1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.10.00 Uy-joy qurilishi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Koʻp kvartirali turar joy majmualarini qurishda kompleks qurilish mexanizmlarini joriy etish va shaffoflikni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
1. Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Milliy qoʻmita) 2026-yil 1-martdan 2028-yil 1-martga qadar eksperiment tariqasida 1-ilovada nazarda tutilgan yer uchastkalarida koʻp kvartirali uylarni kompleks qurilish mexanizmlari asosida (keyingi oʻrinlarda — kompleks qurilish loyihalari) qurishni nazarda tutuvchi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini (keyingi oʻrinlarda — maxsus huquqiy rejim) joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish tartibi 2-ilovaga muvofiq belgilanadi;
[OKOZ:
1.08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.01.00.00 Uy-joy fondi / 08.01.01.00 Umumiy masalalar;
(b) maxsus huquqiy rejim doirasida koʻp kvartirali uylar qurilishi faqat ushbu qaror va qonunchilikka muvofiq kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish tartibi asosida olib boriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.03.00 Shaharsozlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlari. Aholi punktlari hududlaridan foydalanishni rejalashtirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.08.00 Aholi punktlarining bosh rejalari]
(v) ushbu qarorga 1-ilovada belgilangan hududlarda kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish tartibisiz koʻp kvartirali uylar qurish taqiqlanadi, mazkur qaror kuchga kirishidan oldin qurilishiga ruxsat berilgan, kompleks qurilish hududi uchun ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlariga muvofiq boʻlgan obyektlar bundan mustasno;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.02.00 Investitsiya faoliyati subyektlari]
(g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi “Aholini uy-joy bilan taʼminlash ishlarini jadallashtirish va koʻp kvartirali uylar qurilishini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-29-son Farmoniga 6-ilovaga muvofiq tashkil etilgan investitsiya kompaniyalari (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya kompaniyalari):
(i) tegishli hududlarda kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish uchun masʼul tashkilot sifatida faoliyat yuritadi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.08.00 Aholi punktlarining bosh rejalari]
(ii) kompleks qurilish hududining batafsil rejalashtirish loyihasi (master rejasi) va qurish loyihasi ishlab chiqilishini taʼminlaydi, ularga asosan hududning aniq chegaralarini belgilaydi, hududni lotlarga ajratadi, tayyor birlamchi ruxsat berish hujjatlari va loyiha-smeta hujjatlarini rasmiylashtirishni tashkil etadi, infratuzilmaviy, turar va noturar joy hamda yashil maydon lotlariga kiritilgan obyektlar qurilishi uchun birlamchi ruxsat berish hujjatlari va loyiha-smeta hujjatlari tegishli arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan koʻrib chiqilishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.06.00 Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi ustidan nazorat;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.03 Auksion va shartnomalar va boshqa bitimlarga asosan yerga boʻlgan huquqlarning paydo boʻlishi]
(iii) yer uchastkalarini sotib olish, birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, kompleks qurilish hududini shakllantirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va inshootlarini qurish, investitsiya kompaniyasini saqlash kabi xarajatlarni hisobga olgan holda lotlarning boshlangʻich narxini belgilaydi, lotlarni elektron onlayn auksion savdolariga chiqaradi, shartnoma va bayonnomalarni imzolaydi hamda ular boʻyicha olingan majburiyatlar ijrosini taʼminlaydi;
(iv) kompleks qurilish hududini qurilish ishlarini olib borish uchun tayyorlash, shuningdek, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻtkazish uchun masʼul boʻlgan organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(v) kompleks qurilish hududida investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarni tizimli ravishda muvofiqlashtirib boradi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]
(vi) kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi yoki cheklovchi qoidalar va tartiblarni aniqlaydi, ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi va keyinchalik Milliy qoʻmitaga taqdim etadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;
2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.03.00.00 Notariat / 18.03.01.00 Umumiy qoidalar]
(d) Investitsiya kompaniyalari tomonidan kompleks qurilish hududlaridagi koʻchmas mulk obyektlari mulkdorlarining kamida 80 foizi bilan notarial tasdiqlanadigan kelishuv bitimlari tuzilgandan soʻng kompleks qurilish loyihalari amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.12.00 Yerni olib qoʻyish natijasida yetkazilgan zarar va ziyonlarni qoplash]
(j) kelishuvga erishilmagan va kompensatsiya turi va summasi yuzasidan norozi boʻlgan qolgan mulkdorlar boʻyicha investitsiya kompaniyasi tomonidan boshqa mulkdorlar bilan tuzilgan notarial tasdiqlanadigan kelishuv bitimlari asosida shakllangan oʻrtacha bozor narxi miqdorida kompensatsiya summasini belgilash toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi kiritiladi;
(z) ushbu qarorga 1-ilovada nazarda tutilgan kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish jarayonida kompleks qurilish hududlari uchun tasdiqlangan batafsil rejalashtirish loyihasi (master reja) asosida, zaruratga koʻra, tegishli aholi punktining bosh rejasiga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritiladi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
(i) Milliy qoʻmita, zaruratga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining takliflariga asosan ushbu qarorga 1-ilovada muvofiq tasdiqlangan roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.08.00 Aholi punktlarining bosh rejalari]
3. Investitsiya kompaniyalariga Milliy qoʻmita bilan kelishilgan holda kompleks qurilish hududining batafsil rejalashtirish loyihasi (master rejasi) va qurish loyihasini ishlab chiqish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali loyiha tashkilotlarini jalb qilish huquqi berilsin.
