Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish mexanizmini samarali tashkil etish toʻgʻrisida
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish jarayonida tabiiy ofatlar natijasidagi zararlarni qoplashning yangi mexanizmlarini joriy etish orqali sohadagi tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy barqaror faoliyat yuritishi uchun imkoniyatlar yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni (keyingi oʻrinlarda — Qonun) ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilishning samarali tizimini joriy etish orqali tabiiy va texnogen ofatlar, yongʻin, zararkunanda va kasalliklar taʼsirida oʻsimlik hamda hayvonlarga yetkazilgan zararlarni qoplab berish;
(b) qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030-yilga qadar bosqichma-bosqich 20 foizga oshirish va qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning xavflarini kamaytirish;
(v) sugʻurtalash xarajatlarining (sugʻurta mukofoti) 50 foizini budjet mablagʻlari hisobidan qoplash orqali 2030-yilga qadar qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurtalash qamrovini 50 foizga yetkazish.
II. Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi tizimini samarali yoʻlga qoʻyish
2. Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin. Belgilansinki, Jamgʻarma:
(a) Qonunda belgilangan vazifa va funksiyalarni hamda sugʻurtalovchi vazifasini litsenziyasiz amalga oshiradi;
(b) sugʻurta (qayta sugʻurta) faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlariga rioya qiladi (kalendar badal toʻlash majburiyati bundan mustasno).
3. Belgilansinki:
(a) 2026-yildan boshlab qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari mahsulot yetishtirish uchun davlatning imtiyozli kreditlaridan foydalanganda ishlab chiqariladigan mahsulotning yoʻqotilishi (nobud boʻlishi) xavfini oldindan sugʻurta qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;
(b) klaster, fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining imtiyozli kreditlar boʻyicha qarzdorliklari qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklari sugʻurtasi shartnomasi boʻyicha qoplanmaydi.
4. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
(a) 2025-yil yakuniga qadar qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi shartnomasini rasmiylashtirish, sugʻurta mukofoti uchun budjet subsidiyasini olish, sugʻurta tovonini olishga doir arizalarni koʻrib chiqish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatish jarayonlarini oʻz ichiga oladigan litsenziya talab va shartlariga muvofiq boʻlgan Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi axborot tizimini (keyingi oʻrinlarda — Axborot tizimi) ishlab chiqsin va ishga tushirsin;
(b) Axborot tizimini sugʻurta faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga foydalanish talablari va shartlariga rioya qilgan holda integratsiya qilsin. Bunda Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalanganlik uchun toʻlov undirilmaydi;
(v) Axborot tizimini boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilsin. Bunda vazirlik va idoralarning axborot tizimlari va resurslaridagi maʼlumotlar doimiy ravishda qonunchilikka muvofiq begʻaraz asosda taqdim etib boriladi;
(g) mamlakatda qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi tizimini xalqaro tajriba asosida takomillashtirish, tavakkalchiliklarni boshqarish va mustaqil ekspertlar faoliyatini samarali tashkil etish uchun Jamgʻarmaga malakali xorijiy maslahatchilarni jalb etsin.
5. Qishloq xoʻjaligi tavakkalchiliklarini sugʻurta qilishni amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi davlat organi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 4-oktabrdagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-178-son Farmoni bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlardan qisqartirilgan shtat birliklari hisobidan Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni qoʻshimcha 7 ta shtat birligiga oshirilsin.
6. Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasining ijro etuvchi organi — Direksiya tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
(a) Jamgʻarma oʻz faoliyatini boshlaguniga qadar uning ustav kapitalini 35 mlrd soʻm miqdorida shakllantirish;
(b) Jamgʻarma ustav kapitali sugʻurtalovchilar ustav kapitalining qonunchilikda belgilangan eng kam miqdorlarini shakllantirish uchun Davlat budjetidan zarur mablagʻlarni ajratib borsin.
8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi Toshkent davlat agrar universiteti bilan birgalikda 2026-yil 1-fevralga qadar yuqori malakali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda har bir hududdan kamida 5 nafardan, 2027-yil 1-martga qadar qoʻshimcha 600 nafar qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi shartnomasi boʻyicha sugʻurta hodisasi mavjudligi va zarar miqdorini aniqlash uchun zarur malakaga ega boʻlgan mustaqil ekspertlarni tayyorlasin.
III. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
9. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Jamgʻarma faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi qarorni qabul qilsin:
(a) Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi hamda sugʻurta hodisasi va uning yuz berish ehtimolini oʻrganadigan mustaqil ekspertlar faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomlar;
(b) Axborot tizimiga integratsiya qilinishi lozim boʻlgan boshqa axborot tizimlarining roʻyxati;
(v) sugʻurta qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining va tavakkalchiliklarning turlari;
(g) Jamgʻarma boshqaruv kengashi aʼzolari tarkibi.
10. Markaziy bank Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan birgalikda 2026-yil 1-dekabrga qadar qishloq xoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarga qoʻshimcha yuklamalarning oldini olish, jumladan, kreditni qaytarmaslik xatarini tijorat banki foydasiga sugʻurta qilish amaliyotini qisqartirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Savdo-sanoat palatasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Jamgʻarmani Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Sh. Rustaveli koʻchasi 8-uy manzilida ijara huquqi asosida joylashtirsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi:
(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamgʻarma faoliyatini tashkil etish uchun zarur boʻlgan jihozlar, moddiy-texnik vositalar va aloqa turlari bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
(b) boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev, qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov belgilansin.
15. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 21-noyabr,
PF-223-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-son Farmoniga
1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasining ijro etuvchi organi — Direksiya
TUZILMASI

