1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.07.00 O‘rmon fondiga kirmaydigan o‘rmonlar va o‘simlik dunyosini jonlantirish. O‘rmonlar yaratish, o‘rmonlar mahsuldorligini oshirish;
2.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.06.00.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosidan foydalanish va muhofaza qilish / 11.06.09.00 O‘rmonlar va o‘rmon fondiga kirmaydigan o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan nazorat]
[TSZ:
1.Tabiiy resurslar / O‘rmonlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq:
har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan, yirik o‘lchamli ko‘chat ekish hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish;
noqonuniy kesilgan daraxt va buta uchun esa uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatilganligi;
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish, daraxtlar muhofazasini yanada samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 30-dekabrdagi PF-46-son Farmoniga muvofiq:
butun mamlakat miqyosida daraxtzorlarni ko‘paytirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilayotganligi;
davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilganligi;
2022-yilning bahor mavsumida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 127 milliondan ortiq daraxt va buta ko‘chatlari ekilganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Davlat ekologiya qo‘mitasi) tomonidan “Yashil makon” platformasi ishga tushirilib, ekilgan ko‘chatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning elektron bazasi yaratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
a) kompensatsiya yoki majburiyat tarzida ekiladigan daraxt va butalar uchun yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan hududlarda tashkil etilgan “Yashil bog‘lar” va “Yashil jamoat parklari”, daraxt va butalar bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlari, shuningdek, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish uchun mo‘ljallangan boshqa hududlardan belgilanadi;
b) quyidagilar kompensatsiya yoki majburiyat tarzida daraxt va buta ko‘chatlarini ekadi hamda parvarish qiladi:
davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma olgan, kompensatsiya tarzida daraxt va butalarni ekish hamda parvarish qilish majburiyati yuklangan jismoniy va yuridik shaxslar;
daraxt va butalarni noqonuniy kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar;
v) kompensatsiya yoki majburiyat tarzida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va parvarish qilish yuklatilgan shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi tizimidagi davlat o‘rmon xo‘jaliklari — pudrat tashkilotlari tomonidan ushbu daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi hamda belgilangan muddat davomida parvarish qilinishi mumkin. Bunda:
belgilangan yer uchastkalarida O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi buyurtmachiligida belgilangan tartibda aniqlanadigan loyihalashtirish tashkiloti ishlab chiqadigan loyihalar asosida daraxt va buta ko‘chatlari davlat o‘rmon xo‘jaliklari — pudrat tashkilotlari tomonidan ekiladi hamda parvarish qilinadi;
loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
kompensatsiya yoki majburiyat tarzida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va parvarish qilish yuklatilgan shaxslar shartnoma asosida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, belgilangan muddat davomida parvarish qilish xarajatlarini davlat o‘rmon xo‘jaliklari — pudrat tashkilotlariga to‘lab beradi;
g) daraxt va buta ko‘chatlarini kompensatsiya yoki majburiyat tarzida ekish jismoniy va yuridik shaxslarni daraxt va butalarni kesishga ruxsatnoma berilgani uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan yig‘imni yoki ularni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yo‘q qilganlik yoki ko‘chirib o‘tkazganlik uchun ma’muriy jarimalarni to‘lashdan ozod qilmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
daraxtlar va butalarni ekish uchun joy tanlash, ularni ekish, sug‘orish, oziqlantirish va butash;
zararkunanda va kasalliklar ta’sirida zararlangan yoki kasalliklarga chalingan daraxtlar va butalarga kimyoviy va biologik ishlov berish;
daraxtlar va butalarni xatlovdan o‘tkazish, biriktirish, ko‘chirib o‘tkazish, kesish va kompensatsiyaviy ekish;
daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish va shikastlash tufayli yetkazilgan zararni undirish.
4. 2022-yil 31-dekabrga qadar:
Davlat ekologiya qo‘mitasi shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan qarovsiz qolgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazsin, ularni bino va inshootlarning mulkdorlari yoki foydalanuvchilariga tutash hududlardan kelib chiqqan holda biriktirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqsin hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etib borsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat ekologiya qo‘mitasining takliflari asosida daraxtlarni parvarish qilish maqsadida ularni tegishli mas’ullarga biriktirish choralarini ko‘rsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2022-yil 1-oktabrga qadar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 2022-yil kuz va 2023-yil bahor mavsumlarida ko‘chat ekish ishlarini tizimli tashkil etishni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili:
1-sentabrga qadar kuzgi va 1-fevralga qadar bahorgi ko‘chat ekish hajmlari bo‘yicha manzilli dasturlarni tasdiqlasin;
tuman va shahar markazlarida arxitektura va landshaft-dizayn talablari asosida shaharga ko‘rk beruvchi manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilishini tashkil etsin;
daraxt va butalarning zararkunandalari hamda kasalliklariga qarshi kurashish tadbirlariga mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalarining 2 foizigacha miqdordagi mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi N.N. Oblomuradov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2022-yil 22-avgust,
464-son
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qaroriga 1-ILOVA
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish hamda ulardan foydalanish, shu jumladan, butash, xatlovdan o‘tkazish, biriktirish, ko‘chirib o‘tkazish, kompensatsiyaviy ekish bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari:
jismoniy shaxslarning shaxsiy tomorqa yer uchastkalarida o‘sadigan daraxtlar va butalar hamda ularning ko‘chat va nihollariga;
pitomniklar hamda plantatsiyalarda yetishtiriladigan daraxtlar va butalarga, shuningdek, ularning ko‘chat va nihollariga;
