Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv xoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash toʻgʻrisida” 2024-yil 7-maydagi PF-74-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini tartibga solish, ularning asosiy vazifalari va funksiyalari hamda huquq va majburiyatlarini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 5-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi budjet tashkilotlari roʻyxati hamda Suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti tizimidagi “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari roʻyxati 7 va 7a-ilovalarga muvofiq;
“Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom, koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari 8, 8a va 8b-ilovalarga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi budjet tashkilotlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish meʼyorlari 9-ilovaga muvofiq;
“Termiz suv yoʻllari texnik uchastkasi”, “Xoʻjayli suv yoʻllari texnik uchastkasi” va “Cholish suv yoʻllari texnika boʻlimi” davlat muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash boʻyicha 2024 — 2027-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi 10-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Termiz suv yoʻllari texnik uchastkasi”, Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi “Cholish suv yoʻllari texnika boʻlimi” va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi “Xoʻjayli texnik uchastkasi” davlat muassasalari (keyingi oʻrinlarda — davlat muassasalari) Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi tizimiga oʻtkazilsin hamda 2024-yilda ushbu davlat muassasalarini moliyalashtirish tartibi saqlab qolinsin.
3. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
davlat muassasalarini moliyalashtirish tegishli mahalliy budjetlardan respublika budjetiga oʻtkaziladi;
davlat muassasalarining xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi tizimidagi budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlar xodimlari uchun nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari hokimliklari bir oy muddatda davlat muassasalarini Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi tizimiga belgilangan tartibda topshirish-qabul qilish ishlarini yakuniga yetkazsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va “Agrobank” ATBning “Oʻzbekiston irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi boʻyicha dala ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish hamda zarur maʼlumotlarni toʻplash bilan bogʻliq xarajatlarni “Agrobank” ATB hisobidan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 11-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 12-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 7-oktabr,
645-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatini tashkil etish tartibini, shuningdek, Vazirlik rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
2. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasida barcha suv manbalari boʻyicha suv resurslarini boshqarish, suvlarning hisobi, hisoboti va balansini shakllantirish, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
4. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
6. Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasining tegishli boʻlinmalarida shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga ega boʻladi.
7. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi;
qisqartirilgan nomi — Suv xoʻjaligi vazirligi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Ministerstvo vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Ministerstvo vodnogo xozyaystva;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Ministry of Water Resources of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Ministry of Water Resources.
8. Vazirlikning joylashgan manzili (pochta manzili): 100187, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv 4-dahasi, 11-uy.
2-bob. Vazirlik tuzilmasi
9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi;
Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish departamenti;
Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi;
Suv xoʻjaligida islohotlar markazi;
Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati;
“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi;
Fargʻona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi;
Janubiy Mirzachoʻl kanalidan foydalanish boshqarmasi;
Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi;
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti;
Professional taʼlim muassasalari.
3-bob. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
suv resurslarini boshqarish, suvlarning hisobi, hisoboti va balansini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
respublika aholisi, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof-muhitning suvga boʻlgan hamda muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlar yaratish, suv resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash;
suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, shuningdek, xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarini loyihalashtirish va ekspertiza qilish ishlarini tashkil qilish;
har bir loyihaning iqtisodiy samaradorligini hamda suv xoʻjaligi obyektining xavfsizligini aniq koʻrsatkichlar va mezonlar asosida chuqur tahlil qilish orqali uning ustuvorligini belgilash va amalga oshirish;
xavf darajasi yuqori boʻlgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini, ishonchli ishlashini va qoʻriqlanishini hamda irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmoqlaridan foydalanish jarayonida ularning barqaror ishlashini nazorat qilish;
suv xoʻjaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillari, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qilish;
suv xoʻjaligi sohasida resurs tejaydigan texnologiyalar, zamonaviy qurilish materiallari, ilgʻor xorijiy tajribani keng qoʻllashni tashkil qilish;
suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarish, suvning hisobi va hisobotini hamda Davlat suv kadastrini yuritish va tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish;
elektr energiyasidan samarali foydalanish hamda uning isteʼmoli boʻyicha shaffoflikni taʼminlash;
transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, suv xoʻjaligi sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etish, xorijiy investitsiya va grant mablagʻlari hamda texnik koʻmaklarni jalb qilish;
suv xoʻjaligi sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirishni tizimli tashkil etish, suv xoʻjaligi tashkilotlari bilan taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasidagi integratsiyani kuchaytirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etishni tizimli tashkil qilish.
11. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) suv resurslarini boshqarish, suvlarning hisobi, hisoboti va balansini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:
suv xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish strategiyasini, shuningdek, irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha dasturlarni oshkoralik asosida ishlab chiqadi;
yer usti suvlari obyektlarida suvning oqilona boshqarilishi, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishini hamda huquqbuzarliklarni aniqlash, ularning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi;
global iqlim oʻzgarishi va Orol dengizi qurishining aholi hayoti va faoliyatiga salbiy taʼsirini kamaytirish hamda Orolboʻyi hududida suv xoʻjaligi vaziyatini barqarorlashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
yagona suv balansini shakllantiradi, shuningdek, Davlat suv kadastri yuritilishini tashkil qiladi;
suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari, shuningdek, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida (kommunal sohadan tashqari) suv resurslaridan foydalanish boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratadi;
xavf darajasi yuqori boʻlgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi, ishonchli ishlashi va qoʻriqlanishi hamda irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmoqlaridan foydalanishni tashkil qiladi;
xorijiy va xalqaro tashkilotlar, konsultantlar va mutaxassislar bilan hamkorlik qilish hamda ularni milliy normativ hujjatlar bazasini takomillashtirishga jalb qiladi;
tegishli respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda suv resurslarini boshqarish, suvlarning zararli taʼsirining oldini olish va tugatish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
davlat siyosatining suv xoʻjaligi sohasidagi asosiy yoʻnalishlari, suv xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasi, ularni amalga oshirishning strategiya va mexanizmlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
b) respublika aholisi, iqtisodiyot tarmoqlari va atrof-muhitning suvga boʻlgan hamda muttasil oshib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, suv resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash sohasida:
suv resurslarini integratsiyalashgan boshqarish tamoyillarini joriy qilish va suvdan kompleks foydalanish orqali iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan barqaror taʼminlaydi, suv xoʻjaligini rivojlantirishning istiqbolli sxemalarini ishlab chiqadi;
oʻrta va quyi boʻgʻinda suvdan samarali foydalanishni tashkil etish, uning zararli taʼsirlarining oldini olish boʻyicha eng maqbul chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
mamlakat suv xavfsizligini taʼminlash hamda suv resurslarini samarali boshqarish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatlarga moʻljallangan kompleks tadbirlarni ishlab chiqadi;
suv resurslari prognozlarini kompleks tahlil qiladi va suv resurslari balanslarini ishlab chiqadi, suv manbalari, irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari, shuningdek, geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda yer osti suvlari boʻyicha suv olish limitlarini belgilaydi;
sunʼiy suv obyektlari suvidan maxsus foydalanish va suvni maxsus isteʼmol qilish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi, tabiiy yer usti suv obyektlari suvidan maxsus foydalanish va suvni maxsus isteʼmol qilishga ruxsatnomalar berishni kelishadi;
suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha qonunchilik hujjatlari loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi hamda takomillashtiradi;
ommaviy axborot vositalari, shuningdek, anjumanlar, seminarlar, treninglar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish orqali suv resurslarini asrash va ulardan tejamli foydalanish boʻyicha targʻibot ishlarini olib boradi;
taʼlim muassasalarining yosh avlodni suvdan avaylab-asrab foydalanish ruhida tarbiyalash va suvdan foydalanish madaniyatini oshirish boʻyicha tadbirlarida ishtirok etadi;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda, suv boʻyicha ommabop resurslar, bilimlar bazasini yaratish va rivojlantirish ishlarini tashkil qiladi;
v) suv xoʻjaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, shuningdek, xavf darajasi yuqori boʻlgan suv xoʻjaligi obyektlarini loyihalashtirish va ekspertiza qilish ishlarini tashkil qilish sohasida:
koʻp yillik tajribaga va yetarli malakaga ega boʻlgan xalqaro konsultantlar, xorijiy mutaxassislar bilan belgilangan tartibda muzokaralar olib boradi;
suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ishlab chiqish hamda ekspertiza qilish, shuningdek, ularning xavfsizlik mezonlarini ishlab chiqishga xalqaro konsultantlar, xorijiy mutaxassislar bilan belgilangan tartibda tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi hamda ularni xalqaro normalarga asosan jalb qiladi;
suvlarning va suv obyektlarining holatiga taʼsir qiladigan tashkilotlar, inshootlar hamda boshqa obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va tiklash boʻyicha loyihalarni koʻrib chiqadi va belgilangan tartibda kelishadi;
g) har bir loyihaning iqtisodiy samaradorligini hamda suv xoʻjaligi obyektining xavfsizligini aniq koʻrsatkichlar va mezonlar asosida chuqur tahlil qilish orqali uning ustuvorligini belgilash va amalga oshirish sohasida:
Vazirlik huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan samarali foydalanishni taʼminlash toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini koʻrib chiqadi;
ustuvor loyihalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya hamda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritish va tegishli mablagʻlarni ajratish boʻyicha vakolatli organlarga takliflar kiritadi;
suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ustuvor loyihalarning texnik topshiriqlarini, shuningdek, loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
d) xavf darajasi yuqori boʻlgan gidrotexnika inshootlarining xavfsizligini, ishonchli ishlashini va qoʻriqlanishini hamda irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmoqlaridan foydalanish jarayonida ularning barqaror ishlashini nazorat qilish sohasida:
gidrotexnika inshootlarining holatini hamda xavfsizlik deklaratsiyalariga va mezonlariga muvofiqligini tekshirishni tashkil etadi;
gidrotexnika inshootlarining texnik holatini joyida oʻrganish, naturada kuzatish va diagnostika qilish ishlarini amalga oshiradi;
tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda davlatlararo va chegaraviy suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish masalalarini chegaradosh davlatlar bilan tartibga solishda ishtirok etadi;
gidrotexnika inshootlari xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi;
xoʻjalik faoliyatini yoki boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun gidrotexnika inshootlari hududlaridan, daryolar oʻzanlari va ularga tutash inshootlarning quyi va yuqori hududlaridan (suv muhofazasi zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno) foydalanishni kelishadi;
vakolatli organlarga suv muhofazasi zonalarini, suv omborlari, daryolar, kanallar va kollektorlarning sohilboʻyi mintaqalarini belgilash ishlarini tashkil etishda koʻmaklashadi, ushbu zonalar va chiziqlarga qoʻyiladigan talablarning bajarilishini nazorat qiladi;
gidrotexnika inshootlarini joylashtirish va ularning loyihalarini ishlab chiqishga doir texnik topshiriqlarni hamda foydalanish boʻyicha qoidalarni kelishadi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik deklaratsiyalarini davlat ekspertizasidan oʻtkazadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizlik qoidalarini ishlab chiqadi va mezonlarini belgilaydi;
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi sohasida qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
gidrotexnika inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini loyiha, buyurtmachi va pudrat tashkilotlari hamda tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar mutaxassislarini jalb etgan holda oʻrganadi hamda tegishli taklif va xulosalar beradi;
gidrotexnika inshootlarini foydalanishga qabul qilish boʻyicha ishchi va Davlat komissiyalari tarkibida ishtirok etadi hamda tegishli taklif va xulosalar beradi;
gidrotexnika inshootlarini konservatsiyalash va tugatish boʻyicha loyihalarni oʻrganib chiqadi hamda tegishli taklif va xulosalar beradi;
e) suv xoʻjaligida bozor iqtisodiyoti tamoyillari, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qilish sohasida:
alohida suv xoʻjaligi obyektlarini fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa tashkilotlarga davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanishga berish hamda autsorsingni joriy qilish dasturlarini shakllantiradi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish boʻyicha xususiy sheriklar bilan muzokaralar olib boradi, ularga loyihaoldi hujjatlarini tayyorlashda koʻmaklashadi va moliyaviy xulosa olish, koʻrib chiqish hamda kelishish uchun vakolatli davlat organiga taqdim qiladi;
ijobiy xulosalar olingan davlat-xususiy sheriklik loyihalari boʻyicha loyiha bitimini ishlab chiqadi, tasdiqlash va belgilangan tartibda reyestrga kiritish uchun vakolatli davlat organiga taqdim qiladi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi;
davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi hamda davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoring yuritadi va samaradorligini tahlil qiladi;
j) suv xoʻjaligi sohasida resurs tejaydigan texnologiyalar, zamonaviy qurilish materiallari, ilgʻor xorijiy tajribani keng qoʻllashni tashkil qilish sohasida:
qishloq xoʻjaligida suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda talab etiladigan mablagʻlarni belgilangan tartibda Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutish uchun asoslangan takliflarni tayyorlaydi;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini takomillashtirish, ularning samaradorligini oshirish va yangilarini yaratish boʻyicha ilmiy-tadqiqot hamda loyiha-konstruktorlik ishlarini kengaytirish, yangi ishlanmalarni amaliyotga joriy qilish ishlarini tashkil qiladi;
paxta xomashyosini yetishtirishda tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun belgilangan tartibda subsidiya ajratadi;
suv xoʻjaligi qurilishida resurslarni tejaydigan texnologiyalar va ilgʻor xorijiy tajribalarni keng qoʻllash, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish chorasini koʻradi;
z) suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarish, suvning hisobi va hisobotini hamda Davlat suv kadastrini yuritish va tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish sohasida:
yirik suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarishni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida avtomatlashtiradi;
suv xoʻjaligi obyektlarida suvning hisobi va hisobotini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy qiladi hamda ulardan samarali foydalanishni taʼminlaydi;
suvning hisobi va hisobotini yuritishda shaffoflik va oshkoralikni taʼminlash, koʻp yillik maʼlumotlar bazasini shakllantiradi hamda tegishli maʼlumotlarni Vazirlik rasmiy veb-saytida yoritib boradi;
yer osti suvlarining holati va koʻrsatkichlarini raqamli texnologiyalar asosida monitoring qiladi;
suv xoʻjaligini raqamlashtirishga xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar, xalqaro va chet el tashkilotlari hamda jamgʻarmalarni jalb etadi;
i) elektr energiyasidan samarali foydalanish hamda uning isteʼmoli boʻyicha shaffoflikni taʼminlash sohasida:
nasos stansiyalarida suvning hisobi va elektr energiyasi isteʼmolini raqamli texnologiyalar asosida monitoringini yuritadi;
suvdan foydalanish va elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha shaffof tizimni joriy qiladi;
suvdan foydalanish va elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha maʼlumotlarni tizimli tahlil qilib boradi hamda ushbu resurslardan ajratilgan limitlar doirasida foydalanishni nazorat qiladi va ulardan samarali foydalanish choralarini koʻradi;
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar uchun ajratilgan elektr energiyasi limitlariga oʻzgartirish kiritish yuzasidan tegishli vazirliklar va idoralarga takliflar kiritadi;
y) transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, suv xoʻjaligi sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etish, xorijiy investitsiya va grant mablagʻlari hamda texnik koʻmaklarni jalb qilish sohasida:
Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi va uning Davlatlararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasi faoliyatida faol ishtirok etadi;
transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish masalalari boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlari manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlaydigan suv resurslarini birgalikda boshqarishning oʻzaro maqbul mexanizmlarini va suvdan samarali foydalanish dasturlarini ishlab chiqish hamda ilgari surishda ishtirok etadi;
xorijiy davlatlardagi suv xoʻjaligi obyektlari loyihalarini ishlab chiqish va ularning qurilishida belgilangan tartibda ishtirok etadi;
transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish, suv xoʻjaligini rivojlantirish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha davlatlararo masalalarni muhokama qilish va hal etishda respublika nomidan ishtirok etadi;
xalqaro shartnomalar, xorijiy mamlakatlar bilan suv xoʻjaligi va melioratsiya sohasidagi hamkorlik dasturlari doirasida Oʻzbekiston tomonining majburiyatlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan xalqaro tadbirlarning respublikada oʻtkazilishini tashkil etadi, suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha xorijiy hamkorlar bilan muzokaralarda qatnashadi;
Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi va uning tizimidagi tashkilotlar, Butunjahon suv kengashi, Irrigatsiya va drenaj xalqaro komissiyasi, Yirik toʻgʻonlar boʻyicha xalqaro komissiya, Suv resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻyicha islom davlatlararo tarmogʻi hamda boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etadi;
k) suv xoʻjaligi sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirishni tizimli tashkil etish, suv xoʻjaligi tashkilotlari bilan taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasidagi integratsiyani kuchaytirish, fan va texnika yutuqlarini amaliyotga joriy etishni tizimli tashkil qilish sohasida:
suv xoʻjaligi sohasidagi kadrlar, mutaxassislar, shu jumladan, suv xoʻjaligi tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslarini muntazam ravishda tashkil etadi;
suv xoʻjaligi tashkilotlarining taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan oʻzaro integratsiyasini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
suv xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalari talabalari va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilarining oʻquv-ishlab chiqarish amaliyotlarini sifatli oʻtkazish boʻyicha zarur shart-sharoitlarni yaratadi;
suv xoʻjaligi sohasiga zamonaviy va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va keng qoʻllash boʻyicha malakali kadrlarni tayyorlashga koʻmaklashadi;
yakunlangan ilmiy ishlanmalar va tavsiyalarni amaliyotga joriy qilishni tashkil qiladi;
suv xoʻjaligi sohasidagi kadrlar va mutaxassislarning, shu jumladan, suv xoʻjaligi tashkilotlari rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirish boʻyicha idoraviy ilmiy va oʻquv kurslarini respublikaning ixtisoslashtirilgan suv xoʻjaligi tashkilotlari, taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, professional taʼlim muassasalarida, shuningdek, xorijda belgilangan tartibda tashkil etadi.
12. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, oʻz tizimidagi tashkilotlar orqali hal etadi.
1-§. Vazirlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
13. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Vazirlik tizimiga kiruvchi va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash;
suv xoʻjaligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
suv xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasi hamda suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish;
Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida tegishli masalalarni koʻrib chiqishda ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
(13-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Vazirlik xodimlarining malakasini oshirishni tizimli tashkil qilish;
Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati samaradorligini tanqidiy tahlil qilish, tahlil natijalariga koʻra zarur choralar koʻrish;
Vazirlik, tizim tashkilotlari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali faoliyatni taʼminlash, aholi bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Vazirlik rahbarlari va xodimlarining faol ishtirok etishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasidan tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarining oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini taʼminlash;
xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash boʻyicha tadbirlarda, xalqaro maydonda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan vakillar ishtirokini, suv xoʻjaligi sohasiga xorijiy investitsiya va grant mablagʻlari hamda texnik koʻmaklarning jalb qilinishini taʼminlash;
Vazirlik hayʼati qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining (keyingi oʻrinlarda — Vazir) buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari kadrlarini tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning kasbiy mahorati, amaliy tajribasi, yuqori darajadagi ishchanlik va axloqiy-maʼnaviy sifatlari kafolatini taʼminlash, ularning kasbiy malakasini oshirish choralarini koʻrish, kadrlar zaxirasini shakllantirish;
suv xoʻjaligi masalalariga doir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari va farmoyishlari loyihalarini oʻz vaqtida sifatli tayyorlash.
14. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Vazirlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan taʼminlaydi;
Vazirlikning tarkibiy va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qatʼiy rioya etadi;
Vazirlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi muntazam nazorat qiladi;
Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan qonunchilik hujjatlarining sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishini hamda ularning iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Vazirlik tizimidagi va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, nazorat va tahlil qiladi;
Vazirlikning faoliyati, shu jumladan, qonun ijodkorligi sohasidagi faoliyati huquqiy taʼminlanishini tashkil qiladi;
Vazirlikning vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, ishlab chiqarish-xoʻjalik hamda boshqa masalalar boʻyicha buyruqlar qabul qiladi;
Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy choralar koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan oʻzaro hamkorlik qiladi;
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar, ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy qiladi;
Vazirlikning samarali faoliyatini tashkil qilish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
suv xoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilishiga tashkiliy va moliyaviy koʻmaklashadi;
idoraviy mansub professional taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil qilishga koʻmaklashish, ular bilan kadrlarni tayyorlash va suv xoʻjaligi tashkilotlari kadrlarining malakasini oshirishda hamkorlik qiladi;
Davlat suv kadastrini va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ kadastri yuritilishini tashkil qiladi;
suv resurslari va suv xoʻjaligi obyektlarini boshqarishga raqamli texnologiyalarni joriy qilishni tashkil qiladi;
suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari va autsorsingni joriy qiladi;
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan idoraviy mansub tashkilotlarda moliya, buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi;
Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlarida ichki audit va moliyaviy nazoratni amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etadi;
xorijiy investitsiyalar jalb etilishini va xalqaro hamkorlikni tashkil etadi;
suv xoʻjaligi sohasida anjumanlar, seminarlar va xalqaro tadbirlarni tashkil etadi;
suv xoʻjaligi sohasida ilm-fan va ishlab chiqarishning ilgʻor yutuqlarini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritishga doir ishlarni amalga oshiradi;