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Jamgʻarma boshqaruv kengashi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Direktor

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Direktorning birinchi oʻrinbosari

 

 

Direktor oʻrinbosari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ichki audit xizmati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Sugʻurtalash boshqarmasi

 

 

Moliya boshqarmasi

 

 

Ijro intizomi va devonxona

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻurtalash boʻlimi

4

 

 

 

 

Buxgalteriya

 

 

Xodimlar bilan ishlash boʻlimi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Sugʻurta zaxiralarini boshqarish va investitsiyaviy faoliyat boʻlimi

 

 

Yuridik boʻlim

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qishloq xoʻjaligida hayvonlarni sugʻurtalash boʻlimi

2

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Ishlar boshqarmasi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Axborot texnologiyalarini joriy etish boʻlimi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Qayta sugʻurtalash va xalqaro munosabatlar boʻlimi

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Sugʻurta toʻlovlari boʻlimi

3

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Sugʻurta vositachilari va mustaqil ekspertlar bilan ishlash boʻlimi

2

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Direksiya xodimlarining umumiy cheklangan soni — 25 shtat birligi.
Jamgʻarmaning kuzatuv kengashi, zarur hollarda, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Direksiya tuzilmasi va xodimlarning umumiy cheklangan soniga oʻzgartirish kiritishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-son Farmoniga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6218-son Farmoniga 5-ilovaning 43-pozitsiyasida:
(a) “Amalga oshirish muddatlari” ustunidagi “2025-yil III chorak” soʻzlari “2026-yil IV chorak” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) “Masʼul davlat organlari” ustunidagi “Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi “Kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik oʻrnatishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-93-son Farmonida:
(a) 7-band “b” kichik bandining toʻrtinchi xatboshisidagi “yerga boʻlgan huquqlar” soʻzlaridan keyin “(qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(b) 1-ilovaning 3-pozitsiyasi “v” kichik bandi “Imtiyoz va preferensiyalar” ustuni “yerga boʻlgan huquqlarni” soʻzlaridan keyin “(qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida transport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-94-son Farmoniga 8-ilovaning 6-pozitsiyasi “Maʼlumotni taqdim qiluvchi idoralar” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik islohotlar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-190-son Farmoniga 1-ilovaning 3-pozitsiyasi “Strategik islohotlar agentligi bilan faol hamkorlik qiladigan tashkilotlar” ustunidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi “Kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-193-son Farmoniga 2-ilovaning 16-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Statistika agentligi (Begalov)” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi (Hamrayev)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-36-son Farmonida:
(a) 9-bandning birinchi xatboshisidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 2-ilovaning 20 va 31-pozitsiyalari “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 13-martdagi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-49-son Farmonining 2-bandi uchinchi xatboshisi hamda 7-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyundagi “Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ushbu sohada parlament nazoratini kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-91-son Farmoniga 1-ilovaning 25-bandidagi “B.A. Begalov — Statistika agentligi direktori” soʻzlari “B.S. Hamrayev — Milliy statistika qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-iyuldagi “Budjet mablagʻlaridan foydalanish ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-100-son Farmoniga 3-ilovaning 27-bandidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-104-son Farmoniga 4-ilovaning 6-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni 4-bandidagi “Statistika agentligiga” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasiga” soʻzlari bilan, “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Statistika agentligi (B. Begalov)” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi (B. Hamrayev)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Iqlim kengashini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-106-son Farmoniga 1-ilovaning 22-bandidagi “B.A. Begalov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori” soʻzlari “B.S. Hamrayev — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-sentabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-135-son Farmoni 1-bandining “b” kichik bandida “barcha turdagi yer uchastkalarining” soʻzlaridan keyin “(qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalari bundan mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-fevraldagi “Qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-18-son Farmonida:
