1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.05.00 Shaharsozlik normativlari. Shaharsozlik hujjatlari. Ekspertiza;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.12.00 Gidrotexnik va suv xo‘jaligi inshootlari. Gidrotexnik inshootlar xavfsizligini ta’minlash]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Arxitektura va qurilish]
O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining
buyrug‘i
SHNQ 2.06.01-24 “Gidrotexnika inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 12-noyabrda hisobga olindi, hisob raqami 312]
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. SHNQ 2.06.01-24 “Gidrotexnika inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining 1997-yil 13-martdagi 17-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan QMQ 2.06.01-97 “Gidrotexnik inshootlar” qurilish me’yorlari va qoidalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir v.b. Sh. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 22-oktabr,
01/2-80-son
Kelishildi:
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi B. YUSUPALIYEV
2024-yil 8-oktabr
Suv xo‘jaligi vaziri Sh. XAMRAYEV
2024-yil 4-oktabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDASHEV
2024-yil 27-sentabr
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A. ABDUXAKIMOV
2024-yil 9-sentabr
O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining 2024-yil 22-oktabrdagi 01/2-80-son buyrug‘iga ILOVA
SHNQ 2.06.01-24 “Gidrotexnika inshootlari” shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda SHNQ deb yuritiladi) yangi quriladigan, rekonstruksiya qilinadigan gidrotexnika inshootlarini loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur SHNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qo‘llanilgan:
SHNQ 2.06.04-21 Gidrotexnika inshootlariga bo‘ladigan yuklanish va ta’sirlar;
GOST 9.602-2016 Korroziya va eskirishdan himoya qilish yagona tizimi. Yerosti inshootlari. Korroziyadan himoyalashga umumiy talablar (rasmiy manba: GOST 9.602-2016 Yedinaya sistema zashiti ot korrozii i stareniya. Soorujeniya podzemnie. Obshiye trebovaniya k zashite ot korrozii);
GOST 26775-97 Ichki suv yo‘llaridagi ko‘priklarning ko‘prik osti kema qatnov oraliqlarining o‘lchamlari. Me’yorlar va texnik talablar (rasmiy manba: Gabariti podmostovie sudoxodnix proletov mostov na vnutrennix vodnix putyax. Normi i texnicheskiye trebovaniya).
2-bob. Atamalar, ta’riflar va qisqartmalar
2. Ushbu SHNQda quyidagi atamalar va ularning ta’riflari qo‘llanilgan:
gidrotexnika inshootlari — suv omborlari to‘g‘onlari, daryolar, soylar, kanallar va kollektorlardagi to‘g‘onlar, daryolarning o‘zanlarini to‘suvchi inshootlar, suv olish, suv o‘tkazish, suv tashlash hamda qirg‘oqlarni himoya qilish inshootlari, gidroelektrostansiyalar, nasos stansiyalari;
gidrouzel — joylashuvi bo‘yicha birlashgan gidrotexnika inshootlarining guruhlari.
3. Ushbu SHNQda qo‘yidagi shartli belgilanishlar va qisqartmalar qo‘llanilgan:
NO‘M — nazorat-o‘lchash moslamalari;
NDS — normal dimlangan sath;
JDS — jadallashgan dimlangan sath;
GES — gidroelektr stansiyasi;
GTES — gidroto‘plash elektr stansiyasi;
NS — nasos stansiyasi.
3-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Asosiy talablar
4. Doimiy gidrotexnika inshootlarining turlari mazkur SHNQning 1-ilovasiga muvofiq bo‘lishi kerak.
Gidrotexnika inshootlarining sinfini ushbu SHNQning 2-ilovasiga muvofiq belgilash zarur.
5. Gidrotexnika inshootlarini suv resurslaridan kompleks foydalanish, suv xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish va joylashtirish sxemalari hamda suv oqimi yoki suv havzasidan kompleks foydalanish sxemalari asosida qurilish obyektlarini umumiylashtirish talablaridan kelib chiqqan holda loyihalash lozim.
6. Gidrotexnika inshootlarining turi, ularning parametrlari va komponovkalari hamda hisoblangan suv sathlari texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini taqqoslash asosida va quyidagilarni hisobga olish kerak:
gidrotexnika inshootlarni qurish joylari va hududning tabiiy sharoitlarini (iqlimiy, muhandislik-geologik, gidrogeologik, seysmik, topografik, gidrologik, biologik);
suv xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish va joylashtirishni, shuningdek transport sxemasini o‘zgartirish va yuk aylanmasining ko‘paytirishni, sug‘orish va zax qochirishni, suv ta’minotini, suv omborlari va suv oqimlarining qirg‘oq bo‘yi maydonlarini, neft va gaz konlarini, issiqlik va atom elektr stansiyalarini ishlab chiqishni;
yuqori va quyi byeflardagi daryolarning gidrologik, termik tartibining o‘zgarishlarini prognoz qilishni;
daryolar va suv omborlarining o‘zanlari va qirg‘oqlarini loyqa bosishi hamda qayta shakllantirilishini;
hududlarni suv bosishi hamda u yerda joylashgan binolar va inshootlarni muhandislik jihatidan muhofaza qilishni;
kemasozlik, baliqchilik xo‘jaligi, suv ta’minoti va melioratsiya tizimlari ishlarining shartlari va vazifalarini o‘zgarishlarini;
aholining maishiy sharoitlari va dam olishini (sanatoriya, kurort zonalari).
7. Suvning sifatini ta’minlashda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi zarur:
biogen elementlarni (tarkibida azot bo‘lgan moddalar, fosfor) kelishini cheklash, ularning suvdagi miqdori yo‘l qo‘yilgan maksimal konsentratsiyasidan oshmasligini ta’minlash;
gidrotexnika inshootlaridan doimiy va vaqtinchalik foydalanish;
ishlab chiqarish ishlari, mehnat resurslarini mavjudligi shartlari va usullari;
tabiiy resurslarni ishlab chiqish imkoniyatlari;
suv oqimi va suv havzalari qirg‘oqlarida joylashgan gidrotexnika inshootlariga estetik va arxitektura talablarini ta’minlash.
8. Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
gidrotexnika inshootlari va ularning poydevorlarini ishonchliligi va ulardan foydalanish bo‘yicha talablar hamda cho‘kindilar, sellar, muz, mayda muz parchalari, oquvchi jismlarining noqulay ta’sirini kamaytirish shartlarini;
qurilish va foydalanish davrida gidrotexnika inshootlari va uskunalarning ishlashi va ularning holatini doimiy kuzatuvlarini;
eng yuqori darajadagi mexanizatsiya ishlarini va eng kam mehnat sarflarida qurilishning normativ davomiyligini tanlashni;
suv omborining joyini va yon atrofidagi hududlarni tayyorlashni;
baliqlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini tashkil etishni;
foydali qazilmalar konlarini muhofaza qilishni;
qishloq xo‘jaligi yerlarini, qo‘riqxonalarni va madaniy yodgorliklarni saqlanishini;
kemasozlikning zarur shartlarini;
quyi byefda qulay sath va tezlik hamda o‘zlashtirilgan yerlar uchun yer osti suvlari darajasining qulay tartibini;
qurilishda va foydalanishda yong‘in xavfsizligi va yong‘in o‘chirish vositalarini.
9. Gidrotexnika inshootlarini loyihalashda texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlik va quyidagi imkoniyatlarni hisobga olish lozim:
turli foydalanish funksiyalarini bajaradigan gidrotexnika inshootlarini birlashtirishni;
gidrotexnika inshootlarini qurish va ularni alohida ishga tushirish majmualari bilan foydalanishga topshirishni;
mavjud gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiyasini;
uskunalar, konstruksiyalar va ularning o‘lchamlarini, qurilish-montaj ishlarini bajarish usullarini birxillashtirishni;
meliorativ va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan gidrouzellarda hosil bo‘ladigan bosimdan energetika maqsadlarida foydalanishni.
10. Yer osti gidrotexnika inshootlarini loyihalashda grunt massivi tarkibini uning suvliligini, gaz miqdori, geologik xususiyatlarini va radioaktivligini hisobga olish kerak.
11. Gidrotexnika inshootlarini qurish jarayonida quyidagilar inobatga olinishi kerak:
atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etish chora-tadbirlari;
hududdagi daraxt va butalar hamda yashil maydonlarga zarar yetkazmaslik, daraxt va butalar atrofi betonlab tashlanmasligi.
12. I va II sinfdagi hamda III sinf asosiy gidrotexnika inshootlarini loyihalashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
qurilish jarayonida va foydalanishda gidrotexnika inshootlarining ishonchliligini baholashni;
nuqsonlarni o‘z vaqtida aniqlashni;
ta’mirlash tadbirlari tayinlashni;
avariyalarning oldini olish va foydalanishni yaxshilash uchun qurilish jarayonida hamda foydalanish vaqtida gidrotexnika inshootlari va ularning asoslarining ishlashini tabiiy kuzatish uchun nazorat-o‘lchov moslamalari o‘rnatilishini.
13. IV sinfdagi gidrotexnika inshootlarida NO‘Mlarni o‘rnatish, shuningdek III sinfdagi gidrotexnika inshootlarida esa NO‘Mlarni o‘rnatmaslik texnik-iqtisodiy jihatdan asoslangan bo‘lishi kerak.
Asosiy gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirishda, ularning ta’sir doirasidagi hududlarda favqulodda vaziyatlar yuz berganda xabar beruvchi mahalliy ogohlantirish tizimlari loyihalanishi lozim.
14. I va II sinf gidrotexnika inshootlarini loyihalashda qabul qilingan texnik yechimni asoslash uchun ilmiy-tadqiqot ishlari, eksperimental va tajriba-konstruktorlik ishlari olib borilishi kerak.
III va IV sinf gidrotexnika inshootlari uchun ilmiy-tadqiqot ishlari, eksperimental va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish asoslangan hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
2-§. Gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiya qilish
15. Doimiy gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiya qilishda quyidagilar bajarilishi kerak:
energetika obyektlarida elektroenergiya ishlab chiqish;
sug‘orish tizimlarini suv bilan ta’minlanganligini oshirish, zax qochiriladigan yoki sug‘oriladigan va ularga tutash hududlarda, kanallarning trassalari atrofida yer osti suvlarini rejimini yaxshilash;
portlarda va kemasozlik inshootlarida yuk va kema o‘tkazish imkoniyatini oshirish;
gidrouzelning ta’sir zonasini ekologik sharoitlarini yaxshilash;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini ta’minlashni oshirish.
Asosiy gidrotexnika inshootlari rekonstruksiya qilinganda, ulardan foydalanish to‘xtatilmasligi lozim.
16. Gidrotexnika inshootlarini rekonstruksiya qilishda mavjud inshootlar va ularning yuk ko‘tarish qobiliyati zaxiralaridan maksimal darajada foydalanish kerak.
Rekonstruksiya qilinayotgan gidrotexnika inshootlari va ularning elementlari poydevorining materiallari va gruntlarining texnik holati maxsus tadqiqotlar bilan aniqlanishi kerak.
2-bob. Asosiy hisobiy talablar, yuklanish va ta’sirlar
17. Gidrotexnika inshootlari, ularning konstruksiyalari va poydevorlarini chegaraviy holatlar usuli bo‘yicha hisoblash kerak.
Hisoblash ikkita chegaraviy holatlar guruhlari bo‘yicha amalga oshirilishi kerak:
gidrotexnika inshootlari, ularning konstruksiyalari va poydevorlarining foydalanishga to‘liq yaroqsizligi — poydevor umumiy mustahkamligi va barqarorligini hisoblash, poydevor va gruntli inshootlarini umumiy filtratsiyalar mustahkamligi, gidrotexnika inshootlarining alohida elementlarining mustahkamligi, ularning mustahkamligi yoki barqarorligi bilan bog‘liq bo‘lgan konstruksiyalarni siljishi hisob-kitoblari;
normal foydalanishda yaroqsizligi — mahalliy mustahkamlikka asoslarni hisoblash, siljish va deformatsiyalarni cheklash bo‘yicha hisob-kitoblar, yoriqlar va qurilish choklarini shakllanishiga yoki ularni topishga, mahalliy filtratsiyalash mustahkamligini yoki birinchi guruhning chegaraviy holatlari uchun ko‘rib chiqilmaydigan gidrotexnika inshootlarining alohida elementlarining mustahkamligini buzilishiga hisoblash.
18. Gidrotexnika inshootlarini, ularning konstruksiyalarini va poydevorlarini hisoblashda chegaraviy holatlar vujudga kelmasligini ta’minlaydigan quyidagi shartga rioya qilish lozim:
γic F≤ Rγc / γn
bu yerda:
γic — yuklarning uyg‘unlashtirish koeffitsiyenti:
normal foydalanish davrida yuklar va ta’sirlarning asosiy birikmalari uchun birinchi guruhning chegaraviy holatlari bo‘yicha hisob-kitoblarda — 1,0;
qurilish va ta’mirlash davri uchun — 0,95;
yuklar va ta’sirlarni maxsus birikmalari uchun — 0,90;
ikkinchi guruhning chegaraviy holati bo‘yicha hisob-kitoblarda — 1,0.
F — umumlashtirilgan kuch ta’sirining (kuch, moment, kuchlanish), deformatsiya yoki chegara holatini baholash amalga oshiriladigan boshqa parametrining hisobiy qiymati;
R — umumlashtirilgan yuk ko‘tarish qobiliyati, deformatsiya bilan belgilanadigan boshqa parametrlarni hisobiy qiymati;
γs — gidrotexnika inshootlarining turini, konstruksiyasini yoki poydevorini, material turini, hisobiy chizmalarning yaqinligini, chegaraviy holati turini va boshqa omillarni hisobga olgan holda va ayrim turdagi gidrotexnika inshootlarini, ularni konstruksiyalarini va poydevorlarini loyihalash uchun ish sharoitlari koeffitsiyenti;
γn — gidrotexnika inshootlarining vazifasiga ko‘ra ishonchlilik koeffitsiyenti.
Birinchi guruhning chegaraviy holati bo‘yicha hisob-kitoblarda gidrotexnika inshootlari sinfi uchun quyidagicha qabul qilinishi kerak:
I — 1,25;
II — 1,20;
III — 1,15;
IV — 1,10.
Ikkinchi guruhning chegaraviy holatlari bo‘yicha hisob-kitoblarda γn ni 1,0 ga teng deb qabul qilish lozim.
Tabiiy qoyalar barqarorligini hisob-kitob qilishda γn niloyihalashtirilayotgan gidrotexnika inshootlari yaqin joylashgan sinfi uchun kabi qabul qilinishi kerak.
19. Materiallarning hisobiy qarshiliklari va gruntlarning xususiyatlarini aniqlash uchun qabul qilingan materiallar γm va gruntlarγg bo‘yicha ishonchlilik koeffitsiyentlarining qiymatlari gidrotexnika inshootlarining alohida turlarini, ularning konstruksiyalari va asoslarini loyihalash ushbu SHNQ bo‘yicha belgilanishi kerak.
