yuqori daromadli korxonalarni koʻpaytirish;
soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;
aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorlikni undirish boʻyicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar boʻyicha foizlar va neustoyka hisoblanishi toʻxtatiladi;
Jamoatchilik kengashining yigʻilishlarini oyiga kamida bir marotaba oʻtkazib borish;
viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda har bir hududning Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyxatini va bu borada tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratishni nazarda tutuvchi “Qoraqalpogʻistonda biznes qiling” dasturini amalga oshirish boʻyicha qaror loyihasini;
vazirlik va idoralar rahbarlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlariga — “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
“Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish holati har oyda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida koʻrib chiqiladi hamda yuzaga kelayotgan muammolar yechimi va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun tegishli masʼullarga chora koʻrib boriladi;
15. Vazirlar Mahkamasi (J. Xodjayev) bir oy muddatda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot doirasida bildirilgan tashabbus va takliflarni amalga oshirish natijasida tadbirkorlarning faoliyatida yuz bergan ijobiy oʻzgarishlarni yoritib borish yuzasidan media-reja tasdiqlasin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha
T/r | Chora-tadbirlar va tashabbuslar | Mazmuni | Amalga oshirish shakli | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Kichik biznesga yangi imkoniyatlar yaratish | |||||
1. | Kichik biznes loyihalarini moliyalashtirishning yangi tizimini yaratish | 1. “Qishloq qurilish bank” ATB negizida Biznesni rivojlantirish bankini tashkil qilish va uning faoliyatini ustuvor ravishda kichik biznes yoʻnalishidagi, shu jumladan mahalliy sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligida energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish loyihalarini moliyalashtirish va ularga kompleks xizmatlar koʻrsatishga yoʻnaltirish. 2. Kichik biznes loyihalarini amalga oshirish uchun zarur kredit mablagʻlarining yarmini banklar tomonidan mustaqil jalb qilish va qolgan yarmini davlat koʻmagida yoʻnaltiriladigan resurslar va investitsiyalar hisobidan moliyalashtirish dasturini yoʻlga qoʻyish. Bunda: Biznesni rivojlantirish banki tomonidan 2023-yil 1-oktabrdan 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi; kreditlar qulay shartlarda 7 yilgacha muddatga ajratiladi; qoʻshimcha resursga ehtiyoji bor tadbirkorlik subyektlariga mavjud kreditga qoʻshimcha kredit ajratishga ruxsat beriladi; ijobiy kredit va soliq tarixiga ega hamda kichik biznesga koʻmaklashish markazlari yordamida loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini kengaytirish uchun kreditlar ajratishda ularga garov talabi 50 foizga kamaytiriladi; maxsus elektron platformani ishga tushirish orqali kredit olish uchun ariza berish, uni koʻrib chiqish, qaror qabul qilish va kredit ajratishning barcha bosqichlari raqamlashtiriladi; kredit miqdoridan kelib chiqib, bankning hududiy filiallari tomonidan qaror qabul qilish vakolatlari kengaytiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Markaziy bank (Saydullayev), “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
2. | Kichik biznes loyihalarini moliyalashtirishda ishtirok etadigan tijorat banklarining resurs bazasini oshirish | 1. Mikromoliyalashtirishni rivojlantirish uchun Osiyo taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari hisobidan Biznesni rivojlantirish bankiga bosqichma-bosqich 500 million AQSh dollari miqdorida resurs ajratish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil oktabr — 2026-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Markaziy bank (Saydullayev) |
2. Xalqaro moliya institutlari koʻmagida amalga oshirilayotgan va yangi amalga oshiriladigan loyihalarning 2024 — 2026-yillarda oʻzlashtirilishi kutilayotgan 500 million AQSh dollari miqdoridagi mablagʻlarini Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlashning kompleks dasturida ishtirok etadigan moliya tashkilotlariga resurs sifatida yoʻnaltirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2026-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) | ||
