1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bojxona tartib-taomillari yanada takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga bojxona tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash bilan bogʻliq ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
milliy avtotashuvchilar tomonidan import tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish uchun talab etiladigan litsenziya kartochkasini taqdim etish amaliyotini bekor qilish;
karantin ostidagi mahsulotlarni respublika hududiga olib kirishda nazorat tartib-taomillarini kuchaytirilgan tarzda amalga oshirish;
bojxona organiga taqdim etiladigan hisob-fakturada (invoysda) koʻrsatilishi lozim boʻlgan minimal maʼlumotlar roʻyxatini tasdiqlash;
davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni boshqarish boʻyicha vakolatli organni “Bojxona-servis” davlat muassasasi etib belgilash.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-oktabr,
630-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“Olib qoʻyilgan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan buyumlar, shuningdek, tarkibida qimmatbaho metallar boʻlgan materiallar vakolatli organning mansabdor shaxsi tomonidan asillik darajasini tekshirish uchun ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarga yuboriladi. Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik va boshqa buyumlardagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻa izlarining haqiqiyligini aniqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasi) texnik ekspertizadan oʻtkazishga yuboriladi. Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan texnik ekspertiza uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda asillik darajasi toʻlovi undiriladi. Zarur hollarda, Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasi qimmatbaho metallardan yasalgan tamgʻa bosilishi lozim boʻlgan zargarlik va boshqa buyumlarni Oʻzbekiston Respublikasi davlat asillik darajasi tamgʻasi bilan oʻn kun muddatda asillik darajasi toʻlovini undirmasdan tamgʻalaydi”;
7-bandning birinchi xatboshisidagi “Sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari” soʻzlari “Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Mol-mulkni baholovchi tashkilot tomonidan baholash kunida amalda boʻlgan narxlar boʻyicha ichki bozorda talab va taklif konyunkturasining mavjud maʼlumotlari asosida baholanadi. Bunda manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Bojxona qonunchiligi buzilganligi munosabati bilan olib qoʻyilgan avtomototransport vositasini baholashda uning qiymati bojxona qiymatidan kelib chiqib, biroq “Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida bojxona chegarasi orqali oʻtganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlaridan kam boʻlmagan qiymatdan kelib chiqib belgilanadi”;
“13. Quyidagilar ekspertiza xulosasiga koʻra majburiy tarzda yoʻq qilib tashlanishi kerak:
a) isteʼmol, foydalanish va qayta ishlash uchun yaroqsiz deb topilgan:
etil spirti (oziq-ovqat spirti), alkogolli mahsulotlar va pivo;
tamaki mahsulotlari;
oziq-ovqatga biologik aktiv qoʻshimchalar, oziq-ovqat qoʻshimchalari;
oziq-ovqat tovarlari;
b) sifatsiz, qalbakilashtirilgan, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtkazilgan dori vositalarining gʻayriqonuniy nusxalari.
Majburiy sertifikatlanishi kerak boʻlgan, sertifikatlash organining xulosasi bilan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar talablariga muvofiq emas deb eʼtirof etilgan mahsulotlar (ekspertiza xulosasiga koʻra foydalanish va qayta ishlash uchun yaroqli deb topilgan holatlar bundan mustasno) majburiy tarzda yoʻq qilib tashlanishi kerak.
Asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining kontrafakt nusxalari, ularning huquq egasining iltimosi boʻyicha ularga berilgan hollar bundan mustasno, shuningdek, kontrafakt asarlar va turdosh huquqlar obyektlarini tayyorlash va takrorlash uchun foydalaniladigan asbob-uskunalar majburiy tarzda yoʻq qilib tashlanishi kerak.
Ekspertiza xulosasiga koʻra bevosita isteʼmol uchun yaroqsiz boʻlgan hamda ishlab chiqarishda va ikkilamchi qayta ishlashda foydalanish uchun yaroqli deb eʼtirof etilgan tovarlar keyinchalik qayta ishlash yoki foydalanish uchun toʻlov evaziga tegishli korxonalarga beriladi.
