Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun davlat soliq xizmati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning (bundan buyon matnda soliqlar deb yuritiladi) budjetga toʻliq va oʻz vaqtida tushishini taʼminlash maqsadlarida tuziladi.
(1-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
2-modda. Soliq nazorati
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq nazorati soliq toʻlovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat.
Soliq nazorati davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarni, soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bogʻliq obyektlarni, budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushayotgan tushumlarni hisobga olish, soliq tekshiruvlari vositasida hamda soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa shakllarda amalga oshiriladi.
(2-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Davlat soliq xizmati organlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari quyidagilardir: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tarkibida hududiy boʻlinmalarga ega boʻlgan: soliq toʻlovchilar – yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslarning nazorat hamda hujjat asosidagi tekshiruvini va moliya-xoʻjalik faoliyati taftishini amalga oshiruvchi maxsus nazorat-taftish boʻlinmasi, shuningdek davlat soliq xizmati organlarida rejim va xodimlar bilan ishlash boʻyicha maxsus boʻlinma tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi.
Davlat soliq xizmati organlari oʻz faoliyatini davlat boshqaruv organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil tarzda qonunchilikka muvofiq amalga oshiradi.
(3-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat soliq xizmati organlarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari barcha soliq toʻlovchilar — yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Davlat soliq xizmati organlari yuridik shaxslar boʻlib, respublika budjeti mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi bitilgan muhrga ega boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparati tuzilmasi, uning xodimlari cheklangan soni bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalarining namunaviy tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-sonli “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4-modda. Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari
Davlat soliq xizmati organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat soliq siyosatini amalga oshirish hamda soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi ustidan nazoratni taʼminlash;
soliqlarning soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻliq hamda oʻz vaqtida tushishini taʼminlash;
(4-moddaning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
soliq toʻlovchilarni va soliq solish obyektlari oʻz vaqtida hamda ishonchli hisobga olinishini taʼminlash, ularning toʻliq qamrab olinish mexanizmlarini soliq maʼmuriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilgʻor avtomatlashtirilgan tahlil uslublarini keng joriy etish orqali takomillashtirish;
soliq solinadigan bazani kengaytirish boʻyicha tahlil qilish va taʼsirchan choralar ishlab chiqish, shu jumladan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻzgarishi va hududlarning soliq salohiyatini tizimli tahlil qilish orqali taʼsirchan choralar ishlab chiqish, soliqlar yigʻilishini oshirish boʻyicha choralarni amalga oshirish, soliq nazoratini amalga oshirishning zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlarga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha kompleks tadbirlarni bajarish;
pul mablagʻlarining gʻayriqonuniy aylanishi manbalariga barham berish, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan naqd pul tushumining toʻliq va oʻz vaqtida topshirilishi ustidan muntazam nazoratni taʼminlash;
soliq toʻlovchilar bilan ishlashni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan soliq toʻlovchilarga muloqotsiz elektron xizmat koʻrsatishga oʻtish yoʻli bilan amalga oshirish;
soliq toʻlovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishda har tomonlama koʻmaklashish;
soliqlarning ixtiyoriy ravishda toʻlanishini taʼminlashga qaratilgan, soliq toʻlovchilarning huquqiy madaniyatini oshirish boʻyicha ishlarni takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, yuridik va jismoniy shaxslarning faoliyatini ragʻbatlantirishga, ularga zarur imtiyozlar va preferensiyalar berishga doir qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
bozorlar va savdo komplekslarining moliya-xoʻjalik faoliyati, ular tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish hamda ularning hududida aniqlangan huquqbuzarliklar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv oʻtkazib, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish;
(4-moddaning oʻninchi va oʻn birinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan davlat budjetini shakllantirish masalalari boʻyicha hamkorlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(4-moddaning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta hamda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirish chogʻida qonunchilikka rioya etilishi ustidan oʻz vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirish;
(4-moddaning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, soliq organlarini yuksak maʼnaviy-axloqiy sifatlarga ega boʻlgan malakali xodimlar bilan toʻldirish, korrupsiya va ishga rasmiyatchilik bilan yondashish faktlariga barham berish boʻyicha tizimli ishlarni amalga oshirish, shuningdek xodimlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini va ular uchun xizmatni oʻtashning munosib shart-sharoitlari yaratilishini taʼminlash.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
5-modda. Davlat soliq xizmati organlarining huquqlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
1) soliq toʻlovchilarda moliyaviy hujjatlar, shartnomalar (kontraktlar), rejalar, smetalar, daromadlar haqidagi deklaratsiyalar hamda soliqlarni hisoblab chiqarish va toʻlash, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarning, shu jumladan elektron hujjatlarning, shuningdek eksport-import operatsiyalari bilan bogʻliq hujjatlarning tekshiruvlarini oʻtkazish;
(5-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-418-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 1-modda)
2) soliq tekshiruvi oʻtkazayotganda:
daromadlar olish uchun soliq toʻlovchilar tomonidan foydalanilayotgan yoxud soliq solish obyektlarini saqlab turish bilan bogʻliq hududni, ishlab chiqarish binolari, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish;
mol-mulkni inventarizatsiya qilish va bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar hajmining nazorat oʻlchovlarini oʻtkazish;
kassalarni hamda tovar-moddiy boyliklar va hujjatlar (shu jumladan elektron tarzidagi) saqlanadigan joylarni muhrlab qoʻyish;
soliqlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash bilan bogʻliq hujjatlarni talab qilib olish;
hujjatlarni (koʻchirma nusxalarni, shuningdek asl nusxalarni), shu jumladan elektron hujjatlarni, shuningdek predmetlarni (tovarlar, buyumlar, xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning namunalarini) olib qoʻyish, bundan soliq toʻlovchining faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga sabab boʻladigan hujjatlar hamda predmetlar mustasno. Soliq toʻlovchining faoliyatini toʻxtatib qoʻyishga sabab boʻladigan hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish faqat sud qarori asosida amalga oshiriladi;
soliq toʻlovchidan, shuningdek soliq toʻlovchining rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxslardan, boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olish;
tarjimonni, ekspertni jalb etish va ekspertiza tayinlash;
Oldingi tahrirga qarang.
soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikning aniqlangan buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish;
(5-modda birinchi qismi 2-bandining toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3) savdo, tovarlarni berish va pullik xizmatlar koʻrsatish qoidalariga, shuningdek naqd pul tushumining bankka oʻz vaqtida topshirilishiga rioya etilishini tekshirish;
4) soliq tekshiruvlari oʻtkazilayotganda fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarida saqlanayotgan maʼlumotlardan foydalanish;
5) soliq toʻlovchi tomonidan hisob hujjatlari yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda, budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻtkazilishi lozim boʻlgan soliqlar summasini soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi, shuningdek unga oʻxshash boshqa soliq toʻlovchilar haqidagi oʻzlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida hisob-kitob qilish orqali mustaqil ravishda aniqlash;
6) soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati mobaynida soliqlarni hisoblash yoki ularning hisoblangan summasini qayta koʻrib chiqish;
7) soliqlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshirayotgan davlat organlari va tashkilotlarini soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq undirib olinishi hamda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga oʻz vaqtida oʻtkazilishi yuzasidan nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
8) soliq tekshiruvini oʻtkazishga soliq toʻlovchi tomonidan toʻsqinlik qilingan yoki soliq toʻlovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bogʻliq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni koʻzdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilgan hollarda, banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish yuzasidan sud tartibida choralar koʻrish (bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirish aniqlangan hollar mustasno);
(5-modda birinchi qismining 8-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
81) tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishni kirim hujjatlarini rasmiylashtirmasdan amalga oshiruvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarini besh bank kunigacha boʻlgan muddatga vaqtincha toʻxtatib turish;
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan 81-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
82) soliq toʻlovchi qayd etilgan manzilda boʻlmagan, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari boʻyicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan hollarda banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish. Soliq toʻlovchining banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror vujudga kelguniga qadar banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar toʻxtatilgan shart-sharoitlarni oʻz ichiga olishi kerak.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuniga asosan 82-band bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9) qonunchilikda belgilangan tartibda:
(5-modda birinchi qismi 9-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
soliqlarga oid huquqbuzarliklar haqidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qoʻllash. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralari sud tartibida qoʻllaniladi, ular sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlgan va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollar bundan mustasno;
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 168, 218-moddalari.