(a) 9-bandning uchinchi xatboshisidagi “davlat korxonalari” soʻzlari “masʼuliyati cheklangan jamiyatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 1-ilovaning 1-bandi oltinchi xatboshisidagi “davlat korxonasiga” soʻzlari “masʼuliyati cheklangan jamiyatiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-27-son Farmonining 12-bandida:
(a) birinchi xatboshidagi “2025-yil yakuniga qadar” soʻzlari “2026-yil 1-iyunga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) “v” kichik band quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“(vi) aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish natijalari asosida aholi jon boshiga nisbatan shakllantiriladigan koʻrsatkichlarni qayta hisoblashni amalga oshirish”.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga ilovaning 1 — 4, 10-pozitsiyalari “Axborot manbalari” ustunidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4796-son qaroriga 2-ilovaning 6-pozitsiyasida:
(a) “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni 4 va 5-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Xarajatlarni maqbullashtirish va maʼlumot almashish samaradorligini oshirish maqsadida biznesni roʻyxatga olishni tashkil etish boʻyicha Statistik registrlarning raqamli bazasi axborot tizimini ishlab chiqish.
5. Statistik registrlarning raqamli bazasi yordamida biznes-registr modulini ishga tushirish”;
(b) “Bajarish muddati” ustunidagi “2023-2024-yillarda” hamda “2025-yil iyul” soʻzlari tegishincha “2025-yil noyabr” va “2025-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5216-son qarorining 4-bandi toʻrtinchi xatboshisidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5282-son qaroriga 1-ilovaning 7-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi “2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-436-son qaroriga 5-ilovaning 12-bandidagi “B.A. Begalov — Statistika agentligi direktori” soʻzlari “B.S. Hamrayev — Milliy statistika qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-101-son qaroriga 5-ilovaning 4-pozitsiyasi “Vazirlik va idoralar nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayonini jadallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-181-son qaroriga 1-ilovaning 16-bandidagi “A.A. Ikramov — Statistika agentligi direktorining oʻrinbosari” soʻzlari “R.D. Maxammadiyev — Milliy statistika qoʻmitasi raisining oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023 — 2027-yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-299-son qarorida:
(a) 6-ilovaning 18-pozitsiyasi “Maʼlumot/baza taqdim etuvchi idora” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 7-ilovaning 5-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi “Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-308-son qarorida:
(a) 4-ilovaning 4-bandidagi “Z. Ziyayev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari” soʻzlari “Z. Ziyayev — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 5-ilovaning 4-bandidagi “Z. Ziyayev — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori oʻrinbosari” soʻzlari “Z. Ziyayev — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-yanvardagi “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik maʼlumotlarni taqdim etish jarayonlarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-8-son qarorida:
(a) 1-bandning birinchi xatboshisidagi “Statistika agentligining” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(i) “b” kichik banddagi “Statistika agentligiga” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) “v” kichik banddagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 5-banddagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(g) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning
YAGONA ROʻYXATI

T/r

Hisobot turi

Hisobot taqdim etuvchi subyekt

Hisobotni qabul qiluvchi organ

Hisobotni taqdim etish davriyligi

1.

Tijorat bankining buxgalteriya balansi toʻgʻrisida moliyaviy hisoboti

Tijorat banklari

Soliq organlari

Choraklik va yillik

2.