20 va undan koʻp yil foydalanilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organlari tomonidan foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan avtomototransport vositalari haq toʻlash evaziga utilizatsiya tashkilotlariga yoki ikkilamchi xomashyoni qayta ishlash tashkilotlariga (metall parchalari narxida) topshiriladi. Bir vaqtning oʻzida ushbu avtomototransport vositalarining davlat roʻyxatiga olingan raqam belgilari va roʻyxatga olingani toʻgʻrisidagi guvohnomalarini belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yoʻl harakati xavfsizligi davlat xizmati organlariga topshirish haqida qaror qabul qilinadi”;
“Davlat ijrochisi tasarrufiga oʻtadigan qimmatbaho metallar va toshlarning roʻyxatini tuzishda, qimmatbaho metallar va toshlarni davlat ijrochisiga topshirish sanasida ularning qiymati qayta baholanadi. Qayta baholash Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishgan holda, Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan shkala boʻyicha ichki bozorda olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkazilgan qimmatbaho metallar va toshlar qiymati hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Qayta baholash davlat ijrochilari, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorat inspeksiyasi, soliq, iqtisodiyot va moliya organlari vakillarining majburiy ishtirokida qimmatbaho buyumlar qiymatini qayta baholash dalolatnomasini tuzgan holda oʻn kun muddatda amalga oshiriladi. Davlat ijrochisi qayta baholangan qiymatdan qimmatbaho metallar va toshlarni sotish yuzasidan shartnomalar tuzish uchun foydalanadi”;
birinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulkni buyurtma asosida “Bojxona-servis” DM tomonidan “E-auksion shop” elektron savdo platformasi orqali sotishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi buyrugʻi bilan bojxona organlari tomonidan aniqlanib, davlat daromadiga oʻtkazilgan tovar-moddiy boyliklar (dori-darmon bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining asoslantirilgan soʻrovlariga asosan tibbiy-ijtimoiy muassasalarga begʻaraz berilishi mumkin. Bunda davlat daromadiga oʻtkazilgan tibbiy buyumlar ekspertiza xulosasi asosida yaroqli deb topilgan taqdirda berilishi mumkin”;
19-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Savdo tashkilotlari va “Bojxona-servis” DMga” soʻzlari “Savdo tashkilotlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bojxona-servis” DM sotilgan mol-mulk qiymati boʻyicha soliq toʻlovchidan tegishli soliq summasini hisoblab chiqarishi, ushlab qolishi va davlat budjetiga oʻtkazishi (toʻlashi) shart”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mol-mulk “E-auksion shop” elektron savdo doʻkoniga joylashtirilganda, savdo obyekti dastlabki savdo oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnoma joylashtirilgan vaqtdan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan taqdirda, savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DM Byuro bilan kelishgan holda savdo obyektining boshlangʻich narxini bosqichma-bosqich, lekin boshlangʻich narxining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorgacha pasaytirgan holda takroriy savdolarni tashkil etishi mumkin”;
39-bandning uchinchi xatboshisidagi “Sanitariya-epidemiologiya xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi vakillari va” soʻzlari “Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi vakillari va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi vakillari hamda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44-bandning ikkinchi xatboshisidagi “moliya organining vakili majburiy tartibda qatnashgan holda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining” soʻzlari tegishlicha “iqtisodiyot va moliya organining vakili majburiy tartibda qatnashgan holda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“48. Mol-mulkni yoʻq qilib tashlash tartib-qoidasi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan kelishilgan usullarda va joylarda amalga oshiriladi”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“E-auksion shop” elektron savdo doʻkoni orqali sotilgan mol-mulk savdo gʻolibi tomonidan qabul qilib olinganidan soʻng mablagʻlar savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DM hisobvaragʻiga (operator xizmat haqi chegirilgan holda) 1 ish kunidan kechikmay oʻtkaziladi”;
ikkinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin hamda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mol-mulkni sotishdan tushgan summani oʻtkazish muddati kechikkan taqdirda, savdo tashkiloti yoki “Bojxona-servis” DM kechikkan har bir kun uchun toʻlanadigan summaning 0,5 foizi miqdorida Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasiga penya toʻlaydi;
“53. Mol-mulkni sotishdan olingan pul mablagʻlarini oʻtkazish uchun Tuman (shahar) byurosining tegishli boʻlimlari tomonidan bankda maxsus hisob raqami ochiladi.
Koʻrsatib oʻtilgan maxsus hisob raqamiga, shuningdek pul mablagʻlarini olib qoʻygan organning talab qilib olinadigan maxsus depozit hisobvaraqlarida turgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan pul mablagʻlari oʻtkaziladi. Bunda talab qilib olinadigan maxsus depozit hisob raqamlarida turgan xorijiy valyutadagi pul mablagʻlari pul mablagʻlarini olib qoʻygan organning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga xizmat koʻrsatadigan tijorat bankiga sotish kunidagi kurs boʻyicha sotiladi, keyinchalik milliy valyutaga konvertatsiya qilingan pul mablagʻlari Tuman (shahar) byurosining tegishli boʻlimlari maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Mol-mulkni sotishga oid ijro hujjatlari boʻyicha kelib tushgan mablagʻlar Toshkent shahrida 30 foiz, qolgan hududlarda 50 foiz miqdorda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash uchun ochilgan hisobvaragʻiga oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.
