1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Joriy yilning 18-avgust kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “uzluksiz xizmatlar zanjiri”ni yaratish maqsadida:
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat bankining (keyingi o‘rinlarda — Biznesni rivojlantirish banki) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) amalga oshirish haqidagi taklifi ma’qullansin.
Biznesni rivojlantirish banki Dasturni samarali amalga oshirish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha asosiy tayanch bank etib belgilansin.
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturining tashkiliy-institutsional tuzilmasi va mutasaddi tashkilotlarning asosiy vazifalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Dasturni 2023 — 2026-yillarda amalga oshirish uchun davlat mablag‘lari hisobidan 6 trillion so‘m va xalqaro moliya institutlarining 1,2 milliard AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari yo‘naltirilsin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
2. Belgilansinki, quyidagilar “Kichik biznesga ko‘maklashish markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga (keyingi o‘rinlarda — markazlar) onlayn ariza yuborish orqali Dasturda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi:
kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari;
oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar.
Bunda, Dasturda ishtirok etuvchi kichik tadbirkorlik subyektlarini shaffoflik tamoyillari asosida tanlab olish tartib-taomillari 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
markazlar tomonidan tanlab olingan tashabbuskorlar biznes ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘nalishida qisqa va o‘rta muddatli amaliy o‘quv kurslarida o‘qitiladi;
amaliy o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, sertifikat olgan tashabbuskorlar Dastur doirasidagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlaridan foydalanadi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.02.00 Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash / 03.10.02.02 Garov;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.02 Mikrokreditlash. Kichik biznes subyektlarini kreditlash;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik;
5.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari;
6.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish;
7.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.07.00.00 Standartlashtirish. Metrologiya. Sertifikatlash / 09.07.03.00 Sertifikatlashtirish / 09.07.03.01 Umumiy qoidalar;
8.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.02.00.00 Bojxona tarifini tartibga solish / 10.02.07.00 Tarif imtiyozlari va prefensiyalar]
4. 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Dasturda ishtirok etuvchi kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlash choralari etib quyidagilar belgilansin:
a) moliyaviy qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida:
tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish yoki kengaytirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘lar uchun revolver tarzda 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar ajratish va (yoki) asosiy vositalarni sotib olish uchun lizing berish. Bunda, 100 million so‘mgacha kreditlarni garovsiz, 150 million so‘mgacha kreditlarni garov talabi 50 foizgacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyati nazarda tutiladi;
qiymati 1,5 milliard so‘mgacha bo‘lgan asosiy vositalarni 7 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga berish;
24 oydan ortiq faoliyat yuritayotgan va oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mgacha bo‘lgan hamda kamida 10 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan kichik tadbirkorlik subyektlarining yangi loyihalariga va mavjud ishlab chiqarishni kengaytirishga oid loyihalariga bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer maydonlari, asbob-uskunalar, bino-inshootlar va boshqa ko‘rinishdagi moddiy aktivlar bilan 20 foizgacha, biroq 1 milliard so‘mdan ortiq bo‘lmagan qiymatda ulushdor bo‘lib kirish;
innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, yuqori texnologik startap loyihalariga davlat ilmiy dasturlari doirasida 2 milliard so‘mgacha grant mablag‘larini ajratish;
b) konsultativ qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida:
litsenziya, ruxsatnoma va sertifikatlar olish masalalari, bojxona va soliq ma’muriyatchiligi, eksport va import operatsiyalari, shartnomalarni rasmiylashtirish;
davlat xaridlarida ishtirok etish, shuningdek, yer uchastkalari va bino-inshootlarni sotib olish yoki ijaraga olish va loyihalashtirish;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, mavjud boshqa yengilliklar va imkoniyatlar bo‘yicha ma’lumot va maslahatlar berish.
Dastur ishtirokchilarini moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlash instrumentlari va ulardan foydalanish shartlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Markazlarga o‘zi tomonidan kichik biznes loyihalariga kiritilgan ulushni 7 yil davomida bozor qiymatida loyiha tashabbuskoriga yoki boshqa salohiyatli investorlarga realizatsiya qilish huquqi taqdim etilsin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Dasturni uzluksiz ravishda zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlab borishga mas’ul etib belgilansin. Bunda, Dasturni barqaror moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun xalqaro moliya bozorlari hamda xalqaro moliya institutlari hisobidan zarur hajm va muddatlarda mablag‘lar jalb etiladi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
5. Biznesni rivojlantirish banki uch oy muddatda xalqaro moliya institutlarining texnik ko‘magi va boshqa manbalar hisobidan biznes jarayonlarini avtomatlashtirgan holda tashkil etish va muvofiqlashtirib borish uchun Biznes portalning ishga tushirilishini ta’minlasin.
