrisida tugatish boshqaruvchisi tomonidan taqdim etilgan hisobot koʻrib chiqilganidan keyin iqtisodiy sud tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi haqida ajrim chiqaradi va tugatish boshqaruvchisi zimmasiga mazkur ajrimni yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga oʻn kun ichida taqdim etish majburiyatini yuklaydi.
(144-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Iqtisodiy sudning ajrimi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi toʻgʻrisida yozuv kiritilishi uchun asos boʻladi. Reyestrga tegishli yozuv iqtisodiy sudning mazkur ajrimi taqdim etilgan paytdan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay kiritilishi lozim.
(144-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga qarzdor tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuv kiritilgan paytdan boshlab, tugatish boshqaruvchisining vakolatlari tugatilgan, tugatishga doir ish yuritish tamomlangan, qarzdor esa tugatilgan deb hisoblanadi.
VIII BOB. KELIShUV BITIMI
145-modda. Kelishuv bitimi tuzish tartibi
Qarzdor va kreditorlar iqtisodiy sud tomonidan bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimi tuzishga haqli.
(145-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qarorni kreditorlar nomidan kreditorlar yigʻilishi qabul qiladi. Kreditorlar yigʻilishining kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qarori kreditorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi va qaror, basharti qarzdorning garov bilan taʼminlangan mol-mulki majburiyatlari boʻyicha barcha kreditorlar uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan deb hisoblanadi. Kreditor vakilining kelishuv bitimini tuzish masalasi haqida ovoz berish borasidagi vakolatlari uning ishonchnomasida alohida nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi qaror qarzdor nomidan tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs yoxud qarzdorning rahbari, tashqi boshqaruvchi yoki tugatish boshqaruvchisi tomonidan qabul qilinadi.
(145-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Kelishuv bitimida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladigan uchinchi shaxslarning kelishuv bitimida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi.
Kelishuv bitimi iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanishi kerak, bu haqda ajrim chiqarilib, unda bankrotlik toʻgʻrisida ish yuritishni tugatish koʻrsatiladi. Agar kelishuv bitimi tugatishga doir ish yuritish jarayonida tuzilgan boʻlsa, iqtisodiy sud kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qaror ijro etilmasligi koʻrsatiladi.
(145-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimi qarzdor, kreditorlar, shuningdek kelishuv bitimida ishtirok etayotgan uchinchi shaxslar uchun iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va ular uchun majburiy hisoblanadi. Kuchga kirgan kelishuv bitimini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(145-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimi tuzishni yoqlab ovoz bergan kreditor, qarzdorning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdor mol-mulkining egasi kelishuv bitimini tuzishga qarshi ovoz bergan yoxud ovoz berishda qatnashmagan kreditorlar oldida qarzdorning pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatini bajarishga haqli. Bunday hollarda kreditor qarzdor uchun taklif qilingan ijroni qabul qilishi shart, qarzdorning majburiyatlarini bajargan shaxsga kreditorning majburiyat boʻyicha huquqlari oʻtadi.
Uchinchi shaxslar kelishuv bitimi boʻyicha qarzdor tomonidan pul majburiyatlari qondirilishi va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyati bajarilishi kafilligini yoki kafolatini berishga, xuddi shuningdek uning lozim darajada bajarilishini boshqacha tarzda taʼminlashga haqli. Agar kelishuv bitimining sharti qarzdorning mol-mulkini uchinchi shaxs foydasiga oʻtkazishdan iborat boʻlsa, bitim mazkur mol-mulk kreditorlarning talablari faqat uchinchi shaxs tomonidan qanoatlantirilishini taʼminlovchi garovga berilgan taqdirda tuzilishi mumkin.
146-modda. Bankrotlik taomillarida kelishuv bitimini tuzishning oʻziga xos xususiyatlari
Kuzatuv va sud sanatsiyasi chogʻida qarzdorning kelishuv bitimini tuzishi toʻgʻrisidagi qarorni uning rahbari, mazkur rahbar vazifasini bajarishdan chetlashtirilgan taqdirda esa sud boshqaruvchisi qabul qiladi.
Agar kelishuv bitimi qarzdor uchun qonunchilikka yoki taʼsis hujjatlariga muvofiq qarzdorning boshqaruv organlari qarori (maʼqullashi) asosida tuziladigan bitim hisoblansa, qarzdor nomidan kelishuv bitimini tuzish toʻgʻrisidagi qaror tegishli qarordan (maʼqullashdan) keyin qabul qilinishi mumkin. Tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish taomillarida kelishuv bitimini tuzishda bunday qaror (maʼqullash) talab qilinmaydi.
(146-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdorga, sud boshqaruvchisiga yoki kreditorga nisbatan manfaatdor uchinchi shaxslar ishtirokida kelishuv bitimi tuzilayotganda kelishuv bitimida uning manfaatdorlik nazarda tutilgan bitim ekanligi haqidagi, bunday manfaatdorlik xususiyati koʻrsatilgan axborot boʻlishi kerak. Kelishuv bitimi kreditorlarning bajarilish muddati bankrotlikning tegishli taomili joriy etilgan sanada boshlangan talablariga nisbatan tatbiq etiladi, bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganidan keyin yuzaga kelgan majburiyatlar bundan mustasno.
147-modda. Kelishuv bitimining shakli
Kelishuv bitimi yozma shaklda tuziladi.
Qarzdor nomidan kelishuv bitimini tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs, qarzdorning rahbari yoki sud boshqaruvchisi imzolaydi. Kreditorlar nomidan kelishuv bitimini kreditorlar yigʻilishi tomonidan vakolat berilgan shaxsning oʻzi imzolaydi.
(147-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Agar kelishuv bitimida uchinchi shaxslar ishtirok etayotgan boʻlsa, ular nomidan kelishuv bitimini shu shaxslarning oʻzi yoki ularning vakillari imzolaydi.
148-modda. Kelishuv bitimining mazmuni
Kelishuv bitimida qarzdor pul majburiyatlarining miqdori, ularni bajarish tartibi va muddatlari toʻgʻrisidagi va (yoki) voz kechish haqini berish, majburiyatlarni yangilash, qarzni kechish yoʻli bilan yoxud qarzdorning pul majburiyatlarini qonunchilikda nazarda tutilgan oʻzga usullar bilan tugatish toʻgʻrisidagi qoidalar boʻlishi kerak.
(148-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-son “Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 33-bandiga qarang.
Kelishuv bitimida quyidagi shartlar koʻrsatilishi mumkin:
pul majburiyatlarining toʻlovi kechiktirilganligi yoki boʻlib-boʻlib toʻlanishi toʻgʻrisidagi shartlar;
qarzdorning talab qilish huquqlaridan oʻzganing foydasiga voz kechish toʻgʻrisidagi shartlar;
qarzdorning pul majburiyatlarini uchinchi shaxslar tomonidan bajarish toʻgʻrisidagi shartlar;
qarzlardan siylov berish toʻgʻrisidagi shartlar;
qonunchilikka muvofiq majburiy toʻlovlarni toʻlash muddatlari va tartibini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi shartlar;
kreditorlarning talablarini qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa usullar bilan qondirish toʻgʻrisidagi shartlar.
