Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining standartlari va tavsiyalari asosida Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi sohasida parvozlar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan milliy qonunchilikni takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish;
Oldingi tahrirga qarang.
uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
2. Belgilab qoʻyilsinki:
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarining belgilangan tartibda majburiy deklaratsiya qilinadigan tranzitidan tashqari (8802200001, 8802200002, 8802200008, 8803100000, 8803200000 TN VED kodlari) ularni qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi, “Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi, YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy komissiyasi tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va foydalanish holatlari bundan mustasno;
b) Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari bilan tegishli vazirliklar, idoralar va xoʻjalik subyektlariga uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar berilishi mumkin;
v) amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga xilof ravishda respublika hududiga olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish jarayonida vaqtincha olib qoʻyilgan fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va ularning butlovchi qismlari Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida saqlanadi;
g) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni (ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini) topshirish, sotish yoki utilizatsiya qilish tergovdan oldingi tekshiruvni amalga oshiruvchi organ, surishtiruvchi, tergovchi yoki prokurorning qarori, shuningdek, sud qarori asosida tegishli dalolatnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra respublikaning turizm salohiyati toʻgʻrisida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlarga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining iltimosnomasiga asosan Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan beriladi.
4. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish va ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ulardan foydalanish uchun iltimosnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari va Ichki ishlar vazirligi uchuvchisiz uchadigan apparatlar, shuningdek, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini noqonuniy olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash hamda ularning oldini olishga qaratilgan amaliy choralarni koʻrib borsin.
6. Transport vazirligi Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Turizm va madaniy meros vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
respublika hududiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek, belgilangan tartib buzilishining huquqiy oqibatlari toʻgʻrisida axborot materiallari davlat va xorijiy tillarda tayyorlanishini;
tayyorlangan axborot materiallarini va videoroliklarni ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, rasmiy veb-saytlarda joylashtirish orqali keng yoritish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida, havo kemalarida va poyezdlarda, Oʻzbekiston Respublikasining davlat chegarasidan oʻtishda nazorat-oʻtkazish punktlarida namoyish etilishini taʼminlasin.
7. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining havo hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-maydagi 150-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maxkamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 15-noyabr,
658-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
ariza beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida hujjati bilan idoraviy vazifalarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi havo hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berilgan yuridik shaxs;
ajratilgan havo hududi — Oʻzbekiston Respublikasi hududi yoki hududiy suvlari ustidagi havo hududi boʻlib, uning doirasida idoraviy vazifalarni bajarish uchun uchuvchisiz uchadigan apparatlar va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining parvozlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilgan hudud;
davlat aviatsiyasining aviatsiya xodimlari — uchuvchisiz uchadigan apparatlar parvozlarini tashkil qilish, bajarish, taʼminlash va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun maxsus kasbiy tayyorgarlikka ega boʻlgan mansabdor shaxslar;
parvozlar xavfsizligi — havo kemalaridan foydalanishga taalluqli aviatsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan yoki bunday foydalanishni bevosita taʼminlaydigan maqbul darajagacha pasaytirilgan va nazorat qilinadigan holat;
uchuvchisiz aviatsiya tizimi — havo kemasi va bortida uchuvchisi boʻlmagan holda foydalaniladigan havo kemasi bilan bogʻliq elementlar;
uchuvchisiz uchadigan apparat — uchuvchisiz parvozni amalga oshiradigan yoki toʻliq boshqa joydan masofadan turib boshqariladigan yoxud dasturlashtirilgan va parvozda toʻliq avtonom boʻlgan havo kemasi (havo kemalari modellari va oʻyinchoq havo kemalari modellari bundan mustasno). Uchuvchisiz uchadigan apparat oʻzida odatda yaxlit tizim sifatida foydalaniladigan uchuvchisiz va masofadan boshqariladigan havo kemalarini birlashtiradi;
uchuvchisiz uchadigan apparatlar uchun butlovchi qismlar va ehtiyot qismlar — 8802200001, 8802200002, 8802200008, 8803100000, 8803200000 TN VED kodiga tushadigan qismlar;
parvozlarni qisqa muddatli cheklash — Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi markazlarining havo hududidan foydalanishni boshqarish borasida oʻz hududlarida parvozlar xavfsizligini va boshqa faoliyatni tezkor taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar kompleksi bilan havo hududidan foydalanish boʻyicha belgilanadigan alohida tartib;
havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi — idoralararo komissiya va Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi markazlaridan tashkil topgan, Oʻzbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish tartibiga rioya etilishini tashkil etish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish va monitoringini amalga oshirish uchun moʻljallangan organ;
havo kemasining oʻyinchoq modeli — fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladigan, ogʻirligi 250 grammdan oshmaydigan, 8802200001 TN VED kodiga tushmaydigan, parvozni avtonom boshqarish funksiyasiga va navigatsiyaga ega boʻlmagan, foto va video uskunalar bilan jihozlanmagan uchadigan apparat;
havo kemasining modeli (aviamodel) — dvigatelli yoki dvigatelsiz, parvozni avtonom boshqarish funksiyasiga va navigatsiyaga ega boʻlmagan, foto va video uskunalar bilan jihozlanmagan, faqat oʻquv, sport, madaniy va maʼrifiy tadbirlar va texnik ijodkorlikni rivojlantirish uchun foydalaniladigan uchadigan apparat;
havodagi yaqinlashuv yoʻlagi — aerodrom hududidagi uchish-qoʻnish yoʻlagining oxiriga tutashgan qismidagi havo hududi boʻlib, uning doirasida uchadigan paytda balandlikka koʻtariladi va qoʻnish paytida pasayish amalga oshiriladi;
havo kemalarining parvozlari uchun maxsus zona — uchish zonasi, sinov parvozlari zonasi, havo kemalarining past va juda past balandlikdagi parvozlari zonasi, havo kemalarining tovush tezligidan oshadigan tezlikdagi parvozlari zonasi, havo kemalariga parvozda yoqilgʻi quyish zonasi, havo kemalarining oʻzgaruvchan balandlikda parvoz qilish zonasi, yoqilgʻi toʻkish va yuk tashash zonasi, havo kemalari modellarining (aviamodellar) parvozlari zonasi;
fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchadigan apparatining operatori — ariza beruvchining uchuvchisiz uchadigan apparatini bevosita boshqaradigan mansabdor shaxsi;
ekspluatant — havo kemasiga egalik huquqi, ijara asosida yoki boshqa qonuniy asosda ega boʻlgan, ushbu havo kemasidan foydalanish huquqi va qobiliyati hujjatlashtirilgan fuqaro yoki yuridik shaxs;
yagona havo hududi — Oʻzbekiston Respublikasi hududi yoki hududiy suvlari ustidagi havo hududi boʻlib, uning doirasida Oʻzbekiston Respublikasining barcha turdagi havo kemalariga parvoz qilish ruxsat berilgan.
3. Oʻzbekiston Respublikasining havo hududida xorijiy davlatlarning uchuvchisiz uchadigan apparatlari parvozini amalga oshirishga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ruxsat etiladi.
4. Taʼlim, sport, madaniy va maʼrifiy tadbirlarga, texnik ijodkorlikni rivojlantirishga moʻljallangan havo kemalari modellarining (aviamodellarning) parvozlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq faqat havo kemalari parvozlarining maxsus zonalarida amalga oshiriladi.
5. Ariza beruvchi uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat olishdan oldin uchuvchisiz uchadigan apparatlar jihozlangan radioelektron vositalardan foydalanishga vakolatli organdan belgilangan tartibda ruxsat olishi kerak.
2-bob. Uchuvchisiz uchadigan apparatlar
1-§. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari
6. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari tanlangan boshqarish usuliga qarab avtonom va masofadan turib boshqariladiganlarga boʻlinadi.
7. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) sanoat usulida ishlab chiqarilgan;
b) ishlab chiqaruvchi zavodning pasportiga yoki unga tenglashtirilgan hujjatga (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikati) ega boʻlishi;
Oldingi tahrirga qarang.
v) parvoz vaqtida maksimal ogʻirligi 25 kg dan oshmasligi, qishloq xoʻjaligida agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish uchun moʻljallangan uchuvchisiz uchadigan apparatlar bundan mustasno, bunda ularning maksimal uchish ogʻirligi 250 kg dan oshmasligi kerak va tur sertifikati, GPS Tracker yoki ID moduli (Remote ID masofadan identifikatsiyalash) bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
(7-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 13-iyuldagi 381-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)
8. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari tasniflanmaydi.
9. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan ruxsat beriladi.
10. Ariza beruvchi ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq parvozlarni amalga oshirish boʻyicha namunaviy shaklda ishlab chiqilgan qoʻllanmaga ega boʻlishi shart.
Parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanma va unga kiritiladigan barcha oʻzgartirishlar Agentlik bilan kelishilishi kerak.
11. Ariza beruvchi fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ruxsat olish uchun Agentlikka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruxsat olish uchun ariza;
b) uchuvchisiz uchadigan apparatga mulk huquqi yoki boshqa shakldagi mulk huquqi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
v) uchuvchisiz uchadigan apparat uchun ishlab chiqaruvchining pasporti nusxasi yoki unga tenglashtirilgan hujjat (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikati);
g) uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish boʻyicha ishlab chiqaruvchining hujjati (qoʻllanma, yoʻriqnoma, texnik tavsif) nusxasi;
d) ariza beruvchining parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmasi.
12. Agentlik arizani hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqadi va uchuvchisiz uchadigan apparatning texnik holatini oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatda baholaydi. Texnik holatni tekshirish Agentlikda amalga oshiriladi.
13. Agentlik hujjatlarni koʻrib chiqish va uchuvchisiz uchadigan apparatning texnik holatini tekshirish natijalari boʻyicha fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosani rasmiylashtiradi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ruxsat etilgani toʻgʻrisida berilgan xulosalarni maʼlumotlar reyestriga (keyingi oʻrinlarda — reyestr) kiritadi.
Agentlik ariza beruvchiga uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi xulosani beradi (yuboradi) yoki tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay, foydalanishga ruxsat berish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.
14. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati toʻgʻrisidagi maʼlumotni reyestrga kiritishda unga roʻyxatdan oʻtishni tanituvchi belgi beriladi, ariza beruvchi uni uchuvchisiz uchadigan apparat korpusiga tushiradi. Roʻyxatdan oʻtish tanituvchi belgi beshta arab raqamidan iborat boʻladi.
15. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruxsat etish toʻgʻrisidagi xulosa ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
16. Ariza beruvchiga quyidagi hollarda fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruxsat etish toʻgʻrisidagi xulosani berish rad etilishi mumkin:
a) talab qilinadigan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmasa;
b) taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi;
v) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati texnik holatini tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi asosli salbiy xulosa boʻlsa.
