Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 16.12.2025
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING QARORLARINI O‘Z KUCHINI TO‘LIQ VA QISMAN YO‘QOTGAN DEB HISOBLASH HAMDA AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRISHLAR VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq qarorlarini 1998-yil 1-yanvardan boshlab to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 1998-yil 1-yanvardan boshlab kiritiladigan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 3-fevral,
55-son
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil
3-fevraldagi 55-son qaroriga
1-ILOVA
1998-yil 1-yanvardan boshlab o‘z kuchini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan Hukumat qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari hamda boshqa o‘ziyurar mashinalar va mexanizmlar egalaridan olinadigan soliq stavkalari haqida” 1993-yil 1-martdagi 113-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 3-son, 7-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublika yo‘l jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 1993-yil 5-iyuldagi 334-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 7-son, 26-modda)ning 3-bandi “a” kichik bandining o‘n birinchi xatboshi, shuningdek, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom 6-bandining oltinchi xatboshi, 8-bandining beshinchi xatboshi va 27-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1993-yil 11-avgustdagi 402-son qaroriga 7-ilovaning 2-bandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi korxonalari va tashkilotlarining budjet bilan hisob-kitob qilishi tartibini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 1993-yil 18-avgustdagi 420-son qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalarini barter asosida amalga oshirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1993-yil 25-oktabrdagi 520-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 10-son, 37- modda)ga ilovaning 3, 6 va 17-bandlari.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sog‘lom avlod uchun” Hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya jamg‘armasi korxonalari, birlashmalari, tashkilotlariga imtiyozli soliq solish to‘g‘risida” 1994-yil 2-fevraldagi 61-son qarori 1-bandining uchinchi xat boshi va 2-bandi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 23-fevraldagi 88-son qarorining 14-bandi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida soliq tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 24-fevraldaga 93-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 2-son, 12-modda) ning 1 — 3-bandlari va ushbu qarorga ilova.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash va qimmatli qog‘ozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarorining 7-bandi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi qurilish tashkilotlarining budjet bilan hisob-kitob qilish tartibi to‘g‘risida” 1994-yil 15-iyundagi 299-son qarori.
12. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1994-yil 9-dekabrdagi 591-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birja va yarmarka savdosini, fyuchers asosidaga shartnoma munosabatlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1995-yil 26-sentabrdagi 375-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshi va qarorga ilova 13-bandining ikkinchi xatboshi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yengil va mahalliy sanoatni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 29-apreldagi 166-son qarorining 6-bandi.
Vazirlar Mahkamasining
1998-yil 3-fevraldagi 55-son qaroriga
2-ILOVA
1998-yil 1-yanvardan boshlab o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladigan Hukumat qarorlari
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-y., 21-avgustdagi 361-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xo‘jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida” 1994-yil 23-fevraldagi 87-son qarori 15-bandining ikkinchi xatboshidan “qurilish tashkilotlari ushbu ishlab chiqarish obyektlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1998-y., 2-son, 6-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son; 16.08.2024-y., 06/24/111/0623-son)