3. Dastlabki bosqichda zarur mablagʻlarni ajratish uchun 2023-yil yakuniga qadar Biznesni rivojlantirish banki ustav kapitalini oshirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil sentabr — dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) | ||
3. | Kichik biznes loyihalarini qoʻllab-quvvatlash institutlarini takomillashtirish | 1. Kichik biznesni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish. Bunda: Jamgʻarmaning moliyaviy instrumentlarini belgilash, jumladan kichik tadbirkorlik subyektlari ustav fondida Jamgʻarma tomonidan kiritiladigan mablagʻlar hisobiga ishtirokchi (taʼsischi) sifatida ishtirok etish hamda kichik biznes loyihalari uchun taʼminot taqdim etish; Jamgʻarmaning resurs bazasini kengaytirish va ustav fondini oshirish maqsadida Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Raqamli transformatsiya markazining elektron kooperatsiya portalini Jamgʻarmaga balans qiymatida begʻaraz oʻtkazishni nazarda tutish. 2. Biznesni rivojlantirish banki huzurida har bir hududda 14 ta kichik biznesga koʻmaklashish markazlarini tashkil etish. Bunda, markazlar kichik tadbirkorlik subyektlariga biznes loyihalarini ishlab chiqishda koʻmaklashish, oʻqitish, buxgalteriya, soliq, audit, marketing, huquqiy va boshqa konsalting xizmatlarini koʻrsatish bilan shugʻullanishini nazarda tutish. 3. Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari tomonidan yangi loyihalar uchun tadbirkorlik subyektlariga tor doiradagi mutaxassislarni jalb qilishga koʻmaklashish. Bunda, mutaxassis sifatida jalb qilingan chet el fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani berishda: tasdiqnomaning amal qilish muddati 3 yilgacha etib belgilanadi; tasdiqnoma berilganligi uchun undiriladigan yigʻim bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida oʻrnatiladi. 4. Kichik biznesga koʻmaklashish markazlari tomonidan startap tashabbuskorlari va tadbirkorlik subyektlarining raqobatbardosh, arzon, sifatli hamda katta hajmda mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish uchun oliy oʻquv yurtlari, kichik biznes subyektlari, sanoat korxonalari, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, texnoparklar, sanoat klasterlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan kichik biznesni rivojlantirish va kengaytirish boʻyicha oʻquv dasturini amalga oshirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
4. | Kichik tadbirkorlik subyektlari va yirik davlat korxonalari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini oʻrnatish | 1. Yirik davlat korxonalari bilan kooperatsiya asosida tashkil qilinadigan kichik tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar, ayollar tadbirkorligi va yoshlar tadbirkorligi uchun: kichik biznesga koʻmaklashish markazlari tomonidan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, xodimlar malakasini oshirish va mahsulotni realizatsiya qilishga amaliy yordam berish; davlat xaridlari doirasida oʻzi ishlab chiqargan mahsulotlarni 2 yil davomida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida sotishga ruxsat berish. Bunda, yiliga jami 10 milliard soʻmgacha qiymatdagi shartnomalar tuzilishi mumkin. 2. 2024 — 2025-yillarda kichik biznesga koʻmaklashish markazlari yordamida ishlab chiqilgan kichik biznes, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslar, ayollar tadbirkorligi va yoshlar tadbirkorligi loyihalari doirasida olib kiriladigan asbob-uskunalarni sugʻurtalash, xomashyo va materiallarni sertifikatlash xarajatlarini qoplab berish tizimini yoʻlga qoʻyish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov, Xodjayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
5. | Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturining huquqiy asoslarini yaratish | Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish: kichik biznesga koʻmaklashish markazlari bilan hamkorlikda kichik biznes loyihalarini amalga oshirish bilan bogʻliq barcha jarayonlarni soddalashtirish; Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlashning kompleks dasturi doirasidagi loyiha ishga tushirilgandan soʻng, tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻlanadigan soliqlarni 2 yil davomida Biznesni rivojlantirish bankiga yoʻnaltirish; Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlashning kompleks dasturida ishtirok etadigan tijorat banklarining loyihalar boʻyicha ajratilgan bank kreditlaridan olingan foiz koʻrinishidagi daromadlarini dastlabki ikki yil davomida foyda soligʻi bazasidan chegirib tashlash. | Qonun loyihasi | 2023-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (Abidxodjayev), “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
