O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining
Buyrug‘i
ShNQ 2.05.09-22 “Tramvay va trolleybus yo‘llari” shaharsozlik normalari va qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 19-iyunda hisobga olindi, hisob raqami 259]
O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga muvofiq buyuraman:
1. ShNQ 2.05.09-22 “Tramvay va trolleybus yo‘llari” shaharsozlik normalari va qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining 1998-yil 30-sentabrdagi 64-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan QMQ 2.05.09-97 “Tramvay va trolleybus yo‘llari” qurilish me’yorlari va qoidalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Transport vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishilgan.
4. Ushbu buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir B. ZAKIROV
Toshkent sh.,
2024-yil 16-may,
01/2-18-son
Kelishildi:
Energetika vaziri J. MIRZAMAHMUDOV
2024-yil 24-aprel
Favqulodda vaziyatlar vaziri A. KULDAShEV
2024-yil 25-aprel
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi B. YuSUPALIYEV
2024-yil 5-aprel
Transport vaziri I. MAXKAMOV
2024-yil 13-aprel
O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining 2024-yil 16-maydagi 01/2-18-son buyrug‘iga
ILOVA
ShNQ 2.05.09-22 “Tramvay va trolleybus yo‘llari shaharsozlik normalari va qoidalari
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari (bundan buyon matnda ShNQ deb yuritiladi) aholi punktlarida joylashgan yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan tramvay va trolleybus hamda ularni ta’mirlovchi ustaxonalar depolari hududidagi (to‘g‘ri qismlarida rels izlarining kengligi 1524 mm) yo‘llar, shuningdek depolarni loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
1-bob. Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar
1. Mazkur ShNQda quyidagi shaharsozlik normalari va qoidalari hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar qo‘llanilgan:
ShNQ 1.03.01-16 “Korxonalar, bino va inshootlarni qurishga loyihaviy hujjatlar tarkibi, ishlab-chiqish tartibi, kelishish va tasdiqlash haqida yo‘riqnoma”;
QMQ 2.01.05-19 “Tabiiy va sun’iy yoritish”;
QMQ 2.01.08-19 “Shovqindan himoya”;
QMQ 2.03.01-96 “Beton va temirbeton konstruksiyalar”;
ShNQ 2.03.05-23 “Po‘lat konstruksiyalar. Loyihalash talablari”;
QMQ 2.03.13-19 “Pollar”;
ShNQ 2.01.19-22 “Portlab-yonish va yong‘in xavfi bo‘lgan xonalar, bino va inshootlar hamda tashqi qurilmalar toifalarini aniqlash”;
QMQ 2.04.01-98 “Binolar ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi”;
ShNQ 2.04.02-19 “Suv ta’minoti. Tashqi tarmoqlari va inshootlar”;
QMQ 2.04.03-19 “Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”;
QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash”;
ShNQ 2.05.01-19 “Temir yo‘l izlari 1520 mm. Loyihalash me’yorlari”;
ShNQ 2.05.02-07 “Avtomobil yo‘llari”;
ShNQ 2.05.03-22 “Ko‘priklar va quvurlar”;
QMQ 2.05.04-97 “Metropolitenlar”;
ShNQ 2.07.01-03 “Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi punktlari hududlarini rivojlantirish va qurilishini rejalashtirish”;
ShNQ 2.09.02-19 “Sanoat binolari”;
ShNQ 2.09.03-23 “Omborxonalar. Loyihalash me’yorlari”;
ShNQ 2.09.04-09 “Korxonalarning ma’muriy va maishiy binolari”;
GOST 12.1.036-81 “Shovqin. Turar joy va jamoat binolarida ruxsat etilgan darajalar” (rasmiy manba: Sistema standartov bezopasnosti truda. Shum. Dopustimie urovnya v jilix i obщestvennix zdaniyax);
GOST 67-78* “Aloqa liniyalari va simli eshittirishlarning yer usti elektr transportining tutashuv tarmoqlari bilan kesishishi. Umumiy talablar va normalar”. (rasmiy manba: Peresecheniya liniy svyazi i provodnogo veщaniya s kontaktnimi setyami nazemnogo elektrotransporta. Obщiye trebovaniya i normi);
GOST 78-2014 “Temir yo‘llar uchun yog‘och shpallar” (rasmiy manba: Shpali derevyannie dlya jeleznix dorog shirokoy kolei Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST 839-2019 “Elektr uzatish liniyalari uchun izolatsiyalanmagan simlar” (rasmiy manba: Provoda ne izolirovnnie dlya vozdushnoy liniy elektroperedachi. Texnicheskiye usloviya);
GOST 2584-86*E “Mis va uning qotishmalaridan tayyorlangan tutashuv simlari” (rasmiy manba: Provoda kontaktnie iz medi i eye splavov. Texnicheskiye usloviya).
GOST 3062-80*. LK-O 1x7 (1+6) konstruksiyali bitta-to‘qilgan arqon. Sortament (rasmiy manba. Kanat odinarnoy svivki tipa LK-O konstruksii 1x7(1+6). Sortament);
GOST 3064-80 “TK turidagi yagona tutashuv varaqlar” (rasmiy manba: Kanati stalnie sortament);
GOST 4775-91E “Izolatsiyalanmagan bimetal po‘lat bilan qoplangan simlar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Provoda neizolirovannie biometallicheskiye stalemednie. Texnicheskiye usloviya);
GOST 6368-82 “Quyidagi turdagi tor temir yo‘l izli relslar R8, R11, R18 i R24. Konstruksiyalar va o‘lchamlari” (rasmiy manba Relsi jeleznodorojnie uzkoy kolei tipov R8, R11, R18 i R24. Konstruksiya i razmeri);
GOST 7392-2014 “Temir yo‘lning balast qatlami uchun zich tog‘ jinslaridan yasalgan chaqiq tosh. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Sheben iz plotnix gornix porod kamnya dlya ballastnogo sloya jeleznodorojnogo puti. Texnicheskiye usloviya);
GOST 7394-85 “Temir yo‘l uchun shag‘al va shag‘al-qum balasti Texnik shartlar” (rasmiy manba: Ballast graviyniy i graviyno-peschaniy dlya jeleznodorojnogo puti Texnicheskiye usloviya);
GOST 8267-93 “Tabiiy materiallardan chaqiq tosh. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Sheben i graviy iz plotnix gornix porod dlya stroitelnix rabot. Texnicheskiye usloviya);
GOST 8736-2014 “Qurilish ishlari uchun qum. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Pesok dlya stroitelnix rabot. Texnicheskiye usloviya);
GOST 9.602-2016 “Korroziya va eskirishdan himoyalashning yagona tizimi. Yer osti inshootlari. Korroziyadan himoya qilish uchun umumiy talablar” (rasmiy manba: Edinaya sistema zaщiti ot korrozii i stareniya. Soorujeniya podzemnie. Obщiye trebovaniya k zaщite ot korrozii);
GOST R 51685-2022 “Temir yo‘l relslari. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Relsi jeleznodorojnie. Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST 21174-75 “Keng tramvay yo‘llari uchun oldindan kuchaytirilgan temir-beton shpallar” (rasmiy manba: Shpali jelezobetonnie predvaritelno napryajennie dlya tramvaynix putey shirokoy kolei);
GOST 21797-14 “Temir yo‘l uchun prujinali ikki o‘ramli shaybalar. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Shaybi prujinnie dvuxvitkovie dlya jeleznodorojnogo puti. Texnicheskiye usloviya.);
GOST 22133-86 “Metal kesish, zarb qilish, quyish va yog‘ochga ishlov berish uskunalari uchun bo‘yoq va lok qoplamalar. Umumiy talablar” (rasmiy manba: Pokritiya lakokrasochnie metallorejuщego, kuznechno-pressovogo, liteynogo i derevoobrabativayuщego oborudovaniya. Obщiye trebovaniya);
GOST 23476-79 “Tramvay va trolleybus tutashuv tarmog‘ining armaturalari. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Armatura kontaktnoy seti tramvaya i trolleybusa. Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST 23961-80 “Metrolar. Binolarning uskunalar va harakatlanuvchi tarkibining yaqinlashuv o‘lchamlari” (rasmiy manba: Metropoliteni. Gabariti priblijeniya stroyeniy, oborudovaniya i podvijnogo sostava);
GOST 33320-2015 “Temir yo‘llar uchun temir-beton shpallar. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Shpali jelezobetonnie dlya jeleznix dorog. Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST 33535-2015 “Temir yo‘l yo‘llarining ulanishlari va kesishuvlari. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Soyedineniya i peresecheniya jeleznodorojnix putey. Texnicheskiye usloviya);
GOST R 54747-2011 “1520 mm izli temir yo‘llar uchun temir-beton shpallar. Umumiy texnik shartlar” (rasmiy manba: Shpali jelezobetonnie dlya jeleznix dorog kolei 1520 mm. Obщiye texnicheskiye usloviya);
GOST R 55497-2013 “Temir yo‘l kontrrelslari. Texnik shartlar” (rasmiy manba: Relsi jeleznodorojnie kontrrelsovie. Texnicheskiye usloviya).
2-bob. Atamalar va ta’riflar
2. Ushbu ShNQda quyidagi atama va ta’riflardan foydalanilgan:
egiluvchan ko‘ndalang to‘sinlar — egiluvchan konstruksiyalar bo‘lib, ularga tutashuv ilgaklari va tutashuv tarmoqlarining boshqa elementlari osiladigan to‘sinlar;
induktivlashtirilgan tok — erda turgan odamning tanasi orqali o‘tadigan induktiv ta’sir natijasida paydo bo‘ladigan va shahar elektr transportlari harakatlanuvchi tarkibining erdan himoyalangan kobiqqa tegib turgan tutashuv tarmog‘i ta’siriga beriluvchan tok;
tutashuv simlari — bir yo‘nalishdagi tramvay yoki trolleybuslarning biriga taalluqli bo‘lgan tutashuv tarmog‘ining qismi;
tutashuv tarmog‘i — qatnov vagonlarining tok qabul qilgichlariga bevosita elektr quvvatini uzatish uchun xizmat qiluvchi qurilmalar (tayanch, tutqich qurilmalari, tutashuv ilgaklari, maxsus qismlar, o‘zaklar) yig‘indisi;
yuk ko‘taruvchi ko‘ndalang to‘sin — asosan ilgaklar, maxsus qismlar, qurilmalar og‘irligidan va mahkamlagichdagi kuchlanishlardan kuch qabul qiluvchi maxsus qism hamda tutashuv tarmoqlarining qurilmalari tutashuv ilgaklariga mahkamlangan sim arqonlardan tayyorlangan egiluvchan tutib turgich qurilmalar;
tortqich — yotiq tekislikda tutashuv simi sinishida cho‘zuvchi kuchni qabul qiluvchi sim arqon yoki simlardan tayyorlangan qisqich qurilmalar;
tutib turuvchi qurilmalar — tutashuv ilgaklari, maxsus qismlar va tutashuv tarmoqlarini boshqa elementlari ilinadigan egiluvchan yoki qattiq qurilmalar (sim arqonli va simli ko‘ndalang to‘sinlar, kronshteynlar);
yarim muvozanatlangan ilgaklar — faqat tutashuv simlarini tortilishi avtomatik ravishda sozlanadigan zanjirli tutashuv ilgaklari.
3. Ushbu ShNQda quyidagi qisqartmalar qo‘llanilgan:
RKD — rels kallagi darajasi;
SMB — stryelkalarning markazlashtirilgan boshqaruvi;
PHITS — poyezdlar harakatini interval tartibga solish;
AVS — avtomatik vagon signalizatsiyasi;
SMB — signalizatsiyalash, markazlash va bloklash;
TPS — tortish podstansiyalari;
ShET — shahar elektr transportlari;
HS — havo simlari.
3-bob. Umumiy qoidalar
4. Ushbu ShNQ aholi punktlarida joylashgan yangi tramvay va trolleybus yo‘llarini qurishda va mavjudlarini qayta tiklashda:
tramvay yo‘llari to‘g‘ri qismlardagi rels izlarining kengligi 1524 mm, 1435 mm va 1000 mm va aloqa yo‘llarining hisobiy tezligi 24 km/h (oddiy tramvay) va 24 km/h dan ortiq bo‘lgan (tez yurar tramvay) tramvay yo‘llari;
yuk tashuvchi va xizmatchi tramvay yo‘llari, shuningdek tramvay va trolleybuslarni ta’mirlovchi ustaxonalar depolari, aylanma halqalarida joylashgan tramvay yo‘llari;
trolleybus yo‘llari;
tramvay va trolleybus yo‘llarining tutashuv tarmoqlarini loyihalashda qo‘llaniladi.
5. Tez yurar tramvay yo‘llarining to‘g‘ri qismlarda rels izlarining kengligi 1524 mm bo‘lgan yo‘llarni loyihalashda mazkur ShNQning 158-bandida belgilangan talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
6. Tez yurar tramvay uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan oddiy tramvay yo‘llarini loyihalashda yo‘lning grunt ko‘tarma, egri qismlar, bo‘ylama kesimni tez yurar tramvayni loyihalash talablari bo‘yicha loyihalashtirilishi lozim.
Qatnov yo‘llarining hisobiy tezligi sifatida tramvaylar yoki trolleybuslar oraliq bekatlarda to‘xtash vaqtlarini hisobga olgan holda yo‘lovchilarni oxirgi bekatlar oralig‘ida chiqarishdagi (tushirishdagi) harakat tezligi qabul qilinishi zarur.
7. Tramvay va trolleybus yo‘llarini barcha turlarini shahar yo‘lovchi transportini rivojlantirishning kompleks sxemasiga muvofiq hamda shaharni rejalashtirish va qurilish loyihasi bilan birgalikda loyihalashtirish kerak.
8. Yangi tramvay va trolleybuslar yo‘llarini loyihalashni va mavjud yo‘llarni hamda ularning alohida inshoot va qurilmalarini qayta qurish ShNQ 1.03.01-16 talablarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi zarur.
9. Tramvay va trolleybus yo‘llari bekatlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
10. Oddiy tramvay yo‘llarini tez yurar harakatlanishini tashkil etish bilan chiqish yo‘nalishlarida yoki marshrut shahar markazida yer ostidan o‘tganda loyihalashtirilishi lozim.
11. Tez yurar va oddiy tramvaylarni saqlash, texnik xizmat ko‘rsatish, quvvat bilan ta’minlash hamda boshqarishda yagona tizim bo‘lishi kerak.
12. Yo‘llarni loyihalashda hisobga olinuvchi tramvay harakatlanuvchi tarkiblarning hisobiy o‘lchamlari mazkur ShNQning 1-ilovasiga muvofiq bo‘lishi lozim.
13. Yo‘lovchi tashuvchi tramvay yo‘llarini ikki yo‘lli qilib loyihalash kerak.
Bir yo‘lli hududlarni bir vaqtning o‘zida poyezdlar (vagonlar) qarama-qarshi harakati mumkin bo‘lmagan joylardan o‘tkazish kerak.
14. Ikki yo‘lli yo‘nalishlarda 500 m dan ortiq bo‘lmagan uzunlikdagi bir yo‘lli hududlar va tramvay yo‘llarining tutashishiga, qurilishlar olib borish yoki ta’mirlash ishlari davrida vaqtincha yo‘l qo‘yiladi.
15. Mahalliy sharoitlardan kelib chiqib tramvay yo‘llari quyidagilar bilan ta’minlanishi kerak:
alohida ko‘tarmada yo‘lning harakat qismidan yoki trotuardan eni 6 m va tor joylarda 4 m dan kam bo‘lmagan ajratgich tasma bilan ajratilishi, bunda relsning kallagi yo‘lning harakat qismini to‘suvchi yon tosh sathidan yuqori joylashgan bo‘lishi;
alohida ko‘tarmadan yo‘lning yo‘l o‘qiga nisbatan joylashishining o‘zgarishini, faqat tartibga solinuvchi chorraha mintaqasida yo‘l qo‘yilishi;
mustaqil ko‘tarmada bo‘lishi (asosan shahar atrofidagi tramvay yo‘lining liniyalarida);
aralash ko‘tarmada bo‘lishi (rels kallagi ko‘cha va maydonlar harakat qismlarining o‘qi bo‘yicha yoki uning bir tomonlama sathidan past bo‘lmasligi).
16. Tramvay yo‘llarini umumiy tarmoqdagi avtomobil yo‘llarining qatnov qismida joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Alohida harakatlanish bo‘laklariga ega bo‘lgan magistral avtomobil yo‘llarining ajratuvchi bo‘laklarida agar uning kengligi mazkur ShNQning 126-bandi talablariga asosan tramvay yo‘llarini joylashtirish lozim.
17. Tez yurar tramvay yo‘llarini magistral yo‘llar bo‘ylab joylashgan alohida yo‘lda yer usti bo‘ylab loyihalashtirilishi, aholi yashamaydigan hududlarda esa mustaqil ko‘tarmada joylashtirgan holda loyihalashtirish kerak.
18. Ajratilgan tramvay ko‘tarmasi ko‘chaning harakat qismidan, piyodalar yo‘laklari va velosiped yo‘laklaridan, piyodalarga kirishni taqiqlovchi to‘siqlar o‘rnatish orqali va relsdan tashqari transport vositalarining kirishini ta’qiqlovchi to‘siqlar bilan bo‘linadigan tasmalar (gazonlar) bilan ajratilishi kerak (texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun maxsus yo‘llar bundan mustasno).
19. Yo‘lning ayrim hududlari uchun (shaharning markaziy tumanlarida, kapital qurilishli tor ko‘chalar mavjudligida, transport tugunlarida, shuningdek qiyin topografik sharoitlarda) muvofiq ravishda texnik-iqtisodiy asoslarga ko‘ra tunnel yoki estakadalar loyihalashtirilishi lozim.
20. Qurilgan hududlarda yotqiziluvchi tez yurar tramvay yo‘llarining peregonlarida yer osti yoki yer usti piyodalar o‘tish yo‘llari bo‘lishi kerak.
21. Tramvay yo‘llarini qurishda GOST 9.602-2016 bo‘yicha shovqinni, tebranishni va tok sarfini chegaralash bo‘yicha choralar e’tiborga olinishi lozim.
22. Loyihada tramvay yo‘lidan foydalanilgandan keyin 5, 6 oy mobaynida bajariluvchi ishlarni ya’ni, cho‘kkandan keyingi ta’mirlash ishlari, choksiz yo‘l va yo‘l qoplamasini o‘rnatish ishlarini alohida kompleks sifatida ajratib ko‘rsatish kerak.
23. Tor sharoitlar uchun mazkur ShNQda keltirilgan loyihalash talablarini tor ko‘chalar mavjud bo‘lganda hamda asosiy me’yorlardan foydalanish mavjud bino va inshootlarni buzish yoki kapital qayta qurish, qurilish-montaj ishlarining hajmi va narxining sezilarli darajada o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan hollarda qo‘llash lozim.
4-bob. Tramvay yo‘llari va ularni jihozlash
1-§. O‘lchamlari
24. Yonma-yon tramvay yo‘llari o‘qlari orasidagi masofa to‘g‘ri qismlarda quyidagi zaruriy xavfsizlik bo‘shliqlari bilan ta’minlanishi kerak:
tramvay vagonlari bilan yo‘llar oralig‘ida joylashgan tutashuv tarmoqlari tayanchi orasida — 300 mm dan kam bo‘lmasligi;
tramvay vagonlari o‘rtasida (yo‘l oralig‘ida tutashuv tarmoqlarining tayanchlari bo‘lmaganda) yoki tramvay vagoni va boshqa turdagi transport ekipaji oralig‘ida yo‘lning to‘g‘ri va egri hududlarida — 600 mm dan kam bo‘lmasligi.
Egri hududlarning boshlanishida va oxirida hamda tramvay tugunlarida xavfsizlik bo‘shliqlari o‘lchamini 20 m dan yuqori bo‘lmagan uzunlikda 300 mm gacha kamaytirish lozim.
25. Binolar joylashgan tor sharoitda agar loyihada qarama-qarshi kelayotgan tramvay vagonlari o‘rtasida xavfsizlik bo‘shlig‘ini ta’minlashning imkoni bo‘lmaganda (katta o‘lchamli egriliklar) yo‘lning egri hududlarda yaqinlashib kelayotgan tramvay vagonlarining harakat xavfsizligini ta’minlaydigan choralarni ko‘rish kerak.
26. Yonma-yon tramvay yo‘llarining (to‘g‘ri qismda) o‘qlari orasidagi masofa 1524 mm izlar uchun quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak:
tutashuv tarmoqlari tayanchlari yonlama joylashganda — 3200 mm;
tutashuv tarmoqlari tayanchlari yo‘llar oralig‘ida o‘rnatilganda — 3700 mm.
27. Tutashuv tarmoqlari tayanchlarining eni 350 mm va undan kam bo‘lsa, ikki yo‘l oralig‘ini 3550 mm gacha kamaytirish lozim.
28. Tramvay yo‘llarini qurish temir yo‘l turidagi yotqizish mexanizmlarini qo‘llagan holda amalga oshirilsa, ikki yo‘l oralig‘ini 4100 mm gacha oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
29. Yo‘l o‘tkazgichlar, ko‘priklar, estakadalar va tonnellarda joylashuvchi yonma-yon tramvay yo‘llarining o‘qlari orasidagi masofani GOST 23961-80 bo‘yicha loyihalash kerak.
30. Depo hududi to‘g‘ri uchastkalarida vagonlar turadigan ochiq joyda 1524 mm izli yonma-yon tramvay yo‘llarining o‘qlari orasidagi masofa 3800 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
Qor qalinligi 30 sm dan ortiq bo‘lgan joylarda ko‘rsatilgan masofa har 2-3 izdan keyin 6250 mm gacha oshirilishi zarur.
31. Yong‘in-qutqaruv texnikasi uchun mo‘ljallangan yo‘l bilan ajratilgan yonma-yon tramvay yo‘llarining o‘qlari orasidagi masofa 8000 mm dan kam bo‘lmasligi kerak.
32. Yo‘lning egri hududlarida yonma-yon tramvay yo‘llarining o‘qlari orasidagi masofa mazkur ShNQning 2-ilovasiga muvofiq bo‘lishi, ularning ichki tomonidan vagon o‘rtasining qiyshayishi va egri hududining tashqi tomonidan vagon burchagini qiymatlari yig‘indisigacha oshirish kerak.
33. Oddiy tramvayning (1524 mm izli) to‘rt o‘qli harakatlanuvchi tarkibi uchun tramvay yo‘llarining egri qismida yonma-yon yo‘llarining o‘qlari orasidagi masofa quyidagi 1-jadvalga muvofiq bo‘lishi lozim.

1-jadval

Egrilik radiusi (m)

To‘g‘ri qismdagi o‘qlar orasidagi dastlabki masofalarda tramvay yo‘llarining egri qismdagi yonma-yon yo‘llarining o‘qlari oralig‘idagi masofa (mm)

3200

3700

20

4100

4100

25

3860

3860

30

3710

3710

40

3580

3700

50

3500

3700

60

3450

3700

75

3400

3700

100

3350

3700

150

3300

3700

300

3250

3700

1000

3200

3700

34. Olti va sakkiz o‘qlari bo‘lgan vagonlar uchun egri qismdagi yonma-yon yo‘llar o‘qlari orasidagi masofani harakatlanuvchi vagonlarning konstruktiv xususiyatiga ko‘ra loyihada aniqlash kerak.
35. Egri qismdagi tez yurar tramvay yonma-yon yo‘llarining o‘qlari orasidagi masofani (to‘g‘ri qismdagi o‘qlar orasidagi dastlabki masofa 3200 mm ga teng bo‘lganda) quyidagicha qabul qilish lozim:
egrilik radiuslarida 100 dan 300 m gacha bo‘lganda — 3500;
egrilik radiuslarida 300 dan yuqori 500 m gacha bo‘lganda — 3400;
egrilik radiuslarida 500 dan yuqori 800 m gacha bo‘lganda — 3300;
egrilik radiuslarida 800 dan yuqori bo‘lganda — 3200.
36. Yo‘lning to‘g‘ri hududlarida yo‘llarning me’yoriy masofalardan egri hududlardagi kattalashtirilgan masofalarga o‘tishni tashqi yo‘l uchun qabul qilingan uzunlikka nisbatan ichki yo‘lda kattalashtirilgan uzunlikdagi o‘tish egri chiziqlarini qo‘llash orqali qabul qilish lozim.
37. O‘tish egri chiziqlari bo‘lmaganda ikki yo‘l oralig‘i masofasini uzaytirishga asosiy egri chiziq radiusiga qaraganda ichki aylanma yo‘lning egri chiziqli katta radiusini qo‘llash lozim.
38. Yonma-yon tramvay yo‘llarining (to‘g‘ri uchastkasida) o‘qlari orasidagi masofa 1435 mm izlar uchun kamida quyidagilarni tashkil etishi kerak:
tutashuv tarmoqlari tayanchlari yonlama joylashganda — 3100 mm;
tutashuv tarmoqlari tayanchlari yo‘llar oralig‘ida o‘rnatilganda — 3600 mm.
39. Oddiy tramvayning to‘rt o‘qli harakatlanuvchi tarkibi uchun 1435 mm izli bo‘lgan oddiy tramvay yo‘llarining egri qismidagi yonma-yon yo‘llarining o‘qlari orasidagi masofa quyidagi 2-jadvalga muvofiq bo‘lishi kerak.