Tuman (shahar) byurosining tegishli boʻlimlari hisob raqamiga tushgan pul mablagʻlari uch bank kuni mobaynida quyidagi tartibda:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlar va boyliklar boʻyicha:
76 foizi — tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalarga;
16 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organning maxsus hisob raqamiga;
8 foizi — Byuroni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
2) Oʻzbekiston Respublikasining chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilishi natijasida bojxona organlari va chegarachilar tomonidan olib qoʻyilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar (bojxona organlari tomonidan olib qoʻyilgan mol-mulklarning “Bojxona-servis” davlat muassasasining hisobvaragʻiga oʻtkaziladigan 15 foiz chegirmani ayirgandan soʻng qolgan summa) boʻyicha:
42 foizi — tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalarga;
50 foizi — budjetdan tashqari yagona Ijtimoiy rivojlantirish va tovarlarning chegara orqali qonuniy olib oʻtilishini taʼminlovchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga;
8 foizi — Byuroni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
3) Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar boʻyicha;
82 foizi — tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalarga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarining maxsus hisob raqamiga;
8 foizi — Byuroni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan tovarlar va boshqa boyliklar boʻyicha:
82 foizi — tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalarga;
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlarining maxsus hisob raqamiga;
8 foizi — Byuroni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining organlari tomonidan olib qoʻyilgan va qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan ov va baliq ovlash qurollari, shuningdek, noqonuniy ov mahsulotlari boʻyicha:
52 foizi — tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalarga;
40 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining tegishli shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
8 foizi — Byuroni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
6) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan boshqa tovarlar va boyliklar boʻyicha:
84 foizi — tegishli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha hududiy maqsadli jamgʻarmalarga;
8 foizi — mol-mulkni davlat daromadiga olib qoʻygan organning maxsus hisob raqamiga;
8 foizi — Byuroni rivojlantirish jamgʻarmasiga taqsimlanadi”;
55-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Sudlar va adliya organlarini” soʻzlari “Byuroni” soʻzi bilan almashtirilsin;
“Mol-mulkni yoʻq qilib tashlash hamda egasiga qaytarilgan yoki tegishli tashkilotlarga tekin berilgan mol-mulkni saqlash, ekspertizadan oʻtkazish va baholash, transport xarajatlari va ushbu mol-mulklarni davlat daromadiga oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar boshqa davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan tushgan mablagʻlar hisobidan ular mazkur Nizomning 53-bandiga muvofiq taqsimlangunga qadar qoplanadi”;
62-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat soliq qoʻmitasi va Adliya vazirligi tomonidan Moliya vazirligi” soʻzlari “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi va Byuro tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“64. Har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunigacha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga, boshqa ekspertiza organlari esa — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga davlat daromadiga oʻtkaziladigan yoki yoʻq qilib tashlanadigan, isteʼmolga, foydalanishga yoxud qayta ishlashga yaroqliligini yoki yaroqsizligini aniqlash boʻyicha ekspertiza xulosalari berilgan mol-mulkning (turlari boʻyicha) hajmlari va qiymati toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar”;
67-band “Ushbu Nizomning” soʻzlaridan keyin “talablari” soʻzi bilan toʻldirilsin;
2 va 4-ilovalar matnidagi “Sudlar va adliya organlarini” soʻzlari “Majburiy ijro byurosini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-banddagi “Sanitariya-epidemiologiya xizmati organi” soʻzlari “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 742-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“davlat bojxona xizmatining hududiy organi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari;
davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi;
tovar — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qogʻozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk obyektlari hamda transport vositasi (tovarlarni va yoʻlovchilarni tashuvchi transport vositasi, shu jumladan konteynerlar va boshqa transport uskunalari bundan mustasno)”;
“5. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga topshirilayotganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi bojxona organida saqlanadi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi vakolatli shaxsga beriladi”;
6 va 7-bandlar “yozma” soʻzidan keyin “yoki elektron shaklda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
“11. Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarning vaqtincha saqlaydi hamda sotadi (qimmatli qogʻozlar bundan mustasno).
Bunda qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar:
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasida texnik ekspertizadan oʻtkaziladi;
texnik ekspertizadan oʻtkazilganligi uchun asillik darajasi toʻlovi undirilmaydi.
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan qimmatli qogʻozlar Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga vaqtincha saqlash uchun topshiriladi va qimmatli qogʻozlar boʻyicha huquqlar qonunchilikda belgilangan boshqa vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ tomonidan:
tez buziladigan va past qiymatli tovarlar toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish;
boshqa tovarlar toʻgʻridan-toʻgʻri yoki “E-auksion shop” elektron savdo doʻkoni orqali sotiladi”;
“13. Davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organning tegishli daromadlar boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobraqamiga oʻtkaziladi. Koʻrsatib oʻtilgan mablagʻlar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
50 foizi — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetiga oʻtkaziladi;
50 foizi — Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organning rivojlantirish jamgʻarmasi hisobraqamiga oʻtkaziladi va davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni baholash, saqlash va realizatsiya qilish hamda davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organning tasarruf etish va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga yoʻnaltiriladi”;
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish va realizatsiya qilish
SXEMASI
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Vakolatli shaxs
Tovarlarning elektron deklaratsiyasi hamda taqdim etiladigan hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi va axborot tizimlari orqali bojxona organlariga yuboradi.
Tadbirkorlik subyektining xohishiga koʻra
2-bosqich
Bojxona organlarining axborot tizimi
1. Tovarlarning elektron deklaratsiyasi dastlabki format-mantiqiy nazoratdan oʻtkaziladi va tekshiruvlarning ijodiy natijasiga koʻra unga avtomatlashtirilgan tarzda tartib raqami berib, roʻyxatdan oʻtkaziladi.
2. Format-mantiqiy nazoratdan ijobiy oʻtmagan tovarlarning elektron deklaratsiyasi, xabarnomada sabablari koʻrsatilgan holda deklaratsiyalovchi shaxsga qaytarib yuboriladi.
3. Roʻyxatdan oʻtgan tovarlarning elektron deklaratsiyasi bojxona organlarining axborot tizimi orqali bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona xodimlari oʻrtasida avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlanadi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Davlat bojxona xizmatining hududiy organi xodimlari
Vakolatli shaxs tomonidan tovarlar bojxona organiga topshirilayotganda ikki nusxada dalolatnoma tuzadi.
Tovar bojxona organiga topshirilayotganda
Tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini elektron shaklda amalga oshiradi.
Uch ish kunida
4-bosqich
Davlat bojxona xizmatining hududiy organi xodimlari
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlar boʻyicha bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgandan soʻng, ushbu tovarlar boʻyicha tegishli barcha ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olib, bir ish kuni mobaynida oʻzi joylashgan hududdagi davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboradi.
Bir ish kunida
5-bosqich
Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ
Xabarnomani olgan kuni davlat bojxona xizmatining hududiy organi bilan kelishilgan holda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarni topshirish va qabul qilish joyini belgilaydi.
Bir ish kunida
6-bosqich
Davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organ
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qabul qilinganidan keyin ularni mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq vaqtincha saqlaydi va realizatsiya qiladi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tovarlarni bojxonada elektron shaklda deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qarorida:
a) nomi va muqaddimadan “elektron shaklda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Tovarlarni deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Respublikaga olib kiriladigan tovar toʻgʻrisidagi hisobvaraq-faktura (invoys)da koʻrsatiladigan minimal maʼlumotlar roʻyxati 1a-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
v) 1-ilova quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
“111. “Eksport” va “Erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimida olib oʻtiladigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda:
bojxona yuk deklaratsiyasi hamda tovarning kuzatuv hujjatlari, oʻrov varagʻi bundan mustasno;
tovarlarning kelib chiqishi sertifikati (manfaatdor shaxsning xohishi boʻyicha va uning zarurligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda) taqdim etiladi”;
g) quyidagi mazmundagi 1a-ilova* bilan toʻldirilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 605-son qaroriga
1a-ILOVA
Respublikaga olib kiriladigan tovar toʻgʻrisidagi hisobvaraq-faktura (invoys)da koʻrsatiladigan minimal maʼlumotlar
ROʻYXATI
1. Sotuvchi tashkilot toʻgʻrisida maʼlumot (nomi, yuridik manzili, STIR raqami);
2. Sotib oluvchi tashkilot toʻgʻrisida maʼlumot (nomi, yuridik manzili, STIR raqami va telefon raqami);
3. TIF TN kodi (kamida 6 raqamli);
4. Tovarning kelib chiqish mamlakati;
5. Tovar nomi (savdo, tijorat yoki boshqa anʼanaviy nomi), belgilari, markalari (mavjud boʻlmagan hollar bundan mustasno), brendlari, modellari, artikullari, navlari, standartlari va boshqa texnik va tijorat tavsiflari, shuningdek, tovarning TIF TN boʻyicha miqdoriy va sifat tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
6. Tovarning faktura qiymati;
7. Vazni (brutto)/kg;
8. Vazni (netto)/kg;
9. Umumiy oʻrinlar soni;
10. Qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori;
11. Yetkazib berish sharti (Inkoterms — 2010);
12. Tashqi savdo shartnomasi raqami va sanasi.
*1a-ilova 2025-yil 7-yanvardan kuchga kiradi”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“17. Oʻtkazish punkti orqali olib oʻtilayotgan barcha meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari bojxona organlari tomonidan bojxona nazoratidan, shuningdek, fitosanitariya va veterinariya nazorati ostidagi tovarlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazoratdan oʻtkaziladi”;
123-band quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻtkazish punkti orqali olib oʻtilayotgan fitosanitariya va veterinariya nazorati ostidagi tovarlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazoratdan oʻtkazish”;
7-bob quyidagi mazmundagi 6-paragraf bilan toʻldirilsin:
“6-§. Kirish punktida tovar va transport vositalariga nisbatan kuchaytirilgan nazorat tartib-taomillari
1311. Chegara oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya davlat nazorati organlarining nazorat obyektlarini respublika hududiga olib kirishda quyidagi xavflar mavjud boʻlganda, tegishli nazorat tartib-taomillari kuchaytirilgan tarzda amalga oshiriladi:
odamlar va hayvonlar hayoti hamda salomatligini himoya qilish, hayvonlar kasalliklari qoʻzgʻatuvchilarining tashuvchilari boʻlishi mumkin boʻlgan predmetlar va tovarlar;
oʻta xavfli va boshqa yuqumli kasalliklar bor deb gumon qilingan bemorlar;
karantin ostidagi mahsulotlarning fitosanitar xavfi yuqori boʻlganda.