II. Oʻrta biznesni barqaror iqtisodiy oʻsish garoviga aylantirish | |||||
6. | Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasini transformatsiya qilish | Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi faoliyatini quyidagilarni nazarda tutgan holda qayta tashkil etish: Jamgʻarmani Iqtisodiyot va moliya vazirligi taʼsischiligida aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etish; Jamgʻarmaga tijorat banklari va xalqaro moliya institutlaridan qarz mablagʻlarini jalb etish huquqini berish; Jamgʻarma tomonidan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining ustuvor ravishda xizmat koʻrsatish, “yashil” va energiya samarador loyihalari boʻyicha kompensatsiya va kafilliklar ajratish tizimini yoʻlga qoʻyish; Jamgʻarmaga bank va nobank kredit tashkilotlari tomonidan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlariga milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlar boʻyicha ham kafilliklar taqdim etish vakolatini berish; Jamgʻarmaga oʻrta tadbirkorlik subyektlari ustav fondida u tomonidan kiritiladigan mablagʻlar hisobiga ishtirokchi (taʼsischi) sifatida ishtirok etishga ruxsat berish. Bunda, ushbu maqsadlar uchun 2023-yilda Davlat budjeti mablagʻlaridan Jamgʻarmaga qoʻshimcha 25 million AQSh dollari, 2024-yilda 100 million AQSh dollari ajratish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni loyihasi | 2023-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
7. | Xizmatlar ipotekasi tizimini joriy qilish | Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan turizm, savdo va servis sohalarida xizmatlar ipotekasi tizimini joriy qilish. Bunda: Jamgʻarma Kengashi qarori bilan belgilangan xizmat koʻrsatish yoʻnalishlariga tayyor loyihalar (biznes-reja, bank va nobank kredit tashkilotlari orqali moliyaviy resurslar, bino-inshootlar va uskunalar) tadbirkorlik subyektlariga taklif etiladi; Jamgʻarma resurslari hisobiga bank va nobank kredit tashkilotlari orqali tadbirkorlik subyektlariga xizmat koʻrsatish obyekti uchun yer uchastkalarini sotib olish, bino-inshootlarni qurish va ularni aylanma mablagʻlar bilan taʼminlash uchun kreditlar ajratiladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
8. | Tadbirkorlik subyektlarida yashil texnologiyalarni keng joriy qilish | Yashil texnologiyalarni joriy qilish uchun Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga xalqaro va xorijiy moliya institutlari, tashkilotlari va kompaniyalaridan 100 million AQSh dollari miqdorida mablagʻlar jalb qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2024-yil mart | Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov) |
9. | Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish | 1. Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish va mavjud quvvatlarni kengaytirishga qaratilgan sanoat loyihalariga: xorijiy valyutada yillik 5 foiz, milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 10 yilgacha muddatga kredit mablagʻlari; xorijiy valyutada yillik 4 foiz, milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada 1 yilgacha muddatga aylanma mablagʻlarni toʻldirish uchun kredit mablagʻlari; import qilinadigan asbob-uskuna xaridi uchun avans toʻlovlarini qoplab berish maqsadida kredit ajratish tartibini joriy qilish. 2. Jamgʻarma hisobidan sanoat korxonalarining marketing, loyihalashtirish, xorijiy mutaxassis jalb qilish xarajatlarining 20 ming AQSh dollarigacha qismiga kompensatsiya ajratish. 3. Jamgʻarmaga xorijiy brend yoki xorijiy investor jalb qilgan tadbirkorlik subyektlari ustav fondida 25 foizgacha ulush bilan u tomonidan kiritiladigan mablagʻlar hisobiga ishtirokchi (taʼsischi) sifatida ishtirok etishga ruxsat berish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil oktabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Vafayev), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
10. | Sanoat ipotekasi tizimini yoʻlga qoʻyish | 1. Sanoat ipotekasi tizimini yoʻlga qoʻyish. Bunda: tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalari (ishlab chiqarish maydonlari) qurilish uchun tegishli ruxsatnomalar va loyiha hujjatlari rasmiylashtirilgan holda “tayyor biznes” shaklida auksion savdolariga chiqariladi; bino-ishootlarni xarid qilish va ijaraga olish uchun 7 yil muddatga, 2 yilgacha imtiyozli davr bilan milliy valyutada yillik 10 foiz stavkada kreditlar ajratiladi. 2. Har bir hududda kamida 3 tadan yangi sanoat zonalarini tashkil etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2023-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), “Oʻzsanoatqurilish-bank” ATB (Annaklichev), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
