|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASINING
Qarori
YuRIDIK ShAXSLARNING DAROMADIGA (FOYDASIGA) SOLINADIGAN SOLIQNI HISOBLAB ChIQARISh VA BUDJETGA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 12-martda 1109-4-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 567-sonli qaroriga asosan qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2002-yil 14-yanvarda 15 va 2002-12-son qaror bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning daromadiga (foydasiga) solinadigan soliqni hisoblab chiqarish va budjetga to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga (2002-yil 13-mart, ro‘yxat raqami 1109-son — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 5, 11-12, 19-son; 2003-y., 4-son) ilovaga* muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri M.B. NURMURODOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-yanvar,
1-son
Davlat soliq qo‘mitasining raisi J. B. SAYFIDDINOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-yanvar,
2004-01-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 10-son, 122-modda)