Materiallar va gruntlarning hisobiy qarshiliklari eksperimental tadqiqotlar natijalarini statistik qayta ishlashdan so‘ng aniqlanishi lozim.
20. Yuklarning hisobiy qiymati uning normativ qiymatiga mos keladigan yuk bo‘yicha tegishli ishonchlilik koeffitsiyentiga γf ko‘paytirish bilan aniqlanishi lozim.
Gidrotexnika inshootlarining konstruksiyalarini va poydevorlarini loyihalashda, yuklarning normativ qiymatlarini mazkur SHNQning talablari bo‘yicha aniqlash kerak.
Birinchi guruhning chegaraviy holatlari uchun hisob-kitoblarda γf yuklar bo‘yicha ishonchlilik koeffitsiyentining qiymatlari mazkur SHNQning 3-ilovasiga muvofiq qabul qilinishi kerak.
21. Gidrotexnika inshootlari, ularning konstruksiyalari va poydevorlarini ikkinchi guruhning chegaraviy holatlari bo‘yicha hisob-kitoblarini γf, yuklar bo‘yicha ishonchlilik koeffitsiyenti bilan hamda materiallar γm va gruntlar γg ishonchliligi koeffitsiyent bilan ularning konstruksiyalarini va poydevorlarini alohida turlarini loyihalashga 1,0 ga teng bo‘lganda amalga oshirilishi kerak.
22. Gidrotexnika inshootlarini va konstruksiyalarini hisoblash, kerakli holatlarda, chiziqli bo‘lmagan va egiluvchan bo‘lmagan deformatsiyalarni, yoriqlar ta’sirini va materiallarning bir turda bo‘lmaganligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
23. Gidrotexnika inshootlariga tushadigan yuklar va ta’sirlar mazkur SHNQning 4-ilovasiga ko‘ra olinishi lozim.
Gidrotexnika inshootlarining alohida turlarini, ularning konstruksiyalari va poydevorlarini hamda birikmalarini hisoblashda hisobga olinishi lozim bo‘lgan yuklar va ta’sirlar ro‘yxati SHNQ 2.06.04-21ga muvofiq olinishi kerak.
24. Gidrotexnika inshootlarini yuklar va ta’sirlarning asosiy va maxsus birikmalariga hisoblash kerak.
Asosiy birikmalar doimiy, uzoq davomiy va qisqa muddatli yuklar va ta’sirlarni o‘z ichiga olishi lozim.
Maxsus birikmalar doimiy, uzoq davomiy, qisqa muddatli va maxsus yuklar hamda ta’sirlarning bittasini o‘z ichiga olishi lozim.
Yuklamalar va ta’sirlarni eng noqulay, biroq ko‘rib chiqilayotgan hisobiy holat uchun haqiqiy (real) bo‘lgan birikmalarda qurilish, foydalanish davrlari va ta’mirlash holati uchun alohida qabul qilish kerak.
25. Doimiy gidrotexnika inshootlarini loyihalashda hisoblangan maksimal suv sarflari mazkur SHNQning 1-jadvaliga muvofiq olinishi kerak.
Bunda, gidrologik xususiyatlarni SHNQ 2.01.14-21 ga muvofiq aniqlash lozim.
26. Gidrouzelning doimiy suv o‘tkazgichlari orqali foydalanish jarayonida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan hisobiy suvning sarfi, uning ushbu gidrotexnika inshooti uchun loyihalashtirilayotgan suv omborlari yoki mavjud suv omborlari tomonidan o‘zgartirilishini va daryo havzasidagi xo‘jalik faoliyati natijasida yuzaga keladigan oqimlarni shakllantirish shartlarining o‘zgarishini transformatsiyasini hisobga olgan holda, ushbu SHNQning 25-bandiga muvofiq olingan hisobiy maksimal sarf asosida aniqlanishi kerak.
1-jadval
Hisobiy holatlar
Gidrotexnika inshootining sinfidan kelib chiqib, hisobiy maksimal suv sarflarini R, foiz ortishi yillik ehtimolligi
I
II
III
IV
Asosiy
0.1
1.0
3.0
5.0
Tekshiriladigan
0.01*
0.1
0.5
1.0
* SHNQ 2.01.14-21 ga muvofiq to‘g‘rilashni ΔQ1 hisobga olish kerak.
27. Asosiy hisobiy holat uchun hisobiy suv sarfini o‘tkazish yuqori byefning suv oqimining normal sathida foydalanilgan suv tashlash inshootlari to‘liq ochiqligida ta’minlanishi kerak:
Asosiy hisoblash holati uchun hisobiy suv sarfini o‘tkazish, yuqori byefning normal dimlangan sathida suv tashlash inshootlari (GES barcha turbinalari va ularni foydalanishida normal tartibda boshqa suv o‘tkazish inshootlari) orqali ular to‘liq ochilganda ta’minlanishi kerak.
Asosiy hisobiy holatga mos keluvchi yuklanishlar va ta’sirlarni, asosiy birikmalar tarkibida mazkur SHNQga muvofiq hisobga olinishi kerak.
Asosiy hisobiy holat uchun suv sarflarining o‘tkazish, tartibga solinmaydigan suv tashlash inshootlaridan (zatvorsiz), NDSdan farq qiladigan yuqori byef darajalarida ham amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
NDS dan yuqori darajalarga muvofiq keladigan yuklamalar va ta’sirlar ularning asosiy birikmalari tarkibida hamda suv toshqinlariga qarshi kurashishga mo‘ljallangan gidrotexnika inshootlari uchun ularning maxsus birikmalari tarkibida texnik — iqtisodiy asoslanganda hisobga olinishi kerak.
28. Tekshirish-hisoblash holati uchun hisobiy suv sarfini o‘tkazish gidrouzelning barcha suv o‘tkazish inshootlari, shuningdek suv tashlash inshootlari, GES gidroturbinalari, suv ta’minotining sug‘orish tizimlarining suv yig‘ish inshootlari, baliq o‘tkazish inshootlari va zaxira suv tashlash inshootlari tomonidan texnik-iqtisodiy asoslangan JDSda ta’minlanishi kerak.
Bunda, agar asosiy hisobiy holati uchun suv sarflarini o‘tishi yuqori byefning suv sathlarida ΔN kattaligiga NDSdan yuqori bo‘lganda amalga oshirilishi, tekshirish hisob-kitob holatining maksimal suv sarfi transformatsiyasi JDS — (NDS + ΔN) belgilar atrofida amalga oshirilishi lozim.
Suv toshqinining eng ko‘p miqdorini qisqa vaqtda o‘tishini, maksimal hisobiy tekshirish sarfini o‘tkazishni hisobga olib quyidagilarga yo‘l qo‘yiladi:
GES elektr energiyasini ishlab chiqishini kamayishiga;
suv iste’molchilari obyektlarida avariya holatlariga olib kelmaydigan suv olish inshootlarining normal ishlashining buzilishiga;
asosiy gidrotexnika inshootlarni ishonchliligini pasaytirmaydigan, zaxira suv tushirgichlarni buzilishiga;
suv quvurlarini buzilishiga olib kelmaydigan o‘zgaruvchan tartiblarda yopiq ko‘ndalang kesmali quvurlar orqali suvning o‘tishiga;
suv toshqini o‘tganidan keyin oqibatlar bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan, asosiy inshootlar, turar joy va korxonalar hududlarini buzilishiga tahdid solmaydigan, gidrouzelning quyi byefining o‘zan va qirg‘oq yonbag‘irlarining yuvilishiga.
Tekshirish hisobiy holatiga mos keladigan yuklar va ta’sirlar ushbu SHNQning 23-bandiga muvofiq yuklanishlarning maxsus birikmasining tarkibida hisobga olinishi kerak.
29. Gidrouzellar kaskadli joylashgan daryolarda loyihalashtirilayotgan gidrouzel uchun hisobiy maksimal suv sarfi uning sinfi, kaskadda joylashuvi, NDS va JDSda yuqorida joylashgan gidrouzelning suv o‘tkazish qobiliyati, shuningdek kaskadning gidrouzellari va suv omborlaridan foydalanish rejimi, yuqori be’fning gidrouzelga tutashgan qismlarida qo‘shimcha yon tomondan oqib kelish hajmini hisobga olgan holda aniqlanishi kerak.
Kaskadda joylashgan gidrouzel inshootlarining sinfidan qat’iy nazar, asosiy hisobiy holatida suv sarfining o‘tishi quyi joylashgan gidrouzelning asosiy gidrotexnika inshootlarini normal foydalanishini buzilishiga olib kelmasligi kerak.
Loyihalashtirilayotgan gidrouzelning sinfi mavjud gidrouzel sinfidan yuqori bo‘lganda
Loyihalashtirilayotgan gidrouzelning sinfi mavjud gidrouzelning sinfiga teng bo‘lganda
Loyihalashtirilayotgan gidrouzelning sinfi mavjud gidrouzel sinfidan past bo‘lganda
Loyihalashtirilayotgan gidrouzel mavjud gidrouzeldan pastda joylashganda
Asosiy va tekshirish holatlari uchun suv sarfi loyihalashtirilayotgan gidrouzel sinfiga muvofiq qabul qilinadi
Asosiy va tekshirish holatlari suv sarflari loyihalanayotgan gidrouzelning sinfiga muvofiq asosiy va tekshirish holatlari uchun mavjud gidrouzel orqali o‘tkaziladigan asosiy hisob-kitob holati suv sarflari va gidrouzellar orasidagi hududida yon tomon oqim xarajatlari yig‘indisiga teng deb qabul qilinadi
Loyihalashtirilayotgan gidrouzel mavjud gidrouzeldan yuqorida joylashganda
Asosiy va tekshirish holatlarining suv sarfi loyihalashtirilgan gidrouzel sinfiga muvofiq qabul qilinadi.
Mavjud gidrouzelning o‘tkazish qobiliyati loyihalashtirilayotgan gidrouzel orqali o‘tkaziladigan asosiy hisobiy holat xarajatlari va mavjud gidrouzelning javobgarlik darajasiga javob beradigan asosiy va tekshirish holatlari uchun gidrouzellar orasidagi uchastkada yonlama oqim xarajatlari yig‘indisiga muvofiqlashtirilishi kerak
Asosiy va tekshirish holatlarining suv sarflari loyihalashtirilayotgan gidrouzelning muhimlik darajasiga muvofiq qabul qilinadi
Izohlar:
1. Mavjud gidrouzel — ilgari ishga tushirilishi mo‘ljallangangidrouzelni tushunish lozim.
2. Uch yoki undan ortiq gidrouzellardan iborat kaskadlar uchun ushbu jadvalda keltirilgan jarayon, daryoning yuqoridan pastga qarab har bir juft gidrouzellar uchun ketma-ket bajarilishi kerak.
30. I — III sinfdagi doimiy gidrotexnika inshootlari uchun qurilish jarayonidagi vaqtinchalik foydalanish davrida, suv sarfining hisobiy maksimal qiymatlaridan oshib ketishning yillik ehtimolliklarini ishga tushirish majmuasi gidrotexnika inshootlarining sinfiga ko‘ra mazkur SHNQning 1-jadvaliga muvofiq qabul qilish lozim.
Gidrotexnika inshootlarining vaqtincha foydalanishi cheklangan muddatini hisobga olgan holda, ishga tushirish majmuasi uchun qabul qilingan suvning maksimal sarfini texnik-iqtisodiy asoslash bilan kamaytirishga yo‘l qo‘yiladi.
Bunda, ushbu davr uchun maksimal suv sarfini oshib ketishi ehtimolini hisoblash mazkur SHNQning 5-ilovasiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
31. Vaqtinchalik gidrotexnika inshootlarini loyihalashda, hisobiy maksimal sarflar asosiy hisobiy holat uchun gidrotexnika inshootining sinfi va foydalanish muddatiga ko‘ra belgilangan yillik oshib ketish ehtimoli (ta’minlanganlik) dan kelib chiqib qabul qilinishi kerak.
Bunda, IV sinfdagi vaqtinchalik gidrotexnika inshootlari uchun hisoblangan maksimal suv sarfidan oshib ketishning yillik hisobiy ehtimoli quyidagilarga teng deb qabul qilinishi kerak:
foydalanish muddati:
3 yilgacha bo‘lganda — 10 foiz;
3 yildan ortiq — 5 foiz.
III sinfdagi vaqtinchalik gidrotexnika inshootlari uchun esa:
foydalanish muddati:
2 yilgacha bo‘lganda — 10 foiz;
2 yildan ortiq — 3 foiz.
32. Qurilish davrida muzlarning to‘planish va tiqilish hodisalari yuzaga kelishi sababli suv sathining ko‘tarilishi ehtimolini inobatga olgan holda hisobiy suv sathini tanlash kerak.
33. Kompleks gidrouzel tarkibiga kirmaydigan kichik va mikro GESlar uchun hisoblangan maksimal suv sarflari asosiy hisobiy holat uchun ushbu SHNQning 26-bandiga muvofiq aniqlanishi kerak.
Suv toshqini davrida kichik GESlarda elektr energiyasi ishlab chiqarishning to‘xtatilishiga texnik-iqtisodiy asos bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
3-bob. To‘g‘onlar
34. To‘g‘onning turi va konstruksiyasi uning funksional maqsadiga, muhandislik-geologik, topografik, gidrologik va iqlim sharoitlariga ko‘ra hududning seysmikligini, gidrouzelning to‘planishi, ishlarni ishlab chiqarishini tashkil etish chizmasidan kelib chiqib, mahalliy qurilish materiallari mavjudligi, qurilish muddatlari va to‘g‘onning foydalanish shartlarini hisobga olib, variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida tanlanishi kerak.
35. Grunt materiallardan bo‘lgan to‘g‘onlar gidrouzelning bosimli yuzasining yopiq qismlari uchun qo‘llanilishi kerak.
Beton to‘g‘onlardan asosan qoyali poydevorga ega bo‘lgan ustunlar va gidrouzellarning bosimli yuzasining suv tushirish maydonlari uchun foydalanish kerak.
36. Qoyali daralar sharoitida geologik sharoitlarga bog‘liq holda to‘g‘on stvorida arkali to‘g‘onlar, fazoviy ishlaydigan betonli gravitatsiya to‘g‘onlar va grunt materiallardan to‘g‘onlar qurish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish lozim.
37. Beton yoki temir-beton to‘g‘onlar turini tanlashda turli yengillashtirilgan va texnologik konstruksiyalarni qo‘llash maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqilishi lozim.
Bunda, kengaytirilgan chokli va bo‘shliqli gravitatsion to‘g‘onlar, kontrforsli to‘g‘onlar, kam sementli zichlangan betondan qurilgan to‘g‘onlar hamda GES binosi bilan birlashtirilgan to‘g‘on konstruksiyalari kiritilishi kerak.
38. Dambalarning konstruksiyasini tanlashda to‘kma gruntli gidrotexnika inshootlariga ustunlik berish lozim (agar bu himoyalangan hududni qo‘shimcha suv bosishiga olib kelmasa).