yuridik yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlarining mulki bo‘lgan va ular tomonidan yog‘och hamda hosil olish maqsadida ekilgan daraxtlar va butalar (teraklar va boshqa tez o‘sadigan daraxt turlari, tutzorlar, mevali daraxtlar va butalar)ga;
bog‘dorchilik va uzumchilik uchun ajratilgan yer uchastkalaridagi mevali daraxtlar va butalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
3. Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
butash — daraxtlar va butalarning shoxlariga kerakli shakl berish, asosiy shoxning balandligini tekislash, skelet hosil qiluvchi shoxlarning bir tekisda joylashishini ta’minlash maqsadida quriyotgan, shikastlangan, asosiy shoxga qarab ichkariga yoki bir-biriga juda yaqin o‘sayotgan shoxlarni balzamik qismigacha kesib olib tashlash;
daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish — daraxtlarni muhofaza qilish maqsadida ularning soni, turi, yoshi, tanasining diametri, geografik joylashuvi va boshqa parametrlari bo‘yicha hisobga olish hamda daraxtlar reyestrini yuritish;
daraxtlar reyestri — daraxtlarning soni, turi, holati, yoshi, tanasining diametri, geografik joylashuvi va boshqa parametrlarini hisobga olish ma’lumotlar bazasi;
daraxtlarni biriktirish — aholi punktlaridagi bino va inshootlarning mulkdorlari yoki ulardan foydalanuvchilarni, shu jumladan, ijaraga oluvchi yuridik shaxslarni bino va inshootlarga tutash hududlardagi daraxt va butalarni parvarish qilish va muhofaza qilishga mas’ul etib belgilash maqsadida daraxtlar reyestridan ko‘chirma berish;
kesish — daraxtlar va butalar asosiy tanasining tag qismidan yoki o‘sishdan to‘xtatish darajasigacha yuqori qismidan kesib (qirqib) olib tashlash;
kundakov qilish — daraxtlar va butalarni ildizi bilan qo‘porib olish;
ko‘chirib o‘tkazish — ruxsat berilgan o‘lchamdagi daraxtlar va butalarning ildiz tizimiga shikast yetkazmasdan, ularning yashovchanligini saqlab qolgan holda boshqa joyga ekish;
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
kompensatsiyaviy ekish — yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kesilgan (yo‘q qilingan) daraxtlar va butalar o‘rniga majburiy ravishda ko‘chatlar ekish;
parvarish qilish — daraxtlar va butalarni sug‘orish, oziqlantirish, butash, oqlash, shuningdek, turli zararkunanda va kasalliklar ta’sirida zararlangan daraxtlar va butalarga kimyoviy va biologik ishlov berish yoxud bunday holatlarning oldini olish maqsadida kimyoviy va biologik ishlov berish choralarini ko‘rish;
sanitariya maqsadida kesish — tabiiy omillar yoki o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklari ta’sirida zararlangan, quriyotgan, qurib qolgan hamda insonning hayoti va sog‘lig‘i, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki xavfsizligiga, turli kommunikatsiyalarga tahdid solayotgan, shoxlari betartib o‘sishi natijasida qo‘shilib ketgan yoki singan, avariya holatidagi daraxtlar va butalarni tag qismidan kesish (qirqish);
shikastlantirish — daraxtlar va butalar ichini o‘yish, ularning atrofiga ildiz bo‘g‘zidan ko‘pi bilan 20 sm masofagacha yaqinlikda qattiq qoplama (beton, asfalt) yotqizish, yoqish, taqiqlangan (muddati o‘tgan) kimyoviy va biologik vositalar bilan ishlov berish yoki kimyoviy va biologik vositalarni noto‘g‘ri qo‘llash, shuningdek, o‘sishdan to‘xtash va qurib qolish darajasigacha zarar yetkazuvchi har qanday xatti-harakatlar;
“Yashil makon” platformasi — hududlarning tuproq-iqlim sharoiti, mavjud daraxtlar soni, turi va joylashuvi, shaharlarning ko‘kalamzorlashtirilganlik darajasi, daraxtlarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish uchun berilgan ruxsatnomalar, aniqlangan qonun buzilishi holatlari va ular bo‘yicha ko‘rilgan choralar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron ma’lumotlar bazasi.
4. Quyidagilar davlat o‘rmon fondiga kirmaydi:
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardagi ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek, boshqa daraxtzor va butazorlar;
temir yo‘llarning, avtomobil yo‘llarining, tabiiy va sun’iy suv oqimlarining, suv havzalarining hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlar;
shaharlardagi hamda boshqa aholi punktlaridagi daraxtzor va butazorlar, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar;
tomorqalardagi va bog‘ uchastkalaridagi daraxtzor va butazorlar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 30-oktabrdagi PF-5863-son Farmoni bilan joriy etilgan moratoriy davrida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
2-bob. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish hamda parvarish qilish
6. Daraxtlar va butalarni ekish ularning turlariga, iqlim sharoitiga moslashuvchanligiga, yer osti suvlari yaqinligi, yerning sho‘rlanish darajasi, sug‘orish tizimi mavjudligiga hamda ularning funksional vazifalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Bunda ekish uchun joy tanlashda daraxtlar va butalarning bioekologik xususiyatlari, tuproqning unumdorligi, qurg‘oqchilikka chidamliligi, shuningdek, quyoshli va soya joylarga moslashuvchanligi e’tiborga olinishi lozim.
Yangi quriladigan, balandligi yer yuzasidan 12 metrdan va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan bino va inshootlarni loyihalashtirishda ularga tutash hududlarning ko‘kalamzorlashtirish (daraxtlar, butalar, boshqa o‘simliklar va nihollarni ekish) maydonlari loyiha uchun ajratiladigan yer uchastkalari umumiy maydonining 25 foizidan kam bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi (ekspluatatsiya muddatini o‘tab bo‘lgan hamda ma’nan eskirgan bino va inshootlarni renovatsiya qilish bundan mustasno).
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni ekish hamda parvarish qilish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
7. Daraxtlar va butalarni ekish uchun joy tanlash hamda ularni ekish:
aholi punktlarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga biriktirilgan yo‘l va ko‘chalar bo‘ylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarining bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi) tashkilotlari;
tabiiy va sun’iy suv oqimlari, suv havzalari hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishgan holda suv xo‘jaligi organlari;
(7-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
fermer xo‘jaligi yerlarida hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari;
zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(7-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
8. Ekish ishlari bahor va kuz oylarida ob-havo sharoiti, daraxtlar va butalarning tutuvchanligi, shuningdek, har bir daraxt va butaning turlariga mos keladigan ekishning agrotexnika qoidalariga rioya etgan holda olib boriladi. Yilning boshqa fasllarida ham ehtiyojdan kelib chiqib daraxtlar va butalarni ekish mumkin.