Tijorat bankining foyda va zararlar toʻgʻrisida moliyaviy hisoboti

Tijorat banklari

Soliq organlari

Choraklik va yillik

3.

Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik

4.

Aksiz soligʻi boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik

5.

Foyda soligʻi boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik va choraklik

6.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi, qatʼiy belgilangan miqdorlardagi soliq summalari va ijtimoiy soliq boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik

7.

Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik

8.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

9.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

10.

Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

11.

Aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Oylik

12.

Olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

13.

Davlat boji va yigʻimlar boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Choraklik

14.

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga oʻtgan yuridik shaxslarning soliqlarini hisoblab chiqish uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

15.

Foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻi boʻyicha hisobot

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Choraklik

16.

Moliyaviy holat toʻgʻrisida hisobot

(MHXS asosida)

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar

Soliq organlari

Yillik

17.

Moliyaviy hisobotlar boʻyicha izohlar

(MHXS asosida)

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar

Soliq organlari

Yillik

18.

Foyda yoki zarar va boshqa umumlashgan daromad toʻgʻrisida hisobot

(MHXS asosida)

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar

Soliq organlari

Yillik

19.

Xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida hisobot

(MHXS asosida)

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar

Soliq organlari

Yillik

20.

Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot

(MHXS asosida)

Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari va yirik soliq toʻlovchilar

Soliq organlari

Yillik

21.

Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

22.

Buxgalteriya balansi — 1-sonli shakl

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

23.

Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2-sonli shakl

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

24.

Pul oqimlari toʻgʻrisidagi hisobot — 4-sonli shakl

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

25.

Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot — 5-sonli shakl

Tadbirkorlik subyektlari

Soliq organlari

Yillik

26.

Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

27.

Investitsiya faoliyati, bino va inshootlarni foydalanishga topshirish toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Choraklik

28.

Oʻzbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va Oʻzbekiston Respublikasidan chet elga yoʻnaltirilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Choraklik

29.

Dehqon bozorlari, savdo majmualari va ixtisoslashgan bozorlardagi savdo joylari toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

30.

Mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish chora-tadbirini amalga oshirish toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

31.

Yoqilgʻi yetkazish va uning kelib tushish manbalari toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

32.

Yoqilgʻi va energiya kelib tushishi, sarfi va qoldiqlari toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

33.

Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisidagi statistika hisoboti (ishlab chiqarish)

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

34.

Elektr energiya manbalari va taqsimoti toʻgʻrisidagi statistika hisoboti (tarmoq)

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

35.

Pilla xaridi toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

mavsumiy

36.

Qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisida statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

37.

Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Fermer xoʻjaliklari

Statistika organlari

Yillik

38.

Fermer xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Fermer xoʻjaliklari

Statistika organlari

Choraklik

39.

Mehnat hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Choraklik

40.

Kasb va lavozimlar boʻyicha xodimlarning ish haqi toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

41.

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyati toʻgʻrisida hisobot

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

42.

Avtomobil, elektr (tramvay, metropoliten, trolleybus) transporti ishi toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Choraklik

43.

Umumiy foydalanilmaydigan temir yoʻl transporti toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

44.

Umumiy foydalanishdagi havo transporti xizmatlari toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

45.

Axborotlashtirish vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

46.

Maktabdan tashqari taʼlim tashkilotining statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

47.

Tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatish va joylashtirish toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

48.

Tashkilot xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

49.

Asosiy vositalarning mavjudligi va harakati hamda boshqa nomoliyaviy aktivlar toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

50.

Tashkilotning moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Choraklik

51.

Tashkilot faoliyati toʻgʻrisida statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Oylik

52.

Maxsus iqtisodiy zona, kichik sanoat zona, texnopark ishtirokchisi boʻlgan tashkilotlar va klasterlar faoliyati toʻgʻrisida statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Choraklik

53.

Aholiga tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalar faoliyati toʻgʻrisidagi statistika hisoboti

Yuridik shaxslar va ularning alohida boʻlinmalari

Statistika organlari

Yillik

54.

Insonparvarlik yordamining kelib tushishi va ularning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisida hisobot

Yuridik shaxslar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Choraklik

55.

