Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Qorakoʻlchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Bugungi kunda mamlakatimizda qorakoʻlchilik tarmogʻi korxonalarini modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish quvvatlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, oʻzbek qorakoʻli brendini yaratish va dunyo miqyosida targʻib qilish, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, mayda shoxli nasldor mollarni koʻpaytirish, shuningdek, ularni soʻyish, teri va junini qayta ishlash, goʻsht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish, tarmoqqa rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini va innovatsion texnologiyalarni joriy etish, suv bilan taʼminlanmagan yaylovlarda yangi suv inshootlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish borasida bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Shuningdek, mavjud yaylovlar hosildorligini oshirish, urugʻchilik maydonlarini kengaytirish, naslchilik ishlarini yanada takomillashtirish, sohada eksportbop qorakoʻl va qorakoʻlcha teri yetishtirish ahvoli bugungi kun talabiga javob bermaydi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, qorakoʻlchilik tarmogʻini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, yaylovlardan samarali foydalanish va yaylovlardan foydalanishda soliq imtiyozlarini qoʻllash, urugʻchilik ishini yoʻlga quyish, naslchilik ishlarini takomillashtirishda subsidiya berish tartibini qoʻllash hamda sohaning ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Moliya vazirligi qorakoʻlchilik sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Moliya vazirligining vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlari (Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari, budjetni qoʻllab-quvvatlash uchun jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining kreditlari, suveren xalqaro obligatsiyalarni chiqarish va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar) hisobidan 2021-yilda 15-fevralga qadar 100 milliard soʻm, 1-mayga qadar 50 milliard soʻm va 1-avgustga qadar 50 milliard soʻm mablagʻlarni tijorat banklariga Markaziy bank asosiy stavkasida ajratsin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-224-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 07/22/224/0349-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari mazkur bandga asosan ajratiladigan mablagʻlarni “Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) aʼzolariga 5 yil muddatgacha, shu jumladan uch yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning asosiy stavkasiga 4 foizlik bank marjasini qoʻshish orqali hisoblanadigan stavka boʻyicha kredit sifatida quyidagi maqsadlarga taqdim etilishini taʼminlasin:
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-224-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 07/22/224/0349-son)
naslchilik qorakoʻlchilik xoʻjaliklaridan qoʻylar xarid qilish;
qorakoʻlchilik sohasida eksportbop qorakoʻl va qorakoʻlcha terini qayta ishlash hamda tayyor mahsulot ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
qorakoʻlchilik va kavrak yetishtirish bilan shugʻullanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan ozuqa sexlari (granulyator)ni tashkil etilishini hamda qishloq xoʻjaligi texnikalari va agregatlari, resurs tejovchi uskunalar va zamonaviy texnologiyalar xarid qilinishini moliyalashtirish;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
kavrak oʻsimligi koʻchati va urugʻini sotib olish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-apreldagi PF-116-sonli Farmoniga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xom ashyo, materiallar va furnituralar sotib olish;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-apreldagi PQ-5075-son qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 07/21/5075/0332-son)
suv chiqarish inshootlarini barpo etish hamda mavjudlarini taʼmirlash va modernizatsiya qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tijorat banklari bilan birgalikda ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilishini tashkil qilsin va har chorak yakuni boʻyicha mablagʻlarning sarflanishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi hamda Moliya vazirligiga hisobot kiritilishini taʼminlasin.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi PQ-224-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2022-y., 07/22/224/0349-son)
Ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti tomonidan nazorat qilinadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-apreldagi PQ-5075-son qaroriga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 07/21/5075/0332-son)
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2022-yil 1-yanvarga qadar qorakoʻlchilikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona bojidan ozod qilinadi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-apreldagi PQ-5075-son qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.04.2021-y., 07/21/5075/0332-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-34-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)
4. Qoʻmita Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda 2021-yil 20-martga qadar Uyushmaga aʼzo boʻlgan xoʻjaliklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali qoʻy, uning goʻshti va ichki organlari, oshlangan yoki qayta ishlangan qorakoʻl terisining olib chiqilishini monitoring qilish va tegishli davlat organlari bilan maʼlumot almashish tartibini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi “Oʻzstandart” agentligi va Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda eksportga yoʻnaltirilgan tirik qoʻy va ulardan olingan goʻsht mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarishda xalqaro standartlar va talablar asosida tegishli hujjatlarni sifatli tayyorlash, import qiluvchi mamlakatlar talablarini eksport qiluvchi korxonalarga yetkazishni taʼminlasin hamda eksport qilishda ularga har tomonlama koʻmaklashsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son)