Tumanlar (shaharlar) markaziy ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish uchun ekiladigan daraxt va buta ko‘chatlarining ko‘karuvchanligini ta’minlash maqsadida yoshi 5 yildan kam bo‘lgan ko‘chatlarni hamda sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan yerlarga ko‘chatlarni ekish taqiqlanadi.
Daraxtlar va butalarni ko‘chirib o‘tkazish binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq holda bahor va kuz oylarida, zaruratdan kelib chiqib daraxtlarni ko‘chiradigan maxsus texnika mavjud bo‘lganida yil davomida amalga oshirilishi mumkin.
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan, yerdan 1,3 metr balandlikdagi tana diametri 15 santimetrgacha bo‘lgan daraxtlar hamda tana ildiz bo‘g‘zi diametri 10 santimetrgacha bo‘lgan butalar ruxsatnoma asosida ko‘chirib o‘tkazilishi mumkin.
Davlat dasturlari, transport va yo‘l infratuzilmasi obyektlari, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, davlat ahamiyatiga ega boshqa loyihalar doirasida qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda mazkur bandning to‘rtinchi xatboshisida belgilangan o‘lchamlardan ortiq bo‘lgan daraxt va butalarni ko‘chirib o‘tkazishga faqat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari asosida ruxsat beriladi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga ruxsatnoma asosida har bir ko‘chirilgan daraxt va butani uch yil davomida parvarish qilish majburiyati yuklanadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
9. Daraxtlar va butalarni sug‘orish va oziqlantirish:
shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko‘chalarda-biriktirilganligiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqda tashkilotlar;
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki ko‘chalar, mahallalar hududlari hamda ko‘p kvartirali uylar oralig‘i va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida — o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqda tashkilotlar;
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashkilotlari;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkilotlari;
daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar bo‘ylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv xo‘jaligi organlari;
(9-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
fermer xo‘jaliklari yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — mazkur yer egalari;
zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(9-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko‘chalarda hamda zaxira yerlarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
boshqa aholi punktlarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari;
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashkilotlari;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkilotlari;
daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar bo‘ylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv xo‘jaligi organlari;
(10-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
fermer xo‘jaligi yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari tomonidan amalga oshiriladi.
Butashdan hosil bo‘ladigan shox-shabbalarni olib chiqib ketish ushbu ishlarni bajargan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
11. Turli zararkunanda va kasalliklar ta’sirida zararlangan yoki kasalliklarga chalingan daraxtlar va butalarga kimyoviy va biologik ishlov berish:
shaharlar va boshqa aholi punktlarida hamda zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
qolgan hududlarda esa ushbu Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan tashkilotlar tomonidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(11-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
12. Yer uchastkalarining mulkdorlari, yer egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari, shuningdek, ushbu Nizomning 9-bandida ko‘rsatilgan tashkilotlar o‘zlariga tegishli yoki biriktirilgan hududlardagi daraxt va butalarni parvarish qilish va ularning muhofazasini ta’minlashlari shart.
3-bob. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish
13. Daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish statistik hisobotlarni tuzishda foydalanish uchun ma’lumotlar olish, ko‘kalamzorlashtirishni rivojlantirish, yangi obyektlarni qurish va mavjud obyektlarda rekonstruksiya ishlarini rejalashtirish, shaharlar va boshqa aholi punktlarida landshaft-arxitektura obyektlarini qayta tiklash, rekonstruksiya qilish va foydalanish, ularning saqlanishi va holati uchun javobgar shaxslarni aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.
14. Xatlov natijasida daraxtlarning soni, turi, holati, yoshi, geografik joylashuvi va boshqa parametrlari hisobga olinib, ularning reyestrlari shakllantiriladi.
15. Xatlov har yili ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxema asosida o‘tkaziladi. Bunda yangi ekilgan daraxtlarni biriktirish bo‘yicha qo‘shimcha xatlovlar amalga oshirilishi mumkin.
16. Xatlovni o‘tkazish uchun har bir hududda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari qabul qilinadi. Ushbu qarorlarda daraxtlar xatlovini o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruh (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh) tarkibi, xatlovni o‘tkazish vaqti va natijalarini taqdim etish muddatlari belgilanadi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Ekologiya qo‘mitasi) hududiy bo‘linmalari ishchi guruhlarning ishchi organi hisoblanadi.
Ishchi guruh mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari hamda o‘zlariga tegishli yoki biriktirilgan hududlarda tegishli tashkilotlar vakillaridan iborat tarkibda shakllantiriladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
17. Ishchi guruh tomonidan shaharlar, tumanlar va boshqa aholi punktlari, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari hamda tabiiy va sun’iy suv havzalarining xaritalari yoki sxemalari asosida xatlov o‘tkaziladigan uchastkalar va ularga mas’ullar belgilanadi.
18. Ishchi guruhning vazifalari quyidagilardan iborat:
joylarga chiqqan holda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish, hisobga olish va qayd etish;
daraxtlar reyestrini shakllantirish va Ekologiya qo‘mitasiga umumlashtirish uchun taqdim etish;
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uylar mulkdorlari egaligidagi bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) bo‘lgan yer uchastkalarini hamda bo‘sh turgan yoki shaharsozlik faoliyati natijasida shakllangan yangi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga mo‘ljallangan yer uchastkalarini, shuningdek, ularda joylashgan daraxt va butalarni aniqlash, tutash yer uchastkalari chegaralarini belgilash, ularni ushbu Nizomning 28-bandiga muvofiq ajratib berish bo‘yicha (daraxtlar joylashuvi sxemasi (xaritasi) ilova qilingan holda) takliflar ishlab chiqish va kiritish.
19. Xatlov ishlari aholi yashash punktlarida, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, tabiiy va sun’iy suv havzalari bo‘ylarida, fermer xo‘jaliklari yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda, zaxira yerlarda hamda tashkilotlar hududlarida olib boriladi.