2-jadval

Egrilik radiusi (m)

To‘g‘ri qismdagi o‘qlar orasidagi dastlabki masofalarida tramvay yo‘llarining egri qismdagi yonma-yon yo‘llarining o‘qlari oraligidagi masofa (mm)

3100

3600

20

4000

4000

25

3750

3750

30

3550

3600

40

3500

3600

50

3400

3600

60

3350

3600

75

3300

3600

100

3250

3600

150

3200

3600

300

3150

3600

1000

3100

3600

40. Tramvay yo‘llarining (to‘g‘ri qismda) o‘qlari orasidagi masofa 1000 mm izlar uchun quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak:
tutashuv tarmoqlari tayanchlarini yonlama joylashganda — 2900 mm;
tutashuv tarmoqlari tayanchlarini yo‘llar oralig‘ida o‘rnatilganda — 3400 mm.
41. Yangi tramvay yo‘llarini qurishda egri chiziqli hududlarda yonma-yon tramvay yo‘llarining o‘qlari orasidagi masofa quyidagi 3-jadvalga muvofiq belgilash kerak.

3-jadval

Egrilik radiusi (m)

To‘g‘ri qismdagi o‘qlar orasidagi dastlabki masofalarida tramvay yo‘llarining egri qismdagi yonma-yon yo‘llarining o‘qlari oraligidagi masofa (mm)

2900

3400

20

3470

3475

25

3320

3320

30

3220

3220

40

3100

3200

50

3030

3200

60

2970

3200

75

2920

3200

100

2870

3200

150

2810

3200

300

2760

3200

1000

2700

3200

42. To‘g‘ri hududlarda yo‘l o‘qidan binolar, inshootlar va qurilmalargacha bo‘lgan eng kichik masofani quyidagicha qabul qilish kerak (m):

turar joy va jamoat binolarigacha

20,0

noturar joy va ko‘cha to‘siqlarigacha

2,8

yer osti yo‘llari devorlari, tayanch devorlari, ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarning tayanchlari, ko‘prik panjaralarigacha

2,3

trotuarlar, ajratgich yoki bekat maydonchalari bo‘lmaganda qatnov yo‘l qismi (bort toshining tashqi qismi yoki asfaltlangan yo‘lning cheti)gacha

1,9

tutashuv tarmoqlarining tayanchlari joylashganda:

yo‘l oralig‘idan tashqarida ....………………………........................................

2,3

yo‘l oralig‘ida .........................……………………............................................

1,6

depo va ustaxonalar (zavodlar) hududlarida yoritish va tutashuv tarmoqlari tayanchlari yo‘l oralig‘idan tashqarida joylashganida ..............

1,9

Tepa shox-shabbalari diametri 5 m gacha bo‘lgan yolg‘iz daraxt poyasi:

me’yoriy sharoitlarda ......……………………........…...................................

5,0

siqiq sharoitlarda .................…………………………...................................

3,0

butalar, balandligi, m:

1 gacha ............................................………………………...................................

1,5

1 dan yuqori ......................................………………………...............................

3,0

depo hududi va binosiga kiriluvchi darvozalar o‘yimlarining ustunlari

1,9

bekat maydonchalarining cheti .………………………....................................

1,4

himoya ekranining shovqini (piyodalarga kirishni ta’qiqlashda) balandlikda, m:

0,7 gacha ............................................……………………….................................

1,5

0,7 dan yuqori ...................................………………………...............................

2,3

tramvay yo‘llarining to‘siqlari (piyodalarga kirishni ta’qiqlashda), yolg‘iz ustunlar ........................................................………….............................

2,3

bekat maydonchalarining soyaboni, yo‘l belgilari, svetoforlar (2,5 m dan ortiq balandlikda) ......................................………………….........................

1,9

piyodalar yer osti o‘tishlaridan chiqishlardagi panjaralar yoki piyodalar yer usti o‘tish zina marshlari …..............................…….…….…..........................

2,3

tramvay bekat inshootlari:

peregonlarda …………..........……………………….….....................................

2,3

oxirgi bekatlarda ..................………………………….....................................

4,4

0,7 m dan ortiq bo‘lmagan balandlikdagi tezyurar tramvay yo‘llarining yer usti inshootlari .................................................................................................

1,5

Izoh: yo‘lning egri qismida yo‘l o‘qidan binolar, inshootlar va qurilmalargacha eng kam masofani vagonning chiqish yoki og‘ish kattaligiga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
43. Tramvay yo‘li RKDdan yo‘llar ustida joylashgan binolar va inshootlar qurilish konstruksiyalarining pastki qismigacha bo‘lgan minimal vertikal masofa kamida 3,9 m bo‘lishi, yo‘llar ustida joylashgan tutashuv tarmog‘i simining osma balandligini ta’minlashi kerak.
44. Yer osti kommunikatsiyalarini tramvay yo‘lining mustaqil grunt ko‘tarmasi chegarasidan tashqarida kamgak (viemka) nishabligi yoki to‘kma asosi chetidan 2 m dan kam bo‘lmagan masofada joylashtirish lozim.
45. Yo‘lning qatnov qismi bilan bir xil sathda yoki alohida grunt ko‘tarmada joylashgan yo‘llar uchun yo‘l o‘qidan yer osti kommunikatsiyalarigacha bo‘lgan gorizontal masofa quyidagicha bo‘lishi zarur:
suv quvurigacha, bosimli va o‘zi oqar suvoqavagacha (maishiy va yomg‘ir suvlari) umumiy tarmoq drenajlarigacha, yo‘l drenajlari, issiqlik tarmoqlaridan tashqari (kanalning tashqi devorigacha), 0,294 MPa (3 kgs/sm2) gacha bo‘lgan bosimli gaz quvurlarigacha, kuchlanishli kabel va aloqa kabellari, umumiy kollektorlargacha 2,8 m;
yuqori bosimli 0,294 dan yuqori 3,53 MPagacha (3 dan yuqori 12 kgs/sm2) gaz quvurlarigacha 3,8 m.
46. Yo‘l o‘qlaridan kuchlanishli kabellargacha bo‘lgan masofani ularni himoyalangan bloklarda yoki quvurlarda yotqizilgan sharoitlarda 2 m gacha kamaytirishga yo‘l qo‘yiladi.
47. Tramvay yo‘llari bilan kesishuvchi quvurlarning yuqorisi yoki yer osti quvuri himoya qobig‘ining yuqorisi rels kallagidan 1,2 m dan kam bo‘lmagan chuqurlikda joylashgan bo‘lishi lozim.
48. Tramvay yo‘llari bilan yer osti muhandislik tarmoqlarini kesishishini 90° burchak ostida bajarish lozim.
Siqiq sharoitlarda kesishish burchagini 75° gacha, qayta qurishda kesishish burchagini 60° gacha kamaytirish kerak.
49. Kesishish joylarida quvurlar bir tomonga egilib himoya tuzilmalariga (po‘lat qutilar, monolit beton va temir-beton kanallar, kollektorlar, tunellar) o‘ralgan bo‘lishi zarur.
50. Tramvay yo‘llari ostidagi muhandislik tarmoqlari himoyalovchi qobiqlarda, quvurlarda, g‘iloflarda, bloklarda muhofazalangan holda rels kallagidan qurilma yuqorisigacha kamida 1,2 m chuqurlikda ochiq usulda hamda bosilgan va gorizontal yopiq burg‘ilashda va qalqonli o‘tishda rels kallagidan 3 m dan kam bo‘lmagan chuqurlikda bo‘lishlari kerak.
Muhandislik tarmoqlarining himoyalovchi vositalari uchlari oxirgi relslardan kamida 2 m masofaga chiqarilishi lozim.
51. Tramvay yo‘llarining yer osti muhandislik tarmoqlari bilan kesishishi stryelkalar, xochlar (krestovina) va so‘rib oluvchi (vsasivayuщiy) kabellar birlashtirilgan joylaridan 4 m dan kam bo‘lmagan masofada bajarilishi kerak.
52. Tramvay yo‘llarini elektr uzatish va aloqa yo‘llari, gaz o‘tkazgichlar, suv quvurlari, boshqa yer usti va yer osti qurilmalari hamda inshootlari bilan kesishishini ushbu qurilmalar va inshootlarni loyihalash talablariga muvofiq loyihalash lozim.
Shuningdek, tramvay yo‘llarini rekonstruksiya qilishda, loyihalashda texnik-iqtisodiy asoslangan hollarda tramvay yo‘llari chizig‘idagi mavjud bosimsiz muhandislik tarmoqlarini saqlab qolishga yo‘l qo‘yilishi, bunda avariya holatlarida yoki muhandislik tarmoqlarini ta’mirlashda (quduq bo‘g‘zini chiqarish va boshqalar) tramvay harakatini buzilishini oldini olish choralari ko‘rilishi kerak.
53. RKDdan ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va estakadalarning oraliq qurilmalari tagigacha bo‘lgan masofa 5 m dan kam bo‘lmasligi, mavjud inshootlar uchun bu masofani 4,6 m gacha kamaytirishga yo‘l qo‘yiladi.
2-§. Reja va bo‘ylama kesim
54. Rejadagi yo‘lning egri qismlarini imkoni boricha katta radiuslarda loyihalanilishi, bunda eng katta radiusning qiymati 2000 m dan oshmasligi kerak.
55. Rejadagi egri chiziqlar radiuslarining eng kichik qiymatlarini quyidagi 4-jadvalga muvofiq bo‘lishi kerak.

4-jadval

Yo‘lning joylashishi

Rejadagi egrilikning eng kichik radiuslari (m)

Meyoriy sharoitlarda

Ruxsat etilgan siqiq sharoitlarda

Tramvaylarni tortishda:

tez yurarlarni

400

200

oddiylarni

50

25

Burilish halqalarida, tugunlarda, yuk tashish va xizmat ko‘rsatish yo‘llarida, shuningdek depo va ta’mirlash ustaxonalari (zavodlar) hududida joylashgan yo‘llarida

25

20

56. Ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va tonnellarda joylashgan tezyurar tramvay yo‘llari uchun egri chiziqli radiuslarining kichik qiymatlari QMQ 2.05.04-97ga muvofiq bo‘lishi lozim.
57. Tramvay yo‘llari avtomobil yo‘llarining grunt ko‘tarmasi chegaralarida joylashgan bo‘lsa, egri chiziqlik radiusini 2000 m dan ortiq avtomobil yo‘llari uchun qabul qilingan egri chiziqlik radiusiga mos ravishda qabul qilish lozim.
58. Minimal ruxsat etilgan egrilik uzunligini ta’minlash uchun kichik burilish burchaklarida radiusni 2000 m dan oshirishga yo‘l qo‘yiladi, bunda aylanma egrilik uzunligi 10 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
59. Rejada egrilik radiuslari qiymatini o‘zgarish oralig‘ini quyidagicha qabul qilish lozim:
20 dan 35 m gacha — 1 oraliqda;
35 dan 100 m gacha — 5 oraliqda;
100 dan 200 m gacha — 10 oraliqda;
200 dan 1000 m gacha — 50 oraliqda;
1000 m dan yuqori — 100 oraliqda.
60. Tugunlar va stryelkali o‘tkazgichlar uchun radiuslar karralik qiymatlaridan og‘ishga yo‘l qo‘yiladi.
61. Tezyurar tramvay yo‘llari uchun yo‘lning egri hududi radiusi 1000 m va undan kam bo‘lishi, oddiy tramvay yo‘llari uchun 100 m va undan kam bo‘lganda yo‘lning to‘g‘ri hududlar bilan o‘tish egriligi orqali birlashtirilishi kerak.
62. O‘tish egriligining eng qisqa uzunligi tramvay vagonlarining harakat tezligiga ko‘ra aniqlanishi, ularni tezyurar tramvaylar uchun quyidagi 5-jadval, oddiy tramvaylar uchun esa 6-jadval bo‘yicha qabul qilinishi lozim.

5-jadval

Aylanma egrilik radiusi (m)

O‘tish egriligining eng qisqa uzunliklari (m), tezyurar tramvay yo‘llari uchun tramvay vagonlarini harakat tezligi (km/h)

80-76

75-71

70-66

65-61

60-56

55-51

50-46

45-41

1000

40

30

30

25

20

-

-

-

800

50

40

35

30

25

20

-

-

600

-

50

45

40

30

25

-

-

500

-

60

55

45

35

30

-

-

400

-

-

-

50

45

35

30

-

350

-

-

-

50

50

40

30

-

300

-

-

-

-

50

45

35

-

250

-

-

-

-

-

-

40

35

200

-

-

-

-

-

-

50

40

6-jadval

Aylanma egrilik radiusi (m)

Oddiy tramvay yo‘llari uchun o‘tish egriligining eng qisqa uzunligi (m)

Birlashtirilgan grunt ko‘tarmada tramvay vagonlarining harakat tezligida (km/h)

Murakkab va mustaqil grunt ko‘tarmada tramvay vagonlarining harakat tezligida (km/h)

24-21

20-15

24-21

20-15

100

9

-

18

-

75

9

8

18

14

50

9

8

18

14

30

-

8

-

14

20

-

7

-

-

63. O‘tish egriligining boshlang‘ich nuqtalari orasidagi to‘g‘ri o‘rnatmani ular bo‘lmaganda esa har tomonga yo‘naltirilgan aylanma egrilikni tezyurar tramvay yo‘llari uchun 15 m dan kam bo‘lmagan, oddiy tramvay yo‘llari uchun — 10 m uzunlikda ta’minlanishi kerak.
Siqiq sharoitlar uchun oddiy yo‘llardagi to‘g‘ri o‘rnatma uzunligini 6 m ga teng qilib qabul qilinishi lozim.
64. Bir tomonga yo‘naltirilgan egrilikda bir yoqlama uchli stryelkalarni yotqizishda 4 m dan kam bo‘lmagan uzunlikdagi to‘g‘ri o‘rnatma bo‘lishi kerak.
65. Tramvay yo‘llarining to‘g‘ri qismlaridagi bo‘ylama qiyalik qiymati quyidagilardan ortmasligi kerak:
a) tezyurar yo‘llarda:
peregonlarda — 50 ‰;
ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlari va estakadalar, yer osti yo‘laklaridagi to‘siqli qismlar yaqinida — 60 ‰;
b) yer osti yo‘laklarida — 40 ‰;
oddiy yo‘llarda — 60 ‰;
depo ta’mirlash ustaxonalari va zavodlarining oxirgi nuqtasidagi to‘xtash yo‘llarida — 2,5 ‰;
siqiq sharoitlarda tutqich boshi berk yo‘l o‘rnatishda — 30 ‰;
depo, ta’mirlash ustaxonalariga (zavodlari) kirish va chiqish yo‘llarida — 30 ‰.
66. Siqiq sharoitlar uchun mazkur ShNQning 5 va 6-jadvallarida keltirilgan chegaralar doirasida o‘tish egriligi uzunlikning kichikroq qiymatlarini mos ravishda harakat tezligini chegaralangan holda qabul qilish lozim.
67. Depo va ta’mirlash ustaxonalari (zavodlar) hududlarida joylashgan aylanma halqalar, tugunlar, yo‘llarda o‘tish egriligi bo‘lmasligi kerak.
68. Tramvay yo‘llari qismlarining uzunligi quyidagilardan oshmasligi kerak:
nishabligi 30 ‰ — 700 m;
nishabligi 40 ‰ — 500 m;
nishabligi 50 ‰ — 350 m;
nishabligi 60 ‰ — 250 m.
69. Radiusi 100 m dan kam bo‘lgan yo‘lning egri hududi uchun tikligi 40 ‰ dan ortiq bo‘lgan bo‘ylama qiyaliklardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
70. Siqiq sharoitlarda tramvay yo‘llarini rekonstruksiya qilishda peregonlarning to‘g‘ri hududlari uchun bo‘ylama qiyalik tikligini 90 ‰ gacha bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, bunda loyihada harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha choralar nazarda tutilishi lozim.
71. Yo‘lning egri hududlari uchun to‘g‘ri uchastkalar uchun qabul qilingan maksimal ruxsat etilgan bo‘ylama qiyalikni, egri chiziqdan qo‘shimcha qarshiligiga teng quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanuvchi qiymatga i, ‰ kamaytirish kerak:
i = 500/R
Bu erda:
R — egrilik radius, m.
i = 480/R (1435 mm izlar uchun),
i = 350/R (1000 mm izlar uchun).
72. Bo‘ylama kesimni uzun elementlar bilan loyihalanilishi, biroq tezyurar tramvaylar uchun kamida 50 m va oddiy tramvay yo‘llari uchun 35 m bo‘lishi kerak.
73. Tugunlarda bo‘ylama kesimni kam uzunlikdagi elementlar bilan loyihalashga yo‘l qo‘yiladi.
74. Yo‘lning ikkita yonma-yon elementlari bo‘ylama qiyaligi qiymatining algebraik farqi 60 ‰ dan oshmasligi kerak.
75. Mustaqil ko‘tarmada joylashgan tramvay yo‘llarining bo‘ylama kesimi yonma-yon to‘g‘ri chiziqli elementlarini birlashtiruvchi qiyaliklari qiymatining algebraik farqi oddiy tramvay yo‘llari uchun 7 ‰ dan va tezyurar tramvay yo‘llari uchun 5 ‰ dan ortiq bo‘lganda qiyaliklarni radiusi quyidagilardan kam bo‘lmagan vertikal egrilik bilan biriktirish lozim:
tezyurar tramvay yo‘llari uchun:
peregonlarda — 3000 m;
to‘xtash joylari yaqinida — 2000 m;
oddiy tramvay yo‘llari uchun — 500 m.
76. Siqiq sharoitlarda tezyurar tramvay yo‘llarining vertikal egrilik radiusini peregonlarda 1500 m gacha va to‘xtash joylari yaqinida — 500 m gacha kamaytirish lozim.
77. Ko‘chaning qatnov qismi bilan bir sathda yoki maxsus ko‘tarmada joylashgan tramvay yo‘llari bo‘ylama kesimining yonma-yon to‘g‘ri chiziqli elementlarini vertikal egriliklar bilan tutashtiriladi, unda radiuslarini ShNQ 2.07.01-03 asosan birlashadigan egriliklarning algebraik qiymatlariga ko‘ra qabul qilinishi kerak.
78. Turli tomonga yo‘naltirilgan vertikal egriliklar orasida 10 m dan kam bo‘lmagan uzunlikda to‘g‘ri o‘rnatmalar bo‘lishi lozim.
79. Bir tomonga yo‘naltirilgan vertikal egriliklar orasida to‘g‘ri o‘rnatmalar o‘rnatilmasligi kerak.
80. Vertikal egrilikni asosan o‘tish egriligidan tashqarida, shuningdek ko‘priklar oraliq qurilmalari, yo‘l o‘tkazgichlar va yo‘lning ballastsiz harakat qismidagi estakadalardan tashqarida loyihalash lozim.
Bunda, bo‘ylama kesimning sinish nuqtasi ko‘priklar oraliq qurilmalari, yo‘l o‘tkazgichlar va yo‘lning ballastsiz harakat qismidagi estakadalarning oxiridan vertikalik ergilik tangensi qiymatidan kam bo‘lmagan holda joylashishi kerak.
81. Hudud yoki depo binosining darvozasidan rejadagi yo‘lning egri chiziqli qismi boshlanishigacha bo‘lgan masofa vagon hisobiy uzunligidan kam bo‘lmasligi zarur.
82. Yo‘lning bo‘ylama kesimining sinish nuqtalarini o‘tish egriligi chegarasidan tashqarida joylashtirish lozim.
Siqiq sharoitlarda va yo‘lning bo‘ylama kesimi sinishdagi qiyaliklarini yumshatish uchun chiziq rejasidan qat’iy nazar bo‘ylama kesimining sinish nuqtalarini joylashtirish kerak.
83. Stryelkali o‘tkazgichlar va berk kesishishlar chegarasida bo‘ylama kesimning sinishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
84. Tramvay yo‘llarining elektrlashtirilmagan temir yo‘llar bilan kesishadigan joylarini bir sathda bo‘ylama kesimi 2,5 ‰ dan oshmagan va yonma-yon vertikal ergilik orasida kamida 15 m uzunlikdagi maydonchalarda joylashtirilishi, bunda kesishmaga yaqinlashayotganda tramvay yo‘lining bo‘ylama qiyalik qiymati 50 m uzunlikda, 30 ‰ dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
85. Stryelkali o‘tkazgichlarni va berk kesishishlarni vertikal egrilik chegaralaridan tashqarisida, qiyaligi quyidagilardan ortiq bo‘lmagan hududlarda joylashtirish lozim:
stryelkali o‘tkazgichlar — 30 ‰;
berk kesishishlar — 10 ‰.
86. Siqiq sharoitlarda stryelkali o‘tkazgichlar va berk kesishishlarni 2000 m dan kam bo‘lmagan vertikal egrilik radiusi doirasida joylashtirish kerak.
87. To‘g‘ri qismlarda relslarni joylashtirishda quyidagilarni nazarda tutish lozim:
yo‘l qoplamasiga ega bo‘lmagan yo‘llar uchun, shuningdek stryelkali o‘tkazgichlar va berk kesishishlar doiralari, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalarda hamda tonnellarda yer osti yo‘laklarida — bir sathda;
yo‘l qoplamiga ega bo‘lgan yo‘llar uchun — suv chetlatish qurilmasi tomoniga 7 ‰ bo‘ylama qiyalikda.
88. Tramvay yo‘lning egri hududlari ko‘chalar (yo‘llar) kesishmalarida joylashtirilganda ichki egrilikning tashqi rels kallagi va tashqi egrilikning ichki relsi bir xil darajada yoki kesishuvchi ko‘chalar (yo‘llar) ko‘ndalang kesimining umumiy qiyaligida loyihalashtirilishi kerak.
89. Yo‘lning egri qismlari uchun tashqi rels kallagining ichki rels kallagidan balandligi qiymati quyidagi 7, 8-jadvallar bo‘yicha hamda 1000 mm izli yo‘llar 9-jadval bo‘yicha qabul qilish lozim.

7-jadval

Egrilik radiusi

(m)

Ruxsat etilgan eng katta tezlik (km/h)

Hisobiy tezlikda, km/h tramvayning tezk�r yo‘llarida tashqi rels kallagining balandligi (mm)

80

70

60

50

40

200

40

-

-

-

-

55

300

50

-

-

-

100

65

400

60

-

-

100

80

50

600

70

-

100

75

50

35

800

80

100

75

55

40

25

1000

80

90

60

45

30

20

1500

80

65

45

35

20

15

2000

80

40

30

25

15

10

“-” — berilgan tezlik bilan harakatlanish yo‘l qo‘yilmaydi.

8-jadval

Ergilik radiusi (m)

Oddiy tramvay yo‘llari uchun tashqi rels kallagining balandligi (mm)

100 gacha

70

100 dan yuqori 200 gacha

50

200 dan yuqori 500 gacha

40

500 dan yuqori 1000 gacha

30

9-jadval

Ergilik radiusi (m)

1000 mm izli oddiy tramvay yo‘llari uchun tashqi rels kallagining balandligi (mm)

100 gacha

40

100 dan yuqori 200 gacha

30

200 dan yuqori 500 gacha

25

500 dan yuqori 1000 gacha

20

90. Ko‘chalarning qatnov qismida, chorrahalarda va kapital turdagi yo‘l qoplamali hududlarda joylashgan yo‘lning egri qismlarida tashqi rels kallagining balandligi qiymatini 50 foizga ga kamaytirish kerak.
91. Vagonlar harakatining qiyin sharoitlari uchun tashqi rels kallagining balandligi izlar oralig‘i 1524 mm va 1435 mm bo‘lgan yo‘llar uchun quyidagi 10-jadvalga muvofiq olinishi kerak.

10-jadval

Ergilik radiusi (m)

Yo‘llarni joylashishida vagonlarning siqiq sharoitlardagi harakatida tashqi rels kallagining balandligi (mm)

Yo‘lning harakat qismi bilan bir sathda

Murakkab yoki mustaqil grunt ko‘tarmasida

50 gacha

100

150

50 dan yuqori 100 gacha

80

120

100 dan yuqori 250 gacha

60

90

250 dan yuqori 500 gacha

40

40

500 dan yuqori 1000 gacha

30

30

92. Vagonlar harakatining qiyin sharoitlari uchun tashqi rels kallagining balandligi izlar oralig‘i 1000 mm bo‘lgan yo‘llar uchun quyidagi 11-jadvalga muvofiq bo‘lishi kerak.