(148-modda ikkinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 9-bobiga (Soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash) qarang.
Kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmagan, shuningdek uni tuzishga qarshi ovoz bergan kreditorlar uchun kelishuv bitimining shartlari uni tuzishni yoqlab ovoz bergan, shu navbatning oʻzidagi kreditorlar uchun belgilangan shartlardan yomon boʻlishi mumkin emas.
Agar kelishuv bitimida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, qarzdorning oʻz zimmasiga olgan majburiyatlari bajarilishini taʼminlovchi mol-mulk garovi saqlanib qoladi.
149-modda. Kelishuv bitimini iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlash shartlari
(149-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimi faqat xarajatlar qoplanganidan va ushbu Qonun 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talablar hamda ish haqini toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov hujjatlari boʻyicha talablar qondirilganidan keyin iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
(149-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzdor, tashqi boshqaruvchi yoki tugatish boshqaruvchisi kelishuv bitimi imzolangan paytdan eʼtiboran besh kun ichida iqtisodiy sudga kelishuv bitimi tuzilganligini tasdiqlovchi ariza taqdim etishi kerak.
(149-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi lozim:
kelishuv bitimining matni;
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan kreditorlar yigʻilishining bayonnomasi;
qarzdor kreditorlarining talablari reyestri;
ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xarajatlar qoplanganligini va talablar qondirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisidagi masala boʻyicha ovoz berishda ishtirok etmagan yoki kelishuv bitimini tuzishga qarshi ovoz bergan kreditorlarning yozma eʼtirozlari;
qonunchilikka muvofiq boshqa hujjatlar.
(149-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Iqtisodiy sud kelishuv bitimi koʻrib chiqiladigan sana haqida manfaatdor taraflarni xabardor qiladi. Xabardor qilingan shaxslarning hozir boʻlmasligi bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishga monelik qilmaydi.
(149-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
150-modda. Kelishuv bitimini iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlash oqibatlari
(150-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kuzatuv, sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritish jarayonida iqtisodiy sud tomonidan kelishuv bitimining tasdiqlanishi bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishning tugatilishiga asos boʻladi.
(150-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimi iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlangan paytdan eʼtiboran sud boshqaruvchilarining vakolatlari tugatiladi. Qarzdor yuridik shaxsning tashqi boshqaruvchisi va tugatish boshqaruvchisi qarzdorning rahbari tayinlangunga (saylangunga) qadar oʻz vakolatlarini bajarishni davom ettirib turadi.
(150-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran tegishincha qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs yoki qarzdorning rahbari, tashqi boshqaruvchi yoxud tugatish boshqaruvchisi yoki uchinchi shaxs kreditorlar oldidagi qarzni uzishga kirishadi.
(150-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
151-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashning iqtisodiy sud tomonidan rad etilishi
Ushbu Qonunning 149-moddasi birinchi qismida koʻrsatilgan xarajatlarni qoplash va talablarni qondirishga doir majburiyatlar bajarilmagan taqdirda iqtisodiy sud kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi.
Iqtisodiy sud quyidagi hollarda ham kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etadi:
kelishuv bitimini tuzishning ushbu Qonunda belgilangan tartibi buzilganda;
kelishuv bitimining shakliga rioya etilmaganda;
uchinchi shaxslarning huquqlari buzilganda;
kelishuv bitimining shartlari qonunchilikka zid boʻlganda.
(151-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Iqtisodiy sud kelishuv bitimini tasdiqlash rad etilganligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(151-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
152-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashning rad etilishi oqibatlari
Iqtisodiy sud tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashning rad etilishi toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan taqdirda bitim tuzilmagan deb hisoblanadi.
(152-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Iqtisodiy sud tomonidan kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqarilishi yangi kelishuv bitimi tuzishga monelik qilmaydi.
(152-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
153-modda. Kelishuv bitimining haqiqiy emasligi
Qarzdor, kreditor, prokuror, shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan shaxslarning arizasiga binoan kelishuv bitimi quyidagi hollarda iqtisodiy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin:
(153-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
kelishuv bitimi ayrim kreditorlar uchun afzallik berilishini yoki ayrim kreditorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishini nazarda tutuvchi shartlarga ega boʻlsa;
bitimlarni haqiqiy emas deb topish uchun qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar boʻlsa.
(153-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 9-bobining 2-paragrafiga (Bitimlarning haqiqiy emasligi) qarang.
154-modda. Kelishuv bitimini haqiqiy emas deb topishning oqibatlari
Kelishuv bitimining haqiqiy emas deb topilishi bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni qayta tiklash uchun asos boʻladi. Iqtisodiy sud bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritishni qayta tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(154-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kelishuv bitimi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda kreditorlarning ularga toʻlanishi lozim boʻlgan, lekin kechiktirilishi va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlanishiga yoʻl qoʻyilgan talablari yoki qarzlardan siylov berilgan talablari bu talablarning qondirilmagan qismi boʻyicha tiklanadi.
Kelishuv bitimining haqiqiy emas deb topilishi ushbu Qonun 149-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda qoplangan xarajatlar va qondirilgan talablarni qarzdorga qaytarish majburiyatini keltirib chiqarmaydi.
Bitimlarni haqiqiy emas deb topishning ushbu modda bilan tartibga solinmagan qismida bitimlarni haqiqiy emas deb topishning qonunchilikda nazarda tutilgan oqibatlari kelib chiqadi.
(154-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 114-moddasiga qarang.
Kelishuv bitimi haqiqiy emas deb topilganda qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisidagi ish yuritishni qayta tiklash haqidagi xabar iqtisodiy sud tomonidan rasmiy nashrda qarzdorning mol-mulki hisobidan ushbu Qonunning 52 va 53-moddalarida nazarda tutilgan tartibda eʼlon qilinadi.
(154-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Kreditorlarning kelishuv bitimi shartlari asosida hisob-kitob qilib boʻlingan talablari, agar ushbu Qonunga zid kelmasa, qanoatlantirilgan deb hisoblanadi. Agar kreditorlarning talablari kelishuv bitimining muayyan kreditorlar ustunligini yoki boshqa kreditorlar huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishini nazarda tutuvchi shartlariga muvofiq qondirilgan boʻlsa, bunday kreditorlar kelishuv bitimini bajarish tartibida olgan barcha narsalarini qaytarishlari shart. Bunda mazkur talablar kreditorlarning talablari reyestrida tiklab qoʻyiladi.
155-modda. Kelishuv bitimini bajarmaslik oqibatlari
Kelishuv bitimi qarzdor tomonidan bajarilmagan taqdirda kreditorlar kelishuv bitimida nazarda tutilgan hajmda, qonunchilikda belgilangan tartibda talablar taqdim etishga haqli.