20. Xatlov quyidagi uch bosqichda amalga oshiriladi:
ishchi guruh tomonidan joyiga chiqqan holda daraxtlarni hisobga olish hamda ularni jurnalda yoki raqamlashtirish yo‘li bilan qayd etish;
qayd etilgan ma’lumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan Daraxtlar reyestriga kiritish;
21. Xatlov ishlari Ekologiya qo‘mitasi, O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha metodik qo‘llanma asosida amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
22. Yangi (joriy yilda) ekilgan daraxtlar soni va turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Ekologiya qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan shakl asosida har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kuniga qadar Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga majburiy tartibda taqdim etib boriladi hamda ekilgan daraxtlar qiymati, turi va soniga qarab buxgalteriya qoidalariga binoan tegishliligicha balansga olinadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
23. Xatlov o‘tkazishda yuz yoshdan oshgan daraxtlar aniqlanganda, ularni tabiat yodgorliklari sifatida muhofazaga olish uchun alohida reyestr yuritiladi.
Ushbu daraxtlarni tabiat yodgorligi deb e’lon qilish “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
24. Tabiat yodgorligi deb e’lon qilingan daraxtlarni tashqi ta’sirlardan himoya qilish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yer egalari bilan birgalikda ushbu daraxtlarning atrofi tanasidan bir metrdan kam bo‘lmagan masofada va balandligi bir metr yigirma santimetr bo‘lgan metall panjara bilan o‘ralishini ta’minlashi kerak.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Shuningdek, ushbu daraxtlar to‘g‘risidagi davlat tili, rus va ingliz tillaridagi (daraxtning nomi, uning yoshi, reyestr raqami, joylashgan manzili) ma’lumotni o‘z ichiga olgan yorliq metall panjaraga osib qo‘yilishi zarur.
25. Xatlov yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan daraxtlar reyestri ma’lumotlari ishchi guruh tomonidan respublikada yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish uchun Ekologiya qo‘mitasiga yuboriladi.
Ekologiya qo‘mitasi daraxtlar reyestri ma’lumotlarini umumlashtiradi va “Yashil makon” platformasiga joylashtiradi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
26. “Yashil makon” platformasi:
yangi ekilgan daraxtlarni biriktirish bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan qo‘shimcha xatlovlar;
davlat organlari va tashkilotlari tomonidan har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kuniga qadar Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalariga majburiy tartibda taqdim etib boriladigan, yangi ekilgan daraxtlar soni va turi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
(26-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
daraxtlarni kesish, shu jumladan, sanitariya maqsadida kesish uchun berilgan ruxsatnomalar;
daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish va ko‘chirish bo‘yicha aniqlangan huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida muntazam ravishda yangilab boriladi.
“Yashil makon” platformasi ma’lumotlaridan kelgusida qurilish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish uchun daraxtlar mavjud uchastkalarda loyihalashtirish, davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish va boshqa ishlarni olib borish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar bepul foydalanishlari mumkin.
27. Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari daraxtlarni biriktirish bo‘yicha quyidagi vazifalarni bajaradi:
(27-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
shaharlar va boshqa aholi punktlarida joylashgan hamda bo‘sh turgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga mo‘ljallangan yer uchastkalari xatlovdan o‘tkazilishini tashkil etish;
xatlov natijalariga muvofiq tegishli yer uchastkalarini davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda ko‘p kvartirali uylar mulkdorlariga belgilangan talablar asosida doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berish yuzasidan taklif ishlab chiqish va mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish;
aholi punktlaridagi qarovsiz qolgan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish, ularni bino va inshootlarning mulkdorlari yoki foydalanuvchilariga tutash hududlardan kelib chiqqan holda biriktirish bo‘yicha taklif ishlab chiqish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga taqdim etish.
Daraxtlarni biriktirish bo‘yicha takliflarga daraxt joylashuvi sxemasi (xaritasi), mahalliy davlat hokimiyati organining daraxtlarni biriktirish to‘g‘risida tegishli qarori loyihasi hamda foto materiallar ilova qilinadi.
Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining hududiy organlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan birgalikda aholi punktlarida qarovsiz qolgan daraxtlarni saqlash va parvarish qilish, “Yashil bog‘lar” va “Yashil jamoat parklari”ni ko‘kalamzorlashtirish, shu jumladan, ular hududlarida daraxtlarni ekish, saqlash va parvarish qilish ishlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda ishsiz shaxslar mavjud bo‘lganda har bir mahalladan kamida bittadan fuqaro jalb qilinishi mumkin.
Ushbu fuqarolarning mehnatiga haq to‘lash Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
28. Daraxtlarni biriktirish:
a) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan:
bino va inshootlarga tutash (chegaradosh) bo‘lgan yer uchastkalarini;
aholi punktlarida joylashgan hamda bo‘sh turgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga mo‘ljallangan yer uchastkalarini;
shaharsozlik faoliyati natijasida shakllangan yangi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirishga mo‘ljallangan yer uchastkalarini tegishli davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uylar mulkdorlariga doimiy foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda ajratib berish;
b) mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tashkilotlardan boshqa yuridik shaxslar — aholi punktidagi binolar va inshootlarning mulkdorlari yoki ulardan foydalanuvchilar, shu jumladan, ijaraga oluvchilarga yer uchastkalarini ajratmagan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining daraxtlarni biriktirish to‘g‘risidagi tegishli qarorlari bilan amalga oshiriladi. Bunda daraxtlarni biriktirish yuridik shaxslarning roziligi asosida Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tomonidan keng targ‘ibot va tashviqot tadbirlarini tashkil etish doirasida amalga oshiriladi.
(28-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
29. Ushbu Nizomning 28-bandiga asosan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan yer uchastkalaridagi mavjud daraxtlar yoki yuridik shaxslarga yer uchastkalarini ajratmagan holda biriktirib berilgan daraxtlar bo‘yicha Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tomonidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ko‘p kvartirali uylar mulkdorlari va boshqa yuridik shaxslarga daraxtlar reyestridan elektron shaklda ko‘chirmalar beriladi.
(29-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Daraxtlar reyestridan ko‘chirma ikki nusxada tuziladi va Ekologiya qo‘mitasi hududiy bo‘linmasining mas’ul xodimi hamda daraxtlar reyestridan ko‘chirmani qabul qilib oluvchi tashkilot rahbari yoki uning ishonchli vakili tomonidan imzolanadi.