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.09.00 Istirohat va madaniyat bogʻlari]
4. Belgilansinki, hududlarda yashil bogʻlar, ekopark va xiyobonlarni barpo etish Investitsiya kompaniyalari faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi, bunda:
(a) mazkur maqsadlar uchun tegishli hududlarda davlat mulki obyektlari va yer uchastkalarini sotishdan mahalliy budjetga tushadigan mablagʻlarning 10 foizi, shuningdek, mahalliy budjetlar qoʻshimcha manbalarining kamida 5 foizi maqsadli yoʻnaltirilishi koʻzda tutilsin;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 Oʻrmonlar va oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻsimlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 Oʻrmon fondiga kirmaydigan oʻrmonlar va oʻsimlik dunyosini jonlantirish. Oʻrmonlar yaratish, oʻrmonlar mahsuldorligini oshirish;
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.09.00 Istirohat va madaniyat bogʻlari]
(b) Milliy qoʻmita Toshkent shahri hokimligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Toshkent shahrida yashil hududlarni kengaytirish, har bir tumanda bittadan ekobogʻ barpo etish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin.
5. Mazkur qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan kompleks qurilish hududlarida joylashgan:
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga boʻlgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
(a) davlat mulkidagi boʻsh yer uchastkalari — qonunchilikda belgilangan tartibga muvofiq aniqlanadigan qiymatda;
(b) davlat mulkidagi binolar va inshootlar mustaqil baholovchi tashkilotlar tomonidan aniqlanadigan qiymatda Investitsiya kompaniyalariga belgilangan tartibda oʻtkazilsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamgʻarmalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamgʻarmalari;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablagʻ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.02.00 Investitsiya faoliyati subyektlari]
6. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ikki oy muddatda ushbu qarorga 1-ilovada koʻrsatilgan kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish hududlarida faoliyat yurituvchi Investitsiya kompaniyalarining har biriga 20 mln AQSH dollaridan jami 80 mln AQSH dollari ekvivalentida 5 yilga 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavkada qarz ajratsin.
II. Shaffoflikni oshirish va noqonuniy qurilishlarning oldini olish choralari
7. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi hamda Milliy qoʻmita bilan birgalikda uch oy muddatda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida oʻzboshimchalik bilan qurilayotgan koʻp kvartirali uylarning yagona ochiq reyestri ishga tushirilishi va yuritilishini taʼminlasin.
8. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari shaharsozlik talablariga muvofiq boʻlmagan hamda instrumental-texnik tekshiruv natijalariga koʻra yaroqsiz deb topilgan oʻzboshimchalik bilan qurilgan koʻp kvartirali uylarni belgilangan tartibda bartaraf etish choralarini koʻrsin.
9. Milliy qoʻmitaga:
(a) shaharsozlik hujjatlariga rioya etilishi ustidan tizimli monitoring qilish;
(b) shaharsozlik normalari buzilganligi aniqlanganda qurilishni soʻzsiz toʻxtatib turish yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasiga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish huquqi berilsin.
10. Milliy qoʻmita Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bilan birgalikda Investitsiya kompaniyalarining kuzatuv kengashi tarkibiga kiritiladigan Milliy qoʻmita va uning huzuridagi Jamoatchilik kengashi vakillarining korporativ boshqaruv sohasida oʻqitilishini taʼminlasin.
III. Tashkiliy va institutsional mexanizmlar
11. Quyidagilar 2026-yil 1-martga qadar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tizimidan:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
(a) “Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi” davlat muassasasi — Milliy qoʻmita tizimiga;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
(b) “ToshkentboshplanLITI” bosh loyiha instituti davlat muassasasi — Toshkent shahri hokimligi tuzilmasiga oʻtkazilsin. Bunda Samarqand shahri va Toshkent viloyatidagi shaharlar (shaharchalar)ning bosh rejalari boʻyicha mualliflik funksiyasi “OʻzshaharsozlikLITI” bosh loyiha institutiga (barcha tegishli hujjat va materiallar bilan birga) oʻtkazilsin.