4-bob. Gidroelektr stansiyalari, gidroto‘plash elektr stansiyalar, nasos stansiyalar, kichik va mikro gidroelektr stansiyalar
1-§. Gidroelektr stansiyalar, gidroto‘plash elektr stansiyalar va nasos stansiyalar
39. Gidroelektr stansiyalar, gidroto‘plash elektr stansiyalilari va nasos stansiyalari binolar turini tanlash variantlarning texnik — iqtisodiy ko‘rsatkichlarini taqqoslash asosida va quyidagilarni hisobga olib amalga oshirilishi kerak:
stansiyaning, uning asosiy va yordamchi uskunasining yuqori samaradorligi ishini ta’minlashni;
gidrotexnika inshootlari va uskunalar ishining ishonchliligini, qulay doimiy va vaqtinchalik foydalanishni ta’minlashni;
gidrotexnika inshooti va tanlangan texnologik uskuna bosimining qiymatini;
gidrouzeldagi stansiya binosining holatini va asosiy tayanch inshootlarning turini;
poydevor gruntlarining ko‘rinishini;
qurilish-montaj ishlab chiqarish va ta’mirlash-tiklash ishlarini shartlari va usullarini.
40. O‘zanli va to‘g‘onoldi GES larning binolarini loyihalashda, suv tashlash inshootlari (yer usti yoki yer osti bosimli suv tashlagichlar bilan) mumkin bo‘lgan turdagi gidroagregatlar bilan to‘plamlarni birlashtirilgan va birlashtirilmagan variantlarini ko‘rib chiqish kerak.
GES binosi tor darada joylashgan tog‘li sharoit uchun gidroagregatlarning ikki qatorli joylashuvini qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.
Derivatsiyali GESlar uchun jihozlar xonasining yer ustida yoki yer ostida, gidroagregatlarning turli joylashuvi (bir yoki ikki qatorli) bilan alohida turgan binolarni loyihalash lozim.
41. GES, GTES va NS binolarining qurilish gidrotexnika qismining tarkibiy yechimlari binoni harorat cho‘kish choklari bilan ajratilgan agregat seksiyalarga ajratish kerak.
Agregat seksiyalarining o‘lchamlari agregatlarning gabarit o‘lchamlariga, poydevor gruntlarining turiga va binoning qurilish qismining konstruktiv yechimiga ko‘ra belgilanishi kerak.
Texnik-iqtisodiy asoslanganda, GES, GTES va NS binolarining suv osti qismini har qanday asoslar uchun bo‘linmaydigan konstruksiyada qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
Montaj maydonini stansiyaning asosiy binosidan harorat yoki harorat-cho‘kish choklari bilan ajratilishi kerak.
42. Montaj maydonining o‘lchamlari minimal qabul qilinishi va bitta montaj agregatni joylashtirish va bosh kuchaytiruvchi transformatorning hisob–kitob bilan tanlanishi kerak.
Bunda, montaj ishlari uchun uskunalar xonasining bir qismini ishlatish imkoniyatini hisobga olish kerak.
Yer osti binolarida yer yuzidagi maydonlardan foydalanish hisobiga montaj maydonini kamaytirish imkoniyatini inobatga olish kerak.
43. GTESlarda agregatlarni bosimli suv quvurlarining ustuni (stvori)da joylashtirish kerak.
GTES binosi qoyali bo‘lmagan poydevorda joylashganda, qurilish va foydalanish davrlarda qiyaliklarning barqarorligini ta’minlashi, bosimli quvurlar yotqizilgan tabiiy yonbag‘irlarini eng kam kesish bilan stansiyalarning to‘plami hisobga olinishi lozim.
44. GTES havzalarini loyihalashda, sutkalik to‘plash to‘plash davriga ega yuqori havzada, ularning intensiv ishlatilishi va to‘ldirilishi rejimini hisobga olish lozim.
Zarur bo‘lgan hollarda, filtratsiyaga qarshi va drenaj qurilmalari bilan ta’minlashni kerak.
45. GESning suv qabul qilish joylarida chiqindini ushlab qolish panjaralarini, avariya-ta’mirlash va ta’mirlash zatvorlarini o‘rnatish uchun tirqishlarni inobatga olish kerak.
Panjaralar muzlashdan va muz parchalari bilan tiqilib qolishdan himoyalangan bo‘lishi kerak.
So‘ruvchi quvurlarning chiqish teshiklarida ko‘chma ta’mirlash zatvorlarini o‘rnatish uchun tirqishlar tashkil etilishi lozim.
46. Biriktirilgan GES binolarida, kirish joyida, bosimli suv tashlagichlar uchun chiqish joylarida asosiy, avariya-ta’mirlash va ta’mirlanadigan zatvorlarni o‘rnatish uchun tirqishlar moslamasini hisobga olish lozim.
Zatvorlarni joylashgan joyini suv tushirgichlarning to‘plami, turi va konstruksiyalaridan kelib chiqib aniqlash kerak.
47. GTES va NS ning yuqori havzalarining suv qabul qilish joylari avariya-ta’mirlash zatvorlari to‘siladigan panjaralarni o‘rnatish uchun tirqishlarga ega bo‘lishi kerak.
Panjaralarning tirqishlari, ta’mirlash zatvorlarining tirqishlari bilan birlashtirilishi lozim.
48. NS uchun chiqish teshiklarida avariya-ta’mirlash zatvorlari yoki sifonlarni o‘rnatilishini hisobga olish kerak.
49. Yopiq yoki bosimsiz derivatsiya mavjud bo‘lganda, uni tekshirish va ta’mirlash uchun bo‘shatish imkoniyatini inobatga olish kerak.
Zatvorlar bilan to‘siladigan suv o‘tkazish inshootlarini to‘g‘ri burchakli teshiklarining o‘lchamlari mazkur SHNQning 6-ilovasiga muvofiq qabul qilinishi lozim.
50. Chuqur suv qabul qilgichli GESning yopiq derivatsiyalarida panjaralarni mexanik yoki gidravlik tozalash bilan chiqindilarni ushlab turuvchi panjarani suv qabul qilgich uzunligi bo‘yicha joylashish variantlarini ko‘rib chiqish kerak.
51. GES, GTES va NS binolarining suv osti qismining o‘lchamlari agregatning oqar qismi o‘lchamlaridan, asosiy va yordamchi uskunalarni joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha texnologik talablardan kelib chiqqan holda, shuningdek qurilish konstruksiyalarining o‘lchamlarini hisobga olgan holda minimal darajada bo‘lishi kerak.
52. GES binosida (GTES, NS) ishlab chiqarish, xizmat va yordamchi xonalarning o‘lchamlari suv osti qismi o‘lchamlarini oshishiga olib kelmasligi kerak.
Yordamchi xonalarni joylashtirish uchun oqim qismi ustidagi mavjud bo‘lgan hajmlardan foydalanish kerak.
GES, GTES va NS binosining suv osti qismining konstruktiv elementlari barcha agregat bo‘limlari bo‘yicha birlashtirish (unifikatsiya) qilinishi kerak.
53. Turbina kameralarini tekshirish va ta’mirlash uchun binoning suv osti qismida chiqarish va kirish quvurlari, xizmat galereyalari, yurish yo‘llari, yo‘llar va liftlar (12 m va undan ortiq chuqurlikda) loyihalanishi kerak.
Galereyaning boshida va oxirida boshqa xonalardan ajratilgan va zinapoya kataklariga ega bo‘lgan chiqishlar bo‘lishi lozim.
54. Zinapoya katagining yuqorisi quyi byefning maksimal hisobiy suv sathidan 0,5 m balandlikda joylashtirilishi kerak.
Galereyalarni suv bosishini oldini olish uchun germetik lyuklar yoki eshiklar bo‘lishi kerak.
55. NS, to‘g‘on oldi va derivatsion GES va GAESlarning bosimli suv quvurlari ochiq po‘latdan tayyorlangan hollarda, stansiya binolarini quvurlarning to‘satdan buzilishi oqibatlaridan himoya qilish bo‘yicha choralar (ochiq temir-beton, temir-po‘latli beton va tunnel suv quvurlari bundan mustasno) ko‘rilishi lozim.
56. Tog‘li hududlarda GES, GTES va NSlarini loyihalashda yer osti yoki ochiq turdagi derivatsiyali va turbinali suv quvurlarini tanlash texnik-iqtisodiy taqqoslash bilan asoslanishi kerak.
57. Yordamchi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan binolar, (moy xo‘jaligi binolari) agar maxsus talablar bo‘lmasa, yer yuzasiga olib chiqilishi kerak.
58. Yer osti gidrotexnika inshootlarini loyihalashda, transport galereyalari yoki shaxtalar orqali yer usti bilan aloqa o‘rnatilishi kerak.
Galereyalar va shaxtalar orqali uskunalar, materiallarni mexanizatsiyalashgan tarzda tashish va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni tashish amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
59. Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar uchun yer yuziga chiqishni ta’minlaydigan piyoda yo‘llari yoki zinapoyalar bo‘lishi kerak.
60. Transport galereyalari va shaxtalar montaj maydoniga yaqin joylashgan bo‘lishi kerak.
Kabel kommunikatsiyalari transport shaxtalari va galereyalari bilan birlashtirilishi lozim.
61. Quyi byefdagi barcha suv sathlarida suv chiqarish tunnelining gidravlik rejimini faqat bosimli yoki bosimsiz ushlab turish kerak.
62. Suvni olib ketuvchi tunnelda, to‘g‘ri asoslangan holda suvni bosimli rejimdan bosimsiz rejimga o‘tish yoki aksincha bosimsiz rejimdan bosimliga o‘tish qisqa muddatlarga yo‘l qo‘yiladi.
63. Olib ketuvchi bosimsiz tunnellar har qanday ish holatlarida havo bilan ta’minlanishi kerak.
64. Nasos stansiyalarini loyihalashda suvni berilgan hajmda va suv ta’minoti tizimining barcha ish tartiblari uchun suv yuborish jadvallariga muvofiq bo‘lishi kerak.
65. Suvni yuborish hajmi va jadvallar tizimning suv xo‘jaligi balansi tomonidan quyidagilarni hisobga olib belgilanishi lozim:
suv ta’minoti manbasining gidrologik parametrlari;
suv saqlash joyidan pastda joylashgan suv oqimida zarur suv sarflari.
66. Nasos stansiyasida zaxira agregatlari sonini suv yuborilishining ishonchliligi toifasiga muvofiq belgilanishi kerak.
67. Katta quvvatli (10 — 15 ming kW dan ortiq) nasos stansiyasining ish rejimini belgilashda uni energiya tizimi quvvat rostlagichining iste’molchisi sifatida ishlatish, hamda turbina rejimida (qisman yoki to‘liq quvvatda) ishlash imkoniyatlarini ko‘rib chiqish lozim.
68. Nasos stansiyalarining suv chiqarish inshootlarini loyihalashda oqimning tarqalishi, qayta taqsimlanishi va suv oqimi tezligining pasayishi bilan suvning kanalga silliq chiqishi kerak.
69. Suvni chiqarish inshootida quvurlarni kanaldan avtomatik ravishda uzilishini ta’minlaydigan uskunani o‘rnatishni lozim (teskari klapanlar, zatvorlar, vakuumni buzish klapanlari).
2-§. Kichik va mikro GES lar
70. O‘rnatilgan quvvati 5 MW gacha bo‘lgan GESlar kichik GESlarga, o‘rnatilgan quvvati 0,5 MW gacha bo‘lgan GESlar esa mikro GESlarga kiritilishi kerak.
71. Kichik GESlarni ikkita turga ajratish kerak:
markazlashtirilgan energiya ta’minoti tizimida ishlaydigan;
energiya tizimidan ajratilgan, energiya iste’molchilarining energiya ta’minotini ta’minlaydigan.
Energiya tizimidan ajratilgan kichik GESlar uchun n quvvatni energo-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida aniqlanishi kerak.
Mikro GESlar alohida iste’molchini (iste’molchilarni) energiya ta’minoti uchun ishlashi lozim.
72. Kompleks gidrouzel tarkibida quriladigan kichik GESlarni loyihalashda, ularning ish tartibini asosiy suvdan foydalanuvchilar bilan bog‘lash kerak.
73. Kichik va mikro GESlarni loyihalashda quyidagi talablarni inobatga olgan birlashtirilgan (unifikatsiyalangan) loyihalarni keng qo‘llash zarur:
kichik va mikro GESlarning texnik tavsiflarini, uskunalarini va qurilish qismlarini maksimal turlarga ajratish;
texnologik uskunaning yuqori zavod tayyorgarligini;
industrial qurilish konstruksiyalari va buyumlari, mahalliy (gruntli va toshli) materiallardan keng foydalanishni;
uskunalar va konstruksiyalarni avtomobilli va zanjir (gusenitsa)li kranlardan foydalanib montaj qilishni.
74. Kichik va mikro GESlar maksimal darajada avtomatlashtirilgan, masofadan boshqariladigan bo‘lishi kerak.
75. Kichik va mikro GESlarning uskunalar xonasining o‘lchamlari texnologik uskunalarni joylashtirish shartlaridan kelib chiqqan holda minimal darajada belgilanishi kerak.
Uskunalarni montaj qilish jarayoni uchun ochiq montaj qilish maydonlarini va yechib olinadigan tomli maydonlardan foydalanish lozim.
76. Kichik va mikro GES suv qabul qiluvchilari avariya-ta’mirlash zatvorlari va chiqindilarni ushlab qoluvchi panjaralar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
Quyi byef tomonida, suv qabul qiluvchilarining chiqish joylarida ko‘chma to‘siqni ta’mirlash uchun tirqishlar hisobga olinishi lozim.
Avariya-ta’mirlash zatvorlarini suv qabul qilgichga o‘rnatishdan ko‘ra quyi byef tomonidan o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
77. Kichik GESlarning derivatsiya suv quvurlari yer usti va yer ostida bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Mikro GESlarning derivatsiya suv quvurlari ochiq kanallar, lotoklar yoki quvurlar ko‘rinishida yer ustida joylashtirilishi zarur.
78. Kichik GESlar kaskadining asosiy (eng katta) tartibga soluvchi stansiyasi daryoning yuqori qismiga joylashtirilishi kerak.
5-bob. Suv tashlash, suv tushirish va suv chiqarish inshootlari
79. Suv tashlash, suv tushirish va suv chiqarish inshootlari quyidagi funksiyalarni bajarish ta’minlanishi kerak:
a) suv tashlash inshootlari:
yuqori byefda loyihada belgilangan suv sathidan oshib ketmaslikni oldini olish uchun toshqinlarni va yomg‘irli toshqinlarni suv sarflarini hamda boshqa foydalanilmaydigan suv sarflarini o‘tkazib yuborish;
muz, mayda muz bo‘laklarini, chiqindilarni va boshqa yuqori oqimdan quyi oqimga suzadigan buyumlarni chiqarib tashlash (agar bu talab gidrouzelning foydalanish shartlariga to‘g‘ri kelsa);
b) suv tushirish inshootlari:
suv omborlarini yoki kanalni to‘liq va qisman bo‘shatish;
suv tubidagi cho‘kindilarni yuvib tashlash;
v) suv chiqaruvchi inshootlar:
suvni suv omborlaridan yoki kanallardan chiqarib yuborish.