17. Agentlik tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruxsat etish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish uchun haq olinmaydi.
18. Reyestr Agentlik tomonidan ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda yuritiladi.
19. Ariza beruvchining manzili oʻzgarganda, uchuvchisiz uchadigan apparat uni qayta jihozlash bilan bogʻliq modifikatsiya qilinganda (nomi oʻzgarganda), foydalanilayotgan uchuvchisiz uchadigan apparat roʻyxatdan chiqarilganda, uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosada koʻrsatilgan uchuvchisiz uchadigan apparat operatori (operatorlari) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar oʻzgarganda, ariza beruvchi yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga yetti ish kuni ichida Agentlikka xulosani qayta rasmiylashtirish uchun ariza berishi shart.
Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruxsat etish toʻgʻrisidagi xulosa qayta rasmiylashtirilganda, Agentlik reyestrga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
20. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruxsat etish toʻgʻrisidagi xulosani berish va qayta rasmiylashtirish Agentlik tomonidan tegishli hujjatlar bilan xulosa berish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddat ichida amalga oshiriladi. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga xulosa berish va uni qayta rasmiylashtirish uchun haq olinmaydi.
21. Ariza beruvchi tomonidan ushbu Nizomning 19-bandi talablari bajarilmaganda, fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanishga ruxsat etish toʻgʻrisidagi xulosa toʻxtatiladi.
2-§. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari
22. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari tanlangan boshqarish usuliga qarab, avtonom va masofadan turib boshqariladiganlarga boʻlinadi.
23. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlariga qoʻyiladigan talablar, ularni roʻyxatga olish, ulardan foydalanish va saqlash tartibi ishlab chiqaruvchilarning ekspluatatsiya qilish va texnik hujjatlariga muvofiq ravishda vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi.
Ishlab chiqaruvchining texnik hujjatlari mavjud boʻlmagan davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini sotib olish taqiqlanadi.
24. Vazirliklar va idoralarda davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining ishlab chiqaruvchi zavodning texnik-foydalanish hujjatlariga muvofiq toʻgʻri saqlanishini tekshirish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati vakillarini majburiy kiritish, shuningdek, quyidagi shartlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga berilgan:
a) tekshirishni tekshirilayotgan vazirlik va idoralar rahbariyati bilan kelishish;
b) tekshiruvchilarning vazirliklar va idoralar obyektlariga kirish uchun tegishli ruxsati mavjudligi.
Tekshirishlar kalendar yil davomida kelishilgan rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Vazirliklar va idoralar tomonidan navbatdagi tekshiruvga oxirgi tekshiruvdan 3 yil oʻtgandan keyin ruxsat beriladi.
25. Vazirliklar va idoralar tomonidan davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan va uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan Oʻzbekiston Respublikasi havo hududida foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining ruxsatnomasi olingandan keyin ruxsat etiladi.
26. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalari (halokatlari) tekshiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Zarurat boʻlganda, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari bilan sodir boʻlgan aviatsiya hodisalari (halokatlari) tekshiruviga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi mutaxassislari belgilangan tartibda jalb etilishi mumkin.
3-bob. Fuqaro va davlat aviatsiyasi xodimlari
1-§. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati operatori
27. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan operatorlar tarkibi ariza beruvchi tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatning turi, maqsadi va shartlariga qarab belgilanadi.
28. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati operatori quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega boʻlishi;
b) 18 yoshga yetgan boʻlishi;
v) salomatligi jihatidan lavozim vazifalarini bajarishga yaroqli boʻlishi;
g) uchuvchisiz uchadigan apparatlar ishlab chiqaruvchisi tomonidan tavsiya etilgan talablar asosida uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish va uni boshqarish boʻyicha maxsus tayyorgarlikka ega boʻlishi;
d) havo hududidan foydalanish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini bilishi;
z) uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish boʻyicha bilim va mahoratini Agentlikka namoyish etishi kerak.
2-§. Davlat aviatsiyasining aviatsiya xodimlari
29. Davlat aviatsiyasi aviatsiya xodimlarining tarkibi, ularga qoʻyiladigan asosiy talablar, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishga ruxsat berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
30. Tajriba-konstruktorlik, eksperimental yoki ilmiy-tadqiqot ishlarining maqsadlari va vazifalariga qarab, davlat aviatsiyasidan foydalanuvchilar manfaati uchun ishlab chiqilgan eksperimental uchuvchisiz uchadigan apparatlar va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining shaxsiy tarkibi uchadigan apparatni (tizimni) ishlab chiqaruvchi (yigʻuvchi) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
4-bob. Aerodromlar
31. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari aerodromlarda joylashtirilishi mumkin.
32. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanishga ruxsat berilgan aerodromlar tegishli ruxsatnomaga ega boʻlishi kerak.
33. Aerodromlardan foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan ular yaroqlilik normalari va parvozlar xavfsizligini taʼminlaydigan talablarga muvofiq boʻlganda ruxsat beriladi.
34. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining bitta aerodromda joylashtirilishi hamda ulardan bir vaqtning oʻzida foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
5-bob. Havo hududidan foydalanish
35. Fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlari tomonidan havo hududidan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazoratini olib borish qonunchilikka asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga yuklanadi.
36. Zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda va Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlaridan ruxsat olingandan keyingina fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlariga Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanishga ruxsat beriladi.
37. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari faqat ajratilgan havo hududidan foydalanadi.
38. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlari ajratilgan havo hududi va umumiy havo hududlaridan foydalanishlari mumkin.
39. Davlat aviatsiyasining avtonom uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari faqat ajratilgan havo hududidan foydalanishlari mumkin.
40. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlari faqat istalgan vaqtda bitta boshqaruv punktidan va faqat bitta uchuvchisiz uchadigan apparatda masofada turib parvoz qilish sharti asosida yagona havo hududida parvoz qiladigan havo kemalari bilan integratsiyalashishi mumkin.
41. Davlat aviatsiyasining manfaatlarini koʻzlab eksperimental uchuvchisiz uchadigan apparatlar va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining parvozlarini sinovdan oʻtkazish vaqtida havo hududidan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
42. Fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari, davlat aviatsiyasining uchuvchisiz aviatsiya tizimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish uchun buyurtmanomalar va ruxsatnomalar berish tartibi 6-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.
43. Oʻyinchoq havo kemalari modellari tomonidan havo hududidan foydalanish uchun ruxsat olish talab qilinmaydi.
6-bob. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarning parvozi
44. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari parvozlarni Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlari bilan kelishilgan holda ajratilgan havo hududida amalga oshiradi.
45. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining ajratilgan va umumiy havo hududlarida parvoz qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
46. Davlat aviatsiyasining manfaatlarini koʻzlab, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarini parvozda sinab koʻrish tartibi ularni ishlab chiqaruvchi (tayyorlovchi) tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bilan kelishiladi.
47. Oʻyinchoq havo kemalari modellarining parvozlari aerodromlarning havodagi yaqinlashuv yoʻlagiga 150 metrdan kam boʻlmagan uzoqlikda, 50 metrgacha balandlikda, odamlardan xavfsiz masofada va uchadigan apparat doimiy vizual koʻrinib turgan holda amalga oshiriladi.
7-bob. Parvozlar xavfsizligi
48. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining parvozlari Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
49. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining parvozlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
50. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari va uchuvchisiz aviatsiya tizimlarining boshqariladigan havo kemalari bilan birgalikdagi umumiy havo hududlaridagi parvozlariga faqat ularning parvozlari xavfsizligi taʼminlangan sharoitlarda ruxsat etiladi.
51. Oʻyinchoq havo kemalari modellarining egalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq apparatlardan xavfsiz foydalanish uchun javobgardirlar.
8-bob. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash tartibi
52. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash qonunchilik hujjatlariga muvofiq ularni olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash va ulardan foydalanish huquqiga ega boʻlgan davlat organi, korxona, muassasa, tashkilotning masʼul mansabdor shaxsi tomonidan tashkil etiladi va taʼminlanadi.
53. Quyidagilar fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini saqlashga qoʻyiladigan umumiy talablar hisoblanadi:
a) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash uchun begonalar kirishi man etilgan va signalizatsiya vositalari (zarurat boʻlganda, video kuzatuv vositalari) bilan jihozlangan, harorat rejimi, toʻgʻri tushadigan quyosh nurlarining, issiqlik va boshqa turdagi nurlanishning yorugʻlik taʼsiri, shuningdek, yongʻinga qarshi xavfsizlik boʻyicha ishlab chiqaruvchi talablariga mos keladigan ixtisoslashtirilgan bino ajratish;
b) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni ularning turiga mos keladigan maxsus konteynerlarda saqlash;
v) uchuvchisiz uchadigan apparatni qisman yoki demontaj qilingan holda, uning darhol uchishini istisno qiladigan sharoitda saqlash;
g) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni dala (ishlab chiqarish) sharoitida ularning turiga qarab maxsus joylash konteynerlarida akkumulyatordan alohida ajratilgan holda saqlash. Bunda joylash konteyneri muhrlangan boʻlishi va saqlash uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxs nazorati ostida boʻlishi kerak;
d) saqlash uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxsga uchuvchisiz uchadigan apparatni tashlab ketish yoki boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
54. Fuqaro aviatsiyasining ekspluatantdagi uchuvchisiz uchadigan apparatlarini saqlash tartibi ekspluatant tomonidan texnik-foydalanish hujjatlari talablariga muvofiq ishlab chiqiladi va Parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmaga kiritiladi. Saqlash tartibi Agentlik bilan kelishilishi shart.
55. Davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini saqlash tartibi tegishli vazirlik va idoraning rahbariyati tomonidan texnik-foydalanish hujjatlarning majburiy talablariga muvofiq belgilanadi.
9-bob. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida ariza beruvchilar faoliyatini nazorat qilish
56. Ushbu Nizomda belgilangan talablarning bajarilishini fuqaro aviatsiyasida Agentlik, davlat aviatsiyasida — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi nazorat qiladi.
57. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanadigan ariza beruvchilar faoliyati inspeksiya tekshiruvlari shaklida nazorat qilinadi. Inspeksiya tekshiruvi natijalari hisobot shaklida qayd etiladi.
58. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanadigan ariza beruvchilarni inspeksiya tekshiruvlari ikki yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.
59. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanadigan ariza beruvchilar tomonidan ushbu Nizom talablari buzilganda, Agentlik ushbu qoidabuzarliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisida ogohlantirishi huquqiga ega.
10-bob. Yakunlovchi qoida
60. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1854-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni ushbu Nizomda koʻzda tutilgan roʻyxatga muvofiq tayyorlaydi.

