1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.14.00 Raqamli iqtisodiyot;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
Qishloq xoʻjaligi sohasida raqamli xizmatlarni joriy qilishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga muvofiq agrar sohada xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirish orqali qishloq xoʻjaligi subyektlari faoliyatiga koʻmaklashish, yetishtirilgan mahsulotlar boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish hamda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 12-avgustdagi PF-130-son Farmoniga asosan:
“Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar uchun sohada xizmat koʻrsatishning “yagona nuqtasi” sifatida eʼtirof etilgani, bunda Agroportal orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ham koʻrsatilishi;
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati qishloq xoʻjaligi sohasini raqamlashtirish yoʻnalishida axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona operator etib belgilangani;
yagona operator taʼsischiligida “Drone service” masʼuliyati cheklangan jamiyati tashkil etilgani hamda unga qishloq xoʻjaligi tashkilotlariga robototexnika, uchuvchisiz uchadigan apparatlar va boshqa “aqlli” qurilmalar yordamida xizmatlar koʻrsatish, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini xarid qilish, olib kirish, olib chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, taʼmirlash, oʻquv va malaka oshirish kurslarini tashkil etishga ruxsat berilgani;
qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar oʻzlariga tegishli yer uchastkalariga ruxsat etilgan foydalanish turlariga asosan (asosiy, takroriy, toʻqsonbosti usulida) ekinlarni joylashtirishga oid maʼlumotlarni Agroportalga kiritib borishlari belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer ijara shartnomalariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida agrotexnika tadbirlarining bajarilishini va mahsulot yetishtirishda imtiyozli kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi orqali monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda paxta, gʻalla va meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish uchun kredit buyurtmanomalarini elektron tarzda shakllantirish, imtiyozli kreditlarning sarflanishini monitoring qilish, shuningdek, agrotexnika tadbirlari prognozini yuritish maqsadida “d-xarid.uz” axborot tizimining Agroportalga integratsiya qilinishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tijorat banklari bilan birgalikda uch oy muddatda Agroportal va uning tarkibiga kiruvchi tizimlar orqali koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish va hisobini yuritishga moʻljallangan “Agrobilling” axborot tizimini ishga tushirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
6. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2026-yil 13-iyul,
381-son
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligi subyektlariga agrosanoat yoʻnalishida elektron xizmatlarni “yagona nuqta” orqali koʻrsatishga moʻljallangan Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasidan (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) foydalanish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Agrobilling” axborot tizimi — Agroportal va uning tarkibiga kiruvchi tizimlar orqali koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish va hisobini yuritishga moʻljallangan qishloq xoʻjaligi yagona billing tizimi;
Agroportal operatori — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati;
agrosanoat majmuiga taalluqli elektron xizmat (keyingi oʻrinlarda — elektron xizmat) — axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanilgan holda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga elektron shaklda koʻrsatiladigan davlat va xususiy sektor xizmati;
idoralararo elektron hamkorlik — davlat idoralari oʻrtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali elektron maʼlumotlar almashinuvi;
foydalanuvchilar — Agroportalda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan, Agroportaldan foydalangan holda ariza beruvchi qishloq xoʻjaligi subyektlari va ularga xizmat koʻrsatuvchi davlat organlari hamda xususiy sektor vakillari;
qishloq xoʻjaligi subyektlari — qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat yurituvchi barcha toifadagi yuridik yoki jismoniy shaxslar, jumladan, fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, masʼuliyati cheklangan jamiyatlar va boshqa subyektlar;
shaxsiy kabinet — avtorizatsiya jarayonidan oʻtgan foydalanuvchilarga elektron xizmatlar koʻrsatilishida ishtirok etishini hamda zarur axborotni joylashtirish, undan foydalanish, shuningdek, hisob-kitoblarni amalga oshirishini taʼminlaydigan individual sahifa;
elektron hujjatlar repozitoriysi — elektron hujjatlarni qayta ishlash va saqlashni taʼminlovchi, shuningdek, Agroportalda shakllantirilgan elektron hujjatning haqiqiyligini tekshirish vositalarini taqdim etuvchi axborot resursi;
Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) — “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish boʻyicha yagona axborot tizimi;
QR-kod — tasdiqlangan elektron hujjatlarga biriktiriladigan va hujjat qogʻoz shaklida chop etilganda koʻrsatiladigan, mobil ilovalar va dasturiy mahsulotlar orqali oʻqish (skanerlash) vaqtida elektron shartnoma haqida barcha maʼlumotlarga havola boʻladigan matrik shtrixli kod.
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Agroportalning buyurtmachisi hisoblanadi hamda Agroportalni yaratish va unda yangi elektron xizmatlar koʻrsatish turlarini joriy etish boʻyicha mexanizmlar va chora-tadbirlarni ishlab chiqish orqali xizmatlar koʻrsatish turlarini kengaytirish, Agroportaldan foydalangan holda davlat organlari hamda xususiy sektor vakillari tomonidan koʻrsatiladigan elektron xizmatlar sifatini va belgilangan muddatlarda bajarilishini raqamli monitoring qilib borish ishlarini amalga oshiradi va mazkur tizim boʻyicha tadbirlarni muvofiqlashtiradi.
4. Agroportal operatori bevosita Agroportalga va foydalanuvchilarga texnik jihatdan elektron xizmat koʻrsatishga masʼul boʻlgan hamda qishloq xoʻjaligi sohasini raqamlashtirish yoʻnalishida axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona operator hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
5. Quyidagilar Agroportal operatorining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Agroportalga texnik xizmat koʻrsatish hamda tizimning samarali va uzluksiz ishlashini taʼminlash;
idoraviy axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari orqali elektron maʼlumotlar almashinuvini tashkil etish;
Agroportalni takomillashtirib borish;
qoʻshimcha elektron xizmatlar koʻrsatish imkonini yaratish;
foydalanuvchilarni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda Agroportaldan foydalanish boʻyicha maslahat va tavsiyalar berish;
Agroportalda yuzaga keladigan texnik muammolarni hamda funksional imkoniyatlarning bajarilishiga taʼsir koʻrsatadigan xatoliklarni qisqa vaqt ichida bartaraf qilish;
Agroportalga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar boʻyicha foydalanuvchilarni oʻz vaqtida xabardor qilish;
Agroportalda belgilangan tartibda axborot xavfsizligini taʼminlash.