1312. Davlat nazorati organlari tomonidan nazorat tartib-taomillari amalga oshirish harakatlarining ketma-ketligi oʻzaro tasdiqlangan texnologik sxema asosida taʼminlanadi.
Nazorat tartib-taomillarini amalga oshirish jarayonida vakolatli davlat organlari maxsus bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
1313. Chegara oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya davlat nazorati organlarining nazorat obyektlarini respublika hududiga olib kirishda nazorat tartib-taomillari kuchaytirilgan tarzda oʻtkazilishi yoki uning bekor boʻlishi toʻgʻrisidagi davlat nazorati organlarining tegishli xulosasi yoki qarori asosida xavflarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali eʼlon qilinadi.
1314. Oʻtkazish punkti orqali olib oʻtilayotgan barcha transport vositalari va tovarlar xavf darajasidan kelib chiqib nazorat tartib-taomillari oʻtkaziladi. Bunday nazorat tartib-taomillari oʻtkazilayotganligi haqida vakolatli shaxs yoki transport vositasi haydovchisi (havo, daryo kemasi ekipaji, poyezd brigadasining aʼzosi) xabardor etiladi.
Oʻtkazilgan nazorat tartib-taomillari yakunlari boʻyicha tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishga ruxsat etiladi.
Oʻtkazish punktlarida shaxslar, transport vositalari va tovarlarning asossiz ushlab turilishiga, shuningdek, ularga zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-sonli qaroriga asosan 6-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 4-may — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2025-y., 09/25/55/0102-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 800-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona nazorati ostida avtomobil yoʻllarida tashilayotgan tovarlarning bojxona hamrohligidagi kuzatuvini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi uchinchi xatboshisidan “, ushbu tashuvchilar tomonidan litsenziya kartochkasi taqdim etilgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
8. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-fevraldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan belgilangan meʼyorlardan ortiq boʻlgan tovarlariga nisbatan amalga oshiriladigan tartib-taomillar toʻgʻrisidagi nizomning 3-bandi beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlarga, uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari bundan mustasno”;
9. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Tovar-transport yuk xatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ETTYUXni elektron tasdiqlash — elektron raqamli imzo orqali yoki hujjatni imzolagan shaxsning roziligini ifodalaydigan, uni biometrik identifikatsiya va autentifikatsiya qilish (Face-Id) imkonini beradigan hamda imzo sifatida tan olinadigan ETTYUX maʼlumotlarini tasdiqlash”;
quyidagi mazmundagi oʻn sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“identifikatsiya vositalari yordamida majburiy raqamli markirovkalanishi lozim boʻlgan mahsulotlar tashilayotganda, tovar-transport yuk xatiga mazkur mahsulotlarni markirovka kodlari biriktiriladi”;
“Yuk joʻnatuvchi tomonidan elektron tovar-transport yuk xatini rasmiylashtirish bilan bir vaqtda elektron hisobvaraq-fakturalarni shakllantirishi shart”;
1-ilova 1, 4 va 5-pozitsiyalarining “Tadbirlar” ustunidan “raqamli imzo bilan” soʻzlari chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
“1. Mazkur Nizom Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimning VII moddasida hamda Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitimning VII moddasini qoʻllash toʻgʻrisidagi bitimda (Marokash, 1994-yil 15-aprel) belgilangan umumiy prinsiplar va qoidalarga asoslangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibini belgilaydi”;
quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati asosini imkon qadar ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan mazkur tovarning bitim qiymati tashkil etishi kerak.
Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tovarlarning ixtiyoriy yoki soxta bojxona qiymatidan foydalanishga asoslanmasligi kerak.
Bojxona qiymatini aniqlash tartib-taomillari umumiy qoʻllaniladigan boʻlishi kerak, yaʼni ular tovarlarni yetkazib berish manbalariga, shu jumladan tovarlarning kelib chiqishiga, tovarlar turiga, bitim ishtirokchilariga va boshqa omillarga qarab farq qilmasligi kerak.
Bojxona qiymatini aniqlash tartib-taomillaridan dempingga qarshi kurashish maqsadida foydalanilmasligi kerak”;
13-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Olib kiriladigan tovarlar uchun sotib oluvchi tomonidan bevosita sotuvchiga yoki sotuvchining foydasi uchun boshqa shaxsga toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan barcha toʻlovlarning umumiy summasi bunday tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx deb hisoblanadi. Bunda toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlanmagan har qanday shaklda bevosita yoki bilvosita amalga oshirilishi mumkin.
