1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi “Statistika ishlarini tashkil etish va yuritish tizimini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-27-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
1. Statistik kuzatuvlarni oʻtkazish va koʻrsatkichlarni shakllantirish uslubiyotlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, sohada islohotlarni jadallashtirish hamda xalqaro tashkilotlar ishtirokida kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida Milliy statistika qoʻmitasi tuzilmasida “Milliy statistika tizimini transformatsiya qilish” ofisi (keyingi oʻrinlarda — Transformatsiya ofisi) tashkil etilsin.
2. Transformatsiya ofisi quyidagi ustuvor yoʻnalishlarda yangi mexanizmlarni joriy qilishga masʼul etib belgilansin:
(a) ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur boʻlgan statistik maʼlumotlarni, shu jumladan, aholi daromadlari va ularning manbalarini baholash uslubiyotini takomillashtirish;
(b) mikro darajada kuzatuvlarni amalga oshirish va statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish uslubiyotini ishlab chiqish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
(v) Milliy statistika qoʻmitasi bilan rasmiy statistikani tayyorlovchi boshqa davlat organlari oʻrtasida samarali hamkorlik va uslubiy muvofiqlashtirishni yoʻlga qoʻyish;
(g) statistika maʼlumotlaridan foydalanuvchilar bilan samarali qayta aloqani (mijozga yoʻnaltirilganlikni) joriy etish;
(d) xalqaro tashkilotlar ishtirokida statistika organlari xodimlarining salohiyatini oshirish ishlarini tashkil etish;
(e) sohada faoliyat yuritayotgan ilmiy muassasalar, tadqiqotchilar hamda nufuzli xalqaro konsalting tashkilotlari bilan statistika ishlarini tashkil etish va yuritish boʻyicha samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
(j) statistika sohasini rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkil etish.
3. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
(a) Transformatsiya ofisi shtat birliklari Milliy statistika qoʻmitasi tizimi tashkilotlarining amaldagi shtatlari doirasida shakllantiriladi;
(b) Transformatsiya ofisi faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari Milliy statistika qoʻmitasi raisining transformatsiya masalalari boʻyicha oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi;
(v) hududiy statistika organlari balansidagi binolarni belgilangan tartibda sotishdan tushgan mablagʻlar statistika organlari hisobida qoldiriladi hamda sohaning strategik yoʻnalishlarini rivojlantirishga yoʻnaltiriladi.
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 13-martdagi PQ-103-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2026-y., 07/26/103/0226-son)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
4. Quyidagilar:
(a) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
(b) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
(v) Respublika statistika kengashi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Milliy statistika qoʻmitasi tizimining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan jami tuzilmalari boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 1 425 ta, shu jumladan, Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari soni 3 ta etib belgilansin. Bunda:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
(a) Milliy statistika qoʻmitasining markaziy apparati hamda hududiy boʻlinmalarining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan jami 470 ta, shundan 330 ta boshqaruv xodimlari, 140 ta ishlab chiqarish xodimlari shtat birliklari maqbullashtirilayotganligi inobatga olinsin;
(b) maqbullashtirilayotgan shtat birliklari hisobidan boʻshaydigan mablagʻlar Milliy statistika qoʻmitasi tizimidagi xodimlarning asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) natijadorligidan kelib chiqib, ularni ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilsin hamda keyingi yildan boshlab ragʻbatlantirish uchun ajratiladigan mablagʻlar Milliy statistika qoʻmitasi xarajatlarida alohida satrda aks ettirilsin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
6. Milliy statistika qoʻmitasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda tizimdagi barcha boʻlinmalarning faoliyatini toʻliq qamrab oluvchi 2025-yilga moʻljallangan asosiy oylik samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) tasdiqlasin.
7. Milliy statistika qoʻmitasi, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarining yagona tarif setkasi boʻyicha razryadlari 4, 5 va 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
8. Rasmiy statistika sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Milliy statistika qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Milliy statistika qoʻmitasi raisi belgilansin.
Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 24-fevral,
PQ-75-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qaroriga 1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining
TASHKILIY TUZILMASI
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari
Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
Tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qaroriga 2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Milliy statistika qoʻmitasi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
2. Milliy statistika qoʻmitasi rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish hamda statistika dasturlari ijro etilishini taʼminlash uchun masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi va davlat buyurtmasi boʻyicha statistika ishlarining bajarilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berib boradi.
3. Milliy statistika qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, ushbu Nizom va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
4. Milliy statistika qoʻmitasi oʻz faoliyatini Respublika statistika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan bir yillik statistika dasturi asosida amalga oshiradi.
5. Statistika organlari faoliyatiga, shu jumladan, statistika hisobotlarini yigʻish, statistika kuzatuvlarini oʻtkazish, rasmiy statistika maʼlumotlarini shakllantirish hamda ularni tarqatish va eʼlon qilish jarayonlariga har qanday aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Milliy statistika qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qaror va buyruqlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik shaxslar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.16.00 Bank hisobvaragʻi;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.08.00.00 Gʻaznachilik;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.27.00.00 Valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish / 07.27.07.00 Valyuta hisobvaraqlari]
7. Milliy statistika qoʻmitasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhr va blanklarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega boʻladi.
8. Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
9. Milliy statistika qoʻmitasining rasmiy nomlanishi:
(a) davlat tilida toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi, qisqartirilgan nomi — Milliy statistika qoʻmitasi;
(b) ingliz tilida toʻliq nomi — National Statistics Committee of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — National Statistics Committee;
(v) rus tilida toʻliq nomi — Natsionalniy komitet Respubliki Uzbekistan po statistike, qisqartirilgan nomi — Natsionalniy komitet po statistike.
10. Milliy statistika qoʻmitasining joylashgan manzili (pochta manzili): 100170, Toshkent shahri Mustaqillik shohkoʻchasi 63-uy.
2-bob. Milliy statistika qoʻmitasining tuzilmasi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
11. Milliy statistika qoʻmitasi tizimiga quyidagilar kiradi:
(a) Milliy statistika qoʻmitasining markaziy apparati;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri statistika boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy statistika boshqarmalari);
(v) tumanlar (shaharlar) statistika boʻlimlari;
(g) Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.08.00.00 Kasbiy tayyorgarlik, malaka oshirish va qayta tayyorlash]
12. Milliy statistika qoʻmitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) statistika organlari hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlarining statistika sohasida kasbiy darajasi va malakasini oshiradi, statistika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi va innovatsion ishlanmalarni amalga oshiradi.
3-bob. Milliy statistika qoʻmitasining asosiy vazifalari va funksiyalari
13. Quyidagilar Milliy statistika qoʻmitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
(a) rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari boʻyicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtirish, statistika uslubiyotlari va xalqaro tavsiyalarga muvofiq boʻlgan statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish;
(b) foydalanuvchilar ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa xususiyatga ega dolzarb statistika maʼlumotlarini yigʻish, ularni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash jarayonlarini tashkil etish;
(v) xalqaro darajada umumqabul qilingan rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari asosida sifatli va ishonchli statistika maʼlumotlarini shakllantirish, ularning shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan taʼsirchan mexanizmlarni amaliyotda qoʻllash;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(g) statistika maʼlumotlarini tayyorlash jarayonlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, oʻz axborot tizimlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari va maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarning axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiyasini taʼminlash;
(d) Ochiq maʼlumotlar portalida maʼlumotlarni oʻz vaqtida aks ettirish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda faoliyatga oid xalqaro reyting va indekslardagi maʼlumotlarni yangilab borish;
(e) roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning yuqori darajada amalga oshirilishini taʼminlash;
(j) milliy statistika tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va statistik tadqiqotlarni rivojlantirish borasida faol siyosatni yuritish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
14. Milliy statistika qoʻmitasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
(a) rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, rasmiy statistikani rivojlantirish masalalari boʻyicha faoliyatni milliy statistika tizimi doirasida muvofiqlashtirish, statistika uslubiyotlari va xalqaro tavsiyalarga muvofiq boʻlgan statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amaliyotga joriy qilish sohasida:
(i) rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini oʻrganish natijalarini hisobga olgan holda rasmiy statistika sohasi rivojlanishining istiqbolli maqsadlari va yoʻnalishlarini belgilaydi;
(ii) milliy statistika tizimiga statistika faoliyatini tashkil etishning xalqaro darajada tavsiya etilgan ilgʻor uslubiyotlari va tavsiyalarini joriy etish yuzasidan zarur choralarni amalga oshiradi;
(iii) koʻp yillik va bir yillik statistika dasturlarining ishlab chiqilishini muvofiqlashtiradi hamda amalga oshirilishini monitoring qiladi;
(iv) rasmiy statistikani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan birgalikda amalga oshiradi va statistika dasturlari doirasida ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(v) rasmiy statistikaning asosiy prinsiplariga rioya etilishini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq boʻlgan statistika uslubiyotlari bir xilligini taʼminlaydi, rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari statistika uslubiyotlarini xalqaro tavsiyalarga muvofiqligi yuzasidan auditdan oʻtkazadi;
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.03.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi]
(vi) milliy statistika tizimi faoliyatini tashkil etish sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi, rasmiy statistika sohasi masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;
(vii) rasmiy statistika sohasidagi ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish hamda xalqaro tavsiyalar asosida normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan, statistik koʻrsatkichlarni hisoblash uslubiyotlarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi, joriy etadi va takomillashtiradi;
(viii) vakolati doirasidagi masalalar boʻyicha tavsiya, qoʻllanma va koʻrsatmalar ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amaliyotga joriy etadi;
(ix) rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning ehtiyojlarini oʻrganish asosida statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va amaliyotga joriy etadi, statistika kuzatuvlarini oʻtkazish usullarini belgilaydi;
(x) milliy statistika tizimiga statistika faoliyatini tashkil etishning xalqaro darajada tavsiya etilgan ilgʻor uslubiyotlari va tavsiyalarini joriy etish yuzasidan zarur choralar koʻradi;
(xi) statistika ishlari va kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalari, oliy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda “mahalla yettiligi” aʼzolarini shartnoma asosida jalb qiladi;
(xii) maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarning oʻzlari yigʻadigan statistika kuzatuvlari shakllarini kelishadi;
(b) foydalanuvchilar ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa xususiyatga ega dolzarb statistika maʼlumotlarini yigʻish, ularni qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash jarayonlarini tashkil etish sohasida:
(i) iqtisodiy, demografik, ijtimoiy, moliyaviy, ekologik hamda boshqa xususiyatga ega statistika maʼlumotlarini yigʻish, qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, saqlash, tarqatish va eʼlon qilish ishlarini amalga oshiradi;
(ii) makroiqtisodiy, tarmoq va mintaqaviy darajalarda oʻrganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar qamrovini kengaytirishga qaratilgan statistik kuzatuvlarni amalga oshirish tizimini umumeʼtirof etilgan xalqaro amaliyotga muvofiq takomillashtirib boradi;
(iii) milliy statistika tizimiga kiruvchi rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan birgalikda statistika dasturlarining bajarilishini taʼminlaydi;
(iv) tarmoqlar va sohalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini bajarish jarayonlari yuzasidan statistika kuzatuvlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
(v) statistika maʼlumotlarini yigʻishni, uy xoʻjaliklarining statistika kuzatuvlarini, roʻyxatga olishlarni, bir marotabalik hisobga olishlarni, tanlanma soʻrovlarni va boshqa statistika kuzatuvlarini oʻtkazishni tashkil etadi;
(vi) iqlim oʻzgarishi va “yashil iqtisodiyot” boʻyicha shakllanadigan koʻrsatkichlarni xalqaro standart hamda meʼyorlarga muvofiqlashtirib boradi;
(vii) makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning statistik hisob-kitoblarini amalga oshiradi hamda mamlakatdagi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarning dastlabki statistik tahlilini olib boradi;
(viii) respondentlarga elektron shakldagi statistika hisobotlarini toʻldirish va taqdim etish uchun maxsus axborot tizimidan bepul foydalanish imkonini yaratadi;
(ix) respondentlarga ishonchli statistika maʼlumotlarini taqdim etishda har tomonlama koʻmaklashadi, statistika maʼlumotlarini taqdim etish sohasida huquqiy madaniyatni oshirish va huquqbuzarliklarning oldini olishning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqadi;
(x) statistika hisobotlarini yigʻish, statistika kuzatuvlarini oʻtkazish, rasmiy statistika maʼlumotlarini shakllantirish hamda ularni tarqatish va eʼlon qilish jarayonlariga davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslarining har qanday aralashuvini istisno qilish chora-tadbirlarini koʻradi;
(xi) maʼlumotlar bazasini, statistika registrlarini, veb-saytlarni shakllantiradi, yuritadi va yangilab boradi, foydalanuvchilarga ulardan foydalanishga doir zarur tushuntirishlar beradi;
(xii) rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari bilan statistika maʼlumotlari va metamaʼlumotlar almashinuvini keng yoʻlga qoʻyadi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
(xiii) olingan statistika maʼlumotlarining maxfiyligini, birlamchi hisobot va individual maʼlumotlardan yuridik shaxslarning faoliyatini, boshqa xususiyatlarini yoki miqdor koʻrsatkichlarini rasmiy tasdiqlash maqsadida foydalanishga yoʻl qoʻymaslikni, davlat sirlariga ega boʻlgan statistika maʼlumotlarining himoya qilinishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.05 Foydalanish cheklangan boshqa axborotlar]
(xiv) oʻz vakolatlari doirasida statistika organlari faoliyati jarayonlarida olingan xizmat, bank, tijorat sirlarini va boshqa maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan axborotlarni saqlash va himoyalashni taʼminlaydi;
(xv) qoʻshimcha ravishda ishlov berilgan statistika maʼlumotlarini, bosma nashrlarni va boshqa materiallarni rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning soʻroviga koʻra pulli asosda taqdim etishni amalga oshiradi;
(xvi) statistik maʼlumotlardan foydalanuvchilar talablaridan kelib chiqqan holda dolzarb statistik maʼlumotlarni tayyorlaydi hamda yangi statistik mahsulot va xizmatlar koʻlamini kengaytirib boradi;
(xvii) shartnoma asosida rasmiy statistika masalalari boʻyicha pulli xizmatlar, shuningdek, Statistika dasturidan tashqari boshqa xizmatlarni koʻrsatadi hamda ishlarni bajaradi;
(xviii) Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq statistika organlari faoliyati jarayonlarida arxiv hujjatlarini jamlash, saqlash, hisobga olish va ulardan foydalanish ishlarini amalga oshiradi;
(v) xalqaro darajada umumqabul qilingan rasmiy statistikaning asosiy prinsiplari asosida sifatli va ishonchli statistika maʼlumotlarini shakllantirish, ularning shaffofligi va oshkoraligini oshirishga qaratilgan taʼsirchan mexanizmlarni amaliyotda qoʻllash sohasida:
(i) rasmiy statistika maʼlumotlari rasmiy statistikaning asosiy prinsiplariga rioya etgan holda tayyorlanishi va tarqatilishini tashkil etadi;
(ii) sifatli va ishonchli statistika maʼlumotlarini shakllantirish, ularning shaffofligi va oshkoraligini taʼminlash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganadi va ularni rasmiy statistika sohasiga joriy etish choralarini koʻradi;
(iii) rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari va maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar tomonidan oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan statistika kuzatuvlari tizimini maqbullashtirish yoʻli bilan xolisona, sifatli va talab yuqori boʻlgan hisobot maʼlumotlari tayyorlanishini, tanlanma statistika kuzatuvlari sonini va natijalarining ishonchliligi bosqichma-bosqich oshirilishini muvofiqlashtiradi;
(iv) rasmiy statistika uchun zarur boʻlgan statistik tasniflagichlarni ishlab chiqadi va yuritadi, xalqaro standart tasniflagichlar asosida ularning muntazam ravishda qayta koʻrib chiqilishini amalga oshiradi;
(v) ochiq statistika maʼlumotlarini statistika organlari, rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari, boshqa davlat organlari va xalqaro tashkilotlarning internet resurslari hamda nashrlarida joylashtirish yoʻli bilan tarqatadi va barcha foydalanuvchilarga rasmiy statistika maʼlumotlaridan keng foydalanish uchun teng imkoniyatlarni yaratadi;
(vi) boshqa mamlakatlarning rasmiy statistikani tayyorlovchilari va xalqaro tashkilotlar bilan ochiq statistika maʼlumotlarini oʻzaro almashadi;
(vii) milliy va xorijiy foydalanuvchilar uchun rasmiy statistika maʼlumotlarining maksimal darajada ochiqligi va shaffofligini, shu jumladan, respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirib borish koʻrsatkichlari xalqaro statistik toʻplamlarda chop etilishini taʼminlash maqsadida xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirishni taʼminlaydi;
(viii) statistik maʼlumotlarni sof oylar va sof choraklar koʻrinishida yuritish, yuqori chastotali iqtisodiy faollik koʻrsatkichlarini shakllantiradi va eʼlon qiladi;
(ix) rasmiy statistika sohasida xalqaro tashkilotlar, statistika institutlari va boshqa mamlakatlarning rasmiy statistikani tayyorlovchilari bilan hamkorlik qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda bitimlar tuzadi va ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 9-bobi.
(x) rasmiy statistika sohasiga xalqaro darajada tavsiya etilgan ilgʻor tizimlar va tavsiyalarni joriy etish uchun xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari va boshqa chet ellik donorlarning mablagʻlari hamda grantlari (texnik koʻmagi)ni jalb etish ishlarini amalga oshiradi;
(xi) aholi, tadbirkorlik subyektlari, ilmiy tadqiqot institutlari, xalqaro ekspertlar va davlat idoralarini raqamli texnologiyalardan keng foydalangan holda ishonchli statistik maʼlumotlar bilan taʼminlaydi;
(xii) rasmiy statistikadan foydalanuvchilar bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, statistika maʼlumotlarining mazmuni va sifatini yanada yaxshilash maqsadida foydalanuvchilar oʻrtasida taqdim etilayotgan statistika maʼlumotlaridan qoniqish darajasini baholash boʻyicha soʻrovlar oʻtkazadi;
(xiii) mahalliy va xorijiy axborot makonlarini rasmiy statistik koʻrsatkichlar asosida tayyorlangan materiallar va ular boʻyicha tushuntirishlar bilan taʼminlaydi;
(xiv) rasmiy statistika maʼlumotlarining manbalari, ularni tayyorlash usullari, ishonchliligi, shaffofligi, oshkoraligi va sifati toʻgʻrisida foydalanuvchilarni metamaʼlumotlar yordamida xabardor qilib boradi.