2-bob. Agroportalning maqsadlari va asosiy vazifalari
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
6. Quyidagilar Agroportalning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
foydalanuvchilarga davlat va xususiy sektor xizmatlarini elektron koʻrinishda, yagona axborot maydoni sifatida tizimli, sifatli va uzluksiz tarzda koʻrsatish;
elektron xizmatlar koʻrsatish samaradorligi, tezkorligi va shaffofligini taʼminlash;
koʻrsatiladigan elektron xizmatlarni tashkil etishga masʼul boʻlgan davlat organlarining axborot tizimlari bilan uzviy hamkorlik orqali maʼlumotlar almashinuvini tashkil etish.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
7. Quyidagilar Agroportalning asosiy vazifalari hisoblanadi:
foydalanuvchilarga elektron xizmatlardan kafolatlangan va xavfsiz foydalana olish imkoniyatini yaratish;
ariza va boshqa hujjatlarni yoʻllash uchun davlat va xususiy sektorning elektron xizmatlarini yoʻlga qoʻyish;
davlat organlari tomonidan elektron xizmatlardan foydalanish yuzasidan soʻrovlarni qabul qilish, koʻrib chiqish va natijasi yuzasidan maʼlumotlarni foydalanuvchilarga yuborish imkoniyatini yaratish;
pulli xizmatlardan foydalanganda, toʻlov tizimlari orqali onlayn toʻlov imkoniyatlarini yaratish;
elektron hujjatlarni shakllantirish va saqlash;
elektron xizmatlardan foydalanish uchun kelib tushadigan arizalarni avtomatlashtirilgan tartibda koʻrib chiqishda inson omilini kamaytirish, skoring qilish, xulosa berish va natijasi boʻyicha foydalanuvchilarga elektron xabarnoma yuborish.
3-bob. Agroportalda davlat va xususiy sektorning elektron xizmatlarini koʻrsatish
8. Agroportalda elektron xizmatlar ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq koʻrsatiladi.
9. Foydalanuvchi Agroportal imkoniyatlaridan foydalanish uchun “agro.gov.uz” manziliga Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kiradi. Bunda foydalanuvchi Yagona identifikatsiya tizimidan (OneID) roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.
Agroportal operatori foydalanuvchilarning maʼlumotlarini, shu jumladan, yer maydoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni va boshqa zarur maʼlumotlarni idoralararo elektron maʼlumotlar almashinuvi orqali oladi.
10. Agroportalda roʻyxatdan oʻtgan har bir foydalanuvchi shaxsiy kabinetga ega boʻladi.
11. Foydalanuvchi oʻzining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirgan harakati uchun oʻzi masʼul hisoblanadi.
12. Foydalanuvchilar elektron xizmatlardan foydalanish uchun arizalarni bevosita Agroportaldagi shaxsiy kabineti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborishi mumkin.
Bunda arizaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi foydalanuvchi tomonidan elektron raqamli imzo, “Mobil-ID” yoki “Face-ID” bilan tasdiqlanadi.
13. Agroportalda foydalanuvchilarga oʻzlarining shaxsiy kabineti orqali elektron xizmatlardan foydalanish, xizmatlarning holatini kuzatib borish va xizmatlar koʻrsatish sifatini baholash imkoniyati yaratiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
14. Foydalanuvchilarning arizalarini qabul qilish, koʻrib chiqish va ularga javob yuborish tartibi Agroportal yoki elektron xizmatlar koʻrsatishga masʼul boʻlgan davlat organlari va xususiy sektorning axborot tizimlari orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bunda elektron xizmat koʻrsatish natijasi toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan xabarnomani Agroportal orqali foydalanuvchilarning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Foydalanuvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida Agroportal orqali tomonlar (vazirlik va idoralar) kelishuviga muvofiq boshqa elektron xizmatlar koʻrsatish turlari kengaytirilishi mumkin.
Xususiy sektor oʻz elektron xizmatlarini Agroportalda shartnoma asosida axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda joriy qilishi mumkin. Bunda xususiy sektor Agroportal operatoriga murojaat qiladi hamda Agroportal operatori tomonidan berilgan takliflarga asosan Agroportalda elektron xizmatlarni joriy qilish haqini shartnomaga asosan oʻzi mustaqil belgilaydi.
15. Agroportal orqali elektron xizmatlar koʻrsatish natijalari boʻyicha QR-kod qoʻyilgan maʼlumotlar yoki hujjatlar belgilangan shaklda, elektron holda foydalanuvchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
16. Agroportal orqali elektron xizmatlar xizmat turiga qarab qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻlov asosida yoki bepul koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi PF-108-sonli “Qishloq xoʻjaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish orqali samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
17. Agroportal orqali pulli elektron xizmatlardan foydalanilganda, xizmatlar koʻrsatish uchun toʻlovlar toʻlangani elektron tarzda tasdiqlanadi. Bunda toʻlovlarni toʻlash va hisobini yuritish “Agrobilling” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
4-bob. Elektron hujjatlarning repozitoriysi
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
18. Elektron hujjatlar repozitoriysi Agroportalda foydalanuvchining shaxsiy kabineti orqali elektron xizmatlardan foydalanish jarayonida shakllantirilgan elektron hujjatning nusxasini yuklab olish imkonini beradi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
19. Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi davlat organlari va xususiy sektorlar Agroportal orqali shakllantirilgan elektron hujjatlar nusxalarini qabul qilishni rad eta olmaydi hamda ularning haqiqiyligi elektron hujjatlar repozitoriysi yordamida tasdiqlanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.02.00 Agrosanoat ishlab chiqarishning davlat boshqaruvi / 09.14.02.01 Boshqaruv va tartibga solishning umumiy masalalari;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
20. Agroportal operatori har yil yakuni bilan (kelgusi yilning 15-fevraliga qadar) amalga oshirilgan ishlar natijalari, daromad va xarajatlar, moliyaviy hisobotlarni hamda boshqa zarur boʻlgan maʼlumotlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
21. Agroportal orqali elektron xizmatlar koʻrsatishda yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Agroportalda elektron xizmatlarni koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Qishloq xoʻjaligi subyektlari
(foydalanuvchilar)
Agroportal imkoniyatlaridan foydalanish uchun “agro.gov.uz” manzili orqali belgilangan tartibda murojaat qiladi.
Yil davomida
2-bosqich
Agroportal operatori
Qishloq xoʻjaligi subyektlaridan tushgan arizalarni belgilangan tartibda xizmat koʻrsatuvchi (vakolatli) organlarga yuboradi.
1 ish kunida
3-bosqich
Masʼul vazirlik va idora
Kelib tushgan arizalarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi.
Xizmat koʻrsatish natijasi toʻgʻrisida QR-kod qoʻyilgan xabarnomani Agroportal orqali qishloq xoʻjaligi subyektining shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Belgilangan muddatlarda
Agroportal orqali elektron xizmatlar masʼul vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrsatiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-son qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer ijara shartnomalariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning
MAʼMURIY REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalaridan foydalanish shartlari oʻzgarganda, yer ijara shartnomalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ushbu Reglament talablari yer uchastkalarining yer fondi toifalarini oʻzgartirish bilan bogʻliq munosabatlarga tatbiq etilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
2. Ushbu Reglamentda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Agroportal — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi;
Agroportal va “E-ijara” axborot tizimi operatori (keyingi oʻrinlarda — Agroportal operatori) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati;
yer ijarachisi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalaridan ijara huquqi asosida foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar;
yer uchastkasining ijara shartnomasini oʻzgartirish — yer uchastkasidan foydalanish shartlarining oʻzgarishi (kamayishi yoki koʻpayishi) natijasida ijara shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish;
ijrochi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining (keyingi oʻrinlarda — “Oʻzdaverloyiha” DILI) hududiy boʻlinmalari.
3. Yer uchastkasining ijara shartnomasiga oʻzgartirishlar ushbu Reglamentga 1-ilovadagi sxema asosida kiritiladi.
2-bob. Davlat xizmatlarini koʻrsatish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
4. Yer ijarachisi ariza bilan quyidagilardan birini tanlagan holda davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin:
Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qilish;
Agroportaldan roʻyxatdan oʻtish orqali elektron shaklda murojaat qilish.