Bir bitim doirasida koʻp miqdorda sotib olingan tovarlarning bir qismini deklaratsiyalashda bunday tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx deklaratsiyalanadigan tovarlarning miqdori va sotib olingan tovarlarning umumiy miqdori bilan teng nisbatda aniqlanadi”;
“bitim taraflari yuridik jihatdan tan olingan biznes hamkorlar boʻlsa”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Shartnoma munosabatlarining taraflari boʻlgan, foyda olish maqsadida faoliyatni amalga oshiradigan hamda ushbu faoliyat davomida barcha xarajatlarni va zararlarni birgalikda qoplashni oʻz zimmasiga oladigan vakolatli shaxslar yuridik jihatdan tan olingan biznes hamkorlar deb hisoblanadi. Agar bunday shaxslardan biri boshqasining yagona agenti yoki yagona distribyutori yoxud yagona konsessioneri boʻlsa, ular ushbu bandning maqsadlari uchun oʻzaro bogʻliq deb hisoblanadi.
Shartnoma munosabatlarida shaxs boshqa shaxsning xatti-harakatlarini amaliy yoki huquqiy jihatdan cheklasa yoxud nazorat qilsa, u boshqa shaxsni boshqaruvchi shaxs deb hisoblanadi”;
yigirmanchi xatboshidagi “oʻn beshinchi — oʻn yettinchi xatboshilarida” soʻzlari “oʻn yettinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“v) sotib oluvchi tomonidan bepul yoki arzonlashtirilgan narxda bevosita yoxud bilvosita koʻrsatiladigan quyidagi xizmatlarning va yetkazib beriladigan boshqa tovarlarning tegishli tarzda taqsimlangan qiymati:
olib kiriladigan tovarlar qaysi xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlardan ishlab chiqilgan (iborat) boʻlsa, oʻsha xomashyo, materiallar, detallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa tovarlar;
olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda foydalanilgan asboblar, shtamplar, qoliplar va boshqa shu kabi tovarlar;
olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarishda sarflangan materiallar;
bojxona hududidan tashqarida tayyorlangan va olib kiriladigan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan loyihalashtirish, ishlab chiqish, muhandislik, konstruktorlik ishlari, dizayn, eskizlar va chizmalar”;
quyidagi mazmundagi yigirma uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ushbu bandning “v” kichik bandida koʻrsatilgan xarajatlar olib kiriladigan tovarlarni bojxona hududiga olib chiqish uchun ishlab chiqarishga va sotishga qaratilishi kerak”;
“251. Olib kiriladigan tovarlarni sotib olish bilan bogʻliq va sotib oluvchi tomonidan tuzilgan moliyalashtirish shartnomasi boʻyicha foizlar uchun toʻlovlar quyidagi shartlar bajarilganda, bojxona qiymatining bir qismi deb hisoblanmaydi:
a) toʻlovlar tovarlar uchun haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxdan farq qilsa;
b) moliyalashtirish shartnomasi yozma ravishda tuzilgan boʻlsa;
v) zaruratga koʻra sotib oluvchi quyidagilarni koʻrsatib berishi mumkin:
bunday tovarlar haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx sifatida maʼlum qilingan narxda sotilishi;
talab qilingan foiz stavkasi bunday operatsiyalar boʻyicha moliyalashtirish berilgan mamlakatda va vaqtda amalda boʻlgan darajadan yuqori emasligi.
Ushbu talab moliyalashtirish sotuvchi, bank yoki boshqa jismoniy yoxud yuridik shaxs tomonidan taqdim etilishidan qatʼi nazar qoʻllaniladi. Shuningdek, tovarlarning bojxona qiymatini 1-usuldan boshqa usulda aniqlashda ham mazkur band talablari qoʻllaniladi”;
quyidagi mazmundagi 261-band bilan toʻldirilsin:
“261. Olib kiriladigan tovarlar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narx bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga tegishli boʻlib, sotib oluvchi tomonidan sotuvchiga oʻtkaziladigan dividendlar yoki boshqa toʻlovlar, agar ular olib kiriladigan tovarlar bilan bogʻliq boʻlmasa, olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatiga kiritilmaydi”;
“baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni oʻsha shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi. Baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs ishlab chiqargan tovar mavjud boʻlmagan taqdirda, boshqa shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar qabul qilinadi”;
“37. 2-usulni koʻllashda tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmaganligi sababli shartli chiqarib yuborilgan tovarlarning bojxona qiymatidan asos sifatida foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
“65. Agar bojxona organi olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymati oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga asosan 6-usul bilan aniqlasa, u deklarantning soʻroviga koʻra bunday maʼlumotlarning manbalari toʻgʻrisida xabar beradi. Bojxona organi zaxira usulni toʻgʻri qoʻllash maqsadida bunday axborotni yigʻib boradi”;
“b) ikki muqobil qiymatdan eng yuqorisi bojxona baholash maqsadlari uchun qabul qilinishini nazarda tutuvchi tizimdan”;
quyidagi mazmundagi 681-band bilan toʻldirilsin:
“681. Ushbu Nizomning 64-bandiga muvofiq baholanayotgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlashning bir nechta usulini qoʻllash imkoniyati mavjud boʻlgan taqdirda, ularni qoʻllashning ketma-ketligiga amal qilinishi zarur.