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(g) statistika maʼlumotlarini tayyorlash jarayonlarida raqamli texnologiyalardan keng foydalanish, oʻz axborot tizimlarini rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari va maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarning axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiyasini taʼminlash sohasida:
(i) statistika axborotlarining tezkorlik bilan uzatilishi va ularni qayta ishlashni taʼminlovchi raqamli texnologiyalarni statistika organlari faoliyatiga joriy etadi;
(ii) statistika kuzatuvlarini oʻtkazish, rasmiy statistika maʼlumotlarini shakllantirish va tahlil qilish maqsadida, zaruratga koʻra, mavjud axborot tizimlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiyasini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyadi;
(iii) statistika maʼlumotlari bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtirish darajasini oshirish, statistika organlarida foydalaniladigan axborot tizimlarini doimiy takomillashtirish, statistika maʼlumotlarining yagona bankini shakllantirish, koʻrsatilayotgan interaktiv xizmatlar tarkibini kengaytirish va sifatini yaxshilashni taʼminlaydi;
(iv) rasmiy statistikadan foydalanuvchilarga real vaqt rejimida statistik koʻrsatkichlarning kengaytirilgan roʻyxatidan erkin foydalanish imkonini beruvchi statistika maʼlumotlari bazasini ishlab chiqadi va yuritadi;
(v) axborot xavfsizligini taʼminlash, axborot almashinuvining himoyalangan elektron shakliga bosqichma-bosqich oʻtish, xavflarga qarshi tizimning samarali ishlashini taʼminlash uchun normativ-huquqiy va tashkiliy-texnik bazani takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.08.00.00 Axborot xavfsizligi, axborotni va axborot jarayonlari hamda axborotlashtirish sohasi subyektlari huquqlarini himoya qilish (shuningdek, 16.04.03.00 ga qarang))]
(vi) milliy axborot makoni yaxlitligini saqlash, statistika organlari axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, ularni ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish boʻyicha zarur choralarni koʻradi;
(vii) yagona tasniflash tizimi asosida yuridik shaxslarni hisobga olish va identifikatsiyalashni, Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri samarali faoliyat koʻrsatishini hamda yangilab borilishini taʼminlaydi;
(viii) oʻzaro mos axborot tizimlari va resurslarini yaratish uchun asos sifatida statistik tasniflagichlardan foydalanishni taʼminlaydi;
(ix) internet resurslariga joylashtirish yoʻli bilan statistik tasniflagichlar va ularga kiritilayotgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida foydalanuvchilarni xabardor qiladi;
(x) davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari bilan integratsiya jarayonlarini kengaytirish orqali statistik hisobotlarni qisqartiradi va biznesga “hisobot yuki”ni kamaytirib boradi;
(xi) “mahalladan — respublikagacha” tamoyili asosida statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish tizimini yaratish orqali maʼlumotlarning ishonchliligini taʼminlaydi hamda tuman (shahar)lar kesimida tahliliy maʼlumotlarni eʼlon qilish ishlarini tashkil qiladi;
(xii) maʼmuriy maʼlumotlarni shakllantirish uslubiyotini takomillashtirish hamda koʻlamini kengaytirish orqali statistik maʼlumotlar sifati va samaradorligini oshirib boradi;
(d) Ochiq maʼlumotlar portalida maʼlumotlarni oʻz vaqtida aks ettirish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish hamda faoliyatga oid xalqaro reyting va indekslardagi maʼlumotlarni yangilab borish sohasida:
(i) davlat organlari va tashkilotlarining Portalda eʼlon qilinadigan ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini umumlashtirish hamda yangilashning aniq muddatlari va davriyligini belgilagan holda tasdiqlanishini hamda muntazam yangilab turilishini tashkil etadi;
(ii) Portalni yanada rivojlantirish va uning funksional imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha “yoʻl xarita”larining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil etadi;
(iii) ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchi davlat organlari va tashkilotlariga hamda foydalanuvchilarga Portaldan samarali foydalanish boʻyicha uslubiy yordam koʻrsatadi;
(iv) davlat organlari va tashkilotlari tomonidan roʻyxat asosida maʼlumotlarning toʻliq joylashtirilishi hamda ularning oʻz vaqtida Portalda aks ettirilishi boʻyicha faoliyatni baholashda ishtirok etadi va muvofiqlashtiradi;
(v) Portalda eʼlon qilingan ochiq maʼlumotlar toʻplamlari dolzarbligini doimiy monitoring qiladi;
(vi) ochiq maʼlumotlarni yetkazib beruvchi davlat organlari va tashkilotlari masʼul xodimlarining ochiq maʼlumotlar sohasida malakalarini oshirib borishni amalga oshiradi;
(vii) Portalning funksional imkoniyatlari oʻzgarganligi toʻgʻrisida undan foydalanuvchilarning xabardor qilinishini tashkil etadi;
(viii) mamlakatda ochiq maʼlumotlar sohasini yanada rivojlantirish boʻyicha qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
(ix) faoliyatga oid xalqaro reyting va indekslar boʻyicha koʻrsatkichlarning yangilab borilishini taʼminlaydi;
(e) roʻyxatga olish jarayonlarini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ularning yuqori darajada amalga oshirilishini taʼminlash sohasida:
(i) roʻyxatga olish hujjatlari shakllarini, roʻyxatga oluvchi xodimlar guvohnomasi shaklini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
(ii) roʻyxatga olish dasturlarini va roʻyxatga olish varaqalari shakllarini ishlab chiqadi va ularning hududlarga yetkazilishini taʼminlaydi;
(iii) roʻyxatga olishni oʻtkazish toʻgʻrisida aholini xabardor qilishga doir ishlarni muvofiqlashtiradi;
(iv) roʻyxatga olishga jalb etiladigan xodimlarni tanlab olish va oʻqitish tartibini belgilaydi va oʻqitishni tashkil etadi;
(v) roʻyxatga olish natijalari milliy va xorijiy foydalanuvchilarning keng ommasi uchun eʼlon qilinishini taʼminlaydi;
(vi) roʻyxatga olish varaqlari va boshqa roʻyxatga olish hujjatlarining saqlanishi (shu jumladan vaqtincha saqlanishi), yoʻq qilinishi tartibini belgilaydi va ularning bajarilishini taʼminlaydi;
(j) milliy statistika tizimidagi kadrlar salohiyatini oshirish va statistik tadqiqotlarni rivojlantirish borasida faol siyosatni yuritish sohasida:
(i) Milliy statistika qoʻmitasi tizimi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash dasturini tasdiqlaydi hamda uning amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
(ii) statistika sohasida kadrlar tayyorlash, xodimlar malakasini oshirish ishlarini tashkil etishda respublika ilmiy va taʼlim muassasalari hamda xalqaro statistika institutlari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshiradi;
(iii) vazirlik va idoralar xodimlarining statistika sohasidagi bilim hamda koʻnikmalarini rivojlantirish boʻyicha malaka oshirish va qayta tayyorlash dasturlarini tasdiqlaydi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi;
(iv) statistika sohasida kadrlar tayyorlash jarayonida respublika ilmiy va taʼlim muassasalari bilan oʻzaro hamkorlikda nazariy va amaliy yaxlitlikni taʼminlaydi;
(v) kadrlar malakasini oshirish jarayonlariga videokonferensaloqa tizimi va raqamli texnologiyalarni qoʻllagan holda masofaviy oʻqitish tizimini samarali tashkil etadi;
(vi) xalqaro tashkilotlar va xorijiy yetakchi statistika idoralari koʻmagida statistika organlarining kadrlari salohiyatini mustahkamlaydi, shu jumladan, ularning tahliliy qobiliyatlarini rivojlantirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etadi;
(vii) boshqaruv xodimlarini ishga qabul qilishda lavozimlarga nomzodlarni ochiq tanlov asosida qabul qilishni amalga oshiradi;
(viii) statistika organlari faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash, xodimlarning samarali mehnat qilishlari, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy muhofaza qilish uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish choralarini koʻradi;
(ix) statistika organlari xodimlari uchun lavozim va malaka darajalariga koʻtarilishda ularning mehnat faoliyati, irodaviy va axloqiy sifatlari, iqtidori va koʻnikmalarini xolisona baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratadi;
(x) statistika organlari xodimlarida yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib boʻlmaydigan munosabatni shakllantirish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻradi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.07.00 Ilmiy tadqiqotlar]
(xi) rasmiy statistika sohasida amaliyotga joriy etishga qaratilgan ilmiy va statistik tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
(xii) statistika organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida ilgʻor statistik usullar va vositalar asosida innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish va amalga oshirish choralarini koʻradi;
(xiii) xalqaro tavsiyalar va ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganib borish maqsadida statistikaga doir turli xalqaro tadbirlar, seminar, treninglar va boshqa tadbirlarda tizim vakillarining ishtirokini taʼminlaydi;
(xiv) davlat organlari va tashkilotlarining idoraviy statistikaga masʼul boʻlinmalar va xodimlarning malakasini oshirib boradi;
(xv) Milliy statistika qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
4-bob. Milliy statistika qoʻmitasining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
15. Milliy statistika qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega:
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.03.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 02.04.00.00ga qarang);
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.01.00 Umumiy masalalar]
(a) rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
(b) statistika kuzatuvlari shakllarini, ularni taqdim etish tartibini tasdiqlash, statistika kuzatuvlarini olib borish usullarini belgilash hamda maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilarning oʻzlari yigʻadigan maʼlumotlari mazmuni, uslubiyoti va roʻyxatini kelishish;
(v) statistika maʼlumotlarini taqdim etuvchi davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik shaxslar (shu jumladan ularning alohida boʻlinmalari, filiallari va vakolatxonalari) va boshqa respondentlar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan statistika sohasidagi bajarilishi majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda qabul qilish;
(g) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan, banklardan hamda boshqa yuridik shaxslardan (shu jumladan ularning alohida boʻlinmalari, filiallari va vakolatxonalaridan) statistika kuzatuvi shakllarini olish va statistika kuzatuvi maʼlumotlaridan statistika maqsadlarida foydalanish;
(d) kuzatuvlarni, tahlillarni oʻtkazish va rasmiy statistikani shakllantirish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari maʼmuriy maʼlumotlar bazalaridan, jumladan, ularni oʻzaro integratsiyalash orqali toʻsiqlarsiz foydalanish;
(e) jismoniy va yuridik shaxslar toʻgʻrisidagi registrlar va maʼlumotlar bazalarini yaratadigan hamda yuritadigan davlat organlari va ularning tasarrufidagi tashkilotlardan statistika registrlarini shakllantirish hamda oʻz vaqtida yangilash uchun zarur boʻlgan axborotlarni bepul olish;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.02.00.00 Axborot va axborotlashtirish sohasida boshqaruv. Elektron hukumat / 12.02.04.00 Boshqa masalalar;
2.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.04.00.00 Axborotlashtirish. Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari / 12.04.02.00 Axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash vositalari]
(j) davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslarida maʼlumotlarni elektron tarzda toʻgʻridan-toʻgʻri, bevosita integratsiya qilish;
(z) rasmiy statistikaning boshqa tayyorlovchilari statistika uslubiyotlarini xalqaro tavsiyalarga muvofiqligi yuzasidan auditdan oʻtkazish, nomuvofiqlik aniqlangan taqdirda ijro etilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
(i) rasmiy statistika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, ularni ishlab chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi ilmiy muassasalari, boshqa tashkilotlari va xorijiy tashkilotlarni, shuningdek, respublikaning yetakchi olimlari va xorijiy mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi PQ-4008-son “Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
(y) rasmiy statistikani tayyorlash uchun zarur boʻlgan statistika maʼlumotlarini yigʻishga jismoniy va yuridik shaxslarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida jalb etish, jismoniy shaxs boʻlgan respondentlarni statistika kuzatuvlarida ishtirok etganligi uchun moddiy ragʻbatlantirishni mustaqil ravishda amalga oshirishni tashkil etish;
(k) yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida statistik, konsalting, tahliliy, axborot, noshirlik va statistika dasturidagidan tashqari boshqa xizmatlarni koʻrsatish hamda ekspertlar, konsultantlar va tashkilotlarni (shu jumladan xorijiy) jalb etish;
(l) statistika kuzatuvlarida ishtirok etgan respondentlarni moddiy ragʻbatlantirish qiymatlari va shartnoma asosida koʻrsatiladigan xizmatlar tariflarini mustaqil ravishda belgilash;
(m) statistika hisobotlarini taqdim etish bilan bogʻliq qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish haqida koʻrsatmalar berish va qonunga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy jazo choralarini qoʻllash;
(n) Milliy statistika qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasini statistika hisobotlarini taqdim etish tartibini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga qoʻllanadigan maʼmuriy jarimalar va boshqa tushumlar hisobiga shakllantirish va undan belgilangan tartibda foydalanish;
(o) hududning ehtiyoj va sharoitlarini inobatga olgan holda Milliy statistika qoʻmitasi tizimiga kiruvchi viloyat yoki tuman (shahar) yoxud tumanlararo (hududlararo) shaklda boʻlinmalar tashkil etish, alohida vazifalarni amalga oshirish uchun funksional boʻlinmalarni shakllantirish;
(p) xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshirish, rasmiy statistika masalalari boʻyicha, shu jumladan, xalqaro seminarlar va anjumanlar oʻtkazish;
(r) zarur hollarda, vazirlik va idoralar bilan birga qoʻshma qarorlar va boshqa hujjatlar qabul qilish.
