Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
o‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
IShLAB ChIQARILADIGAN VA REALIZATSIYA QILINADIGAN TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR) BO‘YIChA QO‘ShILGAN QIYMAT SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 20-aprelda 1238-3-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yilgi “Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 610-conli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 523-modda) muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2003-yil 7-martdagi 43 va 2003-37-sonli qaror bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqariladigan va realizatsiya qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (2003-yil 29-aprel, ro‘yxat raqami 1238 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-yil, 7-8-son; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 40-41-son, 442-modda) ilovaga* binoan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-yanvar,
22-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 31-yanvar,
2005-15-son