1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.11.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy ta’lim (bakalavriat va magistratura)]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
1. Shunday tartib joriy etilsinki, unga ko‘ra:
a) 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
davlat oliy ta’lim muassasalarida ularning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakli joriy etiladi;
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.02 Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.03 Professional ta’lim]
o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tasarrufida ushbu ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning taklifi asosida Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.05 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim]
davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali o‘rtacha ko‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi hamda qo‘shimcha imtihon o‘tkazilmaydi;
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.09.00 Vakolatxonalar va filiallar. Sho‘’ba korxonalar;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.11.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
b) respublikada faoliyat yurituvchi davlat, nodavlat va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari hamda ularning filiallari bakalavriati va magistraturasiga qabul bir o‘quv yilida bir marta (iyun — sentabr oylari oralig‘ida) amalga oshiriladi. Bunda, zarur hollarda, oliy ta’lim tashkilotlari magistraturasiga bir o‘quv yilida ikkinchi marta qabul qilishga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining taklifiga asosan Davlat komissiyasi tomonidan ruxsat etilganda yo‘l qo‘yiladi;
(1-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.05 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim]
v) davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi;
g) tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan summadan kam bo‘lmagan miqdorda oliy ta’lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilanadi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
d) qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.12.00 Chet ellik fuqarolarni ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish]
e) davlat oliy ta’lim muassasalariga bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda chet el fuqarosini to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini tegishli ta’lim yo‘nalishi va mutaxassislik uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga nisbatan belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash huquqi beriladi. Bunda, chet el fuqarosi oliy ta’lim muassasasi tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra o‘qishga qabul qilinadi;
j) 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari faqat davlat granti bo‘yicha tasdiqlanadi;
davlat oliy ta’lim muassasalariga (moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik (idora) tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi hamda har yili 20-iyunga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
(1-band “j” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos keluvchi imtihon fanlari majmuasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda imtihon sinovlari boshlanishidan kamida 6 oy oldin e’lon qilinadi.
(1-band “j” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
2. 2026/2027 o‘quv yilida respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga (keyingi o‘rinlarda — respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari) davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 452 ta o‘rin ajratilsin. Bunda 2030/2031 o‘quv yiliga qadar mazkur davlat granti har yili 10 foizdan oshirib borilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
3. Xotin-qizlarning oliy ta’lim bilan qamrovini oshirish orqali davlat va jamiyatdagi faolligini kuchaytirish, gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish maqsadida shunday tizim joriy etilsinki, unga ko‘ra:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
a) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasini olgan, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar uchun 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul parametrlariga qo‘shimcha 2 000 ta davlat granti ajratiladi. Bunda:
(3-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlarining kamida 50 foizi aniq va tabiiy fanlar, texnika va tibbiyot yo‘nalishlari orasida taqsimlanadi;
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
har yili 20-iyulga qadar tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun davlat granti o‘rinlarining oliy ta’lim muassasalari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti Davlat komissiyasi tomonidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining takliflari asosida tasdiqlanadi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
(3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
b) davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagilar qoplanadi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.05 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim]
2021/2022 o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga talabalikka qabul qilinib, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlarning 2022/2023 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdori;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.05 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim]
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga ajratilgan qabul parametrlari doirasida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt miqdori.
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasining tavsiyanomasi asosida xotin-qizlarni bakalavriatga qabul qilish hamda davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasini Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab berish tartiblarini tasdiqlasin.
4. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi (matn bo‘yicha — Davlat komissiyasi) tashkil etilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Davlat komissiyasiga quyidagi vakolatlar berilsin:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.09.00 Ilmiy tekshirish muassasalarining moddiy-texnik bazasi]
zarurat bo‘lganda, oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi, professor-o‘qituvchilari tarkibi va o‘quv-metodik ta’minotidan kelib chiqib, yangi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini kiritish hamda tashkil etiladigan yangi davlat oliy ta’lim muassasalari qabul parametrlarini belgilash uchun davlat buyurtmasi parametrlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.05 Oliy ta’limdan keyingi ta’lim]
davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga tegishli tarmoqlar va hududlar bo‘yicha maqsadli qabul parametrlarini belgilash, shuningdek, davlat buyurtmasi parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimotini tasdiqlash;
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida oliy ta’lim muassasalarining (moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalari bundan mustasno) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bazaviy to‘lov-kontrakt qiymatidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt minimal miqdorining yagona ko‘rsatkichlarini belgilash;
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish va ko‘chirib tiklash yuzasidan qarorlar qabul qilish.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
5. Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashga oid davlat buyurtmasini shakllantirish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilsin:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi doimiy asosda respublika hududlari doirasida davlat organlari, iqtisodiyotning real tarmoqlari va sohalarida ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklar va aniq kasblar bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rganadi hamda keyingi to‘rt yilga mo‘ljallangan prognozni shakllantirib boradi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.00 Davlat ta’lim standartlari va talablari]
har yili 1-aprelga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har bir davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlari loyihasini shakllantiradi hamda ko‘rib chiqish uchun Davlat komissiyasiga taqdim etadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
har yili 1-mayga qadar Davlat komissiyasi davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasiga qabul qilish bo‘yicha davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini shakllantiradi hamda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi.
