|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 27.05.1993
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ALOQA XIZMATLARI UChUN TARIFLARNI O‘ZGARTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 27-maydagi 259-sonli “Aholiga sotiladigan oziq-ovqat mahsulotlarining chakana narxlarini va xizmatlarning tariflarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Elektr energiyasi, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar qiymati va pochtalarni tashish uchun tariflar oshgan sharoitlarda aloqa tarmoqlarining mo‘tadil ishlashini ta’minlash va ularni yanada rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1992-yilning 1-oktabridan boshlab aholiga ko‘rsatiladigan aloqa xizmatlarining ayrim turlari bo‘yicha erkin tariflarga o‘tish amalga oshirilsin, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan: xatlar va pochta kartochkalari, telegrammalarni jo‘natish va telefon apparati uchun abonement to‘lovi bo‘yicha tariflar bundan mustasnodir.
2. 1992-yilning 1-oktabridan boshlab aholiga cheklangan tariflar saqlanadigan aloqa xizmatlari ko‘rsatish uchun amaldagi tariflar, shu jumladan:
xatlar va pochta kartochkalarini jo‘natish uchun 4 baravar;
telegramma berish uchun 2 baravar;
telefon apparati uchun abonement to‘lovi 3 baravar oshirilsin.
3. 1993-yilning 1-oktabrigacha amalda bo‘lgan, ilgari qabul qilingan qarorlarga muvofiq respublika aholisining alohida toifalariga aloqa xizmatlari uchun to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlar saqlab qolinsin.
4. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 9-yanvardagi 4-son qarori bilan tasdiqlangan aloqa xizmatlari uchun tariflarning cheklangan miqdorlari bekor qilinsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 23-sentabr,
442-son