11-jadval

Ergilik radiusi (m)

1000 mm izli yo‘llarni joylashishida vagonlarning qiyin sharoitlardagi harakatida tashqi rels kallagining balandligi (mm)

Yo‘lning harakat qismi bilan bir sathda

Murakkab yoki mustaqil grunt ko‘tarmasida

50 gacha

65

95

50 dan yuqori 100 gacha

50

80

100 dan yuqori 250 gacha

40

60

250 dan yuqori 500 gacha

25

25

500 dan yuqori1000 gacha

20

20

93. Vagonlar harakatlarining siqiq sharoitlariga quyidagilar kiradi:
50‰ dan ortiq qiyalikdan tushishlari va ko‘tarilishlari (istalgan uzunlikda);
35‰ dan ortiq qiyalikdan davomli (200 m ortiq) uzunlikda tushishlar va ko‘tarilishlar;
35‰ dan ortiq pasayishlardan keyin joylashgan yo‘llarning radiusi 75 m kam bo‘lgan egri hududlari.
94. Tashqi rels kallagi balandligining chetlatishni o‘tish egriligi uzunligiga u bo‘lmaganda esa aylanma egrilikka tutashuvchi to‘g‘ri qismida joylashtirilishi, bunda tashqi rels kallagining balandligini chetlatish qiyaligi 5‰ dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
3-§. Kesishuvlar, tutashuvlar, to‘xtash va jo‘nab ketish joylari
95. Tezyurar tramvay yo‘llarining shahar yo‘llari va ko‘chalari, yer ustidagi metropoliten yo‘llari, piyoda oqimi, shuningdek boshqa tramvay yo‘llari bilan kesishishlarini turli sathlarda bo‘lishi kerak.
96. Harakatning kichik o‘lchamlarida qurilishning birinchi navbati uchun kesishuvlarni bir sathda loyihalash kerak.
Bunda, kesishuvlarni to‘xtash joylari mintaqalarida joylashtirilishi hamda zaruriy ko‘rinish, tramvay vagonlarining kesishuvlardan oldin to‘xtash imkoniyati ta’minlanishi lozim.
97. Oddiy tramvay yo‘llarining I, II va III toifali avtomobil yo‘llari bilan kesishishlari, shuningdek magistral yo‘llar hamda tezyurar va uzluksiz harakatli shahar ko‘chalari bilan kesishlarini turli sathlarda loyihalash lozim.
98. Oddiy tramvay yo‘llarining boshqa toifalardagi yo‘llar va ko‘chalar bilan kesishishlarini bir sathda loyihalanilishi, bunda kesishishlar burchagi 60° dan kam bo‘lmasligi kerak.
99. Tramvay yo‘llarini temir yo‘lning umumiy tarmoqlari, tashqi shoxobcha yo‘llari va elektrlashtirilgan ichki shoxobcha yo‘llari bilan kesishishlarini turli sathlarda loyihalash kerak.
100. Tramvay yo‘llarni sanoat korxonalarining elektrlashtirilmagan ichki shoxobcha yo‘llari bilan kesishishlarini bir sathda loyihalashga yo‘l qo‘yiladi.
Bunda, kesishish joylarida o‘zaro ko‘rinish ta’minlangan bo‘lishi, kesishish burchagi 45° dan kam bo‘lmasligi lozim.
101. Tramvay yo‘llarining berk kesishuvlarini to‘g‘ri qismlarda 45° dan kam bo‘lmagan burchak ostida joylashtirilishi, bunda egri chiziqli kesishuvlarni loyihada belgilanishi kerak.
102. Tezyurar tramvay yo‘llarining tarmoqlangan joylarini, ularga tutashuvchi xizmat yo‘llarini va boshqa tramvay yo‘llarini to‘xtash joyi platformasining eng yaqin chekkasidan 40 m dan kam bo‘lmagan masofada joylashtirish lozim.
103. Oddiy tramvay yo‘llarida stryelkali o‘tkazgichlarni peregonlarda relssiz transport harakati yo‘llaridan tashqarida yotqizish kerak.
104. Turli tomonga yo‘naltirilgan ikki stryelkali o‘tkazgichlarning romli rels birlashadigan joylari orasida uzunligi quyidagidan kam bo‘lmagan to‘g‘ri o‘rnatma bo‘lishi lozim:
tezyurar yo‘llarda — 15 m;
oddiy yo‘llarda — 10 m;
siqiq sharoitlarda — 6 m.
105. To‘xtash joylari orasidagi masofa quyidagicha bo‘lishi kerak:
oddiy tramvay yo‘llari uchun — 400 dan 600 gacha;
tez yurar tramvay yo‘llari uchun:
bino va inshootlar qurilgan hududlar doirasida — 800 dan 1200 gacha;
bino va inshootlar qurilgan hududlar doirasidan tashqarida — 1500 va dan ortiq.
106. To‘xtash joylari oralig‘idagi masofani qo‘shni to‘xtash joylarining og‘irligini taqsimlash maqsadida 200 m dan kam bo‘lmagan masofaga kamaytirishga yo‘l qo‘yiladi.
107. To‘xtash joylarini chorrahagacha 20 m da joylashtirish lozim.
108. To‘xtash joylari va razyezdlarning bo‘ylama qiyaligi 30 ‰ ortiq bo‘lmagan yo‘lning to‘g‘ri qismida joylashtirish lozim.
109. Siqiq sharoitlarda to‘xtash joylarini radiusi 100 m dan kam bo‘lmagan egri chiziq ichki qismlarida hamda to‘xtash joylarini 40 ‰ gacha bo‘ylama qiyalikga ega bo‘lgan yo‘llarda joylashtirishga, 1000 mm izli yo‘llar uchun esa 33 ‰ gacha bo‘ylama qiyalikdagi yo‘llarda joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
110. To‘xtash joylarida yo‘lovchilar uchun soyabonli bekatlar loyihalanishi, ular nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa guruhlari uchun qulay qilib joylashtirilishi kerak.
111. Bekat maydonchalarini yo‘lning qatnov qismi bilan bir sathda yoki rels kallagining yuqorisidan (30 sm dan ortiq emas) joylashtirish kerak.
112. Maxsus yoki mustaqil ko‘tarmada joylashtirilgan yo‘llardagi bekat maydonchalari qattiq qoplamga ega bo‘lishi kerak.
Tramvay yo‘llari ko‘chaning qatnov qismi bilan bir xil sathda joylashganda, bekat maydonchalari markirovka chiziqlari bilan belgilangan bo‘lishi lozim.
113. Bekat maydonchasining uzunligi vagonning hisobiy uzunligidan 5 m ko‘proq qilib loyihalanilishi, bunda uning eni yo‘lovchilarning hisobiy soniga ko‘ra aniqlanishi, biroq 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
114. Yer osti yo‘laklarida, shuningdek piyodalar o‘tish joylariga zinapoyalardan chiqishlar mavjud bo‘lsa, bekat maydonchasining eni 3 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
115. Bekat maydonchasining ko‘ndalang kesim qiyaligini 10 — 15 ‰ ga bo‘lishi va tramvay yo‘li izidan boshqa tomonga yo‘naltirilgan holda loyihalash kerak.
116. Tramvay qatnovi yo‘lining oxirgi bekatlari quyidagilarga bo‘linadi:
ma’muriy-tarmoqlanish yo‘llari, xizmat ko‘rsatish va sanitariya inshootlariga;
texnik yo‘llar — yo‘lovchilar uchun o‘tirish joylari va harakatning muntazamligini nazorat qilish uchun moslamalarga ega yo‘llarga.
117. Oxirgi bekatlarda yo‘lovchilarni chiqarish va tushirish uchun ajratilgan mustaqil maydonchalar bo‘lishi kerak.
118. Tramvaylarning oxirgi bekatlarida qabul qilish, jo‘natish, o‘tish yo‘llaridan tashqari vagonlarni ta’mirlash uchun va poyezd xizmatchilari guruhlari hamda vagonlarni tushlik tanaffus vaqtida zaxirada turishi uchun yo‘llar loyihalanilishi lozim.
119. Oxirgi taqsimlagich bekatlari, navbatchi va poyezd xizmatchilari guruhlari, yo‘l ishchilari, yo‘nalish boshliqlari uchun xonalar, yo‘l ishchilarining asboblar va ashyolar saqlash uchun xonalar, shuningdek poyezd xizmatchilari va yo‘l xodimlari uchun dam olish va ovqatlanish xonalarga ega bo‘lishi kerak.
120. Tezyurar tramvay yo‘llarida, SMB, avtomatika hamda aloqa qurilmalari uchun xonalarni loyihalanilishi lozim.
121. Siqiq sharoitlardagi oddiy tramvay yo‘llarining oxirgi bekatlarida yo‘lovchilarni tushirish va chiqarish, shuningdek tramvaylar vagonlarini haydash hamda ta’mirlar uchun alohida maydonchalarni loyihalamaslikka yo‘l qo‘yiladi.
122. Bir izli yo‘llardagi razyezdlar orasidagi masofani hisob-kitoblar orqali aniqlanishi ular yo‘lning bekatlari bilan birlashtirilgan bo‘lishi kerak.
123. Razyezd yo‘llarining foydali uzunligini aniqlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
bir vaqtning o‘zida razyezdda qabul qilinuvchi tramvay vagonlarining soni va turini;
poyezdlar (vagonlar) orasidagi masofa 2 m ga teng bo‘lishini;
yo‘l mashinalari va vagonlar turishi mumkinligini.
124. Bir taraflama harakatlanuvchi tarkibda 10 km dan ortiq uzunlikdagi tramvay yo‘llarida har qaysi 5 — 8 km da vagonlar aylanishi uchun halqalar bo‘lishi hamda harakatlanayotgan tramvay yo‘llarida esa har 2-3 kmda halqalar loyihalanilishi kerak.
4-§. Grunt ko‘tarmasi va suv chetlatgichlar
125. Tramvay yo‘llari grunt ko‘tarmasini quyidagicha loyihalash kerak:
poydevor chuqur (kotlovan) ko‘rinishida — yo‘lning harakat qismi yoki grunt ko‘tarma bilan bir sathdagi ko‘chalar va maydonlarda joylashgan chuqurlashtirilgan ballast qatlamli yo‘llar uchun;
to‘kma yoki kamgak (viemka) ko‘rinishida — ochiq ballast qatlamli mustaqil grunt ko‘tarmada joylashgan yo‘llar uchun.
126. Poydevor chuqurining kengligini bir izli yo‘llar uchun shpallar uzunligi va ikkita 0,15 m dan shpallar cheti va poydevor chuqurligi orasidagi tirqishlar kengligiga teng, ikki izli yo‘llar uchun esa bundan tashqari yonma-yon yo‘llar o‘qlari orasidagi masofani ham inobatga olgan holda loyihalash lozim.
127. Ikki izli yo‘llarning egri hududlardagi chuqur kengligini kengaygan yo‘l oralig‘i qiymatiga kattalashtirish kerak.
128. Peregonlarning to‘g‘ri hududlaridagi ikki yo‘lli tramvay yo‘llarining kengligi quyidagicha bo‘lishi lozim:
oddiy tramvay yo‘llari quyidagicha joylashganda:
yo‘l oralig‘ida tutashuv tarmoqlarining tayanchlari bo‘lmaganda ko‘chaning qatnov
qismi bilan bir sathda — 7,0 m;
ko‘tarmalarda — 8,8 m;
bekat maydonchalarini inobatga olgan holda — 10,0 m;
tezyurar tramvay yo‘llarida — 10,0 m;
bir izli tramvay yo‘llarida — 3,8 m.
129. To‘kma va kamgak (viemka) ko‘rinishidagi 1524 mm izli tramvay yo‘llarining mustaqil grunt ko‘tarmalarini mazkur ShNQ hamda ShNQ 2.05.01-19 talablariga muvofiq loyihalashtirish kerak.
130. Tramvay yo‘llarining to‘g‘ri qismlaridagi mustaqil grunt ko‘tarmaning eni quyidagi 12-jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlardan kam bo‘lmasligi lozim.

12-jadval

Grunt ko‘tarma turi

Gruntdan foydalanilganda, yo‘lning to‘g‘ri qismidagi mustaqil grunt ko‘tarma kengligi (m)

Loyli va selgimaydigan mayda hamda changsimon qumlar

Yiriq sinuvchan qoyali va selguvchai qumli

Bir izli

5,5

5,0

Ikki izli, yonma-yon yo‘llarning o‘qlari orasidagi masofa, quyidagicha bo‘lganda (mm):

3200

8,8

8,2

3700

9,3

8,7

4100

9,7

9,1

131. Egri qismdagi bir izli grunt ko‘tarma kengligini egrilikning tashqi tomonidan kattalashtirish lozim:
radiusi 650 — 2000 m bo‘lganda — 0,1 m ga teng;
radiusi 110 — 600 m bo‘lganda — 0,2 m ga teng;
radiusi 100 m va undan kam bo‘lganda — 0,3 m ga teng.
Ikki izli qismlar kengligini ikki yo‘l oralig‘ining kengaytirilgan qiymatiga kattalashtirish kerak.
132. Drenajlanmagan gruntlardan foydalanilganda grunt ko‘tarmalar yuqori qismining ko‘ndalang ko‘rinishini teng asosga ega bo‘lgan uchburchak ko‘rinishida va 30-40 ‰ qiyalikda suv chetlatgich qurilmalari tomoniga yo‘naltirilgan qiyaliklar shaklida loyihalashtirish lozim.
Drenajlangan gruntlardan foydalanilganda grunt ko‘tarmasining yuqori qismini gorizontal ravishda loyihalashtirish zarur.
133. Maxsus grunt ko‘tarmada yoki selgimaydigan gruntlardagi yo‘lning harakat qismi joylashgan yo‘llar asosidan suv chetlatishni poydevor chuquri chekkasida yoki iz oralig‘idagi o‘qlar bo‘yicha 5‰ dan kam bo‘ylama qiyaliklarga ega bo‘lgan sizov suv drenajlari bilan ta’minlanishi, 30‰ dan yuqori bo‘lgan bo‘ylama qiyaliklarda bo‘ylama o‘rniga oralig‘i 50 m dan ortiq bo‘lmagan ko‘ndalang drenajlar loyihalanilishi kerak.
134. Drenajlanmagan gruntlarda poydevor chuquri (kotlovan) tubining ko‘ndalang qiyaligini 20 — 30 ‰ ga teng qilib qabul qilinadi va drenaj tomonga yo‘naltirilishi lozim.
Drenajlangan gruntdagi chuqur (korito) tubini gorizontal ravishda loyihalash kerak.
135. Tekshirish drenaj quduqlarini 40-50 m oraliqda, shuningdek bo‘ylama kesimning singan hamda yo‘nalishning o‘zgargan yoki quvur diametri o‘zgargan joylarda loyihalash kerak.
136. Drenaj quduqlaridan suvning shahar drenaj tarmoqlariga chiqarilishini 200 m oraliqdan kam bo‘lmagan holda va bo‘ylama kesimning singan past joylarida diametri kamida 200 mm bo‘lgan quvurlar orqali ta’minlanishi, bunda quvurning bo‘ylama qiyaligi 20 — 50 ‰ ga teng bo‘lishi kerak (siqiq sharoitlarda — 10 ‰ dan kam bo‘lmasligi).
137. Yo‘llar va stryelkalar suv qabul qiluvchi qutilaridan suvlarni chetlatishni diametri 150 mm dan kam bo‘lmagan quvurlar orqali ta’minlanishi lozim.
138. Oqova suvlar tarmoqlari bo‘lmaganda relyefning pasaygan joylariga, shuningdek suv shimuvchi quduqlarga loyihalashda yer osti suvlarini ifloslanishidan muhofazalash choralari ko‘rilgan holda suv chiqarishga yo‘l qo‘yiladi.
139. Mustaqil grunt ko‘tarmada joylashgan yo‘llardan yer ustki suvlarini chetlatishni ariqlarda, suv chetlatgich va tog‘li zovurlarda hamda ko‘ndalang tarnovlar orqali amalga oshirilishi lozim.
140. To‘kma yon-bag‘ir qiyaligining tagligi va suv chetlatgich zovurining cheti orasidagi berma kengligi kamida 2 m bo‘lishi lozim.
141. Bir izli tramvay yo‘llarini loyihalashda suv chetlatgich qurilmalarini ikkinchi yo‘lning grunt ko‘tarmasini sig‘dirishni hisobga olgan holda joylashtirish kerak.
142. Rejalashtirilgan hududlarda joylashgan tramvay yo‘llari uchun tog‘li zovurlarning, bo‘ylama va ko‘ndalang suv chetlatgich zovurlarning ko‘ndalang kesim o‘lchamlarini suv sarfining 10 foizga ortishini hamda rejalashtirilmagan hududlarda joylashgan yo‘llar uchun tog‘li zovurlar suv sarfining 5 foizga ortish ehtimoliga muvofiq aniqlash lozim.
143. Yo‘l qoplamalarini quyidagi grunt ko‘tarmalarda joylashgan tramvay yo‘llarida loyihalash lozim:
aralash grunt ko‘tarmada;
maxsus va mustaqil qumli ballast grunt ko‘tarmada turar joy obyektlari doirasida, shuningdek 50 ‰ dan ortiq bo‘ylama qiyalikda (temir beton plitalar va asfalt betondan tashqari);
maxsus va mustaqil grunt ko‘tarmada chaqiq tosh to‘shamali to‘xtash joylari chegarasida, kesishmalar hududi va piyodalar o‘tish joylari doirasida;
depo, ta’mirlash ustaxonalari (zavodlar) hududlarida.
144. Vagonlar harakatining siqiq sharoitli yo‘l qismlarida temir beton plitalari va asfalt betonli yo‘l qoplamalaridan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
5-§. Yo‘lning yuqori qurilmalari
145. Tramvay yo‘llarining yuqori qurilmalari quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
relslar;
cheklovchi relslar (kontrrels);
tutashish va oraliq biriktirgichlar;
rels mahkamlagichlar (protivougoni);
yo‘l va yo‘l oraliq tortgichlari;
harorat kompenstorlari (tenglashtirish moslamalari);
temir yo‘l tagliklari, shpallar, yog‘ochlar, romlar, ballastlar;
maxsus qismlar stryelkali o‘tkazgichlar va berk kesishishlar;
aralash va maxsus grunt ko‘tarmada yo‘lning yo‘l qoplamalari;
ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, estakadalar;
muhofaza relslari va to‘sinlar.
146. Yo‘lning yuqori konstruksiyalari va uning alohida elementlari hisobiy kuch hamda hisobiy tezlikka mos kelishi kerak.
147. Konstruksiyalar va ularning elementlarini belgilashda quyidagilarni e’tiborga olish lozim:
tramvay yo‘llarining maqsadi;
poyezdlar (vagonlar) harakat jadalligi va tezligi;
ko‘chaning qatnov qismi qoplamining turlari;
obodonlashtirish talablari;
gidrogeologiya sharoitlari;
yo‘lning rejasi va bo‘ylama kesimi;
mahalliy qurilish materiallarining mavjudligi;
yer osti inshootlarining yemirilishdan va eskirishdan muhofazalash.
148. Tramvay yo‘llarida quyidagi rels turlarini qabul qilish lozim:
novsimon tramvay relslari Tv6O, Tv65 , Tn58 va Tnb2 (TU 14-2-751-87);
temir yo‘l relslari R65; R50 i R43 (GOST R 51685-2022).
149. Izlar oralig‘i 1000 mm bo‘lgan yo‘llar uchun GOST 6368-82ga muvofiq tor izli yo‘l relslaridan foydalanish kerak.
Peregonlar va tramvay yo‘llarining alohida hududlaridagi rels iplari qurilish maydonchasi chegaralarida bir xil turdagi relslardan yotqizilishi lozim.
150. Radiusi 400 m dan kam, biroq 200 m va undan dan ortiq bo‘lgan egriliklarda novsimon relslar yoki temir yo‘l turidagi relslarni cheklovchi relslar bilan ichki va ikkala temir yo‘l iplari bo‘ylab qo‘llanilishi kerak.
151. Radiusi 200 m va undan kam bo‘lgan egriliklarda, shuningdek yo‘l o‘tkazgichlarda, ko‘priklarda va balandligi 2 m ortiq bo‘lgan to‘kmalarda kuchaytirilgan labli (guba) tramvay relslari yoki novsimon bo‘lmagan, ipning ikki taraflamasiga cheklov relslari (kontrrels) o‘rnatilgan relslardan foydalanish kerak.
152. Cheklovchi rels (kontrrels) sifatida GOST R 55497-2013ga muvofiq yo‘llarga yotqizilgan relslarning markalariga qarab, maxsus profilli relslardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Cheklovchi relslar (kontrrels)ning mahkamlash joylari relslar va cheklovchi relslar (kontrrels) ishlatilayotganda bo‘shliqlarni ta’mirlash lozim.
153. Stryelkali o‘tkazgichlarda ramkali, o‘tkir, cheklovchi relslar (kontrrels) GOST 33535-2015ga ishlatilishi zarur.
154. Yo‘llarning maqsadi grunt ko‘tarmasining joylashishiga ko‘ra relslarni quyidagi 13-jadvalga muvofiq qabul qilish lozim.

13-jadval

Yo‘l qismlari

Tramvay relslarining turlari

Tramvayning oddiy yo‘llari

Tezyurar tramvay yo‘llari

Depo, manzilgohlar, ta’mirlash zavodlari

Aralash grunt ko‘tarmada (yo‘l qoplami bilan)

Maxsus grunt ko‘tarmada (yo‘l qoplamisiz)

1

2

3

4

5

To‘g‘ri va 400 mm dan ortiq radiusli egrilik

Tv60

R50

R65; R50

Yangi yoki eski yilgi Tv60; R50; R43

20 ‰ dan kam bo‘ylama qiyalikda 200 dan 400 gacha radiusli egrilik

Tv60

R50

Tv60, shuningdek yog‘och shpallarda R65 yoki R50 rels qaytargichlari R50 yoki R43 ikkala shkala bo‘yicha

Tv60, shuningdek yog‘och shpallarda R65 yoki R50 rels qaytargichlari R50 yoki R43 ikkala shkala bo‘yicha

20 ‰ dan ortiq

Tv65

TV65, shuningdek ichki iz bo‘yicha rels qaytargich R50 yoki R43 yog‘och shpallarda R50

TV65, shuningdek ichki iz bo‘yicha rels qaytargich R50 yoki R43 yog‘och shpallarda R50

TV65, shuningdek ichki iz bo‘yicha rels qaytargich R50 yoki R43 yog‘och shpallarda R50

20 ‰ dan kam bo‘ylama qiyalikda 75 dan 200 m gacha radiusli egrilik

Tv65

Tv65

-

Tv65

20 ‰ dan ortiq

Tv65

Tv65,

ikkala iz bo‘yicha

-

Tv65,

ikkala iz bo‘yicha

75 m dan kam radiusli egrilik

Tv65

Tv65

-

Tv65

Ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda, estakadalarda va

2 m dan ortiq balandlikdagi grunt to‘kmalarda, stryelkali o‘tkazgichlar hamda berk kesishuvlarda

Tv65

Tv65

Tv60, shuningdek yog‘och shpallarda R65 yoki R50 rels qaytargichli R50 yoki R43 ikkala iz bo‘yicha

Yangi yoki eski yilgi Tv65, shuningdek yog‘och shpallarda R50 rels qaytargichlar R43 ikkala iz bo‘yicha

155. Depo va parklar hududlarida eski yilgi relslarni yotqizishda ularning eskiligi tramvaydan texnik foydalanish qoidalarida belgilangan me’yordan 50 foizdan dan oshmasligi kerak.
156. Izlar kengligini quyidagi 14-jadvalga muvofiq qabul qilish lozim.

14-jadval

Yo‘l qismlari

Izlar kengligi 1524 mm, qo‘yidagi relslarda

tarnovsimon

temir yo‘l turi

To‘g‘ri va 200 m dan ortiq radiusli egrilik

1524

1524

Egrilik radiusi, m:

76 — 200

1524

1524

26 — 75

1532

1532

21 — 25

1528

1532

20 va undan kam egrilik

1526

1532

Stryelkali o‘tkazgichlar va berk kesishuvlarda

1524

1524

156. Rels izlarining me’yoriy kengligidan kengaygan tomonga o‘tishini o‘tish egriligi uzunligida bajarilishi kerak.
O‘tish egriligi bo‘lmaganda izlar kengayishini aylanma egrilikka tutashuvchi to‘g‘ri qismda olib borilishi lozim.
157. Izlar kengayganligini chetlatish yo‘lning 1 m ga 1 mm dan oshmasligi kerak.
158. Izlar kengligi 1520 mm li temir yo‘l turidagi relslarda tezyurar tramvay yo‘llarida GOST R 54747-2011 mos shpal va mahkamlash qurilmalarini qo‘llanilgan shartlar qo‘llanilishi zarur.
159. Maxsus qismlar oralig‘idagi qisqa egriliklarda 1524 mm izlar kengligi qo‘llanilishi kerak.
160. Tramvay yo‘llari, asosan uloqsiz (choksiz) bo‘lishi, uloqsiz yo‘lning haroratli-kuchlanishli tizimini temir-beton shpalli va chaqiq toshli asoslarda bo‘lishi lozim.
161. Yo‘l qoplamali oddiy yo‘llarda relslarni o‘rmalarga payvandlash kerak.
Relsning o‘rma uzunligi chegaralanmaydi va faqat payvandlanmagan tugun, sun’iy inshootlarda deformatsion (shakl o‘zgarish) choklar mavjudligida chegaralanishga yo‘l qo‘yiladi.
162. Yo‘lning qoplamasiz hududlarida yo‘l konstruksiyalari uloqsiz yo‘lga qo‘yilgan talablar bajarilmaganda, relslarni 300 — 400 m uzunlikda o‘rmalarga payvandlashga yo‘l qo‘yilishi, bunda ular harorat kompensatorlari (tenglashtirish moslamalari) bilan ajratilishi zarur.
163. Ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda va estakadalarda yotqiziluvchi rels o‘rmalarining chegaralari deformatsion (shakl o‘zgartirish) choklarining joylashishini inobatga olgan holda belgilanishi kerak.
164. Rels kallagi va cheklovchi rels (nov kengligi) orasidagi masofa 35 mm ni, cheklovchi rels (kontrrels) kallagining temir yo‘l rels kallagidan balandligi esa 10 mm ni tashkil etishi lozim.
165. Cheklovchi rels (kontrrels) uchlari egrilikka tutashuvchi to‘g‘ri qismga 4 m chiqarilgan bo‘lishi, bunda cheklovchi rels (kontrrels) uchida nov kengligi 60 mm dan kam bo‘lmasligi zarur.
166. Yog‘och shpallarda o‘rnatiluvchi novsimon relslarni ko‘ndalang yo‘l tortqichlari bilan birlashtirish kerak:
200 m dan ortiq radiusli to‘g‘ri va egri hududlarda — 2,6 — 2,4 m dan keyin;
75 dan 200 m gacha radiusli egri hududlarda — 2,4 — 2,0 m dan keyin;
75 m dan kam radiusli egri hududlarda — 1,8 — 1,3 m dan keyin.
167. Yo‘llarni yig‘ma temir-beton plitalar bilan qoplashda tortqichlar orasidagi masofa o‘zgartirilishi, shuningdek plitaning o‘lchamiga karrali bo‘lishi kerak.
Temir-beton shpalli yo‘llarda tortqichlar o‘rnatilishi talab etilmaydi.
168. Nishabligi 20 ‰ va uzunligi 200 m dan ortiq bo‘lgan qiyaliklarda joylashgan qoplamasiz, ustki tuzilmasi ochiq, qoziq mix (kostil) yoki burama mix bilan mahkamlangan yo‘llarda, ballastsiz qatnov qismli ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarga yaqinlashishda yo‘lning bo‘ylama kesimi va yo‘l rejasidan qat’iy nazar hamda yo‘lning siljishi mumkin bo‘lgan boshqa hududlarda rels mahkamlagich (protivougon) qurilmasini o‘rnatish lozim.
169. Rels mahkamlagichlar (protivougon) sonini hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi yoki namunaviy sxemalar asosida qabul qilinadi.
170. Temir-beton shpallarida yotqiziluvchi yo‘llar uchun rels mahkamlagichlarni (protivougon) o‘rnatmaslikka yo‘l qo‘yiladi.
171. Mustaqil grunt ko‘tarmada yoki qatnov qismining yon tarafidagi ajratilgan ko‘tarmada joylashgan tramvay yo‘llari uchun yo‘lning tashqi tomonida 2 m dan ortiq balandlikda bo‘lgan grunt ko‘tarmasida muhofaza relsini (oxranniy rels) o‘rnatish lozim:
yo‘lning egri qismlarida (radius kattaligidan qat’iy nazar) 50 ‰ dan ortiq qiyalikdan tushishda;
200 m dan kam radiusli yo‘lning egri qismlarida.
172. Muhofaza relsini (oxranniy rels) eng chetdagi harakatlanuvchi relsning chetidan 215 mm aniq masofada joylashtirilishi kerak.
173. Ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va ularga yaqinlashish joylarida ko‘prik oraliq qurilmalari chetidan 5 m dan kam bo‘lmagan masofada muhofaza relsini (oxranniy rels) o‘rnatish zarur.
174. Muhofaza rels (oxranniy rels) kallagini harakatlanuvchi rels kallagiga nisbatan ± 15 mm ruxsat bilan o‘rnatish lozim.
175. Relsli yo‘lning elektr o‘tkazuvchanligi rels choklarining mustahkam va ishonchli mahkamlanganliklari, shuningdek GOST 9.602-2016ga muvofiq keladigan elektr ulanishlari bilan ta’minlanishi kerak.
176. Rels osti asosi sifatida ballastga yotqiziluvchi (egiluvchan asos) temir-beton va yog‘och shpallarni qo‘llash lozim.
177. Ballast qatlami ostida yig‘ma temir-beton konstruksiyalar yoki monolit beton asoslari (yarim qattiq asos) bo‘lishi kerak.
178. Ko‘priklarda, estakadalarda, yo‘l o‘tkazgichlar va yer osti yo‘laklarida ballastsiz (qattiq) betonli rels osti asoslarini qo‘llanishi lozim.
179. Tramvay yo‘llarini chaqiq toshli ballastlarda 60 ‰ dan ortiq bo‘ylama qiyalikda va shag‘al va qumli ballastlarda 40 ‰ dan ortiq qiyalikda joylashganida yo‘l asosida yig‘ma temir-beton va quyma beton konstruksiyalar qo‘llanilmasligi zarur.
180. Temir-beton tramvay shpallarini GOST 21174-75 muvofiq yo‘lining to‘g‘ri va 20 m hamda undan ortiq radiusli egri uchastkalaridagi chaqiq toshli asoslarda rels turlari Tv6O, R65, R50, R43 bo‘lgan qoplamasiz yo‘llarda qo‘llash kerak.
181. Temir yo‘lning temir-beton shpallaridan GOST 33320-2015 muvofiq yo‘l qoplamasiz tramvay yo‘llarida R65 va R50 tipidagi relsli, chaqiq toshli asoslarda radiusi 400 m dan ortiq bo‘lgan yo‘lning to‘g‘ri qismlarida, shuningdek uzunligi 200 dan 400 m gacha bo‘lgan egri qismlarida, bo‘ylama qiyaligi 20 ‰ dan kam bo‘lganda foydalanish kerak.
182. Temir-beton shpallarda yoki boshqa temir-beton konstruksiyalarda yotqiziluvchi yo‘llarda egiluvchan qistirmalar (egiluvchanligi me’yoriy yoki ortiq bo‘lgan) va rels siqilishining egiluvchan elementlarini hisobga olish lozim.
183. Alohida mahkamlash konstruksiyalardagi egiluvchan qistirmalarni biriktirishlar rels tagligi va qistirma orasida, shuningdek qistirma va shpallar orasida o‘rnatilishi, ajralmaydigan konstruksiyalarda esa rels tagligi va shpallar orasida bo‘lishi kerak.
184. Relsni qistirmaga yoki shpalga egiluvchan siqishni prujina yoki qattiq qisqich orqali amalga oshirilishi zarur.
185. Qattiq qisqichlarda ikki yoqlama shaybalardan GOST 21797-14ga muvofiq foydalanish lozim.
186. Izlar oralig‘i 1524 mm va 1435 mm bo‘lgan yo‘llarda antiseptiklar bilan shimdirilgan, elektr toki o‘tkazmaydigan hamda GOST 78-2014 talablariga muvofiq yog‘och shpallarni quyidagicha qo‘llanilishi lozim:
I va II turli — tramvayning tezyurar va oddiy yo‘llarida;
III turli — yuk tashuvchi va xizmatga, shuningdek depo va ta’mirlash ustaxonalari (zavodlar) hududlarida joylashgan yo‘llarda.
187. Izlar oralig‘i 1000 mm bo‘lganda yog‘och yoki temir-beton shpallaridan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
188. Temir-beton shpalli va yuqori qoplamasi katta o‘lchamdagi temir-beton plitali bo‘lgan tramvay yo‘llarining to‘g‘ri va egri qismlarida P65 temir yo‘l relslaridan foydalanish kerak.
189. Shpallar sonini 1 km yo‘lga quyidagicha bo‘lishi lozim:
tezyurar tramvay yo‘llarining to‘g‘ri qismlari va radiusi 1200 m va undan ortiq egri qismlari uchun — 1680 m, 1200 m dan kam radiusli egri qismlarda — 1840 m;
oddiy tramvay yo‘llari uchun — 1680 m;
yuk tashuvchi, xizmatchi, shuningdek depo va ta’mirlash ustaxonalari (zavodlar) hududida joylashgan yo‘llar uchun — 1440 m.
190. Stryelkali o‘tkazgichlar va kesishlar doirasidagi shpallar sonini namunaviy epyuralar bo‘yicha qabul qilish zarur.
191. Ballast sifatida quyidagilarni inobatga olish lozim:
tabiiy toshlardan chaqiq tosh (GOST 7392-2014);
xarsang toshlar va mayda toshlardan chaqiq tosh (GOST 7392-2014);
xandaq toshlari (GOST 7394-85);
qumlar (GOST 8736-2014).
192. Tabiiy toshli chaqiq toshlarni qurilish ishlari uchun, metallurgiya shlaklaridan chaqiq toshlarni, maydalab-saralash ishlab chiqarish chiqindilarini, shuningdek ballastga mahalliy materiallarni GOST 8267-93 ga muvofiq qo‘llash kerak.
193. Yo‘lning to‘g‘ri qismidagi shpallar ostidagi ballast qatlamining qalinligini (shibbalangan holatda) quyidagi 15-jadvalga muvofiq bo‘lishi kerak.

15-jadval

Yo‘llar

Grunt ko‘tarma qurish uchun undan foydalanilganda, yo‘lning to‘g‘ri qismidagi shpal osti ballast qatlami qalinligi (sm)

Loyli va singmaydigan mayda hamda changsimon qumlar

Yirik sinuvchan qoyali va singuvchan qumli

Chaqiq toshli ballast

Ballastning boshqa turlari

Ballastning barcha turlari

Tramvay:

tezyurar

20 (10)

30

20

oddiy

15 (10)

25

15

Yuk tashuvchi, xizmatchi, shuningdek ta’mirlash ustaxonalar (zavodlar) hududida joylashgan

-

15

15

Izoh: qavs ichida qumdan, metall shlakdan, yog‘ochli, qum-loy qorishmasi yoki chig‘anoqli to‘shama qatlamining qalinligi keltirilgan.
194. Yarim qattiq konstruksiyalardagi rels osti asoslarining ballast qatlamining qalinligi 10 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
195. Yo‘lning qatnov qismi bilan bir sathda joylashgan tramvay yo‘llari shuningdek, yo‘ldan o‘tishlarda, shpal ostidagi ballast qalinligini 3 sm ga oshirish lozim.
196. Yo‘lning egri qismlaridagi ballast prizmasini to‘g‘ri qismi uchun belgilangan ichki rels osti ballast qalinligini saqlanganda tashqi rels yuqorilashishini inobatga olgan holda loyihalash kerak.
197. Mustaqil grunt ko‘tarmada joylashgan yo‘llar uchun ballast prizmasi yon bag‘iri tikligini ballast materiallarining barcha turlari uchun 1:1,5 va to‘shama qatlami uchun 1:2 tikligida loyihalash lozim.
198. Ballast prizma yelkasining kengligi (shpal yonidan prizma chetigacha) 25 sm, 600 m dan kam radiusli yo‘lning egri qismida esa tashqi tomondan — 35 sm bo‘lishi kerak.
199. Yo‘l qoplamasiz yo‘llar uchun ballast prizmaning yuqori yuzasi yog‘och shpal yuqori sirtidan 3 sm, quyi va temir-beton shpalning o‘rta qismi yuqorisi bilan bir sathda bo‘lishi zarur.
200. Yangi liniyalarning asosiy yo‘llarida egiluvchan va aylanadigan uchlari bo‘lgan stryelkali o‘tkazgichlardan foydalanish kerak.
201. Xochlar (krestovinalar) temir yo‘l izlarining poyezdni bir yo‘ldan boshqa yo‘lga o‘tkazib yuboradigan qismidan foydalanilganda qo‘llanilishi lozim:
bandaj orqali o‘tish yo‘llarida;
g‘ildirakning yon gardishi (reborda)ga chiqishida;
egri chiziqlarda.
202. Yangi yo‘llarni qurishda va rekonstruksiya qilishda asosan ikki qirrali stryelkalardan foydalanish lozim.
203. Tugunlardagi maxsus qismlarni (stryelkali o‘tkazgichlar va berk kesishuvlar) asosan quyma stryelkalar va yuqori marganssimon po‘latli xoch (krestovina)lar bilan qo‘llash lozim.
204. Yig‘ma yoki yig‘ma payvandlangan maxsus qismlarni harakatning kam tezlikli yo‘llarida, yuk tashish va xizmatchi, shuningdek depo va ta’mirlash ustaxonalari (zavodlar) hududlarida joylashgan yo‘llar uchun loyihalash kerak.
205. Yo‘naltirgich o‘tkazgichlarni egrilik radiusi 50 va 30 m bo‘lgan namunaviy epyura bo‘yicha qo‘llash kerak.
206. Siqiq sharoitlarda, shuningdek yuk tashish, xizmat ko‘rsatish, depo hamda ta’mirlash ustaxonalari (zavodlar) hududida joylashgan yo‘llarda egrilik radiusi 20 m stryelkali o‘tkazgichlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
207. Stryelkali o‘tkazgichlar xoch (krestovina)lari egri chiziqli yoki to‘g‘ri chiziqli bo‘lishiga yo‘l qo‘yildi.
208. Tramvay yo‘llarining maxsus qismlarini o‘tish panjaralarida yoki chaqiq toshli ballastda yog‘och shpallarda bo‘lishi, bunda stryelka va yo‘l suvlarini qabul qilgich qutilaridan suv chetlatish ta’minlanishi kerak.
6-§. Ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlari, estakadalar va yer osti yo‘laklari
209. Ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlari va estakadalarni ShNQ 2.05.03-22 hamda mazkur ShNQ talablarini inobatga olgan holda loyihalash lozim.
210. Yer osti yo‘laklarida tez yurar tramvay yo‘llarini loyihalashda mazkur ShNQ talablariga, shuningdek QMQ 2.05.04-97ga amal qilish kerak.
211. Barcha kichik ko‘priklardagi (uzunligi 25 m gacha), o‘rtacha ko‘priklardagi (uzunligi 25 dan 100 m gacha) va yo‘l o‘tkazgichlardagi (yaxlit plitada yo‘l qurilmasi bo‘lgan ko‘priklardan tashqari) yo‘llarni qalinligi shpallar pastki qismidan suv bo‘linish nuqtalarida izolatsiya ustidagi himoya qatlamining yuqori qismigacha 25 sm (biroq 20 sm dan kam bo‘lmagan) chaqiq toshli ballastda joylashtirish lozim.
212. Tramvay yo‘llari yo‘lning qatnov qismining yon tomonida joylashganida rels izlarining tashqi tomoni bo‘ylab ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlari va estakadalar chegarasida muhofaza moslamalarini (baland yon devor, muhofaza relslari) o‘rnatilishi kerak.
213. Ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar va estakadalardagi relsning tenglashtirish moslamalari (muvozanatlagichlar) joylashgan yerlarni oraliq qurilish konstruksiyalari bilan bog‘lash lozim.
214. Chetki kompensatorlar deformatsion choklaridan 1,5 — 2,0 m dan yaqin bo‘lmagan joyda ko‘prikning chetki ustuni chegaralaridan tashqarida o‘tish plitasida joylashtirilishi kerak.
215. Oraliq harorat kompensatorlarini deformatsion choklaridan oldinga oraliq qurilmalariga harakat yo‘nalishi bo‘yicha surish lozim.
216. Yer osti hududlari uchun qurilish usuli (ochiq/yopiq), tonnel turi (bir yoki ikki yo‘lli) qurilish, gidrogeologik sharoitlarga qarab hisoblash yo‘li bilan aniqlanishi kerak.
217. Ikkita bir yo‘lli tonnel ko‘rinishidagi yer osti hududlarini tonnel ishlarini berk usulda olib borish hollarida, ikki yo‘lli tonnellar ochiq usulda ishlab chiqarilgan taqdirda loyihalashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
218. Texnik iqtisodiy asoslarga muvofiq ochiq usuldagi ishlab chiqarish ishlarini olib borilgan hollarida ajratilgan bir yo‘lli tonnellarini loyihalash kerak.
219. Bekat maydonchasining o‘lchamlari quyidagicha bo‘lishi lozim:
uzunligi — poyezdning hisobiy uzunligidan 5 m ortiq, biroq kamida 60 m;
kengligi — kutiluvchi yo‘lovchilar aylanishiga ko‘ra hisob-kitoblari bo‘yicha, biroq kamida 3 m;
rels kallagining yuqori sathidan balandligi — 30 sm.
220. Ko‘tarilish balandligi 4 m dan ortiq va tushish balandligi 5 m dan ortiq bo‘lgan yo‘lovchilar harakatlanish marshrutlardagi bekatlar va bekatlar oralig‘idagi tushib-chiqish inshootlari eskalatorlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
7-§. Yo‘lni tartibga solish
221. Tramvay yo‘llarini loyihalashda ShNQ 2.05.02-07 talablarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
222. Tezyurar tramvay yo‘llari bo‘ylab panjarali temir-beton konstruksiyalaridan, simli to‘rlardan yasalgan to‘siqlar o‘rnatilishi, bunda yo‘l o‘qidan to‘siqqacha kamida 2,8 m masofada joylashgan bo‘lishi kerak.
To‘siqlarning balandligi kamida — 1 m bo‘lishi lozim.
224. Piyodalar uchun xavfliligi yuqori bo‘lgan quyidagi hududlarda to‘siqlar o‘rnatilishi zarur:
to‘xtash joylaridagi yo‘l oraliqlarida;
maktablar, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, yirik do‘konlar, umumiy ovqatlanish korxonalari va shunga o‘xshashlar atrofida.
225. Tramvay yo‘llari bo‘ylab avtomobil yo‘llari bo‘lmagan taqdirda tramvay yo‘llariga texnik xizmat ko‘rsatish uchun bir qatorli yo‘llarni joylashtirish lozim.
226. Bino va inshoot qurilgan hududlar chegaralaridagi tramvay yo‘llari yoritilgan bo‘lishi, bunda maxsus tramvay yo‘llarining o‘rtacha gorizontal yoritilganligi — 6 lx dan kam, bekat maydonchasida — 10 lx dan kam bo‘lmasligi lozim.
227. Ko‘chaning qatnov qismida joylashgan tramvay yo‘llarining yoritilish me’yori ko‘chalarni yoritilishi QMQ 2.01.05-19 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
228. Bino va inshootlar qurilgan hududlardan tashqari peregonlar yoritilishi talab etilmaydi.
8-§. Signalizatsiyalash, markazlashtirish va bloklash
229. Xavfsizlik va harakatni tartibga soluvchi signalizatsiya moslamalari (svetoforlar, harakat tezligini chegaralovchi belgilar va boshqalar) temir yo‘l relsi kallagidan 2,5 m dan kam bo‘lmagan balandlikda tutashuv tarmoqlari tayanchlariga, binolar, maxsus machtalar, ustunlar yoki mustaqil kabel ustunlariga joylashtirilishi kerak.
230. Yer osti yo‘laklaridagi tezyurar qismlarida “metro” turidagi svetoforlarni o‘rnatish kerak.
231. Signalizatsiya moslamalari elektrlashtirilgan yoki yoritilgan bo‘lishi, ularning ko‘rsatkichlari ushbu yo‘l uchun belgilangan maksimal tezlikda to‘liq xizmat tormozlanishi bilan hisoblangan tormoz yo‘li masofasidan kam bo‘lmagan masofada yaqinlashib kelayotgan tramvay poyezddan ko‘rinib turishi kerak.
Signalizatsiya moslamalari lyuminissent bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim.
232. Tramvay yo‘llarining bir qismida (tugunda, kesishishlarda) bir nechta signal sxemalari o‘rnatilganda ularni yoqish sxemasi signal o‘qishlarining o‘zaro bog‘lanishini va tramvay poyezdlarining qarshi yo‘nalishiga harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan avtomatik bloklashni o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashi kerak.
233. Stryelkali o‘tkazgichlarini boshqarishni asosan avtomatlashtirilgan (o‘tib borayotgan poyezddan haydovchi tomonidan boshqariluvchi) yoki markazlashtirilgan (boshqaruv joyidan boshqaruvchi tomonidan masofadan telemexanik boshqaruvchi) ravishda loyihalash lozim.
234. SMB postidan yaqinlashib kelayotgan tramvay poyezdlarining yo‘nalish raqamlari va tramvay yo‘llarining barcha tugunlarini ko‘rinishi ta’minlanishi kerak.
235. Yo‘lning ko‘rinmas mintaqasida (tramvay deposi, ta’mirlash ustaxonalari hududlarida) joylashgan stryelkalarning markazlashgan boshqaruvi postida operatorni stryelkalar qismlarining holati va blokirovka qilingan stryelka uchastkalarining bo‘shligi (bandligi) to‘g‘risida nazorat signalizatsiyalari bilan ta’minlovchi yorug‘lik signal tablosi bo‘lishi zarur.
236. O‘tib borayotgan tramvay poyezdi tagidagi stryelkalarni almashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yo‘lning stryelkali hududlarini avtomatik blokirovka qilish vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
237. Tezyurar tramvay yo‘llaridagi tramvay poyezdlari harakati xavfsizligini ta’minlash va sozlash uchun PHITS tizimi bo‘lishi, yer osti yo‘lkalarida (tonnellarda) qo‘shimcha ravishda avtostopsiz avtomatik bloklash qurilmalarini va himoya hududlarini tungi vaqtda xizmatchi poyezdlar harakatini tashkil etish uchun, shuningdek PHITS qurilmasi nosoz bo‘lgan poyezdlarni boshqa yo‘lga (izga) o‘tkazish imkoniyati nazarda tutilishi kerak.
238. Bloklashtirilgan qismlar bilan belgilangan chegaralangan PHITS tizimini yer osti yo‘lkalarida joylashtirilishi lozim.
239. Tramvay poyezdlarini belgilangan blokli hududlar bilan ajratib turadigan PHITS tizimi bilan jihozlangan tramvay tezyurar yo‘llarining loyihalarida PHITS tizimining asosiy elementlari bo‘lib, hisoblanuvchi avtomatik to‘xtatuvchi AVS qurilmalari bilan poyezdlarni jihozlash kerak.
240. PHITS tizimlarining yo‘l qurilmalari tezyurar tramvay yo‘llarining peregonlarida poyezd harakatining ruxsat etilgan tezligi to‘g‘risida signal buyruqlarini yo‘ldan tramvay poyezdlariga yetkazishni ta’minlashi zarur.
241. Ishga tushishning birinchi bosqichida tramvay poyezdlarini AVS qurilmalari bilan jihozlamasdan zaxira PHITS tizimlaridan (yo‘l svetoforlari bilan avtomatik blokirovkalash) foydalanish lozim.
242. PHITS tizimining signal nuqtalarini joylashtirish vaqt egri chiziqlaridan foydalanilgan holda tortishish hisob-kitoblari asosida har biri yo‘l uchun grafik usul bilan bir tomonlama harakatlanish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
243. Peregondagi blok-uchastkaning uzunligi AVS va avtostop qurilmalarini ishga tushirish uchun zaruriy bo‘lgan vaqtni hisobga olgan holda ruxsat etilgan tezlik bilan ma’lum bir joy uchun belgilangan tormoz masofasining uzunligidan kam bo‘lmasligi lozim.
244. Avtomatlashtirish va telemexanika kabellaridagi zaxira simlar umumiy simlar sonining 10 foizda kam bo‘lmasligi lozim, biroq kamida ikkita bo‘lishi kerak.
245. Avtomatlashtirish va telemexanika qurilmalarining elektr ta’minoti I-ishonchlilik toifasi bo‘yicha tortish podstansiyasidan (tyagovaya podstansiya) mustaqil quvvat manbalaridan kuchlanishi 220 V o‘zgaruvchan tok manbalaridan (izolatsiya qilingan neytralli ikki simli tizim) ta’minlanishi lozim.
246. Tezyurar yo‘llardagi PHITS tizimining metall konstruksiyalari va uskunalari asoslardan ajratilishi, bo‘lgan drosel-transformatorlar korpuslaridan tashqari erga ulanishi kerak.
9-§. Tramvay va trolleybus yo‘llarining aloqa va signalizatsiyalari
247. Tezyurar tramvay yo‘llarida poyezdlar harakatini tashkil etish uchun quyidagi aloqa turlarini loyihalash lozim:
harakat bo‘yicha dispetcherning telefon aloqasini;
elektr dispetcherining telefon aloqasini;
peregonlarda telefon aloqasini;
dispetcherning mobil tiklash guruhlar bilan simsiz aloqasini;
dispetcherning markaziy dispetcher bilan simsiz aloqasini.
Yer osti yo‘lkalar (tonnel) qismlarida telefon yer osti yo‘lka aloqalari QMQ 2.05.04-97 talablari bo‘yicha loyihalanishi lozim.
248. Barcha turdagi telefon aloqalarining chiziqli tizimlari yagona keng qamrovli tarmoqqa birlashtirilishi kerak.
249. Tezyurar tramvay harakati bo‘yicha dispetcherning telefon aloqasi bilan tezkor aloqaga zarur bo‘lgan barcha abonentlar bilan ta’minlanishini loyihalash bosqichida aniqlanishi kerak:
elektr dispetcheri;
depo dispetcherlari;
yo‘l xizmatchilari, SSB va aloqalar, elektr ta’minoti;
tiklash guruhlari;
oxirgi bekatlar va yo‘nalishdagi harakatni sozlash joylari dispetcherlari (navbatchilari).
250. Tezyurar tramvay elektr dispetcherlarining aloqa zanjiriga quyidagilar kiritiladi:
tortish podstansiyalari (tyagovie podstansii);
harakat bo‘yicha dispetcherlar;
ta’mirlash-tiklash guruhlari;
energiya ta’minoti xizmatlari telefonlari.
251. Elektrdispetcherining aloqa bilan ta’minlash zaruratini loyihalash bosqichida aniqlanishi kerak.
253. Peregonning aloqa bilan ta’minlanish zarurati loyihalash bosqichida aniqlanishi lozim.
254. Tezyurar tramvay yo‘llari bekatlarida va depoda yo‘lovchilar hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar axboroti uchun e’lonlarni ovozli eshitiruvchi qurilmalar o‘rnatilishi zarur.
255. Tramvay va trolleybusning oddiy yo‘llari uchun TPSlarda, oxirgi bekatlarda, harakat bo‘yicha dispetcher va elektrdispetcher xonalarida, shuningdek nosozlikni tiklash guruhlari xonalarida shahar telefon aloqasining telefon apparatlari o‘rnatilishi kerak.
256. Tramvay va trolleybus depolarini loyihalashda quyidagilarni nazarda tutish kerak:
shahar telefon aloqasi;
mahalliy telefon aloqasi;
chiqarish dispetcheri uchun depo va hududi bilan ovozli aloqa;
shahargi radiofikatsiyasi;
elektrsoat;
yong‘in signalizatsiyasi (yong‘in avtomatikasi tizimlari).
257. Tramvay va trolleybus depolari binolarida signalizatsiyalar loyihalanilishi kerak.
5-bob. Trolleybus yo‘llari
258. Trolleybus yo‘llarini loyihalashda ShNQ 2.07.01-03, ShNQ 2.05.02-07ga muvofiq va mazkur ShNQ talablarini hisobga olgan holda loyihalashtirish kerak.
259. Yangi trolleybus yo‘llarini umumiy tarmoqning temir yo‘llari bilan tashqi va temir yo‘l shoxobcha yo‘llari bilan kesishishlarini turli sathlarda bo‘lishi lozim.
260. Trolleybus yo‘llarini sanoat korxonalarining elektrlashtirilmagan ichki shoxobcha yo‘llari bilan kesishishlarini texnik-iqtisodiy jihatdan asoslash bilan bir sathda joylashtirish kerak.
Shuningdek, trolleybus yo‘llarini kesishish burchagi kamida 45° bo‘lishi lozim.
261. Trolleybus yo‘llarini aloqa hamda radio eshittirish yo‘llari bilan kesishishlari va o‘zaro yaqinlashishlari GOST 67-78 talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
262. Trolleybusning tutashuv simlarining 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan havo elektr tarmoqlari bilan kesishishi va o‘zaro yaqinlashishi mazkur ShNQ talablarini inobatga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
263. Trolleybusning to‘xtash joylarini bo‘ylama qiyaligi 40 ‰ dan ortiq bo‘lmagan, chorrahadan keyin 20 m dan kam bo‘lmagan masofada ko‘chaning (yo‘lning) to‘g‘ri qismda joylashtirish lozim.
Siqiq sharoitlarda to‘xtash joylarini radiusi 100 m dan kam bo‘lmagan egri qismlarda joylashtirish kerak.
264. To‘xtash joylarining elementlari, trolleybus to‘xtash joylarini joylashtirish, to‘xtash maydonchaning tashqi o‘lchamlari ShNQ 2.05.03-22ga muvofiq ishlab chiqilishi kerak.
265. Bekat maydonchalarini piyodalar yo‘lagi yoki ajratuvchi chiziqlar doirasida loyihalanilishi, ularning kengligi yo‘lovchilar soniga ko‘ra hisoblanishi, biroq kamida 1,5 m bo‘lishi lozim.
266. Harakatlanuvchi tarkibni to‘xtatish joyidan eng yaqini yer usti piyodalar o‘tish joyigacha bo‘lgan masofa 20-30 m, yer osti piyodalar o‘tish joyiga eng yaqin kirishgacha kamida 5 m bo‘lishi kerak.
267. Harakatlanuvchi tarkibni to‘xtatish joyining uzunligini bir vaqtning o‘zida turgan transport vositalarining soniga qarab bitta trolleybus uchun 20 m bo‘lishi zarur.
268. Bir yo‘nalishda ikki yoki undan kam qatnov qismi bo‘lgan magistral ko‘chalarda to‘xtash joylarini qatnov qismining kengayishiga joylashtirilishi, to‘xtash joyining kengligini 40 m dan ortiq bo‘lmagan uzunlikda 3 m bo‘lishi lozim.
269. Trolleybus yo‘llarining bekatlari yopiq pavilonlar yoki soyabonlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
270. Trolleybuslarni 180° aylanishi uchun zaruriy maydon yoki ko‘chaning qatnov qismi kengligi kamida 28 m bo‘lishi kerak.
271. Ommaviy yo‘lovchi transporti yo‘nalishlarining oxirgi to‘xtash joylarini va burilish halqalarini joylashtirishda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
joylashgan hududning rivojlanishi va rejalashtirish xususiyatlari;
harakat o‘lchamlari;
transport turlarining ekspluatatsion xususiyatlari va ularning o‘zaro ta’siri shartlari;
sanitariya-gigiyena talablari.
272. Oxirgi bekatlarda quyidagilarni bo‘lishi kerak:
yo‘l harakati nazorati ta’minlash uchun binolar va inshootlar, haydovchilar va texnik xodimlar dam olish, ovqatlanish xamda sanitariya-maishiy xonalar;
harakat tarkibini qabul qilish, haydash, joylashtirish, texnik ko‘rikdan o‘tkazish va chiziqli ta’mirlash uchun qoplamali platformalar.
6-bob. Tramvay va trolleybusning tutashuv tarmoqlari
1-§. Tutashuv ilgaklari
273. Tramvay va trolleybus yo‘llarining tutashuv ilgaklari turlarini yo‘lning ma’lum qismidagi aniq sharoitlar bo‘yicha qabul qilish kerak.
274. Asosan kompensatsiyalangan va yarim kompensatsiyalangan ilgaklardan foydalanish kerak.
275. Muhandislik inshootlarining ostida egiluvchan tutashuv ilgaklarini qo‘llash kerak.
Qattiq ilgaklarni mavjud muhandislik inshootlari ostida yo‘lning qatnov qismi sathidan balkaning ostigacha 4,6 m dan ortiq bo‘lmagan masofada loyihalash lozim.
276. Yo‘lning qismida yoki yo‘lning radiusi 3000 m dan kam bo‘lgan egrilikdagi tik yuzaning botiq qismida zanjirli oddiy ilgaklar yoki oddiy egiluvchan ko‘ndalang to‘sinlardagi yoki bo‘lmasa tutashuv simlarini ko‘tarilishini chegaralovchi zanjirli ilgaklarni qo‘llash lozim.
277. Tramvay va trolleybus yo‘llarining tutashuv tarmoqlaridagi simlarni misdan hamda GOST 2584-86*E bo‘yicha tayyorlanuvchi qotishmalarni qo‘llash lozim.
278. Tutashuv simlarining kesimini elektr hisob-kitoblarga orqali aniqlanishi kerak.
279. Zanjir ilgaklarni uzunasiga tortuvchi sim arqonlar uchun GOST 3062-80* bo‘yicha tayyorlangan po‘lat, rux, yetti simli, o‘ralgan sim arqondan foydalanish lozim.
280. Tramvay tutashuv tarmoqlarining elektr o‘tkazuvchanligini oshirish zarurati bo‘lganda uzunasiga tortuvchi sim arqon sifatida M belgili (GOST 839-2019), mis simdan yoki bimetall po‘latli sim PBSM-1 yoki PBSM-2 (GOST 4775-91E) simlaridan foydalanilishi, mis yoki bronza simlardan zanjirli ilgaklarni uzunasiga tortuvchi sim arqon sifatida foydalanilganda ilgak uzunasiga tortuvchi sim arqonni avtomatik ravishda tortilishini sozlovchi qurilma bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
281. Tramvay va trolleybusning tutashuv simlaridagi mexanik kuchlardan va tortishishlardan kuchlanishlar qiymatini quyidagi 16-jadvalga muvofiq qabul qilish kerak.