Mazkur gidrotexnika inshootlarini yoki ularning bir qismini gidrouzel tarkibiga kiritilishi gidrouzelning aniq shartlari va vazifasiga muvofiq bo‘lishi lozim.
Suv tashlash, suv tushirish va suv chiqarish inshootlarining turlarini inshootning funksional yo‘naltirilganligiga, muhandislik-geologik va boshqa sharoitlarga qarab variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida tanlash kerak.
Bitta gidrotexnika inshootida turli funksiyalarning birlashtirilishini ushbu SHNQning 9-bandiga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Suv tashlash inshootlarining turini tanlashda yer usti gidrotexnika inshootlariga ustunlik berish kerak.
80. Suv tashlash, suv tushirish va suv chiqarish inshootlarini loyihalashda qurilish davridagi suv sarfini o‘tkazib yuborish uchun ulardan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.
81. Suv tashlash inshootlari teshiklarining turi, soni va ko‘ndalang kesim o‘lchamlarini tanlash suvning hisobiy sarfini o‘tkazib yuborish talablaridan kelib chiqib amalga oshirilishi kerak.
Tekshiruv hisobiy holat uchun hisoblangan suv sarfining o‘tishi ushbu SHNQning 27-bandiga muvofiq ta’minlanishi kerak.
82. Zatvorlar bilan to‘sib qo‘yiladigan suv o‘tkazadigan inshootlarning to‘g‘ri burchakli teshiklarining oralig‘ini (kengligini) va balandligi mazkur SHNQning 6-ilovasiga muvofiq belgilanishi kerak.
83. Suv tashlash, suv chiqarish inshootlarining quyi byefida solishtirma suv sarfini belgilash, ularning konstruksiyasini tanlash, byeflarni suv o‘tkazgich konstruksiyalari, risbermalari, qirg‘oqlarni mahkamlash konstruksiyalarini, alohida va tutashtiruvchi devorlarni tanlash maxsus gidravlik hisoblar asosida variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash bilan asoslanishi kerak.
Asosiy gidrotexnika inshootlari uchun matematik modellashtirish va/yoki gidravlik model tadqiqotlari asosida amalga oshirilishi kerak.
84. Suv chiqarish inshootlarining umumiy tuzilishi (komponovka qilinishi) va loyihalashda ularning quyi byefi bilan o‘zaro bog‘liqligini tanlashda gidrouzel inshootlarining poydevorlarini xavfli yuvilib ketilishidan, GES binolarini tushadigan oqimlardan himoya qilish va ushbu inshootlardan foydalanish uchun noqulay bo‘lgan kanal deformatsiyalarini oldini olishni ta’minlash kerak.
Suv tashlash inshooti elementlari uchun gidrodinamik ta’sirlarni, oqim katta tezliklar bilan oqib o‘tganda kavitatsiya va cho‘kindilar bilan ishqalanish hodisalarini hisobga olish kerak.
85. Suv oqimi tezligi 15 m/s dan ortiq bo‘lgan suv tashlash inshootlarini va quyi byefda mahkamlagichlarni loyihalashda oqim qismining geometrik shakllari kavitatsiya bo‘lmasligini ta’minlaydigan tarzda bo‘lishi kerak.
86. Agar ushbu SHNQning 84-bandi talablarini ta’minlashning imkoni bo‘lmasa, mumkin bo‘lgan vakuumni vujudga kelishi zonasiga havo yetkazib berishni, kuchaytirilgan mustahkam betondan foydalanishni, himoya qoplamalarini yoki metall qoplamani o‘rnatish kerak.
87. Bosim 50 m dan oshganda, yopiq suv tashlagichning oqimga tushuvchi yuzalarini kavitatsiya eroziyasidan himoyalash yoki suv oqimining pastki byefga tutashishi sharoitlariga ko‘ra, kinetik energiyani oraliq so‘ndirish talab etilganda, shuningdek suv tashlash yo‘lagining butun kesimini oqim bilan to‘ldirish yoki suv tashlash miqdorini tartibga solishda rejimlarning o‘zgarishini istisno qilish zarur bo‘lganda, gidrotexnika inshooti ichida energiyani so‘ndiruvchi suv tashlagichlarni qo‘llashni ko‘rib chiqish lozim.
88. Asosiy hisobiy holat uchun qabul qilingan suv tashlash konstruksiyalari va ularning yuqori va quyi byeflari bilan birikish elementlari quyidagilarga tekshirilishi kerak:
tekshiriladigan hisobiy holatga;
suv tashlashning bir oralig‘i (suv chiqarilishi, suv tushirilishi) to‘liq ochilgan holatda, qolgan qismi yopiq va GESning normal ishlashiga (belgilangan quvvatning 80 foizi).
GES mavjud bo‘lmaganda, quyi byefning darajasini, sanitar-texnik talablarga muvofiq minimal yo‘l qo‘yilgan daraja sifatida qabul qilinishi, bunda ushbu SHNQning 27-bandi talablariga rioya qilish lozim.
89. Suv tashlash inshootlarini (suv chiqarish, suv tushirish) loyihalashda zatvorlarning manyovr qilish sxemalari chizmalarini ishlab chiqish kerak.
Bunda, tavsiya etilgan zatvorlarning manyovr qilish sxemalari pastki byefda inshootlarni va ularga tutashgan o‘zan hududlarini yuvilishdan himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqarmasligi kerak.
90. Gidrouzel kompleksi umumiy tuzilishida (komponovka qilinishida) yuqori va quyi byefda qurilish sarfini o‘tkazish uchun va uning tarkibiga kiradigan inshootlardan (GES, suv yig‘ish inshootlari, suv qabul qilish inshootlari) foydalanishda qiyinchilik tug‘dirmaydigan gidravlik sharoitlarni ta’minlash kerak.
91. Suv tashlash, suv tushirish va suv chiqarish inshootlarni loyihalashda asosiy va avariya-ta’mirlash zatvorlarini hisobga olish kerak.
92. Asosiy sirt zatvorlari oldida, foydalanish va qurilish chuqur suv tashlash inshootlarining asosiy zatvorlari oldida, suv chiqarish va suv tushirish inshootlarida avariya-ta’mirlash zatvorlarini inobatga olish lozim.
93. Doimiy chuqur suv tashlagichlarga kirishni bo‘shatishning iloji bo‘lmaganda, bosh qismining kirish qismida asosiy va avariya-ta’mirlash zatvorlaridan tashqari (masalan, qiya yopilgan) ta’mirlash zatvorlari ham o‘rnatish nazarda tutilishi kerak.
94. Bir xil teshiklari bir nechta bo‘lgan sirt suv tashlagichlarda ko‘chma avariya-ta’mirlash (ta’mirlash) yassi zatvorlaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi: ularning soni teshiklar sonidan kam bo‘lishi mumkin.
95. Chuqur suv tashlagichlar ostonalari quyi byef sathidan pastda joylashgan bo‘lsa, suv tashlagich chiqish kesimida ko‘chma ta’mirlash zatvorlarini hisobga olish lozim.
96. Zatvorlar va ko‘tarish mexanizmlarining turlarini tanlashda bahorgi toshqinlar va yomg‘ir toshqinlarining o‘sish tezliklarini, byeflarning tuplash qobiliyatini, shuningdek quyi byefda turbinalarning bir qismi yoki barcha GESlarning to‘satdan o‘chishi holatida minimal suv sarfini ta’minlash zarurligini hisobga olish kerak.
97. Yirik yassi zatvorli chuqur suv tashlash mavjud bo‘lganda (maydoni 30 m2 dan ortiq) va sarflar bitta suv tashlash teshigining o‘tkazish qobiliyatidan sezilarli darajada kam bo‘lgan tez-tez suv tashlashni amalga oshirish zarur bo‘lganda, segmentli yoki teleskopik zatvor bilan jihozlangan maxsus suv chiqarish teshigi qurilishi kerak.
6-bob. Suv to‘plash inshootlari va tindirgichlar
1-§. Suv to‘plash inshootlari
98. Suv to‘plash inshootlari quyidagilarni ta’minlashi kerak:
GES, GTES va NSlarning suv quvurlari, sug‘orish tizimlarining magistral kanallari va boshqa suv foydalanuvchilarga uzluksiz suv jo‘natishni;
suv quvurlariga va kanallarga rejali ko‘rikdan o‘tkazishda, foydalanish tartibiga muvofiq ta’mirlash va avariya sodir bo‘lganda ularga suv berishni to‘xtatishni.
Suv quvurlari va kanallarga singib ketgan cho‘kindi, suzib yuruvchi predmetlar va chiqindi, yog‘och qismlari, muz, muz parchalari tushishidan himoya qilish uchun ushlab qolish to‘sinlari, chiqindini ushlab qoluvchi panjaralar, to‘sadiganlar, mayda muzlarni o‘tkazuvchi joylar, ostonalar, yuvuvchi galereyalar, cho‘ktirgichlar bilan ta’minlash, shuningdek suvdan chiqindilarni olib tashlash bo‘yicha chora-tadbirlar hisobga olinishi kerak.
99. Mollyuskalar lichinkalari to‘plangan joylarda (agar mollyuskalarni yo‘q qilish bo‘yicha choralar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa) suv olishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bosimsiz derivatsiyali suv quvurlari bo‘lgan GESlarda mayda muzlarni turbinalar orqali o‘tkazishni inobatga olish kerak.
100. Kafolatlangan suv olish shartlari daryo va kanal maydonini o‘rganilganligi, foydalanish jarayonida kanalning deformatsiyasining prognoz qilingan hisob-kitoblari, tartibga solingan kanalning rejalashtirilgan shakllarini maqbul belgilash asosida aniqlash kerak.
101. Suv olish inshootining tarkibi, konstruksiyasi va to‘plami uning maqsadiga muvofiq va suv quvurining turiga, foydalanish sharoitlariga, tabiiy sharoitlarga, suv havzasi va suv oqimining gidrologik tartibiga, qirg‘oqlarning morfologiyasiga ko‘ra tanlanishi kerak.
102. Kirish quvurlariga havo kirishini oldini olish va bosim yo‘qotishlarini minimallashtirish bilan suv ta’minotini ta’minlash kerak.
Suv qabul qiluvchi inshootni ta’mirlash yoki tozalash uchun har qanday bo‘limni o‘chirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida bir nechta bo‘limdan iborat qilib loyihalashtirilishi kerak.
103. Suv omborlaridan ichimlik suvi olishda qirg‘oq chizig‘ining qayta ishlanishi, ularni joylashtirish mumkin bo‘lgan joylarda suvning haqiqiy va prognoz qilinayotgan sifati, aeratsiya va suv sathi oqimlarining intensivligi, shuningdek yer usti oqimlaridagi biomassa, shu jumladan suv o‘tlarining miqdoriy tarkibi hisobga olinishi kerak.
104. Suv to‘plash turini tanlash daryodagi suv sathi va loyihalashtirilgan magistral kanalda talab qilinadigan darajalarga qarab, topografik, gidrologik va geologik sharoitlarni hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
105. Suv olish stvorida daryodagi suv sathining kanaldagi suv sathidan balandligi yetarli bo‘lmaganda to‘g‘onli suv olishni hisobga olish kerak.
To‘g‘onli suv olish joyini nasos stansiyalari orqali mexanik suv ko‘taruvchi suv olish moslamasiga almashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
106. Daryoda tabiiy holatdagi maksimal suv sarfining qiymati mazkur SHNQning 26-bandi talablariga muvofiq belgilanishi kerak.
Hisobiy suv sathi sifatida quyidagilar qabul qilish lozim:
to‘g‘onsiz suv olishda — maishiy yoki yuqorida joylashgan suv ombori tomonidan boshqariladigan, o‘zan jarayonlarini hisobga olgan holda asosiy holatdagi maksimal suv sarfining hisoblangandagi suv sathi;
to‘g‘onli suv olishda — tekshirish hisobiy holatiga mos keladigan hisoblangan maksimal suv sarfi o‘tkazishda yuqori byefdagi suv sathi.
107. O‘zini-o‘zi tartibga soluvchi suv quvurlarning suv qabul qilish joylarida avariya-ta’mirlash zatvorlari hisobga olinishi kerak.
108. Sirt suv olishli suv qabul qilgichlarda bosimli derivatsiyali chuqurlardan to‘liq o‘tuvchi kanalga faqat ta’mirlash zatvorlarini o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
109. O‘zini-o‘zi tartibga solmaydigan suv qabul qilish joylarida (bosimsiz suv quvurlarining chuqur suv qabul qilish joylarida) bosim ostida uzluksiz tartibga solish uchun moslashtirilgan va ko‘tarish mexanizmlari bilan jihozlangan asosiy zatvorlarni, shuningdek avariyaviy-ta’mirlash zatvorlarni loyihalash hisobga olinishi kerak.
110. Suv quvurlariga tushadigan cho‘kindilarining kirib kelishidan himoya qilish uchun oqimning yuqori qatlamlaridan suv olinishini ta’minlash, shuningdek suv qabul qilgichga kirish qismida quyidagilarni ta’minlash kerak:
tubida yuvish teshiklari bo‘lgan baland ostonalar mavjudligini;
qiya yo‘nalgan tub ostonasi va ekran devorlari mavjudligini;
suv qabul qilgich cho‘michlar, oqim-boshqaruvchi qalqonlar va shporlar o‘rnatilganligini.
tartibga solish va tuzatish inshootlarini qurishni;
qurilgan suv olish gidrouzellaridan foydalanish sharoitlarida tekshiruvdan o‘tgan boshqa tadbirlarni o‘tkazish imkoniyati mavjudligini;
111. Katta bo‘lmagan quvvatli manbadan suv olish inshootlarining konstruksiyasi va o‘lchamlari shamol tomonidan manbaga olib boradigan, suv oqimida harakatda bo‘lmagan suv yoki cho‘l-dasht o‘simliklarining harakatlanishi sharoitida ularning normal ishlashini ta’minlashi kerak.
112. Agar turbinalar orqali muz va mayda muz bo‘laklari o‘tishining imkoniyati bo‘lmasa, suv oqimining muz, mayda muz parchalari va foydalanish sharoitlaridan kelib chiqib, quyidagilarni inobatga olish kerak:
suv oqimining tegishli harorat va tezlik tartiblari mavjud bo‘lganda yuqori byefda muz qoplamining shakllanishi uchun sharoit yaratishni;
yuqori byefda mayda muz bo‘laklarini va ustki muzni ushlab qolishni;
bosh tarmoqda mayda muz bo‘laklarini va ustki muzni to‘g‘on orqali chiqarib tashlashni;
yuqori byefda mayda muz bo‘laklarini ushlab turish imkoniyati bo‘lmaganda, shuningdek quyi byefda mayda muz bo‘laklarining to‘sib qo‘yilishi xavfi mavjud bo‘lganda, kanalda yoki bosimli havzadagi mayda muz bo‘laklarini tushiradigan inshootlari orqali mayda muz bo‘laklarini tushirishni.
113. Mayda muz bo‘laklarini va muzni quyi byefga to‘kishda, shuningdek to‘siqlar paydo bo‘lishining oldini olish uchun zarur sarflarni o‘tishini inobatga olish kerak.