Bunda murojaat ijrochiga (Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP yoxud Agroportal orqali) avtomatik tarzda yuboriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
5. Davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha ariza ushbu Reglament talablariga muvofiq YIDXP va Agroportal orqali dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridan qatʼi nazar, toʻlovlar amalga oshirilgandan soʻng 24 soat ichida “Oʻzdaverloyiha” DILIga yuboriladi.
Bunda ariza ish vaqtidan keyin yoki dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida kelib tushganda, navbatdagi ish kuni arizaning “Oʻzdaverloyiha” DILIga kelib tushgan va qabul qilingan kuni hisoblanadi.
6. Yer ijarachisi bevosita Davlat xizmatlari markaziga murojaat etganda, Davlat xizmatlari markazi masʼul xodimi yer ijarachisi nomidan, YIDXP yoki Agroportal orqali murojaat etganda — yer ijarachisi mustaqil ravishda davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq arizani elektron tarzda toʻldiradi. Bunda yer ijara shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish maqsadi aniq koʻrsatiladi.
7. Arizaga amaldagi yer ijara shartnomasi nusxasi ilova qilinadi. Agar yer uchastkasi ochiq elektron tanlov yoki auksion savdolarida yutib olingan boʻlsa, yer uchastkasi boʻyicha “E-auksion” elektron savdo platformasi yoki “E-ijara” axborot tizimida (keyingi oʻrinlarda — “E-ijara” AT) mavjud bayonnoma Agroportalda avtomatik tarzda shakllanadi.
Yer ijarachisidan ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
8. Yer ijarachisi arizada soʻralgan maʼlumotlarni kiritganidan soʻng, maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning tegishli vositalaridan biri (elektron raqamli imzo, Mobil-ID va Face-ID) bilan tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
9. Ushbu Reglamentda nazarda tutilgan davlat xizmatlaridan foydalanganlik uchun jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, yuridik shaxslardan besh baravari miqdorida toʻlovlar undiriladi.
Ushbu toʻlovlar Agroportal operatorining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga toʻlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
10. Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun YIDXP va Agroportal orqali murojaat etilganda, ushbu Nizomning 9-bandi birinchi xatboshisida koʻrsatilgan toʻlovlar miqdorining 90 foizi undiriladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga ushbu davlat xizmatlaridan foydalanishda belgilangan toʻlovlarning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllanadi.
Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun toʻlovlar toʻlangani elektron tarzda tasdiqlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
11. Toʻlovlar summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
a) Davlat xizmatlari markazlariga bevosita (shaxsan kelib) murojaat etilganda:
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
11,25 foizi — Agroportal operatorining tijorat bankidagi hisobvaragʻiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan mablagʻlar (pul oʻtkazmalari boʻyicha xarajatlar chegirilgan holda) teng ulushda — “Oʻzdaverloyiha” DILIning bank hisobvaragʻiga va Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
11,25 foizi — Agroportal operatorining bank hisobvaragʻiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan mablagʻlar (pul oʻtkazmalari boʻyicha xarajatlar chegirilgan holda) teng ulushda — “Oʻzdaverloyiha” DILIning tijorat banki hisobvaragʻiga va Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga;
v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi — Agroportal operatorining tijorat banki hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — operatorning “Agrobilling” axborot tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga;
qolgan mablagʻlar (pul oʻtkazmalari boʻyicha xarajatlar chegirilgan holda) teng ulushda — “Oʻzdaverloyiha” DILIning tijorat bank hisobvaragʻiga va Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga.
12. Ariza ijroga yoʻnaltirilgandan soʻng, yer ijarachisi davlat xizmatlaridan foydalanishning har qanday bosqichida undan foydalanishdan bosh tortish huquqiga ega.
Bunda ariza koʻrilmasdan qoldiriladi va toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi.
13. Ariza ijroga yoʻnaltirilmaganda, pul oʻtkazmalari boʻyicha bank xarajatlari chegirilgan holda toʻlangan toʻlovlar “Agrobilling” axborot tizimi orqali yer ijarachisiga qaytariladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
14. Ijrochiga ariza kelib tushgandan soʻng, besh ish kuni ichida Agroportalda tegishli shartnoma loyihasini tayyorlaydi.
Bunda ijrochi tomonidan:
yer uchastkasining amaldagi holati boʻyicha taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning oʻzaro muvofiqligi oʻrganiladi;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida yer ijarachisining chegarasi va foydalanish holati joyiga chiqqan holda oʻrganiladi;
yer uchastkasi maydoni oʻzgarishining asoslangani koʻrib chiqiladi va yer tuzish loyihasi ishlab chiqiladi.
15. Ijrochi yer ijara shartnomasi loyihasini imzolash uchun yer ijarachisi va tuman (Quvasoy shahar) hokimligiga elektron shaklda yuboradi.
16. Yer ijarachisi ikki ish kuni ichida yer ijara shartnomasi loyihasini elektron raqamli imzo (keyingi oʻrinlarda — ERI) yoki Mobil-ID yoxud face-ID bilan tasdiqlaydi.
17. Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi yer ijara shartnomasi loyihasini yer ijarachisi tomonidan imzolanganidan soʻng, ikki ish kuni ichida ERI bilan tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
18. Tuman (Quvasoy shahar) hokimligi tomonidan yer ijara shartnomasi loyihasi quyidagi hollarda ijrochiga qaytariladi:
yer uchastkasi boʻyicha cheklovlar (sud va vakolatli organlar tomonidan taqiq qoʻyilgan boʻlsa) va foydalanishning alohida shartlari mavjud boʻlganda;
normativ-huquqiy hujjatlarga asosan yer uchastkasidan foydalanish tartibi oʻzgargan yoki mavjud rejalarga oʻzgartirishlar kiritilganda.
Ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa sabablar bilan shartnoma loyihasini qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
19. Ijrochiga shartnoma loyihasi qaytarilganda, yer ijarachisini bu haqda bir ish kuni ichida ariza kelib tushgan platforma orqali xabardor qiladi.
Yer ijarachisi xabarnoma yuborilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida shartnoma loyihasi boʻyicha kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilish huquqiga ega. Bunda arizani takroran koʻrib chiqish uchun toʻlovlar undirilmaydi.
Agar yer ijarachisi besh ish kuni ichida qayta murojaat qilmasa, ijrochi tomonidan bir ish kuni ichida Agroportal orqali yer ijarachisiga ariza ijrosi toʻxtatilgani toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi hamda toʻlangan toʻlovlar qaytarilmaydi.
20. Ikki tomonlama imzolangan yer ijara shartnomasi Agroportal orqali Kadastr agentligiga yerga boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun yuboriladi.
21. Kadastr agentligi oʻn ish kuni ichida yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazadi hamda natijasi boʻyicha reyestrdan koʻchirmani Agroportal orqali yer ijarachisiga yuboradi.