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 264-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
10) soliqlarga oid huquqbuzarliklarning aniqlangan faktlari boʻyicha tovar-moddiy boyliklarni qonunchilikda belgilangan hollarda va tartibda davlat daromadiga oʻtkazish. Soliq toʻlovchilar — yuridik shaxslarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning tovar-moddiy boyliklarini davlat daromadiga oʻtkazish sud tartibida amalga oshiriladi;
(5-modda birinchi qismining 10-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
11) soliq toʻlovchilarning gʻayriqonuniy ravishda olgan mablagʻlarini davlat daromadiga undirish haqida ularga nisbatan sudda daʼvolar qoʻzgʻatish;
12) soliq toʻlovchiga majburiyatini bajarishi zarurligi haqida hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan koʻriladigan choralar toʻgʻrisida talabnoma yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
13) soliq toʻlovchi soliq hisoboti taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻn kun ichida yozma ariza, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yuboriladigan ariza bermagan taqdirda, soliqlarning ortiqcha toʻlangan summalarini boshqa turdagi soliqlar boʻyicha soliq qarzini, penya va jarimalarni uzish hisobiga hisobga olishni amalga oshirish toʻgʻrisida tegishli moliya organlariga mustaqil ravishda xulosa taqdim etish;
(5-modda birinchi qismining 13-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
14) Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan hollarda, agar hujjatlar chet tilida tuzilgan boʻlsa, ularning notarial tartibda tasdiqlangan davlat tilidagi tarjimasini talab qilish;
15) taxmin qilinayotgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasi hisobot davri uchun budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi summasiga nisbatan 10 foizdan koʻproq kamaytirilgan taqdirda, joriy toʻlovlarni yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻining haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qayta hisoblash;
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yigʻimlar, ijara haqi toʻliq tushishi va ularning topshirilishi hisobga olinishiga, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar asosida qabul qilish boʻyicha hisob-kitob terminallaridan foydalanilishiga, shuningdek savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishiga oid qisqa muddatli tekshiruvlar oʻtkazish;
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 15-sentabrdagi OʻRQ-256-sonli Qonuniga muvofiq 16-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 37-son, 314-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17) bozorlar, savdo komplekslari hududlarida va ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida aniqlangan moliyaviy-iqtisodiy va soliq sohalarida huquqbuzarliklar sodir etilganligi faktlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazish, ular boʻyicha jinoyat ishlari qoʻzgʻatish, jinoyat ishlarini tergovga tegishliligiga koʻra huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirish.
(5-moddaning birinchi qismi 17-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari ushbu Qonunda va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan oʻzga huquqlarga ham egadirlar.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu modda birinchi qismining 1—7-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga, 8—15-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar faqat davlat soliq xizmati organlari boshliqlariga va ularning oʻrinbosarlariga, 16 va 17-bandlarida nazarda tutilgan huquqlar esa davlat soliq xizmati organlarining qonunchilikda vakolat berilgan boʻlinmalari mansabdor shaxslariga belgilangan tartibda beriladi.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat soliq xizmati organlari davlat statistika, axborot, arxiv, maʼlumot va boshqa tashkilotlarining soliq toʻlovchilar haqidagi maʼlumotlarni berish yuzasidan koʻrsatadigan xizmatlari (bajaradigan ishlari) uchun haq toʻlashdan ozod qilinadi.
6-modda. Davlat soliq xizmati organlarining majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari:
Oldingi tahrirga qarang.
1) soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻliq hamda oʻz vaqtida toʻlanishi, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarining toʻgʻri va toʻliq hisoblab chiqarilishi hamda oʻz vaqtida kiritilishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirishi, ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishi;
(6-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2) soliq toʻlovchilarning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishi;
3) soliq toʻlovchilar, soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bogʻliq obyektlar, hisoblab chiqarilgan va toʻlangan soliqlarning toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olinishini, shuningdek jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish tartibiga rioya etishlari yuzasidan nazoratni taʼminlashi;
4) soliq tekshiruvlari oʻtkazilayotganda soliq toʻlovchilarga ularning huquqlari va majburiyatlarini maʼlum qilishi, shuningdek tekshirishlarni tartibga solishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi;
5) soliq toʻlovchilarga oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari toʻgʻrisida maʼlum qilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
6) soliq toʻlovchilarga soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini oʻz vaqtida yetkazishi;
(6-modda birinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7) soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi faktlarini yigʻishi, tahlil etishi va baholashi hamda soliqlarga oid huquqbuzarliklarga yoʻl ochib berayotgan sabablar va sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida tegishli organlarga takliflar kiritishi;
(6-modda birinchi qismining 7-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8) huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda soliqlarga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashning uzoq muddatli va joriy dasturlarini ishlab chiqishi hamda amalga oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
9) soliqlar toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi arizalarni, xabarlar va boshqa axborotni tekshirishi;
(6-modda birinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10) davlatga yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga meros huquqi boʻyicha oʻtgan xazinalar va mol-mulkning hisobini yuritishi, ularni baholashi hamda ularning oʻtkazilishini nazorat etishi;
11) davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkning realizatsiya qilinishidan olingan pul mablagʻlarining davlat daromadiga toʻliq va oʻz vaqtida tushishi yuzasidan nazorat olib borishi, shuningdek davlat organlariga tekin oʻtkazilgan mol-mulk hisobini olib borishi;
Oldingi tahrirga qarang.
