|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 24.11.2006
|
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI, BOSh BUXGALTERLARI, BOShQARUV AʼZOLARI HAMDA KREDIT UYuShMALARI IJRO ORGANLARI RAHBARLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QOʻYISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI YaNGI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 10-martda 1455-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1641-son 14.11.2006-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 51-moddasiga asosan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning yangi tahriri loyihasini koʻrib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
1 “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning yangi tahriri ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror kuchga kirgan kundan eʼtiboran Markaziy bank Boshqaruvining 2002-yil 30-noyabrdagi 26/14-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom (2003-yil 22-yanvar, roʻyxat raqami 1204) va unga Markaziy bank Boshqaruvining 2003-yil 7-iyundagi 12/5-sonli qarori bilan tasdiqlangan 1-sonli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar (2003-yil 3-iyul, roʻyxat raqami 1204-1,), Markaziy bank Boshqaruvining 2003-yil 27-dekabrdagi 32/8-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2-sonli qoʻshimcha (2004-yil 14-yanvar, roʻyxat raqami 1204-2), Markaziy bank Boshqaruvining 2004-yil 13-martdagi 6/7-sonli qarori bilan tasdiqlangan 3-sonli oʻzgartirish va qoʻshimchalar (2004-yil 2-aprel, roʻyxat raqami 1204-3), Markaziy bank Boshqaruvining 2004-yil 8-maydagi 10/7-sonli qarori bilan tasdiqlangan 4-sonli oʻzgartirish va qoʻshimchalar (2004-yil 26-may, roʻyxat raqami 1204-4) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror Adliya vazirligida Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 29-yanvar,
1/7-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
(yangi tahriri)
(yangi tahriri)
Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 51-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, u tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablarini qoʻyish va kasbga muvofiqligini aniqlash tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Malaka talablarini qoʻyish va kasbga muvofiqlikni aniqlash (keyingi matnlarda “kasbga muvofiqlikni aniqlash” deb yuritiladi) — bank ishi va amaliyotini, shuningdek kredit uyushmalarining faoliyatini yuritishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash uchun yuqori malaka va salohiyatga hamda benuqson ishbilarmonlik va jamoa orasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan mutaxassislarni tanlash usulidir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (roʻyxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
2. Kasbga muvofiqlikni aniqlashning asosiy tamoyillari — ochiqlik, kengashlilik va xolislikdan iborat.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasi (keyingi matnlarda “Komissiya” deb yuritiladi) kasbga muvofiqlikni aniqlovchi kollegial organ hisoblanadi.
4. Mazkur Komissiyada tijorat banklari Boshqaruvi raislari va rais oʻrinbosarlari (Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlar bundan mustasno), Boshqaruv aʼzolari, Bosh bankning bosh buxgalteri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, shahar va tuman filiallari, Amaliyot boshqarma (boʻlim)lari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari, shuningdek, kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari (keyingi matnlarda “Tijorat banklari va kredit uyushmalari rahbarlari” deb yuritiladi) lavozimlariga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning kasbga muvofiqligi aniqlanadi.
5. Tijorat banklari va kredit uyushmalari rahbarlari quyidagi hollarda tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas deb topiladilar va oʻz navbatida ular bu lavozimlarga tayinlanishi mumkin emas:
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirgan harakatlari yuridik shaxslarning bankrotlikka yoki moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelganligi toʻgʻrisida dalillar maʼlum boʻlgan taqdirda, bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar, kredit uyushmalari va yuridik shaxslarning sobiq rahbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi aʼzolari hamda yirik ishtirokchilari (ustav kapitalida 10 foiz va undan koʻp miqdorida ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega boʻlgan shaxslar);
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (roʻyxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
oʻzining ishbilarmonlik va shaxsiy xatti-harakatida notoʻgʻri ish olib borish va vijdonan ish yuritmaslikni namoyon qilgan shaxslar;
oʻzaro yaqin qarindosh boʻlgan shaxslar bir bankda rahbarlik yoki moddiy javobgarlik bilan bogʻliq lavozimlarda biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida birga ishlasa.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Bank yoki filial rahbarlari bir bank tarkibida boshqa filialga yoki umuman boshqa bankka teng lavozimlarga, bir kredit uyushmasi ijro organi rahbari boshqa kredit uyushmasi ijro organi rahbarligiga oʻtkazilganida ularning kasbga muvofiqligi Komissiya tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (roʻyxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
7. Tijorat banklari va kredit uyushmalari rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilishi masalasi tijorat banki Boshqaruvi (kredit uyushmasi kengashi) taqdimnomasi asosida Komissiyani xabardor qilgan holda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Tijorat banklari va kredit uyushmalari rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma 3 ish kuni muddat ichida Markaziy bankning Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasiga yetkazilishi hamda ushbu oʻrinlarga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlari tijorat banklari tomonidan 1-ilovaga, kredit uyushmalari tomonidan 2-ilovaga muvofiq 15 kun muddat ichida Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taqdim etilishi lozim.”