16. Milliy statistika qoʻmitasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
17. Milliy statistika qoʻmitasi:
(a) oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, rasmiy statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
(b) rasmiy statistikaning asosiy prinsiplariga rioya etilishini va xalqaro tavsiyalarga muvofiq boʻlgan statistika uslubiyotlarining bir xilligini taʼminlash;
(v) mamlakatni, hududlarni, tarmoqlar va sohalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarining bajarilishi jarayonlari yuzasidan statistika kuzatuvlarini tashkil etish;
(g) statistika maʼlumotlarini yigʻishni, uy xoʻjaliklarining statistika kuzatuvlarini, roʻyxatga olishlarni, bir marotabalik hisobga olishlarni, tanlanma soʻrovlarni va boshqa statistika kuzatuvlarini oʻtkazishni tashkil etish;
(d) rasmiy statistika sohasini rivojlantirish boʻyicha strategiyalar, dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish;
(e) barcha darajadagi foydalanuvchilarni belgilangan tartibda rasmiy statistika maʼlumotlari bilan taʼminlash;
(j) xalqaro va mintaqalararo statistik qiyoslashlarni amalga oshirish;
(z) statistika maqsadlarida foydalanish uchun statistika registrlari va tasniflash tizimini yuritish;
(i) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining statistika sohasidagi huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash uchun javobgar hisoblanadi.
5-bob. Milliy statistika qoʻmitasi rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang)]
18. Milliy statistika qoʻmitasi zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq uning rahbarlari quyidagi funksional majburiyatlarni bajaradilar:
a) Milliy statistika qoʻmitasi raisi:
(i) Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, yuklatilgan vazifa va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar boʻladi;
(ii) oʻz oʻrinbosarlari va Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari va idoraviy tashkilotlari mansabdor shaxslarining vakolatlari hamda shaxsiy javobgarlik darajasini belgilaydi;
(iii) oʻz vakolati doirasida Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari va idoraviy tashkilotlarining barcha xodimlari tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan qaror va buyruqlarni qabul qiladi;
(iv) oʻz vakolati doirasida Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparatining xarajatlar smetasini va belgilangan shtatlar soni doirasida shtatlar jadvalini tasdiqlaydi;
(v) belgilangan shtatlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻz vakolati doirasida Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari va idoraviy tashkilotlarining tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
(vi) statistika ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni mustaqil taqsimlaydi;
(vii) Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarmalarining nizomlari va Institut ustavini tasdiqlaydi;
(viii) ijro intizomiga, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq koʻrib chiqish muddatlari va tartibiga qatʼiy rioya etilishini taʼminlaydi;
(ix) Milliy statistika qoʻmitasi tizimi xodimlarining tizimli ravishda malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi;
(x) davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qiladigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlarni tashkil qiladi;
(xi) qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi;
b) Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari:
(i) rasmiy statistika sohasini rivojlantirish, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish va sifatli tayyorlashni tashkil etishda ishtirok etadi;
(ii) Milliy statistika qoʻmitasi raisining topshiriqlariga binoan rasmiy statistikani rivojlantirishga oid dasturiy hujjatlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;
(iii) Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga muvofiq tegishli boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(iv) oʻzlari mutasaddilik qilayotgan markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarida kadrlar zaxirasini shakllantirish boʻyicha ishlarni tizimli asosda tashkillashtiradi;
(v) Milliy statistika qoʻmitasi raisi vaqtincha ish faoliyatida boʻlmaganida tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajaradi;
(vi) davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qiladigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlarni tashkil qiladi;
(vii) qonunchilik hujjatlari va Milliy statistika qoʻmitasi raisining qaror va buyruqlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi;
v) Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari:
(i) tarkibiy boʻlinma toʻgʻrisidagi nizomlarga muvofiq aniq yoʻnalishlar boʻyicha vazifalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi;
(ii) oʻzlari muvofiqlashtirayotgan sohalarning rivojlanish holatini baholaydi va amalga oshirishning samarali mexanizmlari bilan ularni yanada rivojlantirish boʻyicha aniq takliflarni Milliy statistika qoʻmitasi rahbariyatiga kiritadi;
(iii) Milliy statistika qoʻmitasi hayʼati qarorlari, Milliy statistika qoʻmitasi raisining qaror, buyruq, koʻrsatmalari, uning oʻrinbosarlari koʻrsatma hamda topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlaydi;
(iv) davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qiladigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlarni tashkil qiladi;
(v) qonunchilik hujjatlari va Milliy statistika qoʻmitasi raisining qaror va buyruqlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi;
g) Milliy statistika qoʻmitasi hududiy boʻlinmalari va idoraviy tashkilotlari rahbarlari:
(i) yuklatilgan vazifalarga, shuningdek, Milliy statistika qoʻmitasi rahbariyatining topshiriqlariga muvofiq boshqarmalarning faoliyatini tashkil etadi;
(ii) Milliy statistika qoʻmitasi hayʼati qarorlari, Milliy statistika qoʻmitasi qaror va buyruqlari, koʻrsatmalari hamda topshiriqlari bilan yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
[OKOZ:
1.12.00.00.00 Axborot va axborotlashtirish / 12.03.00.00 Axborot resurslari. Axborot resurslaridan foydalanish / 12.03.05.00 Foydalanish cheklangan axborot / 12.03.05.01 Davlat siri]
(iii) davlat siri va maxfiy axborotni tashkil qiladigan maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablari asosida ishlarni tashkil qiladi;
(iv) qonunchilik hujjatlari va Milliy statistika qoʻmitasi raisining qaror va buyruqlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlarni bajaradi.
6-bob. Milliy statistika qoʻmitasi rahbarlarining javobgarligi
19. Milliy statistika qoʻmitasi raisi:
(a) Milliy statistika qoʻmitasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
(b) ushbu Nizomda belgilangan Milliy statistika qoʻmitasining javobgarlik sohalari hamda oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi boʻyicha shaxsan javob beradi.
20. Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosarlari:
(a) Milliy statistika qoʻmitasining oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarida Milliy statistika qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
(b) ushbu Nizomda belgilangan Milliy statistika qoʻmitasi mutasaddilik qiladigan masalalarga doir javobgarlik sohalari hamda oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi boʻyicha shaxsan javob beradi.
7-bob. Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish
1-§. Milliy statistika qoʻmitasi rahbariyati
21. Milliy statistika qoʻmitasiga Milliy statistika qoʻmitasi raisi rahbarlik qiladi.
22. Milliy statistika qoʻmitasi raisi uch nafar oʻrinbosarga ega.
23. Milliy statistika qoʻmitasi raisi ish faoliyatida vaqtincha boʻlmaganda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga muvofiq rais oʻrinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
2.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
24. Milliy statistika qoʻmitasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, rais oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
25. Milliy statistika qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha tegishli ravishda vazir va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
26. Milliy statistika qoʻmitasi raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti beriladigan mansabdor shaxslar roʻyxatiga kiritiladi.
[OKOZ:
1.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.01.00.00 Lavozimga tayinlash, ishdan boʻshatish boʻyicha qarorlar]
27. Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari rahbar va xodimlari Milliy statistika qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
28. Hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari va oʻrinbosarlari, Institut direktori va oʻrinbosarlari Milliy statistika qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
29. Tuman (shahar) statistika boʻlimlari boshliqlari Milliy statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan holda hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
30. Hududiy statistika boshqarmalari va tuman (shahar) statistika boʻlimlarining xodimlari — hududiy statistika boshqarmalari boshliqlari tomonidan, Institut xodimlari — Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
2-§. Milliy statistika qoʻmitasi hayʼati, boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari
31. Milliy statistika qoʻmitasida Milliy statistika qoʻmitasi raisi (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimiga koʻra), shuningdek, Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
32. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
(a) Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
(b) qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun Milliy statistika qoʻmitasi tizimi xodimlari va rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrgan holda tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;
(v) Milliy statistika qoʻmitasining tarkibiy va hududiy boʻlinmalari tomonidan statistika dasturlarining bajarilishi natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;
(g) Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatiga oid dolzarb masalalar muhokama qilinishini taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan, shu jumladan joylarda sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
(d) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun statistika organlari rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy javobgarligini oshirish.
33. Hayʼat Milliy statistika qoʻmitasi vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishi mumkin.
34. Hayʼat majlisiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar rahbarlari ularning vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan taklif etilishi mumkin.
35. Hayʼat, agar uning majlisida hayʼat tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
36. Hayʼat qarorlari hayʼat raisi tomonidan imzolanadi va Milliy statistika qoʻmitasi raisining buyrugʻi (qarori) bilan amalga oshiriladi.