12. Milliy qoʻmita Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlarida “ToshkentboshplanLITI” bosh loyiha instituti, “OʻzshaharsozlikLITI” bosh loyiha instituti, “Qishloq qurilish loyiha” bosh loyiha instituti hamda “OʻzGASHKLITI” loyiha-qidiruv tashkiloti zimmasiga yuklangan vazifalarni tahlil qilgan holda ularning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
13. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.03.00 Mehnat munosabatlari taraflari va ularning vakillari]
(a) “OʻzshaharsozlikLITI”, “ToshkentboshplanLITI” hamda “Qishloq qurilish loyiha” bosh loyiha institutlari davlat muassasalari rahbarlarining birinchi oʻrinbosarlari urbanizatsiya masalalari uchun masʼul hisoblanadi, ularni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish Milliy qoʻmita bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi;
(b) quyidagilar majburiy tartibda Milliy qoʻmita bilan kelishiladi:
(i) aholi punktlarining bosh rejalari va batafsil rejalashtirish loyihalari (master reja) — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi majlislarida koʻrib chiqish doirasida;
(ii) hududlarning batafsil rejalashtirish loyihalari;
(iii) hududlarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yirik va ahamiyatli turizm, biznes, madaniyat, sport boʻyicha va aholini faol jalb qilishga qaratilgan takliflar;
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Yerning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(v) “Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi” davlat muassasasi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha yagona buyurtmachi, Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchisi hamda “Davlat shaharsozlik geoaxborot tizimi” idoralararo geoaxborot dasturiy kompleksi operatori hisoblanadi;
(g) “Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi” davlat muassasasiga shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishdan oldin tayyorlanadigan hujjatlarni (konsepsiya, strategik rejalar va boshqalar) tayyorlash maqsadida soʻrov-tanlov tamoyili asosida xorijiy loyiha institutlari va konsultantlarni jalb qilish huquqi beriladi. Bunda Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi master rejalarni ishlab chiquvchi tashkilotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri tanlaydi va ularni ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi hisoblanadi;
(13-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(d) 2027-yil 1-yanvardan boshlab koʻp kvartirali uylarning qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun belgilangan tartibda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida beriladigan ruxsatnoma “Uy-joy” yagona raqamli urbanizatsiya platformasi (keyingi oʻrinlarda — “Uy-joy” AAT)da idoralararo integratsiya asosida avtomatik ravishda shakllanadi;
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.04.00.00 Fuqarolik qonunchiligi obyektlari / 03.04.03.00 Moddiy neʼmatlar / 03.04.03.02 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatiga olish;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.07.00.00 Kadastr maʼlumoti]
(j) foydalanishga topshirilgan uy-joylar boʻyicha rasmiy statistika mulkni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha kadastr hujjatlariga asosan yuritiladi.
(a) zamonaviy urbanizatsiya, arxitektura va shaharsozlik amaliyotlarini integratsiya qilish va innovatsion yondashuvlarni joriy etish hamda ushbu jarayonlarga yosh, bilimli mutaxassislarni jalb qilish maqsadida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Urbanizatsiya laboratoriyasini (keyingi oʻrinlarda — “Urban Lab” MCHJ) tashkil etish va uni “Uy-joy” AAT operatori etib belgilash. Bunda “Uy-joy” AATni ishlab chiqish, ishga tushirish va texnik qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq ishlar va xizmatlar “Urban Lab” MCHJ tomonidan tender hamda tanlov savdolarini oʻtkazmasdan, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida amalga oshiriladi;
(14-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)
(b) urbanizatsiya, arxitektura va shaharsozlik sohasida forum, seminar, konferensiya va boshqa ommaviy tadbirlarni oʻtkazish, tajribali mutaxassislar maydonchasini yaratish maqsadida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Urbanizatsiya hamjamiyati” (“Urban Community”)ni tashkil etish;
(v) shaharsozlik faoliyatining oshkoraligini taʼminlash, loyiha va investitsiya qarorlarining asosliligini oshirish maqsadida 14 ta yirik aglomeratsiyalar boʻyicha kompleks qurilish va renovatsiya hududlari kesimida koʻchmas mulk bozorini tahlil va monitoring qilish orqali koʻchmas mulk obyektlarining bozor qiymatlarini muntazam ravishda eʼlon qilib borish amaliyotini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.03.00 Respublika budjeti xarajatlari]
15. Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Urbanizatsiya laboratoriyasi” MCHJ va “Urbanizatsiya hamjamiyati” MCHJ ustav kapitallarini shakllantirish, shu jumladan, “Uy-joy” AATni yaratish ishlari uchun Milliy qoʻmitaga uning soʻroviga muvofiq jami 40 mlrd soʻm ajratsin.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
16. “Uy-joy” AAT tizimi uchun Soliq qoʻmitasi maʼlumotlarni qayta ishlash markazining zarur boʻlgan server qurilmalarini saqlash va qayta ishlash doirasida doimiy texnik qoʻllab-quvvatlash ishlari “Soliq maʼlumotlarini qayta ishlash markazi” DUK tomonidan bepul amalga oshirib borilsin.
17. Kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish tartibini joriy etish va urbanizatsiya jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
18. Milliy qoʻmita 2028-yil 1-mayga qadar mazkur qarorda nazarda tutilgan maxsus huquqiy rejimni joriy qilish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
19. Belgilansinki:
(a) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi tarkibiga Milliy qoʻmita raisi kiritiladi;
(b) Milliy qoʻmita tomonidan mazkur Kengashda loyihalarni koʻrib chiqish jarayoniga, zarur hollarda, urbanizatsiya, arxitektura va shaharsozlik sohasidagi tajribali mutaxassis va ekspertlar (shu jumladan, xorijiy mutaxassis va ekspertlar hamda Oʻzbekiston arxitektorlar uyushmasi vakillari) jalb qilinishi mumkin.
IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
20. Milliy qoʻmita Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev belgilansin.
22. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 24-fevral,
PQ-73-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi PQ-73-son qaroriga 1-ILOVA
Kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish hududlari
ROʻYXATI
T/r
Burilish nuqtalari
Hududning chegara chiziqlari
Yer maydoni,
gektar
Boshlanish nuqtasi
Tugash nuqtasi
Toshkent shahri Yashnobod tumani Jarqoʻrgʻon mahallasi
1.