Texnik koʻmaklashish vositalarining kelib tushishi va ularning oʻzlashtirilishi toʻgʻrisida hisobot

Yuridik shaxslar

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Choraklik

56.

Oʻz mablagʻlari va investitsiya aktivlarining oʻrtacha yillik qiymati toʻgʻrisida hisobot

Qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchisi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik

57.

Toʻlov qobiliyati marjasining yetarliligi normativi hisob-kitoblari (umumiy, hayot yoki faqat qayta sugʻurta boʻyicha)

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

58.

Alohida tavakkalchiliklar boʻyicha majburiyatlarning yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori va majburiyatlar jamining yoʻl qoʻyiladigan eng koʻp miqdori normativlariga rioya qilganligi hamda sugʻurtalovchi (qayta sugʻurtalovchi) aktivlarini joylashtirishga oid talablarga rioya qilinganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

59.

Har qanday bitta yuridik shaxsning ustav kapitalida ishtirok etish ulushi hisob-kitobi

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

60.

Bitta bogʻliq shaxs yoki barcha bogʻliq shaxslarda joylashtirilgan aktivlari summasi hisob-kitobi

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

61.

Qayta sugʻurta operatsiyalariga oid talablarga rioya qilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

62.

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi boʻyicha maʼlumotlar

(1, 2-jadvallar)

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

63.

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi boʻyicha maʼlumotlar

(1, 2-jadvallar)

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik

64.

Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha barqarorlashtirish zaxirasi boʻyicha maʼlumotlar

(1, 2-jadvallar)

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik tarzda

65.

Sugʻurta zaxiralarining umumiy miqdori

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik tarzda

66.

Aktivlar tarkibi toʻgʻrisida maʼlumot

Sugʻurta tashkilotlari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi

Choraklik va yillik tarzda

67.

Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha hisobot

Ustav fondidagi davlat ulushi davlatning ishonchli vakillariga ishonchli boshqaruvga berilgan xoʻjalik jamiyatlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Choraklik

68.

Biznes-rejaning bajarilishi toʻgʻrisida tashkilotning ijro etuvchi organi hisoboti

Ustav kapitalida davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Choraklik

69.

Samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari (SMK) bajarilishi toʻgʻrisida hisobot

Ustav kapitalida davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatlar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Choraklik

70.

Investitsiya majburiyatlarining bajarilishi toʻgʻrisida hisobot

Investitsiya majburiyatlari bilan davlat aktivini sotib olgan tadbirkorlik subyektlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq

71.

Davlat unitar korxonalarining mol-mulklari hamda ularni realizatsiya qilishdan olingan tushumlar boʻyicha hisobot (har birini alohida shaklda)

Davlat unitar korxonalari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

Choraklik

72.

Tovar, moliya va raqamli bozorlar toʻgʻrisida hisobot

Tahlil qilinayotgan bozor ishtirokchilari

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi

Zaruratga koʻra

73.

Ishlab chiqaruvchilarning sanoat mahsulotlari miqdori va narxlari toʻgʻrisida hisobot

Farmatsevtika faoliyatining dori vositalari ishlab chiqarish huquqiga ega litsenziatlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Oylik

74.

Taʼlim tashkiloti, taʼlim oluvchilar va pedagog xodimlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

Nodavlat oliy, professional taʼlim tashkilotlari

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Choraklik

75.

Telekommunikatsiya xizmatlari sifati toʻgʻrisida hisobot

Telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Choraklik

76.

Pochta aloqasi va davriy bosma nashrlarni tarqatish xizmatlarining sifati toʻgʻrisida hisobot

Telekommunikatsiya va pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Choraklik

77.

Televideniye, radioaloqa (mobil aloqa) va radioeshittirish texnik vositalarining ish sifati toʻgʻrisida hisobot

Mobil aloqa operatorlari va teleradiodasturlarni tarqatish (efir, kabel, efir-kabel televideniyesi, radioeshittirish) xizmatlarini koʻrsatadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Choraklik

78.

Shaharlararo aloqa liniyalari, traktlari va kanallarining ish sifati toʻgʻrisida hisobot

“Oʻzbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi” DUK, “Oʻzbektelekom” AK

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Choraklik

79.