37. Hayʼat faoliyatining tartibi hayʼat tomonidan tasdiqlanadigan reglament bilan belgilanadi.
38. Rasmiy statistikaning rivojlantirilishi, faoliyat koʻrsatishi va muvofiqlashtirilishi masalalari boʻyicha kollegial maslahat organi hisoblanuvchi Respublika statistika kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati bilan tasdiqlanadigan nizom asosida faoliyat yuritadi.
39. Respublika statistika kengashi faoliyatining tashkiliy-texnik taʼminoti Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
40. Milliy statistika qoʻmitasi huzurida oʻz ishini jamoatchilik asosida olib boradigan, doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadigan Jamoatchilik kengashi faoliyat yuritadi.
41. Jamoatchilik kengashi tarkibiga statistika sohasida namunali xizmat koʻrsatgan mehnat faxriylari, jamoatchilik faoliyati sohalarida katta amaliy tajriba va obroʻ-eʼtiborga ega fuqarolar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari jalb etiladi.
42. Jamoatchilik kengashining shaxsiy tarkibi, shuningdek, uning nizomi Milliy statistika qoʻmitasi raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
43. Quyidagilar Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
(a) qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda jamoatchilik manfaatlarining hisobga olinishi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari talablari ijrosini taʼminlash, Milliy statistika qoʻmitasi zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha Milliy statistika qoʻmitasi va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
(b) mamlakatda milliy iqtisodiyot va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlarining ishonchliligi va toʻliqligini inobatga olgan holda statistika dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish va kelishish;
(v) Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatining ochiqligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati toʻgʻrisida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yanada kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(g) Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini hamda foydalanuvchilarning rasmiy statistika maʼlumotlariga boʻlgan ehtiyojlarini qanoatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
(d) statistika maʼlumotlarining shaffofligi, oshkoraligi va qulayligini yanada oshirishni taʼminlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
(e) Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan dolzarb, sifatli va ishonchli statistikaning shakllantirilishiga koʻmaklashish;
(j) mavjud statistika maʼlumotlari haqida jamoatchilik xabardorligini hamda ularning statistika maʼlumotlariga boʻlgan ishonchini oshirish uchun foydalanuvchilar bilan bevosita aloqa oʻrnatish.
44. Milliy statistika qoʻmitasida rasmiy statistika sohasidagi tashkiliy va uslubiyotga oid ishlarni amalga oshirish maqsadida boshqa kengash, maslahatlashuv, ishchi guruhlar, hayʼat va ekspert organlari tuzilishi mumkin. Ularning tarkibi va ular toʻgʻrisidagi nizomlar Milliy statistika qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari bilan tasdiqlanadigan holatlar bundan mustasno.
8-bob. Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qoʻmitalar]
45. Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy boshqarma va boʻlimlari boshliqlari va xodimlarining faoliyati samaradorligi — Milliy statistika qoʻmitasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan faoliyat samaradorligini baholash koʻrsatkichlari asosida baholanadi.
9-bob. Milliy statistika qoʻmitasi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
46. Milliy statistika qoʻmitasining mol-mulkini asosiy vositalar va aylanma mablagʻlar, shuningdek, qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklar tashkil etadi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
47. Milliy statistika qoʻmitasini moliyalashtirish va uning moddiy-texnika taʼminoti statistika dasturiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
48. Milliy statistika qoʻmitasi budjet mablagʻlari oluvchisi hisoblanib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga zarur moliyalashtirish hajmini belgilashda budjet qonunchiligiga amal qiladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar]
49. Statistika dasturida belgilangan va amalga oshirilgan statistika ishlari uchun haq toʻlash statistika ishlarini bajarishga shartnoma va Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan har oyda taqdim etiladigan bajarilgan ishlar dalolatnomalari asosida Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi.
50. Statistika dasturiga kiritilmagan va ularni ishlab chiqishga qoʻshimcha xarajatlar talab qilinadigan qoʻshimcha statistika ishlariga haq toʻlash buyurtmachilar mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
51. Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan olingan foyda, amortizatsiya ajratmalari, statistika ishlari uchun ajratilgan mablagʻlar, shuningdek, boshqa tushumlar uning ixtiyorida qoladi hamda ulardan statistika organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish, xodimlarning kasb mahoratini, oʻz lavozim vazifalarini sifatli bajarganligini, ijodiy faolligini va tashabbuskorligini ragʻbatlantirish uchun belgilangan tartibda foydalaniladi.
52. Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshlarini Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga asosan belgilashda tarif koeffitsiyenti 1,8 baravarga oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
53. Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari xodimlariga quyidagi miqdorda koʻp yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama toʻlanadi (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda): 1 yildan 3 yilgacha — 0,3, 3 yildan 5 yilgacha — 0,6, 5 yildan 10 yilgacha — 0,8, 10 yildan 15 yilgacha — 1,0, 15 yildan 20 yilgacha — 1,2, 20 yildan yuqori — 1,5.
54. Koʻp yillik xizmatlari uchun mukofot pulini olish huquqini beradigan ish staji Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblanadi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.05.00.00 Mehnat intizomi / 05.05.03.00 Mehnatni ragʻbatlantirish. Turlari va qoʻllash tartibi]
55. Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari uchun xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi 15 foiz etib belgilanadi.
56. Milliy statistika qoʻmitasi raisi statistika ishlarini amalga oshirish uchun ajratilgan moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni mustaqil taqsimlaydi.
57. Milliy statistika qoʻmitasi Statistika dasturini bajarish doirasida ajratilgan mablagʻlarning va oʻz ishlari boshqa natijalarining tezkor va buxgalteriya hisobini “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Buxgalteriya hisobining milliy standartlariga muvofiq amalga oshiradi, statistika hisobotini yuritadi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
58. Milliy statistika qoʻmitasi oʻz rasmiy veb-saytida har chorak yakunlariga koʻra tegishli hisobot davrida respublikada rasmiy statistikani rivojlantirish holati toʻgʻrisida tahliliy maʼlumotlarni eʼlon qilib boradi.
59. Milliy statistika qoʻmitasini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 55-moddalari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qaroriga 3-ILOVA
Respublika statistika kengashi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Respublika statistika kengashi (keyingi oʻrinlarda — Statistika kengashi) rasmiy statistikani yuritish tizimini rivojlantirish, muvofiqlashtirish va faoliyat koʻrsatishiga oid masalalar boʻyicha kollegial maslahat organidir.
2. Statistika kengashining tarkibi davlat boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, shuningdek statistika boʻyicha milliy ekspertlar orasidan shakllantiriladi.
2-bob. Statistika kengashining vazifalari
3. Statistika kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
(a) rasmiy statistika sohasidagi amaldagi qonunchilik ijrosini taʼminlash va ilgʻor xalqaro tajribani hisobga olgan holda milliy statistika tizimini samarali tashkil etishga koʻmaklashish;
(b) mamlakat milliy statistika tizimida umumiy tushunchalar, taʼriflar va tasniflar izchil qoʻllab borilishini taʼminlash;
(v) davlat statistika organlari, statistika maʼlumotlarini yuritish vakolatiga ega boʻlgan davlat tashkilotlari hamda boshqa davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy statistika sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
(g) milliy statistika tizimini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, innovatsion yondashuv va texnologiyalarni joriy qilish, statistika uslubiyotlarini takomillashtirish va statistika faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tavsiyalar berish;
(d) rasmiy statistikaning eng muhim tamoyillariga, birinchi navbatda, statistika maʼlumotlarining ishonchliligi, xolisligi, tushunarliligi va shaffofligiga rioya etish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, statistik hisobotlarni yigʻish, ularga ishlov berish va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashuvni istisno etuvchi statistika ishlarini tashkil etish tizimini yaratishga koʻmaklashish;
(e) statistika maʼlumotlari sifatini oshirish, xususan, milliy hisoblar tizimi koʻrsatkichlarini va ularni hisoblash uslubiyotini xalqaro tashkilotlar tavsiyalariga muvofiq takomillashtirishda ishtirok etish;
(j) rasmiy statistika maʼlumotlarini tayyorlash jarayonlarining milliy modelini va GSBPM xalqaro standart modeliga muvofiq sifatni boshqarishning zamonaviy usullarini joriy qilishni muvofiqlashtirish;
(z) statistik maʼlumotlarning ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash orqali statistika faoliyati samaradorligi koʻrsatkichi reytingini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash;
(i) xalqaro statistika tashkilotlarining elektron maʼlumotlar bazalari va maxsus nashrlarida Oʻzbekiston Respublikasi toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni joylashtirishga qaratilgan xalqaro hamkorlik va axborot almashinuvini rivojlantirishga koʻmaklashish;
(y) davlat statistika organlari, shuningdek, maʼmuriy maʼlumotlarni yuritish boʻyicha vakolatli davlat organlari faoliyatining natijalarini har yili koʻrib chiqish, statistika kuzatuvlarining respondentlarga boʻlgan yukini kamaytirish, ularni unifikatsiya qilish, soddalashtirish va optimallashtirish maqsadida statistika hisobotlari va kuzatuv shakllarini, shuningdek, uslubiyotlar va tasniflarning qayta koʻrib chiqilishini taʼminlash;
(k) mamlakatda milliy iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani isloh qilish jarayonlarini hisobga olishda ishonchlilik va toʻliqlikni taʼminlashni inobatga olgan holda bir yillik Statistika dasturini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
(l) statistik toʻplamlar va byulletenlar nashrini tashkil etish, ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish orqali statistika maʼlumotlarining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash.