22. Ijrochi uch ish kuni ichida yer ijarachisiga yer uchastkasining chegarasini joyida koʻrsatib beradi hamda bu haqidagi maʼlumotlarni Agroportal orqali Davlat xizmatlari markaziga va YIDXPga yuboradi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
23. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Reglament talablari bajarilishi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati ustidan, shu jumladan, YIDXP va Agroportal orqali doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
24. Yer ijarachisi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilishi mumkin.
25. Ushbu Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer ijara shartnomalariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer ijara shartnomalariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Yer ijarachisi
1. Amaldagi yer ijara shartnomasiga oʻzgartirishlar kiritish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP yoxud Agroportal orqali ariza bilan murojaat qiladi.
2. Belgilangan toʻlovni amalga oshirish.
Oʻz xohishiga koʻra murojaat qilganda
2-bosqich
1. Davlat xizmatlari markazi.
2. YIDXP.
3. Agroportal.
Arizani “Oʻzdaverloyiha” DILIga yuboradi.
Avtomatik tarzda
3-bosqich
“Oʻzdaverloyiha” DILI
1. Arizadagi murojaatni oʻrganadi.
2. Yer ijara shartnomasini oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha tegishli shartnoma loyihasini tayyorlaydi.
3. Tayyorlangan shartnoma loyihasini imzolash uchun yer ijarachisi va tuman (Quvasoy shahar) hokimligiga elektron shaklda yuboradi.
Yer ijara shartnomasi loyihasini imzolaydi yoki asoslarni koʻrsatgan holda imzolashni rad etadi.
Yer ijarachisi imzolagandan keyin 2 ish kuni ichida
6-bosqich
Kadastr agentligi
Yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazadi hamda natijasi boʻyicha reyestrdan koʻchirmani Agroportal orqali yer ijarachisiga yuboradi.
10 ish kuni ichida
7-bosqich
“Oʻzdaverloyiha” DILI
Yer ijarachisiga yer uchastkasining chegarasini joyida koʻrsatib beradi va bu haqidagi maʼlumotlarni Agroportal orqali Davlat xizmatlari markaziga yuboradi va YIDXPga joylashtiradi.
3 ish kuni ichida
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer ijara shartnomalariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarining yer ijara shartnomalariga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha
ARIZA
____________ viloyati _________ tumani (Quvasoy shahri) __________ hududida faoliyat yurituvchi
Men rahbarlik qilayotgan xoʻjalik (yoki) Menga tegishli kadastr raqami — ________-son, ________-son kontur(lar)dagi umumiy yer maydoni ________ (ga) boʻlgan yer uchastkasining ___________ (yer maydoni hajmi kamayishi/koʻpayishi, amaldagi yer uchastkasining ijarashartnomasi muddatini uzaytirish/kamaytirish)da amaliy yordam berishingizni soʻrayman.
Arizamga amaldagi yer ijara shartnomasi nusxasini ilova qilaman.*
Shuningdek, qishloq xoʻjaligi yer uchastkalaridan foydalanish shartlarini oʻzgartirishda shartnomalarni qayta rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish yuzasidan belgilangan tartib-qoidalar bilan tanishib chiqdim va ularga toʻliq amal qilishimni maʼlum qilaman hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda, menga yuklangan majburiyatlarni bajarishni oʻz zimmamga olaman.
Ariza beruvchi:
F.I.O.
yil, kun, oy
* Agar yer uchastkasi ochiq elektron tanlov yoki auksion savdolarida yutib olingan boʻlsa, yer uchastkasi boʻyicha “E-auksion” elektron savdo platformasi yoki “E-ijara” axborot tizimida mavjud bayonnoma Agroportalda avtomatik tarzda shakllanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-son qaroriga 3-ILOVA
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida agrotexnika tadbirlarining bajarilishini va mahsulot yetishtirishda imtiyozli kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi orqali monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida agrotexnika tadbirlarining bajarilishini va mahsulot yetishtirish uchun davlat tomonidan ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni monitoring qilish tartibini belgilaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“Agromonitoring” axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — “Agromonitoring” AT) — agrotexnika tadbirlari monitoringini veb-sahifa va mobil ilova orqali amalga oshirish imkonini beruvchi tizim;
Agroportal — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi;
agrotexnika tadbirlari monitoringi — qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish koʻrsatkichlariga asosan yetishtirishning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan qismi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlari ekilgan maydonlarni oʻlchash, shuningdek, ekin maydonlarida yerga ishlov berishdan boshlab hosilni yigʻib olgunga qadar oʻtkaziladigan agrotexnika tadbirlarining oʻz muddatlarida bajarilishi ustidan “Agromonitoring” AT orqali monitoring qilish;
kredit beruvchi — Agroportal orqali tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq kredit taqdim etuvchi tijorat banki;
kredit oluvchi — qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar olgan yuridik yoki jismoniy shaxs (agroklaster, kooperatsiya, fermer xoʻjaligi, dehqon xoʻjaligi va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlari);
qishloq xoʻjaligi ekinlari — paxta xomashyosi, bugʻdoy, meva, uzum, sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, koʻkatlar va dorivor oʻsimliklar, don uchun makkajoʻxori, dukkakli, moyli, sholi va ozuqabop ekinlar.
2-bob. Agrotexnika tadbirlarining bajarilishini monitoring qilish
3. Agrotexnika tadbirlari bajarilishini monitoring qilish Qishloq xoʻjaligi vazirligining axborot tizimlarida mavjud boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari boʻyicha yer turlari, maydoni, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
4. Agrotexnika tadbirlari monitoringi “Agromonitoring” AT va uning mobil ilovasi yordamida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi qoʻmitasining hududiy bosh boshqarmalari va tuman (Quvasoy shahar) inspeksiyalari, Urugʻchilikni rivojlantirish markazi (urugʻchilik yetishtiruvchi xoʻjaliklar uchun), shuningdek, kredit beruvchi, lizing, sugʻurta kompaniyalari va boshqa tashkilotlar tomonidan olib boriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
5. Agrotexnika tadbirlari monitoringi quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish koʻrsatkichlariga asosan ekin maydonlarida yerga ishlov berishdan boshlab hosilni yigʻib olgunga qadar yer konturlari yoki ularning ekin ekilgan qismi boʻyicha monitoring yuritish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun davlat tomonidan ajratilayotgan subsidiya va imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishini tahlil qilish.
6. Agrotexnika tadbirlari monitoringi paxta va boshoqli don ekinlari, shuningdek, boshqa ekin turlarida amalga oshiriladi.
7. Kredit oluvchi agrotexnika tadbirlari bajarilishi holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bevosita oʻzi shaxsiy kabineti orqali Agroportalga kiritishi mumkin.
8. Agrotexnika tadbirlari monitoringi natijalari Agroportalda kredit oluvchining shaxsiy kabinetida va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining hududiy boʻlinmalari uchun “Agromonitoring” ATda onlayn vaqt rejimida aks ettiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar]
9. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun kredit oluvchilarga, ular tomonidan Agroportalda shakllantiriladigan toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratib boriladi.
Bunda avvalgi agrotexnika tadbirining bajarilganlik holati “Agromonitoring” ATda tasdiqlanganidan keyin joriy agrotexnika tadbiri uchun moliyaviy resurslar ajratiladi.
10. Agrotexnika tadbirlarini monitoring qilish va ushbu tadbirlarning bajarilishiga muvofiq kredit ajratish ushbu Nizomga ilovadagi sxema asosida amalga oshiriladi.
11. Imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanishda kredit oluvchilar Agroportal tarkibiga kiruvchi “Reagro” axborot tizimiga kiritilgan taʼminotchi korxonalar bilan yetkazib berish va xizmat koʻrsatish boʻyicha shartnomalar, toʻlov topshiriqnomalari, hisob-fakturalar va boshqa moliyaviy hujjatlar tuziladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
12. Qishloq xoʻjaligi ekinlarining agrotexnika tadbirlari uchun ajratilgan imtiyozli kreditlardan maqsadli foydalanish holati bosqichma-bosqich monitoring qilib boriladi. Bunda:
Qishloq xoʻjaligi vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi bilan birgalikda har yili mart — oktabr oylarida har bir hudud boʻyicha kosmik suratlar va uchuvchisiz uchadigan apparatlar (dronlar) yordamida olingan maʼlumotlarni Agroportalga joylashtirib boradi;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi kosmik suratlar va uchuvchisiz uchadigan apparatlar yordamida olingan maʼlumotlarga asosan har bir hududdagi kredit oluvchi qishloq xoʻjaligi ekinlarining holati toʻgʻrisidagi xulosalarni Agroportalga joylashtiradi;
kredit beruvchi qishloq xoʻjaligi ekinlarining holati toʻgʻrisidagi xulosalardan kelib chiqqan holda qishloq xoʻjaligi ekin turiga qarab moliyalashtirishni tashkil etadi. Bunda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish shartlari kredit shartnomasiga koʻra buzilish holati aniqlansa, ushbu kredit oluvchiga imtiyozli kreditlar ajratish vaqtincha toʻxtatiladi.
3-bob. Imtiyozli kreditlar va mablagʻlar aylanmalari boʻyicha maʼlumotlarni Agroportalda onlayn taqdim etish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
13. Kredit oluvchi oʻzining imtiyozli kreditlari va mablagʻlar aylanmalari boʻyicha tegishli maʼlumotlarni Agroportal orqali olishi mumkin. Buning uchun:
kredit oluvchi kelgusi yil hosili uchun qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida ekiladigan qishloq xoʻjaligi ekinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini har yili 1-avgustga qadar Agroportalga mustaqil joylashtirgan boʻlishi;
kredit oluvchi kredit beruvchi bilan kredit ajratish shartnomasini belgilangan tartibda tuzgan boʻlishi lozim.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
14. Kredit oluvchiga Agroportal orqali har kuni (dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridan qatʼi nazar) 24 soat davomida agrotexnika tadbirlari uchun kredit ajratish shartnomasining holati va ushbu shartnomaga asosan ajratilgan mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumotlar olish, ajratilgan mablagʻlarni sarflash uchun toʻlov topshiriqnomalarini yaratish, mablagʻlarni sarflash uchun shartnoma tuzish yoki tuzilgan shartnomalarni yuklab olish, toʻlov topshiriqnomalarining bajarilish holatini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
Bunda ushbu xizmatlardan foydalanish istagini bildirgan kredit oluvchiga Agroportal operatori oferta shartnomasi asosida xizmat koʻrsatadi.
15. Toʻlov topshiriqnomalari ish vaqtidan keyingi yoki dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida tijorat banklariga kelib tushganda, navbatdagi ish kunida toʻlov topshiriqnomalari tijorat bankiga kelib tushgan va qabul qilingan kun deb hisoblanadi hamda ijrosi taʼminlanadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
16. Kredit oluvchi toʻlov topshiriqnomasini kredit beruvchiga yuborishi uchun tegishli maʼlumotlarni Agroportalga kiritganidan soʻng, maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilish vositalaridan biri (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID yoki “face-ID”) orqali tasdiqlaydi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.07.00 Yerlarning ayrim toifalari va turlarining huquqiy rejimi / 11.03.07.01 Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar;
3.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.01.00 Axborotlashtirish]
17. Kredit beruvchi kredit oluvchidan kelib tushgan toʻlov topshiriqnomasiga asosan ajratiladigan kreditlar doirasida toʻlov topshiriqnomasida koʻrsatilgan bank hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazadi.
Bunda kredit beruvchi kredit oluvchi tomonidan kreditlarning maqsadli sarflanishi ustidan “Agromonitoring” AT orqali monitoring yuritishi mumkin.
18. Kredit oluvchi tomonidan kredit ajratish shartnomasida koʻrsatilgan ekindan boshqa ekin turi ekilganda yoki kreditning qaytmaslik xavfi aniqlanganda, kredit beruvchi kreditlar ajratishni toʻxtatishi yoki shartnomada koʻrsatilgan asoslarga koʻra kredit ajratish shartnomasini bekor qilishi mumkin.
Bu haqidagi maʼlumotlar kredit oluvchiga Agroportaldagi shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarida agrotexnika tadbirlarining bajarilishini va mahsulot yetishtirishda imtiyozli kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi orqali monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Agrotexnika tadbirlarini monitoring qilish va tadbirlarning bajarilishiga muvofiq kredit ajratish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Muddatlar
1-bosqich
Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar
Ekiladigan ekinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Agroportalga mustaqil joylashtiradi.
Har yili 1-avgustga qadar
2-bosqich
Tuman (Quvasoy shahri) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari
Ekiladigan ekinlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida agrotexnika tadbirlarini “Agromonitoring” AT orqali monitoring qilib boradi.
Ekin turi boʻyicha har oyda
3-bosqich
Qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar
1. Kredit shartnomasini ekin turlari boʻyicha belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.
2. Toʻlov topshiriqnomalarini shakllantiradi, elektron imzo bilan imzolaydi va tegishli tijorat banklariga yuboradi.
Zaruratga koʻra
4-bosqich
Kredit beruvchi
Kredit shartnomasi doirasida mablagʻlarni toʻlov topshiriqnomalariga muvofiq ajratadi.
Agrotexnika tadbirini bajarish muddati boʻyicha
5-bosqich
Kredit beruvchi
Ajratilgan kredit mablagʻlarining tegishliligi boʻyicha maqsadli sarflanishini monitoring qiladi.