Raqamli texnologiyalar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda:
2024-yil 1-yanvarga qadar ushbu qarorga 4-ilovaga muvofiq vazirlik va idoralarning tadbirkorlik yo‘nalishidagi axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining Biznes portalga integratsiya qilinishini ta’minlasin;
2024-yil 1-mayga qadar tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi mavjud axborot tizimlari va ma’lumot bazalarini Biznes portalga birlashtirishni nazarda tutuvchi amaliy chora-tadbirlar rejasini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlarning har birida dehqonchilik uchun ijara huquqi bilan berilayotgan yer maydonlarida mahsulotni yetishtirishdan boshlab uni sotishgacha zanjirni yaratishni nazarda tutuvchi kamida bittadan “agregator” va “kooperatsiya” tizimiga asoslangan loyihalarni amalga oshirish;
tajribali kasanachilar bilan birga kasanachilarga kompleks yordam beruvchi “kasanachilar maktablarini” tashkil etish va ularni ushbu maktablarning ustav kapitalida ishtirok etishga jalb qilish.
Bunda, ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirishda Dasturda nazarda tutilgan mexanizm va instrumentlar qo‘llanilishi belgilansin.
7. Biznesni rivojlantirish banki “Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi” MCHJ (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar har bir hudud uchun loyihalarni baholash va tanlab olish, biznesga o‘qitish, tashqi bozorlarga chiqish hamda markazlar faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq yo‘nalishlar bo‘yicha malakali xorijiy mutaxassis va ekspertlarni jalb qilishni ta’minlasin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Biznesni rivojlantirish bankining markazlar xodimlarining kamida 20 foizini va kamida bir nafar rahbar xodimini xususiy sektorda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari orasidan tanlov asosida tayinlash haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Biznesni rivojlantirish banki ustav kapitalini 2023-yil 1-oktabrdan 2024-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich 3 trillion so‘mga yetkazsin;
Markaziy bank va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari talablariga muvofiq, “Qishloq qurilish banki” ATBga ajratilgan umumiy qiymati 544 milliard so‘m bo‘lgan kredit liniyalari mablag‘larini Biznesni rivojlantirish bankiga subordinar qarz sifatida qayta rasmiylashtirsin;
2024-yil 1-aprelga qadar Jamg‘arma ustav kapitali 1 trillion so‘m miqdorida shakllantirilishini ta’minlasin;
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Raqamli transformatsiya markazi” DUKni butun moddiy-texnika bazasi bilan birga mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantirish va uning ustav kapitalidagi davlat ulushini nominal qiymatda Jamg‘arma ustav kapitaliga Biznesni rivojlantirish bankining ulushi va bankdagi davlat ulushini oshirish hisobiga berilishini ta’minlasin.
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qaroriga asosan 8-band oltinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 1-yanvar — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.01.00 Markaziy bank, uning tarkibiy bo‘linmalari va muassasalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
9. Biznesni rivojlantirish banki va hamkor banklarga Dastur doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun jalb etiladigan resurs mablag‘larini qayta moliyalashtirish vakolati berilsin.
10. 2024-yil 1-yanvardan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar 3 yildan 4 yilgacha muddatga 6 oydan 1 yilgacha imtiyozli davr bilan yillik 17,5 foiz stavkada ajratilishi belgilansin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-apreldagi PQ-142-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2025-y., 07/25/142/0350-son)
11. Biznesni rivojlantirish bankiga Dasturni amalga oshirish doirasida uning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizomga muvofiq malakali mutaxassislardan iborat tanlov komissiyasi tomonidan mustaqil ravishda quyidagi xarid jarayonlarini amalga oshirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish huquqi berilsin:
xalqaro yuridik, auditorlik kompaniyalari, investitsiya maslahatchilari va investitsiya banklari, ilg‘or xorijiy va mahalliy ta’lim muassasalari, yuqori malakali xorijiy ekspert va konsultantlarni jalb etish;
axborotlashtirish qurilmalari, dasturiy ta’minotlar va bankomatlar yetkazib beruvchi kompaniyalar bilan shartnomalar tuzish.