114. Suv olish inshootlari, olinadigan suvning tegishli ravishda tozalanishini ta’minlashi kerak.
Buning uchun gidrouzel tarkibida chiqindilarni tutib oladigan va chiqindilarni ushlab qoladigan inshootlar va qurilmalar — tindirgichlar, shag‘al va qum ushlagichlar bo‘lishi kerak.
115. Suv olish inshootlarini loyihalashda ushbu SHNQning 10-bobi talablariga rioya qilish kerak.
2-§. Tindirgichlar
116. Chiqindilarni tutib oladigan va chiqindilarni ushlab qoladigan inshootlar va qurilmalar quyidagilarni ta’minlashi kerak:
yirikligi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslangan qiymatdan oshib ketadigan cho‘kindi zarralarini cho‘ktirish yoki tutib olish yo‘li bilan suvni tozalashni;
suv ta’minlash jadvallariga binoan suv quvurlariga tozalangan suvni uzluksiz uzatishni;
sig‘im kameralarida yotgan cho‘kindilarni bartaraf qilishni.
Chiqindilarni tutib oladigan, chiqindilarni ushlab qoladigan inshootlar va sug‘orish tizimlarini qurilmalari quyidagi talablarni ta’minlashi kerak:
sug‘orish tarmog‘iga faqat sug‘orish tizimini loyqalanishdan himoya qilish bo‘yicha loyihada qabul qilingan chora-tadbirlar bilan ruxsat etilgan miqdorli va yirik bo‘lgan o‘sha cho‘kindilarni o‘tkazishi;
silliqlanmagan kanallarning yuvilib ketilishiga olib kelmaydigan suvning tozalik darajasini;
qulay sharoitlarda sig‘imda yotgan cho‘kindilarni gidravlik yuvish imkoniyatini.
117. Daryolarning o‘rta va quyi oqimlarida suv olish ko‘payganda, cho‘kkan oqiziqlarni tindirgichlardan daryoga oqizishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bunday sharoitda tindirgichlar cho‘kindilarni chiqindixonalarga chiqarib tashlash imkoniyatini hisobga olgan xolda loyihalanishi, bunda ularni xarita ko‘rinishida joylashtirish va qishloq xo‘jaligida foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish kerak.
Chiqindixonalar ostidagi gruntning unumdor qatlami olib tashlanishi va rekultivatsiyada ishlatilishi kerak.
118. Sug‘orish tizimi kanallaridagi tindirgichlarni hisoblash loyqaligi yillik o‘rtacha bo‘lgan loyqa cho‘kindilar tarkibi uchun amalga oshiriladi, keyinchalik loyihalashtirilgan tindirgichning loyqaligi maksimal bo‘lgan yil bo‘yicha ishlash qobiliyati kanalning ish rejimlarini hisobga olgan holda tekshiriladi.
119. Tindirgich joylashuvini bosh gidrouzel chegaralari yoki magistral kanallarida tanlashda quyidagilarni hisobga kerak:
geologik va topografik sharoitlarni;
kameralarda cho‘kindilarni cho‘kishini ta’minlaydigan sig‘imga suvni olib kelinishini;
cho‘kindi kameralarida cho‘kib qolgan cho‘kindilarni olib tashlash yoki saqlash imkoniyatlarini;
gidrouzelning quyi byefidagi magistral (derivatsion) kanal va daryoning suv tashish qobiliyatini.
120. Tindirgich turini tanlashda (doimiy yoki davriy yuvish, mexanik tozalash) quyidagi talablarni inobatga olgan holda tindirgichni qurilishi va foydalanishida texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida amalga oshirilishi kerak:
yuvish traktining yetarliligi, gidravlik qiyaligi va erkin suv sarfi mavjudligida tindirgichlarni faqat gidravlik yuvish bilan ishlatishni;
cho‘kindilarni to‘liq yuvish uchun zarur bo‘lgan suv bosimlari farqi bo‘lmaganda, kombinatsiyalangan (mexanik va gidravlik) tozalash bilan tindirgichlardan foydalanishni.
121. Suv quvuriga yoki sug‘orish tarmoqlariga suv yetkazib berishda uzilishlar yoki tozalanmagan suvni qisqa muddatli yetkazib berishga yo‘l qo‘yilgan hollarda davriy yuviladigan bir kamerali tindirgichlardan foydalanish kerak.
7-bob. Yopiq ko‘ndalang kesimli suv o‘tkazgichlar va ulardagi inshootlar
1-§. Umumiy talablar
122. GES, GTES va NSlarning yopiq ko‘ndalang suv o‘tkazgichlari loyihada nazarda tutilgan barcha foydalanish rejimlarida suvning o‘tishini ta’minlashi kerak.
123. GES, GTES va NSlarning bosimli suv o‘tkazgichlarining trassasi va bo‘ylama profili, har qanday ish tartibida suv o‘tkazgichlarda vakuum hosil bo‘lishga yul qo‘yilmasligi lozim.
124. Yopiq ko‘ndalang kesimli suv o‘tkazgichlar va ulardagi inshootlarni loyihalashda gidravlik hisob-kitoblar amalga oshirilishi, I va II sinf gidrotexnika inshootlarining suv o‘tkazgichni uzunligi bo‘ylab bosimning yo‘qolishlarini, gidravlik zarbani hisobga olgan holda bosimli suv o‘tkazgichining uzunligi bo‘yicha, suvning notekis va beqaror harakati bilan bosimsiz suv o‘tkazgichlarda eng yuqori va eng past suv sathlarini aniqlash uchun laboratoriya izlanish ishlarini bajarish kerak.
125. Butun uzunligi bo‘ylab yoki alohida hududlarda ochiq bo‘lgan GES va GTES turbinaning po‘lat suv quvurlari uchun suv qabul qilgichda quvur yorilganda bosimli traktdan tezda uzilishini ta’minlaydigan individual yuritmali avariya-ta’mirlash zatvorlarini o‘rnatish kerak.
Avariya-ta’mirlash zatvori oldida ta’mirlash zatvori o‘rnatilishi kerak.
GES va GTES binolarini suv toshqinidan himoya qiluvchi inshootlari inobatga olinishi lozim.
126. To‘g‘on tanasidan yoki tog‘ massividan o‘tadigan quvurlar uchun, po‘lat-beton va temir-beton quvurlar uchun avariya-ta’mirlash zatvorlari va himoya inshootlari bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yiladi.
Avariya-ta’mirlash zatvorlari orqasida quvurga havo yetkazib berilishi ta’minlanishi kerak.
2-§. Gidrotexnika tunellari
127. Trassani va tunnel turini (bosimli yoki bosimsiz), mahkamlash konstruksiyasini va ko‘ndalang kesim shaklini tanlashni variantlarni texnik-iqtisodiy taqqoslash asosida amalga oshirish kerak. Bunda, quyidagilar hisobga olinishi kerak:
gidrouzel umumiy tuzilishi (komponovka qilinishi);
yerning hisobiy yuzasiga nisbatan joylashish chuqurligi va kattaligi;
muhandislik-geologik va tektonik sharoitlari;
tunnelning gidravlik rejimi;
ishlab chiqarish shartlari;
gidrouzelning qo‘shni yer osti va yer usti inshootlarining ta’sirlari.
128. Loyihalashtirilayotgan tunnel trassasini, to‘g‘ri chiziqli, eng qisqa uzunlikda tanlash kerak.
Tunnelning to‘g‘ri chiziqli bo‘lmagan trassasiga o‘ta murakkab muhandislik-geologik yoki gidrogeologik sharoitlarda (tektonik buzilishlar, yoriqlar, ko‘chkilar), murakkab qurilish sharoitlarida yo‘l qo‘yiladi.
Gidrouzel inshootining joylashish sharoitlariga ko‘ra, agar tunnel faol tektonik yoriq zonasini kesib o‘tsa, tunnel qoplamasining tuzilishini yer massividagi tektonik kuchlarga bardosh beradigan, moslashuvchan qilib loyihalash lozim.
129. Suv sarflarini o‘tkazish uchun tunnellarni loyihalashda ulardan qurilish suv sarflarini xam o‘tkazish uchun foydalanish imkoniyatini hisobga olish kerak.
130. Vaqtinchalik tunnellarni loyihalashda, ularning foydalanish muddati tugagandan so‘ng, gidrouzelning gidrotexnika inshootlari asosida grunt massivining talab qilingan tabiiy xususiyatlarini saqlanishini ta’minlaydigan to‘ldirishni inobatga olish kerak.
To‘g‘onning filtratsiyaga qarshi elementi stvorini kesib o‘tadigan vaqtinchalik tunnellar foydalanish muddati tugagandan so‘ng, yuqori byef bosimiga chidamli beton tiqinlar bilan yopib ketilishi kerak. Bunda, qamrovchi massivning yuk ko‘tarish va filtratsiya qobiliyatini tunnel atrofida zaiflashgan zona mavjudligini hisobga olgan holda qabul qilish kerak.
131. Tunnellarning konstruksiyalarini loyihalashda grunt massivining yuk ko‘tarish qobiliyatidan maksimal darajada foydalanish kerak.
3-§. Quvurlar
132. Quvurning turi va konstruksiyasini tanlashda quvurning maqsadini, uni montaji va foydalanish shartlarini, inshootning tuzilishi (komponovkasi), bosimni qiymatini, poydevori gruntining xususiyatlarini hisobga olib texnik-iqtisodiy taqqoslash variantlari asosida amalga oshirilishi kerak.
Turli xil variantlarning bir xil ko‘rsatkichlarida po‘lat-beton va temir-beton konstruksiyalarga ustunlik berish kerak.
Quvurlarni loyihalashda cho‘kuvchan, suv bosgan, loyli gruntlarda va botqoq hududlarda alohida tayanchlar yoki turli konstruksiyali estakadalar yordamida yer sathidan yuqorida o‘tkazish va poydevorning gruntlarini mustahkamlash bo‘yicha maxsus choralar inobatga olinishi lozim.
133. Yer usti yotqizilgan quvurni qoyasimon bo‘lmagan asosda loyihalashda uning uzunligi bo‘yicha kompensatorlar (GES, GTES va NS suv qabul qilgichlarida) qurilishi, ular quvur joylashgan hududlarning mustaqil cho‘kishini va ularning harorat deformatsiyasini yoki quvurning yaxlit temir-beton poydevor konstruksiyasi bir tekisda cho‘kishini ta’minlay olishi kerak.
134. Quvurning konstruksiyasini tanlash (o‘lchamlarini, armaturalash, materiallarni) hisob-kitob bilan asoslanishi kerak.
135. Quvurlarni loyihalashda metallarni korroziyadan himoya qilishni GOST 9.602-2016 va QMQ 2.03.11-96 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
136. Quvurni kirish qismida va trassada, quvurni suv bilan oldindan to‘ldirish uchun hamda havoni yuborish va chiqarish uchun moslamalar hisobga olish lozim.
Quvur tirsagi o‘qining radiusi kamida uchta quvur diametridan iborat bo‘lishi kerak.
137. Temir-beton va po‘lat-beton quvurlariga, armatura va betonning korroziyasi shartlari bo‘yicha konstruksiyaning uzoq muddatliligini, shuningdek yetarli darajada filtratsiyali o‘tkazmasligini ta’minlaydigan yoriqlar ochilishining kengligini cheklash talabini qo‘yish kerak.
Temir-beton va po‘lat-temir-beton quvurlarga yoriqlarning ochilish kengligini cheklash talabini qo‘yish zarur.
4-§. Kunlik tartibga solinadigan hovuzlar GES, GTES va NSning bosimli hovuzlari
138. Texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan asoslangan bo‘lsa, to‘g‘onlarning yuqori byefida va derivatsion suv quvurlarida yetarli darajada rostlash sig‘imlari mavjud bo‘lmaganda derivatsion GESlarning sutkalik rostlash havzalarini loyihalashni hisobga olish kerak.
139. Kunlik rostlash havzalari derivatsiya yo‘nalishida yoki uning tarmoqlarida, bosimli havzaga yaqinroq joylashtirilishi lozim. Bunda, daryolar vodiysi va tabiiy chuqurliklardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, havzalardan suv sizib chiqishi, loyqa va oqiziqlar bilan to‘lib qolishi ehtimolini hisobga olish zarur.
Kunlik rostlash havzasini bosimli havza bilan birlashtirishga yul qo‘yiladi.
140. Eng yuqori ish rejimiga ega bo‘lgan GESning sutkalik rostlash havzalarini va GTESning bosimli havzalarini loyihalashda suv sathining keskin o‘zgarishi, qiyaliklarda muzlashning to‘suvchi inshootlarining turg‘unligi, ularning qoplamalari mustahkamliligiga ta’sirini hisobga olish kerak.
141. Bosimli havzalarni loyihalashda quyidagilarni inobatga olish kerak:
ortiqcha suvni hamda suzadigan buyumlarni, chiqindini, muzni va mayda muz bo‘laklarini chiqarib tashlashni;
havzada turib qolgan cho‘kindilarni bartaraf qilishni;
turbina suv quvurlari avariyaviy yoki foydalanishdan bo‘shatilganda ularga havo kiritish, suv quvurlari suv bilan to‘ldirilganda havoni chiqarish qurilmalarni.
142. Bosim havzalarida maksimal sath o‘rnatishda GES va GTESlarning yuklanishlarini to‘kishda hosil bo‘lgan dimlangan suv to‘lqinini hisobga olish kerak.
Bosimli havzadagi suvning minimal foydalanish sathini GES va GTES ning foydalanish sharoitlariga ko‘ra eng katta yuklamani ishga tushirishda o‘rnatilmagan rejimda to‘lqinning oqishini hisobga olgan holda aniqlash kerak.
143. Derivatsion suv quvurlarini loyihalashda bosimli havza yonida avtomatik ishlaydigan suv tashlash inshootlarini (zatvorlarsiz suv toshirgich, sifonli suv tashlagich, gidravlik avtomatik zatvorli suv tashlagich) bo‘lishi lozim.
Bu inshootlar GESning barcha hisoblangan suv sarfini o‘tkazib yuborishni yoki GES to‘xtatilganda, pastroqda joylashgan suv iste’molchilariga suv yetkazib berishni ta’minlashi kerak. Bunda, suv iste’molchilarining zaxira sig‘imlari mavjudligi hisobga olinishi zarur.
144. Bosimli havzalarning qoya bo‘lmagan asoslarida (cho‘kadigan gruntlarda) joylashganda, suv havzasi filtratsiyasi natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘chki hodisalari, notekis yog‘ingarchiliklarning oldini olish choralarini inobatga olish lozim.
145. NS bosimli havzalarini loyihalashda quyidagi chora-tadbirlarni inobatga olish kerak:
bosimli quvurlardan chiqadigan suvning kinetik quvvatini so‘ndirish;
bosimli havzalarda qolib ketgan cho‘kindilarni bartaraf qilish;
bosimli basseynning kanal yoki undan chiquvchi suv quvurlari bilan ravon tutashishi.