Davlat suv kadastriga tegishli tematik qatlamlar davlat kadastrlarining har bir turi boʻyicha bazaviy kartografik asosdan foydalanib, obyekt turlari va axborot turlari (roʻyxatdan oʻtkazishga oid, hisobga olishga oid, baholashga oid) boʻyicha maʼlumotlarni shakllantiradi;
oʻziga qarashli muassasalar hamda tashkilotlar tomonidan bajariladigan Davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritishga oid ishlarga rahbarlik qilish, rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Davlat suv kadastri axborotnomasini nashr etishga tayyorlaydi;
yer usti suvlarining klassifikatorlarini ishlab chiqadi;
yer usti suvlari toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash, nazorat qilish, qayta ishlash va umumlashtirishga oid usullar, algoritmlar va axborot tizimlari hamda dasturiy taʼminotlar ishlab chiqilishini taʼminlaydi.
15. Markaziy apparat qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
4-bob. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
16. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga qonunchilik hujjatlari loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda kiritish;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlardan Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari tomonidan suv xoʻjaligi sohasidagi faoliyati asosiy koʻrsatkichlarining bajarilishini hisobga olgan holda xodimlarni belgilangan tartibda moddiy ragʻbatlantirish;
Vazirlar Mahkamasiga, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarga Vazirlik vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflar kiritish;
Vazirlik vakolati doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha xalqaro munosabatlarda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining manfaatlarini ifodalash;
Vazirlikka kelishish uchun kiritilgan qonunchilik hujjatlari loyihalari va takliflar boʻyicha oʻz xulosalarini berish;
suv manbalarining suvlilik darajasi oʻzgargan holatlarda suv olish limitlariga tuzatishlar kiritish;
yuklangan vazifalar doirasida bevosita yoki tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali xorijiy soha tashkilotlari hamda ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
suv xoʻjaligi sohasidagi joriy va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Noshirlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
binolarga xizmat koʻrsatish, xoʻjalik inventarlari va ashyolarini, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va ofis jihozlarini saqlash va ishlatish, dasturiy taʼminotni sotib olish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etishga ilmiy-tadqiqot muassasalari, olimlar va mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha choralar koʻrish;
Vazirlik mukofotlari, koʻkrak nishonlari va faxriy yorliqlarini belgilangan tartibda taʼsis etish va suv xoʻjaligi sohasidagi ilgʻor xodimlarni ushbu mukofotlar bilan taqdirlash;
suv xoʻjaligi sohasida munosib fidokorlik va mehnatsevarlik koʻrsatgan, oʻzining kasbiy faoliyatida yuksak natijalarga erishgan xodimlar nomzodlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish;
oʻquv va ilmiy-innovatsion faoliyatida namuna koʻrsatgan bakalavr, magistr, tayanch doktorant va doktorantlar uchun Vazirlik stipendiyasini taʼsis etish.
Vazirlik qonunchilik hujjatlariga asosan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
17. Vazirlik:
unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning lozim darajada va samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosati amalga oshirilishi;
tegishli sohadagi faoliyatning asosiy koʻrsatkichlari parametrlariga va belgilangan indikatorlarga erishishning soʻzsiz taʼminlanishi;
joriy etilayotgan innovatsiyalar, gʻoyalar va texnologiyalar, shuningdek, Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
tegishli sohani rivojlantirish dasturlari, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlar samarali amalga oshirilishi hamda hududlardagi muammoli masalalar hal etilishi;
fuqarolar va tegishli sohadagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlar va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning himoya qilinishi taʼminlanishi, sohada raqamlashtirishni taʼminlash va korrupsiya omillarini bartaraf etish uchun javobgardir.
1-§. Vazirlik markaziy apparatining huquqlari va majburiyatlari
18. Vazirlikning markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlardan Vazirlikning markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan masalalar hamda qonunchilik hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda tahlil qilish uchun zarur boʻladigan materiallar va maʼlumotlarni talab qilish va olish;
tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlardan ular tomonidan kiritilgan qonunchilik hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarining qayta tayyorlanishini talab qilish, zarur hollarda hujjatlarni qaytadan ishlab chiqishga qaytarish;
tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq va tezkor hal etish talab etiladigan masalalar boʻyicha hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish;
tizim va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini va ular tomonidan qonunchilik hujjatlari talablari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari hamda Vazirlik buyruqlari va uning rahbariyati topshiriqlarining bajarilishini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish.
Vazirlikning markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga asosan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
19. Vazirlikning markaziy apparati:
Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari va tizimidagi tashkilotlar hamda idoraviy mansub tashkilotlari bilan birgalikda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Vazirlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash uchun Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalarining faoliyatini tashkil etish;
Vazirlik tomonidan Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan qonunchilik hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarining sifati va ekspertizadan oʻtkazilganligi hamda Vazirlik tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ijro etilishi;
tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan oʻz faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlari, ish va chora-tadbirlar rejalari, “Yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishini tashkil etish uchun javobgardir.
5-bob. Vazirlik rahbariyatining asosiy funksional majburiyatlari
20. Quyidagilar Vazirning asosiy funksional majburiyatlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlar talablariga rioya etish;
Vazirlik faoliyatini umumiy boshqarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga muvofiq Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini taʼminlash;
Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;
Vazirlik, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyatiga oid prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash uchun amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari va Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, tegishli respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida masalalarning koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari topshiriqlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
(20-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Vazir oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishilishini baholashning asosiy mezonlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;
Vazir oʻrinbosarlarining va Vazirlikning boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida yoʻnalishlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini belgilash;
Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Vazir va vazir oʻrinbosarlarining davriy ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash;
qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qatʼiy rioya etish;
Vazirlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar, shuningdek, hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Vazirlik xodimlarini muntazam qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning mutaxassisligiga talablarni belgilash va samarali faoliyat yuritishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarning boʻsh oʻrinlariga tavsiya qilingan xodimlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinayotgan boshqa xodimlarning kasbiy mahorati va bilim darajasi, yuqori darajadagi ishchanlik va axloqiy-maʼnaviy fazilatlarini taʼminlashga qaratilgan choralar koʻrish;
suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha qonunchilik hujjatlari loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi va “Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga qatʼiy rioya qilgan holda, Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida kiritilishini taʼminlash, ularni Vazirlar Mahkamasining rahbariyati huzurida himoya qilish hamda Vazirlar Mahkamasida ishlab chiqilishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Vazirlikning qonun loyihalariga doir faoliyatini “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi va “Qonun loyihalarini tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 17-oktabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq tashkil etish;
Vazirlik faoliyatiga kiradigan masalalar boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur boʻlgan hollarda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlar qabul qilish;
Vazirlikka kiritilgan takliflar va qonunchilik hujjatlari loyihalarining toʻliq va batafsil koʻrib chiqilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamentida va Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishini (viza qoʻyilishini) taʼminlash;
Vazirlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslangan, samarali va natijali boʻlishini, xizmat safari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
Vazir oʻrinbosarlari, tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini Vazirlikning Hayʼat majlislarida eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Vazirlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, oʻzining oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari talablariga Vazirlik xodimlari tomonidan rioya etilishini taʼminlashni nazorat qilish;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shartlarni bartaraf etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaxsan qabul qilishning muntazam ravishda oʻtkazilishini, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini joylarga borib belgilangan muddatda va tartibda qabul qilishni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasiga jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan arizalarning oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishida Vazirlik rahbarlari va xodimlarining faol ishtirokini taʼminlash;
davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;
shtat birliklarining belgilangan sonidan kelib chiqib, Vazirlik markaziy apparati tuzilmasi va shtat jadvalini tasdiqlash;
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar nizomlarini va idoraviy mansub tashkilotlarining ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Vazirlik markaziy apparati xodimlari, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlari bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi.
Vazirlik, uning tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlarining mansabdor shaxslari uchun majburiy boʻlgan buyruq va koʻrsatmalar berish hamda ularning bajarilishini belgilangan tartibda nazorat qilish;
zarurat boʻlganda, Vazirlik markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan shtat birliklari doirasida oʻzgartirishlar kiritish;
suv xoʻjaligi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, tegishli vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
suv xoʻjaligi sohasida kadrlarni tayyorlash, suv xoʻjaligi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha choralar koʻrish;
suv xoʻjaligi xodimlari va mutaxassislarini ularning uzoq va samarali faoliyat koʻrsatganligi, alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan taqdirlash uchun belgilangan tartibda takliflar kiritilishini taʼminlash va tavsiyalar berish;
xorijiy investitsiyalar, grant mablagʻlari hamda texnik koʻmaklarni jalb qilish hamda suv xoʻjaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan xorijiy investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tashkil etish;
suv xoʻjaligi sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish va autsorsingni joriy qilishni taʼminlash;
suv xoʻjaligi obyektlari boshqaruvini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirishni tashkil etish;
suv xoʻjaligida kapital qurilish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ustuvor investitsiya loyihalarini oshkoralik asosida tanlash, ularning qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishni hamda amalga oshirilishini nazorat qilish;
transchegaraviy suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish boʻyicha davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, suv xoʻjaligi sohasidagi xalqaro tashkilotlar faoliyatida faol ishtirok etish;
suv xoʻjaligi tizimidagi va idoraviy mansub tashkilotlar uchun elektr energiyasining yillik limitlarini taqsimlash;
vakolati doirasida sudlarga daʼvo arizasi bilan murojaat qilish va sudlarda ishtirok etish uchun (vakillarga) ishonchnomalarni imzolash.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq Vazirga boshqa funksional majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
21. Vazirning birinchi oʻrinbosarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
Vazir vaqtinchalik boʻlmagan hollarda tegishli buyruq asosida Vazir vazifasini bajarish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish, bevosita boshqarish, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini oʻzi boshqaradigan yoʻnalish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;
oʻz faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishni baholashning asosiy mezonlarini ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qatʼiy rioya etish;
Vazirlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirning buyruq va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi va yuqori darajadagi ishchanlik va axloqiy-maʼnaviy fazilatlari kafolatlanganligini taʼminlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
Vazirlikning Suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha Tarmoq ilmiy-texnik kengashiga rahbarlik qilish va uning faoliyatini muvofiqlashtirish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan qonunchilik hujjatlari loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq qatʼiy ravishda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, shuningdek, qonunchilik hujjatlar loyihalarining Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqilishida Vazirning topshirigʻiga asosan ishtirok etish;
xizmat safarlariga borishni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarning xorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda tashkil etish, xizmat safarlarining asoslangan, samarali va natijali boʻlishini, xizmat safari uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanilishini taʼminlash;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilib borish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalari asosida zarur choralar koʻrish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga taqdim etish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarda qolishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Vazirga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlar va yuklangan vazifalarni bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari talablariga rioya qilish, oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
Vazirlik tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa jinoyatlarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, ularning yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda tahlil qilish, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yoʻli bilan ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat xizmatlari koʻrsatishning samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha Vazirga takliflar kiritish;
davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;
suv xoʻjaligi sohasida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
oʻz vakolati doirasida belgilangan tartibda ishlab chiqilgan boshqa hujjatlarni imzolash va tasdiqlash.
Vazirning birinchi oʻrinbosariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
22. Vazirning suv resurslarini boshqarishga masʼul boʻlgan oʻrinbosarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlar talablariga rioya etish;
Vazir va vazirning birinchi oʻrinbosari vaqtinchalik boʻlmagan hollarda tegishli buyruq asosida Vazir vazifasini bajarish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini oʻzi boshqaradigan yoʻnalish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish;
oʻz faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishni baholashning asosiy mezonlarini ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari bajarilishini tashkil qilish va monitoringini yuritishning amaliy tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash uchun kompleks amaliy choralarni amalga oshirish, tarkibiy va hududiy boʻlinmalar hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun shaxsiy masʼuliyatni oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirning buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi va yuqori darajadagi ishchanlik va axloqiy-maʼnaviy fazilatlari kafolatlanganligini taʼminlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan qonunchilik hujjatlar loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq qatʼiy ravishda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, shuningdek, qonunchilik hujjatlari loyihalarining Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqilishida Vazirning topshirigʻiga asosan ishtirok etish;
xizmat safarlariga borishni qonunchilik hujjatlari talablariga toʻliq mos ravishda tashkil etish, xizmat safarlari asoslangan, samarali va natijali boʻlishini, xizmat safari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilib borish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalari asosida zarur choralar koʻrish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan Vazirlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga taqdim etish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Vazirga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlari va vazifalarini bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlashni nazorat qilish, oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
Vazirlik tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa jinoyatlarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, ularning yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda tahlil qilish, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yoʻli bilan ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;
suv xoʻjaligi sohasida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish hududiy dasturlarini hududlarning tuproq-iqlim sharoitlari, ixtisoslashuvi hamda suv va boshqa zarur resurslar bilan taʼminlanganligini hisobga olgan holda, ilmiy asosda ishlab chiqilishini tashkil qilish;
suvni tejaydigan texnologiyalarni qoʻllash borasida ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni rivojlantirish, suv xoʻjaligi tashkilotlari bilan taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasidagi integratsiyani taʼminlash;
suv xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash;
oʻrta va quyi boʻgʻinda suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi, hisoboti va monitoringini yuritishni nazorat qilish;
suvdan foydalanish va elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha maʼlumotlarni tahlil qilish, ajratilgan elektr energiyasi hamda tasdiqlangan suv olish limitlariga oʻzgartirish kiritish yuzasidan oʻrta boʻgʻindan kelib tushgan takliflarni oʻrganib chiqish va qanoatlantirish yoki qanoatlantirmaslik toʻgʻrisida Vazirga taklif kiritish;
yagona suv balansi va Davlat suv kadastri yuritilishini hamda zamonaviy texnologiyalar yordamida takomillashtirib borilishini tashkil qilish.
Vazirning suv resurslarini boshqarishga masʼul boʻlgan oʻrinbosariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
23. Vazirning moliya-iqtisod va investitsiya yoʻnalishiga masʼul boʻlgan oʻrinbosarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
Vazir va vazirning birinchi oʻrinbosari vaqtinchalik boʻlmagan hollarda tegishli buyruq asosida Vazir vazifasini bajarish;
oʻz faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishni baholashning asosiy mezonlarini ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari bilan tasdiqlangan konsepsiyalar, kompleks dasturlar va kompleks chora-tadbirlarning bajarilishini oʻzi boshqaradigan yoʻnalish boʻyicha tanqidiy va chuqur tahlil qilib borish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini taʼminlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qatʼiy rioya etish;
Vazirlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar, shuningdek, hududiy boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻrish;
Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazirning buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori ijrosining taʼminlanishini nazorat qilib borish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar kiritish, ularning kasbiy mahorati, bilim darajasi, amaliy tajribasi va yuqori darajadagi ishchanlik va axloqiy-maʼnaviy fazilatlari kafolatlanganligini taʼminlash, xodimlarning kasbiy malakasini oshirish, xodimlar zaxirasini shakllantirish choralarini koʻrish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan qonunchilik hujjatlar loyihalarining toʻliq va sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablariga muvofiq qatʼiy ravishda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, shuningdek, qonunchilik hujjatlar loyihalarining Vazirlar Mahkamasi apparatida koʻrib chiqilishida Vazirning topshirigʻiga asosan ishtirok etish;
xizmat safarini qonunchilik hujjatlari talablariga toʻliq mos ravishda tashkil etish, xizmat safarlari asoslangan, samarali va natijali boʻlishini, xizmat safari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli va oqilona foydalanishni taʼminlash;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilib borish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, natijalari asosida zarur choralar koʻrish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni Vazirga taqdim etish;
oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida Vazirga takliflar kiritish, ularning funksional majburiyatlari va vazifalarini bajarishi uchun shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlashni nazorat qilish, oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini taʼminlash;
Vazirlik tizimida “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa jinoyatlarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, ularning yuzaga kelishiga sharoit yaratuvchi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda tahlil qilish, huquqni muhofaza qilish amaliyoti va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yoʻli bilan ularga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish;
suv xoʻjaligi sohasida vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
Vazirlik boʻyicha qabul qilingan buyruqlar va boshqa amaliy hujjatlarning moliyaviy qismini tatbiq etishga rahbarlik qilish, Vazirlik va tizim tashkilotlari (respublika budjetidan moliyalashtiriladigan) faoliyati uchun moliyaviy shart-sharoitlar yaratish;
vakolati doirasida belgilangan moliyaviy hisobotlar va statistika hisobotlari qabul qilinishi, umumlashtirilishini va oʻz vaqtida tegishli moliya organlariga taqdim etilishini nazorat qilish;
Vazirlik va respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, shuningdek, suv xoʻjaligi bilan bogʻliq xarajatlar smetalari (markaziy apparatning tegishli boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida) tayyorlanishi, rahbariyat tasdigʻiga kiritilishi hamda roʻyxatdan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilishini nazorat qilish;
suv xoʻjaligi sohasiga doir Davlat dasturlari va budjet xarajatlarining maqsadli indikatorlarining ijrosini baholash ishlarini nazorat qilish;
Vazirlik va uning tarkibiga kiruvchi barcha tashkilotlarning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanish nazoratini taʼminlash;
suv xoʻjaligi sohasiga oid Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, boshqa vazirliklar va idoralar bilan qoʻshma qarorlar, shuningdek, tegishli masalalar boʻyicha yoʻriqnomalar va normativ hujjatlar loyihalari tayyorlanishini taʼminlash;
Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar hamda idoraviy mansub tashkilotlarining iqtisodiy rivojlanish yoʻnalishlari, kelgusidagi ishlab chiqarish koʻrsatkichlari hamda ish maromining yuksalish rejalarini amalga oshirish borasida tashkiliy choralarni koʻrish;
xodimlarning oylik maosh tarif miqdorlari va lavozim-mansab maoshlari ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlash;
Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va xodimlarning oylik ish haqini bosqichma-bosqich oshirish choralarini koʻrish;
suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilikning turli shakllarini rivojlantirish ishlarini muvofiqlashtirish va ularning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish;
suv xoʻjaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish, xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan hamkorlikda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishda ishtirok etish, ularni modernizatsiyalash, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash maqsadida investitsiya dasturlariga kiritish uchun suv xoʻjaligini istiqbolli rivojlantirish dasturlarini koʻrib chiqish, ularning shakllantirilishini taʼminlash;
Vazirlik tizimida moliya-iqtisod, axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha yagona siyosat yuritish;
suv xoʻjaligi obyektlari boshqaruvini raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish;
suv xoʻjaligi obyektlarida suvning hisobi va elektr energiyasi isteʼmolini raqamli texnologiyalar asosida “onlayn” nazorat qilish orqali suv va elektr energiyasidan foydalanish shaffofligini taʼminlash hamda ularning samaradorligini oshirish;
suv xoʻjaligiga doir axborot resurslarini, shu jumladan, dasturiy taʼminotlar, mobil ilovalar, maʼlumotlar bazasi va veb-saytlarni yaratish hamda ularning takomillashtirilishini tashkil etish;
suv xoʻjaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan xorijiy investitsiya loyihalarini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda — XMI va XXMT) mablagʻlari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini oshkoralik asosida tanlash, ularning qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va shakllantirish;
suv xoʻjaligi sohasidagi xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun XMI va XXMT mablagʻlarini jalb qilish;