6. Qoʻmita, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Uyushmaning:
ilm-fan va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini taʼminlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasida Markazlashgan ilmiy-naslchilik tajriba laboratoriyasi (keyingi oʻrinlarda — naslchilik laboratoriyasi)ni tashkil etish;
naslchilik laboratoriyasini Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining boʻsh turgan Samarqand viloyati, Samarqand shahri, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 47-uy manzilidagi binosiga ijara toʻlovining “nol” stavkasi asosida joylashtirish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Naslchilik laboratoriyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
sohada mahalliy va xorijiy fan yutuqlarini tatbiq etish asosida tabiiy serpushtlikka, yuqori hayotchanlik va moslashish xususiyatiga ega boʻlgan qoʻsh mahsuldor yangi qoʻy zotlarini yaratishning laborator tajribalarini olib borish;
nasldor qorakoʻl qoʻylarining sifat koʻrsatkichlari (qoʻy vazni, sanoatbop jun, qorakoʻl terisi sathi va gul tipi)ni yaxshilash boʻyicha tajribalar oʻtkazish va tavsiyalar ishlab chiqish;
ilmiy-naslchilik tajriba stansiyalarida yuqori nasldor elita sinfiga mansub naslli qoʻylar otarlarini ilmiy asosda tashkil etish va sunʼiy urugʻlantirish ishlarini tizimli yoʻlga qoʻyish.
7. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi Qoʻmitaning buyurtmalariga asosan yaylovlarda yer osti suv manbalarini aniqlash va xulosa berish bepul amalga oshirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-dekabrdagi PQ-462-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2022-y., 07/22/462/1135-son)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
10. Qoʻmita ikki oy muddatda:
xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoʻy va echkining, shuningdek, qorakoʻl zotli qoʻylarning har bir embrioniga Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti mablagʻlari hisobidan subsidiya taqdim etish tartibini;
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisidagi taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
11. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul hamda shaxsiy javobgar etib Qoʻmita raisi B.Q. Sharipov belgilansin.
Qarorning ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga har yarim yil yakuni boʻyicha axborot kiritib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 9-fevral,
PQ-4984-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi PQ-4984-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-2841-son qarorida:
7-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirdagi ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“mayda shoxli mollar, shu jumladan qorakoʻl qoʻylarining naslini qayta tiklash, yuqori mahsuldor zot tiplarini yaratish va joriy etish boʻyicha qorakoʻlchilik subyektlari hamda tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish, respublikada qorakoʻl qoʻylarning elita genofondining saqlab qolinishi ustidan monitoringni olib borish;
tabiiy yaylovlarning holatini yaxshilash, qurgʻoqchilikka va issiqqa chidamli yaylov ozuqabop oʻsimliklar navlarini yaratish, yaylovlarni degradatsiyadan chiqarishda ilgʻor texnologiyalarini joriy etish hamda investitsiyalarni jalb etishga koʻmaklashish;
qorakoʻlchilik klasterlariga ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qoʻllagan holda mayda shoxli mollar, shu jumladan qorakoʻl qoʻylarini koʻpaytirish, klaster ishtirokchilari oʻrtasida kooperatsiya aloqalarini yoʻlga qoʻyish, xom ashyoni chuqur qayta ishlash va mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish, yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishining oldini olish boʻyicha yuklatilgan majburiyatlar ijrosini monitoring qilish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
ichki va tarmoqlararo, jumladan, mayda shoxli mollar, tuya, yilqi va yirik shoxli mollarni yetishtirishga hamda ulardan olinadigan xom ashyolarni chuqur qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan korxonalar, shuningdek, qorakoʻlchilik xoʻjaliklari hamda tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida kooperatsiyani rivojlantirish;
sohaga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish orqali samarali va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish;
jahon bozoridagi talab va taklifni inobatga olgan holda mayda shoxli mollar, tuya, yilqi va yirik shoxli mollardan olinadigan xom ashyolarni chuqur qayta ishlash va eksport uchun tayyor mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha marketing tadqiqotlarini amalga oshirish;
malakali kadrlar tayyorlash va sohaning ilmiy salohiyatini oshirish, shuningdek, ishlab chiqarish, taʼlim va fanning oʻzaro integratsiyasi uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;
Uyushma aʼzolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jumladan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan oʻzaro munosabatlarda, nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlar oʻtkazish jarayonida, shuningdek, sudlarda ishlarni koʻrishda himoya qilish”;
b) 9-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi raisi va uning oʻrinbosarlari Uyushma aʼzolarining umumiy yigʻilishi qaroriga muvofiq saylanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tasdiqlanadi. “Qorakoʻl” hududiy uyushmalarining rahbarlari respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi boshqaruv raisining qaroriga binoan tasdiqlanadi;”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4254-son qarori 3-bandining oltinchi xatboshisidan “Qorakoʻlchilik” Respublika uyushmasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 31-iyuldagi “Pillachilik tarmogʻida chuqur qayta ishlashni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4411-son qaroriga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pillachilik klasterlarini tashkil etadigan “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi korxonalar
ROʻYXATI