146. Bosimli quvurlarni bosimli havzalar bilan birikishi quyidagi xollarda bajarilishiga yo‘l qo‘yiladi:
bosimli quvurlardan suvning bosimli havzadagi suv sathigacha oqishi sxemasiga ko‘ra, har bir bosimli quvurning boshida teskari klapan (nasos to‘xtatilganda suvning teskari oqishini oldini olish uchun) va zadvijka (klapanni ta’mirlash vaqtida bosimli quvurni ajratib qo‘yish uchun) o‘rnatilganda;
sifonli suv chiqarish qurilmalari yordamida, ularning har biri nasos to‘xtatilganda sifondagi vakuumni uzish va bosimli havzadan nasosga suvning teskari oqimini oldini olish uchun avtomatik havo klapani bilan jihozlanganida.
Mazkur variantni tanlash texnik-iqtisodiy taqqoslash bilan asoslanishi lozim.
5-§.Tenglashtiruvchi rezervuarlar
147. Tenglashtiruvchi rezervuar moslamasining zarurligi, chiqadigan derivatsiya bosimi, gidravlik zarba hisob-kitoblari va agregatlarning ish sharoitlarini tahlil qilish bilan asoslanishi kerak.
148. Tenglashtiruvchi rezervuarlarning o‘tuvchi tartiblarining gidravlik hisobi yuklanishni o‘chirishga (tushirish) va yoqishga (ko‘tarish) uchun amalga oshirilishi lozim.
Tenglashtiruvchi rezervuaridagi suv sathining eng katta qiymatini GESning barcha agregatlari yuklamasi to‘liq bo‘shatilganda aniqlash kerak.
Bunda, yuqori byefdagi suv sathini eng yuqori, bosim yo‘qotilishini esa eng kam deb qabul qilish kerak.
Tenglashtiruvchi rezervuardagi suv sathining eng ko‘p pasayishi qiymati foydalanish sharoitlariga ko‘ra yuklanish eng yuqori darajada oshgan holda aniqlash lozim.
Bunda, yuqori byefdagi suv sathini eng past, bosim yo‘qotilishini esa mumkin bo‘lgan eng yuqori darajada deb qabul qilish kerak.
8-bob. Kanallar
149. Kanal trassasini, suv oqimini, ko‘ndalang kesmalarini, konstruktiv parametrlarini tanlash kanalning maqsadi va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda texnik-iqtisodiy asoslash asosida amalga oshirilishi lozim.
150. Kanallarning rejali joylashuvi hududning relyefi, gruntli sharoitlar, hududning o‘zlashtirilganligi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
151. Kanallarni loyihalashda ularni chuqurlikda yoki yarim chuqurlik, ko‘tarmada joylashtirish lozim.
Kanalning ko‘tarmada qurilishiga uning yo‘nalishi mahalliy pastliklar bilan kesishganda yo‘l qo‘yiladi.
152. Kanallardagi suvning tezligini ularning kanallarini loyqalanmasligi va yuvilmasligi shartlaridan kelib chiqib hisob-kitoblar bilan aniqlash kerak.
153. Kanal o‘zanining yuvilishini oldini olish maqsadida uni qoplash zarurati qiyosiy texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida belgilanishi lozim.
154. Kanallarni loyihalashda kuchli o‘tkazuvchan gruntlarda va quyi joylashgan yer maydonlarini suv bosishini oldini olish uchun filtrlashga qarshi chora-tadbirlarni inobatga olish kerak.
155. Kanallarning oxirgi qismida, kanallarni bo‘shatish uchun suv tashlovchi inshootlar loyihalanishi kerak.
Kanal uzunligining oxirgi qismida suv tashlash inshootlardan tashqari, avariya suv tashlagichlari tashkil etilishi kerak, ularning joylashuvi muhofaza qilinadigan obyektlar va mahalliy sharoitlarga qarab tanlanishi lozim.
156. Kanallar bo‘ylab kanallar va undagi inshootlarning holatini nazorat qilish uchun xizmat (inspektorlik) avtomobil yo‘llarini, shuningdek aholi punktlari hududlarida chegara-ximoya to‘siqlarni o‘rnatish zarur.
157. Tog‘li hududlarning qiyaligidan o‘tgan kanallarni yomg‘ir, erigan va oqava suvlar yuvib ketmasligi uchun himoyalash chora-tadbirlarini hisobga olish kerak.
158. Jarliklar va soylar bilan kesishgan joylarda maxsus suv va sel o‘tkazish inshootlarini loyihalash kerak.
159. Soylardan toshqinlar o‘tishi davri sug‘orish kanallaridagi suv talabi davriga to‘g‘ri kelganda, suv chiqarish inshootlarini loyihalash lozim.
160. Chuqur o‘yiqlardan o‘tadigan kanallarning maydonlarida (sug‘oriladigan zonalarda) qiyaliklarning vayron bo‘lishi va ko‘chishi va kanalni grunt bilan to‘sib qo‘yishning oldini oladigan chora-tadbirlarni inobatga olish kerak.
161. Kanal dambasining maksimal suv sathidan balandligi kanalning parametrlari va maqsadiga ko‘ra belgilanishi zarur.
Nasos stansiyalarining suv olib kelish kanallarini loyihalashda damba o‘rkachining suv sathidan balandligini nasos stansiyasini o‘chirishda to‘lqin va avariya zaxirasini hisobga olgan xolda loyihalashtirishi kerak.
162. To‘g‘onlarning o‘rkachi va bermalari kengligi qurilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishni hisobga olgan holda foydalanish talablaridan kelib chiqqan holda belgilanishi kerak.
163. Agar kanal orqali motorli qayiqlar va boshqa suzish vositalari o‘tishi mumkin bo‘lsa, qirg‘oqni to‘lqinlar deformatsiyasidan va yuvilishidan himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak.
164. Magistral kanallarning trassalari burilishlarining aylanma radiusi maxsus gidravlik hisob-kitob natijalari asosida belgilanishi kerak.
165. Kanal loyihalarida suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oq bo‘yi chiziqlari belgilanishi kerak.
166. Sug‘orish maqsadlari uchun kanallarning hisobiy sarflari SHNQ 2.06.03-12 ga muvofiq aniqlanishi lozim.
9-bob. Qirg‘oqlarni mustahkamlash, muhofaza qilish va tartibga solish inshootlari
167. Qirg‘oqni mustahkamlash, himoya qilish va tartibga solish inshootlarini himoya qilinadigan maydondan foydalanish maqsadi va xususiyatiga ko‘ra daryo oqimini tartibga solish, suv ombori yoki daryo kanalining qirg‘oq chizig‘ini qayta ishlash prognozi, cho‘kindi, to‘lqin va muz ta’sirlari harakatini, mumkin bo‘lgan ko‘chkilarni hisobga olgan holda loyihalash kerak.
Bunda, zarur hollarda kemasozlik, suvdan foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek aholi punktlari istiqbolli rivojlantirish talablarini hisobga olinishi kerak.
168. Qirg‘oqlarni mustahkamlash, himoya qilish va tartibga solish inshootlarini ulardan ijtimoiy maqsadlarda (muhandislik inshootlari sifatida, aholining ommaviy dam olishi va sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari uchun) foydalanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda loyihalanishi kerak.
169. Daryoning tubi va suv sathini barqarorlashtirish uchun bog‘lovchi (suv saqlovchi) inshootlar kaskadini qurish maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqish kerak.
170. Gidrotexnika inshootlari konstruksiyalarini tanlashda ularning maqsadiga qo‘shimcha ravishda, mahalliy qurilish materiallarining mavjudligi va mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish usullarini hisobga olish kerak.
Qirg‘oqni muhofaza qilish inshootlarining konstruktiv turlari va ulardan foydalanishning asosiy shartlari mazkur SHNQning 7-ilovasida keltirilgan.
Qirg‘oqni muhofaza qilish inshootlarining uzunligi bo‘yicha geologik xususiyatlari, chuqurligi, to‘lqinlarning holati muvofiq turli konstruksiyalardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
171. Qirg‘oqlarni yemirilishdan himoyalash sun’iy inshootlar (to‘lqinlardan himoyalovchi va to‘lqinlarni energiyasini so‘ndiruvchi) yordamida yoki kelayotgan cho‘kindilardan foydalanib zarur kenglikdagi qumloq yaratish orqali, yoxud qumloq materiallari konlaridan olingan qum bilan qumloq hosil qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim.
172. Gidrotexnika inshootlarning qirg‘oqlarini mustahkamlash turlari va ularni qo‘llashning asosiy shartlari mazkur SHNQning 8-ilovasiga muvofiq olinishi kerak.
10-bob. Baliqni o‘tkazuvchi va baliqni muhofaza qilish inshootlari
173. Daryolar, suv omborlari, ko‘llar yoki baliqchilik xo‘jaligi ahamiyatiga ega bo‘lgan ichki suv havzalarida (hovuzlarda) gidrouzel inshootlarini loyihalashda texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar asosida tanlanadigan baliq o‘tkazuvchi va baliqni himoya qilish inshootlarini o‘rnatishni inobatga olish kerak.
174. Baliqchilik suv havzalarida suv olish inshootlarini loyihalashda baliqlarni suv olish inshootlariga kirishdan himoya qilish uchun maxsus qurilmalar o‘rnatilishini kerak.
11-bob. Suv omborlari
1-§. Asosiy talablar
175. Suv omborlarini loyihalashda quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
qishloq xo‘jaligi yerlarini suv bosishidan himoya qilish;
aholi punktlarini, ishlab chiqarish obyektlarini, alohida inshootlarni yoki binolarni, tarixiy yoki me’moriy yodgorliklarni muhandislik muhofazasi qilish;
avtomobil va temir yo‘llar, gaz va neft quvurlari, elektr uzatish va aloqa liniyalari, suv ombori tubini sanitariya holatiga keltirish, daraxtlar va butalarni olib tashlash;
suv havzalarida baliqchilikni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek ularni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish;
suv, gidrobiologik, o‘simlik va boshqa tabiiy resurslarni muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish
gidrologik, geologik, gidrogeologik, geobotanik, qishloq xo‘jaligi, ekologik va boshqa omillarni hisobga olgan holda suv omborlarini yaratish natijasida tabiiy atrof-muhitning o‘zgarishi prognozlarini, shu jumladan suv sifati, suv omborlarining loyqalanishi, qirg‘oqlarni qayta ishlash, yer osti suvlari sathlarining, grunt xususiyatlarini o‘zgarishini prognozlarini tuzish;
suv omborining erkin sathini egri yuzasi ponalash zonasida suv tubida va qirg‘oqlarida surilib boradigan cho‘kindilarining chiqishini hisobga olish,
suv omborlaridan foydalanish davrida suzuvchi yog‘ochlar, chiqindilar, muzli qor va boshqa to‘siqlardan kelib chiqadigan qiyinchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan choralar;
suv omborlarni suv muhofazasi va qirg‘oq bo‘yi zonalarini belgilash va ular uchun tegishli chora tadbirlar ishlab chiqish;
suv omborlaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar.
176. Qirg‘oqlarning qayta ishlash prognozi 10 yilga va oxirgi bosqich uchun tuzilishi kerak.
10 yillik qayta ishlash hududida binolar, qabriston va boshqa inshootlarni ko‘chirish bo‘yicha choralarni ko‘zda tutish lozim.
2-§. Issiqlik va atom elektr stansiyalarni suv bilan ta’minlash uchun suv omborlari
177. Suv omborlari-sovitgichlarining parametrlari, suv to‘kuvchi va suv oluvchi gidrotexnika inshootlarining to‘plamini termik hisob-kitoblari asosida aniqlanishi, modellarda tadqiqotlar bilan aniqlash va texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni variantlarini taqqoslash natijalariga ko‘ra tanlanishi kerak.
178. Suv omborlari-sovitgichlar sifatida suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining manfaatlarini hisobga olgan holda kompleks maqsadlarda suv omborlarini yoki ularning ajratilgan qismidan foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak.
179. Suv omborlari-sovitgichlarni loyihalashda ulardan baliq xo‘jaligi, sug‘orish, dam olish maskanlarini tashkil etish uchun kompleks foydalanish imkoniyatini inobatga olish kerak.
12-bob. Portli inshootlar
180. Port gidrotexnika inshootlarini (prichal va qirg‘oqni mustahkamlash) ular asosida port to‘plamlari, inshootlarning uzunligi, vertikal rejalashtirish belgilari, normativ foydalanish yuklari o‘rnatiladigan texnologik talablardan kelib chiqib loyihalash lozim.
181. Port obyektlarining joylashuvi port akvatoriyasining zarur kengligi va maydonini yaratish, qulay suv, temir yo‘l va avtomobil yondashuvlari, hududning va port akvatoriyasini yaratish bo‘yicha minimal grunt ishlari hajmini, qazib olish va to‘kishlar hajmining maqbul muvozanati, portning rivojlanish istiqbollari, geologik va boshqa tabiiy va shahar qurishni rejalashtirish bilan bog‘langanligida foydalanish sharoitlarini hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
182. Port akvatoriyasining loyiha joylashuvi (navigatsiyasi) chuqurligini hisobiy cho‘kishidan va zarur zaxiralarga qarab belgilanishi kerak.
Loyihaviy joylashuvi (navigatsiyasi) chuqurligini ichki suv yo‘llari uchun — suvning eng past darajasiga ko‘ra hisoblash kerak.
183. Kema qatnovi uchun mo‘ljallangan eng past suv sathi quyidagilardan oshmasligi kerak:
joylashuv (navigatsiya) darajasi uzoq yillik davrda kundalik ma’lumotlardan (suv yo‘llari maydonlarining tartibga solinadigan maydonlarida kunlik tebranishlarni hisobga olgan holda) aniqlangan holda, I va II toifadagi portlar uchun — 99 foiz, III va IV toifadagi portlar uchun — muvofiq ravishda 97 va 95 foiz;
suv yo‘lining yon qo‘shni maydonlardagi loyihadagi suv sathi, uning o‘zgarishi istiqbollarini va suv omborlarida esa maksimal joylashuvi (navigatsiyasi) ishlab ketishini darajasini hisobga olish kerak.
Joylashuv (navigatsiya) davri — portlarda joylashuv (navigatsiya) muddatlarini hisobga olgan holda belgilanishi lozim.
184. Mavjud portning toifasini o‘zgartirganda, tegishli asoslar bilan, ilgari qurilgan inshootlarda qabul qilingan, hisoblangan suv sathlarini yoki kordon va prichallar (kemalar bog‘lab qo‘yiladigan maxsus joylar) oldida akvatoriya tubining belgilarini o‘zgartirmaslikka yo‘l qo‘yiladi.
185. Chuqurliklarning kattalashishi, foydalanish yuklarining ko‘tarilishi bilan bog‘liq bo‘lgan port inshootlarini rekonstruksiya qilishni loyihalashda mavjud inshootlarning konstruksiyalarining yuk ko‘tarish qobiliyatining zaxiralaridan foydalanish kerak.
