O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PF-5763-son “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi PQ-4593-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2020-y., 07/20/4593/0174-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
7. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) oliy ta’lim muassasalarining tuzilmalari tegishli oliy ta’lim muassasalari rektorlari (mahalliy oliy ta’lim muassasalari filiallari direktorlari) tomonidan oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
b) davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotining rektori (xorijiy oliy ta’lim tashkiloti filialining mahalliy rektori yoki direktori, ijrochi direktori) bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora rahbari tavsiyasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(7-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
b1) davlat oliy ta’lim tashkilotining filiali direktori oliy ta’lim tashkiloti rektorining tavsiyasiga asosan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoniga asosan “b1” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-sentabr)
Oldingi tahrirga qarang.
v) davlat va davlat ulushi mavjud bo‘lgan oliy ta’lim tashkilotining prorektorlari (davlat oliy ta’lim tashkilotining filiali direktorining o‘rinbosarlari, xorijiy oliy ta’lim tashkiloti direktorining o‘rinbosarlari) oliy ta’lim tashkiloti kengashida o‘zining kamida bir yillik dasturini himoya qilish natijasiga ko‘ra mazkur oliy ta’lim tashkiloti rektori (filiali direktori) tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(7-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
g) oliy ta’lim muassasalari:
huzuridagi ilmiy-tadqiqot muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalari rahbarlari, akademik litseylar direktorlari, bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasining rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
fakultet dekanlari oliy ta’lim muassasasining rektori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
d) O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar rahbarlari, qonunchilik hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Kasbiy ta’lim agentligi tizimidagi tashkilotlar va hududiy bo‘linmalar birinchi rahbarlari Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(7-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 06/25/190/0985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
e) davlat texnikumlari:
direktorlari Kasbiy ta’lim agentligi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
direktorlarining o‘rinbosarlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’lim boshqarmalari boshliqlari tomonidan, shuningdek, akademik litsey direktori o‘rinbosarlari oliy ta’lim muassasasi rektori bilan kelishilgan holda akademik litsey direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
(7-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PF-190-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.10.2025-y., 06/25/190/0985-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlari moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalariga tatbiq etilmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi PQ-61-sonli qaroriga asosan o‘n beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
91. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, shuningdek, davlat oliy ta’lim muassasalariga ularning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xalqaro e’tirof etilgan reyting tashkilotlari (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) bilan oliy ta’lim muassasasini xalqaro reytingga kiritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun shartnomalar tuzish huquqi berilsin.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Vazirlik hamda tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan birgalikda har bir oliy ta’lim muassasasining yo‘nalishi va xususiyatidan kelib chiqqan holda ularning jihozlanishi alohida yondashuvni talab etayotganligini inobatga olib, Investitsiya dasturlari doirasida o‘quv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya vositalari va boshqa texnikalar bilan jihozlash uchun ajratiladigan mablag‘larni to‘g‘ridan-to‘g‘ri oliy ta’lim muassasalariga moliyalashtirish orqali ular tomonidan o‘rnatilgan tartibda xaridlar amalga oshirilishini ta’minlasin.
11. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
a) oliy ta’lim tashkiloti rektori (davlat oliy ta’lim tashkilotining filiali direktori) tomonidan:
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha qabul qilishda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdori mustaqil belgilanadi;
to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddatlari uzaytiriladi;
oliy ta’lim tashkilotini moliyalashtirish va shtat birliklari doirasida professor-o‘qituvchilar va boshqaruv xodimlari soni belgilanadi.
(11-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)
b) mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi doirasida amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim dasturlari, jumladan qo‘shma fakultetlarda:
talabalarni qabul qilish tartibi, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati hamda mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash miqdorlari hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan kelishuv asosida;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘qishga qabul qilish parametrlari, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini tasdiqlash hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari, bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi;
(11-band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
v) talaba-yoshlar o‘rtasida sport musobaqalarini keng ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari sport klublarini saqlash, sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish hamda ishtirokchilarni kiyim-kechak bilan ta’minlashni moliyalashtirish oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
g) davlat-xususiy sheriklik bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarida talabalar turar joylarini barpo etish loyihalari tadbirkorlik subyektining to‘liq o‘z mablag‘lari hisobidan belgilangan shartlar asosida moliyalashtirilgan hollarda qurilgan bino va inshootlarning (bundan yer maydoni, bino va inshootlarning umumiy foydalanishga mo‘ljallangan kommunikatsiya tarmoqlari egallagan qismi mustasno) 20 foizidan oshmagan qismi qonunchilikda taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun mahalliy xususiy sherikka mulk huquqi asosida o‘tkaziladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-apreldagi PQ-208-sonli qaroriga asosan “g” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2022-y., 07/22/208/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan:
a) 2027-yil 1-yanvarga qadar laboratoriya to‘plami, jihozlari va uskunalarni ta’lim ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda o‘z tashabbusiga ko‘ra chet eldagi ishlab chiqaruvchidan (uchinchi shaxslar ishtirokisiz) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilishga imkoniyat berilsin;
b) 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar chetdan olib kelinadigan belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxat bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan laboratoriya to‘plami, jihozlari va uskunalari import bojxona bojidan ozod etilsin.
Bunda imtiyoz qo‘llanilgan mazkur tovarlar import qilingan kundan boshlab 3 yil davomida boshqa shaxsga sotilgan yoki o‘tkazilgan yoxud ijaraga berilgan taqdirda, taqdim etilgan imtiyozlar bekor qilinadi hamda bojxona boji belgilangan tartibda to‘liq hajmda import qiluvchidan undirib olinadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 17-dekabrdagi PF-250-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son)
13. Vazirlik:
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi K.K. Kuranbayev va O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vaziri A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-iyul,
PQ-4391-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PF-107-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.07.2019-y., 07/19/4391/3411-son; 11.02.2020-y., 07/20/4593/0174-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son, 03.12.2021-y., 07/21/30/1125-son, 25.12.2021-y., 07/21/61/1195-son; 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son; 15.04.2022-y., 07/22/208/0311-son; 16.06.2022-y., 07/22/279/0530-son; 16.06.2022-y., 07/22/283/0537-son; 16.06.2022-y., 07/22/284/0536-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 04.07.2023-y., 06/23/107/0441-son; 25.12.2024-y., 06/24/226/1060-son; 28.10.2025-y., 06/25/190/0985-son; 23.12.2025-y., 06/25/250/1197-son; 13.04.2026-y., 06/26/58/0342-son)