12. Belgilansinki, Biznesni rivojlantirish banki mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini saqlash hamda o‘z vaqtida qaytarishni kafolatlovchi talablar bo‘yicha “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat bankining huquqiy vorisi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
13. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish va davlat boshqaruvi organlari, mahalliy hokimliklar, tijorat banklari, Jamg‘arma va markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tuzilmasida Kichik va o‘rta biznes rivojlanishini tahlil qilish, qo‘llab-quvvatlash va sohada davlat siyosatini muvofiqlashtirish departamenti tashkil etilsin.
14. Biznesni rivojlantirish banki, Innovatsion rivojlanish agentligi, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hamda Yoshlar ishlari agentligi startap ekotizimini rivojlantirish maqsadida biznes loyihalarni akseleratsiya tamoyili asosida tanlab olish jarayonlarini to‘liq aks ettiruvchi turkum shou-ko‘rsatuvlar tayyorlasin hamda ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish choralarini ko‘rib borsin.
15. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni tasdiqlasin.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda markazlarni joylashtirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Biznesni rivojlantirish banki hamda manfaatdor idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni kiritsin:
bir oy muddatda markazlar faoliyatini tashkil etish va yuritish, markazlar tomonidan kichik biznes loyihalarini tanlab olish, qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish tartiblarini tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini;
ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni.
17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov belgilansin.
Qaror ijrosini muhokama qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 14-sentabr,
PQ-306-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son qaroriga 1-ILOVA
I. “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturining tashkiliy-institutsional TUZILMASI
II. “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida mutasaddi tashkilotlarning asosiy vazifalari
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini (keyingi o‘rinlarda — Dastur) muvofiqlashtiradi va moliyaviy resurslar bilan ta’minlab boradi;
Dastur doirasida zarur bo‘ladigan mablag‘lar hisob-kitobini amalga oshirib, ularning aniq manbalarini, shu jumladan davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari, xorijiy va tijorat banklari hamda boshqa manbalardan jalb qilinadigan resurslar bo‘yicha reja-jadvalni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi;
Markaziy bank bilan birgalikda oilaviy tadbirkorlik va boshqa dasturlar doirasida imtiyozli stavkalarda ajratiladigan kreditlarni bosqichma-bosqich bozor mexanizmlariga o‘tkazadi.
2. Biznesni rivojlantirish banki:
Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) va kichik biznesga ko‘maklashish markazlarining (keyingi o‘rinlarda — markazlar) faoliyatini tashkil qilish, muvofiqlashtirish va ularning xarajatlarini qoplash choralarini ko‘radi;
kichik tadbirkorlik subyektlarini o‘rganishdan boshlab moliyalashtirish va ishlab chiqarishni barqaror yo‘lga qo‘ygunga qadar bo‘lgan jarayonda moddiy va texnik qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiradi;
ijobiy kredit tarixiga ega kichik tadbirkorlik subyektlariga soddalashtirilgan kreditlash tizimini joriy qiladi;
“biznes ipotekasi” amaliyotini joriy qiladi va hududlarning master-rejasini ishlab chiqib, kommunikatsiya va infratuzilmaga ulangan obyektlarni ipotekaga beradi;
biznes reja, moliyaviy hisobotlar, eksport-import amaliyotlari, mulklarni baholash, sug‘urtalash va notarial xizmatlardan foydalanish hamda hujjatlarni rasmiylashtirishda tadbirkorlarga amaliy yordam beradi va bepul yuridik xizmatlar tashkil qiladi;
tadbirkorlarga bozor konyunkturasi va biznesni tashkil qilish masalalarida uzluksiz ishlovchi bank va konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Biznes 24/7” — “yagona darcha” tizimini yaratadi hamda faoliyatini ta’minlaydi.
3. Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi:
hududlarning iqtisodiy salohiyati, tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasi va boshqa mezonlardan kelib chiqib, markazlarning dastlabki ustav kapitalini shakllantiradi;
Jamg‘arma va markazlar faoliyatining institutsional va moliyaviy salohiyatini oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning ekspertlari, kreditlari, investitsiyalari va texnik ko‘maklarini jalb qiladi;
Dastur doirasida markazlarning faoliyatini tashkil qilishni metodologik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
markazlarni bosqichma-bosqich mustaqil tashkilotga aylantirish uchun ularning ustav kapitaliga tijorat banklari va xususiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha qisqa va o‘rta muddatli strategiya hamda yondashuvlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
markazlarga yuklatilgan vazifalar ijrosini nazorat qiladi, ularning yagona tizim asosida ishlashini ta’minlaydi hamda bu borada zamonaviy bilim, tajriba va texnologiyalarni joriy qiladi;
Biznesni rivojlantirish banki va markazlarga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishni tashkil etish uchun muvofiqlashtiruvchi va bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini bajaradi;
biznes jarayonlarini, shu jumladan kredit ajratishning barcha bosqichlarini avtomatlashtirgan holda tashkil etish, onlayn tarzda muvofiqlashtirib borish uchun Biznes platformasini yuritishni ta’minlaydi.