(29-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Daraxtlar reyestridan ko‘chirmaning bir nusxasi Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmasida, ikkinchi nusxasi tegishli tashkilotda saqlanadi.
(29-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Daraxtlar reyestridan ko‘chirma yangi ekilgan, ruxsatnomalar asosida kesilgan, qonunga xilof ravishda kesilgan, kundakov qilingan, yo‘q qilingan, shuningdek, ko‘chirib o‘tkazilgan daraxtlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida yangilab boriladi.
Daraxtlar reyestridan berilgan ko‘chirma mazkur daraxtlar va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan hech qanday huquqni keltirib chiqarmaydi.
30. Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmasi zarur hollarda ushbu Nizomning 28-bandiga asosan doimiy foydalanish huquqi bilan ajratib berilgan yer uchastkalaridagi daraxtlarni parvarish qilish hamda sug‘orish yuzasidan tegishli davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uylar mulkdorlariga majburiy ko‘rsatmalar kiritadi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
5-bob. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish, ko‘chirib o‘tkazish yoki kompensatsiyaviy ekish tartibi
31. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesishga sanitariya maqsadlarida, shuningdek, binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq holatlarda yo‘l qo‘yiladi, bundan ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlari mustasno.
Daraxtlar va butalarni kesish, ko‘chirib o‘tkazish to‘lov asosida amalga oshiriladi, bundan sanitariya maqsadida kesish hollari mustasno.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
311. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar tanasining bir qismi va (yoki) tag qismidan (qurigan va kasallangan daraxtlar) sanitariya maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmalarida tashkil etilgan komissiyalarning qarorlariga muvofiq to‘lovlarsiz ruxsatnoma asosida kesiladi. Bunda ushbu komissiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmalarining malakali mutaxassislaridan iborat yetti kishilik tarkibda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Daraxtlar va butalarning shoxlarini sanitariya maqsadida kesish yoki butashga ruxsatnoma talab etilmaydi.
(311-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
32. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish, ko‘chirib o‘tkazish uchun ruxsatnoma berish (olish) Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda:
(32-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
a) Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish uchun taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqish muddati davomida:
(32-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
hujjatlarni tekshiradi;
zaruratga ko‘ra boshqa davlat organlarida mavjud, qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni “Litsenziya” AT orqali mustaqil ravishda oladi;
daraxtlar va butalar holatini joyiga chiqib o‘rganadi;
daraxtlar va butalarni kesish, ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha jamoatchilik eshituvini amalga oshiradi va uning xulosasini shakllantiradi;
(32-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
daraxtlar va butalarni saqlab qolish imkoniyatlarini, shu jumladan, ko‘chirib o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqadi hamda ko‘chirib o‘tkaziladigan daraxtlar va butalarning soni, turi, muddatlari va ko‘chirish joyini aniqlaydi;
saqlab qolishning iloji bo‘lmagan taqdirda, kesilishi lozim bo‘lgan daraxtlar va butalar sonini belgilaydi hamda kompensatsiyaviy ekiladigan daraxtlar va butalarning soni, turi hamda ekish muddati va joyini aniqlaydi.
b) yuridik va jismoniy shaxslarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida qimmatliligi jihatidan kesilgan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan yirik o‘lchamli (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) 10 tup ko‘chatni ekish hamda kamida ikki yil davomida parvarish qilish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyat yuklanadi.
Bunda Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tomonidan kesilgan daraxtlar va butalarning qiymati, ular o‘rniga ekiladigan ko‘chat turlari, shuningdek, ularni ekish muddatlari hamda joyi ko‘rsatilgan holda majburiy ko‘rsatma beriladi.
Daraxt va butalarni kesish uchun ruxsatnoma berilgani uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan yig‘imni to‘lagani yuridik va jismoniy shaxslarni kompensatsiya tarzida ekish hamda parvarish qilish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirish uchun o‘z xodimlari yoki boshqa ekspertlar, shu jumladan, daraxtlarning holatini baholash maqsadida dendrologiya bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilgan holda ishchi guruhlar tashkil etishi mumkin.
(32-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirish uchun o‘z xodimlari yoki boshqa ekspertlar, shu jumladan, daraxtlarning holatini baholash maqsadida dendrologiya bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilgan holda ishchi guruhlar tashkil etishi mumkin.
(32-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
33. Daraxtlar va butalarni ko‘chirib o‘tkazish ishlari Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari vakillari nazorati ostida yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari yoki ushbu yer uchastkalarida loyihalarni amalga oshiruvchi buyurtmachi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
tegishli yuridik va jismoniy shaxslar Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari, yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilariga, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslarga daraxtlar va butalarni ko‘chirib o‘tkazishdan kamida uch kun oldin unda ishtirok etuvchi vakillar ishtirokini ta’minlash yuzasidan yozma ravishda xabar beradi;
yozma xabarnomani olgan manfaatdor shaxslar daraxtlar va butalarni ko‘chirib o‘tkazish ishlarida o‘z vakillari ishtirokini ta’minlaydi;
ko‘chirib o‘tkazish sanasi, joyi (manzil va joyining konturlari) daraxtlar va butalar soni, turi, ko‘chirib o‘tkazishning sababi, ushbu jarayonda ishtirok etgan shaxslar to‘g‘risidagi (F.I.O., tashkilot nomi) ma’lumotlar ko‘rsatilgan hamda foto materiallar ilova qilingan holda bir nusxada dalolatnoma tuziladi va ishtirok etuvchilar tomonidan imzolanadi;
dalolatnomada mas’ul shaxslarning ruxsatnoma asosida ko‘chirib o‘tkazilgan daraxt va butalarni kamida o‘ch yil davomida parvarish qilish majburiyati qayd etiladi.