XMI va XXMT mablagʻlari ishtirokidagi xorijiy investitsiya loyihalari manzilli roʻyxatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qilish;
Vazirlik boʻyicha qabul qilingan buyruqlar va boshqa amaliy hujjatlarning moliyaviy qismini tatbiq etishga rahbarlik qilish, Vazirlik va tizim tashkilotlari (respublika budjetidan moliyalashtiriladigan) faoliyati uchun moliyaviy shart-sharoitlar yaratish;
Vazirning moliya-iqtisod va investitsiya yoʻnalishiga masʼul boʻlgan oʻrinbosariga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
24. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
tarkibiy boʻlinma faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, mazkur boʻlinmaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari hamda Vazirlik hujjatlari bilan yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil qilish;
tarkibiy boʻlinma faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlarining bajarilishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq tarkibiy boʻlinma xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy choralar koʻrish hamda topshiriqlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishi uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
Vazirlik hayʼati qarorlari, Vazir va uning oʻrinbosarlari buyruq va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinma xodimlarining vakolatlarini belgilash, tarkibiy boʻlinma faoliyatining muayyan yoʻnalishlarini boshqarish uchun ularning shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
tarkibiy boʻlinma faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, boʻlinma choraklik ish rejalarining bajarilishini nazorat qilish;
tarkibiy boʻlinmada kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, boʻlinmaning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tarkibiy boʻlinma xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, oʻzining oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralar koʻrish;
tarkibiy boʻlinma xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
“Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq hududiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa Oʻzbekiston Respublikasining qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;
tarkibiy boʻlinma xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar asosida zarur choralar koʻrish;
tarkibiy boʻlinma faoliyatiga doir qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish, davlat xizmatlari koʻrsatish samarasi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash, ularni Vazirlik rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, ularni shaxsan qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqish;
davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga rioya qilish.
6-bob. Vazirlik rahbarlarining masʼuliyati
25. Vazir quyidagilar uchun shaxsan masʼuldir:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
mazkur Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan funksional majburiyatlarning sifatli bajarilishi.
26. Vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir oʻrinbosarlari quyidagilar uchun shaxsan masʼuldirlar:
Vazirlikning oʻzi boshqaradigan tarkibiy boʻlinmalari tomonidan ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
mazkur Nizomning 21, 22 va 23-bandlarida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi.
27. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari quyidagilar uchun masʼuldirlar:
tegishli tarkibiy boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
mazkur Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻzlarining funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi.
7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Vazirlik rahbariyati
28. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan Vazir rahbarlik qiladi.
Vazir oʻz maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasining aʼzosi hisoblanadi.
29. Vazirning toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
30. Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
31. Vazir boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.
32. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tegishli vazir oʻrinbosarining (vazirning birinchi oʻrinbosarining) taklifiga koʻra Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
33. Quyidagilar Vazir buyrugʻi asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi:
Markaziy apparat rahbari va xodimlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli viloyatlar hokimlari bilan kelishilgan holda, Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi tavsiyasiga asosan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari;
tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishilgan holda — Fargʻona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi, Janubiy Mirzachoʻl kanalidan foydalanish boshqarmasi, Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari;
Vazirning tegishli oʻrinbosari taklifiga koʻra — Suv xoʻjaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish departamenti direktori oʻrinbosari, Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi direktori oʻrinbosari, Suv xoʻjaligida islohotlar markazi direktori, Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati direktori, “Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi boshligʻi, “Suvloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori va uning oʻrinbosari.
Vazirlik tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlari faoliyatiga doir masalalar (rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimda ozod etish) “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
34. Vazirlikning tegishli idoraviy mansub tashkilotlari nizomlari belgilangan tartibda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning tizimidagi tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik tartibi
35. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning tizimidagi va idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorligi markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari tomonidan taʼminlanadi.
36. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha tizim tashkilotlari bilan hamkorlik qilgan holda:
topshiriqlarni tizimidagi va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi va ularning bajarilishi borishini nazorat qiladi;
tizimidagi tashkilotlarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlarni Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlariga yuboradi va ularning bajarilib borishini nazorat qiladi;
tekshirishlarni va oʻrganishni amalga oshiradi, Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini umumlashtiradi va uni takomillashtirishga qaratilgan choralarni koʻradi;
tashkilot toʻgʻrisidagi hisobot va axborot materiallari, statistika va boshqa maʼlumotlar hamda Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati natijalarini oʻrganishni tashkil qiladi;
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻradi;
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va idoraviy mansub tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishini tashkil qiladi, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
37. Vazirlikning tizim va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Vazirlik rahbariyatining topshiriqlari ijrosi toʻgʻrisida axborot beradi;
belgilangan faoliyat sohasida qonunchilikni amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;
belgilangan tartibda va muddatlarda oʻzining ish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining eng muhim muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni yuboradi;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;
oʻz faoliyatini vakolatli organlar tomonidan tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
38. Vazirlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda uning idoraviy mansub tashkilotlari hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Vazirning topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar ushbu koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular boʻyicha qaror bevosita Vazir tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Vazirlikning respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi
39. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
40. Vazirlik tizimidagi tashkilotlar oʻz vakolati doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning hududiy organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlik tizimidagi tashkilotlar tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan yaqin hamkorlik qiladi.
4-§. Vazirlikning hayʼati, tarmoq ilmiy-texnik kengashi va jamoatchilik-maslahat kengashi
41. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, asosiy faoliyat yoʻnalishlariga mutasaddilik qiluvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari tarkibida hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼat aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi vazirning taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
42. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Vazirlikning ushbu Nizom bilan belgilangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlarida belgilangan oʻzlariga yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni taʼminlash uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha choralarni koʻrgan holda, tizimli asosda tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlarini eshitishni tashkil etish;
Vazirlik faoliyati sohasida maqsadli, hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirishning natijadorligini har chorakda va tizimli koʻrib chiqish;
joylarda Vazirlik faoliyat sohasining dolzarb masalalarini muhokama qilishni taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni taʼminlash uchun ijro intizomini mustahkamlash hamda Vazirlikning rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish;
Vazirlik nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlar roʻyxatini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Vazirlik nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish.
Hayʼat Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
43. Hayʼat majlislariga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
44. Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda, vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
45. Hayʼat qarorlari Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
46. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, hayʼat aʼzolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin.
47. Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼati tasdiqlaydigan reglamentda belgilanadi.
48. Vazirlik tarkibida vazirning birinchi oʻrinbosari (kengash raisi), vazir oʻrinbosarlari, sohaning yuqori malakali mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy taʼlim muassasalari, mustaqil kompaniyalar va boshqa suv xoʻjaligi tashkilotlari xodimlari boʻlgan suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha Tarmoq ilmiy-texnik kengashi tuziladi.
Tarmoq ilmiy-texnik kengashi aʼzolari soni, shaxsiy tarkibi va nizomi Vazirning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
49. Vazirlik tarkibida vazir oʻrinbosari, Vazirlik faoliyatining alohida yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va mutaxassislari hamda tadbirkorlik subyektlari vakillari boʻlgan jamoatchilik maslahat kengashi tashkil qilinadi.
Jamoatchilik maslahat kengashining nizomi, aʼzolarining roʻyxati va soni Vazirning tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
8-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
50. Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
51. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
52. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari koʻriladi.
9-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, xodimlar mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
53. Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Davlat budjeti, budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
54. Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga toʻlanadigan ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustamalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.
55. Vazirlik markaziy apparati xodimlarining mehnatiga budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha haq toʻlashda lavozim maoshlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustama haqlar, mukofot, moddiy yordam puli hamda boshqa barcha qoʻshimcha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
10-bob. Vazirlikning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish tartibi
56. Vazir va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi oldida Vazirlik faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda hisobot beradi.
11-bob. Yakunlovchi qoida
57. Vazirlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish, rahbarlarining funksional vazifalarini belgilaydi.
2. Agentlik tasdiqlangan suv olish limitlari asosida suv yetkazib berilishini hamda suvdan samarali foydalanish, nasos stansiyalari ish rejimini tartibga solish, “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, melioratsiya tarmoqlaridan foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash sohasida respublika ijro etuvchi hokimiyati organi hisoblanadi hamda va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) hisobot beradi.
3. Agentlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, Vazirlik buyruqlari va uning hayʼati qarorlariga amal qiladi.
4. Agentlik oʻz faoliyatini respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi Yagona gʻazna hisobvaragʻiga ega boʻladi.
6. Agentlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi;
qisqartirilgan nomi — Ekspluatatsiya agentligi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Agentstvo po ekspluatatsii obyektov vodnogo xozyaystva pri Ministerstve vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Agentstvo po ekspluatatsii;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Agency for the Operation of Water Management Facilities under the Ministry of Water Resources of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Water Facilities Operation Agency.
7. Agentlikning joylashgan manzili (pochta manzili): 100187, Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Qorasuv 4-dahasi, 11-uy.
8. Agentlik oʻz tizimidagi tashkilotlar faoliyatini tashkil etadi, nazorat qiladi va ularga umumiy rahbarlik qiladi.
2-bob. Agentlik tuzilmasi
9. Agentlik tizimiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi;
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari;
Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi;
Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi;
Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi;
irrigatsiya tizimi boshqarmalari;
magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari;
nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari;
meliorativ ekspeditsiyalar;
suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari;
Qirgʻoq himoyalovchi dambalar va oʻzan rostlovchi inshootlar boshqarmasi;
Amudaryo Chapqirgʻoq himoya dambalar boshqarmasi;
Tuyamoʻyin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi;
“Termiz suv yoʻllari texnik uchastkasi” davlat muassasasi;
“Xoʻjayli suv yoʻllari texnik uchastkasi” davlat muassasasi;
“Cholish suv yoʻllari texnika boʻlimi” davlat muassasasi;
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi.
3-bob. Agentlik va uning tizim tashkilotlarining vazifalari va funksiyalari
1-§. Agentlikning vazifalari va funksiyalari
10. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
tasdiqlangan suv olish limitlari, grafiklari va taqsimoti asosida suv yetkazib berilishini hamda suv resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash;
nasos stansiyalari ish rejimini tartibga solish hamda elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish choralarini koʻrish;
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari xizmat koʻrsatadigan hududda suv resurslarini boshqarish va hisobga olishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish;
suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash;
irrigatsiya tizimi kanallari va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda ulardagi inshootlarni joriy taʼmirlash-tiklash, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati barqarorligini taʼminlash ishlarini tashkil qilish.
11. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) tasdiqlangan suv olish limitlari, grafiklari va taqsimoti asosida suv yetkazib berilishini hamda suv resurslaridan samarali foydalanishni taʼminlash sohasida:
suv xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaydi;
quyi boʻgʻinda suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritadi;
limit asosida suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarining suv resurslaridan foydalanishini tahlil qiladi;
suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilari oʻrtasida oʻzaro iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha hududiy manzilli roʻyxatlarni shakllantirishda ishtirok etadi hamda tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarni umumlashtiradi;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha hududiy dasturlar ijrosini tashkil qiladi va monitoring yuritadi;
suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilishni yanada kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi hamda Vazirga taqdim qiladi;
suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan maydonlarning hisobini yuritadi;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinishi monitoringini yuritish, ularni joriy qilishni kengaytirish va davlat tomonidan ragʻbatlantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarining butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlar faoliyatini oʻrganib boradi hamda ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarni joriy qiluvchi pudrat tashkilotlarining faoliyatini baholab boradi hamda reyting tizimini yuritadi;
b) nasos stansiyalari ish rejimini tartibga solish hamda elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish choralarini koʻrish sohasida:
nasos stansiyalarini boshqarish, tasdiqlangan limitlar asosida nasos stansiyalarida suvning hisobi va elektr energiyasi isteʼmolining monitoringini yuritadi;
suvdan foydalanish va elektr energiyasi isteʼmoli boʻyicha maʼlumotlarni tizimli tahlil qilib boradi hamda ushbu resurslardan ajratilgan limitlar doirasida foydalanishni nazorat qilish va ulardan samarali foydalanish choralarini koʻradi;
nasos stansiyalarini elektr energiyasini tejaydigan va samarali ishlaydigan zamonaviy nasoslar, elektr dvigatellari va boshqa uskunalar bilan jihozlashni taʼminlash, nasos stansiyalari ish rejimini tartibga solish hamda elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish choralarini koʻradi;
tizimdagi tashkilotlar uchun ajratilgan elektr energiyasi limitlariga oʻzgartirish kiritish yuzasidan Vazirlik va tegishli idoralarga takliflar kiritadi;
v) “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari xizmat koʻrsatadigan hududda suv resurslarini boshqarish va hisobga olishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish sohasida:
“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
belgilangan suv olish limitlari asosida isteʼmolchilarga suv yetkazib berilishini tashkil etadi;
suvning hisobi va hisoboti yuritilishini nazorat qiladi;
sugʻorish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini soz holatda saqlash, taʼmirlash-tiklash tadbirlarining amalga oshirilishini tashkil etadi;
suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv resurslari monitoringi, hisobi va hisoboti yuritilishi raqamlashtirilishini nazorat qiladi;
olingan suv hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning isteʼmolchilar kesimida soliq organlariga taqdim etilishini taʼminlaydi;
g) suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash sohasida:
tizim tashkilotlari rahbarlari va xodimlarining suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini taʼminlash boʻyicha belgilangan talablar va qoidalarga qatʼiy rioya etilishi yuzasidan javobgarligini oshiradi;
suv omborlari, sel-suv omborlari va xavf darajasi yuqori boʻlgan boshqa suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holati yuzasidan loyiha tashkilotlari va manfaatdor tashkilotlar ishtirokida tizimli monitoring yuritadi hamda natijasini tahlil qilib boradi;
suv xoʻjaligi obyektlarida avariya-zaxira materiallarining oʻz vaqtida yaratilishini va ulardan maqsadli foydalanishni tashkil qiladi;
d) irrigatsiya tizimi kanallari va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda ulardagi inshootlarni joriy taʼmirlash-tiklash, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati barqarorligini taʼminlash ishlarini tashkil qilish sohasida:
irrigatsiya tizimi kanallari va kollektor-drenaj tarmoqlarining texnik holati hamda ulardan maqsadli foydalanish boʻyicha tizimli monitoring yuritadi;
irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlari hamda ulardagi inshootlarni taʼmirlash-tiklash ishlarini, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati barqarorligini taʼminlash ishlarini tashkil qiladi.
12. Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
13. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda tizim tashkilotlari orqali amalga oshiradi.
2-§. Agentlik markaziy apparatining vazifalari va funksiyalari
14. Quyidagilar Agentlik markaziy apparatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Agentlik tizim tashkilotlari bilan birgalikda yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash;
suv xoʻjaligini rivojlantirish konsepsiyasi hamda suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish strategiyalari ijrosini taʼminlash;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan Agentlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari va maslahatchisi hamda suv xoʻjaligi vazirining (keyingi oʻrinlarda — Vazir) buyruqlari, Vazirlik hayʼati qarorlari va topshiriqlarini oʻz vaqtida hamda sifatli bajarish;
(14-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 18-noyabrdagi 732-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son)
Agentlik xodimlarini tizimli ravishda qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali faoliyatni taʼminlash, aholi bilan bevosita va ochiq muloqotlar oʻrnatilishini taʼminlash.
Agentlik markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
15. Quyidagilar Agentlik markaziy apparatining asosiy funksiyalari hisoblanadi:
Agentlik va uning rahbariyati faoliyatini tashkiliy va axborot-tahlil jihatidan taʼminlash;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda respublika ijro hokimiyati va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qatʼiy rioya etish;
Agentlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi muntazam nazorat qilinishini taʼminlash;
Agentlik vakolatiga kiruvchi tezkor, tashkiliy, moliyaviy, ishlab chiqarish, xoʻjalik hamda boshqa masalalar boʻyicha buyruqlar qabul qilish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish.
Agentlik markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
16. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlashda ishtirok etish;
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalasida xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish;
suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni, ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribalarni joriy qilinishini taʼminlash;
suv resurslarini boshqarishning tamoyillari va tizimini takomillashtirish, suvdan tejamli va oqilona foydalanishni taʼminlash, irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash choralarini koʻrish;
kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish, ularning malakasini oshirish ishlarining samarali tashkil etilishini taʼminlash;
suv resurslari va suv xoʻjaligi obyektlarini raqamli texnologiyalar asosida boshqarishni tashkil etish.
17. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
suv xoʻjaligi sohasini rivojlantirish boʻyicha tarmoq va mintaqaviy dasturlar samarali amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Vazirlik buyruqlari, Vazirlik hayʼati qarorlari, Agentlik buyruq va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
yer usti suv resurslarini havza tamoyili asosida boshqaradi;
irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha tarmoq va hududiy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, nasos stansiyalari, suv omborlari va boshqa davlat suv xoʻjaligi obyektlaridan samarali hamda ishonchli foydalanishni tashkil qiladi;
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati, sugʻorish va kollektor-drenaj suvlarining sifatini monitoring qiladi;
suvdan foydalanish va suv isteʼmoli boʻyicha shartnomalarni tuzish, ularning sugʻorish tarmoqlarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash ishlariga koʻmaklashadi va ularni monitoring qiladi;
suv xoʻjaligi obyektlarida suvning hisobi va hisobotini yuritishga raqamli texnologiyalarni joriy qilishni belgilangan tartibda tashkil qiladi;
nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, magistral kanallar boshqarmalari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari va “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini nazorat qiladi.
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
4-§. Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
19. Quyidagilar nasos stansiyalari va energetika boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
nasos stansiyalari va energetika boshqarmalariga tegishli davlat nasos stansiyalari, sugʻorish va meliorativ quduqlar, podstansiyalar, transformatorlar, elektr uzatish va aloqa tarmoqlari, avtotransport vositalarini texnik soz holatda saqlash, ularning ishonchli ishlashini taʼminlash;
nasos stansiyalari va sugʻorish quduqlari hamda melioratsiya nasos stansiyalari va quduqlarning samarali ishlashini taʼminlash;
elektr energiyasi va boshqa resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, sarflangan elektr energiyasi va yetkazib berilgan suvlarning hisobi va hisobotini yuritish;
ajratilgan mablagʻlardan, moddiy-texnika resurslaridan, texnika jihozlaridan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash;
oʻz vakolati doirasida moliyaviy hujjatlar, oylik, choraklik va yillik elektr energiyasi hisobotlari, texnik hisobotlar va boshqa zarur boʻlgan hujjatlarning oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishini taʼminlash.
20. Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash hamda dasturlarni shakllantirishda ustuvor loyihalar boʻyicha asoslangan takliflar ishlab chiqadi;
nasos stansiyalari va energetika boshqarmalariga tegishli nasos stansiyalari, sugʻorish va melioratsiya quduqlarini, suv uzatish tarmoqlarini, podstansiyalarni, transformatorlarni, elektr uzatish tarmoqlarini, aloqa va avtotransport vositalarini oʻz vaqtida texnik koʻrikdan oʻtkazadi;
kapital va joriy taʼmirlash ishlarini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
nasos stansiyalari, sugʻorish va melioratsiya quduqlarining ajratilgan suv olish va elektr energiyasi limitlari hamda yoqilgʻi-moylash materiallari doirasida tegishli shartnomalar asosida samarali ishlashini taʼminlaydi;