16-jadval

Tutashuv ilgaklarining turlari

Tortilish vaqtida simlardagi kuchlanish N/mm (kgs/mm)

Po‘lat alyuminli simlardagi tortishish PKSA-80/180 N (kgm)

Shakldor misli (ShM) va oval kesimli shakldor misli (OShM)

Shakldor bronzali (ShBr) va oval kesimli bronzali (OShBr)

eng kam

eng ko‘p

eng kam

eng ko‘p

eng kam

eng ko‘p

Kompensatsiyalanmagan

45 (4,5)

125 (12,5)

55 (5,5)

150 (15)

2000 (200)

12000 (1200)

Qisman kompensatsiyalangan

40 (4)

150 (15)

55 (5,5)

150 (15)

2000 (200)

12000 (1200)

Yarim kompensatsiyalangan va kompensatsiyalangan

80 (8)

95 (9,5)

105 (10,5)

115 (11,5)

7000 (700)

8000 (800)

282. Trolleybus uchun oval kesimli simlarni qo‘llaganda trolleybusning tutashuv o‘rnatmasining kesim shaklini inobatga olish lozim.
283. Tramvay va trolleybus tutashuv simlarining ilinish balandligini quyidagi 17-jadval bo‘yicha qabul qilish lozim.

17-jadval

Tutashuv tarmoqlari

Rels kallagi yoki yo‘l qoplami sathidan tutashuv simlarini ilish balandligi (m)

Yangidan quriladigan yoki qayta tiklaniluvchi yo‘llar

5,8

Umumiy tutib turuvchi qurilmalariga birgalikda ilinuvchi tutashuv tarmoqlarining yangi uchastkalari

mavjud yo‘llardagi kabi

Tutashuv tarmoqlarining uchastkalari:

ishlab chiqarish xonalarining ichida

5,2

binolarning darvoza o‘yimlarida

4,7

Yangidan qurilayotgan va qayta tiklanuvchi muhandislik inshootlari ostida hamda yopiq to‘xtash xonalarida

4,4 dan kam emas

Mavjud muhandislik inshootlari ostida balandlik bo‘yicha 5 m dan kam bo‘lmagan

kattalikda (inshootlar ostidagi yo‘llarning qatnov qismini qayta tiklanishigacha)

4,2 dan kam emas

Tramvay tonnellarida

3,9 dan kam emas

284. Oddiy ilgaklar va ikki torli zanjirli ilgaklar uchun ustunlar orasida tutashuv simlarini ilinish balandligini o‘rtacha yillik havo harorati uchun va ikkitadan ortiq simlarning soni bo‘lgan zanjirli ilgaklar uchun esa tutashuv simlarining hisoblangan simsiz holatining harorati uchun qabul qilish lozim.
285. Egiluvchi ko‘ndalang to‘sinlar umumiy zanjiriga ilishda tutashuv simlarini ilish mazkur ShNQning 17-jadvali 2-pozitsiyasidagi balandligidan osilgan o‘zakning konstruktiv o‘lchamining farqiga og‘ishga yo‘l qo‘yiladi.
286. Tramvay yoki trolleybus tutashuv simlarining istalgan yeridagi rels kallagi yoki yo‘l qoplamasidan joylashgan balandligi, 5,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Tramvay va trolleybus yo‘llarining elektrlashtirilmagan temir yo‘llari bilan kesishgan joylarida esa temir yo‘l relsi kallagi sathidan 5,8 m dan kam bo‘lmasligi kerak (mazkur ShNQning 17-jadvalining 3-pozitsiyasida keltirgan hollardan tashqari).
287. Tutashuv o‘tkazgichlari turli balandlikda ilinuvchi tutashuv simlarini ulanish qismini quyidagi qiyaliklarda loyihalash kerak:
tramvay izi yoki yo‘lning bo‘ylama uzunligi kesimiga nisbati 20 ‰ dan ortiq bo‘lmagan;
tezyurar tramvay uchun — 10‰ dan ortiq bo‘lmagan;
depo va ta’mirlash ustaxonalari (zavodlar) ishlab chiqarish binolarida va hududlarida, harakat tezligi 15 km/h dan oshmaydigan tramvay hamda trolleybus yo‘llari qismlarida 40 ‰ dan ortiq bo‘lmagan.
288. Yo‘lning to‘g‘ri qismidagi tramvay yo‘llarining tutashuv simlarini zigzag (egri-bugri chiziq) shaklida joylashtirish kerak.
Barcha turdagi tutashuv ilgaklari uchun to‘liq zigzag bosqichi ilgakning to‘rt oralig‘idan oshmasligi, tutashuv simlarining tok qabul qilgichning o‘qidan og‘ish (chiqish) qiymati esa 250 mm dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
289. Egri qismlarda tutashuv simlarining tok qabul qilgichning o‘qidan og‘ish qiymati 300 mm dan oshmasligi kerak.
290. Tramvay yo‘li egri chiziqli qismining ikki nuqtasini birlashtiruvchi uzunlik tutashuv simlarini mahkamlash nuqtalari orasidagi masofani quyidagi formula bo‘yicha hisoblangan eng kichik qiymat bo‘yicha qabul qilish lozim, m:
Bu erda:
R — yo‘l o‘qi bo‘yicha egrilik radiusi, m;
b — rejada tok qabul qilgich o‘qidan tutashuv simlarini mahkamlash nuqtasini og‘ishi (chiqishi), m;
N — tutashuv simining eng katta kuchlanishining qiymati, N (kgs);
Z — gorizontal tekislikdagi ilish uchun yoki mahkamlagich uchun ruxsat etilgan kuch, N (kgs).
291. Tramvay yo‘llarining tutashuv simlarini kesishish nuqtalarini (havo xochlari) yo‘l o‘qlarining kesishishidan tepa joylashtirish lozim.
292. Tutashuv o‘tkazgichlar kesishgan nuqtani o‘tkir burchak tomonidan ikkala kesishuvchi yo‘ldagi poyezdlar harakat yo‘nalishi 60° dan kam burchak ostidagi yo‘l o‘qlari kesishganda tutashuv o‘tkazgichlari bilan hosil bo‘lgan burchak bissektrisasi bo‘yicha harakat yo‘nalishi tomoniga 10 — 15 sm surish lozim.
293. Tutashuv simlarini yo‘lning stryelkali o‘tkazgichi ustidagi yaqinlashish (tarmoqlanish) nuqtasi qayerda yo‘l xochlariga mos keluvchi rels kallagining ichki qirrasi orasidagi masofa 1±0,05 m ga teng yo‘l o‘qlari bilan hosil bo‘luvchi burchak bissektrisasida joylashgan nuqtada bo‘lishi kerak.
294. Trolleybuslar harakatining bir yo‘nalishidagi tutashuv simlari orasidagi masofa izolyator turiga qarab 500 — 520 mm bo‘lishi, bunda ushbu qiymatdan tutashuv tarmoqlarining maxsus qismlarida 400 — 700 mm ga og‘ishga yo‘l qo‘yiladi.
295. Trolleybus tarmoqlarining manfiy tutashuv simlarini har doim harakat yo‘nalishi bo‘yicha o‘ng tomonda joylashtirish kerak.
Depo, ta’mirlash ustaxonalarida (zavodlar), shuningdek uch o‘tkazgichli ta’minot tizimida tutashuv tarmog‘ining manfiy simini chap tomonda joylashtirish kerak.
296. Trolleybusning tutashuv tarmoqlari uning birinchi va ikkinchi qatorlarida harakatlanishini ta’minlashi, oxirgi chap qatordagi chap burilishlarga yaqinlashishda yo‘l sharoitini hisobga olgan holda trolleybusni bir maromda qayta o‘tib olishini ta’minlashi zarur.
Bunda, tutashuv simlarining yo‘l o‘qiga yaqinlashishi ikki qatorli harakatlanishda burilishgacha 60 — 80 m, uch va undan ortiqlarda esa 100 — 120 m masofadan boshlanishi kerak.
297. Trolleybusning chetki tutashuv simidan piyodalar yo‘lkalarining yon devorigacha bo‘lgan masofa kamida 1,5 m, egri chiziqli hududda ikki nuqtasini birlashtiruvchi uzunlik o‘rtasida 1 m bo‘lishi lozim.
298. Yonma-yon trolleybus yo‘llarining tutashuv o‘tkazgichlari bilan uning tutashuv simlari va yaqindagi tramvay relslari orasidagi gorizontal masofa quyidagi 18-jadvalda keltirilgan qiymatlardan kam bo‘lmasligi lozim.

18-jadval

Trolleybus yo‘llari

Trolleybus yo‘llarining tutashuv simlaridan eng yaqin gorizontal masofa (m)

Harakatlanayotganda tramvay yo‘llarining relsigacha

Harakatlanayotganda yonma-yon trolleybus yo‘llarining tutashuv simlarigacha

parallel

qarshisidan

parallel

qarshisidan

Me’yoriy sharoitlarda

Yo‘lovchi

3,5

4,0

3,0

3,5

Xizmatchi va yuk tashuvchi, shuningdek depo va ta’mirlash ustaxonalari (zavodlari) hududida joylashgan

2,5

3,0

2,0

3,0

Siqiq sharoitlar ruxsat etiladigan

Yo‘lovchi

2,0

2,5

1,5

2,0

Xizmatchi va yuk tashuvchi

1,5

2,0

1,0

1,5

Depo va ta’mirlash ustaxonalari (zavodlar) hududida joylashgan

1,5

2,0

1,0

1,0

Izoh. Trolleybusning tutashuv simlar tugunlarga ulanuvchi oraliqda yonma-yon yaqinlashuvchi yo‘llarning tutashuv simlari orasidagi gorizontal masofani 1,0 m gacha kamaytirishga yo‘l qo‘yiladi (bu talab 10 m uzunlikdagi zona bundan mustasno), stryelkali tugun oldida, yo‘lning eng chekka birlashtiruvchi (ajratuvchi) simlar orasidagi masofa stryelka tugunining konstruksiyasi bilan aniqlanadi.
299. Trolleybus yo‘llarining egri chiziqli qismlari radiusi yo‘lning egrilik radiusidan kam bo‘lmasligi kerak.
300. Chorrahalardagi, maydonlardagi, aylanma halqalardagi burilish joylarida tutashuv tarmoqlarining eng kichik radiusi quyidagi 19-jadval bo‘yicha qabul qilish lozim.

19-jadval

Burilishlar shartlari

Trolleybus yo‘llarining ichki tutashuv sim bo‘yicha rejadagi eng kichik ergilik radiusi (m)

Me’yoriy sharoitlarda

Ruxsat etilgan siqiq sharoitlarda

Yo‘lovchilar yo‘llarida quyidagi burilish burchaklarida:

90° gacha

12

10

90° dan yuqori

14

11

Xizmatchi va yuk tashuvchi yo‘llarda, shuningdek depo va ta’mirlash ustaxonalarida

10

9

301. Yo‘lning egri chiziqli hududlaridagi trolleybus yo‘llarining (rejada) tutashuv simlaridagi sinish burchagining qiymati armatura va mahkamlash moslamalari (qisqichlar, mahkamlagichlar, teskari mahkamlagichlar, egrilikni tutib turgichlar) uchun texnik shartlar bilan belgilangan ruxsat etilgan sinish burchagidan oshmasligi kerak.
302. Tutashuv tarmog‘i simining uzunligi 250 mm dan kam uzunlikdagi qisqichlar bilan mahkamlashda uning sinish burchagi bitta qisqich uchun 4° dan oshmasligi kerak.
303. To‘g‘ri chiziqlardagi tutashuv tarmoq ilgaklari oraliqlarining eng katta uzunligi quyidagi 20-jadval bo‘yicha qabul qilinishi kerak.

20-jadval

Tutashuv ilgaklari

Quyidagi yo‘llar uchun to‘g‘ri qismidagi tayanchlar orasidagi tutashuv ilgaklari oralig‘ining eng katta qiymatlari (m)