Sanoat korxonalariga biriktirilgan hududlardagi tuproq degradatsiyasi va ifloslanishi toʻgʻrisida maʼlumot

Tabiiy resurslarni qazib oluvchi va qayta ishlovchi yirik sanoat korxonalari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Choraklik

80.

Biznes-reja va bitim parametrlariga rioya qilish holati toʻgʻrisida maʼlumot

Paxta-toʻqimachilik klasterlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Yillik

81.

Yer osti suvlarini olish va berishda suv miqdori toʻgʻrisida hisobot

Yer osti suvlaridan foydalanuvchilar

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi “Oʻzbekgidrogeologiya” DM

Yillik

82.

Foydali qazilmalarni qazib olishda foydali qazilmalar zaxirasi harakati toʻgʻrisidagi hisobot

Yer qaʼridan foydalanuvchilar

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi “Yer qaʼridan foydalanish markazi” DM

Choraklik

83.

Markaziy bank faoliyatining asosiy maqsadlarini hamda nazoratga doir vazifalarini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot va hisobotlar

Markaziy bank tomonidan faoliyati tartibga solinadigan va nazorati amalga oshiriladigan tashkilotlar

Markaziy bank

Davriy

84.

Temir yoʻl transportiga oid tashqi sektor statistikasi boʻyicha maʼlumot

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, ichki va xalqaro yoʻnalishlarda yuk va yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar

Markaziy bank

Choraklik

85.

Xorijiy investorlar ishtirokidagi tashkilotlarning kapitali, norezidentlarning ulushlari va ularga toʻlangan dividendlar, shuningdek, norezidentlarga koʻrsatilgan xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar

Lizing tashkilotlari va boshqa nobank moliyaviy tashkilotlar

Markaziy bank

Choraklik

86.

Norezidentlarni tashish va norezidentlar bilan tovar va xizmatlar savdosi toʻgʻrisida maʼlumotlar

Aviatsiya va avtomobil yoʻllari sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar

Markaziy bank

Choraklik

87.

Tabiiy gazning eksport va import hajmlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda mahsulot taqsimotiga oid bitimlar (MTB) va investitsiya bitimlari asosida faoliyat yurituvchi tashkilotlarning ishlab chiqarish, eksporti va daromadlarini taqsimlash hamda chet el investorlarining investitsiyalari toʻgʻrisida maʼlumotlar

Tabiiy gaz eksport va importini amalga oshiruvchi hamda MTB va investitsiya bitimlari asosida faoliyat yurituvchi tashkilotlar

Markaziy bank

Choraklik

88.

Nobank va boshqa moliyaviy tashkilotlar sharhini shakllantirish boʻyicha statistik hisobotlar

Nobank va boshqa moliyaviy tashkilotlar

Markaziy bank

Choraklik, yillik

89.

Ishlab chiqarilgan va realizatsiya qilingan alkogol, pivo va tamaki mahsulotlari hajmlari, shuningdek, ularni sotishdan tushgan daromad miqdori haqida maʼlumot