(7-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (roʻyxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
8. Ushbu Nizomning 4-bandida qayd etilgan rahbarlik lavozimlariga tavsiya etilgan nomzod uzogʻi bilan 1 oy muddatgacha mazkur lavozimda vazifani bajaruvchi sifatida ishlab turishi hamda shu muddat ichida Komissiya suhbatidan va (yoki) test sinovidan oʻtishi shart.
tijorat banklariga oʻrnatilgan minimal ustav kapitali miqdorining 0,01 foizi miqdorida jarima solish;
tijorat banklarida ushbu holatlar qayta takrorlangan taqdirda, bank filialini yopishgacha boʻlgan choralarni koʻrish;
kredit uyushmasi lizensiyasini amal qilishini toʻxtatib turish va litsenziyasini bekor qilishgacha boʻlgan choralarni koʻrish.
II. Malakaga doir talablar
10. Tijorat banklari rahbarlik lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod quyidagilarni bilishi lozim:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining asarlarida yoritilgan asosiy masalalar mohiyati;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va bank faoliyatiga oid qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarni, shu jumladan:
fuqarolik, xoʻjalik va mehnat qonunchiligi;
bank hisobotlarini tuzish tartibi;
hisob-kitoblar va toʻlovlarni amalga oshirish tartibi;
moliyaviy hisobotlar, buxgalteriya hisobining milliy va xalqaro standartlari;
bank ichki kredit siyosati va kreditlash tartibi;
kichik biznesni kreditlash tartibi;
omonatlarni qabul qilish va ularni berish tartibi;
bankni korporativ boshqarish tartibi;
ichki audit vazifalari va faoliyati;
emissiya-kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibi;
chet el valyutasi bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirish tartibi;
pul muomalasini tashkil etish masalalari;
Respublika bank tizimida olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyati.
Shuningdek, nomzod Bazel qoʻmitasining bank faoliyatiga oid asosiy tamoyillarini bilishi lozim.
Kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimiga tavsiya etilayotgan nomzod quyidagilarni bilishi lozim:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bank va kredit uyushmasi faoliyatiga oid qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlari va boshqa meʼyoriy hujjatlarni, shu jumladan:
fuqarolik, xoʻjalik va mehnat qonunchiligi;
kredit uyushmasi hisobotlarini tuzish tartibi;
hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
kredit siyosati va kreditlash tartibi;
omonatlarni qabul qilish va ularni berish tartibi;
Respublika bank tizimida olib borilayotgan kadrlar siyosatining mohiyati va ahamiyati.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tijorat banklari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar oliy iqtisodiy maʼlumotga, bank tizimida yetarli ish tajribasiga va oxirgi ish joyidan tavsiyaga, kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar esa oliy maʼlumotga, bank yoki moliya sohasida yetarli ish tajribasiga, ishbilarmonlikdagi benuqson obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi lozim.
(11-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (roʻyxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
Tijorat banklarining tuman filiallari rahbarlari hamda bosh buxgaltyerlari lavozimlariga istisno tariqasida bank yoki iqtisodiy mutaxassislik boʻyicha oliy oʻquv yurtida taʼlim olayotgan noiqtisodiy yoʻnalish boʻyicha oliy maʼlumotga ega boʻlgan nomzodlar tavsiya etilishi mumkin.