suv va ishlatilgan elektr energiyasi hisobi va hisobotini yuritishda raqamli texnologiyalarni belgilangan tartibda joriy qiladi;
ajratilgan elektr energiyasi, yoqilgʻi-moylash materiallaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
budjet mablagʻlari hamda xoʻjalik faoliyatidan tushgan mablagʻlardan belgilangan maqsadlarda samarali foydalanishni taʼminlaydi va tegishli statistika va buxgalteriya hisobotini yuritadi;
nasos stansiyalari, sugʻorish va melioratsiya quduqlarini kapital va joriy taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
nasos stansiyalari, sugʻorish va melioratsiya quduqlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan jadvallar asosida samarali ishlashini taʼminlaydi;
suv xoʻjaligi tashkilotlari, suv isteʼmolchilari va boshqa shaxslarga shartnoma asosida suv xoʻjaligi hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi;
21. Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
5-§. Melioratsiya ekspeditsiyalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
22. Quyidagilar melioratsiya ekspeditsiyalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holati monitoringini yuritish;
kollektor-drenaj tarmoqlarini texnik soz holatda saqlash va ularning ishonchli ishlashini taʼminlash;
yerlarning meliorativ holatini monitoring qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilar va boshqa suv isteʼmolchilariga yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar berish.
23. Melioratsiya ekspeditsiyalari oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash hamda dasturlarni shakllantirishda ustuvor loyihalar boʻyicha asoslangan takliflar ishlab chiqadi;
sugʻoriladigan yerlarning shoʻrlanish darajasi va yer osti suvlarining holati va sifati boʻyicha tizimli monitoring olib borish, maʼlumotlarni davriy ravishda tahlil qiladi;
kollektorlarda suvning sifati boʻyicha monitoring yuritadi;
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ kadastrini hamda suv va tuz balanslarini ishlab chiqadi;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar beradi hamda ularning ijrosini nazorat qiladi;
magistral, tumanlararo va xoʻjaliklararo kollektorlar hamda kollektor-drenaj tarmoqlari, ulardagi gidrotexnika inshootlarining texnik holati boʻyicha monitoring yuritadi, ularni taʼmirlash-tiklash hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
melioratsiya nasos stansiyalari hamda vertikal drenaj quduqlarining ish rejimini belgilaydi va ijrosi boʻyicha monitoring yuritadi;
kollektor-drenaj tarmoqlari sohilboʻyi mintaqasini muhofaza qilish choralarini koʻradi;
fermer xoʻjaliklari, klasterlar va boshqa suv isteʼmolchilariga ularning kollektor-drenaj tarmoqlaridan maqsadli va samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar berib boradi.
Melioratsiya ekspeditsiyalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
6-§. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
24. Quyidagilar magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
magistral kanallar (tizimlar) va ulardagi gidrotexnika inshootlarini texnik soz holatda saqlash, ulardan foydalanish qoidalariga qatʼiy amal qilish hamda xavfsiz va ishonchli ishlashini taʼminlash;
magistral kanallar (tizimlar) va ulardagi gidrotexnika inshootlarini boshqarishni zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida avtomatlashtirish;
suvning hisobi va hisobotini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish hamda suvning hisobi boʻyicha shaffof tizimni yaratish;
magistral kanallar (tizimlar) va ulardagi gidrotexnika inshootlarini kompleks modernizatsiyalash, fan-texnika yutuqlari, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar, ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribani joriy qilish;
suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish, suvdan tejamli va oqilona foydalanishni taʼminlash, magistral kanal va ulardagi gidrotexnika inshootlarini modernizatsiya qilish choralarini koʻrish.
25. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalar oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishini taʼminlash hamda dasturlarni shakllantirishda ustuvor loyihalar boʻyicha asoslangan takliflar ishlab chiqadi;
magistral kanallar (tizimlar) va ulardagi gidrotexnika inshootlarining texnik holatini tizimli ravishda oʻrganib boradi va ularni soz holatda saqlaydi;
magistral kanallar (tizimlar) va ulardagi gidrotexnika inshootlarining ulardan foydalanish qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda, xavfsiz va ishonchli ishlashini taʼminlaydi;
gidropostlarni texnik soz holatda saqlaydi, ularni takomillashtirib boradi hamda suvning hisobi va hisoboti hamda monitoringini yuritadi;
magistral kanallar (tizimlar)ga oʻrnatilgan nasos stansiyalarini ishlatish rejimlarini belgilangan tartibda kelishadi hamda ijrosini taʼminlaydi;
magistral kanallar (tizimlar), ulardagi gidrotexnika inshootlarini va suv resurslarini oqilona boshqarish uchun yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalarni (alohida gidrouchastkalar, ishlab chiqarish bazalari va boshqalar) tashkil etadi;
ajratilgan budjet mablagʻlari va moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlaydi.
Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
7-§. Irrigatsiya tizimi boshqarmalarining asosiy vazifalari va funksiyalari
26. Quyidagilar irrigatsiya tizimi boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini texnik soz holatda saqlash, ulardan foydalanish qoidalariga qatʼiy amal qilish hamda xavfsiz va ularning ishonchli ishlashini taʼminlash;
yirik irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini boshqarishni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida avtomatlashtirish;
suvning hisobi va hisobotini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy qilish, suvning hisobi boʻyicha shaffof tizimni yaratish;
irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini kompleks modernizatsiyalash, fan-texnika yutuqlari, suvni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar, ilgʻor mahalliy va xorijiy tajribalarni joriy qilish;
suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish, suvdan tejamli va oqilona foydalanishni taʼminlash, irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini modernizatsiyalash choralarini koʻrish.
27. Irrigatsiya tizimi boshqarmalari oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarining texnik holatini tizimli ravishda oʻrganib boradi va ularni soz holatda saqlaydi;
irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarining ulardan foydalanish qoidalariga qatʼiy amal qilgan holda xavfsiz va ishonchli ishlashini taʼminlaydi;
irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini boshqarishni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida avtomatlashtirish boʻyicha takliflar berish hamda belgilangan tartibda ijrosini tashkil qiladi;
gidropostlarni texnik soz holatda saqlaydi, ularni takomillashtirib boradi hamda suvning hisobi va hisoboti hamda monitoringini yuritadi;
suvdan foydalanish boʻyicha tegishli shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtiradi, suv resurslarini tasdiqlangan suvdan foydalanish rejalari boʻyicha “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari va boshqa suvdan foydalanuvchilarga yetkazib beradi;
irrigatsiya tizimi kanallariga oʻrnatilgan nasos stansiyalarini ishlatish rejimlarini belgilangan tartibda kelishadi hamda ularning ijrosini taʼminlaydi;
irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlarini va suv resurslarini oqilona boshqarish uchun yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan boʻlinmalarni (alohida gidrouchastkalar, ishlab chiqarish bazalari va boshqalar) tashkil etadi;
ajratilgan budjet mablagʻlari va moddiy-texnika resurslaridan oqilona foydalanishni taʼminlaydi;
Irrigatsiya tizimi boshqarmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
4-bob. Agentlik va uning tarkibidagi tashkilotlarning huquqlari va javobgarligi
1-§. Agentlikning huquqlari va javobgarligi
28. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlardan Agentlik vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarga tegishli davlat mulkini oʻzining tashkiliy tuzilmasidagi bir boʻlinmadan boshqa bir boʻlinmaga tekin foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda oʻtkazish;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarga xodimlari tomonidan suv xoʻjaligi sohasidagi faoliyati asosiy koʻrsatkichlarining bajarilishini hisobga olgan holda, xodimlarni belgilangan tartibda moddiy ragʻbatlantirish;
Agentlik doirasiga kiradigan masalalar boʻyicha belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
limitdan ortiqcha suv olinganda, suv resurslaridan samarasiz foydalanilgan hollarda suv berishning vaqtincha toʻxtatilishi toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
suv qonunchiligi, suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartiblari buzilgan hollarda mansabdor shaxslar va fuqarolarga nisbatan qonunchilik hujjatlari doirasida chora koʻrish yuzasidan taklif kiritish;
suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanganlik uchun suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilarini moddiy ragʻbatlantirishni tashkil etish;
binolarga xizmat koʻrsatish, xoʻjalik inventarlari va ashyolarini, avtotransport, aloqa vositalari, hisoblash, kompyuter va ofis jihozlarini saqlash va ishlatish, dasturiy taʼminotni sotib olish uchun belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Agentlik va uning tizimiga kiradigan tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha choralar koʻrish;
Vazirlik mukofotlari, koʻkrak nishonlari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlashga suv xoʻjaligi sohasidagi ilgʻor xodimlar toʻgʻrisida taklif kiritish.
Agentlik qonunchilik hujjatlariga asosan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
29. Agentlik:
unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, tasdiqlangan suv olish limitlari asosida suv yetkazib berilishini hamda suvdan samarali foydalanish, nasos stansiyalari ish rejimini tartibga solish, “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, melioratsiya tarmoqlaridan foydalanish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash ishlarini samarali amalga oshirish;
fuqarolar va tegishli sohadagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlar va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning himoya qilinishi taʼminlanishi, sohada raqamlashtirishni taʼminlash va korrupsion omillarni bartaraf etish;
Vazirlikka Agentlik tomonidan kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Agentlik tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati va pirovard natijalari uchun javobgardir.
2-§. Agentlik markaziy apparatining huquqlari va javobgarligi
30. Agentlik markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Agentlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq va tezkor hal etish talab etiladigan masalalar boʻyicha tizimdagi tashkilotlar rahbarlariga belgilangan tartibda topshiriqlar berish.
Agentlik markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga asosan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
31. Agentlik markaziy apparati:
Agentlik tizimidagi tashkilotlar bilan birgalikda Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
Agentlik faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni taʼminlash uchun Agentlik markaziy apparati boʻlinmalarining faoliyatini tashkil etish;
tizimdagi tashkilotlar tomonidan oʻzining faoliyati sohasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlari, ish va chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning amalga oshirilishini tashkil etish uchun masʼuldir.
3-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
32. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarni tizimdagi tashkilotlar, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish;
oʻz vakolatlari doirasiga kiradigan sohadagi muhim muammolarning yechimlari boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda ishchi guruhlar tashkil qilish;
oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar boʻyicha Agentlikka, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
suv qonunchiligini buzganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza kiritish.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
33. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari:
tizimdagi tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tizimdagi tashkilotlarning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
tumanlarda (shaharlarda) aniqlangan suv xoʻjaligi sohasidagi muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida takliflar tayyorlash;
irrigatsiyani rivojlantirish va sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda muammoli masalalarni hal etish boʻyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
4-§. Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
34. Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolati doirasiga kiradigan sohadagi muhim muammolarning yechimlari boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda ishchi guruhlar tashkil qilish;
oʻz vakolatlari doirasidagi masalalar boʻyicha tegishli tashkilotlarga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritish;
oʻz faoliyati uchun kundalik zarur boʻlgan materiallar, asbob-uskunalar va jihozlarni belgilangan tartibda qonunchilik hujjatlari talablariga asosan xarid qilish;
suv qonunchiligini buzganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi va “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunlari.
Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari qonunchilik hujjatlarida koʻzda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
35. Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari:
tizimdagi tashkilotlar bilan birgalikda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Agentlik tizimdagi tashkilotlar faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
tizimdagi tashkilotlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kiritiladigan taklif va hujjatlarning sifatli tayyorlash;
suv xoʻjaligini rivojlantirish va muammoli masalalarni hal etish boʻyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
5-§. Melioratsiya ekspeditsiyalarining huquqlari va javobgarligi
36. Melioratsiya ekspeditsiyalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarni tizim tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish;
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, kollektor-drenaj tarmoqlaridan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish.
Melioratsiya ekspeditsiyalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
37. Melioratsiya ekspeditsiyalari:
tizimdagi tashkilotlar bilan birgalikda yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
melioratsiya ekspeditsiyalari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash;
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va muammoli masalalarni hal etish boʻyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
6-§. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
38. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni tizim tashkilotlari, xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish;
irrigatsiya tizim kanallari, sugʻorish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va taʼmirlash ishlarini shartnomalar boʻyicha bajarish;
magistral kanallar va ulardagi gidrotexnika inshootlarini ishlatish qoidalari hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi buzilganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza kiritish;
favqulodda holatlarda magistral kanal boshqarmasining xizmat koʻrsatish hududida joylashgan barcha irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, suvdan foydalanuvchilar hamda boshqa tashkilotlarni kutilayotgan salbiy holatlarning oldini olish va roʻy bergan hodisalarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda jalb qilish.
Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
39. Magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari:
tizimdagi tashkilotlari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifa va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tizimdagi tashkilotlarning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish;
irrigatsiyani rivojlantirish va muammoli masalalarni hal etish boʻyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
7-§. Irrigatsiya tizimi boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
40. Irrigatsiya tizimi boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarni xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish;
irrigatsiya tizimi kanallari va ulardagi gidrotexnika inshootlari hamda suvdan foydalanish qoidalarini buzganligi uchun aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish;
favqulodda holatlarda irrigatsiya tizimi boshqarmasining xizmat koʻrsatish hududida joylashgan barcha irrigatsiya tizimlari boshqarmalari, suvdan foydalanuvchilar hamda boshqa tashkilotlarni kutilayotgan salbiy holatlarning oldini olish va roʻy bergan hodisalarni bartaraf etish uchun belgilangan tartibda jalb qilish.
Irrigatsiya tizimi boshqarmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
41. Irrigatsiya tizimi boshqarmalari:
tizim tashkilotlari bilan birgalikda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
tizimdagi tashkilotlarning faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan prognoz koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash;
Agentlik va mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning bajarilishi sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
aniqlangan muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish va umumlashtirish;
suv xoʻjaligini rivojlantirish va muammoli masalalarni hal etish boʻyicha hududiy dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
5-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Agentlik rahbariyati
42. Agentlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Agentlik direktori rahbarlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agentlik direktori bir vaqtning oʻzida vazir oʻrinbosari hisoblanadi hamda uning tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyundagi 352-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2025-y., 09/25/352/0502-son)
43. Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi.
Agentlik direktori boʻlmagan davrda, direktor vazifasini uning birinchi oʻrinbosari bajaradi.
Agentlik direktori va direktorning birinchi oʻrinbosari boʻlmagan davrda, direktor vazifasini Agentlik direktori oʻrinbosari bajaradi.
44. Agentlik tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Agentlik shtat birliklari hamda xarajatlar smetasini tasdiqlash, zaruratga koʻra shtat birliklarining umumiy cheklangan sonidan chiqmagan holda oʻzgartirish Vazir tomonidan kiritiladi.
45. Agentlik direktori:
Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
oʻrinbosarlar oʻrtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlaydi, xodimlar oʻrtasida vakolatlarni belgilaydi va majburiyatlarni taqsimlaydi, Agentlik tizimidagi tashkilotlarning mansabdor shaxslari vakolatlarini belgilaydi;
Agentlik markaziy apparati xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi;
Agentlik tizimdagi tashkilotlarning komplayens-nazorat boʻyicha mutaxassislarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Vazirlikka Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarini davlat mukofotlari va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlashga doir takliflar kiritadi;
malakali xorijiy mutaxassislar va ekspertlarni shartnomaviy huquqiy asosda Vazir bilan kelishilgan holda jalb qiladi;
tizimidagi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shu jumladan moddiy-texnik bazani tashkil etish va rivojlantirishda amaliy yordam beradi;
Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari uchun majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi hamda ularning bajarilishining nazoratini tashkil etadi;
Agentlikni malakali, amaliy tajribaga ega kadrlar bilan toʻldirish, shuningdek, ularni saralab olish, tayyorlash, qayta tayyorlash va uzluksiz malakasini oshirish sohasida kadrlar siyosatini yuritadi;
Agentlikda davlat fuqarolik xizmatining muayyan lavozimini egallash uchun talabgor boʻlayotgan nomzodlarga nisbatan ish tajribasiga va kasbiy kompetensiyasiga doir talablarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Agentlik direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
46. Agentlik direktori Vazirlik hayʼati tarkibiga kiritiladi.
47. Agentlik direktori tomonidan quyidagilar lavozimlarga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va tegishli viloyatlar hokimlari tavsiyalariga koʻra Vazirlik bilan kelishgan holda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosarlari, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlari oʻrinbosarlari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari boshliqlari, irrigatsiya tizimi boshqarmalari boshliqlari, nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari boshliqlari, melioratsiya ekspeditsiyalari boshliqlari, suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari boshliqlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri hamda irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari boshliqlarining tavsiyalariga asosan Vazirlik bilan kelishgan holda “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari direktorlari.
48. Agentlik tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlar belgilangan tartibda Agentlik tomonidan tasdiqlanadi.
2-§. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining tizimdagi tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi
49. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari tizimdagi tashkilotlar bilan Agentlik faoliyatining quyidagi yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qiladi:
tizimdagi tashkilotlarga topshiriqlarni yetkazadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
tarkibiy boʻlinmalarning faoliyatiga bevosita taalluqli masalalar boʻyicha Agentlik tizim tashkilotlariga rasmiy soʻrovnomalar joʻnatadi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
tizimdagi tashkilotlarning ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirish choralarini koʻradi;
tizimdagi tashkilotlar faoliyatini tashkil qilish samaradorligi va natijalari toʻgʻrisidagi statistik va boshqa maʼlumotlarni, hisobot va axborot materiallarini oʻrganishni tashkil etadi;
tizimdagi tashkilotlar amaliy faoliyatini tekshiradi, oʻrganib chiqadi va umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
tizimdagi tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
50. Agentlik tizimidagi tashkilotlar Agentlik markaziy apparatiga:
rahbariyat topshiriqlarining bajarilishi toʻgʻrisida axborot beradi;
suv xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarini bajarish boʻyicha ish faoliyati natijalari toʻgʻrisida maʼlumot taqdim etadi;
tizimdagi tashkilotlar faoliyatini oʻrganish davomida aniqlangan ish faoliyatidagi kamchiliklar va qoida buzilishlarini bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
oʻzining faoliyati natijalari toʻgʻrisida belgilangan tartibda va muddatlarda Agentlik markaziy apparatiga hisobot beradi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining dolzarb muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni taqdim etadi;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi;
vakolatli organlar tomonidan oʻzining faoliyatini tekshirish natijalari toʻgʻrisida axborot beradi.
51. Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari va tizimdagi tashkilotlarning oʻzaro munosabatlari jarayonida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar Agentlik direktori topshirigʻiga koʻra uning tegishli oʻrinbosarlari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar kelishmovchiliklar koʻrib chiqilgandan soʻng ham bartaraf etilmagan boʻlsa, ular boʻyicha qaror bevosita Agentlik direktori tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Agentlikning respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibi
52. Agentlik oʻzining vazifalari va funksiyalarini bajarishda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
53. Agentlik tizimidagi tashkilotlar oʻzlarining vakolatlari doirasida xoʻjalik birlashmalari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Agentlik tizimidagi tashkilotlar tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari bilan oʻzaro uzviy hamkorlik qiladi.
6-bob. Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlarining asosiy vazifalari
54. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Vazirlik buyruqlari va topshiriqlari ijrosi taʼminlanishi hamda monitoringi yuritilishining amaliy tizimini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Agentlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish, amaliyotda sohada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar bilan kurashish, ularni tahlil qilish hamda bartaraf qilish;
Agentlik faoliyatini rejalashtirish va uning bajarilishini nazorat qilish;
Agentlikning yillik va yarim yillik ish rejalarini tasdiqlash uchun Vazirga kiritish;
Agentlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun markaziy apparatning mansabdor shaxslari va tizimdagi tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;
tizimidagi tashkilotlar faoliyatining samaradorligi va natijadorligini muntazam tanqidiy tahlil qilish, ularning hisobotlarini Agentlik majlislarida eshitish, yakunlari boʻyicha zarur hollarda ularni belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Agentlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlariga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini keyinchalik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun sifatli ishlab chiqishni tashkil etish va Vazirlikka kiritish;
odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilinishini taʼminlash;
Agentlik tarkibiy boʻlinmalari nizomlari, lavozim yoʻriqnomalarini va tizimdagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni hamda Agentlikning boshqa ichki hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Agentlikka tegishli boʻlgan mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish.
Agentlik direktori qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
55. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Agentlikning oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Agentlik faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va Vazirlikning buyruqlari bilan tasdiqlangan tizim tashkilotlarining faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan reja koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Vazirlikning Agentlik faoliyatiga taalluqli buyruqlari, Agentlik buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Agentlik direktoriga takliflar kiritish;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha Agentlik direktoriga takliflar kiritish.
Agentlik direktori oʻrinbosarlari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
7-bob. Agentlik direktori va oʻrinbosarlarining javobgarligi
56. Agentlik direktori:
Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan holatlar boʻyicha;