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.06.00 Ma’muriy tartib-taomillar / 02.08.06.04 Davlat xizmatlarini ko‘rsatish]
6. Davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Bunda, abituriyentlarga:
test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash huquqi beriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik to‘lov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
7. Talabalar o‘qishini davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha quyidagi tartib joriy etilsin:
a) xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan (jumladan, xalqaro tan olingan reytinglarda birinchi 1 000 ta o‘rindan birini egallagan) oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishda:
talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. Bunda, kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli oliy ta’lim muassasasi tomonidan, test sinovlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladi;
(7-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.11.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari har yili 15-iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan belgilanadi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi;
(7-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.08.00 Ta’lim turlari / 13.01.08.04 Oliy ta’lim]
o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar bakalavriatga qabul qilishdagi tartibga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.02.00 Ta’lim tizimini boshqarish]
test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligi hamda tegishli oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi;
(7-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari]
b) xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.11.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
v) davlat oliy ta’lim muassasasining biridan boshqasiga talabalar o‘qishini ko‘chirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.11.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.05.00 Davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari]
g) talabalar o‘qishini respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan:
davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish mazkur bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan tartibda;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.11.00 Ta’lim muassasalariga qabul qilish, o‘qishni ko‘chirish, o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish o‘rnatilgan tartibda, tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdoriga teng bo‘lgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
d) sport musobaqalari g‘olibi sifatida imtiyoz bilan oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingan hamda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarning o‘qishini ularning arizalariga muvofiq, sirtqi ta’lim shaklidagi mos va turdosh ta’lim yo‘nalishiga (sirtqi ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda) davlat granti asosida ko‘chirishga ruxsat beriladi.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarini xavfsizlik talablariga to‘liq amal qilgan holda yuqori saviyada tashkil etishga shaxsan mas’ul etib belgilansin.
9. Belgilansinki:
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.03.00.00 Ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug‘urtani moliyalashtirish / 06.03.04.00 Budjetdan moliyalashtirish]
davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlari doirasida grant asosida bakalavriat va magistraturaga o‘qishga qabul qilingan shaxslarni o‘qitish xarajatlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;
[OKOZ:
1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.06.00 Nodavlat ta’lim tashkilotlari;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.07.00 Xorijiy mamlakatlarning ta’lim muassasalari va tashkilotlari]
respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida kadrlar tayyorlash uchun ajratiladigan davlat granti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyurtmasiga ko‘ra 2022-yilda Moliya vazirligi tomonidan qo‘shimcha ravishda moliyalashtiriladi, 2023-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi qarorlari 3-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda Davlat test markazi direktori M.M. Karimov belgilansin.
Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qaroriga 1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining
TARKIBI
1.
A.N. Aripov
—
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Davlat komissiyasi raisi
2.
O.K. Abduraxmanov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi, Davlat komissiyasi raisi o‘rinbosari
3.
I.Yu. Abdurahmonov
—
oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
4.
X.U. Umarova
—
maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
5.
B.A. Musayev
—
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri
6.
A.Sh. Inoyatov
—
sog‘liqni saqlash vaziri
7.
O.A. Nazarbekov
—
madaniyat va turizm vaziri
8.
A.D. Tashkulov
—
adliya vaziri
9.
B.O. Saidov
—
tashqi ishlar vaziri
10.
Sh.X. Shermatov
—
raqamli texnologiyalar vaziri
11.
A.B. Voitov
—
qishloq xo‘jaligi vaziri
12.
I.R. Maxkamov
—
transport vaziri
13.
B.F. Islamov
—
tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri
14.
J.T. Mirzamaxmudov
—
energetika vaziri
15.
A.I. Ikramov
—
yoshlar siyosati va sport vaziri
16.
A.R. Karimov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari
17.
Lavozimi bo‘yicha
—
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisi
18.
M.M. Karimov
—
Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori
19.
A.V. Nuridinov
—
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi
20.
O.M. Maxkamov
—
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi
21.
Sh.X. Daliyev
—
Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi, Davlat komissiyasi mas’ul kotibi
Izoh: Davlat komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qaroriga 2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-fevraldagi “M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-290-son qarori 3-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Filialning qabul parametrlari M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Filial Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-apreldagi “Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-1106-son qarori 3-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Universitetning qabul parametrlari Turin politexnika universiteti (Italiya Respublikasi), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Universitet Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-maydagi “Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3714-son qarorining 7-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Filialning qabul parametrlari “MISiS” MTTU, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Filial Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-iyuldagi “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3875-son qarori 9-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) “MMFI” MTYAU filialining qabul parametrlari bosh muassasa, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda filial Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi”.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-sentabrdagi “Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Farg‘ona shahridagi filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3952-son qarori 9-bandining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) Filialning qabul parametrlari Oliy maktab, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Filial Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlanadi”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4391-son qarori quyidagi mazmundagi 91-band bilan to‘ldirilsin:
“91. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, shuningdek, davlat oliy ta’lim muassasalariga ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xalqaro e’tirof etilgan reyting tashkilotlari (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) bilan oliy ta’lim muassasasini xalqaro reytingga kiritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzish huquqi berilsin”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“2. Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar kattalar va yoshlar o‘rtasida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida oxirgi to‘rt yilda, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1 — 3 o‘rin) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi”;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
9. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-iyundagi 417-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti kvotalarining (keyingi o‘rinlarda qo‘shimcha kvota deb ataladi) oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan shakllantirilib, har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi tegishli qarori qabul qilinganidan so‘ng ikki hafta muddatda Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Davlat komissiyasi deb ataladi) taqdim etiladi.
Oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha kvotalarning oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti ikki hafta muddatda Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son qaroriga 3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari ro‘yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi “2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida”gi PQ-92-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 23-iyundagi “Respublika oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2360-son qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-maydagi “2017/2018 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi PQ-2955-son qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyundagi “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi PQ-3769-son qarori.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-iyundagi “2019/2020 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-4359-son qarori.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-4749-son qarori.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-iyundagi “2021/2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi PQ-5157-son qarori.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)