tramvay

trolleybus

Zanjirli

50 gacha

50 gacha

Oddiy ilgakli

45 gacha

40 gacha

Egilgan tordagi oddiy

40 gacha

40 gacha

Egiluvchan sim arqon ko‘ndalang to‘sinlaridagi oddiy

35 gacha

30 gacha

Yer osti yo‘lkalari (tonnellar)dagi kichik o‘lchamli zanjirli

25 gacha

25 gacha

Yer osti yo‘lkalari (tonnellar)dagi egiluvchan tutib turuvchi oddiy qurilmalarda

15 gacha

15 gacha

Oddiy qattiq ship ilgaklari

8 gacha

4 gacha

304. Tramvay yo‘li yoki yo‘lning bo‘ylama kesimini yonma-yon elementlarini bog‘laydigan vertikal egri chiziqlar doirasida, trolleybus yo‘llarining gorizontal egri chiziqlari radiusi 500 m dan kam bo‘lgan hududlarda va qurilish devorlarini moslamalar sifatida ishlatilganda oraliq tutashuv tarmoqlari ilgaklarining uzunligi 20 — 25 foizga kamaytirilishi kerak.
305. Zanjirli ilgaklarning alohida (yonma-yon bo‘lmagan) oraliqlari qiymatini 60 m gacha oshirish lozim.
306. 100 m gacha uzunlikdagi katta yakka oraliqlarni yopish uchun oraliqda 3-4 simli zanjir ilgaklarni va oraliqning ikki tomoni bo‘yicha bo‘ylama sim arqonlarni ankerlab, shuningdek “trapetsiya” yoki “poligon” turidagi tutqich qurilmalardan foydalangan holda ko‘ndalang egiluvchan sim arqonlardagi oddiy ilgaklarni qabul qilish zarur.
307. Tashqi yoritish uchun tutashuv tarmoqlari tayanchlari foydalanilganda tayanchlar orasidagi masofani ilgak turining qulay uyg‘unligiga mazkur ShNQning 20-jadvaliga hamda QMQ 2.01.05-19 talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
2-§. Tutib turuvchi va mahkamlagich qurilmalar
308. Tramvay tutashuv tarmoqlari tutib turuvchi va mahkamlovchi moslamalarining konstruktiv bajarilishi tramvay tok qabul qilgichining tutashuv tarmog‘ining qismlari bo‘ylab tok qabul qilgichlarning tutashuv simiga kamida 150 N (15 kgs) kuchga ega bo‘lgan bosimi va kabel elementlarining minimal kuchlanishiga ta’sirini istisno qilishi kerak.
309. Egiluvchan tutib turgich va mahkamlagich qurilmalar uchun yukka qarab 5 mm diametrli ruxlangan po‘lat simlarni TU 14-4-1383-86 talablari yoki ruxlangan po‘lat yetti simli yo‘g‘on arqonlarni GOST 3062-80da belgilangan talablarga muvofiq qo‘llash lozim.
310. Kronshteylarning barcha turlari gorizontal tekislikda buruluvchan va ularni tayanchlarga mahkamlanish tugunlarida bir bosqichli himoyaga ega bo‘lishi zarur.
311. Mahkamlagich sim arqonlarni hisob-kitoblarida uning eng kam ruxsat etilgan taranglash ma’lum bir iqlimiy mintaqasida eng yuqori yillik haroratida eng ko‘p yuklanmagan bo‘g‘inda 300 — 500 N (30 — 50 kgs) ga teng qabul qilish kerak.
312. Egiluvchan tutgich va mahkamlagich qurilmalar hamda sim arqonlarning kesimini tanlashda quyidagi mustahkamlikning ehtiyot koeffitsiyentlarini hisobga olish kerak:
zanjirli ilgaklarning po‘lat bo‘ylama yuk ko‘taruvchi sim arqonlari, po‘lat, bimetall va mis ko‘ndalang yuk ko‘taruvchi sim arqonlari, tortqich novdalari uchun egri chiziqli qismlardagi — kamida 3;
zanjirli ilgaklarning mis va bimetall bo‘ylama yuq ko‘taruvchi sim arqonlari, po‘lat hamda bimetall mahkamlagich ko‘ndalang to‘sinlar uchun — kamida 2,5.
313. Egiluvchan sim arqonlarning ko‘ndalang to‘sinlarni tayanchlarga mahkamlanish balandliklarini hisoblashda ko‘ndalang to‘sinlar maksimal osma o‘qi bo‘lgan nuqtadan uning o‘rnatiladigan joyigacha bo‘lgan ko‘ndalang kesimning quyidagi qiyaliklaridan kelib chiqish kerak:
oddiy ko‘ndalang to‘sinlar uchun to‘g‘ri qismlarda 1:10 — 1:12;
egri chiziqqa nisbatan oddiy ko‘ndalang to‘sinlarining tashqi qismlari uchun 1:15 — 1:20;
egri chiziqqa nisbatan oddiy ko‘ndalang to‘sinlarining ichki qismlari uchun 1:5 — 1:10;
zanjirli ko‘ndalang kesim yuk ko‘taruvchi sim arqonlar, zanjirli ilgaklar yuk ko‘taruvchi ko‘ndalang to‘sinlar va maxsus qismlar yuk ko‘targich sim arqonlar uchun 1:5 — 1:10;
egrilikdagi tortqichlar uchun 1:20 — 1:40;
tutashuv simlarining ankerli tarmoqlari uchun 1:30 — 1:40.
314. Yuk ko‘taruvchi egiluvchan ko‘ndalang to‘sinlar uzunligi 30 m va undan ortiq bo‘lganda ularning har birida taranglovchi muftalarni bo‘lishi kerak.
315. Ilgaklarning yuk ko‘taruvchi sim arqonlardagi taranglovchi muftalarni orasidagi masofa 600 m dan ortiq bo‘lmasligi lozim.
316. Oddiy egiluvchan ko‘ndalang to‘sinlarda ikkitadan ortiq bo‘lmagan tramvay yoki trolleybus tutashuv yo‘llarini ularning simlari orasini 10 m gacha masofada ilishga yo‘l qo‘yiladi.
O‘tkazgichlar orasidagi masofa katta bo‘lganda, shuningdek yo‘llar soni ikkitadan ortiq bo‘lganda zanjirli egiluvchan ko‘ndalang to‘sinlarni o‘rnatish lozim.
317. Turar joy va noturar joy binolari devorlariga mahkamlanuvchi ko‘ndalang to‘sinlar, tortqichlar va tarmoq ankerlari tutashuv tarmoqlarida paydo bo‘luvchi titratma hamda shovqinlarni yutuvchi o‘zaklar (shovqin pasaytirgichlar) bilan qurollantirilgan bo‘lishlari kerak.
318. Zanjirli egiluvchan ko‘ndalang to‘sinlar simlarining uzunligi quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak:
tramvay tutashuv tarmoqlarida — 0,5 m;
trolleybus tutashuv tarmoqlarida — 0,7 m.
319. Egiluvchan ko‘ndalang to‘sinlar bilan yonma-yon tutashuv yo‘llarining simlarini kesishgan joylarida ko‘ndalang to‘sinlar va kesishuvchi simlarining orasidagi masofa kamida 0,7 m bo‘lishi zarur.
320. Bir ko‘cha doirasida tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining mustaqil tutqich qurilmalarini bo‘lishi, tutashuv tarmoqlari tayanchlarini yo‘lning yon devori yonida o‘rnatish imkoni bo‘lmaganda tramvay va trolleybus tutashuv ilgaklarini (egilgan simlarda ilingan ilgaklar bundan mustasno) umumiy tutqich qurilmalarga (ko‘ndalang to‘sinlarga) ilish kerak.
321. Devor ilgagidan binoning burchagigacha va devor o‘yimlarining chetigacha (deraza, eshik) bo‘lgan masofa (vertikal va gorizontal bo‘yicha) kamida 0,5 m bo‘lishi lozim.
322. Devorlardagi egiluvchan tutqich qurilmalar mahkamlangan yerlaridagi bitta devordagi ilgakka tushuvchi hisobiy kuch 7000 N (700 kgs) dan oshmasligi kerak.
323. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining tutqich qurilmalarini (sim arqon ko‘ndalang to‘sinlari, kronshteynlar) tutashuv tarmoqlariga taalluqli bo‘lmagan qurilmalarni ilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
324. Tutashuv tarmoqlari ko‘ndalang to‘sinlarini ularning tutqich qurilmalaridan 1 kV kuchlanishga aloqa va SMB simlarining ikki pog‘onali izolatsiyalanishi hamda ushbu SMB ko‘ndalang to‘sin o‘tkazgichlari va ulanishlarni uzunasiga yotqizish uchun foydalanish lozim.
3-§. Tayanch konstruksiyalari
325. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlaridagi tayanch konstruksiyalari sifatida maxsus tayanchlar, yer osti yo‘lkalari, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgich hamda boshqa muhandislik inshootlari konstruksiyalari foydalanish kerak.
326. Binolarga tutashuv tarmoqlarini mahkamlash uchun osma temir-beton panelli devorlardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi (binoning yuk ko‘taruvchi elementlariga mahkamlangan maxsus o‘rnatma qismlardan foydalanish hollari bundan mustasno).
327. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlari uchun elektrlashtirilgan shahar transporti uchun mo‘ljallangan kuchlanishli va kuchlanishsiz armaturali temir-beton tayanchlar hamda po‘lat tayanchlar qo‘llanilishi kerak.
328. Ankerli hududlarning yukli kompensatorlar bilan birlashadigan tugunlaridagi ta’minlovchi kabellarning chiqish joylarida muhandislik inshootlarida (ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda va estakadalarda), shuningdek 35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari hududidagi tutashuv tarmoqlar tayanchlarini o‘rnatishda po‘lat quvurli tayanchlardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Tayanchlarning tegishli konstruksiyalaridan foydalanish zaruratini loyihada belgilanishi va asoslab berilishi kerak.
329. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining temir-beton va metal tayanchlarini erga ulashga yo‘l qo‘yilmaydi.
330. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining temir-beton tayanchlari konstruksiyalarini QMQ 2.03.01-96ga muvofiq, po‘lat tayanchlarni esa ShNQ 2.03.05-23ga muvofiq hisoblash kerak.
331. Po‘lat tayanchlarga gorizontal kuchni hisob-kitobini Rr, kgs, quyidagi formula bo‘yicha aniqlash lozim:
Rr = K Rn,
Bu erda:
K — ortiqcha yuk koeffitsiyenti, K=1,3;
Rn — tayanchning yuqori qismiga qo‘llaniladigan tayanch uchun me’yoriy kuch, kgs.
332. Normativ yuk ta’siri ostidagi temir-beton va po‘lat tayanchlarning hisobiy egilishi tayanchning yer ustki qismi balandligining 1/70 qismidan oshmasligi, tayanch ichida joylashgan yuklarga ega yuk kompensatorli ankerli tayanchlar uchun 1/150 bo‘lishi lozim.
333. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining tayanchlari tayanchning har qanday ko‘ndalang o‘qlari bo‘ylab teng kuchga ega bo‘lishi va tushirish (anker) tirgaklarni ishlatmasdan to‘liq yukni olishi kerak.
334. Temir-beton tayanchlar uchun tayanchlardagi natijaviy hisobiy kuchni me’yoriy bilan solishtirish bo‘yicha ortiqchaligi 25 foizdan va po‘lat tayanchlar uchun 50 foizdan ortiq bo‘lmaganda quyidagi hollarda tayanchlarni ankerli tortqichlar bilan kuchaytirish lozim:
mavjud tayanchlarda qo‘shimcha yuklash zarurati bo‘lganda;
yuk va xizmat ko‘rsatish yo‘llarida;
depo hududida va ta’mirlash ustaxonalarida (zavodlarda);
shahar tashqarisidagi yo‘llarda.
335. Transport va piyodalar harakati mumkin bo‘lgan yerlardagi ankerli tortqichlar joylashgan balandlikni yo‘lning qatnov qismi sathidan kamida 5 m, trotuarlar bilan kesishishlarda esa yo‘lka qoplami sathidan kamida 3 m bo‘lishi kerak.
336. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining tayanchlarini yo‘lkalardagi yoki maysazorlardagi yo‘l yon devorlari bo‘ylab joylashtirish lozim. Bunday holda yon toshining yuzidan tayanch o‘qigacha bo‘lgan masofani 1 m qabul qilish joiz. Bunday holda yon toshning old yuzidan tayanchning tashqi yuzasigacha bo‘lgan masofa kamida 0,6 m bo‘lishi kerak.
337. Alohida tayanchlarni hovlilarda, bino devorlari yonida, yashil ekinlar mintaqalarida joylashtirishga yo‘l qo‘yiladi.
338. Yon toshlar bilan chegaralanmagan yo‘l bo‘ylab tayanchlarni o‘rnatishda, ular yo‘lning qatnov qismining kesilgan qismidan (asfalt qoplamli) odatiy to‘siqli panjara bilan kamida 1,75 m masofada yo‘l yoqasida joylashtirish kerak.
339. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining tayanchlarini asosan beton (beton sinfi V15) yoki yig‘ma temir-beton (beton sinfi V20, VZO) alohida (individual) poydevorlarda o‘rnatish zarur.
340. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlari tayanchlari poydevorlarining hisob-kitoblarida hisobiy kuch sifatida ortiqcha yuk koeffitsiyenti K= 1,3 bilan tayanchga tushuvchi me’yoriy kuchni qabul qilish kerak.
341. Poydevor tagligining yotqizish chuqurligi tegishli hududdagi gruntning muzlash chuqurligidan kam bo‘lmasligi kerak.
342. Tutashuv tarmoqlari tayanchlarining yig‘ma temir-beton poydevorlari elektr va atrof muhit ta’siridan paydo bo‘luvchi korroziyalardan muhofazalangan bo‘lishlari lozim.
343. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlari tayanchlarining poydevorlaridan yer osti muhandislik tarmoqlarigacha bo‘lgan gorizontal masofa (yorug‘likda) ShNQ 2.07.01-03 ga muvofiq bo‘lishi lozim.
344. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining tayanchlarini yer osti inshootlari ustida yer osti inshootlari tepasidan tayanchning poydevorining asosigacha kamida 0,5 m masofada o‘rnatish kerak.
Agar yer osti kommunikatsiyalari katta zichlikda to‘yingan joylarda tutashuv tarmoqlari tayanchlarini o‘rnatish zarur bo‘lsa, poydevor vertikal o‘qini tayanchning vertikal o‘qiga nisbatan siljitish bilan maxsus konstruksiyalarda tayanchlarni yer osti kommunikatsiyalari ustida mahkamlash kerak.
345. Muhandislik inshootlarida (ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda, estakadalarda va shu kabilarda) tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining tayanchlarini po‘lat stakanlarda yoki muhandislik inshootlarining yuk ko‘taruvchi elementlariga mahkamlanuvchi gardishlarda o‘rnatish kerak.
346. Po‘lat stakandagi tayanchlarni 0,6 — 0,8 m chuqurlashtirib va stakanning pastki va yuqori qismida aylanma o‘lchami bo‘yicha po‘lat ponalar bilan mahkamlash kerak.
347. Stakanning yuqori qismida tayanchni stakanga payvandlash lozim.
348. Tayanchlarni gardishli mahkamlashni boltlar bilan bajarish zarur.
349. Tayanch mahkamlangan joyidan suv chetlatish bilan ta’minlanishi kerak.
350. Muhandislik inshootlariga tayanchlarni mahkamlash qurilmalarini o‘rnatiluvchi tayanchga ta’sir etuvchi hisobiy kuchlar bo‘yicha hisoblash lozim.
4-§. Osma armatura va tutashuv tarmoqlarining maxsus qismlari
351. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining osma, mahkamlagich o‘zak hamda qurilmalari, shuningdek maxsus qismlari tutashuv o‘tkazgich yoki tok qabul qilgichning tutashuv o‘rnatmasi, yurgich elementlarining tekis va zarbsiz o‘tishini ta’minlashi kerak.
352. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining maxsus qism va konstruksiyalarida trolleybusning musbat va manfiy qutbliligi o‘tkazgichlari orasida 5 kV kuchlanishga sinalgan himoya bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
353. Qurilmalar elementlari va tutashuv tarmog‘ining maxsus qismlarining ishlaydigan yuzasi darajasining tutashuv simlari darajasiga nisbatan pasayishi 0,02 ‰ dan ortiq qiyalikdan ortmasligi kerak.
354. Tutashuv tarmoqlarining armaturasi GOST 23476-79ga, tutashuv tarmoqlarining qurilma va maxsus qismlari esa tayyorlov zavodning texnik shartlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
355. Tutashuv yo‘llarini trassalashda tutashuv simlarining kesishish va birlashish (ajralgan) burchaklari sanoatda ishlab chiqarilgan tutashuv tarmoqlarining maxsus qismlari konstruksiyalarining ruxsat etilgan burchaklari darajasiga muvofiq bo‘lishi lozim.
356. Tramvay va trolleybus yo‘llarining kesishishlarini mahkamlash konstruksiyalari tramvay yo‘llari paralel bo‘lgan tekislikda kesishishning fazoviy holatini ta’minlashi kerak.
357. Maxsus qismlar konstruksiyalarida gorizontal tekislikda tutashuv simlarini sinishiga yo‘l qo‘yilmasligi zarur.
358. Bo‘limli izolyatorda tutashuv simlarining sinishi 4° dan ortiq bo‘lmasligi kerak.
359. Tutashuv tarmoqlarining maxsus qismlarini trassaning 15 ‰ dan kam qiyalikdagi hududlarda o‘rnatish kerak.
360. Tutashuv tarmoqlarining maxsus qismlarini izolatsiolangan yuruvchi elementlari bilan quyidagi yo‘lning bo‘ylama qiyaliklarida o‘rnatish kerak, ‰:
trolleybus yo‘llarini kesishishlarida — 20 gacha;
tramvay va trolleybus yo‘llarining kesishishlarida — 25 gacha;
boshqariladigan stryelkali tugunlarda — 25 gacha;
stryelkali tugunlari o‘xshash — 30 gacha;
seksiyali izolyatorlarda — 40 gacha.
Ayrim hollarda muz hosil bo‘lmaganda qiyaliklarni 5 ‰ ga oshirish lozim.
361. Ruxsat etilgan qiyalikdan ortiq ko‘tarilishlarda tok ostida harakatni ta’minlovchi tutashuv tarmoqlarida kesishuv konstruksiyalari bo‘lishi kerak.
362. Tramvay va trolleybus yo‘llarining kesishish konstruksiyalari kesishishda trolleybusning tok ostida, tramvayda esa inersiya bo‘yicha o‘tishini ta’minlashi lozim.
363. 70 m dan kam radiusli tramvay yo‘llarining egri chiziqli qismlarida yoki yo‘lning egri qismi bilan ko‘tarilishlar uyg‘unlashganda tramvay va trolleybus tutashuv yo‘llarining tramvayni tok ostida, trolleybuslar esa inersiya bo‘yicha o‘tishini ta’minlovchi kesishish konstruksiyalarini qabul qilish zarur.
364. Izolatsiya qilingan ishlaydigan elementlari bo‘lgan trolleybus yo‘llari kesishish konstruksiyalari orasidagi masofa 5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
365. Kesishmalar orasidagi masofa 5 m bo‘lganda, tok oqimi ostida harakatlanishni taminlaydigan kesishmalardan foydalanish lozim.
366. Tutashuv tarmoqlarining maxsus qismlarining izalatsiya qilingan ishlaydigan elementlari chiqishda yoy o‘chirish (dugogasitel) moslamalariga ega bo‘lishlari kerak.
367. Trolleybusning avtomatik stryelkali tugunlarini chorrahalar va piyodalar yo‘laklari oldida quyidagicha masofadan kam bo‘lmagan ravishda o‘rnatish lozim:
12 m gacha uzunlikdagi trolleybuslar uchun — 20 m;
ulama trolleybuslar uchun — 30 m.
368. O‘xshash stryelkali tugunlarni chorrahalardan va piyodalar yo‘laklaridan kamida 8 m masofadan keyin joylashtirish lozim.
5-§. Tutashuv tarmoqlari izolatsiyalari
369. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining kuchlanish ostidagi moslamalari quyidagilarga nisbatan kamida ikki bosqichli izolatsiyaga ega bo‘lishlari kerak:
tayanch konstruksiyalariga (tayanchlarga, binolarga, muhandislik inshootlariga);
tramvay va trolleybusning yaqin yo‘llarining tutashuv ilgaklarining tok o‘tkazuvchi elementlariga;
simlarga.
370. Bitta trolleybus tutashuv yo‘llarining manfiy va musbat qutbli simlari orasida 5 kV sinov kuchlanishiga hisoblangan bir bosqichli izolatsiya o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
371. Ship ilgaklaridagi izolatsiyalangan taxta va yog‘ochlarga mahkamlanuvchi tutashuv simlari 5 kV sinov kuchlanishiga hisoblangan sharoitda izolatsiyalashning ikkinchi bosqichi qabul qilinishiga yo‘l qo‘yiladi.
372. Oddiy va mahkamlagich egiluvchan ko‘ndalang to‘sinlardagi izolatsiyani quyidagicha bo‘lishi lozim:
tutashuv simlari mahkamlangan joylarida;
ko‘ndalang to‘sinlarni tayanch konstruksiyalariga mahkamlangan joylarida;
tramvayning har qaysi tutashuv simidan kamida 1,5 m va 2,0 m dan ortiq bo‘lmagan masofada.
373. Tramvay tutashuv simlari bilan orasidagi masofa 6 m dan kam bo‘lganda shu sim orasida ko‘ndalang to‘sin izolatsiyasini o‘rtaga o‘rnatish lozim.
374. Po‘lat sim arqonli yuk ko‘taruvchi egiluvchan ko‘ndalang to‘sinlar bir bosqichli izolatsiyalash bilan ajratilgan bo‘lishi kerak:
tutashuv va kuchaytirgich simlardan;
tutashuv tarmoqlarining maxsus qismlaridan.
375. Ta’minlovchi yoki yo‘l oralig‘ini birlashtirish vazifasini o‘tovchi egiluvchan ko‘ndalang to‘sinlar kuchlanish ostidagi tutashuv tarmoqlarining qolgan elementlaridan ikki bosqichli izolatsiya bilan ajratilgan bo‘lishi kerak.
376. Elektr birlashtirgich va oddiy ilgaklarni tutashuv simlari orasida bevosita elektr birlashtirgichli bo‘lishi kerak.
377. Murakkab shakldagi ko‘ndalang to‘sinlarda (burchaklar, trapetsiyalar) tutashuv simlar tomonidan ko‘ndalang to‘sinlarni ayrim tashkil etuvchi elementlarining birikish yerlarida qo‘shimcha bosqichli izolatsiya bo‘lishi zarur.
378. Zanjirli ilgaklarning bo‘ylama yuk ko‘taruvchi sim arqonlari tutib turgich qurilmalaridan, trolleybus tutashuv tarmoqlarida esa tutashuv o‘tkazgichlaridan ham bir bosqichli izolatsiya bilan ajratilgan bo‘lishlari kerak.
379. Tutib turgich simlaridagi izolatsiyani ularning tutashuv o‘tkazgichlariga yoki maxsus qismlarga mahkamlangan yerlarda o‘tishi lozim.
380. Bir vaqtning o‘zida elektr birlashtirgich bo‘lib hisoblanadigan yuk ko‘targich ko‘ndalang to‘sinlarga simlarni mahkamlashda, har qaysi simda ikkitadan izolatsiya bo‘lishi kerak.
381. Ankerli sim arqonlardagi izolatsiya ularni tutashuv simlariga, tutib turgich qurilmalarga va tayanch qurilmalariga mahkamlangan yerida o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
382. Tramvayning tutashuv simi ankerli sim arqonlaridagi tutashuv sim tomonidan izolatsiyani yo‘l o‘qidan 1,5 m masofada bo‘lgan yerlarda o‘rnatish lozim.
383. Kuchlanish ostidagi tutashuv tarmoqlarining elementlari kamida quyidagi masofaga olib tashlangan bo‘lishlari kerak:
tayanch konstruksiyalaridan — 1,5 m;
bino ayvonlari va deraza o‘yimlaridan — 2,0 m;
izolatsiyalangan kronshteynlardan — 0,25 m;
muhandislik inshootlarining metall qismlaridan:
erkin ilishlarda (oraliqda) — 0,2 m;
qattiq mahkamlashda — 0,1 m;
384. Muhandislik inshootlarining po‘lat kontsruksiyalari ostida joylashuvchi tutashuv simlari ustida inshoot chetki to‘sinidan 0,25 m chiquvchi izolatsiyalangan qalqonlar bo‘lishi kerak.
385. Deponing ishlab chiqarish binolari va ta’mirlash ustaxonalari (zavodlar) darvozalaridan tutashuv simlari o‘tadigan yerlaridagi darvoza tabaqasining metall qismi muhofaza qatlamining qalinligi kamida 20 mm bo‘lgan elektrdan izolatsiyalovchi ashyolar tekstolit, yog‘och plastik bilan o‘ralgan bo‘lishlari lozim.
6-§. Ta’minlash va qismlarga ajratish
386. Shahar chegarasidagi TPS tutashuv tarmoqlarini ta’minlovchi liniyalarni erda yotqizilgan kabellarda bo‘lishi, shahar atrofidagi tarmoqlar uchun havo liniyalaridan foydalanish kerak.
387. Ta’minlovchi va kuchaytiruvchi havo liniyalarini izolatsiyalanmagan mis yoki bimetall simlardan tayyorlash kerak.
388. Ta’minlovchi va kuchaytiruvchi liniyalar erga nisbatan kamida 1 kV kuchlanishli izolatsiyaga ega bo‘lishi kerak.
389. Tramvayning rels tarmoqlariga ulangan zanjirli ta’minot simlar uchun ajratiladigan elektr birikmalar bilan jihozlangan sim arqon javonlar bo‘lishi lozim.
390. Ta’minlovchi va kuchaytiruvchi havo simlarini tutashuv tarmoqlarining tayanchlariga tutashuv simlarini qarama-qarshi tomonida tayanchlardan (rejada) kamida 0,5 m oraliqda, simlarning eng katta og‘ishlari bilan ilish kerak.
Bunda, tutashuv tarmoqlari tayanchlarini ularga boshqa elektr tarmoqlarini mahkamlash uchun foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
391. Tutashuv tarmoqlari tayanchlarini ko‘chani yoritish uchun foydalanilganda, ko‘chani yoritishlarining ta’minlovchi hamda taqsimlovchi tarmoqlar bo‘lishi kerak.
Ta’minlovchi hamda kuchlanuvchi liniyalari esa 1 kV kuchlanishga himoyalangan, misli izolatsiyalangan simlardan tayyorlangan bo‘lishi lozim.
392. Trotuarlar ustida joylashgan ta’minlovchi va kuchaytiruvchi liniyalarni 1 kV kuchlanish uchun izolatsiya bilan izolatsiya qilinishi kerak. Yo‘lning (ko‘chaning) qatnov qismi ustidan tayanchlarga kamida 1,5 m masofada izolatsiyalanmagan simlardan bajariluvchi ta’minlovchi va kuchaytiruvchi simlarni yotkazish kerak.
393. Elektr ta’minotining hisobiy sxemalariga muvofiq tramvay va trolleybus yo‘llarining tutashuv tarmoqlari yoy so‘ndirgichli izolyator yordamida bir qator izolatsiyalangan qismlarga (bo‘limlarga) bo‘lingan bo‘lishi lozim.
394. Seksiyali izolyatorlarni, shuningdek yo‘lovchilar yo‘llari va boshqa mohiyati (depo ta’mirlash ustaxonalari, yukli yo‘llar va shu kabilar bilan texnologik aloqa uchun) tutashuv tarmoqlari hududlari orasida hamda ta’mirlash ishlarini olib borishda xavfsizlik talablari va texnologik talablarga muvofiq ravishda depo va ta’mirlash ustaxonalari (zavodlari) tutashuv yo‘llarini bo‘limlash uchun o‘rnatish lozim.
395. Trolleybus tutashuv tarmoqlarida yoy so‘ndirgichli seksiyali izolyatorlarni musbat o‘tkazgichlarda qanday bo‘lsa, shunday manfiy o‘tkazgichlarda ham inobatga olish zarur.
396. Zanjirli tutashuv ilgaklarining bo‘ylama yuk ko‘taruvchi kabellarida, shuningdek kuchaytiruvchi simlarda seksiyali izolyatorlarni joylashgan joylarda tortish izolyatorlarini bo‘lishi, trolleybus tutashuv tarmoqlaridagi ikkala yuk ko‘taruvchi kabellari qo‘shimcha ravishda kuchlanish izolyatorlari bilan uzunligi 450 m dan ortiq bo‘lmagan qismlarga bo‘linishi kerak.
397. Ta’minlovchi sim arqonlarini tashqariga chiqib turgan qismini yoki havo simlarini tutashuv tarmoqlari bilan birlashtirishni ta’minlovchi birlashtirtichlar bo‘lishi lozim.
398. Ta’minlovchi birlashtirgichlarning kesimi elektrik kuchlar hisob-kitoblariga mos bo‘lishi va ularga ulaniluvchi ikki tutashuv simlar kesimining yig‘indisidan kam bo‘lmasligi kerak.
399. Tayanchlar va kronshteynlar bo‘yicha yotkaziluvchi ta’minlovchi birlashtirgichlarni 2,5 kV dan past bo‘lmagan kuchlanishli izolatsiya bilan egiluvchan mis simlardan tayyorlash zarur.
400. Havodagi ta’minlovchi va yo‘llararo ulagichlarning tutashuv tarmoqlariga ulanishi kuchlanishi 1000 V va kesimi 95 mm2 dan kam bo‘lmagan izolatsiyalangan mis kodli simdan tayyorlangan moslashuvchan elektr o‘tkazgichlari bilan ta’minlanishi kerak.
401. Har bir tutashuv simining ta’minot ulagichigacha ulanishi ikkita yoysimon egilgan simli (dujka), yo‘l oralig‘i ulagichiga esa bir yoysimon egilgan simli (dujka), bo‘lishi lozim.
402. Tutashuv tarmoqlarida harakatning turli yo‘nalishlarining bir kutb o‘tkazgichiga va ularga mos ravishda simlarni kuchaytiruvchi simlarga ulanuvchi yo‘l oralig‘i elektr birlashtirgichini joylashtirish kerak.
403. Ikki simli elektr ta’minoti tizimida yo‘l oralig‘i birlashtirgichlarini quyidagicha joylashtirish lozim:
tramvay tutashuv tarmoqlari uchun havo bo‘ylab va trolleybus tutashuv tarmoqlari uchun ikki yo‘lli kronshtenylarda hamda egiluvchan ko‘ndalang to‘sinlarda har 150 — 200 m oralig‘ida;
har 300 m oralig‘ida erda yotqizish orqali;
kuchlantiruvchi simli tutashuv tarmoqlari hududlarida har 120 — 200 m oralig‘ida;
seksiyali izolyatorlarning har ikki tomonida (ulardan ikkitadan ortiq bo‘lmagan oraliqda) nim stansiyalar orasidagi hisoblangan oqim bo‘linmalarida;
ta’minlovchi yonma-yon qismlar orasida joylashuvchi, qayerda havo yoki kabelli ta’minlovchi birlashtirgichlar o‘rnatilishi mo‘ljallanmagan seksiyali izolyatorlarda;
harakatning har qaysi yo‘nalishida ajratilgan kronshteynlarda trolleybus tutashuv tarmoqlari uchun har 200 — 300 m oralig‘ida havo bo‘yicha o‘tkazishda.
404. Izolatsiyalanmagan havo elektr birlashtirgichlarini sim arqon ko‘ndalang to‘sinlaridan vertikal yo‘nalish bo‘yicha kamida 1,0 m, izolatsiyalangan kronshteynlardan kamida 0,5 m masofada joylashtirish kerak.
Izolatsiyalanmagan havo elektr birlashtirgichlarini sim arqonli ko‘ndalang to‘sinlar bilan bir sathda joylashtirishda gorizontal bo‘yicha ular orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi lozim.
405. Yo‘l oralig‘i elektr birlashtirgichi sifatida tutashuv tarmoqlar tugunlarini, aylanma halqalarini, simlarni havo o‘qi chiziqlarini birlashishidan (ajralishi) foydalanish kerak.
406. Tramvay zanjirli ilgaklarining bo‘ylama yuk ko‘taruvchi sim arqonlarni elektr birlashtirgichlarning tutashuv o‘tkazgichlari (yoy bilan) bilan 120 — 200 m oralig‘ida, yuk ko‘targich sim arqonlarni bir vaqtning o‘zida o‘tkazgichni kuchaytirish sifatida foydalanilganda esa 80 — 150 m oralig‘ida birlashtirish lozim.
Bo‘ylama yuk ko‘taruvchi kabellar kuchlanish izolyatorlari bilan bo‘linadigan joylarda ushbu izolyatorlarning ikkala tomonida elektr ulagichlar ta’minlanishi kerak.
407. TPS tramvay va trolleybus yo‘llarining elektr ta’minotini loyihalashda tutashuv tarmoqlari qisqa tutashuv toklaridan eng ko‘p tokdan himoya bo‘lishi kerak.
Bunda, ta’minlovchi simning avtomat o‘chirish qurilmasidagi tok tutashuv tarmoqlari bo‘limi qisqa tutashuv tokidan kam bo‘lishi, kam toklardan qisqa tutashuvlarda esa tutashuv o‘tkazgichlarini kuyishini mustasno etuvchi qo‘shimcha himoya qurilmalarini o‘rnatish lozim.
408. Muhitli ortiqcha kuchlanishdan himoyani ochiq va imoratlar qurilmagan joylarda yoki bino va inshootlar qurilgan ko‘chalar bo‘ylab ularning kengligi b, m quyidagi shartlarni koniqtirgan taqdirdagi yo‘llardan o‘tuvchi tramvay hamda trolleybus tutashuv tarmoqlari qismlarida loyihalash lozim:
Bu erda:
h — binoning maksimal balandligi, m;
ht.t. — tutashuv tarmoqlari elementlarining kuchlanishi ostida joylashgan balandligi, m;
h0 — tutashuv tarmoqlari ilingan balandlikdan bino balandligining yuqoriligi, m.
h0 = h — h t.t.
409. Atmosfera kuchlanishidan himoya vositalarining konstruksiyalarini, shuningdek ularni erga ulagichlari loyihada belgilanishi kerak.
410. Momaqaldiroqni zaryadsizlagichlarni tutashuv simlarga yoki kabelli chiqashlarga va erga ulash zanjiriga ulash lozim.
411. Trolleybus tutashuv tarmoqlaridagi elektrsizlantirgichlarni musbat hamda manfiy tutashuv simlarida o‘rnatish kerak.
412. Elektrsizlantirgichlarni ta’minlovchi liniyalarni tutashuv tarmoqlariga birlashgan joylariga, shuningdek tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlarining oxirgi nuqtalarida ularda SMB qurilmalarining mavjud bo‘lgan joylarida joylashtirish zarur.
413. Ta’minot liniyalari havoda loyihalashtirilgan hollarda elektrsizlantirgichlarni shu simlarni TPS stansiyalarining kabel chiqish joylariga ulangan joylarga joylashtirish kerak.
414. Zaryadsizlagichlarni erga ulashni metall qobiqlarda va ta’minlovchi sim arqonlar yoki erga ulagichlar bilan joylashtirilishi lozim.
Barcha hollarda erga ulanish qurilmalarida oquvchi tokning qarshiligi ko‘pi bilan 10 Om ni tashkil qilishi kerak.
415. Kabellarning manfiy qutbini tramvay izlari relslariga ulanish joylarini GOST 9.602-2016 talablarini inobatga olgan holda bajarilgan elektr hisob-kitoblariga muvofiq joylashtirish lozim.
7-§. Simlarning tortilishini ankerlash va muvozanalatgich qurilmalari
416. Ankerlash quyidagi yerlarda bajarilishi kerak:
tutashuv simlarining boshi va oxirida;
tutashuv simlarini yo‘naltirgich tugunlariga birikishi va tarmoqlanishida;
ilgaklarni mustaqil ankerli qismlarga bo‘lishda;
tutashuv simlarining tortilishi va kesimining o‘zgarishida.
417. Tortish tengligi ta’minlanganda quyidagi tutashuv tarmoqlarini o‘zaro ankerlash lozim:
zanjirli ilgaklari va tutashuv simlarining bo‘ylama yuk ko‘taruvchi sim arqonlari;
trolleybus yo‘llarining va yo‘naltirgichni boshqaruv tugunlari;
trolleybus yo‘llarining yo‘naltirgich tugunlari va tutashuv o‘tkazgichlari;
trolleybus yo‘llarining yo‘naltirgich tugunlari va zanjirli ilgaklarning bo‘ylama yuk ko‘targich sim arqonlari.
418. Kontakt ilmoqlarining inshootlarga kirish joylarida, shuningdek ulardan chiqishda muhandislik inshootlari ostida qattiq ilgaklar qo‘llanilganda, inshootlarning yuk ko‘taruvchi qurilmalarida qo‘shimcha ankerlar bo‘lishi kerak.
419. To‘g‘ri qismdagi ankerlangan hududning uzunligi quyidagicha bo‘lishi lozim:
bir yoqlama muvozanatlashda 450 dan 700 m gacha;
ikki yoqlama muvozanatlashda 900 dan 1400 m gacha.
Bunda, ankerlangan qism doirasida tutashuv simlarini tarangligining o‘zgarishi me’yoriy taranglikning ± 15 foizidan oshmasligi kerak.
420. Ikki yoqlama muvozanatlagichli ankerlangan qism o‘rtasidagi yarim muvozanatlangan tutashuv ilgaklarida tutashuv simlarining o‘rtacha o‘zaklangan tuguni bo‘lishi kerak.
421. O‘rtacha o‘zakning ikki tomoni bo‘yicha tutashuv simlarini tortish bir-biridan ko‘pi bilan 5 foizga farq qilishi kerak.
422. Trolleybus yo‘llarining yarim muvozanatlangan va muvozanatlangan tutashuv ilgaklaridagi tramvay yo‘llari bilan kesishish tugunlarini trolleybus tutashuv simlari o‘rtacha o‘zak tugunidan 50 m dan uzoq bo‘lmagan masofada yoki trolleybus tutashuv simlarini bo‘ylama siljishi eng kam yerlarda o‘zak qismining boshlanishida joylashtirish lozim.
423. Yukli muvozanatlagichlar bloklari GOST 3064-80ga muvofiq tebratgich podshipniklarga ega bo‘lishi va egiluvchan po‘lat sim arqonlar bilan o‘zaklangan bo‘lishi kerak.
424. Muvozanatlagich yuklarni tayanchlar tashqarisiga joylashtirishda yuklar to‘siqlarini, shuningdek ko‘ndalang yo‘nalish bo‘yicha ularni siljishini chegaralovchilar bo‘lishi lozim.
425. Muvozanatlanmagan tutashuv ilgaklaridagi mavsumiy sozlagich qurilmalarini har 300 — 500 m oraliqda joylashtirish lozim.
Mavsumiy sozlagich qurilmalarini aylanma halqalardan, tramvay va trolleybus yo‘llarining kesishuv tugunlaridan hamda qattiq tutashuv ilgaklar joylashgan yerlaridan kamida 200 m masofada joylashtirish kerak.
8-§. Tramvay va trolleybus tarmoqlarining havo elektr uzatish tarmoqlari bilan kesishishi va o‘zaro yaqinlashishi
426. Tramvay va trolleybus tarmoqlari bilan kesishish hamda yaqinlashish joylaridagi 1000 V gacha kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlarining simlarigacha bo‘lgan masofani kamida quyidagicha bo‘lishi kerak:
tramvay tarmoqlari uchun — yoyli tok qabul qilgichlar va pantograf bilan tok olinganda rels kallagining sathidan 8 m hamda shtangali tok qabul qilgichlar bilan tok olinganda 10.5 m (vertikal bo‘yicha);
trolleybus tarmoqlari uchun — yo‘l qoplamining yuqori belgi sathidan 10.5 m;
tramvay tarmoqlari uchun — yoyli tok qabul qilgichlar va pantograflar bilan tok olinganda yo‘l o‘qidan 5 m hamda shtangali tok qabul qilgichlar bilan tok olinganda 7 m (yotiq bo‘yicha);
trolleybus tarmoqlari uchun — yon devor toshlari yoki boshqa og‘ishdan chegaralovchilar bilan to‘silgan yo‘l chetidan 6 m va trolleybuslarning simlar o‘qlaridan og‘ishdan chegaralovchilarsiz tutashuv yo‘llari o‘qidan 14 m.
427. Tramvay va trolleybus tutashuv tarmoqlari tayanchlari hamda kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatgich simlari tayanchlari (tutashuv tarmoqlari tayanchlarida joylashuvchi ko‘cha yoritgichlari simlaridan tashqari) bilan orasidagi masofa kamida 1,5 m bo‘lishi kerak.
428. Tramvay va trolleybus yo‘llariga muqobil o‘tuvchi kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uzatgichning havo simlari (ko‘cha yoritgich simlari bundan mustasno) tayanchlarni inobatga olgan holda tutashuv tarmoqlari bilan band bo‘lgan mintaqadan tashqari joylashgan bo‘lishi lozim.
Texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanganda kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan havo elektr uzatish simlarini tutashuv tarmoqlarning ustida ko‘ndalang to‘sinlarni joylashtirish kerak. Bunda, quyidagi shartlarga rioya qilish zarur:
kesishuv qismidagi ko‘ndalang to‘sinlar tutashuv simlaridan ikkita himoyaga ega bo‘lishiga;
tutashuv tarmog‘ining ko‘ndalang to‘sinidan noqulay harorat va kuchlar uyg‘unligida ko‘chani yoritish simlarini inobatga olgan holda elektr uzatgichni havo simlarigacha balandligi bo‘yicha masofa kamida 1,5 m bo‘lishiga.
429. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan elektr uzatgichning havo simlari bilan tramvay va trolleybus simlarining kesishgan burchagi 60 — 90° ga teng bo‘lishi lozim.
430. Kuchlanishi 1000 V dan yuqori bo‘lgan havo elektr uzatish tarmog‘ining tramvay va trolleybus tutashuv simlari bilan kesishishi va yaqinlashishidagi masofani Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
431. Ruxsat etilgan yaqinlashuvlar va ularni hisoblash tartibi mazkur ShNQning 3-ilovasiga muvofiq amalga oshirish kerak.
9-§. Tutashuv simlari va harakatiga texnik xizmat ko‘rsatish moslamalarini yaqinlashtirish
432. Yo‘l harakatini trolleybus harakatini sozlash uchun yo‘l va ogohlantirgich belgilar va ko‘rsatkichlar, svetoforlar, tablo va shunga o‘xshashlarni mustaqil ko‘ndalang to‘sinlarda tutashuv simlaridan kamida 2,5 m, kuchlanish ostidagi boshqa tutashuv tarmoqlar elementlaridan esa kamida 1,5 m masofada joylashtirish lozim.
433. Tramvay va trolleybuslar harakat xizmati bo‘yicha qurilmalarni tutashuv simlaridan kamida 1,5 m masofada joylashtirish kerak.
434. Tramvay va trolleybuslar harakat xizmati bo‘yicha qurilmalar simlarini tortishni (nazorat va ogohlantirgich, aloqa va radio eshittirish, bloklash va stryelkalarni boshqarish simlari) tutashuv tarmoqlari tayanchlari bo‘yicha o‘rnatilishi lozim.
Mazkur simlarni tayanchlarga mahkamlash uchun tayanchning tashqi tomonidagi tutashuv ilgaklariga nisbatan joylashuvchi qoziqli izolyatorlar va traverslardan foydalanish lozim. Bunda, tayanchning yuqori qismida yuqoriroq kuchlanishli simlarni joylashtirish zarur.
435. Harakatga xizmat ko‘rsatadigan moslamalar simlari va har qaysi tayanch yuzalari orasidagi gorizontal masofalar quyidagilardan kam bo‘lmasligi kerak:
380/220 V kuchlanishli simlar uchun — 200 mm;
kam kuchlanishli simlar uchun — 100 mm.
436. Tutashuv tarmoqlari tayanchlarida ta’minlovchi va kuchaytiruvchi simlar mavjudligida ularda boshqa simlarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
437. Sim arqonli ko‘ndalang to‘sin uzunasi bo‘yicha SMBning izolatsiyalangan simlarini yotqizish kerak.
438. Ogohlantirgich va kontakt simlarini boshqarishning elektr sxemalari tramvay va trolleybus kontakt simlarida o‘rnatiluvchi qurilmalarsiz (tutashuvlar, datchiklar) bo‘lishi kerak.
Bunday sxemalarni ishlab chiqishgacha tutashuv simlarini ilinish nuqtalaridan ko‘pi bilan 2,5 m masofada tutashuv simlaridagi seriyesli, shuntli, blokli va boshqa tutashuvlarni o‘rnatish kerak. Bunday qurilmalar tuzilishlari tramvay va trolleybuslar tok qabul qilgichlari bo‘ylab tok yurganda tok olish sifati pasaymasligi kerak.
439. Bo‘limli himoyalar, harorat vintlari, ikki sim kesishishlari, trolleybus yo‘llari tutashuv tarmoqlarining stryelkali tugunlari, shuningdek tutashuv simlari va ulardagi yukli muvozanatlagichlar chetlatgichlari birlashgan yerlarida harakat xizmati bo‘yicha qurilmalar uchun simlar tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
440. Tramvay yo‘llarining tutashuv tarmoqlari simlariga paralel ravishda tutashuv signal simini osib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.
441. Chegaralovchi signalizatsiyalarni loyihalashda chiziqli tutashuv (datchiklar) elektr sxemalari bo‘lishi kerak.
442. Tramvay to‘tashuv tarmoqlaridan ta’minlanuvchi harakat xizmati bo‘yicha qurilmalarni relslariga ulanuvchi manfiy zanjir yer osti qismida kamida 25 mm2 kesimli (mis bo‘yicha) sim arqon bo‘lishi, trolleybus tutashuv tarmoqlaridan ta’minlanuvchi zanjir esa shu tarmoqning manfiy simiga ulangan bo‘lishi lozim.
443. Tutashuv tarmoqlari tayanchlarining ichki va tashqarisida tortiluvchi harakat xizmati bo‘yicha qurilmalar simlari kamida 2500 V kuchlanishli himoyaga ega bo‘lishi hamda yer yuzasidan 2,5 m balandlikda mexanik shikastlanishdan saqlangan bo‘lishi kerak.
7-bob. Elektr ta’minoti va TPS
444. Tanlangan elektr ta’minoti tizimlari uchun hisob-kitoblar bilan quyidagi asosiy texnik ko‘rsatkichlarni aniqlash kerak:
tutashuv simidagi tokning zichligi;
tortishuv tarmog‘idagi kuchlanishning pasayishi;
TPSning to‘g‘rilagich agregatidagi ruxsat etilgan kuchlar;
himoyalarni joylashtirish.
445. Elektr ta’minoti tizimlarining me’yoriy ish tartibida tramvay va trolleybuslar liniyalarining mis tutashuv simlaridagi hisoblangan tokning zichligi 5 A/mm2 dan oshmasligi, majburiy rejimda esa 6.8 A/mm2 bo‘lishi kerak.
Tok zichligini hisoblaganda kesim bo‘yicha tutashuv simni tramvay uchun 20 foiz , trolleybus uchun 10 foiz yedirilishini hisobga olish lozim.
446. Harakatlanuvchi tarkibi kuchlanishining tok qabul qilgich (tokopriyemnik) gacha pasayishi (yo‘qolishi), normal quvvat manbai rejimda 90 V dan, majburiy rejimda 170 V dan oshmasligi kerak.
Elektr ta’minotining barqarorligini tekshirish sharti bilan majburiy rejimda hisoblangan maksimal kuchlanish pasayishini 175 V ga oshirishga yo‘l qo‘yiladi.
447. Kuchlanishning maksimal pasayishini hisoblashda kesim bo‘yicha tramvay uchun 15 foiz, trolleybus uchun 7,5 foiz tutashuv simlarining o‘rtacha eyilishini hisobga olish kerak.
448. TPS tutashuv tarmoqlarini qisqa tutashuv toklaridan himoyalanishi, bunda tok ustavkini (joriy sozlash elektron to‘xtatuvchini ma’lum bir o‘chirish oqimiga o‘rnatish) ta’minot liniyasining Iust o‘chirilishi quyidagi formula bilan aniqlanishi kerak:
Iust ≥ 2 Io‘r+C;
I ust ≤ Ieh Keh
Bu erda:
Io‘r — tarmoq qismini o‘rtacha hisobiy toki, A:
S — doimiy, A, trolleybus uchun S=800, tramvay yakka vagonlar uchun S=1000, qo‘shaloq vagonlar uchun S=2000;
Keh — ehtiyot koeffitsiyenti, Keh= 0,85 — 0,9.
449. TPSning 6 — 10 kV liniyalariga begona iste’molchilarni ulanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
450. Markazlashgan elektr ta’minoti tizimining TPS eng katta quvvatni tug‘irlash agregati ishlamay qolganda tramvay va trolleybus tarmoqlarini ishonchli elektr ta’minotini ta’minlovchi zaxira agregatiga bo‘lishi kerak.
451. TPS ta’minlovchi bo‘linmalarini joylashish o‘rnini elektr hisob-kitoblar bilan aniqlash lozim.
600 V li tortish tarmoqlarining sim arqonlaridagi quvvatni yo‘qolishini kamaytirish va TPS binosini elektr ta’minotini ishonchliligini oshirish maqsadida tutashuv tarmoqlariga bevosita yaqin joylashtirish kerak.
452. TPSni quyidagi talablarni inobatga olgan holda loyihalash lozim:
bino qurilish me’yorlariga muvofiq bo‘lishi va o‘rnatilgan uskunalardan foydalanishni talab etilgan shartlari ta’minlangan bo‘lishini (ishni issiqlik tartibi, uskunalarning himoyalanganlik darajasi);
TPSdan chiqayotgan shovqinlar darajasi QMQ 2.01.08-19da belgilanganlardan oshmasligini.
453. TPSni avtomatlashtirish va telemexanika moslamalari bilan jihozlash kerak.
454. Transformator kameralarida ishlayotgan transformator tomonidan paydo bo‘ladigan shovqinni pasaytirish bo‘yicha quyidagi konstruktiv tadbirlar amalga oshirilishi kerak:
transformatorlar ostidagi poydevor bino poydevori bilan birlashtirilmasligi;
darvoza konstruksiyasi shovqin yutuvchi materiallarni o‘z ichiga olishi;
kameraning shifti va devorining yuqori qismi shovqin o‘tkazmaydigan materiallardan bilan qoplangan bo‘lishi.
455. Transformator kameralarida transformatorni o‘rnatish, shuningdek yechilgan qismini kamida 200 mm ko‘tarish uchun moslamalar bo‘lishi kerak.
456. Elektr ta’minotining dispetcherlik boshqaruv punktlari TPSlar bilan birgalikda loyihalash lozim.
457. Dispetcherlik punktining xonalarini ShNQ 2.09.04-09, GOST 12.1.036-81, shuningdek QMQ 181-70, GOST 12.4.026-2015, GOST 14202-69 hamda GOST 22133-86 talablarini inobatga olgan holda loyihalash kerak.
458. TPSlarda ta’mirlash-xizmat ko‘rsatish xodimlari uchun ishchi xonalari va sanuzellarini bo‘lishi, bunda markazlashmagan bir agregatli tizimlarda har qaysi 2 va 4 chi TPSlarda sanuzellar loyihanilishi kerak.
459. Tezyurar tramvayni TPSlari uchun PHITS qurilmalarining ishchi xonalari bo‘lishi zarur.
460. Tuman (markaz) dispetcherlik punktlarida, shuningdek TPSlarda xonalar ShNQ 2.09.04-09ga muvofiq loyihalanilishi kerak.
8-bob. Depo, ta’mirlash ustaxonalari va to‘xtash joylari
1-§. Umumiy talablar
461. Tramvay yoki trolleybus depolarini shahar yo‘lovchi transportini barcha turlarini rivojlantirishini kompleks sxemasiga yoki shahar yo‘lovchi transportini rivojlantirishni texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarga muvofiq hamda shahar bosh rejasi bilan bog‘liq ravishda joylashtirish kerak.
462. Deponing bino va xonalari, ta’mirlash ustaxonalari hamda to‘xtash joylarining toifalarini ShNQ 2.01.19-22 talablariga muvofiq hisob-kitob asosida loyihaning texnologik qismida belgilanishi lozim.
463. Harakatlanuvchi tarkibni saqlash uchun depolar, ta’mirlash ustaxonalari va to‘xtash joylari ShNQ 2.07.01-03ga muvofiq 1,6 m balandlikdagi yaxlit to‘siq o‘rnatilgan bir xil yer uchastkalarida joylashgan bo‘lishi kerak.
464. Avtoturargohni asfalt-beton yoki sement-beton qoplamali qilib loyihalanilishi, turish maydonchasining bo‘ylama qiyaligi (trolleybusning harakat yo‘nalishi bo‘yicha) ko‘pi bilan 5‰, ko‘ndalangi 5 ‰ dan 15 ‰ gacha bo‘lishi lozim.
465. Bo‘ylama yo‘nalish bo‘yicha tramvay yo‘llarining qiyaligi 2,5 ‰ dan oshmasligi kerak.
466. Harakatlanuvchi tarkibning harakatini solishtirma qarshiligini o‘lchash uchun alohida maydoncha bo‘lishi zarur.
467. Avtoturargohlar ikki turda ochiq va yopiq bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
468. Harakatlanuvchi tarkib uchun yopiq to‘xtash joylarini eng sovuq besh kunlikdagi manfiy 30 °S va undan past haroratli shaharlar uchun loyihalanilishi lozim.
469. Depo hududida bino va inshootlar tarkibi va joylashtirilishi ShNQ 2.09.02-19ga muvofiq bo‘lishi lozim.
470. Depo hududida tramvay vagonlari yoki trolleybuslarni alohida kirish va chiqish (asosiy va zaxira) yo‘llari loyihalanilishi hamda kirish asosiy chiqishdan oldin bo‘lishi, bunda depo tomonidan yo‘lning qatnov qismida harakatlanish yo‘nalishi bo‘yicha hisoblanishi zarur.
Shuningdek, kirishda o‘tish joyi, chiqishda (asosan) nazorat binosi loyihalanilishi kerak.
471. Depo hududida harakatlanuvchi tarkibning harakatlanish sxemasi halqali (bir tomonlama) va o‘tish yo‘liga ega bo‘lishi lozim.
472. Harakatlanuvchi tarkibning ochiq avtoturargoxlar hududlaridagi tramvay yo‘llarining o‘qlari, bino va inshootlar orasidagi eng kichik masofa quyidagi 21-jadval bo‘yicha bo‘lishi lozim.