ushbu Nizomning 54-bandida koʻrsatilgan oʻz vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
57. Agentlik direktori oʻrinbosarlari:
Agentlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgan Agentlikning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 55-bandida koʻrsatilgan oʻz vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
8-bob. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari
58. Agentlik direktori Agentlik faoliyati va unga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoring yuritadi hamda Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda baholab boradi.
59. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Vazir tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va indikatorlariga asoslanadi.
60. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:
Agentlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish.
61. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
9-bob. Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, xodimlar mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
62. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlarni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
63. Agentlik va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga toʻlanadigan ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustamalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.
64. Agentlik xodimlarining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha mehnatiga haq toʻlashda lavozim maoshlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustama haqlar, mukofot, moddiy yordam puli hamda boshqa barcha qoʻshimcha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida Agentlik tashkil etilgan kundan boshlab amalga oshiriladi.
10-bob. Agentlikning Vazirlik oldidagi hisoboti
65. Agentlik rahbariyati tasdiqlangan Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda ishchi indikatorlari ijrosi yuzasidan Vazir huzurida shaxsan hisobot beradi.
66. Vazirlik Agentlikka yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida Agentlik rahbariyati faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi va natijadorligiga xolisona baho beradi.
67. Agentlik faoliyatining monitoringi va baholash natijalariga koʻra Agentlikning alohida namuna koʻrsatgan mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan ularni ragʻbatlantirish yoki ularni jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun javobgarlikka tortish, egallab turgan lavozimidan boʻshatish kabi choralar koʻriladi.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
68. Agentlik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
69. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamentining (keyingi oʻrinlarda — Departament) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, faoliyatini tashkil etish, rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
Departament Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjet mablagʻlari va qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladigan irrigatsiya-melioratsiya loyihalari uchun buyurtmachi funksiyalarini bajaruvchi hududiy “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi davlat muassasasi hisoblanadi.
2. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) buyruqlari va hayʼat qarorlari, ushbu Nizomga, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
3. Departament davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi Yagona gʻazna hisobvaragʻiga ega boʻladi.
4. Departamentning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti;
qisqartirilgan nomi — Suv xoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Departament po realizatsii proyektov vodnogo xozyaystva Ministerstva vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Departament po realizatsii proyektov vodnogo xozyaystva;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Department for the Implementation of Water Resources Projects of the Ministry of Water Resources of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Department for the Implementation of Water Resources Projects.
5. Departamentning joylashgan joyi (pochta manzili): 100213, Toshkent shahri, Bektemir tumani, Rohat koʻchasi 13-uy.
6. Departament hududiy “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etadi, nazorat qiladi va ularga umumiy rahbarlik qiladi.
2-bob. Departament tuzilmasi
7. Departament tarkibiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
“Qoraqalpogʻistonsuvqurilishinvest” davlat muassasasi;
“Andijonsuvqurilishinvest” davlat muassasasi;
“Buxorosuvqurilishinvest” davlat muassasasi;
“Jizzaxsuvqurilishinvest” davlat muassasasi;
“Qashqadaryosuvqurilishinvest” davlat muassasasi;
“Navoiysuvqurilishinvest” davlat muassasasi;
“Namangansuvqurilishinvest” davlat muassasasi;
“Samarqandsuvqurilishinvest” davlat muassasasi;
“Surxondaryosuvqurilishinvest” davlat muassasasi;
“Sirdaryosuvqurilishinvest” davlat muassasasi;
“Toshkentsuvqurilishinvest” davlat muassasasi;
“Fargʻonasuvqurilishinvest” davlat muassasasi;
“Xorazmsuvqurilishinvest” davlat muassasasi;
“Pitnaksuvqurilishinvest” davlat muassasasi.
3-bob. Departamentning asosiy vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga qaratilgan ustuvor investitsiya loyihalarini oshkoralik asosida tanlash, ularning qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
suv xoʻjaligida kapital qurilish loyihalarining manzilli roʻyxatlarining belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qilish;
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va bosh pudrat tashkilotlari tanlov (tender) asosida aniqlanishi hamda tegishli shartnomalar rasmiylashtirilishini tashkil qilish;
kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, shuningdek, buyurtmachi va pudrat tashkilotlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish.
9. Departament oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga qaratilgan ustuvor investitsiya loyihalarini oshkoralik asosida tanlash, ularning qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish sohasida:
suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi, geologiya, yer tuzish va loyiha tashkilotlari mutaxassislari, shuningdek, manfaatdor fermer va klasterlar ishtirokida joyida har bir hududning suv taʼminoti, yerlarning meliorativ holati va boshqa oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan hamda muammolarni tahlil qilgan holda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda shakllantirilgan loyihalarni umumlashtiradi, loyihalarning taqdimotlarini tayyorlash va takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi;
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash boʻyicha shakllantirilgan ustuvor loyihalar roʻyxatining belgilangan tartibda tasdiqlanishini hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda amalga oshirilishini tashkil qiladi;
mamlakatda yaqin istiqbolda suv resurslarini tejovchi texnologiyalar hamda tabiiy ofatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini yumshatish va qishloq xoʻjaligini barqaror suv resurslari bilan taʼminlash maqsadida ustuvor loyiha yechimlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun Vazirlikka tegishli takliflar kiritib boradi;
maqsadli davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarning parametrlarini aniqlashtirish va kelgusida tasdiqlash uchun Vazirlik bilan birgalikda Hukumatga belgilangan tartibda taqdim etadi.
b) suv xoʻjaligida kapital qurilish loyihalarining manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qilish sohasida:
buyurtmachilarning suv xoʻjaligida kapital qurilish loyihalarining manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;
manzilli roʻyxatlarni manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda tasdiqlaydi;
v) suv xoʻjaligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash-tiklash ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi va bosh pudrat tashkilotlari tanlov (tender) asosida aniqlanishini hamda tegishli shartnomalar rasmiylashtirilishini tashkil qilish sohasida:
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha tegishli loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi yuzasidan bosh loyiha tashkilotlarini aniqlaydi, ular bilan shartnomalar oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini nazorat qiladi;
loyiha-smeta hujjatlarining oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil qiladi hamda muammoli masalalarning yechimi boʻyicha buyurtmachi tashkilotlarga amaliy yordam koʻrsatadi;
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish hamda taʼmirlash-tiklash ishlari boʻyicha bosh pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan tender (tanlov) savdolarining oʻz vaqtida oʻtkazilishi hamda tegishli shartnomalar rasmiylashtirilishini va moliyalashtirish ochilishini nazorat qiladi;
g) kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish yuzasidan tizimli monitoring yuritish, shuningdek, buyurtmachi va pudrat tashkilotlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash, loyihalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish sohasida:
“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari hisobotlari, shuningdek, takliflari va murojaatlarini tahlil qilib boradi;
suv xoʻjaligi sohasidagi kapital qurilish loyihalarini amalga oshirishda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi uchun davlat arxitektura-qurilish hamda mualliflik nazoratini olib borish boʻyicha shartnomalar rasmiylashtirilishi va bajarilishi yuzasidan monitoring yuritadi;
davlat arxitektura-qurilish hamda mualliflik nazorati olib borilishida aniqlangan kamchiliklarning buyurtmachilar va bosh pudrat tashkilotlari tomonidan oʻz vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan nazorat olib boradi;
loyihalar doirasida amalga oshirilgan ishlar va barcha koʻrsatkichlar boʻyicha hisobotlarni Vazirlikka va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarga belgilangan tartibda taqdim etib boradi;
qurilishi yakunlangan suv xoʻjaligi obyektlarining belgilangan tartibda foydalanishga topshirilishini tashkil qiladi;
buyurtmachi va pudrat tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi boʻyicha oʻquv kurslari va seminarlar tashkil qiladi.
4-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
10. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz nomidan mulkiy huquqni olish, mol-mulkka egalik qilish majburiyatlarini olish va sudda daʼvogar boʻlish;
suv xoʻjaligi qurilishiga oid masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ishlab chiqishda qatnashish, shuningdek, ular haqida oʻz xulosalarini berish;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallarni tizimdagi tashkilotlar, xoʻjalik birlashmalari hamda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan belgilangan tartibda soʻrab olish;
tegishli dasturlar va konsepsiyalar doirasida amalga oshiriladigan suv xoʻjaligi qurilishi loyihalarini moliyalashtirish maqsadida Vazirlik rejalarini ishlab chiqish boʻyicha oʻz takliflarini kiritish;
suv xoʻjaligi qurilishi sohasidagi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning, nodavlat notijorat tashkilotlari, yetakchi loyiha institutlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning yuqori malakali xodimlarini hamda mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etish;
“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan qurilish loyihalarini bajarishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli choralar koʻrish va masʼullarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralarini qoʻllash.
Departament qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
11. Departament oʻzi tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan loyihalar boʻyicha, shu jumladan ularning natijadorligi hamda sarflangan mablagʻlarning samaradorligi yuzasidan masʼul va javobgar hisoblanadi.
12. Departament oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulk bilan javob beradi.
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departamentga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Departament direktori maqomi, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
14. Departament direktori Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bir nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
Departament direktori boʻlmagan davrda, direktor vazifasini uning oʻrinbosari bajaradi.
15. Departamentning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Departament shtat birliklari hamda xarajatlar smetasini tasdiqlash, zaruratga koʻra shtat birliklarining umumiy cheklangan sonidan chiqmagan holda oʻzgartirish kiritish Vazir tomonidan amalga oshiriladi.
Departament tarkibidagi “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari alohida yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga ega boʻladi.
“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari rahbarlari (direktor, bosh muhandis va direktor oʻrinbosari) Vazirlar Mahkamasining tegishli kotibiyati, Vazirlik, Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, Departament direktori tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
6-bob. Departament direktori va uning oʻrinbosarining asosiy vazifalari
16. Quyidagilar Departament direktorining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Vazirlik qarorlari, buyruqlari va topshiriqlari ijrosi taʼminlanishi hamda monitoringi yuritilishining amaliy tizimini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Departament tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish, amaliyotda sohada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar bilan kurashish, ularni tahlil qilish hamda bartaraf qilish;
Departament faoliyatini rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Departamentning yillik va yarim yillik ish rejalarini tasdiqlash uchun Vazirlikka kiritish;
Departament faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun markaziy apparatning mansabdor shaxslari va hududiy “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;
“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlilini muntazam ravishda oʻtkazish, ularning hisobotlarini Departament majlislarida eshitish, yakunlari boʻyicha zarur hollarda ularni belgilangan tartibda intizomiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
Departament xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini belgilangan tartibda hal qilish, ularning egallab turgan lavozimlariga muvofiqligi masalasini koʻrib chiqish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini keyinchalik qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun sifatli ishlab chiqishni tashkil etish va Vazirlikka kiritish;
odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilinishini taʼminlash;
Departamentning tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlar, lavozim yoʻriqnomalarini va hududiy “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari toʻgʻrisidagi nizomlarni hamda Departamentning boshqa ichki hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Departament va uning tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni taʼminlash;
Departamentga tegishli boʻlgan mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish.
Departament direktori qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
17. Quyidagilar Departament direktori oʻrinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Departamentning oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Departament faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va Vazirlikning buyruqlari bilan tasdiqlangan Departamentning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha konsepsiyalar, kompleks dasturlar va tadbirlarning bajarilishini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan reja koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshirish;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni bajarish, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Vazirlikning Departament faoliyatiga taalluqli buyruqlari, Departament direktori buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Departament direktoriga takliflar kiritish;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha Departament direktoriga takliflar kiritish.
Departament direktori oʻrinbosari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
7-bob. Departament rahbarlarining javobgarligi
18. Departament direktori:
Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 11 va 16-bandida nazarda tutilgan holatlar boʻyicha va koʻrsatilgan oʻz vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
19. Departament direktorining oʻrinbosari:
Departamentning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarida Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 17-bandida nazarda tutilgan Departamentning mutasaddilik qilinadigan masalalarga doir javobgarlik sohalari boʻyicha shaxsan javob beradi.
8-bob. Departament faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
20. Departament direktori Departament faoliyati va unga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoringni olib boradi hamda Departament faoliyati samaradorligi va natijadorligi muntazam ravishda baholab boradi.
21. Departament faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Vazir tomonidan tasdiqlanadigan Departament faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va indikatorlariga asoslanadi.
22. Departament faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:
Departament rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Departament faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish.
23. Departament faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
9-bob. Departament faoliyatini moliyalashtirish, xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi
24. Departament faoliyati va moddiy-texnik taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
25. Departament xodimlariga toʻlanadigan ish haqi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustamalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.
26. Departament xodimlarining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha mehnatiga haq toʻlashda lavozim maoshlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan ustama haqlar, mukofot, moddiy yordam puli hamda boshqa barcha qoʻshimcha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tizim tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida Departament tashkil etilgan kundan boshlab amalga oshiriladi.
10-bob. Departamentning Vazirlik oldidagi hisoboti
27. Departament rahbariyati tasdiqlangan Departament faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda ishchi indikatorlari ijrosi yuzasidan Vazir huzurida shaxsan hisobot beradi.
28. Vazirlik Departamentga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida Departament rahbariyati faoliyatining doimiy monitoringini olib boradi va natijadorligiga xolisona baho beradi.
29. Departament faoliyatining monitoringi va baholash natijalariga koʻra Departamentning alohida namuna koʻrsatgan mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan ularni ragʻbatlantirish yoki ularni jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun javobgarlikka tortish, egallab turgan lavozimidan boʻshatish kabi choralar koʻriladi.
11-bob. Yakunlovchi qoidalar
30. Departament qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining XVI bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining XV bobi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 312 –– 315-moddalari.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va masʼuliyatini belgilaydi.
2. Markaz suv xoʻjaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan xorijiy investitsiyalar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — XMI va XHMT) mablagʻlari hamda budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni amalga oshiradigan, xorijiy kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyiha samaradorligini taʼminlash yuzasidan masʼul vakolatli davlat muassasasi hisoblanadi.
3. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) hisobot beradi.
4. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, loyihalarni amalga oshirish va texnik koʻmaklashishda XMI va XHMT bilan erishilgan investitsiyaviy xalqaro kelishuv va shartnomalarga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shu jumladan, Vazirlik buyruqlari va uning hayʼati qarorlariga amal qiladi.
5. Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida shaxsiy hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi Yagona gʻazna hisobvaragʻiga ega boʻladi.
Markaz tomonidan amalga oshiriladigan har bir loyiha boʻyicha tijorat banklarida alohida hisobvaraqlar (maxsus hisobvaraqlar) ochiladi va loyiha boʻyicha xarajatlar (ish haqi, soliqlar, ijara, korporativ bank kartalarini toʻldirish va boshqalar) ushbu hisobvaraqlardan amalga oshiriladi.
Loyihalar boʻyicha ochilgan maxsus hisobvaraqlardan Markazning boshqa loyihalaridagi qarzdorligi va majburiyatlarini bajarish uchun toʻlovlar amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Markaz oʻz faoliyatini respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
7. Markazning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi;
qisqartirilgan nomi — Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Sentr po realizatsii zarubejnix investitsionnix proyektov v vodnom xozyaystve pri Ministerstve vodnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Sentr po realizatsii zarubejnix investitsionnix proyektov v vodnom xozyaystve;
v) ingliz tilida:
toʻliq nomi — Center for Implementation of Foreign Investment Projects in the Water Sector under the Ministry of Water Resources of the Republic of Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Water Projects Implementation Center.
8. Markazning joylashgan joyi (pochta manzili): 100128, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak koʻchasi, 1a-uy manzilidagi “A” blokning 2 va 3-qavatlari.
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
9. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
suv xoʻjaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan xorijiy investitsiya loyihalarini, shu jumladan, XMI va XHMT mablagʻlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihalari) qisqa va uzoq muddatli dasturlarini shakllantirish;
investitsiya loyihalari manzilli roʻyxatlarining belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qilish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun XMI va XHMT mablagʻlarini jalb qilish va ularni amalga oshirish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha bosh pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish;
loyihalar va subloyihalar amalga oshirilishining tizimli monitoringini yuritish, shuningdek, buyurtmachi va pudrat tashkilotlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash.
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) suv xoʻjaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan xorijiy investitsiya loyihalarini, shu jumladan, XMI va XHMT mablagʻlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining qisqa va uzoq muddatli dasturlarini shakllantirish sohasida:
Vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlar, fermer xoʻjaliklari va klasterlar hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda joylarda tegishli suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini oʻrganadi;
suv xoʻjaligi sohasidagi muammolarni tahlil qiladi va ustuvor investitsiya loyihalari boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
suv xoʻjaligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan investitsiya loyihalarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlarida muhokamasini tashkil qiladi;
ustuvor investitsiya loyihalarining qisqa va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqadi va shakllantiradi, manfaatdor vazirlik va idoralarda ularning taqdimotini qiladi;
b) investitsiya loyihalari manzilli roʻyxatlarining belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qilish sohasida:
investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatlarini Vazirlik bilan birgalikda ishlab chiqilishi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishilishini tashkil qiladi;
investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Vazirlikka taqdim qiladi;
v) investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun XMI va XHMT mablagʻlarini jalb qilish va ularni amalga oshirish sohasida:
Vazirlik va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga XMI va XHMT kreditlari, grantlari va texnik koʻmaklarini jalb qilish yuzasidan tadbirlar oʻtkazadi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishga XMI va XHMT kreditlari, grantlari va texnik koʻmaklarini jalb qilish yuzasidan takliflarni tahlil qiladi hamda Vazirlikka xulosa taqdim etib boradi;
investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanuvini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi vazifasini bajaradi;
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha tegishli loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun texnik topshiriqlar va tender (tanlov) hujjatlarini Vazirlik bilan birgalikda ishlab chiqadi, belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar, tegishli XMI va XHMT bilan kelishadi;
bosh loyiha tashkilotlarini tender (tanlov) asosida aniqlaydi, ular bilan shartnomalarni rasmiylashtiradi;
loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishini nazorat qiladi va belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil qiladi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori loyihasini tayyorlaydi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishadi hamda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
g) investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha bosh pudrat tashkilotlarini belgilangan tartibda aniqlash hamda tegishli shartnomalarni rasmiylashtirish sohasida;
investitsiya loyihalarining bosh pudrat tashkilotlarini aniqlash yuzasidan tender hujjatlari loyihalarining sifatli ishlab chiqilishini hamda tender komissiyasida koʻrib chiqilishini tashkil qiladi;
tender hujjatlari loyihalarining tender komissiyasi yigʻilishlarida shaffof muhokamasini, shuningdek, tender komissiyasi hujjatlarining rasmiylashtirilishi hamda belgilangan tartibda XMI va XHMT bilan kelishilishini tashkil qiladi;
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish yuzasidan tender hujjatlarini belgilangan tartibda vakolatli vazirlik va idoralar bilan kelishadi hamda tenderni belgilangan tartibda oʻtkazadi;
tender gʻoliblari bilan tegishli shartnomalarni rasmiylashtiradi, ularni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazadi va moliyalashtiradi;
d) loyihalar va subloyihalar amalga oshirilishining tizimli monitoringini yuritish, shuningdek, buyurtmachi va pudrat tashkilotlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash sohasida:
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi yuzasidan maʼlumotlarning ochiqligi va oshkoraligini taʼminlaydi hamda batafsil axborotlarni Markaz va Vazirlikning rasmiy veb-saytida doimiy yoritib boradi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi yuzasidan texnik nazoratni taʼminlaydi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha shartnoma asosida davlat arxitektura-qurilish hamda mualliflik nazoratini tashkil qiladi;