1-nuqta
41,269413
69,324244
41,26665
69,314972
22,0
2-nuqta
41,26665
69,314972
41,268716
69,313925
3-nuqta
41,268716
69,313925
41,2705
69,319317
4-nuqta
41,2705
69,319317
41,270944
69,319134
5-nuqta
41,270944
69,319134
41,271453
69,320723
6-nuqta
41,271453
69,320723
41,271547
69,321937
7-nuqta
41,271547
69,321937
41,270698
69,323241
8-nuqta
41,270698
69,323241
41,269413
69,324244
Toshkent shahri Mirobod tumani Abdurauf Fitrat mahallasi
2.
1-nuqta
41,274009
69,293339
41,277211
69,297182
12,9
2-nuqta
41,277211
69,297182
41,275063
69,300022
3-nuqta
41,275063
69,300022
41,274687
69,299458
4-nuqta
41,274687
69,299458
41,272698
69,294651
5-nuqta
41,272698
69,294651
41,274009
69,293339
Toshkent shahri Sergeli tumani Xonobodtepa mahallasi
3.
1-nuqta
41,220335
69,256524
41,224666
69,253735
100
2-nuqta
41,224666
69,253735
41,222565
69,250321
3-nuqta
41,222565
69,250321
41,22497
69,247854
4-nuqta
41,22497
69,247854
41,226262
69,24981
5-nuqta
41,226262
69,24981
41,226839
69,252722
6-nuqta
41,226839
69,252722
41,227746
69,25282
7-nuqta
41,227746
69,25282
41,228179
69,252448
8-nuqta
41,228179
69,252448
41,228038
69,252115
9-nuqta
41,228038
69,252115
41,230246
69,250359
10-nuqta
41,230246
69,250359
41,230776
69,251225
11-nuqta
41,230776
69,251225
41,230897
69,251807
12-nuqta
41,230897
69,251807
41,231806
69,252317
13-nuqta
41,231806
69,252317
41,233551
69,256285
14-nuqta
41,233551
69,256285
41,235293
69,257026
15-nuqta
41,235293
69,257026
41,233212
69,258148
16-nuqta
41,233212
69,258148
41,229859
69,261073
17-nuqta
41,229859
69,261073
41,228985
69,259403
18-nuqta
41,228985
69,259403
41,228106
69,259952
19-nuqta
41,228106
69,259952
41,228611
69,262718
20-nuqta
41,228611
69,262718
41,227718
69,26333
21-nuqta
41,227718
69,26333
41,226589
69,261777
22-nuqta
41,226589
69,261777
41,225606
69,260303
23-nuqta
41,225606
69,260303
41,22294
69,262665
24-nuqta
41,22294
69,262665
41,220335
69,256524
Namangan viloyati Namangan shahri Ravnaq mahallasi
4.
1-nuqta
41,000027
71,628453
40,998917
71,626817
26,0
2-nuqta
40,998917
71,626817
40,997215
71,63049
3-nuqta
40,997215
71,63049
40,995941
71,63261
4-nuqta
40,995941
71,63261
40,996653
71,63579
5-nuqta
40,996653
71,63579
40,997016
71,63668
6-nuqta
40,997016
71,63668
40,998028
71,639214
7-nuqta
40,998028
71,639214
40,998901
71,641475
8-nuqta
40,998901
71,641475
40,998959
71,641414
9-nuqta
40,998959
71,641414
40,999861
71,643444
10-nuqta
40,999861
71,643444
40,999991
71,643345
11-nuqta
40,999991
71,643345
41,000446
71,644511
12-nuqta
41,000446
71,644511
41,000413
71,644604
13-nuqta
41,000413
71,644604
41,000971
71,646246
14-nuqta
41,000971
71,646246
41,001697
71,647281
15-nuqta
41,001697
71,647281
41,001927
71,647127
16-nuqta
41,001927
71,647127
41,001274
71,645007
17-nuqta
41,001274
71,645007
41,001245
71,643936
18-nuqta
41,001245
71,643936
41,000729
71,642021
19-nuqta
41,000729
71,642021
40,999656
71,640298
20-nuqta
40,999656
71,640298
40,997901
71,635846
21-nuqta
40,997901
71,635846
40,998873
71,632371
22-nuqta
40,998873
71,632371
41,000027
71,628453
Samarqand viloyati Samarqand shahri Nurli yoʻl mahallasi
5.
1-nuqta
39,683073
66,930611
39,684302
66,931245
10,51
2-nuqta
39,684302
66,931245
39,68444
66,930586
3-nuqta
39,68444
66,930586
39,684895
66,930575
4-nuqta
39,684895
66,930575
39,685588
66,931158
5-nuqta
39,685588
66,931158
39,685233
66,934712
6-nuqta
39,685233
66,934712
39,685141
66,934916
7-nuqta
39,685141
66,934916
39,68475
66,934854
8-nuqta
39,68475
66,934854
39,684547
66,934627
9-nuqta
39,684547
66,934627
39,683518
66,934782
10-nuqta
39,683518
66,934782
39,682549
66,934529
11-nuqta
39,682549
66,934529
39,682681
66,932924
12-nuqta
39,682681
66,932924
39,682072
66,932753
13-nuqta
39,682072
66,932753
39,683073
66,930611
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Xontepa mahallasi
6.
