|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 31.01.2008
|
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASIning
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO‘MITASIning
Qarori
QIShLOQ XO‘JALIGI TOVAR IShLAB ChIQARUVChILARI TOMONIDAN YAGONA YER SOLIG‘INI HISOBLAB ChIQARISh VA TO‘LASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 8-fevralda 1102-3-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2008-yil 21-yanvardagi 2, 2008-04-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining ayrim normativ-huquqiy hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 1761, 21.01.2008-y.) bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004-yil 28-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2005-yilgi Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi 610-son qaroriga muvofiq qaror qilamiz:
1 O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2002-yil 31-yanvardagi 29 va 2002-27-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yagona yer solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnomaga (2002-yil 5-mart, ro‘yxat raqami 1102 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-yil, 5-son; 2003-yil, 1-2-sonlar; O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 7-son, 87-modda) ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 19-yanvar,
15-son
Davlat soliq qo‘mitasining raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 19-yanvar,
2005-14-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 44-modda)