4. Kichik biznesga ko‘maklashish markazi:
kichik tadbirkorlik subyektlarining biznes loyihalarini ishlab chiqish, moliyalashtirish va ishga tushirish, sotuv bozorlarini kengaytirish, xususiy investitsiya sheriklarini jalb qilish, biznes rejalar va texnik iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish va biznesni tashkil etish hamda yuritish bilan bog‘liq boshqa yo‘nalishlarda amaliy o‘quv-konsultatsiya kurslarini tashkil etadi hamda sertifikat berish tizimini yo‘lga qo‘yadi;
Dasturda qatnashish istagi bo‘lgan tashabbuskorlarning loyihalarini dastlabki va yakuniy tahlil va baholashdan o‘tkazishni tashkil etadi;
salohiyatli va sertifikatga ega bo‘lgan tadbirkorlar loyihalarini moliyalashtirishga ko‘maklashadi hamda ularga ulushdor bo‘lib kiradi;
kichik tadbirkorlik subyektlariga biznesni tashkil etish va yuritish borasida kompleks konsultatsiya xizmatlarni ko‘rsatadi;
biznes strategiyasini ishlab chiqish, bozorga chiqish, xorijiy va mahalliy brendlar bilan bog‘lanishga va yirik korxonalar bilan kooperatsiya aloqalarini o‘rnatishga ko‘maklashadi;
yangi biznes loyihalarini ishlab chiqish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar tashkil qilish, tadbirkorlikka oid ma’lumotlarni tahlil qilish asosida hududlarning drayver yo‘nalishlarini aniqlaydi va tadbirkorlarga taqdim qiladi.
5. Vazirlik, idoralar, tijorat banklari va mahalliy hokimliklar:
Dasturni samarali tashkil etish, shu jumladan tadbirkorlik subyektlariga yengillik yaratish maqsadida:
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi — bo‘sh turgan davlat mulki obyektining va yer maydonining bozor qiymatini aniqlab, markazga o‘tkazib berilishini tashkil qiladi;
Innovatsion rivojlanish agentligi — yuqori texnologik startap loyihalarga davlat ilmiy dasturlari doirasida grant mablag‘lari ajratadi;
Turizm qo‘mitasi — turistik salohiyati yuqori bo‘lgan tuman va shaharlardagi hududlarning master rejalarini ishlab chiqib, ushbu hududdagi yer maydonlarini 7 yil muddatgacha sotib olish sharti bilan ulush kiritish yoki uzoq muddatli ijara asosida tadbirkorlik subyektlariga markaz orqali berilishini tashkil qiladi;
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi — kam zaxirali foydali qazilma konlariga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish uchun markazlarga o‘z loyihalari to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritib boradi;
Raqamli texnologiyalar vazirligi — tadbirkorlik yo‘nalishidagi axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini Biznes platformaga integratsiya qiladi;
tijorat banklari — markazlar bilan birgalikda tanlab olingan loyihalarni moliyalashtiradi va monitoring o‘tkazishda ishtirok etadi;
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda Savdo-sanoat palatasi:
ijaraga berilgan yer maydonlari hisobini va monitoringini yuritish uchun tegishli axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qiladi;
hokim yordamchilari bilan birgalikda elektron platforma orqali kutilayotgan hosil hisobini yuritish va monitoring qilish tizimini yo‘lga qo‘yadi;
hokim yordamchilari — hamkor banklar bilan birgalikda skoring baholashdan o‘tgan dasturda qatnashayotgan tashabbuskor tadbirkorlar bilan bevosita joyida uchrashib, loyihalarning maqsadga muvofiqligini o‘rganadi va tashabbuskorlarning dastlabki ro‘yxatini shakllantiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son qaroriga 2-ILOVA
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturida ishtirok etuvchi kichik tadbirkorlik subyektlarini shaffoflik tamoyillari asosida tanlab olish tartib-taomillari
SXEMASI
Ariza berish va skoring tizimi
Hokim yordamchilari
Loyihalarni baholash va tanlash guruhlari
Markazlar
Tijorat banklari, Jamg‘arma va Markazlar
Markazlar va tijorat banklari
Tashabbuskor tomonidan ariza beriladi, tijorat banklar ko‘magida skoring baholash o‘tkaziladi
Tijorat banklar ko‘magida skoring baholashdan o‘tgan tashabbuskorlar bilan bevosita joyida uchrashib, tasdiqlangan savolnoma asosida belgilangan mezonlarga muvofiqligi o‘rganiladi va tashabbuskorlarning dastlabki ro‘yxati shakllantiriladi
Dastlabki ro‘yxatga kiritilgan tashabbuskorlarning tadbirkorlik ko‘nikmasi va biznes-rejalarining yashovchanligini baholash asosida istiqbolli loyihalar tanlab olinadi va ular faoliyati davri, pul aylanmasi va ishchilar soniga qarab toifalarga ajratiladi
O‘qitish tashkil etiladi va imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganlarga sertifikat beriladi
Tanlab olingan loyihalar quyidagicha moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlanadi:
a) kreditlar ajratish;
b) lizing xizmatlari ko‘rsatish;
v) bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etish;
g) ulushdor bo‘lib ishtirok etish;