Agentlikka hujjatlarni bevosita, pochta xizmatlari orqali yoki elektron shaklda ular qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma bilan birgalikda taqdim etadi.

Ariza beruvchining xohishiga binoan

2-bosqich

Agentlik

Uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni roʻyxat boʻyicha qabul qiladi va ular darhol ariza beruvchiga hujjatlar qabul qilingan sana qoʻyilgan holda beriladi (yuboriladi).

Hujjatlarni qabul qilish kunida

3-bosqich

Agentlik

1. Arizani hujjatlar bilan birga koʻrib chiqadi va uchuvchisiz uchadigan apparatlarning texnik holatini baholaydi.

1. Ariza qabul qilingan sanadan boshlab oʻn ish kuni ichida

2. Hujjatlarni tekshirish va uchuvchisiz uchadigan apparatlarning texnik holatini tekshirish natijalariga koʻra, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berilgani toʻgʻrisida xulosa beradi (yuboradi) yoki rad etishning asosli sabablarini koʻrsatgan holda, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qiladi.

2. Tegishli qaror qabul qilingandan boshlab bir ish kuni ichida

4-bosqich

Agentlik

Arizani qayta koʻrib chiqadi. Agar ariza beruvchi belgilangan muddatda uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisida xulosa berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etsa, ariza beruvchiga shunday xulosani taqdim etadi. Bartaraf etilmagan taqdirda, uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berish rad etilganligi toʻgʻrisida yozma bildirishnoma yuboriladi va bunda rad etishning asosli sabablari koʻrsatiladi.

Rad etish sabablarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi ariza va ushbu sabablar bartaraf etilganini tasdiqlovchi hujjatlar olingan kundan 10 ish kunidan oshmaydigan muddatda

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmaning namunaviy shakli

“Kelishilgan”‎

“Tasdiqlayman”‎

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori‎

Rahbar‎

PARVOZLARNI AMALGA OSHIRISH BOʻYICHA QOʻLLANMA

__________________________________________________

(ariza beruvchining toʻliq nomi)

Parvozlarni amalga oshirish boʻyicha qoʻllanma quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:

a) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining parvozlarini tashkil etish tartibi va ularni amalga oshirish qoidalari;

b) parvozlarni amalga oshirishga aloqasi boʻlgan xodimlarning majburiyatlari tavsiflangan yoʻriqnoma;

v) uchuvchisiz uchadigan apparatlarni boshqarish uchun masʼul shaxs aniqlangan holda, har bir amalga oshiriladigan parvozning uchuvchisiz uchadigan apparatlari shaxsiy tarkibi;

g) Oʻzbekiston Respublikasi hududida parvoz qilayotganda uchuvchisiz uchadigan apparatlar tomonidan havo hududidan foydalanish boʻyicha ariza beruvchining Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlari bilan oʻzaro hamkorligi boʻyicha yoʻriqnoma;

d) aviatsiya hodisasi yuz bergan taqdirda, uchuvchisiz uchadigan apparat operatorining harakat qilish tartibi;

e) uchuvchisiz uchadigan apparatga xizmat koʻrsatish va uni saqlash tartibi;

j) noqonuniy aralashuv harakatlarining oldini olish boʻyicha yoʻriqnoma;

z) mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik va yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma;

i) fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati operatorini tayyorlash va uning malakasini oshirish dasturlari.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktoriga

Ariza

______________________________________________________________________dan

(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarini hisobga qoʻyish va ulardan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisida xulosa berishingizni;

Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi xulosaga oʻzgartirish kiritishingizni soʻrayman.


‎I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1. Tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan toʻliq nomi ______________________________
‎2. ‎Joylashgan joyi (pochta manzili) ___________________________________________
‎3. Telefon raqami/faks _____________________________________________________
‎4. Elektron manzili _______________________________________________________


‎II. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati haqida maʼlumot:

1. Nomlanishi (turi) _______________________________________________________
‎2. Belgilangan maqsadi ______________________________________________________
‎3. Seriya raqami (zavod, identifikatsiya raqami va boshqalar) _______________________‎
‎4. Ishlab chiqarilgan sana ___________________________________________________‎
‎5. Ishlab chiqaruvchining nomi _______________________________________________‎
‎6. Ishlab chiqaruvchi joylashgan joy ___________________________________________‎
‎7. Maksimal uchish vazni ____________________________________________________‎
‎8. Oʻrnatilgan dvigatellar turi _______________________________________________
‎‎9. Oʻrnatilgan dvigatellar soni _______________________________________________
‎10. Dvigatel kuchi (tortish) __________________________________________________
‎11. Radioelektron vositalar (koʻtarma uskuna, foydali ogʻirlik) haqida maʼlumot ________________________________________________________________________
‎12. Vakolatli organning radiochastota spektridan foydalanishga ruxsatnomasi ________________________________________________________________________
‎13. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati saqlanadigan manzili (joy) ________________________________________________________________________


‎III. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari operatorlari toʻgʻrisida maʼlumot:

1. F.I.O. _________________________________________________________________
‎2. Maxsus tayyorgarligi toʻgʻrisida maʼlumotlari _________________________________
‎3. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparati operatorining oʻz vazifalarini bajarishga yaroqliligi toʻgʻrisida tibbiy xulosa _________________________________
‎4. Boshqa maʼlumotlar ______________________________________________________


‎IV. Idoraviy vazifalar roʻyxati:

1. _______________________________________________________________________
‎2. _______________________________________________________________________

Ariza beruvchi

_____________________

20__ y. “__” __________

(imzo, F.I.O.)

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA

Agentlik blankasi

________________________________________________________________________

(yuridik shaxsning toʻliq nomi)

idoraviy vazifalarni bajarish uchun ushbu xulosaga ilova qilingan roʻyxatda koʻrsatilgan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishi mumkinligi ushbu hujjat bilan tasdiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori

___________________

(F.I.O.)

Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari
‎ROʻYXATI

1. Nomlanishi (turi) ________________________________________________________
‎2. Belgilangan maqsadi ______________________________________________________
‎3. Seriya raqami (zavod, idensifikatsiya raqami va boshqalar) _______________________
‎4. Ishlab chiqarilgan sana ____________________________________________________
‎5. Ishlab chiqaruvchining nomi ________________________________________________
‎6. Ishlab chiqaruvchi joylashgan joy ___________________________________________
‎7. Maksimal uchish vazni _____________________________________________________
‎8. Oʻrnatilgan dvigatellar turi _______________________________________________
‎9. Oʻrnatilgan dvigatellar soni _______________________________________________
‎10. Dvigatel (tortish) kuchi __________________________________________________
‎11. Saqlanadigan manzil (joy) ________________________________________________
‎12. Operator F.I.O. ________________________________________________________

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlaridan foydalanishga ruxsat etilganligi toʻgʻrisida berilgan xulosalar
REYESTRI

T/r

Ariza beruvchi

(egasi)

Operator F.I.O.

Turi

Seriya raqami

Ishlab chiqaruvchi zavod

Maksimal uchish vazni

Xulosa berilgan sana

Xulosa berish uchun asos

Eslatma

Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ularni saqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
Fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlari (tizimlari) tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun buyurtmanomalar taqdim etish va ruxsat berish tartibi
1. Havo hududidan foydalanish uchun buyurtmanomalar (keyingi oʻrinlarda — buyurtmanoma) pochta aloqa vositalari orqali yoki elektron shaklda parvozlar amalga oshiriladigan kun arafasida UTC vaqti bilan soat 09:00 dan (mahalliy vaqt bilan 14:00) kechiktirmay topshirilishi kerak.
2. Buyurtmanomalar ariza beruvchi tomonidan Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizim organiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga parvozlarni bajarishda havo hududidan foydalanish boʻyicha havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizim organlari bilan hamkorlik tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq taqdim etiladi.
3. Buyurtmanomada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
parvoz amalga oshiriladigan sana;
ariza beruvchining nomi;
uchuvchisiz uchadigan apparat modeli va roʻyxatdan oʻtkazish belgisi;
parvozning boshlanish va tugash vaqti (UTC);
parvozni amalga oshirish hududi (koordinatalari), (oʻziga xos mahalliy yoʻnalishlar) yoʻnalishi va ulardan uzoqlashishi;
uchish balandligi (metrda va futda);
parvoz maqsadi (ish turi), ishlarni bajarish uchun ruxsatnomaning mavjudligi (aerofotosuratga olish, turar joy ustidan parvoz va boshqalar);
uchuvchisiz uchadigan apparat operatorining F.I.O.;
RMK eslatmasida — uchuvchisiz uchadigan apparatlar soni, uchuvchisiz uchadigan apparat operatorining telefon raqami, shuningdek, parvozni taʼminlash uchun barcha har qanday qoʻshimcha maʼlumotlar.
Buyurtmanomani rasmiylashtirish namunasi:
“OʻzGASHKLITI” DUK
SANA / 2016-yil 10-iyun
TURI VA RAQAMI / kvadrokopter DJI Phantom, 1PA№345
VAQTI / 10.00 dan 12.00 gacha UTC
PARVOZ HUDUDI / nuqta radiusidan 1000 metr balandlikdagi zona 41.15.2 s.sh. 061.12.9 v.d.
UCHISH BALANDLIGI / 500 metrgacha
ISH TURI / aviafotosurat Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2016-yil 05-iyundagi 23/153-son maxsus ruxsatnomasi
OPERATOR / Fozilov A.T., (90) 979-55-11

LAVOZIMI ______________________________________________________________ F.I.O.

