|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
YuRIDIK ShAXSLARDAN DAROMAD (FOYDA) SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-fevralda 1109-5-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 610-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 52-son, 523-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 14-yanvardagi 15, 2002-12-son qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘ini hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (2002-yil 13-mart, ro‘yxat raqami 1109 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5, 11-12, 19-son; 2003-y., 4-son; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 122-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-yanvar,
9-son
Davlat soliq qo‘mitasiningraisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 18-yanvar,
2005-4-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 45-modda)