Tadbirkorlik subyektlari

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Zaruratga koʻra

Izohlar:
1. Yagona roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
2. “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi Qonunning 9-moddasiga muvofiq rasmiy statistika sohasidagi vakolatli davlat organi oʻz vakolatlari doirasida statistika uslubiyatlarini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq boʻlgan statistika kuzatuvlarining shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda joriy etadi.
3. Yagona roʻyxatga kiritilgan hisobot va statistik maʼlumotlar shakllari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlanadi”;
(d) 3-ilovaning 2-bandidagi “B.A. Begalov — Statistika agentligi direktori” soʻzlari “B.S. Hamrayev — Milliy statistika qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(i) 3-pozitsiya “Amalga oshirish mexanizmlari” ustuni 1-bandidagi “Statistika agentligiga” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasiga” soʻzlari bilan, “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Statistika agentligi (Begalov)” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi (Hamrayev)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) 5 — 7-pozitsiyalar “Ijro uchun masʼullar” ustunidagi “Statistika agentligi (Begalov)” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi (Hamrayev)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) 6-pozitsiya “Ijro muddatlari” ustunidagi “2025-yil aprel” soʻzlari “2026-yil aprel” soʻzlari bilan almashtirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-146-son qaroriga 3-ilovaning 25-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
26. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-153-son qarorining 1-bandi “a” kichik bandida:
(a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
(b) uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-apreldagi “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi PQ-165-son qaroriga 1-ilovaning 3-pozitsiyasi “Vazirlik va idoralar nomi” ustunidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-204-son qarorining 11-bandidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-iyundagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlarni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-227-son qarorida:
(a) 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasidagi islohotlarni samarali tashkil etishni yanada jadallashtirish maqsadida Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha ofisi) tashkil etilsin”;
(b) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Belgilansinki:
Loyiha ofisi direktori qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Loyiha ofisi shtat birliklari Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamda tizim tashkilotlarining amaldagi shtatlari doirasida shakllantiriladi;
Loyiha ofisi har oyda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasini isloh qilish holati, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, islohotlarni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va ularni bartaraf etish yoʻllari toʻgʻrisida qishloq xoʻjaligi vaziriga axborot kiritib boradi;
davlat organlari rahbarlari Loyiha ofisiga har tomonlama koʻmaklashadi, shu jumladan, uning soʻroviga koʻra oʻz xodimlarining oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni saqlab qolgan holda ekspert sifatida yuborilishini taʼminlaydi;
Qishloq xoʻjaligi vazirligining tizim tashkilotlari hamda boshqa davlat organlari Loyiha ofisi tomonidan ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarning belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishini taʼminlaydi”;
(v) 4-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligi vaziri” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(g) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Loyiha ofisini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
2026-yildan boshlab Qishloq xoʻjaligi vazirligiga birinchi darajali budjet mablagʻlari taqsimlovchisi sifatida Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Loyiha ofisining asoslangan takliflariga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi hisobidan ajratiladigan mablagʻlar;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalar doirasida jalb qilinadigan grant mablagʻlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”;
(d) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Qishloq xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda Loyiha ofisining nizomini, shuningdek, uning tuzilmasi, shtat birliklari sonini tasdiqlasin.
Bunda Loyiha ofisi xodimlariga Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi”;
(j) 7-bandning “a” kichik bandida:
(i) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
(ii) uchinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
(z) 10-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Loyiha ofisi unga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bino bilan taʼminlasin”.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-avgustdagi “Hududlarda sanoat salohiyatini yanada oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-295-son qarorining 2-bandi “b” kichik bandidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-330-son qarorining 6-bandida:
(a) ikkinchi xatboshi “koʻzda tutilsin” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(b) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktabrdagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-358-son qarorida:
(a) 1-ilovaga ilovaning 3-4-pozitsiyalari “Masʼul ijrochilar” ustunidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 3-ilovaning 1-pozitsiyasi “Masʼul tashkilotlar” ustunidagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
33. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025 — 2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-454-son qarorida:
(a) 1a-ilovaning 17-pozitsiyasi “Sohalar nomi” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 16-ilovaning 1 va 76-pozitsiyalari “Obyekt nomi va manzili” ustunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-455-son qarorida:
(a) 21-banddagi “Statistika agentligi” soʻzlari “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 7-ilovaning 15 va 15.1 pozitsiyalari “Rivojlantirish dasturi va maqsadli indikatorlar nomi” ustunidagi tegishli kelishikdagi “Statistika agentligi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Milliy statistika qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
35. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy rivojlanish sohalaridagi strategik tahlil va tadqiqot qilish faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-467-son qaroriga 2-ilovaning 3-bandidagi “B.A. Begalov — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori” soʻzlari “B.S. Hamrayev — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-75-son qarorida:
(a) 5-bandning birinchi xatboshisidagi “1 392 ta” soʻzlari “1 425 ta” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 7-ilovaning 7-pozitsiyasi “Amalga oshirish muddati” ustunidagi “2025-yil 1-sentabrdan boshlab” soʻzlari “2026-yil 1-sentabrdan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasida chorvachilik xoʻjaliklari ozuqa bazasini mustahkamlash va qishloq xoʻjaligidagi mavjud resurslardan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-334-son qaroriga 3-ilovaning 7-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni 2-bandidan “(shu jumladan chorvachilik xoʻjaliklari va kooperativlari)” soʻzlari chiqarib tashlansin.
38. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi 487-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi “lavozim maoshining” soʻzlaridan keyin “(ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)