(buyurtmanomani bergan javobgar shaxsning imzosi)

Xabarni oʻqish:
“OʻzGASHKLITI” DUK — buyurtmachining nomi;
2016-yil 10-iyun — parvoz amalga oshirilgan sana;
kvadrokopter DJI Phantom, 1RA№345 — uchuvchisiz uchadigan apparatning modeli va tartib raqami;
10.00 dan 12.00 gacha UTC — parvozning boshlanish va tugash vaqti;
nuqta radiusidan 1000 metr balandlikdagi zona 41.15.2 sh.k. 061.12.9 sh.u. geografik koordinatlari koʻrsatilgan parvozni amalga oshirish hududi;
500 metrgacha — uchish balandligi;
aerosuratga olish (2016-yil 05-iyundagi 23/153-son roʻyxatnoma) — uchish maqsadi va ishni amalga oshirish uchun ruxsatnoma;
Fozilov A.T. — uchuvchisiz uchadigan apparat operatorining familiyasi, telefon raqami (90) 979-55-11;
bitta (1) uchuvchisiz uchadigan apparat.
4. Fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining parvozlari uchun buyurtmanomalarni koʻrib chiqish va tasdiqlash yagona tizim “Oʻzaeronavigatsiya” markazining fuqarolik sektori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Aeronavigatsiya axborot nashrida yoki aviatsiya axborot sirkulyarida eʼlon qilingan stavkalar boʻyicha murojaat etuvchilar bilan shartnoma asosida amalga oshiriladi (Axborot doirasi).
5. Ariza beruvchiga va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining navbatchi qismiga buyurtmanomani tasdiqlash, shuningdek, cheklovlarni joriy qilish yoki buyurtmanomani bekor qilish toʻgʻrisidagi axborot Oʻzbekiston Respublikasi hududida parvozlarni amalga oshirishda uchuvchisiz uchadigan apparatning havo hududidan foydalanish boʻyicha ariza beruvchining havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq telefon (faks) yoki elektron pochta orqali yuboriladi.
6. Tasdiqlangan buyurtmanoma bekor qilinadi, agar:
arizada koʻrsatilgan faoliyatning belgilangan vaqtidan keyin 20 daqiqa ichida havo hududidan foydalanishga ruxsat bergan organdan havo hududidan foydalanishni boshlash (uzaytirish) toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmasa;
qonunda belgilangan talablarga muvofiq havo hududidan boshqa foydalanuvchilar manfaatlarida foydalanish xavfsizligi taʼminlanmasa.
7. Maxsus holatlarda, uchuvchisiz uchadigan apparatlarning shoshilinch parvozlari oldindan buyurtmanomalarsiz amalga oshirilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Tezkor vazifalarni Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga muvofiq amalga oshirish maqsadida uchuvchisiz uchadigan apparatlar parvozlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarorni Oʻzbekiston Respublikasi mudofaa vaziri, havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondoni qabul qiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tabiiy ofatlar, falokatlar, avariyalar yuz berganda yordam koʻrsatish va qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish maqsadida hamda odamlar hayotiga xavf tugʻdiradigan boshqa holatlarda, havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondoni, uchuvchisiz uchadigan apparatlarga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar rahbarlari uchuvchisiz uchadigan apparatlarning parvoz qilishi uchun qaror qabul qiladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu bandda nazarda tutilgan hollarda faoliyatni amalga oshirish va Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun ruxsatnomani havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondonlik punktining tezkor navbatchisi beradi hamda havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondoniga zudlik bilan axborot beriladi, Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi bosh markazi xabardor qilinadi. Bunday ruxsatnomalar Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun soʻrov olingach, zudlik bilan beriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi markazlari uchuvchisiz uchadigan apparatlarning shoshilinch parvozlarni amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatni taʼminlashi, boshqa faoliyatni toʻliq yoki qisman man etishga majbur.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari xizmat vazifalarini bajarish uchun uchuvchisiz uchadigan apparatlarning shoshilinch parvozlari oldindan buyurtmalar berilmasdan, havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari hamda ularning hududiy boʻlinmalari bilan kelishilgan holda, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari birlashmalari qoʻmondonligining qaroriga muvofiq amalga oshirilishi mumkin.
Ushbu bandda nazarda tutilgan holatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun ruxsatnomani havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondonlik punktining tezkor navbatchisi beradi hamda havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondoniga zudlik bilan axborot beriladi, Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi asosiy bosh markazi xabardor qilinadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-oktabrdagi 679-sonli qaroriga asosan 7-ilovaning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 18-yanvar — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2024-y., 09/24/679/0824-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga
2-ILOVA
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va Oʻzbekiston Respublikasi hududida ulardan foydalanish uchun iltimosnoma berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan respublikaning turizm salohiyati toʻgʻrisida foto va video-materiallar tayyorlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanishga oid iltimosnomalar taqdim qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
iltimosnoma beruvchi — belgilangan tartibda respublikaning turizm salohiyati toʻgʻrisida foto va video-materiallar tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarini vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish toʻgʻrisida murojaat qilgan yuridik va jismoniy shaxs, shu jumladan, xorijiy ijodiy guruhlarning vakillari;
vakolatli davlat organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi;
iltimosnoma kirituvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ariza beruvchi tomonidan ulardan foydalanish boʻyicha iltimosnomalar kiritish huquqiga ega boʻlgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar;
uchuvchisiz uchadigan apparatlar operatori — uchuvchisiz uchadigan apparatlarni bevosita boshqaruvchi jismoniy shaxs;
yagona idoralararo elektron platforma — xorijiy ijodiy guruhlarga Oʻzbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchish apparatlarini vaqtincha olib kirish va ulardan foydalanishlari boʻyicha vazirlik va idoralar tomonidan arizalarni taqdim etish va kelishish boʻyicha axborot tizimi;
havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi — idoralararo komissiya va Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi markazlaridan tashkil topgan, Oʻzbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish tartibiga rioya etilishini tashkil etish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish va monitoringini amalga oshirish uchun moʻljallangan organ.
2-bob. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha iltimosnoma kirituvchi organga murojaat qilish tartibi
3. Respublikaning turizm salohiyati toʻgʻrisida foto va video-materiallar tayyorlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish istagida boʻlgan ariza beruvchi yagona idoralararo elektron platforma orqali (masalan, ariza shaklida) murojaat qiladi.
4. Soʻrovda ariza beruvchi uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kiruvchi va ulardan foydalanuvchi shaxslar, uchuvchisiz uchadigan apparatlarning texnik xususiyatlari va tasvirga oladigan hudud (joy) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ilova qiladi.
5. Iltimosnoma kirituvchi organ soʻrovni (masalan, ariza shaklida) kelib tushgan kundan boshlab ikki kun ichida ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda koʻrib chiqadi.
Ariza beruvchining soʻrovini koʻrib chiqish natijalariga koʻra, iltimosnoma kirituvchi organ vakolatli davlat organiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi yoki kiritishni rad etishi mumkin.
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha iltimosnomani rad etish asosli boʻlishi kerak.
6. Taqdim etilayotgan hujjatlardagi maʼlumotlar toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan boʻlsa, ariza beruvchiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi iltimosnoma rad etilishi mumkin.
7. Ariza beruvchi uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha rad javob olgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida rad etish sabablarini bartaraf qilishga va iltimosnoma kirituvchi organga qayta murojaat qilishga haqlidir. Bunday holda takroriy soʻrov iltimosnoma kirituvchi organ tomonidan ushbu Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan muddatda koʻrib chiqiladi.
8. Soʻrovni, shu jumladan, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi takroriy soʻrovni koʻrib chiqish uchun iltimosnoma kirituvchi organ tomonidan yigʻim olinmaydi.
3-bob. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish uchun iltimosnoma taqdim etish tartibi
9. Iltimosnoma kirituvchi organ tomonidan ariza beruvchiga respublikaning turizm salohiyati toʻgʻrisida foto va video-materiallarni tayyorlash uchun uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish huquqiga ruxsatnoma berish boʻyicha vakolatli davlat organlariga yagona idoralararo elektron platforma orqali taqdim etiladi.
10. Iltimosnomaga iltimosnoma kirituvchi organ uchuvchisiz uchadigan apparatlarni olib kiruvchi va undan foydalanuvchi shaxslar, uchuvchisiz uchadigan apparatlarining texnik xususiyatlari va tasvirga olish joylari va vaqti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ilova qiladi.
11. Vakolatli davlat organi iltimosnoma olingan kundan boshlab ikki kun ichida ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlarni koʻrib chiqadi.
Iltimosnomani koʻrib chiqish natijalariga muvofiq vakolatli davlat organi uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha xat shaklida ruxsatnoma beradi yoki berishni rad etadi.
Vakolatli davlat organlari qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir kun ichida iltimosnomani koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida iltimosnoma kirituvchi organni yagona idoralararo elektron platforma orqali xabardor qilishi lozim.
Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha ruxsatnoma berishni rad etish asosli boʻlishi kerak.
12. Iltimosnoma kirituvchi organga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanishga ruxsatnoma berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
maʼlumotlar toʻliq hajmda taqdim etilmaganda;
taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlganda.