1-nuqta
38,839345
65.771438
38,839708
65.772819
26,8
2-nuqta
38,839708
65,772819
38,840947
65,774062
3-nuqta
38,840947
65,774062
38,840353
65,779431
4-nuqta
38,840353
65,779431
38,836762
65,778512
5-nuqta
38,836762
65,778512
38,835780
65,776728
6-nuqta
38,835780
65,776728
38,836008
65,776547
7-nuqta
38,836008
65,776547
38,835249
65,775098
8-nuqta
38,835249
65,775098
38,835776
65,774631
9-nuqta
38,835776
65,774631
38,835233
65,773699
10-nuqta
38,835233
65,773699
38,835436
65,773529
11-nuqta
38,835436
65,773529
38,835742
65,774037
12-nuqta
38,835742
65,774037
38,836355
65,773557
13-nuqta
38,836355
65,773557
38,836885
65,774544
14-nuqta
38,836885
65,774544
38,839345
65,771438
Izoh: Kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish hududlarida Moddiy madaniy meros obyektlari va YUNESKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan hududlar yoki ularning tegralari mavjud boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda Madaniy meros agentligi hamda YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi kotibiyati bilan kelishiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi PQ-73-son qaroriga 2-ILOVA
Kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish
TARTIBI
1. Kompleks qurilish chegaralari va maydoni aniq yer uchastkasida amalga oshiriladi. Kompleks qurilish uchun moʻljallangan yer uchastkasining chegaralari va maydoni (mahalla, mavze, massiv, koʻcha va hokazo) investitsiya kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan loyiha takliflari asosida aniqlanadi (keyingi oʻrinlarda — kompleks qurilish hududi).
2. Kompleks qurilish hududi chegaralari:
(a) investitsiya kompaniyalari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda belgilanadi;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan Vazirlar Mahkamasi hamda Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy qoʻmita) bilan kelishiladi;
(v) tegishliligiga koʻra Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.
3. Kompleks qurilish hududining master rejasini ishlab chiqish jarayonida investitsiya kompaniyasi toposʼyomka va geologiya-qidiruv xulosasini rasmiylashtirish uchun tegishli tartibda buyurtma beradi.
4. Toposʼyomka va geologiya-qidiruv xulosasi olgandan soʻng investitsiya kompaniyasi kompleks qurilish hududining batafsil rejalashtirish loyihasi (master rejasi) va qurish loyihasini ishlab chiqish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali loyiha tashkilotlarini jalb qiladi.
5. Kompleks qurilish hududida yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki (uy-joy, boshqa koʻchmas mol-mulk) joylashgan taqdirda, tasdiqlangan kompleks qurilish hududi chegaralari doirasidagi master reja va batafsil rejalashtirish loyihasiga ushbu shaxslar amal qilishi shart.
6. Kompleks qurilish hududi renovatsiya hududlarini oʻz ichiga olgan taqdirda:
(a) investitsiya kompaniyasi ushbu hududdagi mulkdorlar bilan muzokaralarni boshlaydi. Bunda mulkdor oʻz mol-mulki bilan kompleks qurilish jarayonida investitsiya kompaniyasi bilan tuziladigan shartnoma asosida ishtirok etishi mumkin;
(b) investitsiya kompaniyasi mulklarni va tegishli yer uchastkalarini xarid qiladi yoki (yoxud) ushbu hududda qurilishni amalga oshirishga boshqa kelishuvlarga (oʻrniga oʻrin mulk taqdim etish, shu hududda uy-joy taqdim etish va boshqalar) erishadi;
(v) kompleks qurilish hududidagi har bir obyekt boʻyicha huquq egalarining kamida 80 foizidan notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi olingandan soʻng investitsiya kompaniyasi batafsil rejalashtirish loyihasini (master reja), qurilish loyihasini ishlab chiqishga buyurtma beradi;
(6-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)
(g) kelishuvga erishilmagan mulkdorlarga investitsiya kompaniyasi kelishuvga erishilgan mulkdorlar bilan shakllantirilgan oʻrtacha bozor narxi miqdorida kompensatsiya summasini belgilash yuzasidan sudga daʼvo arizasi kiritadi.
7. Investitsiya kompaniyalari va Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi “Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi” davlat muassasasiga Milliy qoʻmita bilan kelishilgan holda kompleks qurilish hududining batafsil rejalashtirish loyihasi (master rejasi) va qurish loyihasini ishlab chiqish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali loyiha tashkilotlarini jalb qilish huquqi beriladi. Bunda mazkur shartnomalar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirish quyidagi miqdorlarda boʻlishi shart:
(a) 30 foizi — shartnoma tuzilganda;
(b) 50 foizi — shartnomaga muvofiq batafsil rejalashtirish loyihasi, master rejasi va/yoki qurish loyihasi toʻliq taqdim etilganda;
(v) 10 foizi — elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilgan lot yutib olinganda;
(g) 10 foizi — hududda qurilish ishlari boshlanganda (belgilangan tartibda ruxsatnoma berilganda).