12) masalani hal etish davlat soliq xizmati organlarining vakolat doirasidan chiqqan hollarda, qonunchilik buzilganligi faktlariga doir materiallarni prokuratura, ichki ishlar, davlat xavfsizlik xizmati organlariga va sudlarga topshirishi;
(6-modda birinchi qismining 12-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
13) valyuta hamda eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishning belgilangan tartibiga soliq toʻlovchilar – yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida nazoratni amalga oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
14) soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qonunchilikka muvofiq sir tutilishiga rioya etishi;
(6-modda birinchi qismining 14-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 29-moddasi.
15) oʻz boʻysunuvidagi boʻlinmalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishi;
16) soliq toʻlovchining talabiga binoan soliqlarni toʻlash boʻyicha soliq majburiyatlarining ijro etilishiga doir solishtirma dalolatnoma tuzishi;
Oldingi tahrirga qarang.
17) soliq toʻlovchining debitoriga uning kreditorlik qarzi borligi haqida imzolash uchun soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan oʻzaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini va kreditorlik qarzi mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarning koʻchirma nusxalarini ilova qilgan holda yozma bildirish, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali bildirish yuborishi;
(6-modda birinchi qismining 17-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18) ortiqcha toʻlangan soliq summasini mazkur soliq turi boʻyicha penya va jarimalarni uzish hisobiga soliq toʻlovchining arizasisiz mustaqil ravishda hisobga olishi hamda bu haqda hisobga olish amalga oshirilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida soliq toʻlovchini yozma shaklda, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabardor etishi;
(6-modda birinchi qismining 18-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-455-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19) qonunchilikka muvofiq soliq qarzi summasini soʻzsiz undirishi;
(6-modda birinchi qismining 19-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 15-bobi.
20) undiruvni soliq toʻlovchiga uning debitorlaridan oʻtkazilishi lozim boʻlgan summaga qaratishi;
21) yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlarini, yakka tartibdagi tadbirkorlarni hisobga qoʻyishi, shu jumladan davlat maqsadli jamgʻarmalariga ijtimoiy sugʻurta badallari toʻlovchilari sifatida (tegishli davlat maqsadli jamgʻarmalari toʻlovchilari boʻlgan subyektlar uchun) hisobga olishi, ularga soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini (STIR) berishi hamda bu raqamni statistika va roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlarga rasman maʼlum qilishi;
22) davlat soliq xizmati organlarida hisobda turmagan soliq toʻlovchilar aniqlangan taqdirda, ularga belgilangan tartibda hisobga turish toʻgʻrisida talabnoma taqdim etishi;
23) jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi oʻzgargan taqdirda, mazkur soliq toʻlovchiga taalluqli barcha materiallarni uning yangi yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga topshirishi;
24) soliq toʻlovchining talabi boʻyicha mazkur soliq toʻlovchining hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomani, shu jumladan oʻzgarishlar kiritilgan hisob maʼlumotlari ham koʻrsatilgan holdagi maʼlumotnomani berishi;
25) shaxsan olib borib berish tartibida taqdim etiladigan soliq hisobotini qabul qilishda soliq toʻlovchining talabiga binoan soliq hisobotining koʻchirma nusxasiga hisobot qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyishi, soliq hisoboti telekommunikatsiya tarmoqlari orqali elektron hujjat tarzida qabul qilib olinganda esa, soliq toʻlovchiga elektron tarzidagi hisobot qabul qilib olinganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma yuborishi;
Oldingi tahrirga qarang.
