|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.2022
|
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankI boshqaruvining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 25-oktabrda 1419-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi ]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 18-noyabrdagi 20/3-sonli “Tijorat banklarining hisob siyosati va moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3337, 27.11.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” va “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklarining chop etiladigan yillik moliyaviy hisobotlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab 10 kundan so‘ng kuchga kiradi.
3. Mazkur qaror kuchga kirishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000-yil 31-avgustda 964-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tijorat banklarini chop etiladigan hisobotiga talablari to‘g‘risida nizom” o‘z kuchini yo‘qotadi.
4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Markaziy bank raisining o‘rinbosari R.A. G‘ulomov zimmasiga yuklatilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi v.b.
M. JUMAGALDIYEV
M. JUMAGALDIYEV
Toshkent sh.,
2-oktabr 2004-yil
21/1-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 43-son, 458-modda; 2010-y., 44-45-son,411-modda)