186. Inshootning turini va konstruksiyasini tanlashni prichalni, texnologik talablarni, portning hududi va akvatoriyasining o‘lchamlari, ishlab chiqarish ishlari mumkin bo‘lgan usullari hisobga olib amalga oshirish kerak.
187. Kordon yaqinidagi prichal hududining belgisi daryo portining toifasiga, suv sathi va muzning siljishiga qarab, maqsadi, qo‘shni hududning relyefi, suv sathining kutilayotgan o‘zgarishini, ishlatiladigan texnologik uskunalar hisobga olgan holda belgilanishi kerak.
Daryolarda yuk prichallari hududining belgisi portlar uchun yillik ehtimoli foiz dan ortiq bo‘lgan suv toshqini cho‘qqisi darajasidan kam bo‘lmagan holda belgilanadi:
Daryolarda portlar uchun yuk prichallari hududining belgisi suv toshqinining eng yuqori darajasidan kam bo‘lmagan yillik ehtimollik ko‘rsatkichi bilan belgilanishi lozim:
I toifasini…………..…..1 foiz;
II va III toifalarni...……5 foiz;
IV toifani............………10 foiz.
Suv omborlarida kordonda yaqinidagi prichalning belgisi ko‘rsatilganidan past bo‘lmasligi va NDS dan kamida 2 m balandlikda bo‘lishi kerak, bunda, qoida tariqasida, u tirbandlik hodisalarini hisobga olgan holda so‘nggi 60 yil ichida belgilangan muz siljishining eng yuqori darajadagi belgisidan kamida 0,2 m baland bo‘lishi kerak.
188. Prichal inshootlarini loyihalashda muhandislik tarmoqlarini yotqizishni, yong‘inga qarshi o‘tish joylari moslamasi, uradigan g‘ildiraklarni bruslarini, narvonlarini, uradigan va bog‘lash moslamalarini o‘rnatishni, yer usti suvlarini olib borib hududni qoplash, chuqurni mahkamlash va boshqalar.
189. Kranlarni ortiqcha yuklangan uskunalari o‘rnatilmagan prichallar uchun (paromli o‘tish joylari, og‘ir vaznli prichallar, neft prichallari va boshqalar) kemaning cho‘kishi o‘zgarganda va akvatoriya sathini tebranishlarida, ularning normal foydalanishini ta’minlaydigan konstruktiv chora-tadbirlar va qurilmalarni inobatga olish kerak.
Suzuvchi prichallarni mahkamlash moslamalari o‘zgaruvchan suv sathlarida kemaning xavfsiz bog‘lanishini ta’minlashi kerak.
190. Qirg‘oq bo‘ylarni mustahkamlash inshootlarini loyihalashda ushbu SHNQning 9-bobi talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
asosiy gidrotexnika inshootlarning tarkibida ko‘rsatilmagan boshqa inshootlar.
Buzilishida mumkin bo‘lgan zararga ko‘ra va tegishli asoslar bilan portlarning qirg‘oqni himoya qilish inshootlarini asosiy inshootlarga kiritishga yo‘l qo‘yiladi.
1. Asosiy gidrotexnika inshootlari sinfi 1 — 3-jadvallarga muvofiq aniqlangan eng yuqori qiymati bo‘yicha olinishi kerak.
Ikkinchi darajali gidrotexnika inshootlari sinfi ushbu gidrouzelning asosiy inshootlari sinfidan pastroq birlikka, biroq III sinfdan yuqori bo‘lmagan qabul qilish lozim.
Vaqtinchalik inshootlar IV sinfga kiritilishi kerak.
Agar ushbu inshootlarning buzilishi halokatli oqibatlarga olib kelishi yoki I va II sinfdagi asosiy inshootlarni qurishda sezilarli kechikishlarga olib kelishi mumkin bo‘lsa, ularni tegishli asoslar bilan III sinfga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi.
2. Bir vaqtning o‘zida suv xo‘jaligi kompleksining bir nechta ishtirokchilarini (energetika, melioratsiya, suv ta’minoti, suv toshqini bilan kurash) ta’minlaydigan gidrouzel majmuasining asosiy gidrotexnika inshootlari sinfini, ko‘rsatkichlari yuqori sinfga mos keladigan ishtirokchi uchun kabi belgilanishi kerak.
Bosim maydonining tarkibiga kiradigan asosiy inshootlar sinfi, yuqori sinfga to‘g‘ri keladigan inshootga ko‘ra belgilanishi lozim.
3. Agar asosiy gidrotexnika inshootining buzilishi shaharlar, yirik sanoat korxonalari, gidrouzellar, transport magistrallari uchun olib kelishi mumkin bo‘lsa, 1-jadval bo‘yicha aniqlanadigan inshootning sinfi, kanallar uchun esa 3-jadvalga muvofiq, tegishli asoslar bilan gidrotexnika inshootlari sinfini birlikka oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
4. Ushbu ilovaning 3-jadvalga muvofiq aniqlanadigan, quvvati 1,5 million kW dan kam bo‘lgan gidravlik yoki issiqlik elektr stansiyasining asosiy gidrotexnika inshootlari sinfini, agar bu elektr stansiyalari energiya tizimlaridan ajratilgan bo‘lsa va yirik aholi punktlariga, sanoat korxonalariga, transport va boshqa iste’molchilarga xizmat qilsa, yirik aholi punktlari va sanoat korxonalarini issiqlik, issiq suv va bug‘ bilan ta’minlaydigan bo‘lsa, gidrotexnika inshootlari sinfini birlikka oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
5. 1, 2 va 3-toifali daryo portlarini asosiy gidrotexnika inshootlarini III sinfga, qolganlarini IV sinfga kiritilishi kerak.
Yuk aylanmasi va yo‘lovchilar aylanmasi daryo portlarini texnologik loyihalash talablariga muvofiq belgilanishi lozim.
6. Balandligi 15 m gacha bo‘lgan maxsus konstruksiyadagi to‘g‘onlar (filtrlaydigan, to‘ldiruvchi zatvorli, suv bostiradigan va bosimsiz dambalar) IV sinfli inshootlarga kiritilishi kerak.
7. Kompleks gidrouzel tarkibiga kiruvchi kichik va mikro GESlarni III sinfga kiritilishi lozim.
8. Bitta gidrotexnika inshootining yuqori sinfdagi boshqa inshootlar bilan kesishgan joyida loyihalashtirilgan gidrotexnika inshooti sinfining oshishi asoslanishi kerak.
9. Bosh suv olish joyidan birinchi tartibga soluvchi suv omborigacha bo‘lgan kanal hududining sinfi, shuningdek tartibga soluvchi suv omborlari orasidagi kanal hududlari, agar oqibatlarini bartaraf etish davrida asosiy suv iste’molchisiga suv yetkazib berilsa, kanaldagi avariya suv omborlari yoki boshqa manbalarning tartibga solish sig‘imi hisobidan ta’minlanganda uning sinfi mumkin bo‘lgan birlikka qisqartirilishi mumkin.
10. Qirg‘oqni mustahkamlaydigan gidrotexnika inshootlari III va IV sinflarga kiritilishi kerak.
Agar qirg‘oqni mustahkamlaydigan inshootda halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lsa (ko‘chki, suvning yuvib ketishi) gidrotexnika inshootining sinfini birlikka oshirish kerak.
Asosiy doimiy gidrotexnika inshootlarni ularning balandligidan va poydevori tuproqlarining turidan kelib chiqqan xolda sinflanishi
1-jadval
Inshootlar
Poydevor tuprog‘ining turi
Gidrotexnika inshootining balandligi, m,
ularning quyidagi sinfida
I
II
III
IV
1. Gruntli materiallardan to‘g‘onlar
A
100 dan ortiq
70 dan 100 gacha
25 dan 70 gacha
25 dan kam
B
75 dan ortiq
35 dan 75 gacha
15 dan 35 gacha
15 dan kam
V
50 dan ortiq
25 dan 50 gacha
15 dan 25 gacha
15 dan kam
2. Bosimli yuzaning hosil qilishda ishtirok etadigan betonli va temir-betoni to‘g‘onlar, elektrostansiyalar binolari yer osti konstruksiyalari inshootlar
A
100 dan ortiq
60 dan 100 gacha
25 dan 60 gacha
25 dan kam
B
50 dan ortiq
25 dan 50 gacha
10 dan 25 gacha
10 dan kam
V
25 dan ortiq
20 dan 25 gacha
10 dan 20 gacha
10 dan kam
3. Tayanch devorlar
A
40 dan ortiq
25 dan 40 gacha
15 dan 25 gacha
15 dan kam
B
30 dan ortiq
20 dan 30 gacha
12 dan 20 gacha
12 dan kam
V
25 dan ortiq
18 dan 25 gacha
10 dan 18 gacha
10 dan kam
4. Daryoviy, prichalli inshootlar
A, B, V
25 dan ortiq
20 dan 25 gacha
20 dan kamroq
-
5. Passiv himoyalangan daryoviy portli qirg‘oqli mustahkamlashlar; tor yo‘naltirilgan va chiqindi-larni ushlab qoladigan dambalar
A, B, V
-
15 dan yuqori
15 va kamroq
-
Izohlar:
1. A gruntlar — qoyali, B — qumli, yirik bo‘lakli va qattiq va yarim qattiq holatda loyli; V — loyli, plastik suv bilan to‘yingan holatda.
2.Gidrotexnika inshootining balandligini va uning poydevorini baholashni ushbu SHNQga muvofiq aniqlanishi kerak.
3. Mazkur jadvalning 4-pozitsiyasida inshootning balandligi o‘rniga inshoot oldidagi chuqurlik olingan.
Himoyalanadigan inshootlarning sinfi
2-jadval
Himoyalanadigan hududlar
Himoyalanadigan gidrotexnika inshootlarining sinfida suv tayanch inshootiga maksimal hisobiy bosim, m
I
II
III
IV
1. Aholi punktlari. Yashash joyining hududini yashash jamlanmasi zichligi, 1 ham2
Ishlab chiqarishning yillik hajmi bilan sanoat korxonalari
500 dan ortiq
x)
5 gacha
3 gacha
-
100 dan 500 gacha
-
8 gacha
5 gacha
2 gacha
100 gacha
-
8 dan ko‘p
8 gacha
5 gacha
4.Kommunal-omborli:
umumshaharga mo‘ljallangan kommunal-omborxona korxonalari
-
8 gacha
5 gacha
2 gacha
boshqa kommunal-omborxona korxonalari
-
8 dan ko‘p
8 gacha
5 gacha
5. Madaniyat va tabiat yodgorliklari
-
3 gacha
-
-
x) Tegishli asoslar bilan, agar avariya oqibatida ulardagi himoyalanadigan yirik shaharlar va sanoat korxonalari uchun halokatli xususiyatli oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan, himoya inshootlarini Isinfga kiritishga yo‘l qo‘yiladi.
Asosiy gidrotexnika inshootlariningulardan foydalanishi buzilishi oqibatlariga ko‘ra sinfi (ijtimoiy-iqtisodiy mas’uliyatini)
3-jadval
Gidrotexnika qurilishining obyektlari
Inshootlar sinfi
1. Gidravlik, gidroto‘plovchi, gidrotexnika inshootlarining va issiqlik elektrstansiyalarining quvvati, ming kVt:
1,5 va undan ko‘p
I
1,5 dan kam
II — IV
2. Ichki suv yo‘llarida gidrotexnika inshootlar va kema yuradigan kanallar (daryo portlarining inshootlaridan tashqari):
yuqori magistral
II
magistral va mahalliy ahamiyatli
III
3. Inshootlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan sug‘orish va quritish maydonida meliorativ tizimlarning gidrotexnika inshootlari, ming.ga:
300 dan ko‘proq
I
100 dan ko‘p 300 gacha
II
50 dan ko‘p 100 gacha
III
50 va undan kam
IV
4. Hajmi meliorativ maqsadlar uchun bo‘lgan suv omborlarining tayanch inshootlari, mln. m3:
1000 dan katta
I
200 dan katta 1000 gacha
II
50 dan katta 200 gacha
III
50 va undan kam
IV
5. Daryo portlari va kema ta’mirlash korxonalarining to‘siq inshootlari
III
Izoh: Yuqori magistral bo‘lib I va II sinflarga GOST 26775-97 ga tegishli suv yo‘llari hisoblanadi, magistrallilarga — III va IV sinflarga tegishli, mahalliy ahamiyatli suv yo‘llari — boshqa barcha ichki suv yo‘llari
Gruntning yon bosimi(jadvalga 2 va 3 eslatmaga qarang)
1,2 (0,8)
Nasoslarning bosimi
1,2
Ko‘taradigan yuk o‘tkazish va transport vositalaridan yuklanishlar
1,2
Kran yo‘llari, yo‘lovchi, xizmat va boshqa prichallari va qirg‘oqlari ichidagi yuk prichallari hududida omborlanadiganyuklardan (quyma yuklardan tashqari) yuklanishlar
1,2
Yuk ko‘tarish yo‘llarini chekkasida va boshqa inshootlarida
1,3
Quyma yuklardan yuklanishlar
1,3 (1,0)
Konstruksiyalarni oldindan kuchlanishidan yuklanishlar
1,0
Kemalardan yuklanishlar(og‘irlik, quymalar, shvartli va zarbli)
1,2
Muzli yuklanishlar
1,1
Ma’lumotli va adabiy ma’lumotlardan qabul qilinadigan haroratli va namli ta’sirlardan kuchlar
1,1
Seysmik ta’sirlar
1,0
Eksperimental tadqiqotlar, haqiqiy o‘lchovlarva dinamik koeffitsiyentlarining hisobga olib belgilanadigan ko‘p yillik qator kuzatuvlarni statistik qayta ishlash asosida belgilanadigan yuklanishlar, me’yoriy qiymatlar
1,0
Izohlar:
1.Qavslar ichida keltirilganyuklanish bo‘yicha ishonchlilik koeffitsiyentlarning qiymatlari, koeffitsiyentlarning minimal qiymatidan foydalanish inshootningfoydasizyuklanishiga olib keladigan holatlarga tegishli.
2.Grunt xususiyatlari (solishtirma og‘irlikningva mustahkamlik xususiyatlari) va materiallarning(betonning solishtirmaog‘irligi) hisobiy qiymatlarini qo‘llab hisoblangan, barcha grunt yuklanishlari va inshootningog‘irligi uchun birgateng bo‘lishi kerak.