3-bob. Statistika kengashining funksiyalari
4. Statistika kengashi asosiy vazifalaridan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
(a) Hukumat, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga statistika siyosatining barcha jihatlari boʻyicha maslahat berish;
(b) milliy statistika tizimi faoliyatining ishonchlilik, xolislik, begʻarazlik, tushunarlilik va shaffoflik kabi asosiy tamoyillarini amalga oshirishda koʻmaklashish;
(v) statistik maʼlumotlarni yigʻish, ularga ishlov berish va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashuvni istisno qilishni taʼminlash;
(g) koʻp yillik va bir yillik statistika dasturlarini koʻrib chiqish, bir yillik statistika dasturini tasdiqlash hamda uni amalga oshirish masalalarini monitoring qilish va hal qilishda koʻmaklashish;
(d) statistika uslubiyotlarini takomillashtirish va maʼlumotlarni shakllantirishda foydalanuvchilar ehtiyojlarini hisobga olish masalalarini koʻrib chiqish;
(e) statistik va iqtisodiy tahlilning zamonaviy uslublarini, xalqaro standartlarga mos va bozor iqtisodiyoti tamoyillariga javob beradigan koʻrsatkichlar tizimini amaliyotga joriy etish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
(j) davlat statistika organlari faoliyatiga innovatsion yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalarni samarali joriy etish;
(z) sifatni boshqarishning zamonaviy xalqaro usullarini hisobga olgan holda rasmiy statistika maʼlumotlarini tayyorlash jarayonlarining milliy modelini ishlab chiqish va joriy etishga koʻmaklashish;
(i) Milliy statistika qoʻmitasiga yuklatilgan vazifalarni toʻliq va samarali amalga oshirishga koʻmaklashish.
4-bob. Statistika kengashining vakolatlari
5. Statistika kengashi yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
(a) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, idoralar, korxonalar va tashkilotlardan rasmiy statistikani takomillashtirish boʻyicha belgilangan tartibda maʼlumot soʻrash va olish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(b) davlat idoralari vakillarining axborot yigʻish jarayonlarini tashkil etish masalalari, shuningdek, soʻralayotgan axborotlar bilan rasmiy statistika va (yoki) maʼmuriy maʼlumotlarda mavjud maʼlumotlar oʻrtasida takrorlanish holatlarini aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan maʼlumotlarni va hisobotlarni koʻrib chiqish hamda boshqa tashkilotlar vakillarining axborotlarini eshitish;
(v) Statistika kengashi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻz yigʻilishlarida mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, barcha rasmiy statistikani tayyorlovchilar hamda maʼmuriy maʼlumotlarni yetkazib beruvchilar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;
(g) rasmiy statistikaning ayrim masalalarini koʻrib chiqish uchun ekspert komissiyalarini tayinlash.
5-bob. Statistika kengashi faoliyatini tashkil etish
6. Statistika kengashining tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
7. Statistika kengashi aʼzolari ularning kasbiy malakasi va statistika sohasidagi salohiyati kelib chiqqan holda tayinlanadi.
8. Statistika kengashini Statistika kengashi raisi boshqaradi. Rais boʻlmagan taqdirda uning vazifasini uning oʻrinbosari yoki Statistika kengashi aʼzolaridan biri raisning farmoyishiga muvofiq amalga oshiradi.
9. Statistika kengashi majlislari uning aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi miqdorida kvorum mavjud boʻlganda vakolatli hisoblanadi.
10. Statistika kengashining qarorlari majlisda ishtirok etayotgan Statistika kengashi aʼzolarining koʻpchiligi ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi.
11. Statistika kengashining qarorlari Statistika kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadi. Qarorlarning ijrosini nazorat qilish Statistika kengashi kotibi tomonidan amalga oshiriladi.
12. Statistika kengashining faoliyati va uning qarorlari ommaviy axborot vositalarida yoritiladi.
13. Milliy statistika qoʻmitasining tegishli boʻlinmasi Statistika kengashining ishchi organi hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qaroriga 4-ILOVA
Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI
T/r
Lavozim nomi
Razryadlar
1.
Rais
20
2.
Rais oʻrinbosari
18
3.
Matbuot kotibi
18
4.
Rais maslahatchisi
17
5.
Boshqarma boshligʻi
16
6.
Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari,
bosh hisobchi
16-5%
7.
Boʻlim boshligʻi, rais yordamchisi,
xizmat boshligʻi
15
8.
Mudir
15
9.
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
15-5%
10.
Bosh mutaxassis, bosh yuriskonsult,
bosh auditor
13
11.
Yetakchi mutaxassis, yuriskonsult, muhandis
12
12.
1-toifali mutaxassis
10
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qaroriga 5-ILOVA
Milliy statistika qoʻmitasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI
T/r
Lavozim nomi
Viloyat boʻyicha guruhlar
guruhdan tashqari
1-guruh
2-guruh
3-guruh
1.
Boshqarma boshligʻi
16
16
15
14
2.
Boshqarma boshligʻining birinchi oʻrinbosari
16 -3%
15 -3%
14 -3%
13 -3%
3.
Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari
15-5%
15-5%
14-5%
13 -3%
4.
Boʻlim boshligʻi
14
13
12
11
5.
Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari
14-5%
13-5%
12-5%
11-5%
6.
Bosh mutaxassis
12
12
11
10
7.
Bosh yuriskonsult
12
12
11
10
8.
Yetakchi mutaxassis
11
11
10
9
9.
1-toifali mutaxassis
11-3%
11-3%
10-3%
9-3%
10.
Texnika xavfsizligi va fuqaro muhofazasi 2-toifali muhandisi
11-5%
11-5%
10-5%
9-5%
11.
Mutaxassis
10
10
9
8
12.
Mutaxassis (intervyuyer)
10
10
9
8
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qaroriga 6-ILOVA
Milliy statistika qoʻmitasi tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI
T/r
Lavozim nomi
Razryadlar
maʼmuriy markazlar va Toshkent shahri tumanlari
viloyat boʻysunuvidagi shaharlar
qishloq tumanlari
1.
Boʻlim boshligʻi
14
13
13
2.
Bosh mutaxassis
12
11
10
3.
Yetakchi mutaxassis
11
10
9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PQ-75-son qaroriga 7-ILOVA
Rasmiy statistika sohasida islohotlarni chuqurlashtirish boʻyicha
Raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish yoʻnalishida
1.
Statistik hisobotlarni toʻldirish jarayonida real vaqt rejimida maslahatlar beruvchi beradigan sunʼiy intellekt texnologiyalariga asoslangan chat-bot AI ishlab chiqish.
1. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini statistik hisobotlarni qabul qilish jarayonlariga joriy etish boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish.
2025-yil sentabr
Milliy statistika qoʻmitasi
2. Statistika hisobotlarini onlayn tarzda taqdim etishning e-Stat 4.0 axborot tizimi uchun sunʼiy intellekt (artificial intelligence) texnologiyasi asosida “Maslahatchi” interaktiv xizmati (chat-bot) modulini ishlab chiqish.
2026-yil yanvar
Milliy statistika qoʻmitasi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi
2.
“Hududlar statistikasi” axborot tizimini joriy etish.
1. Statistika integrallashgan axborot tizimi negizida “Hududlar statistikasi” axborot tahlil modulining konsepsiyasini ishlab chiqish hamda unda joylashtiriladigan statistik koʻrsatkichlarning roʻyxatini shakllantirish.
2025-yil iyun
Milliy statistika qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
2. “Hududlar statistikasi” axborot tahlil modulini ishga tushirish va unda roʻyxatga muvofiq statistik koʻrsatkichlarning eʼlon qilib borilishini taʼminlash.
2025-yil dekabr
3.
Tadbirkorlarga “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini tashkil etish.
1. Tadbirkorlik subyektlari uchun maslahat va axborot-tahliliy koʻmak koʻrsatish boʻyicha joriy etiladigan “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatining konsepsiyasi va mazkur xizmatni koʻrsatish tartibini ishlab chiqish.
2025-yil iyul
Milliy statistika qoʻmitasi
2. “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini koʻrsatish boʻyicha barcha darajadagi statistika organlari uchun oʻquv seminarlarini oʻtkazish.
2025-yil avgust — oktabr
3. “Biznes uchun statistika” konsalting xizmatini koʻrsatishni boshlash va uni tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida ommalashtirish.
2025-yil noyabr
4.
Statistik maʼlumotlarning yangi manbalarini aniqlash va katta hajmdagi maʼlumotlarni qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish.
1. “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi integratsiyalar (vazirlik va idoralardan olingan integratsiya servislari) roʻyxatini Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etib borish.
Doimiy
Raqamli texnologiyalar vazirligi
2. “Elektron hukumat” tizimining Idoralararo integratsiyalashuv platformasidagi mavjud integratsiyalardan (vazirlik va idoralardan olingan integratsiya servislari) toʻgʻridan-toʻgʻri foydalanish imkoniyatini yaratish.
2025-yil dekabr
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
5.
Milliy statistika qoʻmitasi tizimida mavjud “fayervol” (firewall) qurilmalarining litsenziya muddatini uzaytirish.
“Fayervol” (firewall) qurilmalarining litsenziya muddatini uzaytirish choralarini koʻrish va “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida xarid qilish ishlarini amalga oshirish.
2025-yil aprel
Milliy statistika qoʻmitasi
6.
Hududiy boshqarmalarni zamonaviy server qurilmalari bilan taʼminlash.
1. Qoʻshimcha server qurilmalarini xarid qilish boʻyicha loyiha hujjatlarini tayyorlash.
2. “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida xarid qilish ishlarini amalga oshirish.
3. Milliy statistika qoʻmitasi tizimida server qurilmalarini foydalanishga joriy etish.
2025-yil dekabr
Milliy statistika qoʻmitasi
7.
Statistik kuzatuvlarni oʻtkazish jarayonlariga telefon aloqasi yordamida intervyu oʻtkazish (CATI — Computer Assisted Telephone Interviewing) imkonini beruvchi call-markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish.
1. Call-markaz faoliyatini autsorsing xizmatidan foydalangan holda tashkil qilish hamda unga oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalarini jalb etish.
2026-yil 1-sentabrdan boshlab
Milliy statistika qoʻmitasi
2. Milliy statistika qoʻmitasiga uning soʻroviga asosan taqdim etiladigan telefon raqamlar bazalaridan foydalanishga ruxsat berish.
Raqamli texnologiyalar vazirligi
Tarmoqlar statistikasini takomillashtirish yoʻnalishida
8.
Statistik koʻrsatkichlar hisob-kitoblariga iqtisodiyot sektorlari boʻyicha institutsional birliklar tasniflagichini joriy etish.
1. Xalqaro tavsiyalarga muvofiq iqtisodiyot sektorlari boʻyicha institutsional birliklar tasniflagichini ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha xalqaro ekspertlarni jalb etish.