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)
8. Batafsil rejalashtirish loyihasi (master reja) va qurish loyihasini ishlab chiqqan loyiha tashkilotiga tegishli kompleks qurilish hududidagi obyektlarni qurish jarayonlari ustidan mualliflik nazoratini yuritish yuklatiladi. Ushbu nazorat turi investitsiya kompaniyasi va tanlab olingan loyiha tashkiloti oʻrtasidagi shartnomada majburiy ravishda aks ettirilishi lozim.
9. Kompleks qurilish hududining batafsil rejalashtirish loyihasi (master reja) majburiy tartibda quyidagi lotlarga ajratiladi:
(a) infratuzilmaviy lotlar;
(b) turar joy lotlari;
(v) noturar joy lotlari;
(g) yashil maydon lotlari.
10. Qoida tariqasida, qurilish obyektlarini sotish strategiyasini inobatga olib, lotlar nisbatan yirik boʻlmagan holda shakllantirilishi mumkin.
11. Kompleks qurilish hududining batafsil rejalashtirish loyihasi (master reja) tegishli hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda birlamchi ruxsat berish hujjatlari va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlashni tashkil etish vazifasi investitsiya kompaniyasiga yuklatiladi.
12. Kompleks qurilish hududining batafsil rejalashtirish loyihasi turar joy va noturar joy lotlarga boʻlinib, qurilishga tayyor yer shaklida elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi. Bunda:
(a) infratuzilmaviy lotlar ijtimoiy, jamoat va maishiy infratuzilma, muhandislik kommunikatsiyalari, dam olish zonalarini, transport tarmoqlarini, koʻp qavatli avtoturargohlarni va boshqa inshootlarni qurish uchun tegishli hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan tasdiqlangan birlamchi ruxsat berish hujjatlari va loyiha-smeta hujjatlariga ega yer maydonlarini;
(b) turar joy lotlari uy qurilishi uchun tegishli hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan tasdiqlangan birlamchi ruxsat berish hujjatlari va loyiha-smeta hujjatlariga ega yer uchastkalarini;
(v) noturar joy lotlari chakana va isteʼmol xizmatlari obyektlari, koʻp funksiyali markazlar, omborxonalar, logistika inshootlari va boshqa tijorat binolarini qurish uchun tegishli hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi tomonidan tasdiqlangan birlamchi ruxsat berish hujjatlari va loyiha-smeta hujjatlariga ega yer uchastkalarini;
(g) yashil maydon lotlari barpo etiladigan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish uchastkalarini oʻz ichiga oladi.
13. Lotlar qatʼiy ravishda elektron onlayn auksion orqali savdoga chiqariladi.
14. Sotib olingan lotlarni boshqa subyektlarga qayta sotish yoki boshqa tarzda oʻtkazish taqiqlanadi.
15. Lotni sotib olgan tadbirkorlik subyekti qurilishni amalga oshirmasdan uni qaytarib bergan taqdirda, investitsiya kompaniyasi mazkur subyektga lot uchun toʻlangan summaning faqat 90 foizgacha miqdorini qaytaradi. Mazkur shart lotni sotish shartnomasida belgilanishi lozim.
16. Turar joy va noturar joy lotlariga kiritilgan inshootlarning qurilishi tadbirkorlik subyektlari tomonidan tegishli lot uchun tasdiqlangan birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlar va loyiha-smeta hujjatlari asosida qatʼiy ravishda amalga oshirilishi kerak.
17. Yer uchastkalarini xarid qilishda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turini hamda bino va inshootlarning ixtisoslashishini oʻzgartirish uchun tegishli subyektdan belgilangan tartibda toʻlov undiriladi.
18. Lotlarning sotilishidan tushgan mablagʻlar (Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan xarajatlar chegirib qolingandan soʻng qolgan qismi) 100 foiz miqdorda investitsiya kompaniyasiga oʻtkaziladi.
19. Turar joy va noturar joy lotlari boʻyicha tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlarining qarorlariga asosan belgilanadigan miqdordagi infratuzilma toʻlovi tadbirkorlik subyekti tomonidan toʻlanadi va mazkur toʻlov toʻliq investitsiya kompaniyasiga oʻtkaziladi.
20. Infratuzilmaviy va yashil maydon lotlariga kiritilgan obyektlarni qurish:
(b) turar va noturar binolar lotlariga qoʻshish yoʻli bilan;
(v) investitsiya kompaniyasi mablagʻlari hisobidan;
(g) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
21. DXSH loyihalarida ishtirok etadigan subyektlarni hamda infratuzilmaviy lotlarga kiritilgan obyektlar qurilishida ishtirok etadigan pudratchilarni aniqlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. DXSH loyihalarida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari davlat sherigi sifatida faoliyat yuritadi.
22. Buyurtmachi etib:
(a) avtomobil yoʻllarini qurish boʻyicha — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi;
(b) isitish qozonxonalari va issiqlik tarmoqlarini qurish boʻyicha — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Issiqlik taʼminoti obyektlari boʻyicha injiniring kompaniya” DM;
(v) ichimlik va oqova suv taʼminoti tarmoqlarini qurish boʻyicha — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ;
(g) elektr va gaz taʼminoti tarmoqlarini qurish boʻyicha — tegishliligiga koʻra “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ;
(d) aloqa tarmoqlarini qurish boʻyicha — “Oʻzbektelekom” AJ belgilanadi.