Gidrotexnika inshootlariga ta’sir qiladigan yuklar va ta’sirlar ro‘yxati
1. Gidrotexnika inshootlarining loyihalashda quyidagi yuklar va ta’sirlarni hisobga olish kerak:
Doimiy va vaqtinchalik (davomiy va qisqa muddatli):
a) konstruksiyalar va inshootning og‘irligi;
b) foydalanish jarayonida, uning inshootdagi joyi o‘zgarmaydigan, doimiy texnologik uskunaning og‘irligi (zatvorlarni, gidroagregatlarni, transformatorlarni);
v) inshoot va poydevorning ayni yuzasiga suvning bosimi, filtrlashga qarshi va drenaj moslamalarining asosiy hisobiy holatidan oshib ketishning hisobiy ehtimolligining va normal ishlashining maksimal suv sarflariga mos keladigan, normal tayanch darajasida bosimga qarshi bosim, inshoot va poydevorning suv bilan to‘yingan qismlarida hajmiy kuchlarni filtrlashni va o‘lchashni hisobga oladigan filtrlovchi suvning kuchli ta’siri;
g) gruntni og‘irligi va uning yon bosimi, tog‘ bosimi, tashqi yuklanishlar va haroratli ta’sirlar bilan vujudga keladigan poydevorni va konstruksiyani deformatsiyasi oqibatida paydo bo‘ladigan gruntning bosimi;
d) tashqariga chiqqan cho‘kindilarning bosimi;
e) konstruksiyalarning oldindan kuchlanishidan yuklanishlar;
j) filtrlashga qarshi va drenaj qurilmalarining normal tayanch darajasida va normal ishlashida suv bilan to‘yingan gruntda tugatilmagan birlashtirishni keragidan ortiq ostona bosimi bilan yuzaga keladigan yuklanishlar;
z) o‘rtacha oylik tashqi havo haroratining o‘rtacha tebranish amplitudasi bilan bir yil uchun belgilanadigan qurilish va foydalanish davrlarining haroratli ta’sirlari;
i) qayta yuklash va yuklarni transport vositalaridan, shuningdek inshootning foydalanishi bilan bog‘liq boshqa yuklanishlar;
k) shamolning o‘rta ko‘p yillik tezligida ko‘rsatilgan bosimni portli inshootlardan tashqari, to‘lqinning bosimi;
l) kemalardan (og‘irlik, quyma, shvartli va zarbli) va suzuvchi jismlardan yuklanishlar;
m) qor va shamol yuklari;
n) ko‘taruvchi va boshqa mexanizmlardan yuklar (ko‘prikli va osiluvchan kranlarni);
o) normal foydalanish davrida gidravlik zarbdan bosim;
p) normal tayanch sathida bosimsiz va bosimli suv quvurlar bo‘yicha sarflarni o‘tkazishda dinamik yuklar;
2. Maxsus (yuklarning maxsus birikmasida ularni ularga mos keladigan doimiy, vaqtinchalik, davomiy va qisqa muddatli yuklar bilan almashtiriladi):
s) to‘g‘ridan-to‘g‘ri inshoot va poydevor yuzasidagi suv bosimi;
filtrlovchi suvning kuch ta’siri, inshootning suvga to‘yingan qismlari chegarasida qarshi bosim va inshootning va poydevorning suvga to‘yingan qismlarida filtrlashni va tortishni hajmiy kuchlari;
asosiy hisobiy holatdan oshib ketishning hisoblangan ehtimoli darajasi maksimal suv sarfiga mos keladigan NDS dan yuqori bo‘lgan tekshirish hisobiy holatidan oshib ketishning hisoblangan ehtimolining va yuqori byefning sathlarida suvning maksimal sarflariga mos keladigan yuqori byefning kuchaytirilgan darajasida suv bilan to‘yingan tuprog‘ida tugatilmagan birlashishining juda ko‘p bo‘lgan ostona bosimi bilan filtrlanishga qarshi yoki drenaj uskunalarini asosiy hisobiy holatini hisobiy ehtimolini maksimal suv sarflariga mos keladigan va normal ishlashini buzilishida (“v” va “j” band ostilarning yuklari o‘rniga), yuqori byefning normal tayanch darajasida filtrlanishga qarshi normal ishida yoki yuqori byefning yuklari;
t) o‘rtacha oylik tashqi havo haroratining eng katta tebranish amplitudasi bo‘lgan yil uchun aniqlangan, qurilish va foydalanish davrlarining haroratli ta’siri (“z” kichik bandidagi yuklar o‘rniga);
u) shamolning maksimal hisobiy tezligida belgilanadigan, suvning bosimi (“k” band osti yuklanishi o‘rniga);
f) yukning to‘liq tushirilishida gidravlik zarbadan bosim (“o” band osti yuki o‘rniga);
x) yuqori byefning tezlashtirilgan sathida bosimsiz va bosimli suv quvurlari bo‘yicha sarflarni o‘tkazish paytida dinamik yuklar (“p” band osti yuk o‘rniga);
s) seysmik ta’sirlar;
ch) portlatishlardan dinamik yuklar;
sh) suvning shiddatli oqimlaridan gidrodinamik va o‘lchanadigan ta’sirlari.
Gidrotexnika inshootlarining vaqtinchalik foydalanish davri uchun suv sarflarining ortib ketishi ehtimolini hisoblash
Suv oqimidan ortib ketishning hisoblangan ehtimoli R, foiz (suvning hisobiy oqimi Qr har qanday yilda sodir bo‘lishi ehtimoli), bir marta takrorlanishning o‘rtacha davri T, yillar va ishonchlilik R quyidagi bog‘liqliklar bilan bog‘liq:
Gidrotexnika inshootlarini qurish yoki rekonstruksiya qilish davrida maksimal suv sarfidan oshib ketishning hisoblangan ehtimolini, qabul qilingan inshootning sinfi uchun R tekshirish hisobiy holatiga mos keladigan normal darajadagi ishonchlilik darajasi bilan “n” inshootning vaqtinchalik foydalanish davrining davomiyligidan kelib chiqib, quyidagi jadval bo‘yicha belgilashga yo‘l qo‘yiladi.
Ishonchlilikning normativ darajasi — RQ ning tekshirish hisobiy holatga mos keladigan maksimal suv sarfi Qr, inshootning hisobiy xizmat muddati davomida sodir bo‘lmasligi ehtimoli.
1-jadval
Gidrotexnika inshootining vaqtinchalik davrining foydalanish davomiyligi n, yillar
Inshootning sinfi
I
II
1
1,0
3,0
2
0,5
3,0
3
0,3
3,0
5
0,2
2,0
10
0,1
1,0
100
0,01
0,1
III sinf inshootlar uchun vaqtinchalik foydalanish muddati 10 yilgacha bo‘lgan suv sarfi dan oshib ketishining hisoblangan ehtimoli 5 foizga teng deb qabul qilinadi.
Inshootning vaqtinchalik foydalanishining boshlanishi loyihada qurilishning kalendar rejasida belgilangan yoki hujjat bilan qayd etilgan inshootni yoki inshootning tugallanmagan qurilishida boshlang‘ich foydalanish yuklariga va ta’sirlariga yoki hisobiy yuklarga va ta’sirlariga uning alohida elementlarini yuklar va ta’sirga o‘rnatish sanasi hisoblanadi.
3. Teshikning oralig‘i uchun yon vertikal qirralari orasidagi minimal o‘lcham olinadi (oqimning mahalliy chetga chiqaruvchilarini hisobga olmasdan).
4. Teshiklar balandligiga qabul qilinadi: yuza teshiklari uchun — ostonaning yuqori qirrasidan to zatvorning tikilgan yuqori chetigacha bo‘lgan o‘lcham, chuqur bo‘lgani uchun — tekis zatvorlarda va siljish tekisligida o‘lchanadigan, teshikning shiftigacha bo‘lgan ostonaning yuqori qirrasigacha o‘lchami, boshqa zatvorlar turida — suv quvuri o‘qi bo‘yicha.
Kema yuradigan kanallarning va kanallashtirilgan daryolarning hisobiy sathlari va o‘lchamlari
1. Daryo yoki suv omborining unga qo‘shni qismida ularning darajasi suvning tebranishi bilan belgilanadigan kanallarda, uzoq muddatli o‘rnatilgan navigatsiya davri uchun kunlik ma’lumotlardan aniqlangan, ta’minlangan hisobiy eng past kema yuradigan suvning darajasi bilan navigatsiya suv darajasini qabul qilish kerak, suv yo‘llari uchun:
yuqori magistralli ……….. 99 foiz;
magistralli ……………... 97 foiz;
mahalliy ahamiyatli ....……... 95 foiz.
Ochiq kanallarda suvning eng yuqori kema yuradigan sathini hisobiy ortib ketish ehtimoli bilan suv sarfi bo‘yicha, suv yo‘llari uchun ko‘p yillik kesimda qabul qilish kerak:
yuqori magistralli ……….... 1 foiz;
magistralli ……………..... 3 foiz;
mahalliy ahamiyatli ……..... 5 foiz.
2. Hisobiy eng past kema yuradigan sathlarni belgilashda kanalning ko‘p yillik eroziyasi;
tagini chuqurlashtirish ishlari tufayli sathning pasayishini;
shamol ko‘tarilishini;
navigatsiya davrida uni uzaytirish istiqbollarini hisobga olgan holda suv omborini suv toshqini oldidan tortib olish;
suvning beqaror harakati (GES va GTESda chaqiriladigan kunlik tartibga solish, nasos stansiyalarining ishi bilan) hisobiga qabul qilinadi.
3. Hisobiy eng yuqori kema yurishi sathlarini belgilashda sathning shamol haydashi, tiqilishlar vujudga kelishi;
suvning belgilanmagan harakati bilan chaqiriluvchi sathning ko‘tarilishini (GES, GTES, NS, bo‘sh tushirilishi oqibatida) hisobga olish kerak.
4. Ikki tomonlama harakatga ega bo‘lgan kema harakatlanadigan kanalning hisobiy kengligini shamol silkinishini hisobga olgan holda kelayotgan hisobiy kemalar va tarkiblarning farq qilishi holatidan, suvni yondan tanlash yoki jo‘natish maydonlarida oqim tufayli chaqiriladigan dreyf hisobiga aniqlash kerak.
Hisobiy eng past kema yuradigan suv sathida uning hisobiy chuqurligini sathida kemalarning ikki tomonlama harakati bilan kanalning kengligini kemaning (tarkib) hisobiy kengligi eng kamida 2.6, bir tomonlama harakat bilan maydonlarda esa — eng kamida uning bir yarimli kengligi deb qabul qilinishi kerak.
5. Kanallarning hisobiy eng past kema yurishining suv sathi hisoblangan chuqurligini, hisob-kitob bilan, daryo kanallari uchun esa uning to‘liq to‘lganida hisobiy kemaning statik tushishini eng kamida 1,3 deb aniqlash kerak.
6. Hisobiy kema yurishi suv sathida kanalning tirik kesimi maydoni, uni to‘liq to‘lganida hisobiy kemaning (tarkibning) eng kamida midel kesimining besh karra maydoni bo‘lishi, uning to‘liq to‘lganida hisobiy kemaning (tarkibning) midel kesimining kema yuradigan shlyuzining kamerasi midel kesimiga nisbati, xuddi o‘sha sathda eng kamida, 0,7 bo‘lishi lozim.
Kanaldagi suv oqimining tezligi, uning harakati paytida kemaning tirik kesimining torayishidan kelib chiqadigan, kanaldagi oqimning o‘tish tezligini hisobga olgan holda, bosib tubini va qirg‘oqlarini yuvilib ketishini chaqirmasligi va kemalarning normal harakat qilishiga xalaqit bermasligi kerak.
7. Pastki qiyalikli va kemachilik uchun ishlatiladigan majmuaviy maqsadlar uchun kanallar va oqimlarni o‘tkazish uchun kanallarida, 4 va 5 ostilarning talablari, oqim bo‘lmaganda har bir byefning yuqori kesimida rioya qilish kerak.
8. Kanallarning aylanishi radiuslari hisobiy bittali o‘zi yurar kemaning, hisobiy kemaning buksiri tarkibida yoki qattiq ushlash bilan tarkibning eng kamida besh karra uzunligi bo‘lishi kerak.
Aylanishlarda kanalni, ikkita bir-biri bilan ko‘rishishga harakatlanayotgan hisobiy kemalarni (tarkiblarni) to‘siqsiz o‘tishini ta’minlaydigan o‘lchamgacha kengligini kamaytirish qabul qilish kerak.
9. To‘kilganlarda barpo etilayotgan chuqurlikda kanal bermasining yoki kanal dambasining qirrasi belgisi hisobiy eng yuqori kema yurishi suv sathi kema to‘lqinining maksimal yuqori belgisidan eng kamida 0,5 m ga ortib ketishi kerak.
10. Ko‘prik-kanallar tutash kanallarning hududlarining o‘lchamlaridan kam bo‘lmagan kema harakati o‘lchamlariga ega bo‘lishi kerak.
Ko‘prik-kanalning yuqorisi hisobiy bo‘sh bo‘lgan kemaning pastki ko‘tariladigan brusidan, hisobiy eng yuqori sathda eng kamida 0,5 m ga baland bo‘lishi kerak.
11. Avariya-ta’mirlash to‘siqning teshiklari kengligi hisobiy eng past kemaning yurishi suv sathida hisobiy chuqurlikda kanalning kengligidan eng kamida 1,2 bo‘lishi kerak.
12. Kanallarni kesib o‘tuvchi inshootlarning ko‘prik osti gabaritlari GOST 26775-97 ga muvofiq bo‘lishi kerak.
Gidrotexnika inshootlarining qirg‘oqlarini mustahkamlash turlari va ularni qo‘llashning asosiy shartlari
1-jadval
Qirg‘oqlarni mustahkamlash inshootlari
Qo‘llashning asosiy shartlari
1.Plyajlar
Plyajni tashkil qilish yoki kengaytirish zarurligi; Karyer materiallarini yetarli darajadagi zaxiralari mavjudligida buxtalarda va qirg‘oqning cheklangan hududlarida hisobiy kengligini plyajni barqarorligini ta’minlash
a) inshootsiz:
davriy to‘ldirish bilan
Plyajning davriy mavsumiy eroziyasi, qirg‘oq to‘lqini va osti kesilgan zonalari atrofida suv osti yon bag‘irlarini yuvilishlari, cho‘kindilarning tabiiy yetarli darajada kelmaganligida
doimiy to‘ldirish bilan
Qirg‘oq chizig‘ini tizimiy ketib qolishi, cho‘kindilarni tabiiy kelishini amaliy bo‘lmasligi, uncha katta bo‘lmagan uzunlikdagi qirg‘oqning alohida hududlarida
b) inshootlar bilan:
devorlar bilan
Qirg‘oqning suv osti yonbag‘rining qirg‘oq to‘lqini va osti kesilgan zonalarida toshlar va qum cho‘kindilari bilan yuvilishi
suv osti to‘lqin qaytargichlar bilan
Qirg‘oq to‘lqini va osti kesilgan zonalarda 0,05 gacha qiyalik bilan yer osti nishabini yuvilishi, cho‘kindilarni yetarli darajada bo‘lmagan tabiiy kelishida, to‘lqinlarni qiyshiq burchakda kelishida (15° dan ortiq), sun’iy plyaj bilan birgalikda ko‘chki joylarida va qirg‘oqning pastki qismidagi plyajlarni to‘ldirishda
2. Qiyalik turidagi inshootlar
Suv osti qismini yuvilishi va buzilishiga uchragan qiyalama qirg‘oqlar
3. Yarim ochiq yoki yarim vertikal inshootlar
Prichal sifatida ishlatilganda qiyalama qirg‘oqlar; mustahkamlanadigan nishabni uzunligini qisqartirish kerakligida,port ichidagi va shahar qirg‘oqlari uchun