2025-yil iyun
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi,
Markaziy bank,
Adliya vazirligi,
Soliq qoʻmitasi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,
Raqobat qoʻmitasi
2. Korxona va tashkilotlarga iqtisodiyot sektorlari boʻyicha institutsional birliklar tasniflagichini joriy etish va unga asosan davlat moliyasi, bank, nomoliyaviy korxonalar statistikasi koʻrsatkichlarini yuritish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
2025-yil dekabr
9.
Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash natijalari asosida yalpi ichki mahsulotning tarmoq va hududlar kesimidagi dinamika qatorlarini shakllantirish.
1. Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash boʻyicha metodik yondashuvlardagi oʻzgarishlarni inobatga olgan holda 2010 — 2017-yillar uchun YAIMning tarmoq va hududlar kesimidagi dinamika qatorlarini shakllantirish.
2. Amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijalarini Xalqaro valyuta jamgʻarmasi eksperti bilan muhokama qilish.
3. Kuzatilmaydigan iqtisodiyotni baholash natijalarini hisobga olgan holda yalpi ichki mahsulotning tarmoq va hududlar kesimidagi dinamika qatorlarini eʼlon qilish.
2025-yil sentabr
Milliy statistika qoʻmitasi
10.
“Resurslar va ulardan foydalanish” jadvallarini tuzish amaliyotini takomillashtirish.
1. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi eksperti tavsiyalari asosida korxonalar va tashkilotlarning mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibini kuzatish boʻyicha soʻrovnoma shaklini ishlab chiqish.
2025-yil aprel
Milliy statistika qoʻmitasi
2. Korxona va tashkilotlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga yoʻnaltirilgan xarajatlar tarkibining bir martalik tanlanma kuzatuvini tashkil etish va oʻtkazish tartibini ishlab chiqish.
2025-yil may
3. 2024-yil maʼlumotlari asosida 30 mingdan ortiq korxonalar va tashkilotlarning mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibini 143 ta iqtisodiy faoliyat turi boʻyicha kuzatish.
2025-yil may — iyul
4. Oʻtkazilgan kuzatuv natijalari asosida “Xarajatlar-ishlab chiqarish” koeffitsiyentlarini yangilash orqali “Resurslar va ulardan foydalanish” jadvallarini tuzish amaliyotini takomillashtirish.
2026-yil dekabr
11.
Narxlar statistikasi koʻrsatkichlarini shakllantirish amaliyotini raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali yanada takomillashtirish.
1. Isteʼmol narxlari indeksi koʻrsatkichlarini shakllantirish jarayonlarida yangi axborot manbalaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish.
2025-2026-yillar
Milliy statistika qoʻmitasi
2. Xalqaro tajriba va tavsiyalar asosida narxlar statistikasida muqobil axborot manbalari maʼlumotlaridan foydalanish uslublarini takomillashtirish.
2025-2026-yillar
Milliy statistika qoʻmitasi
12.
Koʻp oʻlchovli kambagʻallikni baholab borishni joriy qilish.
1. Xalqaro ekspertlar ishtirokida turli toifadagi aholi qatlami qamrovini taʼminlash maqsadida koʻp oʻlchovli kambagʻallikni baholab borish uslubiyotini ishlab chiqish.
2025-yil dekabr
Milliy statistika qoʻmitasi,
Ijtimoiy himoya milliy agentligi,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
2. Uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlari asosida koʻp oʻlchovli kambagʻallik darajasini tajriba-sinov tariqasida hisoblashni yoʻlga qoʻyish.
2026-yil iyun
13.
Ishchi kuchi koʻrsatkichlarini shakllantirish metodikasini eng soʻnggi xalqaro tavsiyalarga moslashtirish.
Ishga joylashtirishga muhtoj aholi sonini aniqlash, shu jumladan, uy xoʻjaliklarida aholining mehnat bilan bandligi masalalari boʻyicha oʻrganishlar oʻtkazish, shuningdek, mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirish balansini shakllantirish metodikasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish.
2025-yil dekabr
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi,
Soliq qoʻmitasi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
14.
Maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat zonalari tarkibiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlari haqidagi maʼlumotlarning yuritilishini taʼminlash.
1. Maxsus iqtisodiy zonalar, kichik sanoat zonalari hamda yoshlar sanoat zonalari tarkibiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlari haqidagi maʼlumotlarni (aʼzolik haqidagi guvohnoma raqami, iqtisodiy zona nomi va undagi korxonalar roʻyxati, STIR raqami, loyiha qiymati, ish oʻrinlari va boshqalar) yuritishga ixtisoslashgan elektron platformani ishlab chiqish.
2025-yil sentabr
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
2. Mazkur platformani Milliy statistika qoʻmitasining axborot tizimiga integratsiya qilish.
2025-yil dekabr
15.
Statistik registrlarni xalqaro amaliyotga muvofiq takomillashtirish.
1. Milliy statistika qoʻmitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan integratsiyalar asosida “Statistik registrlarning raqamli bazasi” axborot tizimini kengaytirish, jumladan:
Milliy statistika qoʻmitasi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
tegishli vazirlik va idoralar
respondentlar roʻyxatini shakllantirishda litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan foydalanish maqsadida “Litsenziya” raqamli statistika registrini;
2025-yil may
avtotransport vositalari soni (transport turlari, yonilgʻi turlari, rusumlari, texnik koʻrik natijalariga koʻra soz yoki nosozligi toʻgʻrisidagi birlamchi maʼlumotlar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish maqsadida “Transport” raqamli statistika registrini joriy etish.
2025-yil iyun
16.
Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashganligi va taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ish haqi miqdorlari tabaqalanishiga doir maʼlumotlarni shakllantirish.
1. Har bir oliy taʼlim tashkilotlarida tashkil etilgan “Karyera markazlari”da bitiruvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish.
2025-yil avgust
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Soliq qoʻmitasi,
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
manfaatdor vazirlik va idoralar
2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlar haqidagi Soliq qoʻmitasidagi individual maʼlumotlarni “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olishni yoʻlga qoʻyish.
2025-yil sentabr
3. Yigʻilgan maʼlumotlarni oʻzaro solishtirish orqali bitiruvchilarning ishga joylashganligi va taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ish haqi miqdorlari tabaqalanishiga doir maʼlumotlarni shakllantirish.
2025-yil noyabr
4. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan shakllantirilgan maʼlumotlarni belgilangan tartibda eʼlon qilib borish.
Bunda tegishli maʼlumotlardan shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq foydalaniladi.
2025-yil dekabr
17.
Oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifati va taʼlimga individual yondashuv darajasini baholash maqsadida (Faculty-to-Student Ratio) professor-oʻqituvchi xodimlar sonining tahsil olayotgan talabalar soniga nisbati boʻyicha indikator ishlab chiqish va eʼlon qilish.
1. Har bir oliy taʼlim tashkiloti kesimida ilmiy darajalar (fan doktori, fan nomzodi, falsafa doktori), ilmiy unvon (professor, dotsent) boʻyicha professor-oʻqituvchi xodimlar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish.
2025-yil oktabr
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
2. Barcha mulkchilik shaklidagi oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni va jinsi boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish.
2025-yil noyabr
3. Shakllantirilgan maʼlumotlar asosida oliy taʼlim tashkilotlari kesimida (Faculty-to-Student Ratio) professor-oʻqituvchi xodimlar sonining tahsil olayotgan talabalar soniga nisbati boʻyicha maʼlumotlarni shakllantirish va belgilangan tartibda eʼlon qilib borish.
2025-yil dekabr
18.
Xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli dasturi parametrlarini iqtisodiy faoliyat turlariga moslashtirish.
Xizmatlar sohasini rivojlantirishning maqsadli parametrlarini xalqaro standartlarga asoslangan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi (2-tahrir) bilan muvofiqlashtirish.
2025-yil aprel
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
19.
Faoliyat yuritayotgan yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarining IFUT xos raqamini axborot tizimlarida qayd etish.
1. Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarining asosiy va qoʻshimcha faoliyat turi hamda tegishli IFUT xos raqamini belgilagan holda maʼlumotlarni Adliya vazirligiga taqdim etish.
2025-yil aprel
Milliy statistika qoʻmitasi
2. Yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni ular shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari hamda Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichi asosida amalga oshirish.
2025-yil iyun
Adliya vazirligi
20.
Yillik statistika hisobotini taqdim etishdan ozod etiladigan korxonalar roʻyxatini shakllantirish.
1. Kichik tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini, shu jumladan, xodimlar soni va yillik mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushumi, aksiz soligʻini toʻlovchilar roʻyxati haqidagi maʼlumotlarni statistika organlariga taqdim etib borish.
11 oylik maʼlumotlar
kelgusi yilning 1-fevraliga qadar,
yillik maʼlumotlar
kelgusi yilning 5-martiga qadar
Soliq qoʻmitasi
2. Davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan korxonalar roʻyxatini statistika organlariga taqdim etish.
1-fevraliga qadar
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
21.
Samaradorlik koʻrsatkichlarining uslubiyotini ishlab chiqish.
1. Energiya samaradorligi koʻrsatkichlarini, ularning uslubiyotini xalqaro tavsiya va qoʻllanmalar asosida qayta koʻrib chiqish hamda rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa axborot resurslarida eʼlon qilish.
2025-2026-yillar
Energetika vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
2. Xalqaro tavsiya va qoʻllanmalar asosida investitsiya samaradorlik koʻrsatkichini hisoblash uslubiyotini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.
2025-2026-yillar
22.
Mehnat unumdorligi koʻrsatkichlarini hisoblash uchun maʼlumotlar manbasini shakllantirish.
Bandlik masalalari boʻyicha oʻrganish natijalarini iqtisodiy faoliyat turlari (ikki xonali raqamli kodlar), hududlar (viloyat, tuman/shahar) va jins boʻyicha Milliy statistika qoʻmitasiga tizimli ravishda taqdim etib borish.
Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 30 sanasiga qadar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
23.
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar boʻyicha oʻzlashtirilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish.
Qoʻshimcha tarmoq va hududiy loyihalar roʻyxatini quyidagi tartibda shakllantirish:
1. Qoʻshimcha hududiy va tarmoq loyihalar roʻyxatini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga taqdim etish.
Hisobot davridan oldingi oyning 28-sanasiga qadar
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,
tegishli vazirlik va idoralar
2. Quyidagi maʼlumotlarni Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etish:
Investitsiya dasturiga kiritilgan hamda qoʻshimcha hududiy va tarmoq loyihalari roʻyxatini har bir loyihaga biriktirilgan xos raqam (ID kod) bilan birga;
Hisobot davridan oldingi oyning 30-sanasiga qadar
xorijiy investitsiya va kreditlar, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan loyihalar boʻyicha ishga tushirilgan quvvatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni.
Hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar
24.
Markazlashgan mablagʻlar hisobidan oʻzlashtirilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish.
Respublika budjeti, Suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar boʻyicha quyidagi maʼlumotlarni Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etib borish:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
- loyihalar kesimida loyiha nomi va xos raqamni (ID kod) hamda tashabbuskor nomi va STIR raqamini;
Hisobot davridan oldingi oyning 30-sanasiga qadar
- loyihalar kesimida ishga tushirilgan quvvatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni.
Hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar
25.
Tayyorlangan paxta xomashyosi va boshoqli don toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni maʼmuriy maʼlumotlar asosida shakllantirish.
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi axborot tizimidagi maʼlumotlarni koʻlamini qayta koʻrib chiqish hamda paxta xomashyosini tayyorlash toʻgʻrisidagi (3-paxta) va don ekinlarini tayyorlash toʻgʻrisidagi (3-don) statistik hisobot shakllaridagi koʻrsatkichlarga toʻliq moslashtirish.
2025-yil aprel
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
2. Paxta xomashyosi va boshoqli don toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni axborot tizimi orqali Milliy statistika qoʻmitasiga quyidagi muddatlarda taqdim etish:
paxta xomashyosi boʻyicha — 1-oktabr, 1-noyabr hamda 1-dekabrdan kechiktirmagan holda;
boshoqli don boʻyicha — 1-iyul, 1-avgust hamda 1-dekabrdan kechiktirmagan holda.
Har yili
Qishloq xoʻjaligi vazirligi
3. Qishloq xoʻjaligi vazirligining axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar asosida tayyorlangan paxta xomashyosi va boshoqli don boʻyicha statistik koʻrsatkichlarni shakllantirish.
Statistika dasturida belgilangan muddatlarda
Milliy statistika qoʻmitasi
26.
Dehqon va tomorqa xoʻjaliklarining faoliyatiga oid statistik maʼlumotlarni shakllantirish.
1. “Onlayn mahalla” axborot tizimidagi maʼlumotlarni dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisidagi (4-dx) statistik hisobotidagi koʻrsatkichlarga toʻliq moslashtirish.
2025-yil aprel
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
2. Dehqon va tomorqa xoʻjaliklarining yer maydonlari haqidagi maʼlumotlarni “Uzkad” hamda Milliy geoaxborot tizimlari orqali “Onlayn mahalla” axborot tizimiga taqdim etib borish.
Doimiy
Kadastr agentligi,
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
3. Hokim yordamchilari dehqon va tomorqa xoʻjaliklarining ekinlar ekilgan maydoni, yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini xatlovdan oʻtkazish hamda maʼlumotlarni “Onlayn mahalla” axborot tizimiga kiritib borish.
Har chorakda
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
4. Hokim yordamchilari tomonidan “Onlayn mahalla” axborot tizimidagi koʻrsatkichlar asosida dehqon va tomorqa xoʻjaliklari faoliyati toʻgʻrisidagi statistik hisobotni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda statistika organlariga e-Stat axborot tizimi orqali taqdim etish.
Har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmagan holda
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash yoʻnalishida
27.
Koreya statistika idorasi (Statistics Korea) bilan grant loyihani amalga oshirish.
Koreya statistika idorasi (Statistics Korea) bilan Milliy statistika qoʻmitasining statistik salohiyatini mustahkamlash boʻyicha 2025 — 2028-yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan Koreya hukumati granti loyihasini boshlash uchun tegishli choralar koʻrish.
2025-yil dekabr
Milliy statistika qoʻmitasi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
28.
Xalqaro qoʻllanma, tavsiya va standartlar elektron bazasini yaratish.
Xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro statistika qoʻllanmalari, tavsiyalari va standartlari elektron bazasini yaratish va uslubiy materiallar kutubxonasiga (https://lib.stat.uz) joylashtirish.
2025-yil oktabr
Milliy statistika qoʻmitasi
29.
Milliy statistika qoʻmitasining xalqaro tashkilotlardagi faolligini kengaytirish.
Milliy statistika qoʻmitasining xalqaro tashkilotlarda, xususan Osiyo va Tinch okeani mintaqasi uchun BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) Statistika byurosida, Yevropa statistiklar konferensiyasi Byurosida va Islom hamkorlik tashkiloti Statistika qoʻmitasi Byurosida samarali ishtirok etishini taʼminlash.
2025-2026-yillar
Milliy statistika qoʻmitasi,
Tashqi ishlar vazirligi
30.
Xalqaro mehnat tashkilotiga (XMT) maʼlumotlarni taqdim etish.
Xalqaro mehnat tashkiloti talablari asosida “Xalqaro mehnat statistikasi” axborot tizimiga Oʻzbekistonda ishchi kuchi kuzatuvlari maʼlumotlarini oʻz muddatida va toʻliq taqdim etib borish.
Yilda bir marotaba
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi
31.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasining (XVJ) axborot tizimlarida mamlakatning asosiy makroiqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlarini aks ettirishni taʼminlash.
1. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Kengaytirilgan maʼlumotlarni tarqatishning umumiy tizimi (k-MTUT)dan Maʼlumotlarni tarqatishning maxsus tizimi (MTMT)ga oʻtish.
2025-yil dekabr
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi,
Markaziy bank
2. Xalqaro valyuta jamgʻarmasining Xalqaro moliya statistikasi sahifasida talab etiladigan asosiy makroiqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy statistika koʻrsatkichlarining eʼlon qilib borilishini taʼminlash.
Doimiy
32.
Iqtisodiy, investitsiya va energetika komplekslarida amalga oshirilayotgan loyihalar natijadorligini baholash koʻrsatkichlarini shakllantirish.
Iqtisodiy, investitsiya va energetika komplekslarida amalga oshirilayotgan loyihalar natijadorligini baholash koʻrsatkichlari va ularni shakllantirish tartibi loyihasini ishlab chiqish.
2025-yil iyun
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi,
tegishli vazirlik va idoralar
Ochiq maʼlumotlar portalini takomillashtirish yoʻnalishida
33.
Ochiq maʼlumotlar portali faoliyatida geofazoviy maʼlumotlarni joylashtirish.
1. Ochiq maʼlumotlar portalida geofazoviy maʼlumotlarni joylashtirish funksiyasini xalqaro tajribani oʻrgangan holda yanada takomillashtirish.
2025-yil sentabr
Raqamli texnologiyalar vazirligi,
Milliy statistika qoʻmitasi,
tegishli vazirlik va idoralar
2. Ochiq maʼlumotlar portalida maʼlumotlarni joylashtiruvchi davlat organlari va tashkilotlari masʼul xodimlarining xalqaro tajriba asosida geofazoviy maʼlumotlarni shakllantirish boʻyicha malakasini oshirish.
2025-yil noyabr
3. Ochiq maʼlumotlar portalida geofazoviy maʼlumotlar sonini oshirish boʻyicha choralarni koʻrish.
2025-yil dekabr
34.
Ochiq maʼlumotlar sohasidagi “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” xalqaro reytinglarda Oʻzbekiston oʻrnini yaxshilash.
1. Ochiq maʼlumotlar sohasidagi “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” xalqaro reytinglarining yangilangan baholash tizimini oʻrganish.
2025-yil may
Milliy statistika qoʻmitasi,
tegishli vazirlik va idoralar
2. “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” xalqaro reytinglarining yangilangan baholash tizimi asosida Ochiq maʼlumotlar portalida va Milliy statistika qoʻmitasining “SIAT” axborot tizimida maʼlumotlarni joylashtirish.
2025-yil noyabr
3. Ochiq maʼlumotlar portalida va Milliy statistika qoʻmitasining “SIAT” axborot tizimida joylashtirilgan maʼlumotlarni “Open Data Inventory” va “Gender Data Compass” reytinglarini yuritadigan “Open Data Watch” xalqaro tashkilotiga taqdim etish.
2025-yil dekabr
Boshqa yoʻnalishlarda
35.
Tizim faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish.
1. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga statistika maʼlumotlariga yoki statistika faoliyatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan (hisobot taqdim etish majburiyati, maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash bilan bogʻliq) normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlayotgan har qanday tashkilot ularni Milliy statistika qoʻmitasi bilan dastlabki kelishishi shartligiga oid norma kiritish.
2. Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan maʼlumotlarni taqdim etish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatganlik uchun undiriladigan amaldagi yigʻim miqdorini bozor narxlaridan kelib chiqqan holda qayta belgilash, shuningdek, taqdim etish muddatlarini “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq qayta koʻrib chiqish va tegishli tuzatishlar kiritish.
2025-yil dekabr
Milliy statistika qoʻmitasi,
Adliya vazirligi
36.
Mavjud resurslardan foydalangan holda statistika organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash
1. Hududiy statistika organlari balansidagi tuman (shahar) boʻlimlari binolarini belgilangan tartibda sotish choralarini koʻrish hamda sotishdan tushgan mablagʻlarni statistika organlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yoʻnaltirish.
2025-yil davomida
Milliy statistika qoʻmitasi,
Iqtisodiyot va moliya vazirligi,
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
2. Hududiy statistika organlarini joylashtirish uchun tuman va shahar hokimliklari binosidan zarur xonalarni ajratish hamda ijara qiymatini “nol” stavkada belgilash.
Doimiy
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
37.
Rasmiy statistikadan foydalanuvchilarning soʻrovlari boʻyicha maʼlumotlar bankini yaratish.
1. 2022 — 2024-yillar uchun foydalanuvchilardan kelib tushgan soʻrovlar maʼlumotlar bankini shakllantirish va tahlil qilish.
2025-yil sentabr
Milliy statistika qoʻmitasi
2. Tahlillar asosida foydalanuvchilarning ehtiyoji yuqori boʻlgan maʼlumotlarni keng eʼlon qilib borish.
Doimiy
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 07/25/75/0197-son; 22.11.2025-y., 06/25/223/1076-son; 13.03.2026-y., 07/26/103/0226-son)