13. Iltimosnoma kirituvchi organ uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish boʻyicha rad javob olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida rad etish sabablarini bartaraf qilishga va takroran iltimosnoma kiritish huquqiga ega. Bunday holda takroriy iltimosnoma vakolatli davlat organlari tomonidan ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan muddatda koʻrib chiqiladi.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan topshiriqlar asosidagi iltimosnomalar bir kun ichida koʻrib chiqiladi.
15. Vakolatli davlat organlari uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqish uchun yigʻim olmaydi.
16. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanishga ruxsatnoma olingandan soʻng iltimosnoma kirituvchi organ yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy ijodiy guruhlar uchuvchisiz uchadigan apparatlarni foydalanishidan bir kun oldin havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organini uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish joyi hamda vaqti haqida xabardor qiladi.
17. Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish tartibi iltimosnoma kirituvchi organning tashabbusi bilan ushbu Nizomga muvofiq koʻrib chiqiladi.
4-bob. Vaqtincha olib kiriladigan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash tartibi
18. Vaqtincha olib kiriladigan uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash tartibi uchuvchisiz uchish apparatlarni ishlab chiqaruvchining (yetkazib beruvchining) saqlash boʻyicha koʻrsatmalariga muvofiq amalga oshiriladi.
19. Uchuvchisiz uchadigan apparatlar operatori Oʻzbekiston Respublikasi hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlarning toʻgʻri saqlanishini tashkil etadi va taʼminlaydi.
5-bob. Xorijiy ijodiy guruhlarning uchuvchisiz uchadigan apparat operatori
20. Xorijiy ijodiy guruhlarning uchuvchisiz uchadigan apparatlar operatorlarining tarkibi iltimosnoma kirituvchi organ bilan kelishilgan holda xorijiy ijodiy guruhlar tomonidan belgilanadi.
21. Uchuvchisiz uchadigan apparat operatori quyidagi talablarga javob berishi kerak:
18 yoshdan kichik boʻlmasligi;
uchuvchisiz uchadigan apparatlar ishlab chiqaruvchining (yetkazib beruvchi) tavsiyalari asosida uchuvchisiz uchadigan apparatlarni ishlatish va boshqarish boʻyicha maxsus tayyorgarlikka ega boʻlishi.
6-bob. Vaqtincha olib kiriladigan uchuvchisiz uchadigan apparat parvozlarini amalga oshirish tartibi
22. Vaqtincha olib kiriladigan uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
uchish va qoʻnish paytida — har qanday odamdan (uchuvchisiz uchadigan apparat operatoridan tashqari), transport vositasi, bino yoki inshootdan 50 metrdan yaqin masofada;
odamlar gavjum joydan (kamida 500 nafar) 150 metrdan yaqin;
aeroportlar, temir yoʻl vokzallari, elektr tarmoqlari stansiyalari parvoz uchun taqiqlangan va xavfli zonalardan kamida 5 kilometr masofada, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
7-bob. Vaqtincha olib kiriladigan uchuvchisiz uchadigan apparatlarning parvozlarini nazorat qilish
23. Respublikaning turizm salohiyati toʻgʻrisida foto va video-materiallar tayyorlash mobaynida yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xorijiy ijodiy guruhlarga hamrohlik qilish uchun iltimosnoma kirituvchi organ tomonidan vakil ajratiladi.
24. Iltimosnoma kirituvchi organ vakili:
uchuvchisiz uchadigan apparat operatorini Oʻzbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari toʻgʻrisida xabardor qilishi;
uchuvchisiz uchadigan apparatdan maqsadli foydalanilishini nazorat qilishi;
uchuvchisiz uchadigan apparat operatori havo hududidan foydalanish qoidalarini buzgan taqdirda, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligiga xabar berishi shart;
respublikaning turizm salohiyati haqida aerosuratlarga olish ishlari tugagandan soʻng ariza beruvchi foto va video-materiallarni Mudofaa vazirligiga yuboradi yoki ularni mustaqil koʻrib chiqib, xulosasini Mudofaa vazirligiga yuboradi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
25. Ushbu Nizomning talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1854-moddasi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish toʻgʻrisida
nizom
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom havo kemalaridan turib televizion, infraqizil, mikrotoʻlqinli, radiolokatsion va boshqa apparaturalar yordamida bajariladigan aerosuratga olish, maxsus va boshqa turdagi ishlarni (keyingi oʻrinlarda — aerosuratga olish ishlari) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanishga, shuningdek, mazkur suratga olish materiallari va kosmik suratga olish materiallarini nazorat tariqasida koʻrib chiqishga ruxsat berish tartibotlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomning talablari mulkchilik shakli va idoraviy shaklidan qatʼi nazar, tasarrufida oʻta muhim hamda toifalangan sanoat va harbiy obyektlar boʻlgan, shuningdek, aerosuratga olish ishlarini bajargan holda Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanuvchi va ushbu ishlarning materiallaridan foydalanadigan vazirliklar, idoralar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga tatbiq etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
ajratilgan havo hududi — Oʻzbekiston Respublikasi hududi yoki hududiy suvlari ustidagi havo hududi, uning doirasida idoraviy vazifalarni bajarish uchun uchuvchisiz uchadigan apparatlar va uchuvchisiz uchadigan aviatsiya tizimlarining parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsat berilgan hudud;
ariza beruvchi — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qaroriga binoan idoraviy vazifalarni bajarish uchun havo hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishga ruxsat berilgan yuridik shaxs;
aerosuratga olish ishlari — suratga olish ishlari amalga oshirilgan uchastkalarda obyektiv makon maʼlumotlarini olish, oʻrganish va taqdim etish maqsadida atmosferada uchadigan apparatga oʻrnatilgan foto va video apparatlar yordamida hududlarni yer yuzasidan muayyan balandlikda foto va videosuratga olish;
maxsus ruxsatnoma — doimiy faoliyat koʻrsatuvchi maxsus komissiya bilan kelishgan va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi (keyingi oʻrinlarda — Bosh shtab) tomonidan beriladigan Oʻzbekiston Respublikasining ajratilgan havo hududida parvozni va aerosuratga olishni amalga oshirishga ruxsat beruvchi hujjat;
parvoz — koʻtarilishdagi tezlashishdan (vertikal koʻtarilishdagi yer yoki suv yuzasidan uzilishdan) masofa bosib oʻtilguncha (uchish-qoʻnish yoʻlagini toʻxtashlarsiz ozod qilinguncha) yoki vertikal qoʻnishda yer (suv) yuzasiga tekkunga qadar boʻlgan havo kemasining yer (suv) yuzasi va havo hududida harakati;
parvozlarni amalga oshirish cheklangan hudud — davlatning hududi yoki hududiy suvlari ustida belgilangan kattalikdagi, chegaralarida havo kemalarining parvozlarni amalga oshirishi maʼlum shartlar bilan cheklangan havo hududi. Parvozlarni amalga oshirish cheklangan hududlar havo kemalarining parvozlarini vaqt va ularning bajarilish shartlari va boshqalar boʻyicha cheklanishi zarur boʻlgan obyektlar ustida (hududlarda) belgilanadi;
parvozlarni amalga oshirishga qisqa muddatli cheklov — havo hududidan foydalanish boshqaruvining yagona tizimi markazlaridagi parvozlar xavfsizligini operativ taʼminlash va oʻzining havo hududidan foydalanish boshqaruvi rayonlaridagi boshqa faoliyatga yoʻnaltirilgan tadbirlar kompleksiga koʻra belgilanuvchi havo hududidan foydalanishning alohida tartibi;
parvoz rejasi (flayt-reja) — havodagi harakatlarni boshqarish organlariga taqdim etiladigan, havo kemasining koʻzda tutilgan parvozi yoki parvozning bir qismi haqidagi muayyan maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
parvoz uchun buyurtmanoma (parvozlarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish) — havo kemasining moʻljallangan parvozi yoki parvozning bir qismi toʻgʻrisida havodagi harakatni tashkil qilish (havodagi harakatni boshqarish) va havo hujumidan mudofaa organlariga taqdim etiladigan muayyan maʼlumotlar;
(3-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
havodagi harakatga xizmat koʻrsatish organi — tegishli holatlarda havodagi harakatga dispetcherlik xizmati koʻrsatish organi, parvoz axborot markazi yoki havodagi harakatga xizmat koʻrsatishga taalluqli maʼlumotlarni toʻplash punktini anglatuvchi umumiy atama;
havodagi harakatni boshqarish organi — tegishli holatlarda rayon dispetcherlik markazi, uchib kelish dispetcherlik organi yoki aerodrom dispetcherlik punkti, parvozlarni boshqarish punkti, idoraning qoʻmondonlik punkti yoki havodagi harakatni boshqarish funksiyalarini bajaruvchi boshqa punktni anglatuvchi umumiy atama;
havodagi harakatni tashkil etish — havo kemasi ekspluatantini uchib ketish va yetib kelishning rejalashtirilgan vaqtlariga rioya etishi hamda minimal cheklovlarda va oʻrnatilgan xavfsizlik darajalarini pasaytirmagan holda eng maʼqul parvoz profillariga amal qilishni taʼminlash;
taqiqlangan hudud — davlatning hududi yoki hududiy suvlari ustida belgilangan kattalikdagi va chegaralarida havo kemalarining maxsus ruxsatnomalar olmasdan parvoz qilishi taqiqlangan havo hududi. Taqiqlangan hududlar havo hududida muhim davlat obyektlari, muhim ahamiyatga ega komplekslarni (atom elektr stansiyasi, kimyoviy jihatdan xavfli obyektlar, shuningdek, mamlakatning milliy xavfsizligi nuqtai nazardan oʻta muhim boʻlgan boshqa obyektlar) havo hududidagi ehtimoliy hodisalar natijasida roʻy beradigan zararli taʼsir va vayronagarchiliklardan muhofaza qilish uchun belgilanadi;
yagona havo hududi — Oʻzbekiston Respublikasi hududi yoki hududiy suvlari ustidagi havo hududi boʻlib, uning doirasida Oʻzbekiston Respublikasining barcha aviatsiya turlari havo kemalariga parovozlarni amalga oshirish uchun ruxsat berilgan;
uchadigan apparat — atmosfera yoki kosmik makondagi parvozlar uchun moʻljallangan qurilma;
uchuvchisiz uchadigan apparat — uchuvchisiz parvozni amalga oshiradigan yoki toʻliq boshqa joydan masofadan turib boshqariladigan yoxud dasturlashtirilgan va parvozda toʻliq mustaqil boʻlgan havo kemasi (samolyot modellari bundan mustasno);
uchuvchisiz aviatsiya tizimi — havo kemasi va bortida uchuvchisi boʻlmagan holda foydalaniladigan havo kemasi bilan bogʻliq elementlar;
Oʻzbekiston Respublikasining havo hududi — Oʻzbekiston Respublikasining hududi va hududiy suvlari ustidagi, faqat uning yurisdiksiyasiga kiruvchi makon;
Oʻzbekiston Respublikasi chegaraoldi polosasining havo hududi — quruqlik va suv ustida joylashgan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasiga tutashgan kengligi 25 km boʻlgan havo hududi;
Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanuvchilar — havo hududidan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi, shuningdek, boshqa davlatlarning korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolari;
Oʻzbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish bilan bogʻliq faoliyat — havo kemalarining parvozlari, barcha turdagi otishlar, raketa uchirish, portlatish ishlari, havo hududida moddiy obyektlarni koʻtarish, harakatlantirish va tushirish bilan bogʻliq faoliyatning boshqa turlari;
Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun talabnoma — buyurtmanomada koʻrsatilgan faoliyatni taʼminlash uchun zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan belgilangan namunadagi hujjat;
havo kemasi — atmosferada oʻzining havo bilan oʻzaro taʼsiri hisobiga ushlab turadigan har qanday uchadigan apparat, yer (suv) yuzasidan qaytgan havo bilan oʻzaro taʼsir bundan mustasno (samolyot, vertolyot, uchuvchisiz uchadigan apparat, dirijabl, havo shari va boshqalar);
xavfli hudud — hududida maʼlum vaqt davomida havo kemalari parvozi uchun xavf tugʻdiruvchi faoliyat olib borilishi mumkin boʻlgan belgilangan oʻlchamlardagi havo kengligi;
havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi — idoralararo komissiya va Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi markazlaridan tashkil topgan, Oʻzbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish tartibiga rioya etilishini tashkil etish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish va monitoringini amalga oshirish uchun moʻljallangan organ.
4. Oʻzbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatga zarur ehtiyot choralariga rioya etilganda, faqat mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq ruxsat berish tartibotlaridan oʻtgach hamda Bosh shtabning va Havo hududidan foydalanish boshqaruvining yagona tizimi organlaridan ruxsat olgandan soʻng ruxsat beriladi. Ushbu faoliyat mutlaqo taqiqlanishi yoxud vaqtincha rejimlar yoki qisqa vaqt davom etadigan cheklovlarni kiritish yoʻli bilan cheklanishi mumkin.
Taqiqlangan yoki havo hududidan foydalanish cheklangan hududlarda havo hududidan foydalanish zarur boʻlgan holatlarda manfaatdor vazirlik, idora, muassasa, korxona va tashkilotlar Bosh shtabga amalga oshiriladigan parvozlar va ularning davomiyligi toʻgʻrisida xabar bergan holda, Bosh shtabdan maxsus ruxsatnoma olishlari shart, vazirliklar va idoralarga qarashli joylarda joylashgan obyektlar bundan mustasno.
2-bob. Aerosuratga olish ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish tartibotlarini hamda ushbu suratga olish materiallarini nazorat tariqasida koʻrib chiqishni tashkil etish va amalga oshirish
1-§. Aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
5. Vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini bajarish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda Bosh shtabga mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq soʻrovnoma taqdim qiladi. Rejalashtirilgan aerosuratga olish ishlaridan kelib chiqib, soʻrovnomaga quyidagilar ilova qilinadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
talab qilinayotgan havo hududining chegaralarini belgilab beradigan parvozlar hududi kartogrammasi ilova qilingan holda, ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan hududlar boʻyicha axborot (joriy yil uchun);
aerosuratga olish, havoda kino suratga olish, aerovizual, shuningdek, maxsus va boshqa turdagi aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish boʻyicha toʻliq va batafsil axborot;
topografik va boshqa maxsus maqsadlarda bajarilayotgan maydonli suratga olish xususiyatiga ega aerosuratga olish ishlarining yigʻma kartogrammalari;
uchuvchisiz uchadigan apparatga oʻrnatilgan radioelektron vositalardan foydalanish (chastota parametrlari) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan berilgan ruxsatnomaning, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanishga ruxsat berilgani toʻgʻrisidagi xulosaning, uchuvchisiz uchadigan apparat operatori (uchuvchisi) pasportining nusxalari, shuningdek, parvozni taʼminlash uchun boshqa axborotlar;
aerosuratga olish ishlarini bajarish bilan bogʻliq masalalarni Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishish boʻyicha hujjatlarning nusxalari, agar ishlar chegaraga tutash joylarda (hududida) yoki ular tomonidan qoʻriqlanayotgan obyektlarda (hududida) rejalashtirilayotgan boʻlsa;
rahbariyat topshirigʻining nusxasi, agar aerosuratga olish ishlari rejimli obyektlarning hududida rejalashtirilayotgan boʻlsa.
6. Soʻrovnomalar aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsatnomalarni berishning hisobini yuritish jurnalida roʻyxatga olinadi hamda Bosh shtab huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi maxsus komissiya (keyingi oʻrinlarda — maxsus komissiya) tomonidan besh kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Ariza beruvchi tomonidan taqdim qilingan materiallarni koʻrib chiqish yakunlariga koʻra dalolatnoma tuzilib, u maxsus komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va Bosh shtab boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
7. Maxsus komissiyaning xulosasiga asosan Bosh shtab tomonidan mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq maxsus ruxsatnoma rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda ariza beruvchiga yuboriladi.
2-§. Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibi
8. Ariza beruvchi havo hududidan foydalanish uchun Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi bosh markaziga soʻrovnoma topshirganda, Bosh shtab tomonidan berilgan ruxsatnomaning raqamini koʻrsatishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi qarorni Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondoni qabul qiladi, havodagi harakatga xizmat koʻrsatish yoʻnalishlari boʻyicha parvozlarni bajaruvchi fuqaro havo kemalarining parvozlari bundan mustasno. Qabul qilingan qaror Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari shtabi (Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi bosh markazi) orqali Oʻzbekiston Respublikasi havo hududidan foydalanuvchilarga yetkaziladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
Oʻzbekiston Respublikasining havo hududidan faqat Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimining tegishli organlaridan ruxsatnoma olingandan soʻng foydalaniladi.
Oʻzbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanish uchun buyurtmanomalar berish hamda bu haqda tegishli organlarni xabardor qilish Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish, shu jumladan, xorijiy davlat fuqarolarining undan foydalanishi Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasining uchuvchisiz uchadigan apparatidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda idoraviy vazifalarni bajarish uchun uchuvchisiz uchadigan apparat parvozlariga faqat tegishli vazirlik va idoralar tomonidan qatʼiy belgilangan hududda yoki tegishli obyektlar ustida hamda havo kemalarining muayyan turlari uchun oʻrnatilgan tartibda belgilanuvchi ajratilgan havo hududida ruxsat etiladi.
3-§. Maxsus komissiyani tayinlash tartibi. Aerosuratga olish materiallarini nazorat tariqasida koʻrib chiqish va ariza beruvchiga qaytarishni tashkil etish
11. Havo kemalaridan foydalangan holda aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berish tartibotlari (ariza beruvchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish va kelishish), shuningdek, mazkur suratga olish materiallarini nazorat tariqasida koʻrib chiqishni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha maxsus komissiya Bosh shtab boshligʻining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Maxsus komissiyaning ishiga Bosh shtab boshligʻi tomonidan tayinlanadigan rais rahbarlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Maxsus komissiyaning tarkibiga koʻrib chiqilayotgan materiallardan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi markaziy apparati, Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari, Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining tegishli mutaxassislari ularning rahbarlari tavsiyasiga koʻra kiritiladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
12. Maxsus komissiya raisining zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
maxsus komissiya tarkibi tomonidan aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish uchun buyurtmanomalarni koʻrib chiqish va ruxsat berish tartibotlarini oʻrganish (tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish);
ariza beruvchidan (uning vakilidan) aerosuratga olish (foto-video) materiallari va kosmik suratga olish materiallarini belgilangan tartibda olish;
suratga olingan materiallarni maxsus komissiya tarkibi bilan nazorat tariqasida koʻrib chiqib, tasvirlarda aerosuratga olish materiallarida koʻrsatilishi kerak boʻlmagan rejimli, harbiy obyektlar, qurol-aslaha va harbiy texnikaning bor-yoʻqligini aniqlash hamda bunday tasvirlarni retush qilishni (kesib tashlashni) tashkil etish;
tasvirlarda koʻrsatilishi kerak boʻlmaganligi uchun kesib tashlangan obyektlarni koʻrsatib oʻtgan holda, aerosuratga olish materiallarini nazorat tariqasida koʻrib chiqish dalolatnomasini tuzish;
ishlov berilgan aerosuratga olish (foto-video) materiallari hamda kosmik suratga olish materiallarini ariza beruvchiga oʻz vaqtida qaytarish va boshqalar.
13. Parvozlar va muayyan hududni suratga olish boʻyicha ishlar yakunlangandan soʻng suratga olingan material yozilgan elektron axborot tashuvchi moslama operator va ishlar rahbari tomonidan muhrlanib, suratga olish ishlari oʻtkazilgan hudud, sana va vaqt, shuningdek, suratga olingan material yozilgan elektron axborot tashuvchi moslama muhrlangan muhrning taʼrifi koʻrsatilgan holda kelgusida nazorat tariqasida koʻrib chiqishga taqdim qilinadi. Elektron axborot tashuvchi moslamaga yozilgan suratga olish materiallarining asl nusxa va ishonchli ekanligi uchun javobgarlik aerosuratga olish boʻyicha ishlarni amalga oshirishgan yuridik shaxslarning zimmasiga yuklanadi.
14. Maxsus komissiyaning ishi ariza beruvchidan elektron axborot tashuvchisiga yozilgan (TIFF(GEOTIFF), JPG, RGB va boshqa formatlarda) aerosuratga olish materiallari va kosmik suratga olish materiallari olingandan soʻng tashkil etiladi. Elektron axborot tashuvchilar elektron axborot tashuvchilarni qabul qilish va topshirish jurnalida qayd etiladi.
Aerosuratga olish materiallari va kosmik suratga olish materiallarini nazorat tariqasida koʻrib chiqish, ularga ishlov berish hamda kelgusida ularni ariza beruvchiga qaytarish ular olingan vaqtdan boshlab ikki hafta (uchuvchisiz uchadigan apparat uchun — ikki kun) muddatda amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlarda (katta yongʻinlar, vayronagarchilik, suv toshqini va boshqa tabiiy ofatlarda) Favqulodda vaziyatlar vazirligining soʻrovnomasi boʻyicha suratga olingan materiallar Bosh shtabning talabiga koʻra nazorat tariqasida koʻrib chiqilmasdan berib yuborilishi mumkin.
15. Maxsus komissiyaning ishi davomida yetkazib berilgan materiallarning sifati, suratga olish ishlarini oʻtkazishning sanasi va hududi, ularni aerosuratga olish materiallarida koʻrsatilishi mumkin boʻlmagan davlat va rejimli harbiy obyektlar, qurol-aslaha va harbiy texnika toʻgʻrisidagi axborotning mavjudligi hamda chegara hududiga tutash hududidan uzoqligiga alohida eʼtibor qaratiladi.
16. Maxsus komissiya ishining yakunlari boʻyicha nazorat tariqasida koʻrib chiqish dalolatnomasi tuzilib, Bosh shtab boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi, bunda tasvirlarda koʻrsatilishi mumkin boʻlmagan obyektlarning nomi hamda suratga olingan materialning tavsifi boʻyicha xulosa koʻrsatiladi. Ariza beruvchiga (uning vakiliga) mazkur Nizomga 4-ilovaga muvofiq aerosuratga olish materiallaridan foydalanish uchun ruxsatnoma beriladi.
17. Suratga olingan materiallarni qaytarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
suratga olingan materialni nazorat tariqasida koʻrib chiqish va ularga ishlov berish yakunlangandan soʻng elektron axborot tashuvchi maxsus komissiya raisi tomonidan muhrlanib, uning upakovkasiga sana yoziladi va shaxsiy imzo qoʻyiladi;
aerosuratga olish materiallaridan foydalanishga ruxsatnoma Bosh shtab boshligʻining imzosi bilan beriladi;
ariza beruvchi nazorat tariqasida koʻrib chiqish ishlarning yakunlanganligi toʻgʻrisida xabardor qilinadi hamda aerosuratga olingan materiallarni qaytarish masalasi kelishiladi;
ruxsatnoma aerosuratga olish natijalari va elektron axborot tashuvchi bilan birgalikda ariza beruvchiga kanselyariya (xizmat ish yuritish boʻlimi) orqali yoki belgilangan tartibda pochta orqali yuboriladi. Elektron axborot tashuvchining topshirilganligi tegishli jurnalda yozib qoʻyiladi.
4-§. Oʻta muhim ahamiyatga, oʻta muhim rejimga ega sanoat va rejimli harbiy obyektlar hududida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi chegaraoldi polosasida (hududida) aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish tartibi
18. Oʻta muhim ahamiyatga, oʻta muhim rejimga ega sanoat va rejimli harbiy obyektlar (keyingi oʻrinlarda — rejimli obyektlar) hududida aerosuratga olish ishlarini ushbu obyektlar tasarrufida boʻlgan vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda, Bosh shtabning maxsus qaroriga binoan amalga oshiriladi. Rejimli obyektlar joylashgan hududda oʻquv, mashq va rekognossirovka parvozlarini oʻtkazish taqiqlanadi.
19. Rejimli obyektlar hududida aerosuratga olishni bajarishga ruxsat olish uchun vazirlik va idoralar, birlashma, korxona, muassasa va tashkilotlar Bosh shtabga tegishli soʻrovnoma yuboradi. Bunda aerosuratga olish uchun soʻrovnoma bilan bir vaqtda aerosuratga olish ishlarini bajarishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida tegishli organlarning asoslovchi xatlari yoki Rahbariyat topshirigʻining nusxasi majburiy tartibda taqdim qilinadi.
20. Aerosuratga olish uchun ruxsatnoma quyidagicha yetkaziladi:
Bosh shtab tomonidan — ariza beruvchigacha;
rejimli obyektlarning rahbariyati tomonidan — boʻysunuvchi rejimli qoʻshilma va harbiy qismlargacha (muassasalargacha). Bunda zarur hollarda, rejimli obyektlarni aerosuratga olish ishlariga tayyorlash va aerosuratga olishning tartibi boʻyicha koʻrsatmalar beriladi.
21. Aerosuratga olishni amalga oshirish boshlangunga qadar ishlarning ijrochisi hisoblangan tashkilotlar Bosh shtabning ruxsatnomasida koʻrsatilgan davlat organlari bilan aerosuratga olish turlari, hududlarning chegarasi yoki suratga olish yoʻnalishlari (topografik xarita yoki yigʻma jadvalda), ishlarni boshlash va yakunlash vaqti, parvozlar vaqti va rejimi, suratga olish materiallarini nazorat tariqasida koʻrib chiqishga taqdim qilish tartibini kelishib oladi. Sanab oʻtilgan masalalarni kelishib olish uchun aerosuratga olish hududlari (yoʻnalishlari) chizmasining zarur miqdordagi nusxalari taqdim qilinadi.
22. Rejimli obyektlar hududida aerosuratga olish, mazkur aerosuratga olish materiallariga ishlov berish va ulardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasining vazirlik, idora, korxona, muassasa va tashkilotlarida Maxfiylik rejimini taʼminlash boʻyicha yoʻriqnomada belgilangan talablarga rioya etgan holda amalga oshiriladi. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ishlarni bajarayotgan shaxslar maxfiy hujjatlar bilan ishlash va maxfiy ishlarni bajarish huquqini beruvchi tegishli shakldagi ruxsatnomaga ega boʻlishi kerak. Aerosuratga olish materiallariga ular nazorat tariqasida koʻrib chiqilgunga qadar “Maxfiy” grifi qoʻyiladi.
23. Rejimli obyektlar hududini aerosuratga olishning amaliy nuqtai nazardan qoʻllash uchun yaroqli barcha materiallari (ular kontakt bosmasidan chiqarilgunga qadar) ikki nusxadagi chizmalar bilan nazorat tariqasida koʻrib chiqish uchun Bosh shtabga yuboriladi. Aerosuratga olish materiallarini nazorat tariqasida koʻrib chiqish ularda maxfiy topografik xarita va planlarda (tarxlarda) koʻrsatilishi mumkin boʻlmagan rejimli harbiy obyektlar aks etgan tasvirlarni topish va olib tashlash, shuningdek, ularda rejimli harbiy obyektlar, oʻta muhim yoki oʻta muhim ahamiyatga ega sanoat obyektlarining tasvirlari mavjud boʻlgani sababli “Maxfiy” grifi ostida foydalanish zarur boʻlgan materiallarni aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
24. Rejimli obyektlar hududida aerosuratga olish materiallarini nazorat tariqasida koʻrib chiqishni amalga oshirish uchun rejimli birlashma va harbiy qismlarning (muassasalarning) vakillari ularning rahbariyati (qoʻmondonligi) bilan kelishilgan holda, maxsus komissiya tarkibidagi ishlarga jalb qilinishi mumkin. Alohida holatlarda aerosuratga olish materiallari ulardan rejimli harbiy obyektlar va ularni kamsituvchi tasvirlarni olib tashlash uchun bevosita rejimli qoʻshilmalarga (harbiy qismlarga) yuborilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Prezident davlat xavfsizlik xizmati boʻlinmalari har bir muayyan holatda aerosuratga olish materiallarini koʻrib chiqishda oʻz ishtirokining tartibini belgilaydi, harbiylashgan vazirlik va idoralarning jangovar xizmat faoliyatiga taalluqli materiallar bundan mustasno. Ular maxsus komissiyaning ishida qatnashish uchun oʻzining vakilini ajratadi yoki ushbu komissiya tarkibida ishlash uchun jalb qilinishi zarur boʻlgan rejimli obyektlarning vakillari roʻyxatini maʼlum qiladi yoxud ularga taalluqli qismlari boʻlgan aerosuratga olish materiallarini bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Prezident davlat xavfsizlik xizmati boʻlinmalaridan soʻrab oladi.
Aerosuratga olish materiallarini nazorat tariqasida koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tegishli dalolatnoma tuzilib, u nazorat tariqasida koʻrib chiqishda qatnashgan maxsus komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi. Dalolatnomada “Maxfiy” grifi ostida foydalanish kerak boʻlgan aniq materiallar (kadrlar raqami yoki maxsus suratga olish turlarining yoʻnalishi) koʻrsatiladi.
Rejimli harbiy obyektlarning tasviri yoki mazkur tasvirlarning olib tashlanganlik izlari, shuningdek, oʻta muhim ahamiyatga yoki oʻta muhim rejimga ega sanoat obyektlarining tasvirlari mavjud boʻlgan dastlabki yoki yakuniy aerosuratga olish materiallari maxfiy hisoblanadi. Rejimli obyektlarning hududiga uchib kirish boʻyicha qolgan materiallarning maxfiylik darajasi boshqaruv hujjatlarining talablariga muvofiq ushbu materiallarning foydalanuvchilari tomonidan belgilanadi.
25. Tuzilayotgan topografik va tematik xaritalar hamda planlarda rejimli obyektlarning tasviri yoki mazkur tasvirlarning olib tashlanganlik izlari mavjud boʻlgan uchastkalar belgilangan tartibga muvofiq atrofdagi tabiiy joyga moslab niqoblanadi.
26. Tabiiy ofatlar taʼsiriga uchragan obyektlar va hududlarning aerosuratga olish ishlari tabiiy ofatlarning (zilzila, toshqin, sel, koʻchki va boshqalar) taʼsiri natijalarini zudlik bilan qayd qilish va ularni aerosuratga olish materiallari boʻyicha oʻrganish, shuningdek, tabiiy ofatlarga qarshi kurashish tadbirlarini ishlab chiqish uchun moʻljallangan boʻlib, hukumat komissiyasining qaroriga koʻra amalga oshiriladi. Bunda ushbu suratga olish materiallari nazorat tariqasida koʻrib chiqilmasdan ishlar davomida qoʻllanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Alohida (favqulodda) holatlarda jangovar-xizmat vazifalarini hal qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Prezident davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari, Milliy gvardiyasi boʻlinmalarining uchuvchisiz uchadigan apparatlarining parvozlari Bosh shtab hamda Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari tegishli boʻlinmalarini xabardor qilgan holda, aerosuratga olish materiallarini Bosh shtabga taqdim qilmay amalga oshirilishi mumkin. Bunda Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari boʻlinmalariga tegishli buyurtmanomalarni taqdim qilish bilan havo hududidan foydalanishning belgilangan talablariga amal qilish, shuningdek, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni va suratga olish materiallaridan xavfsiz foydalanishni taʼminlash tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
3-bob. Oʻzaro hamkorlikni tashkil etish va nazorat
28. Ariza beruvchi aerosuratga olish boshlanishidan avval hududida ishlar amalga oshiriladigan rejimli obyektlar (ushbu obyektlarni qoʻriqlash boʻlinmalari) rahbariyatini xabardor qiladi va ushbu ishlarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni (topografik xaritada (yigʻma jadvalda) aerosuratga olish hududining chegaralarini), ishlarni boshlash muddati va vaqti, parvozlar rejimi, tekshirish uchun aerosuratga olish materiallarini taqdim etish tartibi va boshqalarni kelishadi.
Aerosuratga olish materiallaridan foydalanish uchun ruxsatnoma bergan maxsus komissiya bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish maqsadida ariza beruvchi tomonidan lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport maʼlumotlari hamda telefon raqamini koʻrsatgan holda operator va parvozlarni tashkil etuvchi shaxsning shaxsiy maʼlumotlari taqdim qilinadi.
Havo hududidan foydalanish ruxsatnomalarini berishga masʼul hisoblangan Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi organlari bilan oʻzaro hamkorlikni tashkil etish uchun ariza beruvchi (uning vakili) Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi hududiy markazlariga parvozlarni oʻtkazish uchun buyurtmanoma bilan birgalikda zaxira aloqa kanallarini hisobga olgan holda aloqa telefonlarini ham taqdim qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
29. Havo hududidan foydalanish tartibiga amal qilinishini nazorat qilish Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va harbiy-havo kuchlari qoʻmondonligi zimmasiga yuklanadi.
(29-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 18-apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son)
Fuqaro aviatsiyasi havo kemalarining parvozlarni bajarishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Uchuvchisiz uchadigan apparatdan maqsadli foydalanish ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi organlari tomonidan amalga oshiriladi.
4-bob. Yakunlovchi qoida
30. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1854-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Aerosuratga olish ishlarini amalga oshirishga ruxsat berish, aerosuratga olishga oid materiallarni koʻzdan kechirish va ularning buyurtmachiga tarqatilishini nazorat qilish
ALGORITMI

