Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 07.04.2007
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqish va to‘lash to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 2-avgustda 1501-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2007-yil 28-fevraldagi 26-son va 2007-22-sonli “Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1667, 28.03.2007-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 20-iyundagi “Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3620-son Farmoniga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 25-26-son, 177-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova* qilinayotgan Yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqish va to‘lash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 2-avgust,
69-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 2-avgust,
45-son
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y.,30-31-son, 239-modda; 2006-y., 18-son, 152-modda)