11. | Kichik sanoat zonalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini kengaytirish | Kichik sanoat zonalarida ishlab chiqarish obyektini ishga tushirib, investitsiya majburiyatlarini bajargan tadbirkorlik subyektlariga yer uchastkalarini xususiylashtirishga ruxsat berish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2023-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev, Qoʻchqorov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
III. Yangi bozorlarga sifatli va raqobatbardosh mahsulot bilan kirish | |||||
13. | Nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilish | 1. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilish boʻyicha brendlar egalari bilan muzokaralar oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil noyabr
2023-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi dasturni amalga oshirish: ishlab chiqarishga xalqaro standartlar, ekologiya va sertifikatlash talablarini joriy qilish; mahalliy korxonalar mutaxassislarini xalqaro standartlar asosida oʻqitish; mahalliy korxonalarda munosib mehnat sharoitlarini yaratishga koʻmaklashish; qulay bojxona rejimini joriy qilish; nufuzli xorijiy brendlarni jalb qilgan tadbirkorlik subyektlariga grant ajratish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | ||||
14. | Xalqaro platformalar orqali axborot texnologiyalari xizmatlarini koʻrsatish | Axborot texnologiyalari xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha xalqaro platformalarda 100 ming AQSh dollarigacha qiymatdagi shartnoma va hisob-fakturalarni rasmiylashtirish tartibini joriy qilish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil dekabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev) |
15. | Qandolatchilik korxonalarini qoʻllab-quvvatlash | Yillik eksport hajmi 500 ming AQSh dollaridan oshgan qandolatchilik korxonalariga Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan aylanma mablagʻ ajratish tartibini joriy etish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil sentabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
16. | Parrandachilik sohasini rivojlantirish | Parrandaning genetikasini tashkil etish yuzasidan xorijiy Hukumatlar va yetakchi genetik kompaniyalar bilan muzokaralar oʻtkazish va takliflar ishlab chiqish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Voitov) |
IV. Yuqori daromadli korxonalarni koʻpaytirish | |||||
17. | Hududlarda yirik sanoat loyihalarini amalga oshirish | 1. Elektrotexnika, toʻqimachilik, charm-poyabzal, zargarlik, qurilish materiallari, mebelsozlik, polimer, kimyo va oziq-ovqat sanoati sohalarida “140 ta ilgʻor sanoat korxonasi” dasturini amalga oshirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Markaziy bank (Saydullayev), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
2. Alohida elektron platformani yaratish orqali dasturga kiritilgan sanoat loyihalarini tadbirkorlik subyektlariga ochiq tanlov asosida taklif qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil oktabr | |||
3. Dasturga kiritilgan korxonalarga Sanoatni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan imtiyozli shartlar asosida 10 yilgacha muddatga kreditlar ajratish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2023-2024-yillar | |||
18. | Paxta-toʻqimachilik klasterlari moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish | 1. Paxta-toʻqimachilik klasterlarini aylanma mablagʻ bilan taʼminlash uchun 18 oy muddatga jami 3 trillion soʻm kreditlar ajratish. 2. Eksportni ragʻbatlantirish agentligi hisobidan paxta va sunʼiy tolani olib kelishda transport xarajatlarining 50 foizini qoplab berish. 3. Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyati uchun zarur boʻlgan import xomashyo, boʻyoq va kimyoviy vositalar, furnitura, sovutish tizimlari va aksessuarlarni uch yil muddatga bojxona bojidan ozod qilish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
19. | Eksport qiluvchilarni qoʻllab-quvvatlash | 2024-yil 31-dekabrga qadar ip-kalavani eksport qilishda undiriladigan yigʻim miqdorini 5 baravar kamaytirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