Ko‘chirib o‘tkazish dalolatnomasining asl nusxasi Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalarida uch yilgacha saqlanadi.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
34. Kompensatsiya yoki majburiyat tarzida ekiladigan daraxt va butalar uchun yer uchastkalari Ekologiya qo‘mitasi tomonidan hududlarda tashkil etilgan “Yashil bog‘lar” va “Yashil jamoat parklari”, daraxt va butalar bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlari, shuningdek, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish uchun mo‘ljallangan boshqa hududlardan belgilanadi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Kompensatsiyaviy ekish ishlari Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari vakillari, yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilari ishtirokida amalga oshiriladi. Bunda:
(34-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari kompensatsiyaviy ekish uchun mas’ul shaxslarga, yer uchastkalarining mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari yoki ijarachilariga, shuningdek, boshqa manfaatdor shaxslarga daraxtlar va butalarni kompensatsiyaviy ekishdan kamida uch kun oldin unda ishtirok etuvchi vakillar ishtirokini ta’minlash yuzasidan yozma ravishda xabar beradi;
(34-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
kompensatsiyaviy ekish uchun mas’ul shaxslar va boshqa manfaatdor shaxslar daraxtlar va butalarni kompensatsiyaviy ekish ishlarida o‘z vakillari ishtirokini ta’minlaydi;
kompensatsiyaviy ekish sanasi, joyi (manzil va joyining konturlari) daraxtlar va butalar soni, turi, yoshi, kompensatsiyaviy ekish sabablari (asoslari), kompensatsiyaviy ekishda ishtirok etgan jismoniy yoki yuridik shaxslar to‘g‘risidagi (F.I.O., tashkilot nomi) ma’lumotlar ko‘rsatilgan hamda foto materiallar ilova qilingan holda bir nusxada dalolatnoma tuziladi va ishtirok etuvchilar tomonidan imzolanadi. Dalolatnomada mas’ul shaxslarning kompensatsiyaviy ekilgan ko‘chatlarni kamida ikki yil davomida parvarish qilish majburiyati qayd etiladi.
Kompensatsiyaviy ekish dalolatnomasining asl nusxasi Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalarida uch yilgacha saqlanadi.
(34-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Kompensatsiyaviy ekish ishlarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, jamoatchilik ekologik nazoratining inspektorlari hamda boshqa shaxslar ishtirok etishi mumkin.
341. Kompensatsiya yoki majburiyat tarzida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va parvarish qilish yuklatilgan shaxslar bilan tuzilgan shartnoma asosida O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi tizimidagi davlat o‘rmon xo‘jaliklari — pudrat tashkilotlari tomonidan ushbu daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi hamda belgilangan muddat davomida parvarish qilinishi mumkin. Bunda:
belgilangan yer uchastkalarida O‘rmon va yashil hududlarni ko‘paytirish, cho‘llanishga qarshi kurashish agentligi buyurtmachiligida belgilangan tartibda aniqlanadigan loyihalashtirish tashkiloti ishlab chiqadigan loyihalar asosida daraxt va buta ko‘chatlari davlat o‘rmon xo‘jaliklari — pudrat tashkilotlari tomonidan ekiladi hamda parvarish qilinadi;
loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq xarajatlar Ekologiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
kompensatsiya yoki majburiyat tarzida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va parvarish qilish yuklatilgan shaxslar shartnoma asosida daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, belgilangan muddat davomida parvarish qilish xarajatlarini davlat o‘rmon xo‘jaliklari — pudrat tashkilotlariga to‘lab beradi.
Daraxt va buta ko‘chatlari kompensatsiya yoki majburiyat tarzida ruxsatnoma asosida yoki noqonuniy tarzda kesilgan daraxt va butalar joylashgan hududda ekiladi hamda parvarish qilinadi, bo‘sh yer uchastkalari mavjud bo‘lmagan hollar bundan mustasno.
(341-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
35. Sanitariya maqsadida daraxtlar va butalarni kesish:
quriyotgan yoki qurib qolgan;
dekorativ xususiyatini yo‘qotish natijasida hovli, ko‘cha va boshqa jamoat joylarining ko‘rinishini buzib turgan;
kasallikka chalingan;
kasallik tarqatuvchi hayvonlar va hasharotlarning manbaiga aylangan;
odamlarning hayoti va sog‘lig‘iga hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga xavf solayotgan holatlarda amalga oshiriladi.
36. Sanitariya maqsadida daraxtlar va butalarni kesish:
shaharlar va tumanlar markazidagi ko‘chalarda hamda zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(36-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
mahallalar hududlari hamda ko‘p kvartirali uylar oralig‘i va atrofida, shu jumladan, ko‘chalar va boshqa aholi punktlarida — fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari, shuningdek, jismoniy shaxslarning murojaatiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari;
(36-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
tashkilotlarning hududlarida — yer egalari;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining tashkilotlari;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkilotlari;
daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar bo‘ylarida — tegishliligi bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat va suv xo‘jaligi organlari;
(36-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
fermer xo‘jaliklari yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari tomonidan amalga oshiriladi.
37. Kesish, butash va ko‘chirib o‘tkazish ishlarida hosil bo‘lgan chiqindilarning (shox-shabba, barglar va boshqa kesish ishlari qoldiqlari) olib chiqib ketilishi, shuningdek, buzilgan yerlarning qayta tiklanishi ushbu ishlarni amalga oshirgan mas’ullar tomonidan bir sutka davomida ta’minlanishi shart.
daraxt va butalarni sanitar maqsadida kesish, shakl berish hamda ularning ruxsat etilgan o‘lchamdagilarini ko‘chirib o‘tkazish ishlari yaproq va igna bargli turlar uchun kuz mavsumida — o‘simliklarning vegetatsiya davri yakunlangandan boshlab bahor mavsumining 1-apreliga qadar amalga oshiriladi.