Kredit shartnomasiga muvofiq
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-son qaroriga 4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 3 noyabrdagi 311-son qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining faoliyatini yanada rivojlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 9-iyuldagi 569-son qarorida:
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son qaroriga muvofiq Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) ixtiyoriga oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
oʻz faoliyati boʻyicha Akademiya va Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga hisobot beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan oʻtkaziladigan ilmiy loyihalar tanlovlarining natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar, shuningdek, xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar, Institut tizimidagi ilmiy-tajriba stansiyalarining yillik daromadining 15 foizi miqdoridagi ajratmalar hisobidan tushadigan tushumlar, xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlarning grantlari va texnik koʻmak mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi”;
“b” va “v” kichik bandlardagi tegishli kelishikdagi “Agentlik direktori” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Akademiya raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 24-avgustdagi 505-son qarorida:
“3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (Quvasoy shahar) hokimliklari qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilar mustaqil ravishda ekinlarini joylashtirishi uchun har yili 1-avgustga qadar ilgari hisobga olingan yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini belgilash ishlarini “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida tashkil etsin”;
“CropAgro” AT — qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanuvchilarning ekinlarni joylashtirish boʻyicha maʼlumotlarini qabul qilish, kelishish, maʼlumot va hisobotlarni shakllantirish uchun foydalaniladigan axborot tizimi”;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Agroportal — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi;
operator — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlarini hisobga olgan holda Agroportalda yerdan foydalanuvchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi ekinlarini mustaqil joylashtirish imkoniyatini yaratadi”;
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda yerdan foydalanuvchilarning barcha turdagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish maʼlumotlari bilan isteʼmolchilar talabini tahlil qiladi va muvofiqlashtirish choralarini koʻradi”;
oltinchi xatboshi “qishloq xoʻjaligi boʻlimlariga” soʻzlaridan keyin “Agroportal orqali” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“7. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
har bir hudud boʻyicha ekin maydonlarining meliorativ holati va suv bilan taʼminlash imkoniyatlari toʻgʻrisidagi obyektiv maʼlumotlar (suv yetkazib berishning minimal va maksimal limitlari)ni yer uchastkalarining konturlari kesimida shakllantiradi hamda Agroportalga joylashtiradi;
Agroportalda shakllantirilgan yer uchastkalarining konturlar kesimidagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirishga oid zarur maʼlumotlarni “Suv hisobi” axborot tizimi bilan integratsiya qiladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oʻz vazifa va funksiyalarini bajarishi uchun operator bilan, u bilan tuziladigan shartnoma asosida Agroportaldagi bajaradigan funksiyalarini ishlab chiqadi, ushbu tizimga Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarining ulanishi va foydalanishini tashkil etadi”;
“14. Yerdan foydalanuvchilar har yili 1-iyulga (2026-yil hosili uchun 1-sentabrga) qadar yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turidan kelib chiqqan holda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yer uchastkalari kesimida Agroportalda mustaqil joylashtiradi”;
quyidagi mazmundagi 141-142-bandlar bilan toʻldirilsin:
“141. Yerdan foydalanuvchilarga operator tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlari yordamida qishloq xoʻjaligi ekinlarini mustaqil joylashtirishga koʻmaklashish, shartnomaviy munosabatlarni yoʻlga qoʻyish va boshqa yoʻnalishlarda xizmat koʻrsatish uchun xususiy sektor vakillarining koʻmagidan foydalanish imkoniyatlari joriy qilinishi mumkin.
142. Yerdan foydalanuvchilar tomonidan suv taʼminoti mavjud boʻlmagan yoki yerning normativ qiymati aniqlanmaydigan yaylov yerlarida qishloq xoʻjaligi ekinlari ushbu yerdan foydalanuvchilarning oʻz hisobidan yetishtirilishi mumkin”;
15, 16 va 17-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
“24. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning qishloq xoʻjaligi geoportallarida onlayn tarzda aks ettiriladi”;
26-bandning birinchi xatboshisi “Qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish natijalari monitoringi” soʻzlaridan keyin “qishloq xoʻjaligi tuman boʻlimlari va” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oqilona joylashtirish ishlarini amalga oshirish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror
rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer
uchastkasi kadastr raqami, foydalanuvchisi, kontur raqami, chegaralari, yer turi
va geografik joylashuvi, maydoni (gektarda) va boshqa maʼlumotlarni integratsiya
orqali taqdim etadi.
Doimiy
2-bosqich
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ
Agroportalda maʼlumotlarni yigʻish,
saqlash, ishlov berish, foydalanuvchilarni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash,
hisobotlarni avtomatik shakllantirish, inson omilini qisqartirish boʻyicha dasturiy
yechimlarni joriy etadi va takomillashtirib boradi.
Doimiy
3-bosqich
Suv xoʻjaligi vazirligi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Ekin maydonlarining meliorativ
holati va suv bilan taʼminlash imkoniyati toʻgʻrisida;
ichki va tashqi bozordagi talablarni
inobatga olgan holda, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini turlari boʻyicha ishlab
chiqarishning yillik prognoz hajmlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni Qishloq xoʻjaligi
vazirligiga taqdim etadi.
Har yili 1-mayga qadar
4-bosqich
Yerdan foydalanuvchilar
Agroportal orqali qishloq xoʻjaligi
ekinlarini mustaqil joylashtiradi.
Har yili 1-iyulga qadar
5-bosqich
Irrigatsiya boʻlimi va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy
tadqiqotlar instituti,
“Tuproq tahlil markazi” DM
Qishloq xoʻjaligi ekinlarining
konturlar kesimida joylashtirilishini koʻrib chiqadi, zarur hollarda qoʻshimcha va
toʻldirishlar kiritadi hamda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
2 ish kunida
6-bosqich
Qishloq xoʻjaligi boʻlimlari, “Oʻzdaverloyiha” instituti
va uning hududiy boʻlinmalari
Ekinlarning ekilishi va holati
monitoringini yuritadi.
Doimiy
7-bosqich
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini
joylashtirish maʼlumotlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning qishloq
xoʻjaligi geoportallarida onlayn tarzda aks ettiriladi.
Doimiy
”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-dekabrdagi 776-son qarori bilan tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq toʻlash muddatlarini oʻzgartirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaning 1-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Dala chetlari, kanallar, kollektor-drenaj va sugʻorish tarmoqlari atrofidagi maydonlar, aholi tomorqasi, xonadonlar, koʻp qavatli uylar oldi va mahallaning ichki koʻchalarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish faoliyati”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 96-son qarori bilan tasdiqlangan Organik qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 23-band quyidagi mazmundagi beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Inspeksiya nazoratini amalga oshirgan ayni bir inspektor tomonidan takroran rejadan tashqari inspeksiya nazoratining amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Inspeksiya nazoratini tashkil etish va inspektorlarni tayinlash vakolati organik mahsulot muvofiqligini baholash organi rahbariga yuklanadi.
Dastlabki inspeksiya nazorati uchun inspektor organik mahsulot muvofiqligini baholash organi rahbari tomonidan inspektorlar reyestridan tanlab olinadi. Bunda malakali, manfaatlar toʻqnashuvi mavjud boʻlmagan va ushbu obyekt bilan oxirgi uch yil davomida xizmat munosabatlariga ega boʻlmagan inspektor tanlanishi shart.
Takroran, rejadan tashqari inspeksiya nazoratini amalga oshirish uchun dastlabki inspeksiyani oʻtkazgan inspektor tayinlanmaydi. Ushbu holda organik mahsulot muvofiqligini baholash organi rahbari reyestrdan boshqa mustaqil inspektorni tayinlaydi.
Inspektorni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruq elektron shaklda rasmiylashtiriladi va unda inspektorning shaxsiy maʼlumotlari, malakasi, tekshiruv turi va obyekti, tekshiruv asosi, muddati va vazifalari koʻrsatiladi. Buyruq nusxasi inspektor hamda tekshirilayotgan subyektga yuboriladi.