26) soliq toʻlovchilarni hisobga olish maʼlumotlari, shuningdek ularning moliyaviy hisobotlari toʻgʻrisidagi axborotni kredit byurolarining soʻroviga koʻra taqdim etishi;
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi OʻRQ-321-sonli Qonuniga muvofiq 26-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
27) soliq qarzi boʻlgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, jismoniy shaxs hisobga qoʻyilgan va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi davlat soliq xizmati organi vafot etgan shaxsning merosxoʻri (merosxoʻrlari) toʻgʻrisida axborot olingan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida merosxoʻrga (merosxoʻrlarga) soliq qarzi borligini maʼlum qilishi shart.
(6-moddaning birinchi qismi 26-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 10-apreldagi OʻRQ-321-sonli Qonuniga muvofiq yigirma yettinchi band bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 15-son, 163-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Davlat soliq xizmati organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlatning boshqa boshqaruv organlari, davlat hokimiyati mahalliy organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qiluvchi, statistika va moliya organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda bajaradilar. Mazkur organlar va tashkilotlar soliq haqidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish va soliqlar boʻyicha huquqbuzarliklarga qarshi kurashda davlat soliq xizmati organlariga koʻmaklashishlari shart.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, moliya organlari, banklar soliqlar boʻyicha huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar, oʻtkazilayotgan tekshiruvlar toʻgʻrisida oʻzaro kelishuv boʻyicha aniqlanadigan tartibda bir-birini xabardor qiladi, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik qilishdan foydalangan holda xabardor qiladi, shuningdek oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-396-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq soliq solish masalalariga daxldor normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
(7-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchilarning hisobga olinishini va soliq haqidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida banklar:
(7-modda toʻrtinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
1) xoʻjalik yurituvchi subyektlar davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatga olinganliklarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirdagina ular uchun hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlari ochishlari mumkin va bu hisobvaraqlar ochilganligi haqida ular ochilgan kunning ertasidan kechiktirmay mazkur organga xabar beradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
2) xoʻjalik yurituvchi subyektlar budjet oldidagi oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar.
(7-moddaning toʻrtinchi qismi 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-59-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3) davlat soliq xizmati organlarining soliq toʻlovchi mijozlardan belgilangan muddatda toʻlanmagan soliqlar va jarimalarni soʻzsiz undirish toʻgʻrisidagi farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish haqidagi, mualliflik shartnomalari boʻyicha haq toʻlashga doir, shuningdek hayot va sogʻliqqa yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablagʻlari oʻtkazilishi yoki berilishini nazarda tutadigan ijro hujjatlari boʻyicha mutanosib ravishda bajaradilar;
(7-moddaning toʻrtinchi qismi uchinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
4) soliq toʻlovchi mijozning mablagʻlari boʻlsa, uning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaragʻidan mablagʻlarni hisobdan chiqarish operatsiyasi amalga oshirilgan kuni soliqlar va jarima summalarini budjet daromadiga oʻtkazadilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-moddaning toʻrtinchi qismi beshinchi bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447–II-son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6) soliq toʻlovchi — mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan pul mablagʻlari berish, oʻtkazish yoki ularni hisobdan chiqarishga doir operatsiyalarni davlat soliq xizmati organlarining yozma talabi boʻyicha toʻxtatib qoʻyadi. Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, ushbu Qonun 5-moddasi birinchi qismining 8-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(7-modda toʻrtinchi qismining 6-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-242-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 557-modda)
7) davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga:
yuridik shaxslarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlari;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxslarning depozit va boshqa hisobvaraqlari boʻyicha amalga oshirilgan operatsiyalarni tekshirish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyadilar;
(7-modda toʻrtinchi qismi 7-bandining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi.
8) davlat soliq xizmati organlarining soʻrovnomasiga koʻra ularga soʻralayotgan davr mobaynida soliq toʻlovchi mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan operatsiyalar va ana shu hisobvaraqlarda pul mablagʻlarining bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadilar;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Bank siri toʻgʻrisida”gi Qonunining 11-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
9) davlat soliq xizmati organlarining soʻrovnomasiga koʻra eksport-import kontraktlarining ijrosiga doir maʼlumotlarni va qonunchilikda belgilangan boshqa axborotni taqdim etadilar.