23. Investitsiya kompaniyalari tomonidan yer uchastkalarini sotib olish belgilangan tartibga muvofiq mustaqil baholash orqali aniqlangan bozor narxi, yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turi va boshqa cheklovlar inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
24. Kompleks qurilish hududida mavjud uy-joy va boshqa koʻchmas mol-mulk oldi-sotdisi, shu jumladan, ikkilamchi bozorda hamda boshqa tarzda oʻzga shaxsga uy-joyni oʻtkazish, shuningdek, fuqarolarni yashash manzili boʻyicha doimiy roʻyxatga qoʻyish taqiqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-fevraldagi PQ-73-son qaroriga 3-ILOVA
Kompleks qurilish loyihalarini amalga oshirish tartibini joriy etish va urbanizatsiya jarayonlarini takomillashtirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Amalga oshirish mexanizmi
Hujjat turi
Bajarish muddatlari
Masʼul ijrochilar
I. Normativ-huquqiy asoslarni takomillashtirish
1.
Bosh reja va boshqa shaharsozlik hujjatlariga rioya qilinishi ustidan monitoring tizimini joriy etish.
Bosh reja va boshqa shaharsozlik hujjatlarining davlat organlari tomonidan amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat
2026-yil avgust
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasining
(keyingi oʻrinlarda — Milliy qoʻmita),
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi,
Adliya vazirligi
2.
Qurilish muddatlari va (yoki) shaharsozlik talablari buzilgan hollarda moliyaviy choralarni qoʻllash tartibini joriy etish.
Majburiy buzish qarori chiqarilgan yoki belgilangan muddatda yakunlanmagan qurilish obyektlariga nisbatan yer va mol-mulk soligʻining besh baravar oshirilgan stavkasini qoʻllash boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat
(qonun loyihasi)
2026-yil may
Milliy qoʻmita,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi,
Adliya vazirligi
3.
Koʻp kvartirali uylar (keyingi oʻrinlarda — uy-joy) qurish faoliyatini amalga oshirish uchun malakaviy talablarni belgilash.
Uy-joy qurish faoliyatini amalga oshirish bilan shugʻullanuvchi qurilish va pudrat tashkilotlariga qoʻyiladigan malakaviy talablarni (mutaxassisligi, ish tajribasi, faoliyat olib borish uchun qonuniy asoslarga egaligi, salohiyati va boshqalar) ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat
2026-yil avgust
Milliy qoʻmita,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Markaziy bank,
Adliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
4.
Urbanizatsiya, arxitektura va shaharsozlik sohasidagi amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida urbanizatsiya, arxitektura va shaharsozlik sohasidagi barcha topshiriqlarni xatlovdan oʻtkazish va tizimli tahlil qilish.
2. Amalga oshirilgan tahlil natijalari asosida sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Tahliliy maʼlumot
2026-yil iyun
Milliy qoʻmita,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Adliya vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
5.
Kompleks qurilish tamoyiliga mos kelmaydigan loyihalarni kompleks baholash va uy-joy qurilishi tizimini tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
1. Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari doirasida “nuqtali” qurilish va kompleks qurilishlar mexanizmlari boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.
2. Xalqaro tajribadan kelib chiqib, “nuqtali” qurilish loyihalarini kompleks baholash va bosh reja parametrlariga muvofiq uy-joy qurilishi tizimini tashkil etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. Xususan:
(a) qoʻshimcha transport oqimlarini modellashtirish, yangi yoʻl oʻtkazgichlarni barpo etish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish hamda avtotransport vositalarini saqlash joylariga ehtiyojni baholash metodikasini ishlab chiqish;
(b) muhandislik-kommunikatsiya, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni qurish hamda rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish grafiklariga aniqlik kiritgan holda hududlar kesimida shakllantirish;
(v) yer uchastkalarining holatini uchuvchisiz uchadigan apparatlar orqali baholash mexanizmlarini joriy etish;
(g) kompleks qurilish hududlarini loyihalash jarayonida atrof-muhitga taʼsirini baholash va davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazish tartibini belgilovchi mexanizmini ishlab chiqish.
3. Ishlab chiqilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasida urbanizatsiya, uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasidan oʻtkazib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
Tahliliy maʼlumot
2026-yil oktabr
Milliy qoʻmita,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,
Energetika vazirligi,
Transport vazirligi,
Ichki ishlar vazirligi
6.
Investitsiya kompaniyalari faoliyatini tartibga solish.
Investitsiya kompaniyalarining namunaviy ustavini va kuzatuv kengashi namunaviy tarkibini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
Normativ-huquqiy hujjat
2026-yil mart
Milliy qoʻmita
7.
Koʻkalamzorlashtirishga oid amaldagi meʼyorlarni qayta koʻrib chiqish.
Uy-joylar boʻlgan zonalarning koʻkalamzorlashtirilgan hududlari maydoni (maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchastkalarini hisobga olmaganda) mavze hududi maydonidan kam boʻlmasligi miqdorini 25 foizdan 30 foizga oshirish boʻyicha shaharsozlik normalari va qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish va belgilangan tartibda tasdiqlash.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat
2026-yil aprel
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Milliy qoʻmita,
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
8.
Kompleks qurilishni tizimli amalga oshirishni tashkil etish.
