|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.06.2016
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
AHOLIGA SOTILADIGAN OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING
ChAKANA NARXLARINI VA XIZMATLARNING TARIFLARINI
QAYTA KO‘RIB ChIQISh TO‘G‘RISIDA
ChAKANA NARXLARINI VA XIZMATLARNING TARIFLARINI
QAYTA KO‘RIB ChIQISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-iyundagi 210-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
MDH mamlakatlaridan keltiriladigan energiya manbalari va oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari oshirilganligi munosabati bilan, respublika aholisini birinchi navbatda zarur bo‘lgan eng muhim oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va xizmat ko‘rsatish sohasi rivojlantirilishini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1993-yilning 1-iyunidan boshlab ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining chegaralangan chakana narxlari 1-ilovaga muvofiq belgilansin.
2. Guruchning chakana narxlari shartnomaviy (erkin) narxlar toifasiga o‘tkazilsin.
2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-iyundagi 276-son “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 259-sonli qaroriga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘zgartirish kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
3. Aholiga ko‘rsatiladigan ayrim xizmat turlari tariflarini oshirishning chegaralangan koeffitsiyentlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi:
— ushbu qarorga berilgan 1-ilovaga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlari chakana narxlarining yangi preyskurantlari, shuningdek qayta baholash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar o‘z vaqtida bosib chiqarilishini hamda manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yetkazilishini ta’minlasin;
chegaralangan chakana narxlar bilan sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining ulgurji narxlarini ikki hafta muddat ichida qayta ko‘rib chiqsin;
bir hafta muddat ichida 2-ilovaga muvofiq xizmatlarning yangi tariflari preyskurantlarini tasdiqlasin hamda ularning barcha manfaatdor vazirliklarga, idoralarga, korxonalar va tashkilotlarga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlasin;
— bir hafta muddat ichida Uy-joy-kommunal xo‘jaligi vazirligiga, “O‘zavtotrans” korporatsiyasiga va “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasiga beriladigan yordam puli miqdorlarini aniqlasin.
5. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
— “Oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini tartibga solish hamda chorva va sutning xarid narxlarini oshirish to‘g‘risida” 1992-yil 16-oktabrdagi 475-son qarorning 1-ilovasi;
“Go‘sht va qand-shakarning chegaralangan chakana narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risida” 1993-yil 5-fevraldagi 62-son qaror;
“Chorva, sut, kartoshka, meva-sabzavot mahsulotlari asosiy turlarining chegaralangan xarid narxlarini o‘zgartirish hamda ayrim oziq-ovqat mahsulotlarining chakana narxlarini tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-apreldagi 180-son qaroriga berilgan 4-ilovadagi o‘simlik yog‘i, go‘sht, qaymog‘i olinmagan sut, makaron chakana narxlarining chegaralangan miqdorlari;
“Energiya resurslarining narxlarining davlat yo‘li bilan tartibga solish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 16-oktabrdagi 474-son qarorida berilgan 2-ilovadagi markazdan isitish va issiq, suv ta’minoti tariflarining chegaralanmagan miqdorlari;
“Aholiga sotiladigan yoqilg‘i, energiya va ko‘rsatiladigan xizmatlar chakana narxlari hamda tariflarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-avgustdagi 381-son qarorida berilgan ilovadagi vodoprovod va kanalizatsiya xizmatlarining chegaralangan tariflari;
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 30-dekabrdagi 598-son qarori;
— O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-sentabrdagi 442-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 27-may,
259-son
Belgilangan me’yorlarda aholiga sotiladigan ijtimoiy
ahamiyatdagi oziq-ovqat mahsulotlari chakana narxlarining
ahamiyatdagi oziq-ovqat mahsulotlari chakana narxlarining
ChEGARaLANGAN MIQDOrLARI
|
N o m i |
O‘lchov birlik |
Birlik uchun o‘rta hisobdagi |
| Non /oq, qora, javdari, qolipda pishirilgan* | kg | 20 |
| Un | kg | 30 |
| Makaron | kg | 100 |
| O‘simlik yog‘i | kg | 100 |
| Choy | kg | 250 |
| Qand-shakar | kg | 200 |
| Go‘shtning barcha turlari | | |
| Parranda go‘shtidan tashqari | kg | 400 |
| Sut /qaymog‘i olinmagani* | l | 40 |
| Kir sovun | dona | 30 |
| | | |
*Non va sutni qanchadan berish me’yori belgilanmaydi.
1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 16-iyuldagi 360-son “1993-yilning 20-iyulidan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlari ayrim turlarining shartnomaviy (erkin) xarid va chakana narxlariga o‘tish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, non va unga oid qismidan tashqari, o‘z kuchini yo‘qotgan.
1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 17-sentabrdagi 463-son “Un va nonning chakana narxlarini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq un va non narxlariga taalluqli qismi o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 14-oktabrdagi 494-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)