Olib kiriladigan tovarlarning ushbu bandga muvofiq belgilangan bojxona qiymati imkon qadar avval belgilangan bojxona qiymatlariga asoslanishi kerak”;
quyidagi mazmundagi 1141-band bilan toʻldirilsin:
“1141. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan Tariflar va savdo boʻyicha Bosh bitim VII moddasini qoʻllash toʻgʻrisidagi bitimning (Marokash, 1994-yil 15-aprel), shu jumladan, ushbu bitimga doir sharhlarning tegishli qoidalaridan, shuningdek, Jahon savdo tashkilotining Bojxona baholash qoʻmitasi va Jahon bojxona tashkilotining Bojxona baholash boʻyicha texnik qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan tovarlarning bojxona qiymatiga doir hujjatlardan kelib chiqqan holda, bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash usullarini tanlashda ushbu Nizom qoidalarining bir xil qoʻllanilishini taʼminlashga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqiladi”.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huzuridagi “Bojxona-servis” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2022-yil 8-noyabrdagi 656-son qarorida:
a) nomi, muqaddima va 1-banddagi “Davlat bojxona qoʻmitasi huzuridagi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi markaziy apparatining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi markaziy apparatining xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari 3-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi boʻlimlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha lavozim razryadlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
“davlat tashkilotlari va deklarantlar uchun shartnoma asosida bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarni tuzish, bojxona xizmati organlariga taqdim etish hamda bojxona organlari nomidan tovar va transport vositalarini koʻzdan kechirish hamda bojxona koʻrigidan oʻtkazishga tayyorlash, qayta yuklashda ishtirok etish, shuningdek, tovarlarga doir bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish”;
oltinchi xatboshidagi “nazorati zonasida” soʻzlari “organlari tasarrufidagi va foydalanuvidagi obyektlarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bojxona xizmati organlari tomonidan olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni saqlash va sotish, shu jumladan, “E-auksion shop” elektron savdo doʻkoni orqali (qonunchilik hujjatlarida boshqa davlat organlarga beriladigan mol-mulklar bundan mustasno) sotish”;
quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Bojxona qoʻmitasi) raisining buyrugʻi (topshirigʻi)ga asosan qoʻmita markaziy apparati ehtiyoji shuningdek, bojxona organlarida tashkil etiladigan xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar uchun zarur tovarlar (xizmatlar)ni qonunchilikda belgilangan tartibda xarid qilish;
qonunchilikda taqiqlanmagan va muassasa Nizomida koʻrsatilgan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish”;
4. Muassasa markaziy apparati Toshkent shahrida, uning hududiy boʻlimlari esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda tashkil etiladi;
Muassasa bosh direktori va uning oʻrinbosarlari Bojxona qoʻmitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasining Toshkent shahar va Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmalari hamda “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida olib qoʻyilgan va davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulklarni saqlash va sotish Muassasa markaziy apparati va uning hududiy boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi;
Jismoniy va yuridik shaxslarga oʻzining ustavida belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda koʻrsatiladigan pullik xizmatlar turlari va toʻlovlar miqdorlari Bojxona qoʻmitasi bilan kelishgan holda Muassasa tomonidan belgilanadi;
Muassasaning texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari shtat meʼyorlari va ish haqi miqdorlari Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga muvofiq Muassasa tomonidan Bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Muassasada ish haqini toʻlash boʻyicha vujudga kelgan qarzdorliklarni Bojxona qoʻmitasining maxsus jamgʻarmasi hisobidan qoplashga ruxsat beriladi;
Muassasaga oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun bojxona organlari balansida boʻlgan yer uchastkasi, bino-inshootlar, mol-mulkidan begʻaraz foydalanish huquqi beriladi;
Muassasa bosh direktoriga Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosari bilan kelishgan holda muassasaning moliyaviy holatidan kelib chiqib, koʻrsatilgan xizmatlardan tushgan mablagʻlar hisobidan xodimlarga qoʻshimcha oylik ustama belgilash huquqi beriladi;
Muassasaning tashkiliy-shtat tuzilmalariga belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida oʻzgartirishlar Bojxona qoʻmitasi raisi bilan kelishilgan holda Muassasa bosh direktori buyrugʻi bilan kiritiladi;
Bojxona qoʻmitasining “Baxt” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi” davlat muassasasi soʻroviga asosan Muassasa tomonidan Bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda majmuaning faoliyati, xodimlarining ish haqi va saqlash xarajatlari boʻyicha qarzdorliklarini qoplashi, moddiy-texnik bazani mustahkamlashi hamda kapital qurilish-taʼmirlash ishlari moliyalashtirilishi mumkin”;
e) 8-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Muassasani rivojlantirish jamgʻarmasining ehtiyojlaridan ortgan mablagʻlar zaruratdan kelib chiqib, bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bojxona xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun Bojxona qoʻmitasining Rivojlantirish jamgʻarmasiga Bojxona qoʻmitasi Raisining buyrugʻiga muvofiq oʻtkazilishi mumkin”;
“Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 656-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi markaziy apparatining