davlat arxitektura-qurilish hamda mualliflik nazorati olib borilishida aniqlangan kamchiliklar bosh pudrat tashkilotlari tomonidan oʻz vaqtida bartaraf etilishini nazorat qiladi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida yuzaga keladigan muammolarni belgilangan tartibda bartaraf etish chorasini koʻradi;
investitsiya loyihalari doirasida amalga oshirilgan ishlar va barcha koʻrsatkichlar boʻyicha hisobotlarni Vazirlikka, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarga, shuningdek, XMI va XHMTga belgilangan tartibda taqdim etadi;
xodimlar va pudrat tashkilotlarining qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etishi boʻyicha oʻquv kurslari va seminarlar tashkil qiladi.
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Markazning huquqlari va javobgarligi
11. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz nomidan mulkiy huquqni olish, mol-mulkka egalik qilish majburiyatlarini olish va sudda daʼvogar va javobgar boʻlish;
suv xoʻjaligi qurilishiga oid masalalar boʻyicha qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish, shuningdek, ular haqida oʻz xulosalarini berish;
davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
tegishli dasturlar va konsepsiyalar doirasida amalga oshiriladigan suv xoʻjaligi qurilishi loyihalarini moliyalashtirish yuzasidan Vazirlik rejalarini ishlab chiqish boʻyicha oʻz takliflarini kiritish;
olimlar hamda vazirliklar, idoralar, taʼlim va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini ilmiy va ekspert ishlari, maslahatlar oʻtkazish uchun, suv xoʻjaligi qurilishi sohasining dolzarb masalalarini ishlab chiqish uchun Vazirlik bilan kelishgan holda xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Vazirlik nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga, Tashqi ishlar vazirligiga, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasiga chet el mutaxassislarining kirish va chiqish vizalarini, ularni roʻyxatga qoʻyish boʻyicha hamda investitsiya loyihalari doirasida olib kelingan jihozlar boʻyicha tegishli murojaatnomalarni rasmiylashtirish.
Markaz qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
12. Markaz:
unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish, shuningdek, investitsiya loyihalarini samarali amalga oshirish;
Vazirlikka Markaz tomonidan kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalari, shuningdek, Markaz tomonidan qabul qilinadigan buyruqlarning sifati va pirovard natijalari uchun javobgardir.
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
13. Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
14. Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri (keyingi oʻrinlarda — Vazir) tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar oʻrinbosarga ega boʻladi.
Markaz direktori boʻlmagan davrda, direktor vazifasini uning oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
5-bob. Markaz direktori va uning oʻrinbosarlarining asosiy vazifalari
15. Quyidagilar Markaz direktorining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi va Vazirlik hayʼati qarorlari, buyruqlari va topshiriqlari ijrosi taʼminlanishi hamda monitoringi yuritilishining amaliy tizimini tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Markaz tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish choralarini ishlab chiqish, amaliyotda sohada yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar bilan kurashish, ularni tahlil qilish hamda bartaraf qilish;
Markaz faoliyatini rejalashtirish va uning bajarilishini nazorat qilish;
Markazning yillik va yarim yillik ish rejalarini tasdiqlash uchun Vazirlikka kiritish;
Markaz faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun rahbar-xodimlarning shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrish;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish;
Markaz faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz taʼminlash boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqish va ijrosini nazorat qilish;
oʻz oʻrinbosarlari va Markaz xodimlari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Markaz faoliyatining alohida yoʻnalishlariga rahbarlik qilish uchun oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy masʼuliyati darajasini belgilash;
Markaz faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, Markaz tarkibiy boʻlinmalari va oʻz oʻrinbosarlarining oylik va choraklik ish rejalarini tasdiqlash hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshiriqlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari hamda Vazirlikning hayʼat qarorlari va buyruqlari ijrosini tashkil etish va monitoring yuritishning amaliy tizimini yaratish, shuningdek, Markaz faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Markaz xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tizimli ravishda tashkil etish;
Markazda kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, zarur hollarda xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maqsadida alohida jamgʻarma tashkil etish hamda Markazning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Markaz xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining namunaviy qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqishga doir ishlarni samarali tashkil etish, aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini muntazam ravishda shaxsan qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib sayyor qabullar oʻtkazish;
Markazning odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, ularga rioya qilinishini taʼminlash;
Markazning tarkibiy boʻlinmalari nizomlari, lavozim yoʻriqnomalari va Markazning boshqa ichki hujjatlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Markaz va uning tarkibiy boʻlinmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllarini joriy qilishni taʼminlash;
Markazga tegishli boʻlgan mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
Markaz xodimlarini (direktor oʻrinbosarlaridan tashqari) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish;
Markaz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish, shuningdek, ularning ijrosini belgilangan tartibda nazorat qilish;
xodimlarning belgilangan umumiy shtat birliklar soni doirasida Markaz shtatlar jadvalini tasdiqlash hamda Markaz xarajatlar smetasini belgilangan tartibda tuzish.
Markaz direktori qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
16. Quyidagilar direktor oʻrinbosarlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) Markaz direktorining kredit, grant va texnik koʻmaklarni jalb qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari:
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan reja koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash choralarini koʻradi, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshiradi;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlaydi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
Vazirlikning Markaz faoliyatiga taalluqli buyruqlari, Markaz direktori buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Markaz direktoriga takliflar kiritadi;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilib boradi;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha Markaz direktoriga takliflar kiritadi;
Markaz direktori vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifalarini belgilangan tartibda bajaradi;
ustuvor investitsiya loyihalari aniqlanishini, ularning qisqa va uzoq muddatli dasturlarining ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini taʼminlaydi;
loyihalarni amalga oshirish yuzasidan XMI va XHMT bilan muzokaralar olib boradi hamda ularning kreditlari, grantlari va texnik koʻmaklarini belgilangan tartibda jalb qilishni tashkil qiladi;
Markaz direktori oʻrinbosari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi;
b) Markaz direktorining kredit, grant va texnik koʻmaklar loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari:
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan reja koʻrsatkichlarining soʻzsiz bajarilishini taʼminlash choralarini koʻradi, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaxsiy masʼuliyatini oshiradi;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalarini tasdiqlaydi, ularning bajarilishini nazorat qiladi;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shuningdek, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish choralarini koʻradi;
Vazirlikning Markaz faoliyatiga taalluqli buyruqlari, Markaz direktori buyruqlari va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydi;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Markaz direktoriga takliflar kiritadi;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilib boradi;
oʻzi mutasaddilik qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha Markaz direktoriga takliflar kiritadi;
Markaz direktori vaqtincha boʻlmaganda, uning vazifalarini belgilangan tartibda bajaradi;
investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini tizimli nazorat qiladi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etayotgan pudrat tashkilotlari va konsalting kompaniyalarning loyihalar doirasidagi faoliyatini nazorat qiladi;
investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxatlari belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkil qiladi;
XMI va XHMT talablaridan kelib chiqqan holda loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi mutaxassislarni Vazirlik bilan kelishgan holda ishga qabul qilish boʻyicha Markaz direktoriga taklif kiritadi.
Markaz direktori oʻrinbosari qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa funksional vazifalarni ham amalga oshiradi.
6-bob. Markaz direktori va oʻrinbosarlarining javobgarligi
17. Markaz direktori:
Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan holatlar boʻyicha hamda 15-bandida koʻrsatilgan oʻz vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
18. Markaz direktorining oʻrinbosarlari:
Markazning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalarida Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan Markazning oʻzi mutasaddilik qiladigan masalalariga doir javobgarlik sohalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan oʻz vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradi.
7-bob. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari
19. Markaz direktori Markaz faoliyati va unga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi boʻyicha doimiy monitoringni olib boradi hamda Markaz faoliyati samaradorligi va natijadorligini muntazam ravishda baholab boradi.
20. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash Vazir tomonidan tasdiqlanadigan Markaz faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va indikatorlariga asoslanadi.
21. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi choralar koʻriladi:
Markaz rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Markaz faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish.
22. Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi.
8-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish, xodimlarning mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi
23. Markaz xodimlariga toʻlanadigan ish haqi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan lavozim maoshi va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.
24. Markaz xodimlarining budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha mehnatiga haq toʻlashda mukofot, moddiy yordam puli hamda boshqa barcha qoʻshimcha toʻlovlar Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida amalga oshiriladi.
9-bob. Markazning Vazirlik oldidagi hisoboti
25. Markaz qonunchilik hujjatlarida, XMI va XHMT tomonidan belgilangan shakllar va muddatlarda buxgalteriya, statistika va boshqa hisobotlarni manfaatdor vazirliklar va idoralarga taqdim etadi.
26. Markaz faoliyati boʻyicha choraklik hamda yillik moliyaviy hisobotlar Markazning rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlaydi.
27. Markaz rahbariyati tasdiqlangan Markaz faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari hamda ishchi indikatorlari ijrosi yuzasidan Vazir huzurida shaxsan hisobot beradi.
28. Vazirlik Markazga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishini taʼminlash maqsadida Markaz rahbariyati faoliyatining doimiy monitoringini yuritadi va natijadorligiga xolisona baho beradi.
29. Markaz faoliyatining monitoringi va baholash natijalariga koʻra Markazning alohida namuna koʻrsatgan mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan ularni ragʻbatlantirish yoki jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyganligi uchun javobgarlikka tortish, egallab turgan lavozimidan boʻshatish kabi choralar koʻriladi.
10-bob. Yakunlovchi qoidalar
30. Markaz qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma yuridik shaxs tashkil etmagan holda Vazirlikda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaklida tuziladi.
3. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan Vazirlikning shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamlanadi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish tartibi
4. Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari hisoblanadi:
suvdan foydalanish va suvni isteʼmol qilish qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashdan, shuningdek, suv olish tartibini buzganlik uchun jarimalardan tushgan tushumlarning tegishli qismi;
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tizimiga kiruvchi oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan tashkilotlar sof foydasining oʻz ixtiyorida qoldiriladigan qismidan tuzilgan shartnomalar asosidagi ajratmalari;
Vazirlik tizimidagi suv xoʻjaligi foydalanish tashkilotlarining ular tomonidan suv resurslarini issiqlik elektr energiyasi va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning ehtiyojlari uchun yetkazib berish boʻyicha koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan tushumlardan ajratmalar;
suv xoʻjaligi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha-qidiruv ishlari umumiy qiymatiga qoʻshimcha kiritilgan 10 foizgacha miqdordagi mablagʻlarning 50 foizi;
vaqtincha boʻsh turgan budjetdan tashqari mablagʻlarni tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Oldingi tahrirga qarang.
“Suv xoʻjaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasining mablagʻlari;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 2-iyuldagi 362-sonli qaroriga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish tartibi
5. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagilar uchun foydalaniladi:
a) Vazirlik va uning tizimidagi suv xoʻjaligi tashkilotlari moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, shu jumladan:
texnika va texnologiyalarni, jihozlar, kompyuter dasturlari va aloqa vositalarini xarid qilish;
meʼyor doirasida budjet mablagʻlari yetishmagan holatlarda avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish xarajatlarini qoplash, ehtiyot qismlar va yoqilgʻi-moylash materiallarini sotib olish;
suv xoʻjaligi sohasida oʻquv-namoyish uchastkalarini yaratish va mutaxassislarning malakasini oshirish kurslarini tashkil qilish, oliy taʼlim muassasalari talabalari va professional taʼlim muassasalari oʻquvchilarining oʻquv-tanishish mashgʻulotlarini oʻtkazish;
Vazirlik markaziy apparati binolari va inshootlarini taʼmirlash;
b) suv xoʻjaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, shu jumladan:
qonunchilik hujjatlari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, innovatsion loyihalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni ragʻbatlantirish;
suv resurslarini integrallashgan boshqarish rejalari va ulardan kompleks foydalanishning istiqbolli sxemalarini hamda suv xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
suv xoʻjaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish-tajriba ishlarini moliyalashtirish, ilmiy yutuqlar, innovatsion va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish;
suv xoʻjaligi sohasidagi dolzarb muammolar boʻyicha ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirish maqsadida respublika taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga grantlar ajratish;
konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, treninglar va davra suhbatlarini, shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va suv resurslaridan samarali foydalanishni targʻib qilish ishlarini tashkil etish va oʻtkazish;
broshyuralar, bukletlar, kitoblar, toʻplamlar va boshqa axborot-maʼrifiy materiallarni ishlab chiqish va nashr etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shu jumladan, xodimlarning xorijiy mamlakatlarda va taʼlim muassasalarida tajriba orttirishlarini tashkil etish;
oʻquv va ilmiy-innovatsion faoliyatida namuna koʻrsatgan bakalavr, magistr, tayanch doktorant va doktorantlar uchun Vazirlik stipendiyasini taʼsis etish;
suv xoʻjaligi sohasiga oid xalqaro koʻrgazmalar, tadbirlar, loyihalar va dasturlarda ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyuradigan xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarining tashriflarini oʻtkazish va tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar;
v) Vazirlik markaziy apparati, Vazirlik huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati, Suv xoʻjaligida islohotlar markazi, Suv xoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti, Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi, shuningdek, moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib, Vazirlikning budjetdan moliyalashtiriladigan tizimdagi tashkilotlar xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan, xodimlarni ichki turizmga yuborish bilan bogʻliq xarajatlar;
g) suv xoʻjaligi sohasida kadrlarni tayyorlash boʻyicha kasb-hunar kollejlarida amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish uchun ularni zamonaviy melioratsiya texnikasi va uskunalar hamda ishlab chiqarish bazasi bilan taʼminlash;
d) Vazirlik markaziy apparatining faoliyati uchun joriy xarajatlar shu jumladan, bayram (Yangi yil, Navroʻz, Mustaqillik kuni, Konstitutsiya kuni, kasb bayrami) tadbirlarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar;
e) “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlash xarajatlari;
j) qonunchilik hujjatlarida belgilangan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish.
6. Qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan holatlarda boshqa maqsadlarga Jamgʻarma mablagʻlarini faqat Vazirlar Mahkamasining qarori yoki farmoyishi asosida sarflanishi mumkin.
7. Jamgʻarma mablagʻlari har yili Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida sarflanadi. Daromadlar va xarajatlar smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
8. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi joriy yilda tushishi kutilayotgan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan tadbirlardan kelib chiqib tuziladi.
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish
9. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri tomonidan boshqariladi va taqsimlanadi.
Bunda Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tasdiqlangan hamda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridan sarflanadi.
10. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi kelgusi moliya yilida daromadlar prognozidan va kelib tushgan mablagʻlardan kelib chiqqan holda tuziladi.
Qoʻshimcha mablagʻlar kelib tushganda, daromadlar va xarajatlar smetasiga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritish orqali xarajatlar amalga oshiriladi.
11. Jamgʻarmaning joriy yilda foydalanilmagan mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga olib qoʻyilmaydi va ulardan keyingi yilda mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda foydalaniladi.
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanilishi yuzasidan hisobotlar taqdim etish, nazorat va javobgarlik
12. Jamgʻarma mablagʻlarining hisobi va hisoboti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi va taqdim etiladi.
13. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanish yuzasidan nazorat qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat qilinadi.
6-bob. Yakunlovchi qoida
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tizimidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va budjet tashkilotlari hamda ularning tizimidagi budjet tashkilotlari (“Suvqurilishinvest” davlat muassasalari, taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalaridan tashqari) xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
2. Xodimlarning mehnatiga haq toʻlash, mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish quyidagi mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjet mablagʻlari hisobidan:
lavozim maoshi;
yiliga ikki oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdoridagi mukofotlar;
yiliga bir oylik mehnatga haq toʻlash fondi miqdorida moddiy yordam toʻlovlari;
davlat boshqaruv organlari xizmatchilari uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda lavozim maoshiga ustamalar;
budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi hisobidan ustamalar;
koʻp yillik mehnati uchun 2025-yil 1-yanvardan boshlab har oylik lavozim maoshiga ustamalar (ragʻbatlantirish koeffitsiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):
1 yildan 5 yilgacha — 0,2;
5 yildan 10 yilgacha — 0,3;
10 yildan 20 yilgacha — 0,4;
20 yildan ortiq — 0,6.
respublika hududidan tashqaridagi suv xoʻjaligi obyektlarida faoliyat yuritadigan Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi, Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi, Amu-Buxoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasi, Tuyamoʻyin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi xodimlarining respublika hududidan tashqarida boʻlgan davri uchun 2024-yil 1-iyuldan boshlab lavozim maoshining 40 foizi miqdorida ustamalar toʻlanadi;
Bunda:
xodimlarning yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari tegishli tashkilotlar uchun belgilangan oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi;
Vazirlik huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining koʻp yillik mehnati uchun belgilangan ustamalarni davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlab berish tartibi 2024-yil 31-dekabrga qadar saqlab qolinadi;
b) Vazirlikning Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa budjetdan tashqari manbalar hisobidan:
xodimning koʻp yillik mehnati uchun 2024-yil 31-dekabrga qadar har oylik lavozim maoshiga ustamalar;
bayram kunlari uchun mukofotlar;
xodimlarga xizmat majburiyatlarini tashabbuskorona va vijdonan bajarganligi uchun lavozim maoshlariga ustamalar;
xodimlarning sogʻligini tiklash va ijtimoiy himoya qilish maqsadida moddiy yordam;
yiliga bir marta qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olish uchun moddiy yordam;
alohida toifadagi xodimlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa ustamalar.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan xodimlarni ragʻbatlantirish miqdori va shartlari
3. Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan Vazirlik markaziy apparati, Vazirlik huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi markaziy apparati, Vazirlik huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparati, Suv xoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti markaziy apparati, Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati, Suv xoʻjaligida islohotlar markazi xodimlarini ragʻbatlantirish, mukofotlash hamda moddiy yordam koʻrsatish uchun mablagʻlar moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻiga asosan ajratiladi.
4. Jamgʻarma mablagʻlaridan ushbu Nizomning 3-bandida keltirilgan tashkilotlar xodimlarining koʻp yillik mehnati uchun lavozim maoshiga ustamalar 2024-yil 31-dekabrgacha har oyda shtat jadvaliga muvofiq holda, quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
3 yildan 5 yilgacha — 10 foiz;
5 yildan 10 yilgacha — 20 foiz;
10 yildan 20 yilgacha — 30 foiz;
20 yildan ortiq — 40 foiz.
Bunda Vazirlik huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining koʻp yillik mehnati uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ustama haq toʻlashning amaldagi tartibi 2024-yil 31-dekabrga qadar saqlab qolinadi.
5. Ushbu Nizomning 3-bandida keltirilgan tashkilotlar xodimlari:
1-yanvar — Yangi yil, 8-mart — Xotin-qizlar kuni, 21-mart — Navroʻz bayrami, 9-may — Xotira va qadrlash kuni, 1-sentabr — Mustaqillik kuni, 1-oktabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni, 8-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, diniy bayramlar — Roʻza hayit (Iyd-al-Fitr) va Qurbon hayit (Iyd-al-Adha) hamda kasb bayrami (qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni) munosabati bilan lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) bir baravarigacha miqdorida ragʻbatlantiriladi;
xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan xodimlarga lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 300 foizigacha har oylik ustamalar belgilanadi;
bunda ustamaning aniq miqdori Vazirlik markaziy apparati xodimlari va ushbu Nizomning 3-bandida keltirilgan tashkilotlar rahbarlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri tomonidan, ushbu Nizomning 3-bandida keltirilgan tashkilotlar xodimlariga tegishli tashkilotlar rahbarlari tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri alohida oʻrnak koʻrsatgan ushbu Nizomning 3-bandida keltirilgan tashkilotlar xodimlariga mazkur bandning uchinchi xatboshisida belgilangan miqdordan tashqari lavozim maoshining (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) 100 foizigacha miqdorda ustamalar belgilashi mumkin, bunday xodimlar soni ushbu tashkilotlar umumiy xodimlari sonining 15 foizidan oshmasligi lozim;
xodimlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yoʻl-transport xarajatlari uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha hamda xodimning ovqatlanishi xarajatlariga koʻmaklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha miqdorda toʻlovlar amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlariga zarur hollarda (ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentni hisobga olgan holda) ikki oylik lavozim maoshi miqdorida (Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar, xodimning davolanishi, 50, 55, 60 yubiley yoshi munosabati bilan, shuningdek, pensiyaga chiqqanda, toʻy, dafn marosimi va boshqalar uchun) xodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda moddiy yordam puli beriladi;
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
xodimlariga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sotib olish uchun har yili bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravarigacha miqdorda toʻlov amalga oshiriladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
6. Xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishni moliyalashtirish manbalari va miqdori qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasi, budjetdan tashqari jamgʻarmalar boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
7. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi budjet tashkilotlari
ROʻYXATI