(155-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-son “Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 32-bandiga muvofiq agar qarzdor tomonidan kelishuv bitimining shartlari bajarilmagan boʻlsa, kreditorlar taalluqligiga koʻra umumiy yurisdiksiya sudiga yoki xoʻjalik sudiga Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksi va Xoʻjalik protsessual kodeksi talablari asosida daʼvo arizasi berishga haqli.
Bankrotlik toʻgʻrisida yangi ish qoʻzgʻatilgan taqdirda kelishuv bitimi qaysi kreditorlarga nisbatan tuzilgan boʻlsa, shu kreditorlar talablarining hajmi kelishuv bitimida nazarda tutilgan shartlar asosida aniqlanadi.
IX BOB. QARZDOR YuRIDIK ShAXSLAR AYRIM TOIFALARI BANKROTLIGINING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
1-§. Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona bankrotligi
156-modda. Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona bankrotligining oʻziga xos xususiyatlari
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonaning bankrotligi toʻgʻrisidagi ish ushbu Qonun 4-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari mavjud boʻlgan taqdirda iqtisodiy sud tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
(156-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 13-dekabrdagi OʻRQ-594-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son)
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona bankrotligi toʻgʻrisidagi ish koʻrilayotganda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi va (yoki) tegishli vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora, xoʻjalik boshqaruvi organi ishda ishtirok etuvchi shaxs sifatida eʼtirof etiladi.
Korxonalarni shaharni tashkil etuvchi korxonalar hamda ularga tenglashtirilgan korxonalar jumlasiga kiritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-son “Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini iqtisodiy sudlar tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 34-bandiga qarang.
157-modda. Shaharni tashkil etuvchi korxonaning hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi
Shaharni tashkil etuvchi korxonaning hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi iqtisodiy sud tomonidan kreditorlar yigʻilishining qarori asosida, bunday qaror boʻlmasa, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organining yoki vazirlik, davlat qoʻmitasi, idoraning va xoʻjalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga binoan, ular qarzdorning majburiyatlari yuzasidan taʼminot bergan taqdirda, joriy etilishi mumkin.
(157-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tashqi boshqaruv rejasi shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona tomonidan mazkur rejani kreditorlar yigʻilishiga taqdim etishdan oldin mahalliy davlat hokimiyati organi bilan, davlat mudofaa buyurtmasini amalga oshiruvchi korxonalar boʻyicha esa vazirlik, davlat qoʻmitasi, idora va xoʻjalik boshqaruvi organi bilan kelishib olingan boʻlishi kerak.
Tegishincha mahalliy davlat hokimiyati organining hamda vazirlik, davlat qoʻmitasi, idoraning, xoʻjalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga binoan ular tomonidan qarzdorning majburiyatlarni bajarishi taʼminoti taʼminlangan taqdirda, shu jumladan davlat kafolatlarini berish yoʻli bilan taʼminlanganda, iqtisodiy sud qarzdorning sud sanatsiyasiga oʻtishi toʻgʻrisida, agar ilgari bunday taomil qarzdorga nisbatan qoʻllanilgan boʻlmasa, qaror qabul qilishi mumkin.
(157-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
158-modda. Tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish
Shaharni tashkil etuvchi korxonaning hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruvi mahalliy davlat hokimiyati organining iltimosnomasi boʻlgan taqdirda iqtisodiy sud tomonidan uzogʻi bilan bir yil muhlatga uzaytirilishi mumkin.
(158-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona faoliyatiga investitsiya kiritish, xodimlarni ishga joylashtirish, yangi ish joylarini yaratish yoʻli bilan hamda qarzdorning toʻlov qobiliyatini tiklashning boshqa usullari bilan korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash rejasi tashqi boshqaruvni ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatdan koʻproq muhlatga uzaytirish uchun asos boʻladi.
Tegishincha mahalliy davlat hokimiyati organining, vazirlik, davlat qoʻmitasi, idoraning hamda xoʻjalik boshqaruvi organining iltimosnomasiga binoan qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlari yuzasidan kafillik berish sharti bilan shaharni tashkil etuvchi korxonaning hamda unga tenglashtirilgan korxonaning tashqi boshqaruv muddati besh yilgacha uzaytirilishi mumkin. Bunday hollarda qarzdor va uning kafili kreditorlar bilan hisob-kitob qilishga ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlardan kechikmay kirishishi shart.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmasligi qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash uchun asos boʻladi.
159-modda. Shaharni tashkil etuvchi qarzdor korxonani hamda unga tenglashtirilgan qarzdor korxonani sotish shartlari
Shaharni tashkil etuvchi qarzdor korxona hamda unga tenglashtirilgan qarzdor korxona tashqi boshqaruv chogʻida kreditorlarning talablarini qondirish maqsadida mulkiy majmua sifatida sotilishi mumkin. Shaharni tashkil etuvchi korxonani hamda unga tenglashtirilgan korxonani sotish tanlov yoki auksion oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Shaharni tashkil etuvchi korxonani tanlovda sotishning majburiy shartlari quyidagilar hisoblanadi:
shaharni tashkil etuvchi korxona sotilayotgan paytda unda ishlab turgan xodimlarning kamida yetmish foizi uchun ish joylarini saqlab qolish;
shaharni tashkil etuvchi korxonaning faoliyat sohasi oʻzgartirilgan taqdirda mazkur xodimlarni qayta oʻqitish yoki ishga joylashtirish borasida xaridorning majburiyatlari.
Davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini taʼminlovchi korxonani tanlovda sotishning majburiy shartlari quyidagilar hisoblanadi:
davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi saqlab turilishini taʼminlovchi korxona mulkiy majmuasining hamda safarbarlik maqsadidagi mol-mulkning belgilangan maqsadi saqlab qolinishini taʼminlash;
qarzdorning davlat mudofaasiga oid buyurtmalar, davlatning mudofaa qobiliyati va xavfsizligi sohasidagi ehtiyojlarini taʼminlashga doir ishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq shartnomalarni bajarish.
Tabiiy monopoliyalarning subyekti boʻlgan korxonani tanlovda sotishning majburiy shartlari quyidagilar hisoblanadi:
tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilikning tartibga solish predmeti boʻlgan tovarlar yetkazib berish shartnomalari boʻyicha qarzdorning majburiyatlarini sotib oluvchi oʻz zimmasiga olishga roziligi, ishlab chiqarilayotgan va (yoki) realizatsiya qilinayotgan tovarlardan (ishlardan, xizmatlardan) isteʼmolchilarning erkin foydalana olishi taʼminlanganligi;
(159-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
agar qarzdorning faoliyati litsenziyalanishi lozim boʻlsa, tegishli faoliyat turini amalga oshirish uchun xaridorda litsenziya boʻlishi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qarang.
Tanlovning mazkur moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilmagan shartlari faqat kreditorlar yigʻilishining roziligi bilan ushbu Qonunning 13-moddasida nazarda tutilgan tartibda belgilanishi mumkin.
Agar shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxona tanlov shartlarida sotilmagan boʻlsa, korxona auksionda sotiladi.
Agar davlat mudofaasiga oid buyurtmani bajaruvchi korxonaning mol-mulki tarkibida muomala qobiliyati cheklangan mol-mulk boʻlsa, bunday korxonani sotish yopiq kimoshdi savdosida tanlov shaklida amalga oshiriladi, bunday savdoda qonunga muvofiq faqat mazkur mol-mulkka mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida ega boʻla oladigan shaxslar ishtirokchi boʻlishi mumkin.
Davlat mudofaasiga oid buyurtmani bajaruvchi sotilayotgan korxonaning muomaladan chiqarilgan mol-mulki mol-mulkning egasiga u shunday mol-mulk mavjudligi haqida tashqi boshqaruvchi tomonidan xabardor qilingan paytdan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay topshiriladi.
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar va xoʻjalik boshqaruvi organlari kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolanganidan keyin bir oy ichida davlat mudofaasiga oid buyurtmani bajaruvchi korxonani kimoshdi savdosini oʻtkazish natijasida belgilangan narx boʻyicha sotib olishda imtiyozli huquqqa ega.
Mahalliy davlat hokimiyati organi kimoshdi savdosi natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma imzolanganidan keyin bir oy ichida tabiiy monopoliya subyekti boʻlgan korxonani kimoshdi savdosini oʻtkazish natijasida belgilangan narx boʻyicha sotib olishda imtiyozli huquqqa ega.
160-modda. Shaharni tashkil etuvchi bankrot deb topilgan qarzdor korxonaning hamda unga tenglashtirilgan bankrot deb topilgan qarzdor korxonaning mol-mulkini sotish
Shaharni tashkil etuvchi bankrot deb topilgan qarzdor korxonaning hamda unga tenglashtirilgan bankrot deb topilgan qarzdor korxonaning mol-mulki sotilayotganida tugatish boshqaruvchisi korxonani dastlabki kimoshdi savdosida sotishga mulkiy majmua sifatida taklif etishi lozim.
Agar shaharni tashkil etuvchi qarzdor korxonaning hamda unga tenglashtirilgan qarzdor korxonaning mol-mulki mulkiy majmua sifatida sotilmagan boʻlsa, qarzdorning mol-mulkini sotish ushbu Qonunning 111-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Tabiiy monopoliya subyekti boʻlgan qarzdor korxonaning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish jarayonida foydalanadigan mol-mulki kimoshdi savdosiga faqat mulkiy majmua sifatida qoʻyiladi.
Tugatuvchi boshqaruvchi, agar tabiiy monopoliya subyekti boʻlgan qarzdor korxona tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish shartnomalari bajarilishining toʻxtatilishi aholining hayotiy faoliyati yoki ishlab chiqarishning uzluksiz turkumiga asoslangan korxonalar faoliyati sharoitini buzadigan boʻlsa, bunday shartnomalar bajarilishini taʼminlashi shart.
Tabiiy monopoliya subyekti boʻlgan qarzdor korxonani tugatishga doir ish yuritish iqtisodiy sudning qarori qabul qilingan va tugatish boshqaruvchisi tayinlangan sanadan eʼtiboran kechi bilan olti oy ichida tamomlanishi kerak. Agar mazkur muddat tugaganidan keyin korxonaning mol-mulki sotilmay qolsa, tugatish boshqaruvchisi kreditorlar yigʻilishining qaroriga binoan, yigʻilish rad etgan taqdirda esa mahalliy davlat hokimiyati organining qaroriga binoan ushbu Qonunning 115-moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq aktivlar oʻrnini almashtirish yoʻli bilan tugatishga doir ish yuritishni tamomlaydi.
(160-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
2-§. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining bankrotligi
161-modda. Qishloq xoʻjaligi korxonalari bankrotligining oʻziga xos xususiyatlari
Qishloq xoʻjaligi korxonalarining bankrotligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgunga qadar ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda sudgacha sanatsiya qilish qoʻllanilishi mumkin.
(161-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga qarang.
Sudgacha sanatsiya qilish muddati mobaynida tabiiy ofatlar va boshqa fors-major holatlar tufayli qishloq xoʻjaligi korxonasining ishlab chiqarishida pasayish va moliyaviy ahvolida yomonlashish sodir boʻlgan boʻlsa, sudgacha sanatsiya qilish muddati oʻn ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Qishloq xoʻjaligi korxonasining bankrotligi toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganida mahalliy davlat hokimiyati organlari ham ishda ishtirok etuvchi shaxslar boʻlishi mumkin.
162-modda. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvning oʻziga xos xususiyatlari
Qishloq xoʻjaligi korxonasida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv yetishtirilgan tovar qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilish uchun zarur vaqtni hisobga olgan holda qishloq xoʻjaligi ishlarining tegishli davri tugagunga qadar boʻlgan muddatga joriy etiladi. Bunda kuzatuv taomili muddati uch oydan, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv taomillari muddati esa ushbu Qonun 91-moddasining uchinchi qismida belgilangan muhlatdan oshib ketmasligi lozim.
Sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv muddati mobaynida tabiiy ofatlar va boshqa fors-major holatlar tufayli qishloq xoʻjaligi korxonasining ishlab chiqarishida pasayish va moliyaviy ahvolida yomonlashish sodir boʻlgan boʻlsa, sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv muddati oʻn ikki oyga uzaytirilishi mumkin.
Sud sanatsiyasini muddatidan ilgari tugatish, ushbu Qonunning 86-moddasi talablariga muvofiq, faqat qishloq xoʻjaligi ishlarining tegishli davri tugashi muddatini hamda yetishtirilgan tovar qishloq xoʻjaligi mahsulotini realizatsiya qilish uchun zarur boʻlgan vaqtni inobatga olgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Fermer xoʻjaliklariga va yuridik shaxsni tashkil etgan holdagi dehqon xoʻjaliklariga nisbatan tashqi boshqaruv taomili joriy etilmaydi.
163-modda. Qishloq xoʻjaligi korxonalarining mol-mulkini va mulkiy huquqlarini sotishning (ulardan oʻzganing foydasiga voz kechishning) oʻziga xos xususiyatlari
Qarzdorning mol-mulkini sotishda (undan oʻzganing foydasiga voz kechishda) sud boshqaruvchisi yoki qarzdorning rahbari qishloq xoʻjaligi korxonasini dastlabki kimoshdi savdosida sotishga mulkiy majmua sifatida qoʻymogʻi lozim.
Qarzdorning mol-mulkini sotib olishda imtiyozli huquqqa, shuningdek, yerga egalik qilish huquqiga qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish bilan shugʻullanayotgan va qarzdorning yer uchastkasiga bevosita tutash yer uchastkasiga egalik qiluvchi shaxslar ega boʻladilar. Sud boshqaruvchisi yoki qarzdorning rahbari mazkur mol-mulkni, shuningdek mulkiy huquqlarni sotishda (ulardan oʻzganing foydasiga voz kechishda) mazkur mol-mulk va mulkiy huquqlar qiymatini baholashdan oʻtkazishni tashkil etishi hamda shaxslarga mol-mulkni baholangan qiymatida taklif etishi shart.
(163-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrdagi OʻRQ-257-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 315-modda)
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar bir oy ichida qishloq xoʻjaligi korxonasining mol-mulkini va mulkiy huquqlarini sotib olish istagini bildirmasalar, sud boshqaruvchisi yoki qarzdorning rahbari mol-mulk qonunchilikka muvofiq realizatsiya qilinishini amalga oshiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-apreldagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Tarkibiy oʻzgartiriladigan korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartiboti qoʻllanilgan korxonalarning mol-mulkini baholash va sotish tartibi toʻgʻrisidagi nizomiga qarang.
Qishloq xoʻjaligi korxonasi bankrotlik oqibatida tugatilgan taqdirda mazkur korxonaga berilgan yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa shaxsga berilishi yoki oʻzga shaxsga oʻtishi mumkin.
(163-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 6-bobiga (Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar) qarang.
3-§. Banklarning bankrotligi
164-modda. Bankni bankrot deb topish asosi
Bankni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun iqtisodiy sud bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qaytarib olinganidan keyin qabul qiladi.
(164-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
165-modda. Bankning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari
Qarzdor bank kreditorlarning talablarini qondirishga qodir boʻlmagan taqdirda yuzaga keladigan munosabatlar hamda banklarning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari qonunchilikda belgilangan tarzda tartibga solinadi.
(165-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Banklarni tugatish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat № 626, 11.02.1999-y.) qarang.
Bankka tashqi boshqaruv joriy etilmaydi.
Bankning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishda, ushbu Qonunning 36-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi ham ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (yangi tahriri)gi va “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-sentabrdagi 326-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi toʻgʻrisidagi nizomga qarang.
4-§. Sugʻurtalovchining bankrotligi
166-modda. Sugʻurtalovchining bankrotligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish
Sugʻurtalovchining bankrotligi toʻgʻrisidagi ishda, ushbu Qonunning 36-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, sugʻurta faoliyatini tartibga solish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi ham ishtirok etuvchi shaxs deb hisoblanadi.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi 1060-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang.
167-modda. Sugʻurtalovchining mulkiy majmuasini sotish
Sugʻurtalovchining mulkiy majmuasini sotish tashqi boshqaruv jarayonida ushbu Qonunning 110-moddasiga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Faqat sugʻurtalovchining oʻzi sugʻurtalovchining mulkiy majmuasini sotib oluvchi boʻlishi mumkin.
Sugʻurtalovchining mulkiy majmuasi tashqi boshqaruv jarayonida sotilgan taqdirda sugʻurtalovchining mulkiy majmuasi sotilayotgan sanadagi sugʻurta hodisasi yuzaga kelmagan sugʻurta shartnomalari boʻyicha barcha huquq va majburiyatlar majmuani sotib olgan shaxsga oʻtadi.
Tugatishga doir ish yuritish oʻtkazilayotganida sugʻurtalovchining mulkiy majmuasi sotib oluvchi faqat sugʻurtalovchi bankrot deb topilgan sanaga qadar sugʻurta hodisasi yuzaga kelmagan sugʻurta shartnomalarini oʻz zimmasiga olishga rozi boʻlganda sotilishi mumkin.
168-modda. Sugʻurtalovchi bankrot boʻlgan taqdirda sugʻurta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talab qilish huquqi
Bankni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun iqtisodiy sud bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya faqat Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qaytarib olinganidan keyin qabul qiladi.
(168-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Sugʻurta qildiruvchilar (naf oluvchilar) ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslarga binoan bekor qilingan shartnomalar boʻyicha sugʻurtalovchiga toʻlangan sugʻurta mukofotining sugʻurta shartnomasining amal qiladigan muddati bilan bu shartnoma amal qilgan muddat oʻrtasidagi farqqa mutanosib tarzdagi qismi, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, qaytarilishini talab qilishga haqli.
(168-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sugʻurta qildiruvchilar (naf oluvchilar) iqtisodiy sud sugʻurtalovchini bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgunga qadar sugʻurta hodisasi yuzaga kelgan sugʻurta shartnomalari boʻyicha sugʻurta tovoni (sugʻurta summasi) toʻlanishini tugatish boshqaruvchisidan talab qilishga haqli.
(168-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
169-modda. Sugʻurtalovchining kreditorlari talablarini qondirish
Iqtisodiy sud sugʻurtalovchini bankrot deb topgan taqdirda kreditorlarning talablari quyidagi tartibda qondiriladi:
(169-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
birinchi navbatda – sugʻurta qildiruvchilarning hayotni sugʻurta qilish sohasidagi majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha talablari;
ikkinchi navbatda – sugʻurta qildiruvchilarning boshqa majburiy sugʻurta shartnomalari boʻyicha talablari;
uchinchi navbatda – boshqa sugʻurta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) talablari;
toʻrtinchi navbatda – majburiy toʻlovlarni nazarda tutuvchi toʻlov (ijro) hujjatlari boʻyicha talablar. Mazkur talablar toʻla qondirilganidan keyin ijtimoiy sugʻurta boʻyicha talablar va jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik oqibatida fuqarolarning mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash boʻyicha talablari qondiriladi;
beshinchi navbatda – sugʻurtalovchining boshqa kreditorlari talablari.
5-§. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining bankrotligi
170-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari bankrotligining oʻziga xos xususiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining bankrotligi toʻgʻrisidagi ishda, ushbu Qonunning 36-moddasida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari, qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi ham ishtirok etuvchi shaxs deb hisoblanadi.
(170-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-216-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi toʻgʻrisida”gi nizomga qarang.
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining bankrotligi taomillarining ushbu Qonun bilan tartibga solinmagan oʻziga xos xususiyatlari, shuningdek qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlari qonunda belgilab qoʻyilishi mumkin.
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari bankrotligining oldini olish va ularning toʻlov qobiliyatini tiklashning sudgacha taomillarini oʻtkazish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(170-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
171-modda. Sud boshqaruvchilariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining bankrotligi toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud boshqaruvchisi mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun sud boshqaruvchisi sifatida attestatsiyadan oʻtishi, shuningdek unda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi boʻlishi kerak.
(171-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 9-sentabrdagi OʻRQ-216-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 37-son, 403-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-son qarori bilan tasdiqlangan “Qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash toʻgʻrisida”gi nizomning 2-bandiga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorida kasbiy faoliyatni litsenziyalash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
172-modda. Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining bitimlar tuzishiga doir cheklovlar
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining bitimlar tuzishiga doir cheklovlar mazkur ishtirokchiga nisbatan bankrotlik taomillari qoʻllanilayotganida uning mijozlari qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning topshiriqlari boʻyicha tuzadigan, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qoʻzgʻatilganidan keyin investorlar tomonidan tasdiqlangan bitimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
173-modda. Kuzatuv, tashqi boshqaruv va tugatishga doir ish yuritishning oʻziga xos xususiyatlari
Kuzatuv joriy etilgan paytdan eʼtiboran muvaqqat boshqaruvchi oʻzi tayinlangan paytdan boshlab oʻn kunlik muddat ichida oʻzlariga qarashli qimmatli qogʻozlarni qimmatli qogʻozlar bozorining qarzdor professional ishtirokchisiga boshqaruvga topshirgan qimmatli qogʻozlar bozorining investorlariga bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganligi va muvaqqat boshqaruvchi oʻz huquqini amalga oshira boshlaganligi haqida xabarnoma yuborishi shart. Mijozlarning qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining tasarrufida boʻlgan qimmatli qogʻozlari va boshqa mol-mulki tugatish massasiga kiritilmaydi.
Tashqi boshqaruv yoki tugatishga doir ish yuritish joriy etilgan paytdan eʼtiboran mijozlarning qolgan qimmatli qogʻozlari, agar tashqi boshqaruvchining yoki tugatish boshqaruvchisining mijozlar bilan kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, mijozlarga qaytarilishi lozim.
Agar mijozlarning oʻzlariga qarashli bir turdagi (bir emitent chiqargan, bir toifadagi, bir tipdagi, bir seriyadagi) qimmatli qogʻozlarni qaytarish xususidagi talablari qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining ixtiyoridagi mazkur qimmatli qogʻozlar miqdoridan ortiq boʻlsa, mazkur qimmatli qogʻozlarni mijozlarga qaytarish mijozlarning talablariga mutanosib ravishda amalga oshiriladi. Mijozlar talablarining qondirilmagan qismi pul majburiyatlari deb eʼtirof etiladi va ushbu Qonunning VII bobida nazarda tutilgan tartibda qondiriladi (qanoatlantiriladi).
Qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchisining tashqi boshqaruvi chogʻida tashqi boshqaruvchi oʻziga mijozlar tomonidan boshqaruvga topshirilgan qimmatli qogʻozlarni mijozlarning roziligi bilan va ularning nomidan qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa professional ishtirokchisiga topshirishi mumkin.
X BOB. YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORNING YOKI YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKOR MAQOMINI YOʻQOTGAN JISMONIY ShAXSNING BANKROTLIGI
(X bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
174-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs bankrotligining tartibga solinishi
Yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning bankrotligi bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan, agar mazkur bobda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Qonunning I — III boblari qoidalari qoʻllaniladi.
(174-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
175-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza iqtisodiy sudga qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs, kreditor, prokuror, shuningdek davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar tomonidan berilishi mumkin.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisida ariza berish huquqiga kreditorlar ham ega, hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi, alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatdagi boshqa talablar qoʻyadigan kreditorlar bundan mustasno.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish taomili amalga oshirilayotganda hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi, alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi talablarni, shuningdek shaxsiy xususiyatdagi boshqa talablarni qoʻyadigan kreditorlar oʻz talablarini taqdim etishga haqli. Mazkur kreditorlarning talablari, agar ular bankrotlik taomili qoʻllanilayotganda bildirilmagan boʻlsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning bankrotligi taomili tugaganidan keyin ham oʻz kuchini saqlab qoladi.
(175-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
176-modda. Qarzlarni uzish rejasi
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizasiga qarzlarni uzish rejasi ilova qilinishi mumkin, rejaning nusxalari kreditorlarga va bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuboriladi.
(176-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Kreditorlarning eʼtirozi boʻlmasa, iqtisodiy sud qarzlarni uzish rejasini tasdiqlashi mumkin, bu esa bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritilishini uzogʻi bilan ikki oygacha muddatga toʻxtatib turish uchun asos boʻladi.
(176-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Qarzlarni uzish rejasida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
rejani amalga oshirish muddati;
qarzdor yoki uning oila aʼzolari isteʼmoli uchun har oyda qoldiriladigan summa miqdori;
kreditorlarning talablarini qanoatlantirish uchun har oyda yuborish moʻljallanayotgan summa miqdori.
Iqtisodiy sud bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga binoan qarzlarni uzish rejasini oʻzgartirishga, shu jumladan uni amalga oshirish muddatini uzaytirishga yoki qisqartirishga, qarzdor yoki uning oila aʼzolari isteʼmoli uchun har oyda qoldiriladigan summa miqdorini koʻpaytirishga yoki kamaytirishga haqli.
(176-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Agar qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs qarzlarni uzish rejasini bajarganligi natijasida kreditorlarning talablari toʻla hajmda qanoatlantirilgan boʻlsa, bankrotlik toʻgʻrisidagi ish yuritish tugatilishi kerak.
(176-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
177-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning tugatish massasiga kirmaydigan mol-mulki
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning qonunchilikka muvofiq undiruvni qaratish mumkin boʻlmagan mol-mulki tugatish massasiga kirmaydi.
Iqtisodiy sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning hamda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning asoslantirilgan iltimosnomasiga binoan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning qonunchilikka muvofiq undiruvni qaratish mumkin boʻlgan nolikvid mol-mulkini yoki realizatsiya qilinishidan kelgan daromad kreditorlarning talablarini qondirishga mohiyatan taʼsir etmaydigan mol-mulkini tugatish massasidan chiqarishga haqli.
(177-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning ushbu modda ikkinchi qismining qoidalariga muvofiq tugatish massasidan chiqariladigan mol-mulkining umumiy qiymati bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan ortiq boʻlmasligi kerak. Bunday mol-mulk roʻyxati iqtisodiy sud tomonidan tasdiqlanib, bu haqda ajrim chiqariladi, ajrim ustidan shikoyat berilishi (protest keltirilishi) mumkin.
(177-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
178-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs bitimlarining haqiqiy emasligi
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza iqtisodiy sudga berilganidan keyin qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning oʻz mol-mulkini boshqa shaxsga oʻtkazish yoki manfaatdor shaxslarga boshqa usullarda berish bilan bogʻliq bitimlari oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitimlardir.
Kreditorning talabiga binoan iqtisodiy sud oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmagan bitim haqiqiy emasligining oqibatini qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning bitim predmeti boʻlgan mol-mulkini qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs mol-mulki tarkibiga qaytarish tariqasida yoki undiruvni manfaatdor shaxslarda turgan tegishli mol-mulkka qaratish tariqasida qoʻllaydi.
(178-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
179-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan
Iqtisodiy sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish bilan bir paytda uning mol-mulkini xatlaydi, qonunchilikka muvofiq undiruvni qaratish mumkin boʻlmagan mol-mulk bundan mustasno. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning pul majburiyatlari bajarilishi xususida uchinchi shaxslar tomonidan asosli kafillik berilgan yoki kafolatlangan boshqa taʼminot taqdim etilgan taqdirda iqtisodiy sud mazkur qarzdorning iltimosnomasiga binoan uning mol-mulkini (mol-mulkining bir qismini) xatlovdan chiqarishi mumkin.