TUZILMASI
Bosh direktor
Bosh direktorning birinchi oʻrinbosari
Bosh direktor oʻrinbosari
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni saqlash va sotishni tashkil etish boʻlimi
8
Moliya-iqtisodiyot boʻlimi
3
Bosh yuriskonsult
Moddiy-texnika taʼminoti boʻlimi
2
Kadrlar boʻlimi
2
Deklaratsiyalash va konsalting xizmatlari koʻrsatish boʻlimi
6
Kapital qurilish boʻlimi
4
Ishlar va murojaatlar bilan ishlash boʻlimi
2
Omborlar faoliyatini tashkil etish boʻlimi
2
Bojxona-servis xizmatlarini, marketing va reklama ishlarini tashkil etish boʻlimi
4
Komplayens-nazorat bosh mutaxassisi
Strategik-rejalashtirish va tahlil boʻlimi
2
Axborot-texnologiyalari ilmiy markazi
11
Izoh. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 51 nafar”;
“Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 656-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha boʻlimlarining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Direktor
Direktor oʻrinbosari
Deklaratsiyalash va konsalting xizmatlarini koʻrsatish boʻlimi
1-4
Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni saqlash va sotishni tashkil etish boʻlimi
0-4
Yuriskonsult
Kadrlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis
“Bojxona-servis” xizmatlari, marketing va reklama ishlarini tashkil etish boʻlimi
2-3
Omborlar faoliyatini tashkil etish boʻlimi
0-2
Murojaatlar bilan ishlash boʻyicha mutaxassis
Axborot-texnologiyalari boʻlimi
0-2
Moddiy-texnika taʼminoti bosh mutaxassisi
0-1
Bosh buxgalter
Komplayens-nazorat katta mutaxassisi
Izoh. Tuzilmalar va (yoki) uning tegishli shtat birliklari zaruratga koʻra muassasa bosh direktori tomonidan tashkil etiladi.
Hududiy boʻlimlarning boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 299 nafar”;
“Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 656-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi markaziy apparatining xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha
LAVOZIM RAZRYADLARI
T/r
Lavozimning nomi
Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadi
1.
Muassasa bosh direktori
18
2.
Muassasa direktorining birinchi oʻrinbosari
16
3.
Muassasa direktori oʻrinbosari
Direktorning birinchi oʻrinbosariga belgilangan razryaddan 5 foiz kam
4.
Boʻlim boshligʻi
14
5.
Bosh yuriskonsult
12
6.
Bosh mutaxassis
10
7.
Katta mutaxassis
8
8.
Mutaxassis
7
Izoh. Muassasa xodimlariga, shuningdek, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari ish haqiga qonunchilikda belgilangan moddiy ragʻbatlantirish, ustamalar va mehnatiga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi”;
“Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-noyabrdagi 656-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha boʻlimlarining xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha
LAVOZIM RAZRYADLARI
T/r
Lavozimning nomi
Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadi
1.
Direktor
15
2.
Direktor oʻrinbosari
14
3.
Boʻlim boshligʻi
12
4.
Yuriskonsult
11
5.
Bosh buxgalter
10
6.
Bosh mutaxassis
10
7.
Katta mutaxassis
8
8.
Mutaxassis
7
Izoh. Muassasa xodimlariga, shuningdek, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari ish haqiga qonunchilikda belgilangan moddiy ragʻbatlantirish, ustamalar va mehnatiga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi”.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qarorida:
“Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining standartlari va tavsiyalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasida parvozlar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan milliy qonunchilikni takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi”;
“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq”;
uchinchi xatboshidagi “jinoiy” soʻzi “maʼmuriy va jinoiy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlarining shaxsiy tarkibi hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilish tizimini tartibga solish toʻgʻrisida” 2023-yil 29-dekabrdagi 700-son qarori quyidagi mazmundagi 21-band bilan toʻldirilsin:
“21. Belgilab qoʻyilsinki, xizmat turar joylarida (shu jumladan, xizmat yotoqxonalarida) yashaydigan bojxona organlari xodimlari xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan barcha turdagi kommunal xizmatlar yuzasidan jismoniy shaxslar uchun belgilangan tariflar boʻyicha shartnomalar tuzadi”.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalarini amalga oshirishda davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2015-yil 20-iyuldagi 197-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-400-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida” 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-401-son qonunlari)” 2016-yil 20-iyundagi 211-son qarori bilan tasdiqlangan 1-ilovaning 24-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 15-maydagi 286-son qaroriga 2-ilovaning 1-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-maydagi PQ-3724-son qarori)” 2018-yil 26-iyuldagi 583-son qaroriga ilovaning 7-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son Farmoni)” 2019-yil 30-martdagi 269-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda maʼmuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son qarori)” 2019-yil 18-sentabrdagi 787-son qaroriga ilovaning 5-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 14-maydagi 283-son qarori 1-ilovaning 7-bandi hamda 2-ilovaning 3-bandi.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 365-bandi.
9. Vazirlar Mahkamasining “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2023-yil 24-oktabrdagi 560-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son; 03.02.2025-y., 09/25/55/0102-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)