Inspektorni tayinlashda manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, xolislik va mustaqillik mezonlari majburiy tarzda tekshiriladi. Manfaatlar toʻqnashuvi aniqlangan shaxsning inspektor sifatida tayinlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Organik mahsulot muvofiqligini baholash organi inspektorni tayinlashga oid barcha maʼlumotlarni elektron reyestrda saqlaydi va zarurat boʻlganda nazorat qiluvchi organlarga taqdim etadi”;
b) quyidagi mazmundagi 231-band bilan toʻldirilsin:
“231. Quyidagi hollarda taqdim etilgan maʼlumot ishonchsiz deb topiladi:
soxtalashtirilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
boshqa manbalardan tekshirib koʻrilgan maʼlumotlar bilan solishtirilganda, shuningdek, sanalar va koʻrsatkichlarda nomuvofiqliklar aniqlansa;
taqdim etilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar (guvohnomalar, sertifikatlar va xulosalar) boʻlmasa.
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslarga koʻra taqdim etilgan maʼlumotni ishonchsiz deb topishga yoʻl qoʻyilmaydi”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkasini boʻlish va uning yangi chegaralarini belgilash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 9-bandida:
7. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-dekabrdagi 733-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-bandda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” soʻzlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 11-band, 12-bandning birinchi xatboshisi va 21-bandning ikkinchi xatboshisi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” soʻzlaridan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) ilovaning 1, 2 va 3-bosqichlari “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” soʻzlaridan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Veterinariya xizmati mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 19-yanvardagi 33-son qarorida:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “yoxud “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “Yagona billing” soʻzlaridan keyin “yoki “Agrobilling” axborot” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,25 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali xizmatlarni koʻrsatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar toʻliq miqdorda vakolatli organning bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”;
13-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
14-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-ilovaning 1-bosqichi “Tadbirlar” ustuni “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)” soʻzlaridan keyin “yoxud “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 306-bandi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Dala chetlari, kanallar, kollektor-drenaj va sugʻorish tarmoqlari atrofidagi maydonlar, aholi tomorqasi, xonadonlar, koʻp qavatli uylar oldi va mahallaning ichki koʻchalaridan samarali foydalangan mahsulot yetishtiruvchilarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 100 million soʻmgacha boʻlgan kreditlar saralash, saqlash, quritish va qadoqlash sexlari hamda sovitkichli omborxonalarni xarid qilish uchun 36 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi.
Bunda kredit summasining 60 foizi boʻyicha garov taʼminoti sifatida saralash, saqlash, quritish va qadoqlash sexlari hamda sovitkichli omborxonalar olinishi, 40 foizi boʻyicha garov taʼminoti sifatida ularning qaytmaslik xatarini sugʻurta qilish boʻyicha sugʻurta polisi bilan ajratiladi”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandi “v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) parvoz vaqtida maksimal ogʻirligi 25 kg dan oshmasligi, qishloq xoʻjaligida agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish uchun moʻljallangan uchuvchisiz uchadigan apparatlar bundan mustasno, bunda ularning maksimal uchish ogʻirligi 250 kg dan oshmasligi kerak va tur sertifikati, GPS Tracker yoki ID moduli (Remote ID masofadan identifikatsiyalash) bilan jihozlangan boʻlishi lozim”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-dekabrdagi 711-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berish axborot tizimi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 9-bandning uchinchi xatboshisi “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki” soʻzlaridan keyin “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) yoxud” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 10-bandning uchinchi xatboshisi “YIDXP yoki” soʻzlaridan keyin “Agroportal yoxud” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
12. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-dekabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida urugʻlar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
a) 4-bandning birinchi xatboshi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “, “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
b) 9-bandda “YIDXP” qisqartmasidan keyin “, Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 11-bandda “YIDXPda” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportalda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
g) 12-bandda “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
uchinchi xatboshi “Yagona billing” soʻzlaridan keyin “yoki “Agrobilling” axborot” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
e) 16-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning sertifikatlashtirish organi shaxsiy hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”;
“32. Ariza beruvchi Oʻzagroinspeksiyaga mahsulotni yetishtirish va ishlab chiqarishni tashkil etishda oʻtkazilgan sinov natijalarini yoki akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari tomonidan amalga oshirilgan sinovlar toʻgʻrisidagi hujjatlarini taqdim etishi mumkin.
Sinov natijalari salbiy boʻlgan taqdirda, Oʻzagroinspeksiya ikki ish kunida ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP yoki Agroportal orqali ariza beruvchiga qonunchilik hujjatlaridagi normalarni koʻrsatgan holda mahsulotning muvofiqlik sertifikatini berishni rad etilganligi toʻgʻrisidagi xabarnomani yuboradi.
Agar sinov natijalari orasidagi tafovutlar ruxsat etilgan meʼyordan yuqori boʻlganda yoki normativ hujjatlarda koʻzda tutilgan boshqa holatlarda, Oʻzagroinspeksiya tomonidan mahsulotning sifat koʻrsatkichlari qayta sinovdan oʻtkaziladi va sinov jarayonlari davomiyligi belgilangan tartibda uzaytiriladi hamda bu haqda ikki ish kunida ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga, YIDXP orqali ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi”.
ilovaning nomi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “, “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-bosqich “Tadbirlar” ustunida:
1-band “YIDXPda” qisqartmasidan keyin “yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-bosqich “Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3-bosqich “Tadbirlar” ustuni 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
6-bosqich “Tadbirlar” ustuni “YIDXPga” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportalga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7-bosqich “Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 29-apreldagi 170-son qarorida:
4-band “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
16-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “, Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
19-band, 20 va 25-bandlarning ikkinchi xatboshilari “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
26-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”;
31-band, 32 va 35-bandlarning ikkinchi xatboshilari “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-band “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-bosqich “Subyektlar” ustuni quyidagi mazmundagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“3. Agroportal”;
3-bosqich “Tadbirlar” ustuni 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-bandda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
15-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “, Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
24-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”;
1-band “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-bosqich “Subyektlar” ustuni quyidagi mazmundagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“3. Agroportal”;
3-bosqich “Tadbirlar” ustuni 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-band “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
14-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”;
20-bandning birinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-band “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-bosqich “Subyektlar” ustuni quyidagi mazmundagi 3-band bilan toʻldirilsin:
“3. Agroportal”;
3-bosqich “Tadbirlar” ustuni 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
4-bosqich “Tadbirlar” ustuni 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
24-bandning ikkinchi xatboshisi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
25 va 28-bandlarning ikkinchi xatboshilari “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
29-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”;
62-band quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzagroinspeksiyaning rivojlantirish jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”;
68-bandning birinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-band “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-bosqich “Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “, Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
3-bosqich “Tadbirlar” ustuni 2 va 3-bandlar “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi sohasida oʻquv-tajriba xoʻjaliklarini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 24-avgustdagi 420-son qarorining 5-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 449-son qarori bilan tasdiqlangan Naslchilik xoʻjaligi maqomini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentida:
“2. Talabgorga naslchilik xoʻjaligi maqomini berish davlat xizmatlari markazlari (keyingi oʻrinlarda — Markaz) va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) orqali tushgan murojaatga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligining hududiy boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan mazkur Reglamentga muvofiq amalga oshiriladi”;
v) 14-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi — (shundan 0,5 foizi — Agrobilling tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatning shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”;
g) 18-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
d) 29-band “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga” soʻzlari “Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-bosqich “Tadbirlar” ustunida “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga” soʻzlari “Chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish agentligining hududiy boʻlimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bosqich “Tadbirlar” ustuni 1-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Naslchilik xoʻjaligi maqomini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga 3-ILOVA
DALOLATNOMA _____-son
____________ tumani (shahri)
20__ yil “___”___________
Hududiy chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi ____________________________________________________, hududiy chorvachilik va yaylov xoʻjaligini