21-jadval

Belgilangan masofa

Eng kichik masofa (m)

tutashuv tarmoqlarini tayanchi bo‘lmaganda yonma-yon yo‘llarning o‘qlarni

3,8

chetki qatordagi yo‘l o‘qi va to‘siq

2,8

bino devori

9,0

yo‘l oralig‘ida o‘rnatilgan tutashuv tarmoqlari tayanchlarining chetlari va yo‘l o‘qlari

1,8

yo‘l oralig‘idan tashqarida o‘rnatilgan tutashuv tarmoqlari tayanchlarining chetlari va yo‘l o‘qlari

1,9

yong‘in-qutqaruv texnikasi uchun mo‘ljallangan yo‘l bilan ajratilgan yonma-yon yo‘llar o‘qlari

8,0

bir-birining orqasida turgan ikki tramvay buferlari

1,5

473. Harakatlanuvchi tarkibning ochiq to‘xtash avtoturargoxlaridagi trolleybus qatorlari o‘qlari, bino va inshootlar orasidagi eng kichik masofa quyidagi 22-jadval bo‘yicha bo‘lishi kerak.

22-jadval

Belgilangan masofa

Eng kichik masofa (m)

Trolleybuslarning yonma-yon qatorda o‘qlari

4,0-6,0

Trolleybuslarning chetki qator o‘qlari va to‘siqlar

3,5

Trolleybuslarning chetki qator o‘qlari va bino devori

9,0

Yong‘in-qutqaruv texnikasi uchun mo‘ljallangan yo‘l bilan ajratilgan yonma-yon yo‘llar o‘qlari

8,0

Oldinma-ketin turgan trolleybuslar bamperlari

1,5

474. Harakatlanuvchi tarkibning ochiq to‘xtash joyidagi yong‘in-qutqaruv texnikasi uchun mo‘ljallangan yo‘llarning eni 3,5 m dan kam bo‘lmasligi, ko‘ndalang yo‘nalishdagi yong‘in-qutqaruv texnikasi uchun mo‘ljallangan yo‘llar orasidagi masofa 25 m, uzun yo‘nalishda esa tramvay uchun — 125 m, trolleybuslar uchun — 100 m bo‘lishi kerak.
2-§. Bino va inshootlarning hajmiy-rejali va konstruktiv yechimlari
475. Deponing bino va xonalari, ta’mirlash ustaxonalarini ShNQ 2.09.02-19 hamda mazkur paragraf talablarini hisobga olgan holda loyihalash lozim.
Depo binolarining olovga bardoshlilik darajasi — II dan kam bo‘lmasligi kerak.
476. Tramvay vagonlari yoki trolleybuslarning kirishi va chiqishi uchun mo‘ljallangan binolardagi darvozalar tutashuv simlarini hisobga olgan holda kamida 5 m balandlikka, eni kamida 4 m bo‘lishi, shuningdek mexanizatsiyalashtirilgan ochish va yopish uzatmalariga (privod) bo‘lishi zarur.
477. Depo binolari darvozalarida ishchilarning kirib-chiqishlari uchun eshik binodan chiqish yo‘nalishi bo‘yicha ochilishi, eshiklarning eni kamida 0,8 m bo‘lishi kerak.
478. Harakatlanuvchi tarkibni yopiq to‘xtash joyining balandligi tramvay rels kallagidan yoki trolleybusning qatnov qismidan qoplamani yuk ko‘taruvchi konstruksiyasining pastki qismiga qadar kamida 5.5 m bo‘lishi lozim.
479. Tramvay vagonlari yoki trolleybuslar orasidagi, shuningdek tramvay vagonlari va yopiq to‘xtash joylaridagi bino konstruksiyalari orasidagi masofani quyidagi 23-jadval bo‘yicha qabul qilish lozim.

23-jadval

Chegaralanuvchi masofa

Masofa (m)

tramvay

trolleybus

chetki tramvay yo‘lining o‘qi yoki chetki trolleybus qatori o‘qining bino devorigacha:

ularda chiqish yo‘llarini yo‘qligida

2,3

2,25

ularda chiqish yo‘llarini mavjudligida

3,3

3,25

ikkita turgan vagonlarning (poyezdlarning) ulanish moslamalari, bir-birining orqasida turg�n ikki trolleybuslarning eng ko‘p chiqib turadigan qismi oralig‘ida

1,0

1,0

yonma-yon tramvay yo‘llarining o‘qlari (yonma-yon turgan ikki trolleybus o‘qlarining oralig‘i)

3,4

3,3

binoning ko‘ndalang devori va tramvay yoki trolleybus vagonlarining eng chiqqan qismi

2,0

2,0

3-§. Harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash uchun xonalar
480. Depoda texnik xizmat ko‘rsatish, rejalashtirilgan ta’mirlash sexlari, bosh mexanika bo‘limining xonalari va ustaxonalarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish xonalarini loyihalashi lozim.
484. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning tarkibi loyihaning texnologiya qismida aniqlanishi kerak.
485. Depo va ustaxonalarda quyidagilarni saqlash uchun omborxonalar bo‘lishi lozim:
trolleybusning juft g‘ildiragi va shinalari;
agregatlari va qismlari;
surtma materiallar;
lok bo‘yoq va shimdiriluvchi materiallar;
metall;
yonuvchan ashyolar (gazlamali, qog‘ozli, qalin qog‘oz va shunga o‘xshashlar);
quruq qum;
kislorod va boshqa ballonlar.
486. Tramvay vagonlari yoki trolleybuslar orasidagi masofalar, shuningdek harakatlanuvchi tarkibga texnik xizmat ko‘rsatish hamda ta’mirlash uchun xonalar konstruksiyalari va ular orasidagi masofa quyidagi 24-jadval bo‘yicha olinishi kerak.