20. | Charmni chuqur qayta ishlash | Ohangaron tumanidagi charmni chuqur qayta ishlash sanoat zonasida suv tozalash inshootini barpo etish. Bunda, ushbu inshootni barpo etish uchun Davlat budjetidan 50 milliard soʻm miqdorida mablagʻ ajratishni nazarda tutish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2023-yil sentabr | Vazirlar Mahkamasi (Ramatov), Toshkent viloyati hokimligi (Mirzayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), “Oʻzsuvtaʼminot” AJ (Azimov) |
21. | Xususiy aviakompaniyalarni rivojlantirish | Ishlab chiqarilganiga 25 yildan oshmagan, ijara va lizing asosida vaqtincha olib kiriladigan samolyotlarni davriy bojxona toʻlovidan ozod qilish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2023-yil oktabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov), Transport vazirligi (Mahkamov) |
22. | Startap ekotizimini yanada rivojlantirish | 1. “Startap loyiha”, “yuqori texnologik startap loyiha” hamda “ulushga konvertatsiya qilinadigan investitsiyalar” tushunchalarini qonunchilikka kiritish. 2. Ilgʻor xorijiy tajribadan kelib chiqib, startap loyihalarni baholash metodologiyasini qayta koʻrib chiqish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil dekabr | Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Abduraxmonov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
V. Sodda soliq maʼmuriyatchiligi va byurokratiyadan xoli qulay muhit yaratish | |||||
23. | Qoʻshilgan qiymat soligʻi maʼmuriyatchiligini soddalashtirish | 1. Qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy summasi oʻrnini qoplashda (qaytarishda) soliq uzilishi (tax gap) koeffitsiyentini qoʻllash amaliyotini bekor qilish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil sentabr | Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
2. Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turish tartibini bekor qilish (bundan amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq boʻlgan holatlar mustasno). Bunda, nomuvofiq holatlar 30 kun muddatda oʻz tasdigʻini topmaganda guvohnomaning amal qilishi faollashtiriladi. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2023-yil sentabr | Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) | ||
24. | Tadbirkorlarning qonunchilik talablariga toʻliq amal qilgan holda faoliyat yuritishini ragʻbatlantirish | 1. 2024-yil 1-yanvardan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirkorlik subyektlarining ishonchlilik reytingini joriy qilish: a) tadbirkorlik subyektlarining ishonchlilik reytingini shakllantirish boʻyicha ochiq-oshkora mezonlarni belgilash; b) yuqori reyting koʻrsatkichlariga ega tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi qoʻllab-quvvatlash choralarini belgilash: barcha turdagi soliq tekshiruvlaridan ozod qilish (bundan jinoiy ishlar doirasidagi tekshiruvlar mustasno); qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplash (qaytarish), shuningdek, barcha soliq turlari boʻyicha mavjud ortiqcha toʻlov summasini bir kun muddatda tezlashtirilgan tartibda qaytarish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil noyabr | Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Biznes-ombudsman (Qosimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov) |
2. Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, shu jumladan biznesning “soyadan” chiqishini ragʻbatlantirish, teng raqobat muhitini taʼminlash, soliq va bojxona maʼmuriyatchiligini soddalashtirish, ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar belgilash. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil dekabr | Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Markaziy bank (Saydullayev), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Biznes-ombudsman (Qosimov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) | ||
25. | Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibini soddalashtirish | 1. Kameral soliq tekshiruvi soliq organlarida mavjud maʼlumotlar asosida tadbirkorlik subyektining ishtirokisiz soliq organining oʻzida oʻtkazilishini belgilash (bundan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qaytarishda oʻtkaziladigan kameral soliq tekshiruvlari mustasno). Bunda, soliq organlarining quyidagi huquqlari bekor qilinadi: soliq toʻlovchining hududiga kirish; soliq toʻlovchining hududini va binolarini koʻzdan kechirish; soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish; soliq toʻlovchining hujjatlari va buyumlarini olib qoʻyish. | Qonun loyihasi, Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2023-yil oktabr | Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Biznes-ombudsman (Qosimov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
2. Kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga qoʻshimcha hisoblangan soliqlar summalarini olti oy mobaynida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash tartibini joriy etish. | Qonun loyihasi | 2023-yil dekabr | |||
26. | “Soliqchi — koʻmakchi” tizimini takomillashtirish | 1. Soliq organlari tomonidan mahalla darajasida ishlash tizimini joriy qilish. 2. “Onlayn mahalla” elektron platformasida tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq organlarining faoliyatini baholash imkonini yaratish. Bunda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan berilgan bahoni soliq organlari faoliyatining muhim samaradorlik koʻrsatkichlaridan biri etib belgilash. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil sentabr | Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Biznes-ombudsman (Qosimov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
27. | Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini adolatlilik tamoyili asosida belgilash | 1. Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun belgilangan javobgarlik choralarini, shu jumladan moliyaviy sanksiyalar va maʼmuriy jarimalarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil sentabr | Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Adliya vazirligi (Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Biznes-ombudsman (Qosimov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
2. Soliqqa oid bitta huquqbuzarlik uchun ham moliyaviy sanksiya, ham maʼmuriy jarima koʻzda tutilgan holatlar boʻyicha bitta javobgarlik chorasini belgilash. | Qonun loyihasi | 2023-yil noyabr | |||
3. Savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini, shuningdek, tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun belgilangan jarimalar miqdorini huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan zarar miqdoriga mutanosib ravishda belgilash. | Qonun loyihasi | 2023-yil noyabr | |||
28. | Soliq nizolari doirasida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirish | 1. Iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida koʻrilayotgan ishlarni maʼmuriy sudlar yurisdiksiyasiga oʻtkazish. 2. Soliq toʻlovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilgan qarorlari ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilish huquqini taʼminlash. 3. Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddatini uch yil etib belgilash. | Qonun loyihasi | 2023-yil oktabr | Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Adliya vazirligi (Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Xaydarov), Biznes-ombudsman (Qosimov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
29. | Kredit qarzini undirish tartibini takomillashtirish | Aholi va tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar boʻyicha qarzdorlikni undirish boʻyicha sudning hal qiluv qarori chiqarilganda, mazkur kreditlar boʻyicha foizlar va neustoyka hisoblanishini toʻxtatish. | Qonun loyihasi | 2023-yil oktabr | Markaziy bank (Saydullayev), Oliy sud (Islamov) |
30. | Tadbirkorlar uchun hisobot tizimini soddalashtirish | 2024-yil 1-yanvardan boshlab: bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud boʻlgan statistik hisobot shakllarini bekor qilish; tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga topshiriladigan statistik va boshqa hisobotlarning yagona roʻyxatini tasdiqlash. Bunda, roʻyxatga kiritilmagan hisobotlarni talab qilishni taqiqlash; hisobotlarni shakllantirish va topshirish jarayonlarini bosqichma-bosqich raqamlashtirish hisobiga ularning qogʻoz shaklini bekor qilish; davlat organlariga statistik va boshqa hisobotlarni taqdim etish jarayonlarini bosqichma-bosqich Standart biznes hisoboti tizimiga muvofiqlashtirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Qoʻchqorov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Statistika agentligi (Begalov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
