Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
SAYYOHLIK TASHKILOTLARI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA
Turizmni yanada rivojlantirish va uni tashkil etishni takomillashtirish, sayyohlik xizmatlari bozorida kichik va oʻrta sayyohlik tashkilotlarining qatnashishini faollashtirish, shuningdek xorijiy investorlarni turizm sohasiga keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining, shuningdek xususiy turistik firmalarning Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasiga, sayyohlik tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish, marketing, malakali kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek sayyohlik faoliyati sohasida qonun hujjatlariga rioya qilish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarda uslubiy va huquqiy yordam koʻrsatishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
2. Quyidagilarga:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)
4. Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari:
Buyuk ipak yoʻlini tiklashda, respublikada turizmning zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirishda faol qatnashish;
Uyushma aʼzolari boʻlgan xususiy sayyohlik tashkilotlariga koʻmaklashish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
turizm sohasida marketing tadqiqotlari oʻtkazish;
xususiy sayyohlik tashkilotlarini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni va mamlakatimiz yuridik va jismoniy shaxslarining mablagʻlarini jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida, shuningdek davlat organlarida va jamoat tashkilotlarida Uyushma aʼzolari boʻlgan xususiy sayyohlik tashkilotlarining manfaatlarini ifodalash;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Uyushma aʼzolariga axborot, maslahat va uslubiy yordam koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
sayyohlik biznesi sohasida xodimlarning kasb tayyorgarligiga va ularni qayta tayyorlashga shu jumladan, turistik faoliyat subyektlari xodimlari uchun turistlar xavfsizligini taʼminlash, ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish masalalari boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini davriy tashkil etishga koʻmaklashish ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
5. Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi ishtirokida ikki hafta muddatda oʻzining taʼsis hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin va belgilangan tartibda ularni qayta roʻyxatdan oʻtkazsin.
6. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi 1999-yil 1-yanvargacha:
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda “Turizm toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin;
“Oʻzdavstandart” markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sayyohlik xizmatlari sohasida yagona davlat standartlarini ishlab chiqsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2005-yilgacha boʻlgan davrda respublikada turizmni rivojlantirish Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda sayyohlik tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarishni yanada chuqurlashtirish va aksiyalashtirish, aksiyalar paketlarini va kichik sayyohlik tashkilotlarini xorijiy investorlarga sotish, mehmonxona xoʻjaligini boshqarishga xorijiy sayyohlik firmalarini jalb qilish boʻyicha aniq takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasining “Oʻzsayohatinvest-bank” negizida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “Oʻzsayohat” boʻlimini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 20-oktabrdagi 484-son qarorining 1-bandi va 5-bandining toʻrtinchi xatboshi, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan qarorga 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Azizxoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 8-avgust,
346-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)
Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasi
Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi boshqaruvi ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasi