|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 03.12.2021
|
“O‘ZBEKTURIZM” MILLIY KOMPANIYASI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGINING
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGINING
Qarori
SAYYoHLARNING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIGA KELIShI VA KETIShI TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 3-noyabrda 1421-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
“Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 360-sonli qarori va turizmga taalluqli bo‘lgan boshqa amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasiga chet ellik turistlarni kirib kelishi va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga sayyoh sifatida safar qilish to‘g‘risidagi qoidalarini tartibga solish, ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi qaror qiladi:
1. “Sayyohlarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi tartibi to‘g‘risidagi” Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000-yil 7-mart, 908-son bilan ro‘yxatga olingan “Turistik guruhlarni xorijga yuborishning vaqtinchalik tartibi” va 2004-yil 19-may, 1357-son bilan ro‘yxatga olingan “O‘zbekiston Respublikasining turistik tashkilotlari tomonidan chet ellik turistlarni qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlar bekor qilinsin.
3. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan kundan boshlab 10 kundan keyin kuchga kiradi.
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi B. HUSANBOYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 13-sentabr,
23-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 29-oktabr,
9/1005-son
Ichki ishlar vaziri Z. ALMATOV
Toshkent sh.,
2004-yil 27-sentabr,
7-son
Favqulodda vaziyatlar vaziri B. SUBANOV
Toshkent sh.,
2004-yil 15-sentabr,
1/5/4-622-son
“O‘zbekturizm milliy kompaniyasining 2004-yil 13-sentabrdagi 23-son, Milliy xavfsizlik xizmatining 2004-yil 29-oktabrdagi 9/1005-son, Ichki ishlar vazirligining 2004-yil 27-sentabrdagi 7-son, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2004-yil 15-sentabrdagi 1/5/4-622- sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
TASDIQLANGAN
Sayyohlarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-son qaroriga muvofiq, turizmga taalluqli boshqa amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasida turistik ekskursiyalarni amalga oshirish vaqtida kafolatlangan xizmatlar ko‘rsatish va sayyohlarni chet el safariga borishlarini rasmiylashtirish tartibini hamda chet ellik sayyohlarni qabul qilish jarayonida va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet el safarlariga borishi chog‘ida huquqlarini himoya qilish, xavfsizliklarini ta’minlash, turar joylarini kafolatlanishi hamda chet el safaridan o‘z vaqtida qaytishlari maqsadida ishlab chiqilgan.
I. Chet ellik sayyohlarni qabul qilish tartibi
1. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, turistik tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelayotgan chet ellik sayyohlar haqidagi ilovaga muvofiq ma’lumotnomani ular kirib kelishlaridan 5 kun oldin “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasiga taqdim etadilar.
2. Ma’lumotnomada quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
a) kirib kelayotgan sayyohlar soni, ular qaysi davlatdan kelayotganligi va qabul qilayotgan tashkilotdan hamroh bo‘lib boruvchi shaxs to‘g‘risida ma’lumot;
b) transport vositasining davlat raqami;
v) O‘zbekiston hududida yashash va ovqatlanish joylari ko‘rsatilgan holda, sayyohlarning harakat qilish marshrut va muddatlari.
3. Sayyohlarni qabul qiluvchi turistik tashkilotlar sayyohlar xavfsizligini ta’minlash va sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagilarni amalga oshiradi:
a) aeroport, vokzal va boshqa kirish joylarida chet ellik sayyohlarni kutib olish, ma’lumotnomada ko‘rsatilgan mehmonxonalarga joylashtirish va tegishli rasmiylashtirish ishlarini amalga oshirish;
b) barcha yo‘nalishlarda sayohat tugaguncha sayyohlarni kuzatib borish;
v) sayyohlarni respublika hududida belgilangan muddat davomida bo‘lishi va belgilangan muddat tugagandan so‘ng respublika hududidan o‘z vaqtida chiqib ketishlarini ta’minlash;
g) xavf-xatar manbalari bo‘lgan hududlarga chet ellik sayyohlarni olib chiqishlaridan oldin, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalaridan baxtsiz hodisalar yoki xavf-xatarlar kelib chiqishi mumkin bo‘lishi yoki bo‘lmasligi yuzasidan tegishli ma’lumotlarni olish;
d) ruxsat etilgan xavfsiz yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda belgilangan xavfsiz yo‘nalish bo‘yicha sayohat qilishni ta’minlash;
e) belgilangan yo‘nalishning xususiyati va sayyohlarning xatti-harakatiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatar manbalari haqida ularning o‘zini xabardor qilish va xavfsizligini ta’minlash;
j) zarur hollarda, chet ellik sayyohlar haqidagi ma’lumotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish;
z) chet ellik sayyohlar tomonidan chegara hududidan o‘tish vaqtida belgilangan tartibga rioya qilinishida tegishli davlat organlariga ko‘maklashish.