31. | Qurilish sohasida ruxsat berish jarayonlarini raqamlashtirish va inson omilini kamaytirish | 1. Toshkent shahrida 2024-yil 1-yanvardan boshlab va Qarshi shahrida 2024-yil 1-iyuldan boshlab eksperiment tariqasida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha loyiha takliflarini (eskiz) koʻrib chiqish va kelishish jarayonini toʻliq raqamlashtirish hamda inson omilisiz tizimni yaratish. Bunda: qurilishga ruxsat beruvchi hujjatlarni berish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirishni nazarda tutgan holda Toshkent va Qarshi shaharlarining shaharsozlik “raqamli egizaklari”ni ishlab chiqish; obyektlarga boʻlgan talablar (qavati, hajmi, faoliyat ixtisoslashuvi, qoʻshni yondosh binodan oraliq masofasi, avtoturargoh va yashil hudud meʼyorlari va boshqalar) avtomatik tarzda belgilanishini nazarda tutish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil noyabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zakirov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov) |
3. Modulli mehmonxonalar qurish va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash. | Shaharsozlik normalari va qoidalari | 2023-yil dekabr | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (Zakirov), Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (Abduxakimov) | ||
32. | Islom moliyasini joriy qilish | Quyidagilarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish: islomiy mahsulotlar, xizmatlar va banklar faoliyatining huquqiy asosini yaratish; islomiy mahsulotlar va xizmatlar hamda ularni koʻrsatuvchi tashkilotlarni soliqqa tortishning oʻziga xos xususiyatlarini belgilash; islom moliyasi asosida jalb etilgan omonatlarni himoya qilish. | Qonun loyihasi | 2023-yil dekabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Markaziy bank (Saydullayev), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
33. | Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish | Muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlarning tartibga solish taʼsirini baholash va oʻzining tartibga solish maqsadlariga erishmagan, samaradorligi va natijadorligi yuqori boʻlmagan tartibga solish vositalarini bekor qilish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil noyabr | Adliya vazirligi (Tashkulov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Biznes-ombudsman (Qosimov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
34. | Tadbirkorlar uchun zarur xizmatlar va maʼlumotlarni olish imkoniyatlarini kengaytirish | 1. Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrini kreditorlar uchun zarur boʻladigan qoʻshimcha maʼlumotlar bilan toʻldirish, reyestrdan koʻchirma olish yigʻimi miqdorini kamaytirish. 2. Tadbirkorlik subyektlarining vakolatxona va filiallarini tashkil etish (tugatish) haqida davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organni xabardor etish tartibini joriy etish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2023-yil oktabr | Adliya vazirligi (Tashkulov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
3. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, loyihalarni shakllantirish va biznes-rejalar ishlab chiqishga koʻmaklashish hamda konsalting xizmatlarini yagona dislokatsiya tamoyili asosida koʻrsatish maqsadida davlat xizmatlari markazlari binolariga Savdo-sanoat palatasi tuman (shahar) boʻlimlarini tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil sentabr | Adliya vazirligi (Tashkulov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov) | ||
35. | Ishlab chiqarishni yanada qoʻllab-quvvatlash | 1. Chetdan olib kelinadigan tabiiy olmos, zumrad, sapfir kabi qimmatbaho toshlarni qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod qilish. 2. Qadoqlash va etiketkalash mahsulotlariga bojxona bojini nol stavkada belgilash. | Qonun loyihasi | 2023-yil oktabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (Musayev), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
3. Zargarlik sanoati uchun mutaxassis sifatida jalb qilingan chet el fuqarolariga mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomani berishda undiriladigan yigʻim miqdorini kamaytirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2023-yil noyabr | |||
36. | Sanoat zonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirish | Sanoat zonalarida yer maydonlari va bino-inshootlarni ijaraga berishda toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash davrini amaldagi 12 oydan 24 oygacha uzaytirish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi | 2023-yil oktabr | Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov) |
37. | Elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash | Yuridik shaxslar tomonidan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan olingan elektr energiyasini umumiy tarmoqqa uzatish uchun texnik shartlar berish va shartnoma rasmiylashtirish jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish. Bunda, tarmoqlarga ulanish bosqichlarini 30 — 35 foizga va kelishish muddatini 20 kungacha qisqartirish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2023-yil noyabr | Energetika vazirligi (Mirzamahmudov), “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (Mustafoyev), Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov) |
38. | Transport logistikasi xizmatlarini rivojlantirish | Yuk tashish vagonlarini chet el korxonalariga ijaraga berishda qoʻshilgan qiymat soligʻining nol darajali stavkasini qisqa muddatli (90 kungacha) shartnomalarga nisbatan ham tatbiq etish. | Qonun loyihasi | 2023-yil dekabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Norqulov), Soliq qoʻmitasi (Kudbiyev), Transport vazirligi (Mahkamov) |
39. | Fitosanitariya talablarini yengillashtirish | Xalqaro amaliyotda fitosanitariya sertifikati talab etilmaydigan tovarlarni import qilishda, eksport qiluvchi davlatning fitosanitariya sertifikatini talab etish amaliyotini bekor qilish. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | 2023-yil noyabr | Vazirlar Mahkamasi (Xodjayev), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Voitov), Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi (Ergashev), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (Kudratov), Bojxona qoʻmitasi (Mavlonov) |
40. | Tadbirkorlar uchun kreditlar boʻyicha majburiyatlarni bajarishda qulayliklar yaratish | Toʻlov miqdori kredit majburiyatlarini bajarish uchun yetarli boʻlmaganda, mablagʻlarni, birinchi navbatda, mutanosib ravishda muddati oʻtgan asosiy qarz va foiz qarzdorliklarini, ikkinchi navbatda joriy toʻlov uchun hisoblangan foizlar va asosiy qarzni, keyingi navbatlarda neustoyka va ijro xarajatlarini qoplashga yoʻnaltirish tartibini oʻrnatish. | Qonun loyihasi | 2023-yil noyabr | Markaziy bank (Saydullayev), Adliya vazirligi (Tashkulov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
41. | Aholi oʻrtasida tadbirkorlikni keng targʻib qilish va yoshlarga motivatsiya berish | 1.Tadbirkorlar kuni munosabati bilan davlat mukofotlari hamda “Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar (keyingi oʻrinlarda — taqdirlangan tadbirkorlar) haqida: “Yilning ilgʻor tadbirkorlari” kitobini chop etish, hujjatli film va qisqa videoroliklar tayyorlash hamda ularni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish; tashviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar) mahallalarda tarqatish. | Amaliy chora-tadbirlar | 2023-yil sentabr | Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
2. Taqdirlangan tadbirkorlar ishtirokida umumiy, oʻrta maxsus va oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan yoshlar uchun oʻquv kurslari va mahorat darslarini tashkil qilish. | Chora-tadbirlar rejasi | 2023-yil sentabr | Savdo-sanoat palatasi (Vahobov), Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi (Umarova), Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi (Abduraxmonov) | ||
42. | Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda ilgari surilgan tashabbuslar ijrosini taʼminlash | 1. Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda belgilangan har bir vazifa masʼul idoralar tomonidan belgilangan muddatlarda va sifatli ijro etilishini nazorat qilish va taʼminlash. | Amaliy chora-tadbirlar | Doimiy | Nazorat inspeksiyasi (Saidkarimov), Hisob palatasi (Turabov), Adliya vazirligi (Tashkulov), Biznes-ombudsman (Qosimov), Savdo-sanoat palatasi (Vahobov) |
2. Qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlarining ijro holati, huquqni qoʻllash amaliyoti, shu jumladan amalga oshirilayotgan islohotlarning tadbirkorlar faoliyatiga taʼsirini joylarga chiqqan holda oʻrganish, ularning natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot, shuningdek, zarur hollarda, mansabdor shaxslarning masʼuliyatini oshirish va qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritib borish. | Amaliy chora-tadbirlar | Har oy | |||
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentabrdagi PQ-292-son qaroriga
3-ILOVA
1. 2-banddan “2-ilovaga muvofiq tarkibda” soʻzlari chiqarib tashlansin.