III. Nomzodning kasbga muvofiqligini aniqlash tartibi
12. Komissiya tarkibi Markaziy bank raisining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Komissiya tarkibidagi xodimlar boshqa lavozimga yoki boshqa ishga oʻtgan taqdirda, ular oʻrniga tayinlangan xodimlar Komissiya tarkibiga kiritilgan hisoblanadi.
13. Komissiya yigʻilishi va qarorlari uning aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etgan taqdirdagina haqiqiy hisoblanadi. Komissiya qarori unda ishtirok etgan aʼzolarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng kelib qolganda, Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
14. Komissiya raisi yoʻqligida majlisni uning oʻrinbosari oʻtkazadi.
15. Komissiya ishini tashkil etish (hujjatlarni qabul qilish va oldindan tahlil qilish, Komissiya majlisi bayonnomasini yuritish va h. k.) Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasi tomonidan olib boriladi.
16. Tijorat banklari va kredit uyushmalari tavsiya etilayotgan nomzodlarga oid hujjatlarni taqdim etadilar. Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasi komissiyaning barcha aʼzolarini mazkur hujjatlar bilan tanishtirib chiqishi lozim.
Markaziy bank zarurat tugʻilgan hollarda, nomzod toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlaydigan axborotlarni nomzodning oʻzidan, shuningdek tegishli vakolatli idoralardan soʻrab, aniqlab olishi mumkin.
17. Tijorat banklari va kredit uyushmalarining rahbarlari lavozimga tavsiya etilayotgan nomzodlarning Komissiyaga taqdim etilgan hujjatlaridagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun javobgardirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Tijorat banklari va kredit uyushmalaridagi Markaziy bank nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlarning hisob-tavsiflov hujjatlari dastlab tijorat banklari va kredit uyushmalari tomonidan koʻrib chiqilib, soʻng Komissiyaga taqdim etiladi. Komissiya tijorat banklari va kredit uyushmalari tomonidan taqdim etilgan nomzodlarning hisob-tavsiflov hujjatlarini ushbu Nizom talablariga muvofiq holda, 10 kun muddatda oʻrganib chiqadi va nomzodning lavozimga muvofiqligini aniqlash masalasini oʻzining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (roʻyxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
19. Tavsiya etilayotgan nomzodning lavozimga muvofiqligi Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan suhbat va (yoki) test sinovi orqali aniqlanadi. Suhbat va (yoki) test natijalariga koʻra nomzodning tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Mazkur qarordan koʻchirma tijorat banklari va kredit uyushmalariga yuboriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (roʻyxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
20. Faoliyat koʻrsatayotgan Tijorat banklari va kredit uyushmalari rahbarlari lavozimiga tavsiya etilgan nomzodlar muvofiq emas deb topilganda, tijorat banki (bank Kengashi) va kredit uyushmasi Komissiya qaroridan tegishli koʻchirmani olganidan soʻng, 15 kun muddat ichida ushbu lavozimga boshqa malakali nomzod(lar)ni tavsiya etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq emas, deb topilgan nomzodlar ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan lavozimlarga tayinlanishi uchun kamida olti oy muddat oʻtgandan soʻng, qayta tavsiya etilishi mumkin.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 28-maydagi 11/13-son qarori tahririda (roʻyxat № 1455-1, 27.06.2005-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 25-26-son, 185-modda)
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimining rahbar xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish toʻgʻrisida” 1998-yil 24-sentabrdagi R-896-sonli farmoyishiga muvofiq holda oʻtkaziladigan attestatsiya yakunlari boʻyicha egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan rahbar xodimlar 1 yildan soʻng Komissiyaga qayta suhbatga va (yoki) test sinoviga qoʻyilishi mumkin. Buning uchun qoʻshimcha ravishda quyidagilar taqdim etilishi lozim:
a) bank Boshqaruvi raisining tavsiyanomasi;
b) bank Kengashi yoki Boshqaruvining kamida ikkita aʼzosining fikrnomasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(22-bandning “v”-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotdi (roʻyxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
g) xodimning oʻtgan vaqt mobaynida ish faoliyati natijalari, malakasi,
nazariy va amaliy bilimlarini oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar
(agar shunday tavsiyalar berilgan boʻlsa).”