4. Qabul qiluvchi turistik tashkilot chet el sayyohlari bilan xavfsizlik choralariga rioya etishlari, O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibi, ekologik xavfsizlik talablari, milliy urf-odatlarga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlarini o‘tkazadi.
II. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet elga sayyoh sifatida yuborish tartibi
5. Sayyohlarni chet el safariga yuborish “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan kelishilgandan so‘ng amalga oshiriladi. Turistik tashkilot tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
sayyohlar ro‘yxati, guruh rahbari ko‘rsatilgan holda (ro‘yxat sayyohlarni jo‘natish vaqtidan kamida 3 ish kuni oldin topshirilishi lozim);
qabul qilayotgan davlat vizasi;
sayyohlarga taqdim etilgan turistik yo‘llanma;
aviachipta;
sayyohlar sug‘urta qilinganligini tasdiqlovchi hujjat (sug‘urta polisi);
sayyohlarni chet el safariga yuboruvchi O‘zbekiston Respublikasi turistik tashkilotining chet eldagi hamrohining sayyohlarga kafolatlangan xizmat ko‘rsatishini tasdiqlovchi hujjat;
6. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi turistik tashkilot taqdim etgan hujjatlar asosida hujjat topshirilgan kundan 2 kun muddatda hujjat topshirgan turistik tashkilot sayyohlarni chet elga yuborishiga o‘z roziligini yoki asoslantirilgan rad javobini beradi.
Quyidagi hollarda turistik tashkilotlarga rad javobi berilishi mumkin:
turizm sohasida faoliyat ko‘rsatishga ruxsat beruvchi litsenziyasi mavjud bo‘lmasa;
chet ellik hamkorlari bilan imzolangan shartnoma muddati tugagan yoki shartnomasi bo‘lmagan taqdirda;
soxta hujjatlar taqdim etganda.
7. Turistik tashkilot rahbari sayyohlar chet el safarlaridan qaytganlaridan so‘ng bir hafta ichida, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasiga sayyohlarni qaytganligi to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadi.
8. Turizm to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Sayyohlarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishi va ketishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
MA’LUMOTNOMA
O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan turistik guruh (yakka sayyoh) to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan turistik guruh (yakka sayyoh) to‘g‘risida
| | Berilgan raqam ___________________________________________________________________ 1. Turistik firma ________________________________________________________________ | ||
| | | turistik firmaning to‘liq nomi |
litsenziyasi |
| | 2. Guruh kelgan kuni ______________________________________________________________ | ||
| | |
qayerdan kelgan |
|
| | 3. Sayyohlar soni _________________________________________________________________ 4. Qabul qilayotgan tashkilotdan hamroh bo‘lib boruvchi shaxs to‘g‘risida ma’lumot___________ | ||
| _______________________________________________________________________________________ | |||
| | 5. Transport vositasining davlat raqami ____________________________________________ 6. Turistik guruhining (yakka sayyoh) qaysi shaharlarda to‘xtashi va muddatlari, | ||
| mehmonxonalar nomlari va umumiy ovqatlanish joylari tafsiloti bilan | |||
| | 7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tish joyi ________________________ | ||
| ________________________________________________________________________________________ ________________________________________________________________________________________ | |||
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 44-son, 468-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)