Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 20.03.2005
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
“OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI HAMDA BOSh BUXGALTERLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QOʻYISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA”GI NIZOMGA 2-SON QOʻShIMChANI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 14-yanvarda 1204-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 29-yanvardagi 1/7-son “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida Nizomni yangi tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan (roʻyxat № 1455, 10.03.2005-y.).
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga 2-son qoʻshimcha loyihasini koʻrib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003-yil 22-yanvarda 1204-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga 2-son qoʻshimcha ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng, 10 kundan keyin kuchga kiritilsin.
Markaziy bank v. v. b. M. R. JUMAGALDIYEV
Toshkent sh.,
2003-yil 27-dekabr,
32/8-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy
banki Boshqaruvining 2003-yil 27-dekabrdagi
32/8-sonli qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
521-2-son
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari hamda bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga
2-son qoʻshimcha
5-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Alohida hollarda, tijorat banki Boshqaruvi tavsiyasi asosida banklarning tuman filiallari bosh buxgalterlari lavozimlariga iqtisodiy oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan nomzodlarni maʼlumoti boʻyicha Komissiya qaror qabul qilish huquqiga ega.”
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 26-modda)