(7-modda toʻrtinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (roʻyxat raqami 2467, 12.06.2013-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
10) olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa — uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari boʻyicha pul operatsiyalari oʻtkazish bilan bogʻliq moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmaganligi munosabati bilan korxonalarning hisobvaraqlari yopilgan sanadan eʼtiboran ularning faoliyatni davom ettirishi maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalalarni belgilangan tartibda ishlab chiqish uchun axborotni ularni hisobga olgan joydagi davlat soliq xizmati organiga uch ish kuni mobaynida taqdim etadilar.
(7-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuniga asosan oʻninchi band bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11) qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat soliq xizmati organlariga boshqa axborotni ham taqdim etadilar.
(7-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni asosida 11-band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Banklar soliq toʻlovchi mijozlarning soliqlar, shuningdek jarima summalarini oʻtkazish haqidagi topshiriqlarini bajarishni kechiktirishi taqiqlanadi.
Bank aybi bilan soliq toʻlovchi mijozning yoki davlat soliq xizmati organining soliqlarni oʻtkazish haqidagi topshirigʻi bajarilmagan (bajarish kechiktirilgan) taqdirda bank va boshqa moliya-kredit tashkilotidan har bir kechiktirilgan kun uchun oʻtkazilmagan soliqlar summasining 0,5 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi.
(7-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-138-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
8-modda. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish chogʻida davlat hokimiyati vakili hisoblanadilar. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining soliq haqidagi qonunchilikka rioya qilish xususidagi talablari barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi shart.
Hech kim davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga aralashishga haqli emas. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining oʻz xizmat vazifalarini bajarishlariga toʻsqinlik qilinish, ularning oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan ularning shaʼni va qadr-qimmatini haqoratlash, ularga qarshilik koʻrsatish, tahdid qilish, zoʻravonlik qilish yoki ularning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga tajovuz qilish qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka sabab boʻladi.
(8-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 198-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi.
9-modda. Uchastka soliq inspektori
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq toʻlovchilar, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bogʻliq obyektlar toʻliq va oʻz vaqtida hisobga olinishini taʼminlash maqsadida davlat soliq xizmati organlarida uchastka soliq inspektorlari lavozimi tashkil etiladi. Uchastkalarning chegaralari, shuningdek uchastka soliq inspektorlarining soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan normativlar boʻyicha belgilanadi.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-197-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Uchastka soliq inspektorlari oʻzlariga biriktirilgan uchastkada mol-mulk soligʻi va yer soligʻi toʻlovchi jismoniy shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarni hisobga olish yuzasidan tegishli ishlarni bajaradilar hamda ular tegishli soliqlarni oʻz vaqtida toʻlashlarini nazorat qiladilar.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 27-avgustdagi 671-II-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 408-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10-modda. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod qilinadi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi OʻRQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
(10-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 14-avgustdagi OʻRQ-1166-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.08.2026-y., 03/26/1166/0842-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining mansabdor shaxslari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari boʻlimlarining boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalaridagi ichki audit, shuningdek shaxsiy xavfsizlik boʻlimlarining mansabdor shaxslari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi va boshliq oʻrinbosarlari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi boʻlimlarining boshliqlari, Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasining shaxsiy xavfsizlik boʻlimi mansabdor shaxslari, tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspeksiyalarining boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
(10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi OʻRQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
Davlat soliq xizmati organlarining ushbu moddaning birinchi — uchinchi qismlarida sanab oʻtilmagan mansabdor shaxslari davlat soliq xizmati tegishli organining rahbari tomonidan tayinlanadi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
11-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining maxsus unvonlari
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
soliq xizmatining bosh davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining II darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining III darajali davlat maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali maslahatchisi;
soliq xizmatining II darajali maslahatchisi;
soliq xizmatining III darajali maslahatchisi;
soliq xizmatining I darajali inspektori;
soliq xizmatining II darajali inspektori;
soliq xizmatining III darajali inspektori;
soliq xizmatining inspektori.
Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisida nizom”ning V bobi.