______________________(F.I.O.)
rivojlantirish boʻlimining naslchilik boʻlimi mutaxassisi ______________________________________________ chorvachilik va yaylov xoʻjaligini rivojlantirish
______________________(F.I.O.)
boʻyicha tumanlar (shaharlar)ga biriktirilgan masʼullar_____________________________ ishtirokida
naslchilik xoʻjaligi hisob-kitobini va hujjatlarini yuritish;
naslchilik xoʻjaligi resurslarining yaxshilanishi, saqlanishi, takror koʻpaytirilishi va ulardan oqilona foydalanilishini taʼminlash;
hayvonlar mahsuldorligi hisob-kitobini yuritish, tipi boʻyicha tasniflash, kelib chiqishini genetik ekspertiza qilish (immunogenetik nazorat laboratoriyasi boʻlmagan hududlarda ularning genetik kelib chiqishini (genotipini) tahlil qilish) va hayvonlarni mahsuldorligi hamda avlodining sifati boʻyicha baholash talablarini bajarish;
urugʻ olish uchun faqat takror koʻpaytiriladigan nasldor hayvonlardan foydalanish, urugʻ va embrionlarni texnologik va veterinariya-sanitariya talabnomalarida belgilangan sharoitda tayyorlash, identifikatsiyalash va saqlash;
naslli mahsulotlarning (materiallar) sifati kafolatlanishiga oid masalalar koʻrib chiqildi hamda talabgorning naslchilik xoʻjaligi sifatida doimiy faoliyat olib borish imkoniyatlari tahlil qilinib:
Hududiy chorvachilik va yaylovxoʻjaligini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi
_______________
______________________
(imzosi)
(F.I.O.)
Naslchilik boʻlimi mutaxassisi
_______________
______________________
(imzosi)
(F.I.O.)
”.
16. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-dekabrdagi 674-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻrmon fondi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berishning maʼmuriy reglamentining 34-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Elektron onlayn — auksion savdolari orqali ijara huquqini sotishdan tushadigan mablagʻlar ijara huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin operatorning ikki foiz xizmat haqi chegirilgan holda quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq kadastr pasportini tayyorlash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulk huquqini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun 5 foiz — Davlat kadastrlari palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga;
10 foizi — ijrochining hisobvaragʻiga;
5 foizi — “Oʻrmon xoʻjaligini raqamlashtirish markazi” DMga;
qolgan mablagʻlar — oʻrmon fondi yerlaridan doimiy foydalanuvchi oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari hamda Ekologiya jamgʻarmasiga teng ulushlarda”.
17. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 115-son qarori bilan tasdiqlangan Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish hamda roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi “avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — ATT)” soʻzlaridan keyin “yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) yoxud “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga 13 va 17-ilovalar quyidagi mazmundagi izoh qismi bilan toʻldirilsin:
“Izoh. 1. Ariza beruvchilar ushbu pasportni olish uchun “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal) orqali murojaat qilishi mumkin.
2. Agroportal orqali davlat xizmatlaridan foydalanishda ushbu Reglamentning YIDXP orqali davlat xizmatlari koʻrsatish qoidalari qoʻllaniladi (ushbu Reglamentning 10-bandi “b” kichik bandi bundan mustasno).
3. Agroportal orqali murojaat etilganda undirilgan yigʻimlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlar — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi”.
19. Vazirlar Mahkamasining “Yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari va kapital qurilish obyektlarining yagona klassifikatorini amalga kiritish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 30-sentabrdagi 614-son qarorida:
“12. Tuman (shahar) hokimligi roʻyxatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida “E-ijara” ATda yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlari hamda kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlarini belgilaydi.
Bunda Yagona klassifikatorga muvofiq koʻrsatilgan kapital qurilish obyektlarining foydalanish maqsadlari va yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turlarini tegishli roʻyxati ilova qilinadi”;
13-banddagi “tuman (shahar) hokimining qarorini” soʻzlari “maʼlumotlarni “E-ijara” AT orqali” soʻzlari bilan almashtirilsin;
ilovaning IV bosqich “Tadbirlar” ustunidagi “E-qaror” tizimida” soʻzlari “E-ijara” ATda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshi “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da” soʻzlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
8-bandning ikkinchi xatboshisi “YIDXPda” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
9-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi — (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning:
50 foizi — Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari shaxsiy hisobvaraqlariga;
50 foizi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining shaxsiy hisobvaraqlariga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — “Oʻzdaverloyiha” DILIning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi”;
18-bandning uchinchi xatboshisi “YIDXPga” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportalga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
birinchi xatboshi “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da” soʻzlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
8-bandning ikkinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
9-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi — (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning:
50 foizi — Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari shaxsiy hisobvaraqlariga;
50 foizi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining shaxsiy hisobvaraqlariga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — “Oʻzdaverloyiha” DILIning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi”;
7-band “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da” soʻzlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
10-band “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
11-bandning oltinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
12-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning:
30 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga;
70 foizi — “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutining shaxsiy hisobvaragʻiga”;
23-bandning ikkinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-bosqich “Tadbirlar” ustuni “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)da” soʻzlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-bosqichda:
“Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Muddatlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7-bosqich “Tadbirlar” ustunining 1-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
birinchi xatboshi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP)” soʻzlaridan keyin “yoki “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasida (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
ikkinchi xatboshi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
8-bandning ikkinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
9-band quyidagi mazmundagi “v” kichik band bilan toʻldirilsin:
“v) Agroportal orqali murojaat etilganda:
11,75 foizi (shundan 0,5 foizi — “Agrobilling” axborot tizimi orqali davlat xizmatlari koʻrsatilganda) — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyatining shaxsiy hisobvaragʻiga;
qolgan mablagʻlarning:
50 foizi — Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari shaxsiy hisobvaraqlariga;
50 foizi — qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining shaxsiy hisobvaraqlariga, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar boʻyicha — “Oʻzdaverloyiha” DILIning shaxsiy hisobvaraqlariga oʻtkaziladi”;
12-bandning ikkinchi xatboshisi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
1-bosqich “Tadbirlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportalda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
2-bosqichda:
“Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Muddatlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
7-bosqich “Tadbirlar” ustunining 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
13-bosqich “Tadbirlar” ustunining 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
14-bosqich “Tadbirlar” ustunining 2-bandi “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportalga” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
15-bosqichda:
“Subyektlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoxud Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“Muddatlar” ustuni “YIDXP” qisqartmasidan keyin “yoki Agroportal” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
20. Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasida kunjut va mosh ekinlarini yetishtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 27-maydagi 331-son qarorida:
1-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshidagi “Agroplatforma” axborot tizimi” soʻzlari “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi (keyingi oʻrinlarda — Agroportal)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandning uchinchi xatboshisidagi “CropAgro” axborot tizimida” soʻzlari “Agroportalda” soʻzi bilan almashtirilsin;
3-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Agroplatforma” axborot tizimi” soʻzlari “Agroportal” soʻzi bilan almashtirilsin.
21. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2025-yil 18-sentabrdagi 594-son qaroriga 41-ilovaning 12-bandida: