“TASDIQLAYMAN”
Tashqi iqtisodiy aloqalar
vazirligi
Tashqi iqtisodiy aloqalar
vazirligi
“TASDIQLAYMAN”
Madaniyat ishlari
vazirligi
Madaniyat ishlari
vazirligi
“TASDIQLAYMAN”
Moliya vazirligi
Moliya vazirligi
“TASDIQLAYMAN”
Adliya vazirligi
Adliya vazirligi
Eksponatlarni (ko‘rgazma nusxalarini) xorijga olib chiqish hamda xorijda muzey fondi, jamoat va shaxsiy to‘plamlarning ko‘rgazmalarini o‘tkazish
Qoidalari
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1995-yil 6-mayda 140-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
1. Ushbu Qoida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika muzeylari faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 23-dekabr 1994-yil 618-sonli qarorini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan.
2. Ko‘rgazmalar va alohida eksponatlar chet elga O‘zbekiston Respublikasi va chet el mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy hamkorlik bitimlari asosida jo‘natiladi.
3. Ko‘rgazmalar va alohida eksponatlarni muzeylar va boshqa tashkilotlar o‘zaro almashuvi, faqatgina ko‘rgazmani tashkil etayotgan muzey va idoraning yuqori tashkilotga buyrug‘i asosida manfaatdor tomonlarning tegishli shartnomalar asosida ko‘rgazmani o‘tkazish sharoitlari, uning to‘laligiga va zararlanmasligiga kafolat beruvchi, madaniy yodgorliklarni o‘z vaqtida qaytarish shartlari yuridik rasmiylashtirilgan holdagina amalga oshishi mumkin.
4. Ko‘rgazmalar o‘tkazish haqidagi shartnomalarni tuzishda o‘z vaziyati, ishtirokidan maqsadi, o‘zaro foydali iqtisodiy hisob-kitob va kelajak rejalarini hisobga olish lozim. Shartnomada eksponatlarni jo‘natish katalog (eksponat tartibining ro‘yxati) ma’lumotlari va boshqa hujjatlarni olish aniq vaqti, sug‘urta qilish va olib borish shartlari belgilanadi. Shartnomani buzishning mumkin bo‘lgan shartlari ko‘rsatiladi.
5. Tijorat asosida olib borilayotgan ko‘rgazmalar shartnomasida namoyishlar zalining maydoni haqini to‘lash shartlari ko‘rsatiladi. Eksponatlardan foydalanish va asbob-anjomlar, mutaxassislarni jalb etish, qayta tiklash ishlari va boshqalar uchun haq to‘lash shartlari belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Xorijda san’at asarlarini sotish masalasi bo‘yicha avvaldan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi bilan kelishiladi. Sotuvdan tushgan mablag‘ budjetga to‘lovlar va ko‘rgazma tashkilotchilarining vositachilik haqi to‘langach, qolgani san’at asarining egasiga beriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Badiiy ko‘rgazmalarni almashishga egalik huquqi, ichki va tashqi bozorda san’at asarlarini sotish, ularni nazorat qilish va avaylab saqlash, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan olib boriladi. Bu ishlar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi bilan uzviy aloqada olib boriladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
8. Xorijiy ko‘rgazma tarkibiga kiritilgan barcha muzey boyliklari majburiy sug‘urta qilinishi shart. Sug‘urta qilish ko‘rgazmani jo‘natishdan oldin tashkilotlar biri tomonidan tuzilgan shartnomaga binoan va mavjud xalqaro me’yorlar (normalar)ga binoan o‘tkaziladi. Eksponatlarning sug‘urtasi ko‘rgazma davomida o‘z kuchini saqlashi, ularni jo‘natish, saqlash, namoyish va yig‘uv ishlari, ko‘rgazmaning doimiy saqlanadigan joyiga qaytarilguncha bo‘lgan muddatda bo‘lishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashni ta’minlashi kerak.
9. Ko‘rgazmada ishtirok etadigan eksponatlarni ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan ishlab chiqilgan va yuqori tashkilotlar bilan kelishilgan konsepsiyaga binoan tanlab olinadi. Eksponatlarni muzey fondidan tavsiya etish normalari ko‘rgazma konsepsiyasiga muvofiq aniqlanadi, ko‘rsatilgan ko‘rgazma maydoni e’tiborga olinadi va shartnomada ko‘rsatiladi.
10. Eksponatlarni tanlab olishda asosiy e’tibor asarlarning yaxshi saqlanish holatini aniq tekshirilganligi hamda holatini hujjatlashtirish va hujjatlarining to‘g‘riligiga katta e’tibor berish kerak. Chet elga jo‘natilishi lozim bo‘lgan alohida qimmatga ega bo‘lgan eksponatlarni aniqlash uchun maxsus komissiya tuziladi. Uning tarkibi muzey muhofizlari, olimlar, ta’mirchilar kabi malakali mutaxassislardan iborat bo‘ladi, ba’zi vaziyatlarda zaruriyatga qarab o‘zlarining yozma xulosalari bilan rengenologlar ishtirok etadilar.
11. Noyob eksponat hisoblangan, madaniyat va tarixiy yodgorliklar, chet el ko‘rgazmalari uchun olib ketishga ruxsat etilmaydigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nodir tarixiy madaniyat yodgorliklari ro‘yxatida tasdiqlangan tarixiy, ilmiy, badiiy yoki madaniy qimmatga ega bo‘lgan eksponatlarni ko‘rgazma tarkibiga kiritish mumkin emas.
12. Ko‘rgazma badiiy boyliklari iqlim sharoitlari, muzey va ko‘rgazma xonalarining tartibi, tashib olib borish texnologiyasi, muzey eksponatlarining to‘laligi qoidalariga javob bermaydigan, muzey mutaxassislari tomonidan o‘rganilmagan yoki shubha tug‘diradigan mamlakatlarga ko‘rgazmani yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday hollarda ko‘rgazma o‘tkazish shartnomasida o‘zbekistonlik malakali mutaxassislarning ko‘rgazma sharoitlari bilan oldindan tanishishi qayd etilishi kerak.
13. Qimmatli badiiy san’at asarlarini chet ellarda ketma-ket 2-3 joyda namoyish etish maqsadga muvofiq emas. Eksponatlarni chet elda uzoq vaqt ko‘rgazmalarga qo‘yilgan hollarda ko‘rgazma o‘tkazish shartnomasida respublikadan ta’mirchi va boshqa mutaxassislarning asarlarni tekshirish uchun ko‘rgazma o‘tkaziladigan joylarga borishlari ko‘zda tutiladi.
14. Chet elda ko‘rgazmaga qo‘yilgan badiiy qimmatli asarlar va boshqa madaniy yodgorliklar chet el ko‘rgazmalari tarkibiga ko‘rgazmalarni oxirgi marta o‘tkazilgan muddatidan 2-3 yil o‘tgach kirgiziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Madaniy va tarixiy boyliklarni jamoat yoki yakka tartibda tashkilotlar, yoki birodarlashgan shaharlar o‘rtasidagi bevosita ko‘rgazma almashish hollarida, ko‘rgazma tarkibiga kirgizishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi bilan oldindan kelishish ko‘zda tutiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
16. Chet elga jo‘natilayotgan ko‘rgazmalarni, ko‘rgazma o‘tkazilayotgan tomondan zarur bo‘lgan miqdordagi malakali mutaxassislar kuzatib borishi kerak. Ularning zimmasiga shartnoma shartlarini ta’minlashni nazorat qilish:
yaxshi saqlanishini ta’minlash, ishonarli joylash, tashib olib borish, ko‘rgazma namoyish etish va san’at yodgorliklarni respublikaga o‘z vaqtida qaytarib olib kelish ishlari yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Muzey rahbariyatining mas’uliyatlari va boshqa mansabdor shaxslarning, shuningdek, ko‘rgazmani boshqa yerga kuzatib boruvchi shaxslarning mas’uliyatlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan ifodalanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Muzeylar to‘g‘rsida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Respublikadan tashqariga madaniy boyliklarni olib chiqishga O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tomonidan zarur hujjatlar vazirliklar, chet elga ko‘rgazmani yo‘llovchi idora va tashkilotlar tomonidan tavsiya qilingandan so‘nggina ruxsat etiladi. Ruxsatnomani Madaniyat ishlari vazirligi tomonidan tasdiqlangan va Davlat soliq qo‘mitasining 1-fevral 1995-yildagi “O‘zbekiston Respublikasiga madaniy yodgorliklarni olib kelish va vaqtincha olib chiqib ketishni nazorat qilishning tartibi haqida” gi Yo‘riqnomaga ko‘ra ko‘rgazma jo‘natilishidan avval 10 kundan kam bo‘lmagan muddatda rasmiylashtiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
19. O‘zbekistondan madaniy yodgorliklar ko‘rgazmasini chet ellarga olib chiqishga ko‘rgazmani jo‘natish ishlarini ham hisobga olgan muddatda ruxsat etiladi. Ko‘rgazma muddati uzaytirilishi mumkin bo‘lgan holda, shuni tasdiqlovchi zaruriy hujjatlar berilishi shart.
20. Madaniy yodgorliklarni olib chiqib ketishda bojxona organlarining nazorat punktlarida ruxsat etiladi.
21. Jo‘natish oldidan ko‘rgazma yuklari tegishli hujjatlar tomonidan, ko‘rgazmani jo‘natuvchi mamlakat va qabul qiluvchi mamlakat hududida amal qiluvchi qoidalarga binoan bayonnoma rasmiylashtiriladi. Bojxona yuk bayonnomasiga eksponatlar ro‘yxati ilova sifatida barcha kerakli hujjatlar qo‘shib beriladi va eksponatlarning bahosi, og‘irligi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Ko‘rgazma eksponatlarini joylash, joyidan-joyiga tashib olib borish, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi tasdiqlagan muzey boyliklarini ro‘yxatga olish va saqlash yo‘riqnomasi bilan belgilangan qoidalar bo‘yicha bajariladi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
23. Chet elga yuborilayotgan muzey boyliklarini yaxshi saqlanishi maqsadida ko‘rgazma eksponatlarini bojxona tomonidan tekshirish va joylash, jo‘natuvchi muzey hududida albatta ko‘rgazmani kuzatib boruvchi, saqlovchi va qayta tiklovchilar ishtirokida amalga oshiriladi.
24. Nodir san’at asarlari va boshqa madaniy tarixiy yodgorliklarni olib borish qo‘riqlovchilar bilan bajariladi. Kerak bo‘lgan hollarda buning uchun Ichki ishlar vazirligining tegishli organlari ishtirok etadi.
25. Temir yo‘l orqali madaniy boyliklarni tashib olib borish faqatgina yo‘lovchi poyezdi tezligida bajariladi. Avtotransportda ko‘rgazma yuklarini tashiganda maxsus usti yopiq, eksponat joylashgan yashiklarni mahkamlab qo‘yuvchi moslamalar bilan jihozlangan mashinalarda amalga oshiriladi.
26. Ko‘rgazma yuklarini qabul qilib olish vaqtida eksponat solingan moslamalar, qutilar, tamg‘asiga diqqat bilan e’tibor berish kerak. Yuk joylashuvining buzilganligi, yukning yetishmasligi, haqiqiy og‘irligining yo‘l hujjatlarida ko‘rsatilganidan farq qilishi, eksponatlarga zarar yetganligi ma’lum bo‘lganda transport mutaxassislari ishtirokida akt tuziladi.
27. Vaqtincha olib chiqib ketilgan muzey boyliklari respublikaga qaytarib olib kelingandan keyin, ko‘rgazmani chet elga jo‘natgan mas’ul tashkilot tomonidan tayinlangan maxsus komissiya tekshiruvidan o‘tishi shart.
28. Madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi chet ellarga ushbu qoida va boshqa amaldagi yo‘riqnomalarni buzgan holda olib chiqib ketish oqibati O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ko‘zda tutilgan javobgarlikka tortiladi.