24-jadval

Chegaralanuvchi masofa

Masofa (m)

diagnostika, kuzatuv, ta’mirlash zonalaridagi va bino konstruksiyalardagi tramvay vagoni yoki trolleybus

tramvay vagonining yoki trolleybusning bo‘ylama (yonlama) tomoni va teshiksiz devori

1,7

tramvay vagoni yoki trolleybusn�ng bo‘ylama (yonlama) tomoni va teshiklari bo‘lgan devorlar

1,9

ariq mavjudligida trolleybusning eng ko‘p chiqqan qismi, tramvay vagonining ulagich asbobigacha bo‘lgan bino devorining yon tomoni

4,5

ariqsiz trolleybusning eng ko‘p chiqqan qismi, tramvay vagonining ulagich asbobigacha bo‘lgan bino devorining yon tomoni

2,5

tramvay vagoni yoki trolleybus va ustun

1,2

tramvay vagoni yoki trolleybus va ariq zinasining quyi qirqimi (rejada)

0,5

tramvay vagoni yoki trolleybusning tomi va konstruksiyaning eng quyi nuqtasi

2,5

tramvay vagoni yoki trolleybuslarning texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash zonalaridagi:

bo‘ylama (yonlama) tomonlari orasida

2,9

tramvay vagonlari yoki trolleybuslar, kamida

ariqda bir-biridan keyin turgan tramvay vagonlari yoki trolleybuslar lappak (bufer)lari orasida

1,0

zonalar orasidagi o‘tishlar mavjudligida ariqda bir-biridan keyin turgan tramvay vagonlari yoki trolleybuslar lappak (bufer)lari oralig‘i

3,0

Izoh. Tramvay vagonlari yoki trolleybuslar orasidagi, shuningdek tramvay vagonlari yoki trolleybuslar va devor orasidagi mexanizatsiyalashgan yuvish, diagnostika va domkrat bilan ko‘tarish joylarida masofani ushbu zonalaridagi jihozlar turiga va o‘lchamlariga ko‘ra olinishi, biroq jadvalga ko‘rsatilganlardan kam qabul qilinmasligi lozim.
487. Depo ishlab chiqarish xonalarining balandligi kamida — 3 m, temirchilik-ressor bo‘limlarida — kamida 4 m, tramvay vagonlari yoki trolleybuslar kirgazib quyiladigan tutashuv simlari bo‘lmagan xonalarda — kamida 4,5 m, tutashuv simlari mavjud bo‘lganda — kamida 5,85 m bo‘lishi kerak.
488. Tramvay vagonlari uchun kanavalarning chuqurligi 1,4 m, trolleybuslar uchun — 1,25 m, kuzuv osti uskunalarga xizmat ko‘rsatish uchun chuqurcha chuqurligi — 0,8 m bo‘lishi lozim.
489. Tramvay vagonlari uchun kanavalar kengligi kamida 1,35 m, trolleybuslar uchun — kamida 0,9 m bo‘lishi kerak.
490. Trolleybuslar uchun kanavalarda kamida 0,1 m balandlikdagi xavfsizlik bortlari va balandligi kamida 0,15 m bo‘lgan kengligi 1,4 m bo‘lgan xandaq bo‘lishi lozim.
491. Kanavalar ularning uzunligidan qat’iy nazar uning ustida turgan tramvay yoki trolleybus kattaligi bilan berkilmaydigan ikkita chiqish yo‘liga bo‘lishi kerak.
492. Bir vagon o‘rindig‘ida kanava uzunligi bo‘lgan holda chiqish joylaridan (zaxira) birini kanavaning oxirgi devorida metall skoba shaklida o‘rnatish zarur.
493. Diagnostika va kuzatuv bo‘limlarining kanava hamda chuqurchalari suvni chetlatishni ta’minlash uchun suvoqovalangan bo‘lishi kerak.
Barcha kanavalarda isitishni, uzunligi 40 m dan ortiq bo‘lgan har bir tekshirish zonalarini ajratish uchun kengligi kamida 0,8 m bo‘lgan o‘tish ko‘prigini loyihalanilishi lozim.
494. Payvandlash ishlari uchun kanavalar binodan tashqarida joylashtirilishi kerak.
495. Bo‘yash bo‘limi tarkibida harakatlanuvchi tarkibni tayyorlash, bo‘yash, quritish va bo‘yoq tayyorlash xonalarini bo‘lishi kerak.
Harakatlanuvchi tarkibni kamerali quritishda bo‘yash bo‘limi xonasini ajratmaslikka yo‘l qo‘yiladi.
496. Akkumulyator ustaxonasini joylashtirishda ikkita xona bo‘lishi lozim (bittasi ta’mirlash uchun elektrolit tayyorlash qismi bilan, ikkinchisi akkumulyatorlarni zaryadlash uchun).
Agar bir vaqtning o‘zida 10 tadan ko‘p bo‘lmagan akkumulyatorlarni zaryadlangan bo‘lsa va ular alohida ventilatsiya chiqindisi bo‘lgan shkaflarda zaryadlangan bo‘lsa akkumulyatorlarni zaryadlash uchun alohida xonani ajratmaslikka yo‘l qo‘yiladi.
497. Yuzasi 25 m2 dan ortiq bo‘lgan g‘ildiraklar saqlash uchun xonalar tashqi devor tomonda joylashishi kerak.
498. 10 m3 gacha bo‘lgan moylash materiallarini saqlash miqdori bo‘lgan moy tarqatish xonalarida moy tortib chiqarish va uni ish joyiga uzatish uchun nasos agregatlarini joylashtirish lozim.
499. Tramvay vagonlari yoki trolleybuslarni texnik xizmat va ta’mirlash xonalarida har biri ko‘pi bilan 1 m3 o‘lchamli yer usti sig‘imida (rezervuarlar) 5 m3 dan ortiq bo‘lmagan surg‘ich materiallarini saqlashga, shuningdek ulardan moy tortish va ularni ish joylariga uzatish uchun nasos agregatlarini joylashtirish kerak.
500. Harakatlanuvchi tarkibda yuvish-yig‘ishtirish va bo‘yoqlash ishlarini bajarish uchun xonalardagi devorlar namlik va moy ta’siriga chidamli materiallar bilan tramvay vagonlari yoki trolleybus balandligidan kam bo‘lmagan balandlikda qoplanishi yoki bo‘yalgan bo‘lishi kerak.
501. Detall va agregatlarni bo‘yash uchun xonalarda, singdirish, quritish bo‘limlarida, kompressor xonasida, moy tarqatish va so‘rgich materiallar omborlarida, devorlar 1,8 m balandlikda namlik va moylar ta’siriga chidamli, akkumulyator ustaxonalari va yuvish-nosozlik bo‘limlari xonalarida ishqorlar ta’siriga chidamli materiallar bilan qoplanishi yoki bo‘yalgan bo‘lishi kerak.
502. Kanava va chuqurchalar devorlari och rangli sopol plitkalar bilan qoplagan bo‘lishi kerak.
503. Depo xonalar va ta’mirlash ustaxonalaridagi pollar QMQ 2.03.13-2019 ga muvofiq loyihalash lozim.
504. Kanavalardagi pol ko‘ndalang yo‘nalishda kamida 10‰, bo‘ylama yo‘nalishda 8 dan 10‰, gacha chuqurcha va novlar tomoniga nishablikka ega bo‘lishi kerak.
4-§. Yordamchi xonalar
505. Depo va ta’mirlash ustaxonalarining yordamchi xonalarini ShNQ 2.09.04-09 hamda mazkur paragraf talablarini inobatga olgan holda loyihalash kerak.
506. Haydovchilarni yo‘lga chiqishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni ta’minlash uchun xonalar bo‘lishi lozim.
507. Ayollar va erkaklar xojatxonalarida sanitariya-texnik vositalarini loyihalashni depoda ishlovchilar hisobga olgan holda haydovchilar ro‘yxatining 25 foizini inobatga olib loyihalash kerak.
508. Depo oshxonalari va bufetlarida o‘rindiqlar soni haydovchilar sonining 5 foizini hisobga olgan holda eng katta navbatchilikda 4 ta kishiga bir o‘rindiq miqdorida loyihalash lozim.
509. Harakat xavfsizligi bo‘yicha xonalarning maydoni kamida 25 m2 ni tashkil etishi kerak.
510. Chiqarish bo‘yicha dispetcher xonasining maydoni kamida 18 m2, haydovchilarning kutish xonalari bir vaqtning o‘zida xonada bo‘luvchi haydovchilarning hisobiy soni va bir kishiga 1 m2 me’yorlari hisobidan kelib chiqqan holda, biroq kamida 18 m2, haydovchilarning asboblarini saqlash uchun xonalari harakatlanuvchi tarkib birligiga 0,18 m3 hisobida, biroq kamida 18 m2 bo‘lishi zarur.
511. Depoda kamida 72 m2 ega bo‘lgan texnik mashg‘ulotlar uchun xonalar bo‘lishi kerak.
512. Haydovchilarning tungi dam olishlari uchun xonaning maydonini bir dam oluvchiga kamida 5 m2 hisobida qabul qilish kerak.
Bir xonada eng ko‘p dam oluvchilar soni 3 kishidan ortiq bo‘lmasligi lozim.
513. Psixologik yordam xonasini 1 kishiga 0,9 m2 maydonli bo‘lishi kerak.
514. Depoda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishning kassali usulida tarkibida quyidagi xonalar bo‘lgan tushgan pullarni yig‘ish bo‘limini nazarda tutish lozim:
har qaysisining maydoni kamida 18 m2 bo‘lgan kasset, pul hisoblash, davlat bankining inkassatorlari va patta kassalari;
pulni saralash — kamida 54 m2.
515. Yo‘lovchilarga kassasiz xizmat ko‘rsatish usulida faqat maydoni kamida 18 m2 bo‘lgan pattalar kassasi xonasi loyihalanilishi lozim.
516. Harakatlanuvchi tarkibining quvvati 150 birlikdan ortiq bo‘lgan depolar uchun pullarni hisoblash va saralash xonalarining maydonini 1,2 koeffitsiyent bilan qabul qilish kerak.
5-§. Suv ta’minoti va suv oqova
517. Depoda, ta’mirlash ustaxonalarida va yopiq to‘xtash joylarida texnologiyani inobatga olgan holda QMQ 2.04.01-98, ShNQ 2.04.02-19, QMQ 2.04.03-19 ga muvofiq loyihalashda xo‘jalik-ichimlik, yong‘inga qarshi va issiq suv ta’minoti, shuningdek suvoqova va tarnovlari bo‘lishi kerak.
519. Tramvay yoki trolleybuslarni mexanizatsiyalashgan yuvishda aylanma suv ta’minoti yoki suvni qayta ishlash tizimidan foydalanilishi, bunda ifloslanish konsentratsiyasi quyidagilardan oshmagan bo‘lishi lozim:
muallaq moddalar 40 mg/l;
neft mahsulotlari 15 mg/l.
520. Harakatlanuvchi tarkiblarining yopiq to‘xtash joylari amaldagi shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yong‘in avtomatikasi tizimlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
521. Avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
522. Maydoni 500 m2 va undan ortiq trolleybus g‘ildiraklarining omborxonalari avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari bilan jihozlanishi lozim.
523. Omborxonalar ShNQ 2.09.03-23 talablariga muvofiq avtomatik yong‘in o‘chirish qurilmalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
524. Tarkibida neft mahsulotlari, muallaq moddalar, kislotalar va ishqorlar bo‘lgan ishlab chiqarish oqova suvlari mahalliy qurilmalarda tashqi suvoqovaga chiqarilgunga qadar tozalangan bo‘lishi lozim.
525. Mahalliy qurilmalar bilan oqova suvlarni tozalash darajasi QMQ 2.04.03-19 talablarida belgilanganlardan past bo‘lmasligi kerak.
526. Tramvaylar yoki trolleybuslar ochiq saqlanadigan maydonchalardan va yo‘llardan oqib tushadigan yomg‘ir suvlarini tozalash uchun depo hududida QMQ 2.04.03-19 talablariga muvofiq hisoblangan yomg‘ir suvoqovasi chetlatgich quvur o‘tkazgichida tozalash inshootlari bo‘lishi zarur.
527. Tramvay yoki trolleybuslarni yuvish mintaqasidan mahalliy tozalash inshootlarigacha oqova suvlarni chetlatish uchun o‘zi oqar quvur o‘tkazgichning diametri kamida 200 mm va kamida 30‰ qiyaliq bilan yotqizilgan bo‘lishi kerak.
6-§. Issiqlik ta’minoti, isitish va shamollatish
528. Depo va ta’mirlash ustaxonalarini issiqlik ta’minotini ishlab chiqarish, yordamchi xonalar va omborxonalarni isitish davrida va butun yil davomida ishlab chiqarish iste’molchilarini issiqlik hamda issiq suv bilan ta’minlashni inobatga olgan holda loyihalash lozim.
529. Texnologiyani hisobga olgan ravishda depo, ta’mirlash ustaxonalari va yopiq to‘xtash joylarida QMQ 2.04.05-97ga muvofiq loyihalanuvchi isitish va shamollatishni ko‘zda tutish lozim.
530. Sovuq davrda depo xonalaridagi havoning hisobiy harorati quyidagi 25-jadval bo‘yicha qabul qilinishi lozim.

25-jadval

Depo binolari

Ishlab chiqarish jarayonining guruhi

Havoning hisobiy harorati (°S)

Yuvish-tozalash bo‘limi

Iv

17

Tekshiruv xonasi

Iv

15

Rejasiz ta’mir hududi

Iv

15

Texnik xizmat ko‘rsatish hududi (TXK-2), jumladan qirra chiqaruvchi ar�vachalar

Iv

15

Texnik xizmat ko‘rsatish sex ustaxonasi (TXKSU)

Ib

17

Akkumulyator xonasi

IIIa

15

Kassani ta’mirlash ustaxonasi

Ia

19

Radiotexnika xonasi

Ia

19

TXKSU omborxonasi

-

16

Yig‘ish uskunalarining omborxonasi

-

16

TXKSU idorasi

Ia

19

Farrosh xonasi

-

10

Kuzovlar bo‘limi

Iv

15

Yuvish-nosozlik va yig‘ish bo‘limi

Iv

15

Duradgorlik bo‘limi

Ib

15

Halqalash bo‘limi

Ib

15

Bo‘yash bo‘limi, jumladan tayyorlash va bo‘yash joyi

IIIb

20

quritish joyi

IIIb

60

Bo‘yoq tayyorlash xonasi

IIIa

15

Bo‘yoqchilar dam olish xonasi

-

20

Kuzov-chilangarlash bo‘limi

Iv

15

Yig‘ib-chilangarlash �o‘limi

Iv

15

Gidravlik qismi siqilgan havo bo‘limi

Iv

15

Reduktor bo‘limi

Iv

15

Tok qabul qilishni ta’mirlash hududi

Iv

15

Elektr texnika bo‘limi

Iv

17

Elektr apparat uchastkasi

Ib

17

Sinov stansiyasi

Ib

15

Qismlarni singdish-quritish va detallarni bo‘yash

IIIb

15

Ressor temirli bo‘limi

IIa

10

Elektr payvandlash xonasi

IIa

15

Mexanika bo‘limi

Ib

15

G‘ildirakni chilangarlash bo‘limi

Iv

15

Shinomontaj xonasi

IIIa

15

Vulkanizatsiya xonasi

IIIa

16

G‘ildiraklar (rezinalar) omborxonasi

-

10

Rejali ta’mirlash sexining omborxonasi (RTS)

-

10

Lok bo‘yoqlari materiallarining omborxonasi

Ia

10

Oraliq omborxona

-

10

Bosh mexanik bo‘limining (BMB) ustaxonasi

Ib

15

Asbobxona

Ib

16

Asbob-tarqatish omborxonasi

Ia

16

Kompressor xonasi

IIa

16

Moy tarqatgich va moylar omborxonasi

IIa

16

Gaz ballonlari ombori

-

10

Bosh omborxona

-

16

Maxsus avtomashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish qismi

Iv

15

Maxsus avtomashinalar haydovchilarining xonasi

Ia

19

Haydovchilar asboblarining ombori

Ia

16

Tashxezlash jihozlarining omborxonasi

Ia

16

Tushgan mablag‘ni yig‘ish bo‘limi boshlig‘ining xonasi

Ia

19

Patta kassasi

Ia

19

Kasseta xonasi

Ia

19

Pul hisoblash xonasi

Ia

19

Markaziy issiqlik bo‘limi

Ib

18

Bunker xona

IId

10

Sanoat oqovalarini tozalash stansiyasi

IIIa

5

Yig‘ma transformator stansiyasi

-

*

Elektr ta’minot qalqoni

-

*

Avtomatik o‘t o‘chirish stansiyasi

-

5

Xos issiqlik bo‘limi

Ib

16

Shamollatgich bo‘lmasi (tortish va chiqarish)

-

5

Hojatxona

-

-

Nasosli yuvish xonasi

IIIa

5

Reagent xo‘jaligi

IIIa

16

Nazorat xonasi

I

19

O‘tish joyi

I

19

* Ishlab chiqaruvchining tavsiyasiga ko‘ra qabul qilinadi.
532. Binoga kiruvchi tramvay yoki trolleybuslarni isitilish davomiyligini 3 h bo‘lishi lozim.
533. Tramvay va trolleybuslarni isitishga sarflanadigan issiqlikni quyidagicha qabul qilish lozim:
birinchi soat davomida isitishga umumiy sarflanadigan issiqlikdan — 50 foiz;
ikkinchisida — 30 foiz;
uchinchisida — isitish uchun umumiy issiqlik sarfining — 20 foiz.
534. Depo va ta’mirlash ustaxonalarining ishlab chiqarish binolariga yetkazib beriladigan havo to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joyiga yetkazib berilishi kerak.
536. Kuzatuv va yuvish-yig‘ish bo‘limlarining tashqi darvozalari havo-termik pardalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
537. Akkumulyator xonasida mahalliy kirish-tortish mexanik shamollatgichidan tashqari yuqori mintaqadan tabiiy tortish shamollatishni bo‘lishi kerak.
538. Akkumulyator xonasi havo yetkazib berish to‘g‘ridan-to‘g‘ri pastki zonada yoki yonma-yon xonalardan eshiklarning pastki qismidagi panjaralar orqali ta’minlanishi kerak.
7-§. Elektr ta’minoti va elektr texnik qurilmalar
539. Elektr ta’minoti va elektr texnika qurilmalarini QMQ 2.01.05-19 talablariga muvofiq, shuningdek atrof muhit sharoitlari va xonalar turi hamda elektr qurilmalarini portlashdan xavfli, yong‘indan xavfli va elektr xavfsizligi munosabatlarini inobatga olgan holda loyihalash lozim.
540. Depo xonalarini va ta’mirlash ustaxonalarini QMQ 2.01.05-19 talablariga muvofiq sun’iy yoritishni vizual ish toifalari bo‘yicha hamda tramvay va trolleybus depolarini texnologik loyihalash talablariga ko‘ra loyihalash lozim.
541. Depo hududini yoritilganligini 0,5 — 2,0 lx, sanoat televideniyesida esa kamida 30 lx qabul qilish kerak.
542. Depoda shahar va mahalliy telefon aloqasi, dispetcherlik va operativ aloqa, shahar radio eshittirishlari, elektr soatlashtirish, ishlab chiqarish eshittirishi uchun loyihalashtirilgan bo‘lishi kerak.
545. Ta’mirlash ustaxonasida shahar telefon aloqasi, shahar radio eshittirishi va elektr soatlashtirish loyihalangan bo‘lishi kerak.
ShNQ 2.05.09-22 “Tramvay va trolleybus yo‘llari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
1-ILOVA
Tramvay qatnov vagonlarini hisobiy o‘lchamlari (m).
Vagon kuzovining uzunligi:
to‘rt o‘qligi — 15,0
olti o‘qligi — 28,0
sakkiz o‘qligi — 34,0
Vagon kengligi — 2,6
Vagon balandligi (pantografsiz) — 3,1
To‘rt o‘qli vagon bazasi — 7,5
aravacha bazasi — 2,0 gacha
Vagonlar orasidagi zanjirli qurilmaning uzunligi — 1,0
ShNQ 2.05.09-22 “Tramvay va trolleybus yo‘llari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
2-ILOVA
Tramvayning to‘rt o‘qligi harakatlanuvchi tarkibi uchun vagonlarning egrilikda o‘rtasini xalqopligi va burchak chiqiqlari o‘lchamlari (m)

Egrilik radiusi (m)

Egrilikning ichki tomonidan vagon o‘rtasini halqoplanishini ortishi

Egrilikning ichki tomonidan vagon kuzovining yon chekkasi o‘rtasigacha egrilik o‘qigacha bo‘lgan masofa

Egrilikning tashqi tomonidan vagon burchagi chiqishlarini ortishi

Egrilikning ichki tomonidan vagon kuzovi burchagidan egrilik o‘qigacha bo‘lgan masofa

20

0,355

1,655

0,54

1,84

25

0,287

1,583

0,38

1,68

30

0,235

1,535

0,273

1,573

40

0,176

1,476

0,201

1,501

50

0,141

1,441

0,163

1,463

60

0,117

1,417

0,137

1,437

75

0,094

1,394

0,110

1,410

100

0,070

1,370

0,082

1,382

150

0,047

1,347

0,056

1,356

300

0,024

1,324

0,028

1,328

Izoh. Vagonlar xalqopligi va chiqiqlar kattaligi vagonlar butunlay egrilikda joylashgandaligida berilgan. Egrilikning boshqa radiuslarida vagonlar xalqopligi va chiqiqlari kattaligini interpolatsiya orqali aniqlash lozim.
ShNQ 2.05.09-22 “Tramvay va trolleybus yo‘llari” shaharsozlik normalari va qoidalariga
3-ILOVA
Shet tutashuv tarmoqlari bilan elektr uzatish tarmoqlari va temir yo‘l tutashuv tarmoqlarining ruxsat etilgan yaqinlashuvlarni aniqlash
Ruxsat etilgan yaqinlashuvlar aniqlash uchun dastlabki ma’lumotlar quyidagilar hisoblanadi:
temir yo‘l tutashuv tarmoqlariga ta’sir etuvchi qisqa tutashuv tok qiymati, I1 yoki HS ta’sir etuvchi bir fazali qisqa tutashuv, kA;
tok o‘tish vakti I1 (qisqa tutashuv to‘liq o‘chirilgan) τ, s;
yaqinlashish uzunligi I, km;
ShET qatnov vagonlarini tok bilan ta’minlash tizimining turlari (erga tutashtirilgan, izolatsiyalangan);
harakatlanuvchi tarkib turi (erdan korpus bilan izolatsiyalangan, zaminlangan korpus bilan;
chuqur qatlamlarni inobatga olgan holda ta’sir mintaqasidagi erning solishtirma qarshiligi ρ, Om×m.
Berilgan vaqtga ko‘ra τ, jadval bo‘yicha ruxsat etilgan induktiv tok Id aniqlanadi, mA.
Topilgan Id qiymatiga ko‘ra yaqinlashuv uzunligining birligiga o‘zaro induktivlikni ruxsat etilgan qiymati Md, mkG/km, hisoblanadi:
Bu erda:
Z — tebranish 50 Nz bo‘lganda induktivlashgan tokka to‘liq qarshiligi, Om: tok bilan ta’minlash tizimi erga tutashtirilganda Z=31500, tok bilan ta’minlash tizimi himoyalanganda Z=36000);
K1=0,85 — binolar bilan magnit ta’siridan to‘silish koeffitsiyenti (shahar chetki qurilgan hududlaridagi ShET tarmoqlarini barpo etishda kiritiladi, qurilmagan hududlarda barpo etishda K1=1);
K2=1.15 — ta’sir qiluvchi temir yo‘l oqimining yuqori garmonika mavjudligini inobatga oluvchi koeffitsiyent (HS uchun K2=1).
Harakat tarkiblarini berilgan erning solishtirma qarshiligida ρ egri chizma yordamida erdan qobiq bilan himoyalangan turi uchun hisoblangan Mρ qiymatida yaqinlashishni ruxsat etilgan muqobil eni aniqlanadi a3.
Paralel yaqinlashuvda ShET tutashuv tarmoqlarini yaqinlashish kengligi (yaqin simlar oralig‘ini hisobga olganda) topilgan a3 qiymatidan kam bo‘lmasligi kerak.
Qiyshiq yaqinlashtirishda ShET tutashuv simlari va HS yoki temir yo‘l tutashuv simlari bilan bir-biriga yaqin oralig‘i yotiqlik bo‘yicha eng kam a1 va eng ko‘p a2 masofa quyidagi shartlardan birini qanoatlantirishi kerak:
Yaqinlashuv eni quyidagi hollarda me’yorlanmaydi:
ta’sir etuvchi simlar va ShET tutashuv tarmoqlari orasida to‘rt va undan yuqori qavatli imoratlar mavjudligida;
ShET tutashuv tarmoqlarini temir yo‘l yoki HS bilan to‘g‘ri burchak ostida kesishishida va paralel yoki qiyshiq yaqinlashishning kesishgan qismidan ikkala tomoni bo‘yicha kamida 150 m dan bo‘lmagan kenglikdagi zonada.
Ruxsat etilgan induktivlashtirilgan tok

t, s

0,1

0,2

0,3

0,4

0,5

0,6

0,7

0,8

0,9

1,0

1,0 dan

yuqori

Id, mA

200

100

70

55

50

40

35

30

27

25

2