Urbanizatsiya va kompleks qurilish tamoyillari asosida uy-joy qurilishi va infratuzilma uchun istiqbolli “Yer banki”ni shakllantirish va bunda quyidagilarni inobatga olish:
“Yer banki”ni shakllantirish va yuritish, yer uchastkalarini hisobga olish va ulardan foydalanish tartibini joriy qilish;
“Yer banki” vazifalarini amalga oshirish uchun masʼul organlarning funksiyalarini belgilash;
“Yer banki”ni yuritish uchun maxsus maʼlumotlar bazasini shakllantirish.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
2026-yil may
Milliy qoʻmita,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Adliya vazirligi
9.
Shaharsozlikda uy-joy qurish loyihalari hamda ularning mavjud uy-joylarni koʻkalamzorlashtirish talablariga muvofiqligini oʻrganish.
1. Uy-joy qurish loyihalarida koʻkalamzorlashtirish holatini oʻrganish va talablarga muvofiqlashtirish boʻyicha tegishli ishchi guruhlarni tuzgan holda:
(a) 2024-yil iyuldan boshlab bugungi kunga qadar Toshkent shahri va boshqa shaharlarda arxitektura-shaharsozlik kengashlari tomonidan koʻrib chiqilayotgan hamda tasdiqlangan loyihalarni, mazkur loyihalarning koʻp kvartirali uy-joylari boʻlgan turar joy zonalarining koʻkalamzorlashtirilganligi shaharsozlik meʼyorlari va qoidalariga muvofiqligini oʻrganish;
(b)oʻrganish doirasida shakllantirilgan maʼlumotlar doirasida joyiga chiqqan holda nazorat tadbirlarini olib borish va qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻrish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil aprel — sentabr
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi,
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,
Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
2. Oʻrganish va nazorat tadbirlari yakuni boʻyicha tuzilgan umumiy maʼlumotni Milliy qoʻmitaga taqdim etish.
2026-yil may
II. Tashkiliy-amaliy chora-tadbirlar
10.
Milliy qoʻmita faoliyati doirasida yuklatilgan vazifalarni samarali ijro qilish maqsadida mahalliy va xorijiy mutaxassis va ekspertlarni, shuningdek, tashkilotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri jalb etish.
Milliy qoʻmita faoliyati doirasida yuklatilgan vazifalarni samarali ijro qilish uchun (loyihalarni tanlash, ishlab chiqish va baholash, shuningdek, kompleks qurilishga moʻljallangan yer uchastkalarini tayyorlash jarayonlariga va boshqalarga) belgilangan budjet mablagʻlari doirasida:
(a) mahalliy loyiha tashkilotlari va konsalting subyektlarini shartnoma asosida;
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil aprel
Milliy qoʻmita,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
(b) mahalliy va xorijiy (kamida 3 nafardan) mutaxassis va ekspertlarni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida toʻgʻridan-toʻgʻri jalb etish, bunda ular uchun mehnat faoliyatiga ruxsatnoma olish talabidan ozod etiladi.
Doimiy
11.
Urbanistika (geourbanistika) va shaharlarni strategik rejalashtirish sohasida kadrlar tayyorlashni tizimli yoʻlga qoʻyish.
1. Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga “Urbanistika (geourbanistika), shahar va aglomeratsiyalarni strategik rejalashtirish” magistratura mutaxassisligini kiritish.
Tashkiliy chora-tadbirlar
2026-yil iyun
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Milliy qoʻmita
2. “Urbanistika (geourbanistika), shahar va aglomeratsiyalarni strategik rejalashtirish” magistratura mutaxassisligining oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.
2026-yil avgust
3. Milliy qoʻmitaning kadrlarga boʻlgan ehtiyojlari asosida 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida “Urbanistika (geourbanistika), shahar va aglomeratsiyalarni strategik rejalashtirish” mutaxassisligi boʻyicha magistrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.
2026-yil sentabr
12.
Investitsiya kompaniyalari faoliyati ochiqligi va ularning jamoatchilik oldidagi hisobdorligini taʼminlash.
Jamiyat ustavi, yillik va moliyaviy hisobotlar, auditorlik xulosasi, aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorlari hamda jamiyat faoliyatiga oid muhim faktlarni belgilangan tartib va muddatlarda eʼlon qilish hamda vakolatli organga taqdim etib borish.
-
Doimiy
Investitsiya kompaniyalari,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
13.
Temir yoʻl logistika infratuzilmasini yangi xalqaro aeroport qurilishi bilan muvofiqlashgan holda joylashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
1. Toshkent shahridagi temir yoʻl yuk stansiyalari hamda yukni saqlash bilan bogʻliq infratuzilmalarni Toshkent viloyatiga koʻchirish masalasini yangi xalqaro aeroport qurilishi bilan uzviy muvofiqlashtirgan holda kompleks tahlil qilish.
2. Urbanizatsiya, transport, logistika va investitsiya jihatlaridan kelib chiqib, obyektlarni qayta joylashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasida urbanizatsiya, uy-joy va ipoteka bozorini barqaror rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasidan oʻtkazish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritish.
Taklif
2026-yil may
Transport vazirligi,
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ,
Milliy qoʻmita
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2026-y., 07/26/73/0196-son; 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)