d) grant mablag‘lari taqdim etish; e) konsultatsiya xizmatlarini ko‘rsatish
Tegishli biznes rejalari amalga oshirilishining monitoringi yuritiladi hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilgandan so‘ng kiritilgan ulushni belgilangan tartibda sotish choralari ko‘riladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son qaroriga 3-ILOVA
“Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturi ishtirokchilarini moliyaviy va konsultativ qo‘llab-quvvatlash instrumentlari va ulardan foydalanish shartlari
kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritib kelayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, uch va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari;
oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida o‘z biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar
Foiz stavkasi:
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada
Kredit ajratish maqsadi va muddatlari:
loyihani* amalga oshirish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratiladi
Bunda, loyiha xususiyatidan kelib chiqib, kreditning 50 foizgacha qismi aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda so‘ndirish sharti bilan 24 oygacha ajratilishi mumkin
b) 150 million so‘mgacha garov talabi pasaytirilgan revolver kreditlar
Ishtirokchilar:
kichik tadbirkorlik subyektlari
Foiz stavkasi:
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada
Kredit ajratish maqsadi va muddatlari:
ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda so‘ndirish sharti bilan 36 oygacha ajratiladi
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari:
oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 200 mln so‘mdan ziyod bo‘lgan;
kamida to‘rt nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan
Foiz stavkasi:
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada
Kredit ajratish maqsadi va muddatlari:
loyihani* amalga oshirish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratiladi.
Bunda, loyiha xususiyatidan kelib chiqib, kreditning 50 foizgacha qismi aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda so‘ndirish sharti bilan 24 oygacha ajratilishi mumkin
v) 1 milliard so‘mgacha kreditlar
Ishtirokchilar:
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari:
oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 500 mln so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan;
kamida besh nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan
Foiz stavkasi:
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada
Kredit ajratish maqsadi va muddatlari:
loyihani* amalga oshirish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha ajratiladi
g) 1,5 milliard so‘mgacha kreditlar
Ishtirokchilar:
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari:
24 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan;
oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan;
kamida o‘n nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan
Foiz stavkasi:
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada
g1) 1,5 milliard so‘mgacha eksportyorlarga revolver kreditlar
Ishtirokchilar:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi quyidagi tadbirkorlik subyektlari:
oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 500 mln so‘mdan ziyod bo‘lgan;
kamida to‘rt nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan
Foiz stavkasi:
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada
Kredit ajratish maqsadi va muddatlari:
aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun ochiq kredit liniyasi asosida har 12 oyda so‘ndirish shartida 6 oy imtiyozli davr bilan 36 oygacha muddatga ajratiladi.
2. 1,5 milliard so‘mgacha lizing xizmatlari ko‘rsatish:
Ishtirokchilar:
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari:
24 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan;
oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan;
kamida o‘n nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan
Foiz stavkasi:
Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada
Maqsadi va muddatlari:
asbob uskunalar, texnologik jihozlar va maxsus texnikalarni sotib olish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha amalga oshiriladi
3. 1,5 milliard so‘mgacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qarzga asosiy vosita olib berish:
Ishtirokchilar:
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari:
24 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan;
oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan;
kamida o‘n nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan
Maqsadi va muddatlari:
asbob uskunalar, texnologik jihozlar va maxsus texnikalarni sotib olish uchun 24 oygacha imtiyozli davr bilan 84 oygacha amalga oshiriladi.
4. Loyihalarda 1 milliard so‘mgacha miqdorda ulushdor bo‘lib ishtirok etish:
Ishtirokchilar:
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan quyidagi kichik tadbirkorlik subyektlari:
24 oydan ortiq faoliyat ko‘rsatayotgan;
oxirgi 12 oyda aylanma mablag‘lari miqdori 1 mlrd so‘mdan 10 mlrd so‘mgacha bo‘lgan;
kamida o‘n nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan
Qo‘llab-quvvatlash turi:
bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari va yer maydonlari, asbob-uskunalar, bino-inshootlar va boshqa ko‘rinishdagi moddiy aktivlar bilan 20 foizgacha, biroq 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lmagan qiymatda ulushdor bo‘lib ishtirok etish
Ulushdan daromad:
kichik tadbirkorlik subyekti faoliyati natijasidagi sof foydadan dividendlar;
ulushni bozor bahosida baholab sotishda ko‘riladigan foyda
Ulushdan foydalanish muddatlari:
markazlar tomonidan loyihaga kiritilgan ulushni 7 yil davomida bozor qiymatida loyiha tashabbuskoriga yoki boshqa salohiyatli investorlarga realizatsiya qilish.
5. 2 milliard so‘mgacha grant mablag‘lari taqdim etish:
Ishtirokchilar:
tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish istagi bo‘lgan va loyihalari belgilangan tartibda istiqbolli loyiha sifatida tanlab olingan kichik tadbirkorlik subyektlari
Qo‘llab-quvvatlash turi:
kichik tadbirkorlik subyektlarida innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, yuqori texnologik startap loyihalarga davlat ilmiy dasturlari doirasida 2 mlrd so‘mgacha grant mablag‘lar ajratib boriladi. Bunda:
markazlarda tashkil etiladigan Loyihalarni baholash va tanlash guruhlari tomonidan ushbu yo‘nalishdagi loyihalar tanlab olinadi va Innovatsion rivojlanish agentligiga ma’qullash uchun taqdim etiladi;
Innovatsion rivojlanish agentligi 15 ish kunida belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, ma’qullangan loyihalarni Markazlarga taqdim etadi;
markazlar ma’qullangan loyihalar tashabbuskorlarini maxsus dasturlar asosida o‘qitadi va sertifikat olgan tashabbuskorlarni grant mablag‘lari ajratish uchun Innovatsion rivojlanish agentligiga yo‘naltiradi;
Innovatsion rivojlanish agentligi mazkur loyihalarni belgilangan tartibda moliyalashtiradi;
Innovatsion rivojlanish agentligi davlat ilmiy dasturlari doirasida moliyalashtirilgan tijoratlashtirish va startap loyihalari ro‘yxatini amaliyotga joriy qilish va kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida markazlarga taqdim etib boradi.
Izoh: * loyiha — sanoat, xizmatlar, savdo va umumiy ovqatlanish, turizm, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, hunarmandchilik, kasanachilik, zargarlik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash hamda qayta ishlash, shuningdek, zamonaviy savdo markazlari hamda ularga tutash hududlarda ishlab chiqarish binolari (angar va sexlar)ni qurish yo‘nalishlarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va kengaytirish (modernizatsiya qilish).
litsenziya, ruxsatnoma va sertifikatlar olish, bojxona va soliq ma’muriyatchiligi, eksport va import operatsiyalari, shartnomalarni rasmiylashtirish;
davlat xaridlarida ishtirok etish, shuningdek, yer uchastkalari va bino-inshootlarni sotib olish yoki ijaraga olish va loyihalashtirish;
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, mavjud boshqa yengilliklar va imkoniyatlar.
(3-ilova matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 1-apreldagi PQ-146-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.04.2024-y., 07/24/146/0266-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son qaroriga 4-ILOVA
Biznes portalga tadbirkorlik yo‘nalishidagi axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning
RO‘YXATI
1. Iqtisodiyot va moliya vazirligi.
2. Adliya vazirligi.
3. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi.
5. Ichki ishlar vazirligi.
6. Markaziy bank va tijorat banklari.
7. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
8. Soliq qo‘mitasi.
9. Bojxona qo‘mitasi.
10. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi.
11. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi.
12. Savdo-sanoat palatasi.
Izoh: zaruratga ko‘ra, boshqa vazirlik va idoralarning tadbirkorlik yo‘nalishidagi axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining Biznes portalga integratsiya qilinishiga ruxsat etiladi.