Daraxt va butalarni ko‘chirib o‘tkazish ishlari, binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish yoki rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq hollarda daraxt va butalarni ildiz tuprog‘ini (komi) saqlagan holda amalga oshiriladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qaroriga asosan ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
6-bob. Daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yo‘q qilganlik yoki ko‘chirib o‘tkazganlik uchun javobgarlik
38. Daraxtlar va butalarning noqonuniy kesilishi, kundakov qilinishi, shikastlantirilishi, yo‘q qilinishi yoki ko‘chirib o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yo‘q qilganlik yoki ko‘chirib o‘tkazganlik uchun aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi hamda:
ushbu Nizomga 4-ilovada belgilangan miqdorlarda zarar hisoblanib, tegishli tartibda undiriladi;
noqonuniy tayyorlangan mahsulotlar (yog‘och, o‘tin va boshqalar) huquqbuzardan olib qo‘yiladi;
huquqbuzarga har bir kesilgan daraxt va buta uchun qimmatliligi jihatidan kesilgan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan (daraxt — 3 yillik, buta — 2 yillik) 100 tup ko‘chatni ekish hamda kamida uch yil davomida parvarish qilish bo‘yicha majburiyat yuklanadi. Bunda Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslari noqonuniy kesilgan va (yoki) yo‘q qilingan daraxtlar va butalarning qiymatini, ular o‘rniga ekiladigan ko‘chatlarning turlarini, shuningdek, ekish muddatlari hamda joyini belgilagan holda majburiy ko‘rsatma beradi. Kompensatsiya tarzida ekish ishlari ushbu Nizomning 34-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(38-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslari majburiy ko‘rsatmalarini bajarmaslik huquqbuzarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
(38-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
39. Moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytiriladi. Bunda:
darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytirilgan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil mobaynida darajasini (reyting bahosini) ko‘tarish imkonidan mahrum bo‘ladi;
darajasini (reyting bahosini) bir pog‘onaga pasaytirish imkoni bo‘lmagan qurilish-pudrat tashkilotlari bir yil muddatga qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingidan to‘liq chiqarib tashlanadi.
Qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etganlik holati tasdiqlanganidan so‘ng uch kun muddatda Ekologiya qo‘mitasi yoki uning hududiy bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga ushbu qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasiga (reyting bahosiga) ta’sir ko‘rsatish choralarini ko‘rish yuzasidan taqdimnoma kiritiladi.
(39-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi taqdimnoma tushgan kundan boshlab 10 ish kunida tegishli qurilish-pudrat tashkilotining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasiga ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llaydi va bu to‘g‘risida Ekologiya qo‘mitasiga rasmiy axborot kiritadi.
(39-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
40. Daraxtlar va butalarni noqonuniy kesishdan hosil bo‘lgan mahsulotlar (yog‘och, o‘tin va boshqalar) Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari tomonidan tegishli dalolatnomani rasmiylashtirish orqali qabul qilib olinadi.
(40-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Ushbu mahsulotlar (yog‘och, o‘tin va boshqalar) tayyorlov va savdo tashkilotlari yoki tadbirkorlik subyektlari omborxonalariga vaqtincha saqlash uchun joylashtirilishi mumkin.
Daraxtlar va butalarni sanitariya maqsadida yoki noqonuniy kesishdan hosil bo‘lgan mahsulotlar (yog‘och, o‘tin va boshqalar) o‘tin sifatida ishlatish uchun “Mehribonlik” uylari, “G‘amxo‘rlik” markazlari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari, shuningdek, ta’lim va sog‘liqni saqlash tashkilotlariga hamda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tavsiyasiga ko‘ra Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga tegishli dalolatnoma asosida beriladi.
(40-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2026-y., 09/26/271/0529-son)
41. Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni kesishga ruxsatnomalar berish, shuningdek, ularni g‘ayriqonuniy kesganlik, kundakov qilganlik, shikastlantirganlik, yo‘q qilganlik yoki ko‘chirib o‘tkazganlik uchun undiriladigan mablag‘lar (zarar va jarimalar) Ekologiya qo‘mitasining Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasining hisobvarag‘iga tushadi va uning 26 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga o‘tkaziladi.
(41-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Tut daraxtlarini g‘ayriqonuniy ravishda kesganlik, shikastlantirganlik yoki yo‘q qilganlik uchun undirilgan jarimalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi. Bunda undirilgan jarimalarning 50 foizi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasining hisobvarag‘iga, 26 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga hamda viloyatlar va Toshkent shahrining tegishli mahalliy budjetlariga o‘tkaziladi.
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar, qonunbuzarlik sodir etilgan hududda maqsadli ravishda yangi tut ko‘chatlarini ekishga yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘larni boshqa maqsadlarga, shu jumladan, qarzdorlikni qoplashga yo‘naltirish taqiqlanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
42. Ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi bo‘yicha davlat nazorati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ichki ishlar organlari tomonidan amalga oshiriladi.
43. Daraxtlar va butalarni muhofaza qilish, parvarish qilish, xatlovdan o‘tkazish, biriktirish, kesish, ko‘chirib o‘tkazish, ekish yoki kompensatsiyaviy ekish ustidan jamoatchilik nazorati qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
44. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish va parvarish qilish
Daraxtlar va butalarni ekish uchun joy tanlash va ekish
1. Aholi punktlarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari.
2. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga biriktirilgan yo‘l va ko‘chalar bo‘ylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
3. Tashkilotlarga tegishli hududlarda — yer egalari.
4. Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashkilotlari.
5. Tabiiy va sun’iy suv oqimlari, suv havzalari hamda boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan kelishgan holda suv xo‘jaligi organlari.
6. Fermer xo‘jaligi yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.
7. Zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
Daraxtlar va butalarni ekish — bahor va kuz faslida yoki ehtiyojdan kelib chiqqan holda boshqa fasllarda
2-bosqich
Daraxtlar va butalarni sug‘orish va oziqlantirish
1. Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko‘chalarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqda tashkilotlar.
2. Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ichki ko‘chalar, mahallalar hududlari hamda ko‘p qavatli uylar oralig‘i va atrofida, shuningdek, boshqa aholi punktlarida o‘zlariga biriktirilgan hududlar bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari, o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan binodan ko‘chagacha bo‘lgan oraliqdagi tashkilotlar.
3. Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.
4. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashkilotlari.
5. Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkilotlari.
6. Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar bo‘ylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv xo‘jaligi organlari.
7. Fermer xo‘jaliklari yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.
8. Zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
Yil davomida
3-bosqich
Daraxtlar va butalarni butash
1. Shaharlar va tumanlar markazlaridagi ko‘chalarda hamda zaxira yerlarda — biriktirilganligiga muvofiq mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
2. Boshqa aholi punktlarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari.
3. Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.
4. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashkilotlari.
5. Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkilotlari.
6. Daryo, soy, irmoq, kanal, zovur va ariqlar bo‘ylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv xo‘jaligi organlari.
7. Fermer xo‘jaligi yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.
Bahor faslida yoki ehtiyojdan kelib chiqqan holda — yil davomida
4-bosqich
Turli zararkunanda va kasalliklar ta’sirida zararlangan yoki kasallikka chalingan daraxt va butalarga kimyoviy va biologik ishlov berish
1. Aholi punktlarida hamda zaxira yerlarda — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari.
2. Tashkilotlarning hududlarida — yer egalari.
3. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari bo‘ylarida — Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashkilotlari.
4. Umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar bo‘ylarida — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tashkilotlari.
5. Daryo, soy, irmoq, kanal, kollektor-drenaj tarmoqlari va ariqlar bo‘ylarida — mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va suv xo‘jaligi organlari.
6. Fermer xo‘jaligi yerlarida va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan boshqa yerlarda — yer egalari.
Yil davomida
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish
1. Xatlov o‘tkazish to‘g‘risida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi qarorini qabul qilish.
2. Xatlovni o‘tkazish bo‘yicha Ishchi guruhni shakllantirish.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Ekologiya qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari, yer egalari yoki biriktirilgan hududlardagi tegishli tashkilotlar
Xatlov o‘tkaziladigan yili 10-fevralga qadar
2-bosqich
Xatlov o‘tkaziladigan uchastkalar va mas’ullarni belgilash.
Ishchi guruh
Xatlov o‘tkaziladigan yili 1-martga qadar
3-bosqich
1. Joyiga chiqqan holda daraxtlarni xatlovdan o‘tkazish, hisobga olish hamda ularni jurnalda yoki raqamlashtirish yo‘li bilan qayd etish.
2. Qayd etilgan ma’lumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va daraxtlar reyestriga kiritish.
3. Daraxtlar reyestri ma’lumotlarini Ekologiya qo‘mitasiga taqdim etish.
Ishchi guruh
Xatlov o‘tkaziladigan yili 1-martdan 1-noyabrga qadar
4-bosqich
1. Daraxtlar reyestri ma’lumotlarini “Yashil makon” platformasiga kiritish ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 342-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2026-y., 09/26/342/0657-son)
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
DARAXTLAR REYESTRI
Reyestr raqami
Viloyat
Tuman
(shahar)
Tashkilot nomi
Manzili
(MFY, ko‘cha va bosh.)
Daraxt turi
(nomlanishi)
Daraxts oni
Daraxt holati
(sog‘lom, kasallangan, qurigan)
Daraxt tanasining aylanma o‘lchami
(1,3 metr balandlikda, sm)
Daraxt ningyoshi
(yil)
Joylashuv lokatsiyasi
(koordinatalari)
Daraxtlarni ro‘yxatga olish raqami
Xatlov dalolatnomasi raqami va sanasi
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni ekish, parvarish qilish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 4-ILOVA
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish bilan ularga yetkazilgan zararni undirish
MIQDORLARI
T/r
Qoidabuzarlik turlari
Zarar miqdori (bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda)
100 yoshdan kichik
100 yosh va undan yuqori
kam qiymatli
qimmatbaho
kam qiymatli
qimmatbaho
1.
Kesilgan, yo‘q qilingan yoki o‘sishdan to‘xtash darajasigacha shikastlangan har bir daraxt va buta uchun, to‘nkasi oldidagi diametri (sm):
4 gacha
1
4
4
8
4,1 — 8
1,5
6
6
12
8,1 — 12
2
10
8
20
12,1 — 16
3
13
12
26
16,1 — 20
5
18
20
36
20,1 — 24
7,5
25
30
50
24,1 — 28
9
35
36
70
28,1 — 32
11,5
45
46
90
32,1 — 36
16,5
55
66
110
36,1 — 40
22
65
88
130
40,1 — 44
26
80
104
160
44,1 — 48
31
95
124
190
48,1 — 52
36
105
144
210
52,1 — 56
41
115
164
230
56,1 — 60
46
135
184
270
60,1 — 64
52,5
145
210
290
64 santimetrdan ortiq diametrning har bir santimetri uchun to‘lov 0,5 koeffitsiyent miqdorida oshadi.
2.
Noqonuniy kesilgan:
1 m³ saksovul uchun
14
1 m³ cherkez, qandim, yulg‘un va boshqa yovvoyi holda o‘suvchi butalar uchun
3
3.
O‘sishdan to‘xtamaydigan darajasigacha shikast yetkazilgan har bir:
daraxt uchun
3
4
4
4
buta uchun
1
2
Izoh.
Noqonuniy kesilgan daraxtlarning tanasi diametri yer bilan tutashgan joyidan o‘lchanadi.
Butalarning diametri ildiz bo‘g‘zidan o‘lchanadi.
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy davrida daraxtlar va butalarga yetkazilgan zarar uchun undirish summalari ikki baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 14-ilovada:
ilovaning nomidagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida” so‘zlari “Davlat o‘rmon fondi yerlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlarda undirish miqdori” ustuni nomidagi “shuningdek aholi yashash joylari va transport magistrallarining o‘rmon fondi tarkibiga kirmaydigan daraxt-butazorlar” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga 15-ilovaning 9-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
9.
Ruxsat etishga oid talab va shartlar:
a) o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilik talab va shartlariga rioya qilish;
b) vakolatli organ tomonidan belgilangan muddatlarda va joylarga ruxsatnoma asosida kesilgan har bir daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida 10 tup qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan, yirik o‘lchamli ko‘chatlarini ekish (daraxt — 5 yillik, buta — 3 yillik) hamda ularni kamida ikki yil davomida parvarish qilish.
”.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalardan foydalanishni tartibga solish va ulardan foydalanish sohasida ruxsat berish tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi 43-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2019-yil 27-dekabrdagi 1044-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 21-maydagi PF-5723-son Farmoni)” 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-son qarorining 266-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qaroriga 4-ilovaning 6-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son Qonuni)” 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 557-bandi.