|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 01.01.1998
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISh TAShKILOTLARINING BUDJET BILAN HISOB-KITOB QILISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini o‘z kuchini to‘liq va qisman yo‘qotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevraldagi “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyuldagi, 1992-yil 9-dekabrdagi qonunlari bilan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda qurilish pudrat tashkilotlarining moliyaviy ahvolini, soliq va to‘lovlarning budjetga tushishini barqarorlashtirish va tashkilotlarning moliyaviy hisobotlaridagi xatoliklarni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurish, ishga tushirish, loyiha-qidiruv va ilmiy tashkilotlar uchun bajarilgan ish (xizmat}lar uchun budjet bilan hisob-kitob qilish tartibi belgilansin, ya’ni mazkur tashkilotlar bo‘yicha soliq olish maqsadlari uchun bajarilgan ish (xizmat)dan tushum deganda bajarilgan va ular bo‘yicha hisob-kitob hujjatlari taqdim etilgan ishlar, xizmatlar evaziga olingan summa tushuniladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi korxonalari va tashkilotlarining budjet bilan hisob-kitob qilish tartibini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 1993-yil 18-avgustdagi 420-son qarori qurilish, qurilish-montaj, ta’mirlash-qurish, ishga tushirish, loyiha-qidiruv va ilmiy tashkilotlar uchun tatbiq etmasin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 15-iyun,
299-son