12-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari va qarorlari ustidan shikoyat qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(12-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
13-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmatining mansabdor shaxslari quyidagilar uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda javobgar boʻladilar:
(13-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
oʻz vazifalarini bajarmaganligi yoxud zarur darajada bajarmaganligi, ijro intizomini buzganligi uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmaganligi uchun;
(13-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida fuqarolarga, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazganligi uchun;
oʻzining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida xoʻjalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirib yuborganligi va soliq solish bazasini kamaytirib yuborganligi uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq boʻlmagan qarorlar qabul qilganligi uchun;
(13-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
boshqa huquqbuzarliklari uchun.
Soliq organlari mansabdor shaxslarining soliq tekshiruvini amalga oshirish chogʻidagi gʻayriqonuniy harakatlari bilan yetkazilgan zararlar qonunda belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Batafsil maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 15 va 990-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq organlari xodimlarining oʻz xizmat vakolatlari doirasidan chetga chiqqanligi, shuningdek zimmasiga yuklangan xizmat vazifalarini bajarmaganligi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilab qoʻyilgan tartibda intizomiy, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Batafsil maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI1 bobi (“Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilganlik, qonunga xilof ravishda aralashganlik hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik”), Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XIII1 bobi (“Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish bilan bogʻliq jinoyatlar hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar”) va 205—214-moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari va xodimlarini ijtimoiy himoyalash, ularning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarini muhofaza qilish
(14-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ijtimoiy himoyasi davlat tomonidan kafolatlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek xodimlari qonunda belgilangan tartibda ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurtalanishi lozim.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 10-dekabrdagi 631-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlari xodimlarining majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha sugʻurta summalari va sugʻurta tariflari miqdori toʻgʻrisida”gi qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslari oʻz xizmat faoliyatlarini bajarishlari bilan bogʻliq holda halok boʻlsa, ularga tan jarohati yetkazilsa, tegishli ravishda, halok boʻlgan shaxsning oilasiga yoki davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxsiga qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxsi oʻz xizmat faoliyatini amalga oshirishi munosabati bilan uning mol-mulkiga yetkazilgan zarar respublika budjeti mablagʻlaridan qoplanadi va bu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining moddiy va ijtimoiy taʼminoti
(15-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining ish haqi — mansab maoshi, maxsus unvon, koʻp yil xizmat qilganligi uchun toʻlanadigan ustama haqlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda toʻlanadigan boshqa qoʻshimcha haqlardan iborat boʻladi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus unvon berilgan shaxslar belgilangan normalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi bepul maxsus formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadilar.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarida maxsus fond tashkil etilishi mumkin, uni hosil qilish tartibi qonunchilikda belgilab qoʻyiladi.
(15-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga davomiyligi yigirma toʻrt ish kunidan iborat boʻlgan haq toʻlanadigan har yilgi taʼtillar beriladi. Davlat soliq xizmati organlarining oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan mansabdor shaxslariga davomiyligi besh ish kunidan, yigirma besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan mansabdor shaxslariga esa davomiyligi oʻn ish kunidan iborat boʻlgan haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtillar berilishi mumkin. Bunda taʼtillar uchun haq toʻlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(15-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi OʻRQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksining 233-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
151-modda. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslarini uy-joy maydoni bilan taʼminlash
Davlat soliq xizmati organlarining uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan mansabdor shaxslari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
Davlat soliq xizmati organlari xizmat uy-joy fondiga ega boʻlishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 811-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom.
Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda yakka tartibda uylar yoki kvartiralar olish huquqi beriladi.
(151-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-oktabrdagi 811-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va koʻzda tutilmagan xarajatlar maxsus jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom.
16-modda. Xalqaro hamkorlik
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq tajriba almashish, soliq haqidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish usullarini oʻrganish va joriy etish, kadrlarni oʻqitish maqsadida hamda boshqa masalalar boʻyicha xorijiy davlatlarning soliq va boshqa organlari bilan aloqalar oʻrnatishi mumkin.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 29-avgust,
474-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2001-y., 5-son, 89-modda; 9-10-son, 182-modda; 2003-y., 1-son, 8-modda; 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 408-modda; 51-son, 514-modda; 2005-y., 21-son, 148-modda; 37-38-son, 280-modda; 51-son, 376-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 52-son, 557-modda; 2010-y., 37-son, 314-modda; 2012-y., 15-son, 163-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2015-y., 52-son, 645-modda; 2017-y., 1-son, 1-modda, 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2017-y., 03/18/455/0492-son; 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; 2019-y., 2-son, 47-modda, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son; 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son; 14.08.2026-y., 03/26/1166/0842-son)