Bosqichlar

Mavzular

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Ariza beruvchi

Qurolli Kuchlari Bosh shtabiga aerosuratga olish ishlarini oʻtkazish uchun soʻrov joʻnatadi

Ariza beruvchi ixtiyoriga koʻra

2-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi

Ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganib chiqib, maxsus komissiya aerosuratga olish ishlariga maxsus ruxsatnoma beradi yoki sabablari koʻrsatilgan holda berishni rad etadi

Besh kun ichida

3-bosqich

Ariza beruvchi

“Oʻzaeronavigatsiya” markazi davlat unitar korxonasining Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi bosh markazining Fuqaro sektoriga parvozlarga buyurtmanomani koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadi. Barcha ruxsat berish tartibotlari rasmiylashtirgandan soʻng parvozlarni amalga oshiradi

Ariza beruvchi ixtiyoriga koʻra

4-bosqich

Havo hududidan foydalanishning yagona boshqaruv tizimi bosh markazi

Uchuvchisiz uchadigan apparatdan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga amal qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviatsiyasida havo hududidan foydalanishga ruxsatnoma beradi, havo hududidan foydalanishni nazorat qiladi

Buyurtmanomani qabul qilish bilan va parvozlar tugashidan oldin

5-bosqich

Ariza beruvchi

Suratga olingan materiallarda namoyish qilinmaydigan obyektlar bor boʻlsa, aerosuratga olingan materiallarni Qurolli Kuchlar Bosh shtabiga topshiradi

Aerosuratga olish ishlari tugagandan keyin

6-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi

Maxsus komissiya videotasvirlarni oʻrganib chiqib, ulardan foydalanishga ruxsat beradi (ruxsatnomalarni rasmiylashtiradi va bu haqda buyurtmachiga xabar beradi). Koʻrsatib boʻlmaydigan obyektlarni oʻz ichiga olgan materiallar qayta joylashtiradi (oʻchiradi)

Buyurtmachidan materiallar kelib tushgandan keyin 2 hafta oʻtgach

(uchuvchisiz uchadigan apparatlar uchun 2 kun muddat)

7-bosqich

Ariza beruvchi

Suratga olingan materiallarda maqsadga muvofiq foydalanadi

Ariza beruvchi ixtiyoriga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI BOSH SHTABI RAHBARIGA

Oʻzbekiston Respublikasi ________________________________ vazirligi (vazirlik, idora, birlashma, korxona, muassasa, tashkilot nomi) Oʻzbekiston Respublikasi 20___ yil _____________gacha _____________ (aerosuratga olish ishlarining maqsadi.

Misol uchun: qishloq xoʻjaligi yerlarining monitoringi — 1:10 000, 25 000 kattalikdagi xaritani yaratish; joyning ortofotorejasi va 3D modelini yaratish hamda ______________ viloyatining _____________ tumanida iqtisodiy zona qurish boʻyicha shaharsozlik vazifalarini hal etish va boshqalar) uchun _____________da (hudud, obyekt) aerosuratga olish ishlarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Aerosuratga olish ishlarini har kuni _________dan _________gacha (vaqt) 20___ yil “____” __________dan gacha (baza — aeroport 20___ yil “____” ____________).

Aerosuratga olish ishlari ______________ (tashkilot nomi. Misol uchun: “SAR” aviakompaniyasi mutaxassislari, ________________ kompaniya vakillari (pasport maʼlumotlari) ______________ tomonidan (uchadigan apparat modeli va bort raqami, foto-video apparatura. Misol uchun: “SAR” aviakompaniyasi Toshkent sh.) maxsus jihozlangan, bort raqami ________ boʻlgan An-2 samolyotidan “UltraCamX” raqamli aerokamera, “GeoScan 201Pro” modelidagi uchuvchisiz uchadigan apparatlardan), _____________ metrdan _____________ metrgacha boʻlgan balandlikdagi parvozlar paytida amalga oshiriladi.

Aerosuratga olish ishlarini ishlar kartogrammasiga muvofiq amalga oshirishga ruxsat berishingizni soʻraymiz. Suratga olish ishlarining amalga oshirilishi (yakunlashi) boʻyicha suratga olingan barcha materiallar kelgusida ulardan foydalanish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Bosh shtab huzuridagi maxsus komissiyaga taqdim etiladi.

Ilovalar (rejalashtirilgan aerosuratga olish ishlariga muvofiq):

1. Rejalashtirilgan ish joylari toʻgʻrisidagi maʼlumot _________ varaqlarda parvoz maydonlarning chegarasini belgilab, soʻralayotgan havo hududining chegaralarini belgilash bilan koʻrsatilgan.

2. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining uchuvchisiz uchadigan apparati jihozlangan radioelektron jihozlardan (chastota parametrlari) foydalanishga berilgan ruxsatnomasining nusxasi _________ varaqda.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligining uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish uchun tasdiqlash toʻgʻrisidagi xulosalar nusxasi _________ varaqda.

4. Chegara zonasida (hududida) yoki rejim obyektlarida aerosuratga ishlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi hujjatning nusxasi _________ varaqda.

5. Yoʻriqnomaning nusxasi yoki tegishli organlarning asoslanishi rejim obyektlar joylashgan joylarda aerosuratga olishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida _________ varaqda.

6. Parvozni taʼminlash uchun boshqa maʼlumotlar.

_______________________

____________

_______________________

(boshliqning lavozimi)

(imzo)

(familiyasi va ismi)

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

__________________________________________________

(ariza beruvchi vazirlik, idora, birlashma, korxona, muassasa, tashkilot nomi)

Maxsus ruxsatnoma 20___ yil “____” ____________ № ____

Aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish uchun 20___ yil “____” ____________dagi
‎____-son ruxsatnoma

________________ga (vazirlik, idora, birlashma, korxona, muassasa, buyurtma beruvchi tashkiloti nomi) ______________ (vaqt va joy amalga oshirilgan) ______________ (aerosuratga olish ishlarining maqsadi) aerosuratga olish materiallardan belgilangan maqsadda foydalanishga “Xizmat doirasida foydalanish uchun” grifi bilan ruxsat berildi.

Suratga olingan materiallar ommaviy axborot vositalarida chop etilishi mumkin emas.

Qurolli Kuchlar
‎Bosh shtabi boshligʻi

__________

_______________________

(imzo)

(familiyasi va otasining ismi)

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.

__________________________________________________

(ariza beruvchi vazirlik, idora, birlashma, korxona, muassasa, tashkilot nomi)

Aerosuratga olish ishlarini amalga oshirish uchun ‎20___ yil _____________dagi
‎_____-son maxsus ruxsatnoma

____________ (aerosuratga olish ishlarining maqsadi) kartogrammada belgilangan _________________ (vaqt va joy) _________________ (havo kemasining turi, modeli), foydalangan holda ____________ (vazirlik, idora, birlashma, korxona, muassasa, buyurtma beruvchi tashkilot nomi) bajarishga ruxsat berilgan.

Bunda aerosuratga olish ishlari yakunlangach, suratga olingan material bilan birgalikda elektron axborot manbai Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabiga ularni nazorat tariqasida koʻrib chiqish uchun albatta taqdim etilsin.

Qurolli Kuchlar
‎Bosh shtabi boshligʻi

__________

_______________________

(imzo)

(familiyasi va otasining ismi)

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga
4-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining havo hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 12-maydagi 150-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari va Davlat xavfsizlik xizmati, “OʻzGASHKLITI” davlat unitar korxonasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga idoraviy vazifalarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni (ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini) sotib olish, olib kirish, saqlash va ulardan foydalanishga ruxsat berilsin.”.
2. 4-band chiqarib tashlansin.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-noyabrdagi 658-son qaroriga
5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan baʼzi qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining havo boʻshligʻida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiyasiz foydalanishda ogohlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 26-noyabrdagi 322-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 48-son, 2016-y., 19-son).
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 31-avgustdagi 287-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 36-son).
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot tarmoqlarida fuqaro aviatsiyasining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan maqsadli va samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 29-martdagi PQ-3639-son qarori)” 2018-yil 15-avgustdagi 663-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2022-y., 09/22/658/1019-son; 19.04.2024-y., 09/24/217/0287-son; 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son; 17.10.2024-y., 09/24/679/0824-son; 15.07.2026-y., 09/26/381/0734-son)