1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorako‘lchilik]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikada go‘sht, jun va sut yo‘nalishidagi mayda shoxli mollarni ko‘paytirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Respublikada qo‘y va echkichilikni yanada rivojlantirish, tarmoq ozuqa bazasini ko‘paytirish, ushbu yo‘nalishdagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, aholi tomonidan chorvachilik xo‘jaliklari va chorva mahsulotlarini qayta ishlovchilar bilan hamkorlikda o‘z xonadonlarida mayda shoxli mollarni boqishni tashkil etish maqsadida:
1. Quyidagilar:
2022-2023-yillarda respublika hududiga olib kiriladigan qo‘y va echkilar soni bo‘yicha prognoz parametrlar 1-ilovaga muvofiq;
2022-2023-yillarda mayda shoxli mollar uchun ozuqa ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha prognoz parametrlar 2-ilovaga muvofiq;
2022-2023-yillarda hududlarda go‘sht, jun va sutni qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha prognoz parametrlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4984-son qarori asosida ajratilgan mablag‘larni o‘zlashtirish bo‘yicha quyidagi tartib belgilansin:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.03.00 Tijorat banklarining kreditlari]
a) mazkur mablag‘lar tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qo‘shish orqali hisoblanadigan stavka bo‘yicha kreditlar sifatida ajratiladi;
b) ushbu kreditlar quyidagi shartlarda ajratiladi:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
tadbirkorlik subyektlariga xorijdan go‘sht, jun va sut yo‘nalishidagi qo‘y va echkilar xarid qilish uchun — 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
tadbirkorlik subyektlariga ularning ozuqa sexlari (granulyator)ni, go‘sht, jun va sut mahsulotlarini qayta ishlashni tashkil etish bo‘yicha loyihalarini moliyalashtirish uchun — 10 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan;
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga yaylovlarda chorva mollarining suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun suv chiqarish (quduqlar burg‘ilash yoki mukammal ta’mirlash) va suv inshootiga resurs tejamkor uskunalar o‘rnatish uchun — 5 yil muddatgacha, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan.
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
3. Moliya vazirligi qo‘y va echki bosh sonini ko‘paytirish hamda aholining bandligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 2022-yil 15-mayga qadar 30 milliard so‘m miqdoridagi kredit resurslarini 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga tijorat banklariga 10 foiz stavkada ajratsin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash]
Bunda, mazkur mablag‘lar tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga qo‘y va echki xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-55-son qarorida belgilangan tartib bo‘yicha kredit sifatida ajratiladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4759-son qaroriga muvofiq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga ular tomonidan qo‘lda gilam to‘qishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan har bir kilogramm “merinos” zotli qo‘y va “angor” zotli echkilarning juni uchun ikki ming so‘mdan subsidiyalar ajratilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.13.00 Davlat subsidiyalari va grantlari]
Belgilansinki, mazkur subsidiyalar:
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xo‘jalik boshqaruvi organlari / 02.03.03.00 Qo‘mitalar]
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan beriladi;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.09.00 Qishloq xo‘jaligi tarmoqlari / 09.14.09.07 Chorvachilik. Qorako‘lchilik;
2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.17.00 Xalq badiiy hunarmandchiligi]
xonadonida chorva boquvchi aholiga ular tomonidan junni qayta ishlashga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan barcha zotdagi qo‘y va echkilarning har bir kilogramm juni uchun ajratiladi.
5. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasi va uning Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi “Qorako‘l” hududiy uyushmalarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi “Qorako‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3603-son qaroriga asosan Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi “Qorako‘l” uyushmalarining AT “Xalq banki” filiallarida ochilgan maxsus hisob raqamlar shaklidagi Qorako‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4420-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Qorako‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armasiga qo‘shish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bunda, AT “Xalq banki” va Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari “Qorako‘l” hududiy uyushmalari bir oy muddatda AT “Xalq banki” filiallarida Qorako‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armalari bilan bog‘liq pul o‘tkazmalarini Qorako‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkazib berish choralarini ko‘rsin va ushbu mablag‘lar hisobidan kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4420-son qarorining 8-bandida nazarda tutilgan tartibda ajratilishiga ruxsat berilsin.
6. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi va Moliya vazirligining ipak qurti urug‘i, tut ko‘chatlari va pilla yetishtirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hamda qorako‘lchilik bilan shug‘ullanayotgan subyektlar, qorako‘lchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va qorako‘lchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar uchun ko‘zda tutilgan soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Soliq va Bojxona kodekslariga mazkur banddan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bo‘yicha qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari hamda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Q. Sharipov belgilansin.
Ushbu qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2022-yil 26-aprel,
PQ-224-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-224-son qaroriga 1-ILOVA
2022-2023-yillarda respublika hududiga olib kiriladigan qo‘y va echkilar soni bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-224-son qaroriga 4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2841-son qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisidan “va uning o‘rinbosarlari” so‘zlari chiqarib tashlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2856-son qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining raisi muassislar umumiy yig‘ilishining qarori bilan saylanadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi hamda maqomiga ko‘ra vazirga tenglashtiriladi. “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisining o‘rinbosarlari “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi tomonidan lavozimiga tayinlanadi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4420-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish uyushmasining Jamg‘armaga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘ni tijorat banklari orqali qorako‘lchilik subyektlariga 5 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan, yillik 5 foiz (shundan 4 foiz bank marjasi) stavkada kredit sifatida ajratish haqidagi taklifi ma’lumot uchun qabul qilinsin”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4759-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisida “O‘zbekchorvanasl” agentligi” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4984-son qarorining 2-bandida:
a) birinchi xatboshidagi “Turonbank” ATBga” so‘zlari “tijorat banklariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Tijorat banklari mazkur bandga asosan ajratiladigan mablag‘larni “Yaylov xo‘jaligini rivojlantirish” uyushmasi (keyingi o‘rinlarda — Uyushma) a’zolariga 5 yil muddatgacha, shu jumladan uch yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qo‘shish orqali hisoblanadigan stavka bo‘yicha kredit sifatida quyidagi maqsadlarga taqdim etilishini ta’minlasin:”;
v) to‘qqizinchi xatboshidagi “Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi “Turonbank” ATB” so‘zlari “Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tijorat banklari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 07/22/224/0349-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)