(179-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Iqtisodiy sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs kreditorlar bilan hisob-kitob qilishi yoki kelishuv bitimiga erishilishi uchun bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrishni qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning arizasiga binoan uzogʻi bilan bir oy muddatga kechiktirishi mumkin.
Yakka tartibdagi tadbirkor fuqaroga yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsga nisbatan meros ochilganligi toʻgʻrisida maʼlumot boʻlgan taqdirda, iqtisodiy sud yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning bankrotligi toʻgʻrisidagi ish yuritishni meros taqdiri toʻgʻrisidagi masala qonunda belgilangan tartibda hal qilingunga qadar toʻxtatib turishga haqli.
Agar qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatda kreditorlarning talablari qondirilganligini koʻrsatuvchi dalil-isbotlarni taqdim etmagan va belgilangan muddatda kelishuv bitimini tuzmagan boʻlsa, iqtisodiy sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(179-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
180-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topishning oqibatlari
(180-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Iqtisodiy sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan paytdan eʼtiboran:
(180-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
qarzdorning pul majburiyatlarini bajarish muddati boshlangan deb hisoblanadi;
qarzdorning barcha majburiyatlari boʻyicha neustoyka (jarima, penya), foizlar hisoblash va boshqa iqtisodiy (moliyaviy) sanksiyalar bekor qilinadi;
qarzdordan barcha ijro hujjatlari boʻyicha undiruvlar bekor qilinadi, alimentlar undirish toʻgʻrisidagi talablar boʻyicha, shuningdek hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talablar boʻyicha ijro hujjatlari bundan mustasno.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarorni iqtisodiy sud barcha maʼlum kreditorlarga ular oʻz talablarini taqdim etadigan muddatni koʻrsatgan holda yuboradi, bu muddat ikki oydan oshmasligi kerak. Iqtisodiy sudning ana shunday qarorini yuborish qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs hisobidan amalga oshiriladi.
(180-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Iqtisodiy sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan paytdan eʼtiboran mazkur tadbirkorning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi oʻz kuchini yoʻqotadi, shuningdek faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun mazkur tadbirkorga berilgan litsenziyalarning amal qilishi tugatiladi.
Iqtisodiy sud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qaror nusxasini ayni shu shaxsni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatga olgan organga va litsenziyalovchi organga yuboradi.
(180-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish chogʻida qoʻllanilmaydi.
(180-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
181-modda. Iqtisodiy sudning qarorini bajarish
Iqtisodiy sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisidagi qarori hamda undiruvni qarzdorning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisidagi ijro varaqasi qarzdorning mol-mulki sotilishini amalga oshirish uchun davlat ijrochisiga yuboriladi. Quyidagilarning mol-mulki, bundan ushbu Qonunga muvofiq tugatish massasiga kirmaydigan mol-mulk mustasno, sotilishi kerak:
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning barcha mol-mulki;
qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan olingan mol-mulk. Bunda mol-mulkning, jismoniy shaxsning avvalgi tadbirkorlik faoliyati davrida olingan mol-mulkka kirishi-kirmasligi iqtisodiy sud tomonidan belgilanadi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning koʻchmas mol-mulkini yoki qimmatli koʻchar mol-mulkini doimiy boshqaruv zarur boʻlganda iqtisodiy sud mazkur maqsadlar uchun tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi va unga toʻlanadigan haq miqdorini belgilaydi. Bunday hollarda qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning mol-mulki tugatish boshqaruvchisi tomonidan sotiladi.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning mol-mulkini sotishdan tushgan, shuningdek mavjud naqd pul mablagʻlari qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan iqtisodiy sudning depozitiga kiritiladi.
(181-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
182-modda. Kreditorlarning talablarini koʻrib chiqish
Iqtisodiy sud ushbu Qonun 180-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddatda kreditorlar tomonidan bildirilgan talablarni koʻrib chiqadi. Koʻrib chiqish natijalari asosida iqtisodiy sud kreditorlarning talablarini qondirish tartibi va miqdori toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
(182-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
183-modda. Kreditorlarning talablarini qondirish tartibi
Iqtisodiy sud depozitiga kiritilgan pul mablagʻlari hisobidan kreditorlarning talablarini qondirishdan oldin bankrotlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrish va iqtisodiy sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qarorini bajarish bilan bogʻliq xarajatlar qoplanadi, shuningdek qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs qaysi fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻlsa, shu fuqaroning talablari qondiriladi.
(183-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-bobiga (Zarar yetkazishdan kelib chiqadigan majburiyatlar) qarang.
Kreditorlarning talablari quyidagi navbat boʻyicha qondiriladi:
birinchi navbatda — aliment undirish toʻgʻrisidagi talablar, shuningdek mehnatga haq toʻlashga oid va mualliflik shartnomalari boʻyicha haq toʻlashga oid hisob-kitoblar nazarda tutilgan talablar;
ikkinchi navbatda — majburiy toʻlovlar boʻyicha talablar, kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarining garovga qoʻyilgan mol-mulkni (garov narsasini) sotishdan tushgan summa yetarli boʻlmaganligi oqibatida qoplanmay qolgan qarzdorlikka taalluqli qismi va kreditorlarning garov bilan taʼminlanmagan talablari;
uchinchi navbatda boshqa kreditorlar bilan hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
(183-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Har qaysi navbat boʻyicha talablar oldingi navbat talablari toʻla qondirilganidan keyin qondiriladi.
Iqtisodiy sudning depozitida pul mablagʻlari yetarli boʻlmasa, bu mablagʻlar tegishli navbatdagi kreditorlar oʻrtasida ular talablarining summasiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
(183-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
184-modda. Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni majburiyatlardan ozod qilish
Bankrot deb topilgan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugaganidan keyin mazkur tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish taomili amalga oshirilayotganda kreditor tomonidan bildirilgan talablarni kelgusida bajarishdan ozod etiladi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablar bundan mustasno.
Kreditorlarning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talablari, alimentlarni undirish toʻgʻrisidagi talablar, shuningdek shaxsiy xususiyatdagi, iqtisodiy sudning qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qarorini ijro etish tartibida qanoatlantirilmagan yoki qisman qanoatlantirilgan yoxud qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorni yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsni bankrot deb topish taomili amalga oshirilayotganida bildirilmagan boshqa talablar oʻz kuchida qoladi va qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning bankrotligi taomili tamomlanganidan keyin tegishincha toʻla hajmda yoki qanoatlantirilmagan qismi hajmida taqdim etilishi mumkin.
Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs tomonidan mol-mulkning yashirilganligi yoki uning oʻz mol-mulkini uchinchi shaxslarga gʻayriqonuniy tarzda berganligi faktlari aniqlangan taqdirda bankrotlik jarayonida talablari qondirilmagan kreditor undiruvni ana shu mol-mulkka qaratish talabini taqdim etishga haqli. Bunda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxsning bunday mol-mulki deganda uning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan olingan mol-mulki tushunilishi kerak.
(184-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
XI BOB. BANKROTLIKNING SODDALAShTIRILGAN TAOMILLARI
1-§. Tugatilayotgan yuridik shaxs bankrotligining oʻziga xos xususiyatlari
185-modda. Tugatilayotgan yuridik shaxsning bankrotligi
Agar qonunchilikda belgilangan muddatlarda moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi va (yoki) oʻz ustav fondini shakllantirmaganligi munosabati bilan tugatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yuridik shaxsning mol-mulki qiymati kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa, bunday yuridik shaxs ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda tugatiladi.
(185-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar aniqlangan taqdirda, tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga yoki qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli choralarni koʻrishi uchun davlat soliq xizmati organlariga murojaat etishi shart.
(185-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi hamda Moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga qarang.
186-modda. Tugatilayotgan yuridik shaxsning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqishning oʻziga xos xususiyatlari
Iqtisodiy sud tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qilib, tugatish boshqaruvchisini tayinlaydi.
(186-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tugatilayotgan yuridik shaxsning bankrotligida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv taomillari qoʻllanilmaydi.
Kreditorlar tugatilayotgan yuridik shaxsga boʻlgan oʻz talablarini tugatilayotgan yuridik shaxsni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi eʼlon chiqarilgan paytdan eʼtiboran bir oylik muddat ichida unga taqdim etishga haqli.
187-modda. Yuridik shaxsni bankrotlik tartibida tugatishni rad etish oqibatlari
Ushbu Qonun 185-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarning buzilganligi yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga yuridik shaxs tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuvni kiritishni rad etish uchun asos boʻladi.
Ushbu Qonun 185-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablar buzilishiga yoʻl qoʻygan tugatish komissiyasining raisi yoki tugatuvchi tugatilayotgan yuridik shaxsning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlari yuzasidan qondirilmagan talablar boʻyicha subsidiar javobgar boʻladi.
2-§. Hozir boʻlmagan qarzdorning bankrotligi
188-modda. Hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisida ariza berishning oʻziga xos xususiyatlari
Oʻz faoliyatini tugatgan qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor yoki qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yoʻqotgan jismoniy shaxs yoki tugatilayotgan yuridik shaxsning rahbari hozir boʻlmagan va ularning turgan joyini (yashash joyini) aniqlashning imkoni boʻlmagan taqdirda, hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi ariza, kreditorlik qarzi miqdoridan qatʼi nazar, kreditor, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi, davlat soliq xizmati organi yoki boshqa vakolatli organ, shuningdek prokuror tomonidan berilishi mumkin.
(188-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
189-modda. Hozir boʻlmagan qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish
Iqtisodiy sud hozir boʻlmagan qarzdorni bankrot deb topish haqidagi arizani oʻz ish yurituviga qabul qilib olgan kundan eʼtiboran ikki haftalik muddat ichida qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
(189-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Hozir boʻlmagan qarzdorning bankrotligida kuzatuv, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv taomillari qoʻllanilmaydi.
Iqtisodiy sudning qarori bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga yuboriladi, bu organ mazkur qarorni olgan kundan eʼtiboran bir haftalik muddat ichida iqtisodiy sudga tugatish boshqaruvchiligiga nomzod taqdim etadi. Iqtisodiy sud tugatish boshqaruvchisini bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organi xodimlari orasidan tayinlashi mumkin.
(189-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Tugatish boshqaruvchisi oʻzi aniqlagan barcha kreditorlarni hozir boʻlmagan qarzdorning bankrotligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabardor qiladi, ular bu xabarni olgan kundan eʼtiboran bir oylik muddat ichida tugatish boshqaruvchisiga oʻz talablarini taqdim etishlari mumkin.
Tugatish boshqaruvchisi hozir boʻlmagan qarzdorning mol-mulkini aniqlagan taqdirda iqtisodiy sud mazkur boshqaruvchining iltimosnomasiga binoan bankrotlikning soddalashtirilgan taomilini bekor qilish hamda bankrotlikning ushbu Qonunda nazarda tutilgan umumiy taomillariga oʻtish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
(189-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
XII BOB. YAKUNLOVChI QOIDALAR
190-modda. Bankrotlikka olib kelgan gʻayriqonuniy harakatlar
Bankrotlikka olib kelgan gʻayriqonuniy harakatlar deyilganda qarzdorga yoki kreditorlarga zarar yetkazgan mansabdor shaxslarning yoki qarzdor mol-mulki egasining yoxud kreditorlar yoki boshqa shaxslarning qasddan qilgan harakatlari bilan bogʻliq qoidabuzarliklar tushuniladi.
Gʻayriqonuniy harakatlarga quyidagilar ham kiradi:
qarzdor mol-mulkining yoki majburiyatlarining hammasini yoxud bir qismini yashirish;
qarzdorning xoʻjalik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq hisobga olishga oid har qanday hujjatini yashirish, yoʻq qilish, buzib koʻrsatish, soxtalashtirish;
mol-mulkni (shu jumladan pul mablagʻlarini) yashirish maqsadida boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berib yuborish;
buxgalteriya hujjatlariga zarur yozuvlarni kiritmaslik;
qarzdorning kreditga olingan va haqi toʻlanmagan mol-mulkining hammasini yoki bir qismini sotish, yoʻq qilish, garov sifatida qoʻyish;
mansabdor shaxslarning yoki qarzdor mol-mulki egasining shaxsiy manfaatlarini yoxud uchinchi shaxslarning manfaatlarini koʻzlab qarzdorning toʻlovga qobiliyatsizligini oshirish;
aylanma mablagʻlarni qaytarmay boshqa maqsadlarga ishlatish;
kreditorlarga zarar yetkazish maqsadini koʻzlagan holda qasddan bankrotlikka olib kelish;
kreditorning talablarini boshqa kreditorlarning zarar koʻrishi hisobiga afzalroq qondirish, shunday qondirishga rozilik berish;
qarzdorning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy toʻlovlar boʻyicha majburiyatini bajarishdan qochish maqsadida qasddan oʻzini oʻzi tugatishi.
191-modda. Nizolarni hal qilish
Bankrotlik jarayonida yuzaga kelgan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal qilinadi.
(191-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik, Fuqarolik protsessual va Iqtisodiy protsessual kodekslariga qarang.
Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(192-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 63-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 375-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda, 15-son, 176-modda, 37-son, 403-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda; 2011-y., 40-son, 411-modda; 2012-y., 52-son, 584-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda, 36-son, 452-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 37-son, 978-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 03/17/448/0126-son; 01.01.2018-y., 03/18/455/0492-son; 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; 14.12.2019-y., 03/19/594/4153-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)