T/r

Tashkilotning nomi

Tashkilot soni

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati

1

2.

Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi

Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi markaziy apparati

1

3.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati

1

“Kattagar — Boʻzatov” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Quanishjarma” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Paxtaarna — Nayman” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Suyenli” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

Orolboʻyi delta boshqarmasi

1

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qoraqalpogʻiston nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

1

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Beruniy nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

1

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya

1

Jami:

9

4.

Norin — Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Norin — Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy apparati

1

“Andijonsoy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Qoradaryo — Maylisoy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Ulugʻnor — Mazgilsoy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Shahrixonsoy” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

Norin — Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

1

Norin — Qoradaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya

1

Jami:

7

5.

Amu — Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Amu — Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy apparati

1

“Amu — Qorakoʻl” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Toshrabot — Jilvon” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Xarxur — Duoba” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Shoxrud — Doʻstlik” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

Amu — Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

1

Amu — Buxoro irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya

1

Jami:

7

6.

Sirdaryo — Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Sirdaryo — Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy apparati

1

“Zomin” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Tuyatortar — Qli” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Uchtom” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

Sirdaryo — Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

1

Sirdaryo — Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya

1

Jami:

6

7.

Amu — Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Amu — Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy apparati

1

“Qarshi magistral kanali” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Oqsuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Eskianhor” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Yakkabogʻ — Gʻuzor” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

Amu — Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

1

Amu — Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya

1

Jami:

7

8.

Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy apparati

1

“Karmana — Konimex” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Toshrabot — Oʻrtachoʻl” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

1

Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya

1

Jami:

5

9.

Norin — Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Norin — Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy apparati

1

“Zardaryo” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Podshoota — Chodak” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

Katta Namangan magistral kanali boshqarmasi

1

Shimoliy Fargʻona magistral kanali boshqarmasi

1

Norin — Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

1

Norin — Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya

1

Jami:

7

10.

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy apparati

1

“Oq — Qoradaryo” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Dargʻom” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Miyonkal — Tos” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Mirza — Pay” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

1

Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya

1

Jami:

7

11.

Amu — Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Amu — Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy apparati

1

“Amu — Zang” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Surxon — Sherobod” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Toʻpolang — Qoratogʻ” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

Amu — Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

1

Amu — Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya

1

Jami:

6

12.

Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy apparati

1

“Boyovut” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Shoʻroʻzak — Sirdaryo” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

1

Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya

1

Jami:

5

13.

Chirchiq — Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Chirchiq — Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy apparati

1

Toshkent magistral kanal boshqarmasi

1

“Ohangaron — Dalvarzin” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Boʻzsuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Parkent — Qorasuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

Chirchiq — Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

1

Chirchiq — Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya

1

Jami:

7

14.

Sirdaryo — Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Sirdaryo — Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy apparati

1

“Isfayram — Shohimardon” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Norin — Fargʻona” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Soʻx — Oqtepa” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

Sirdaryo — Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

1

Sirdaryo — Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya

1

Jami:

6

15.

Chapqirgʻoq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi

Chapqirgʻoq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi markaziy apparati

1

“Polvon — Gʻazovat” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

“Shovot — Qulovat” irrigatsiya tizimi boshqarmasi

1

Chapqirgʻoq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi

1

Chapqirgʻoq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya

1

Jami:

5

16.

“Termiz suv yoʻllari texnik uchastkasi” davlat muassasasi

1

17.

“Cholish suv yoʻllari texnika boʻlimi” davlat muassasasi

1

18.

“Xoʻjayli texnik uchastkasi” davlat muassasasi

1

19.

Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari

14

20.

Suv xoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti

1

21.

Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi

1

22.

Amu — Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi

1

Amu — Buxoro mashina kanali Olot tuman boshqarmasi

1

Amu — Buxoro mashina kanali Qiziltepa tuman boshqarmasi

1

23.

Fargʻona vodiysi kanallaridan foydalanish boshqarmasi

1

24.

Katta Fargʻona magistral kanali boshqarmasi

1

25.

Janubiy Mirzachoʻl magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi

1

26.

Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi

1

27.

Qirgʻoqlarni himoyalash dambalari va oʻzanlarni tartibga solish inshootlari boshqarmasi

1

28.

Amudaryo Chapqirgʻoq himoya dambalar boshqarmasi

1

29.

Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi

1

30.

Jizzax viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi

1

31.

Qashqadaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi

1

32.

Navoiy viloyati suv omborlari va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi

1

33.

Namangan viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi

1

34.

Samarqand viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi

1

35.

Surxondaryo viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi

1

36.

Toshkent viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi

1

37.

Fargʻona viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi

1

38.

Tuyamoʻyin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi

1

39.

Suv xoʻjaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi

1

40.

Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati

1

41.

Suv xoʻjaligida islohotlar markazi

1

42.

Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti

1

Hammasi

128

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga
7a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi Suv xoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti tizimidagi “Suvqurilishinvest” davlat muassasalari
ROʻYXATI

T/r

Tashkilotlar nomi

Boshqaruv xodimlari soni *,

nafar

1.

“Qoraqalpogʻistonsuvqurilishinvest” davlat muassasasi

35

2.

“Andijonsuvqurilishinvest” davlat muassasasi

34

3.

“Buxorosuvqurilishinvest” davlat muassasasi

38

4.

“Jizzaxsuvqurilishinvest” davlat muassasasi

31

5.

“Qashqadaryosuvqurilishinvest” davlat muassasasi

34

6.

“Navoiysuvqurilishinvest” davlat muassasasi

22

7.

“Namangansuvqurilishinvest” davlat muassasasi

33

8.

“Samarqandsuvqurilishinvest” davlat muassasasi

33

9.

“Surxondaryosuvqurilishinvest” davlat muassasasi

28

10.

“Sirdaryosuvqurilishinvest” davlat muassasasi

38

11.