Tavsiya etilayotgan nomzod uchun attestatsiyada egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topilgan sanadan 3 yil oʻtgandan soʻng rahbarlik lavozimiga tavsiya etilgan taqdirda ushbu bandning birinchi xatboshisida keltirilgan qoʻshimcha ravishdagi hujjatlar talab qilinmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi nizomiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tijorat banklari va ular filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasiga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar
roʻyxati
roʻyxati
— Bosh bank Boshqaruvi taqdimnomasi (Bank Kengashi taqdimnomasi);
— Soʻrovnoma;
— Tarjimai hol;
Oldingi tahrirga qarang.
— oʻquv yurtini tugatganligi toʻgʻrisida diplom nusxasi (agar oliy oʻquv yurtida oʻqiyotgan boʻlsa — oʻqiyotgan joyidan maʼlumotnoma);
(1-ilovaning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (roʻyxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
— Oxirgi ish joyidan tavsifnoma;
— tavsiya etilayotgan nomzod bilan respublika bankida oʻtkazilgan suhbat bayonnomasi;
— 6 x 4 hajmdagi 4 dona rangli surat;
— ayni paytda ishlab turgan bank tomonidan tayyorlangan nomzodning ish faoliyati haqidagi maʼlumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilovaning toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 28-maydagi 11/13-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi (roʻyxat № 1455-1, 27.06.2005-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 25-26-son, 185-modda)
— Nomzodning ish faoliyati haqida kasbdoshlari tomonidan bildirilgan fikrnoma yoki mulohazalar (Bosh bank va uning viloyatlardagi boshqarmalari rahbarlariga 5 ta, bosh buxgaltyerlariga 3 ta hamda shahar va tumanlardagi boʻlim rahbarlariga 3 ta, bosh buxgaltyerlariga 3 tadan kam boʻlmasligi kerak)
— turar joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma.
Bundan tashqari, nomzod shaxsini tasdiqlovchi hujjat, maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom, mehnat daftarchasi yoki oʻqiyotganligini tasdiqlovchi sinov daftarchasining asl nusxasini oʻzi bilan birga olib kelishi shart.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi nizomiga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tijorat banklari va ular filiallari rahbarlari, bosh buxgaltyerlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasiga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar
roʻyxati
roʻyxati
— Kredit uyushmasi Kengashi taqdimnomasi;
— Soʻrovnoma;
— Tarjimai hol;
Oldingi tahrirga qarang.
— oʻquv yurtini tugatganligi toʻgʻrisida diplom nusxasi (agar oliy oʻquv yurtida oʻqiyotgan boʻlsa — oʻqiyotgan joyidan maʼlumotnoma);
(2-ilovaning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-son qarori tahririda (roʻyxat № 1455-1, 28.10.2005-y) — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)
— Oxirgi ish joyidan tavsifnoma;
— 6 x 4 hajmdagi 4 dona rangli surat;
— Kredit uyushmasi tomonidan tayyorlangan nomzodning ish faoliyati haqidagi maʼlumotnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilovaning sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2005-yil 28-maydagi 11/13-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi (roʻyxat № 1455-1, 27.06.2005-y.) — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 25-26-son, 185-modda)
— Nomzodning ish faoliyati haqida kasbdoshlari tomonidan bildirilgan fikrnoma yoki mulohazalar (5 tadan kam boʻlmasligi kerak);
— turar joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma.
Bundan tashqari, nomzod shaxsini tasdiqlovchi hujjat, maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom, mehnat daftarchasi yoki oʻqiyotganligini tasdiqlovchi sinov daftarchasining asl nusxasini oʻzi bilan birga olib kelishi shart.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 10-11-son, 77-modda, 25-26-son, 185-modda, 43-44-son, 335-modda)