“Toshkentsuvqurilishinvest” davlat muassasasi

30

12.

“Fargʻonasuvqurilishinvest” davlat muassasasi

38

13.

“Pitnaksuvqurilishinvest” davlat muassasasi

12

14.

“Xorazmsuvqurilishinvest” davlat muassasasi

26

Jami:

432

* Boshqaruv xodimlarining cheklangan soniga ajratilgan kapital mablagʻlar hajmiga hamda obyektlar soniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda har yili aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga
8-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi aʼlochisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
2. Koʻkrak nishoni bilan ish tajribasiga va kasbiy malakaga ega boʻlgan, oʻz faoliyatida yuksak natijalarga erishib, fidoyi mehnati bilan sohada ajralib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) markaziy apparati, uning tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va xodimlari, shuningdek, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari xodimlari mukofotlanadi.
3. Koʻkrak nishoni bilan mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham mukofotlanishi mumkin.
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi
4. Koʻkrak nishoni bilan mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar va Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining (keyingi oʻrinlarda — vazir) tegishli oʻrinbosarlarining taqdimnomasiga asosan Vazirning buyrugʻi bilan mukofotlanadi.
5. Mukofotlash toʻgʻrisidagi buyruq Vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
6. Koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi bayram hamda tantanali marosimlar kunlari arafasida vazir (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
7. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladi.
Biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti Vazirlikning Suv xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
8. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
9. Koʻkrak nishoni koʻkrakning chap tomoniga, Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlaridan keyin taqiladi.
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
10. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga
8a-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi aʼlochisi” koʻkrak nishonining
TAVSIFI
“Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi aʼlochisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Koʻkrak nishonining old tomoni markaziga togʻlar orqasidan chiqayotgan quyosh, paxta, bugʻdoy, daraxtlar va suv inshooti tasviri sakkiz burchakli yulduz ichiga joylashtirilgan. Koʻkrak nishonining aylanasi boʻylab zarhal hoshiya bilan oʻralgan moviy rangdagi emal doira ichida “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SUV XOʻJALIGI AʻLOCNISI” soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2,3 millimetr, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida zarhal rangdagi sakkiz qirrali yulduz tasviri tushirilgan.
Koʻkrak nishonining orqa tomonida “SONADAGI KOʻP YILLIK SAMARALI MEHNATLARI UCHUN” yozuvi bitilgan.
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.
Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
Koʻkrak nishonining old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan.
Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 17 millimetrdan iborat. Qadagʻich toʻq moviy rangda. Qadagʻich markazida eni — 20 millimetr, boʻyi 13 millimetr boʻlgan 6 ta yaproq va 5 ta shoxchadan iborat zarhal rangli dafna novdasi joylashgan.
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga
8b-ILOVA
“Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasining
TAVSIFI
“Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) moviy rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq moviy rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI”, ikkinchi satrda “SUV XOʻJALIGI AʼLOCHISI”, uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVOHNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17-kegl) soʻzi yozilgan. Yozuvlar zarhal rangda aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och yashil rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “ -sonli guvohnoma” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzi (15 millimetrli chiziq bilan birga) joylashgan.
“Guvohnoma” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan rahbar yoki xodimning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Matnda “Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__-y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-son buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda markazda “OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI”, ikkinchi satrda “SUV XOʻJALIGI AʼLOCHISI” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 12-kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi.” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda oraligʻi 2 millimetrli bir satrdan iborat matn joylashgan. Matnda “VAZIR” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10-kegl) soʻzlari yozilgan.
“VAZIR” soʻzidan soʻng, imzo uchun 20 millimetrli chiziq chizilgan. Uning tagiga “(imzo)” soʻzi yozilgan. Undan pastda chap tomonda muhr oʻrni uchun “M.Oʻ.” soʻzlari yozilgan.

“Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi aʼlochisi” koʻkrak nishoni

GUVOHNOMASI

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga
9-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi budjet tashkilotlarida xizmat avtotransport vositalarini biriktirish meʼyorlari

Lavozimlar nomi

Xizmat avtotransport vositasining soni

Ish smenasi

Eng yuqori narxi, bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan

Dvigatelning eng yuqori quvvati,

sm3

Shaxsan biriktirilgan

Navbatchi

I. Respublika tashkilotlari: Suv xoʻjaligida loyihalarni amalga oshirish departamenti, Suv xoʻjaligida islohotlar markazi, Markaziy dispetcherlik va suv balansi xizmati, Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti

Rahbar

1

1,5

1000

2 700

Navbatchi

1

1,5

700

1 500

II. Hududiy tashkilotlar: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari, Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari

Rahbar

1

1,5

1000

2 000

Rahbar oʻrinbosarlari*

1

1,5

600

1 800

Navbatchi**

39

1,5

500

1 600

III. Viloyatlararo tashkilotlar: Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi, Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi, Fargʻona vodiysi magistral kanallaridan foydalanish boshqarmasi, Qirgʻoq himoyalovchi dambalar va oʻzan rostlovchi inshootlar boshqarmasi, Janubiy Mirzachoʻl magistral kanali boshqarmasi, Zarafshon magistral tizimidan foydalanish boshqarmasi, Tuyamoʻyin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi, Jizzax bosh nasos stansiyasi boshqarmasi, Amu-Buxoro mashina kanali Olot tumani va Qiziltepa tumani boshqarmalari, Nasos stansiyalari va energetika boshqarmalari

Rahbar

1

1,5

1 000

1 800

Navbatchi**

80

1,5

500

1 500

IV. Tumanlararo tashkilotlar: Irrigatsiya tizimi boshqarmalari, magistral kanallar (tizimlar) boshqarmalari, Orolboʻyi delta va Amudaryo Chapqirgʻoq himoya dambalari boshqarmalari, meliorativ ekspeditsiyalar, Katta Fargʻona magistral kanali boshqarmasi, Navoiy viloyati suv omborlari va yirik gidrotexnik inshootlaridan foydalanish boshqarmalari, Suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari, “Termiz suv yoʻllari texnik uchastkasi” davlat muassasasi, “Xoʻjayli suv yoʻllari texnik uchastkasi” davlat muassasasi va “Cholish suv yoʻllari texnika boʻlimi” davlat muassasasi

Rahbar

1

1,5

800

1 800

Navbatchi**

170

1,5

500

1 500

Izoh.
Yoʻl bosish yillik limiti Vazirlar Mahkamasining “Davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 29-apreldagi 258-son qarori va amaldagi qonunchilik talablari asosida amalga oshiriladi;
Elektrodvigatelga ega boʻlgan avtotransport vositalari (gibrid quvvatli avtotransport vositalari bundan mustasno) uchun yoʻl bosish yillik limiti cheklanmaydi;
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari rahbarlari oʻrinbosarlariga tatbiq etiladi;
** Navbatchi avtotransport vositalarining umumiy cheklangan soni koʻrsatilgan boʻlib, tashkilotlar kesimidagi limit Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga
10-ILOVA
“Termiz suv yoʻllari texnik uchastkasi”, “Xoʻjayli suv yoʻllari texnik uchastkasi” va “Cholish suv yoʻllari texnika boʻlimi” davlat muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash boʻyicha 2024 — 2027-yillarga moʻljallangan
CHORA-TADBIRLAR DASTURI

T/r

Chora-tadbir nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Dastlabki qiymati

Moliyalashtirish manbai

Masʼul ijrochilar

I. Moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha

1.

“Termiz suv yoʻllari texnik uchastkasi” davlat muassasasidagi mavjud dizel zemsnaryadni taʼmirlash (sovitish tizimini qayta jihozlash).

1. Zemsnaryadni taʼmirlash ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2. Taʼmirlash ishlarini bajarish boʻyicha belgilangan tartibda pudrat tashkilotini aniqlash.

3. Taʼmirlash ishlarini tashkil qilish va ishga tushirish.

2024-yil 20-avgust

400 mln soʻm

Surxondaryo viloyati mahalliy budjeti

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2.

“Qarshi magistral kanali” irrigatsiya tizimi boshqarmasi hisobidagi bitta dizel zemsnaryadni “Termiz suv yoʻllari texnik uchastkasi” davlat muassasasi balansiga oʻtkazish.

1. Zemsnaryadni koʻchirish (demontaj qilish, koʻchirish va montaj qilish) ishlari uchun talab etiladigan mablagʻ miqdori va moliyalashtirish manbaini aniqlash.

2. Zemsnaryadni demontaj qilish, koʻchirish va montaj qilish.

3. Zemsnaryadni belgilangan tartibda topshirish va qabul qilish ishlarini yakunlash.

2024-yil 20-avgust

600 mln soʻm

Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

3.

“Termiz suv yoʻllari texnik uchastkasi”, “Amudaryo suv yoʻllari Xoʻjayli texnik uchastkasi” va “Cholish suv yoʻllari texnika boʻlimi” davlat muassasalarini texnik flot kemalari, yordamchi kemalar va mexanizmlar bilan jihozlash.

1. Muassasalarni qoʻshimcha ravishda mashina va mexanizmlar bilan jihozlash boʻyicha ehtiyojni aniqlash.

2024-yil noyabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Texnik topshiriqlar va tender hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish.

2024 — 2026-yillar

3. Ekspertizaning ijobiy xulosasi va texnik topshiriq shartlari asosida tender savdolarini oʻtkazish va gʻolib tashkilotlar bilan shartnomalarni rasmiylashtirish.

2024 — 2027-yillar

4. Mashina va mexanizmlarni xarid qilish uchun moliyalashtirishni ochish va xarid qilish.

2024 — 2027-yillar

4.

“Amudaryo suv yoʻllari Xoʻjayli texnik uchastkasi” va “Cholish suv yoʻllari texnika boʻlimi” davlat muassasalarining texnik flot va yordamchi kemalarini taʼmirlash.

1. Texnik flot va yordamchi kemalarni xatlovdan oʻtkazish hamda nuqson dalolatnomalarini rasmiylashtirish.

2024-yil sentabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Taʼmirlash-tiklash ishlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

3. Taʼmirlash-tiklash boʻyicha tender savdolarini oʻtkazish va shartnomalarni rasmiylashtirish.

2025-2026-yillar

4. Shartnomaga muvofiq taʼmirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish.

2025 — 2027-yillar

5.

Amudaryoda bahor mavsumidagi sel-toshqin davrida texnik flot kemalarining xavfsizligini taʼminlash uchun alohida saqlash joyini tanlash.

1. “Suv yoʻllari texnik uchastkasi” davlat muassasalari uchun alohida kemalarni saqlash joyini aniqlash.

2024-yil noyabr

Mablagʻ talab etilmaydi

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

Surxondaryo viloyati hokimligi,

Xorazm viloyati hokimligi,

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari

2. Aniqlangan saqlash joyini vakolatli idoralar bilan kelishish va doimiy foydalanish huquqini berish.

2025-yil yanvar

3. Belgilangan tartibda ajratilgan hududga muassasalarning texnik flot kemalarini joylashtirish.

2025-yil fevral-mart

6.

Amudaryodan kafolatli suv olinishini taʼminlash maqsadida Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash:

a) texnika va mexanizmlar xarid qilish:

5 ta (3 ta elektr toki va 2 ta dizel yoqilgʻisi bilan ishlaydigan) zemsnaryad;

1 ta bugʻ bilan ishlaydigan qayiq (teploxod) va 1 ta BMK rusumli qayiq;

4 ta buldozer;

1 ta avtokran va 2 ta yoʻltanlamas avtomashina;

b) zemsnaryadlarni elektr bilan taʼminlash va suv olinishini yaxshilash:

10,0 km uzunlikdagi elektr liniyasini rekonstruksiya qilish;

2,5 km uzunlikda suv olish kanalini (vodozabor) qurish.

1. Texnik topshiriqlar, tender va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

2024-yil dekabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Respublika va mahalliy budjet mablagʻlari,

xorijiy grantlar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Energetika vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Texnik topshiriqlar, tender va loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil fevral

3. Ekspertizaning ijobiy xulosasi va texnik topshiriq shartlari asosida tender savdolarini oʻtkazish va gʻolib tashkilotlar bilan shartnomalar rasmiylashtirish.

2025-yil aprel

4. Mashina va mexanizmlarni xarid qilish uchun moliyalashtirishni ochish va xarid qilish.

2025-yil may

5. Elektr liniyasini rekonstruksiya qilish va suv olish kanalini qurish ishlarini amalga oshirish.

2025-yil may — dekabr

7.

Suv yoʻllari texnik uchastkasi davlat muassasalariga oʻz faoliyatini amalga oshirish davrida qazib chiqarilgan qurilish materiallarini (qum, shagʻal) yuridik va jismoniy shaxslarga realizatsiya qilishdan olinadigan foydaning bir qismini yoʻnaltirish.

Suv yoʻllari texnik uchastkasi davlat muassasalariga oʻz faoliyatini amalga oshirish davrida qazib chiqarilgan qurilish materiallarini (qum, shagʻal) yuridik va jismoniy shaxslarga realizatsiya qilishdan olingan foydani Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarorida belgilangan tartibga muvofiq davlat muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash va ishchi-xodimlarni ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltirish.

Doimiy

Mablagʻ talab etilmaydi

Suv xoʻjaligi vazirligi

II. Amudaryoning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan oʻtgan uchastkalarida oʻzanni toʻgʻrilash, chuqurlashtirish va tozalash ishlarini bajarish hamda gabarit oʻlchamlarining saqlanishini taʼminlash boʻyicha

8.

“Amudaryo oʻzanining oqimi oʻzgarib ketgan 32 km qismini qayta tiklash (prorez)” obyekti boʻyicha qurilish ishlarini amalga oshirish.

1. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish.

2025-yil dekabr

Hisob-kitoblarga koʻra

Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratilgan mablagʻlar

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2. Loyiha-smeta hujjatlari asosida obyektda qurilish-taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish.

2026-2027-yillar

3. Qurilish ishlarini tashkil etish va belgilangan tartibda foydalanishga topshirish.

2026-2027-yillar

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga
11-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-martdagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasi Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili faoliyati toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. OQXJning Orol dengizi havzasi loyihalarini amalga oshirish agentligi va OQXJ ijroiya qoʻmitasining Nukus filiali xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, ularni mukofotlash va ularga moddiy yordam koʻrsatish quyidagicha amalga oshiriladi:
a) Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoshini belgilashda 2024-yil 1-iyuldan boshlab, OQXJning Orol dengizi havzasi loyihalarini amalga oshirish agentligi xodimlari uchun — 4 baravar, OQXJ ijroiya qoʻmitasining Nukus filiali xodimlari uchun — 3 baravar oshirilgan koeffitsiyentlar qoʻllaniladi;
b) davlat tashkilotlarida koʻp yillik mehnati uchun ragʻbatlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga quyidagi hajmlarda har oyda ustama toʻlanadi:
1 yildan 5 yilgacha — 0,2;
5 yildan 10 yilgacha — 0,3;
10 yildan 20 yilgacha — 0,4;
20 yildan ortiq — 0,6;
v) bayramlar munosabati bilan yiliga ikki oylik lavozim maoshi miqdorida va har chorak yakuni bilan bir oylik lavozim maoshi miqdorida mukofot pullari hamda yiliga bir oylik lavozim maoshi miqdorida moddiy yordam toʻlanadi;
g) budjet tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash fondining qonunchilikda belgilangan miqdorda moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi qoʻllaniladi;
d) ilmiy darajaga ega xodimlarga 2025-yil 1-yanvardan boshlab, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-dekabrdagi 1030-son qarori bilan tasdiqlangan Ilm-fan va taʼlim sohasidagi davlat tashkilotlarida ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi ilmiy darajaga ega xodimlarga qoʻshimcha haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablari tatbiq etiladi.
OQXJning Orol dengizi havzasi loyihalarini amalga oshirish agentligi va OQXJ ijroiya qoʻmitasining Nukus filiali xodimlarining mehnatiga haq toʻlash bilan bogʻliq barcha xarajatlari va saqlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining badali (ulushi) sifatida har yili Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan oʻtkazib beriladigan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-iyundagi 317-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning shoʻrini yuvish ishlarini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 8-apreldagi 190-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi, 2-bandning “a” kichik bandi ikkinchi va oltinchi xatboshilaridagi hamda “v” kichik bandidagi tegishli kelishikdagi “suv isteʼmolchilari uyushmalari” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “suv isteʼmolchilari uyushmalarining” soʻzlari “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Suv isteʼmolchilarining suv olish limitlari xalq deputatlari tuman Kengashlari qarorlari bilan belgilangan tartibda tasdiqlanadi va ularga xizmat koʻrsatadigan tegishli foydalanuvchi tashkilotlar (“Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari) tomonidan suv isteʼmolchilariga yetkaziladi”;
6, 9 va 14-bandlardagi, 15-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi, 17-banddagi va 1-ilovadagi tegishli kelishikdagi “suv isteʼmolchilari uyushmalari” soʻzlari tegishli kelishikdagi “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-fevraldagi 79-son qarorida:
a) 1-ilovaning 11-bandi ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri” soʻzlari “Vazirlik huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-ilovaning izohi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“*** Maxsus texnikalar xarid qilish uchun ajratilgan mablagʻlarning iqtisod qilingan qismi hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan qoʻshimcha maxsus texnikalar xarid qilinadi hamda ular Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻiga muvofiq taqsimlanadi”.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 645-son qaroriga
12-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatiga doir ayrim qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2021-yil 17-sentabrdagi 573-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-martdagi 158-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.03.2025-y., 09/25/158/0235-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 7-iyuldagi 372-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2022-yil 18-iyuldagi 388-son qaroriga 1-ilova 2-bandining“b” kichik bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Yaratilgan yangi ish oʻrinlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 21-dekabrdagi 717-son qaroriga 2-ilovaning 23-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2023-yil 27-sentabrdagi 500-son qaroriga 3-ilova hamda 5-ilovaning 20-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 9-fevraldagi 79-son qaroriga 5-ilovaning 3-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/645/0795-son; 13.03.2025-y., 09/25/158/0235-son; 11.06.2025-y., 09/25/352/0502-son; 19.11.2025-y., 09/25/732/1062-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son; 23.06.2026-y., 09/26/317/0617-son; 15.07.2026-y., 09/26/362/0737-son)