T/r

Pillani qayta ishlash korxonalari nomi

Biriktirilgan hududlar nomi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1.

“Jayhun Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Amudaryo

Qonlikoʻl

Nukus

Xoʻjayli

Shumanay

Taxiatosh

Kegeyli

Chimboy

2.

“Bustan silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Ellikqalʼa

3.

“Biy Bazar Silk Carpets” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Toʻrtkoʻl

4.

“KKR IPAK CLUSTER” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Beruniy

Andijon viloyati

5.

“Andijan silk co” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoʻshma korxonasi

Paxtaobod

Izboskan

Andijon

Marhamat

6.

“Asaka ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Asaka

7.

“Oltinkoʼl zar ipagi “ masʼuliyati cheklangan jamiyat

Oltinkoʻl

8.

“Andijon-xanoy ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Baliqchi

Boʻz

Ulugʻnor

9.

“Xarir tola” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Jalaquduq

Qoʻrgʻontepa

Buloqboshi

10.

“Sapfir sanoat” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Xoʻjaobod

Shahrixon

Buxoro viloyati

11.

“Bukhara brilliant silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Peshku

Shofirkon

12.

“Romstar” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Oʻzbekiston-Amerika-Rossiya qoʻshma korxonasi

Romitan

Jondor

13.

“Kumushkent ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Vobkent

Kogon

14.

“Silk Service” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Buxoro

15.

“Olot ipak tolasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Olot

16.

“Qorakoʼl ipak cluster” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Qorakoʻl

17.

“Gʼijduvon ipag tola” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Gʻijduvon

Jizzax viloyati

18.

“Silk expert processing” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Forish

Doʻstlik

Zafarobod

Paxtakor

19.

“Al Abbos silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Arnasoy

Mirzachoʻl

20.

“Zomin asl ipak tolasi” xususiy korxonasi

Baxmal

Zomin

Zarbdor

Sh. Rashidov

Yangiobod

21.

“Gʼallaorol silk eksport” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Gʻallaorol

Qashqadaryo viloyati

22.

“Radiant silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Gʻuzor

Dehqonobod

Qamashi

Qarshi

Mirishkor

Muborak

Nishon

23.

“Shakhrisabz silk production” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Kitob

Shahrisabz

24.

“Yakkabogʼ silk production” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Yakkabogʻ

25.

“Chiroqchi-tolasi” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Chiroqchi

26.

“Koson silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Koson

27.

“Kasbi silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Kasbi

Navoiy viloyati

28.

“Al-aziz ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Konimex

Navbahor

29.

“Xatirchi pilla xazinasi” xususiy korxonasi

Xatirchi

30.

“Ipak qurti urugʻi” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Karmana

31.

“Qiziltepa Pillachilik” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Qiziltepa

32.

“Navoiy silk production 2020” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Nurota

Namangan viloyati

33.

“Verigrow ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona

Mingbuloq

Chust

Kosonsoy

34.

“Golden silk” shuʼba korxonasi

Namangan

35.

“Fabrictex” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Norin

Uchqoʻrgʻon

36.

“Marjon tola fayz” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Uychi

37.

“Zilol silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Toʻraqoʻrgʻon

38.

“Sof ipak invest” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Chortoq

Pop

39.

“Silkrow” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Yangiqoʻrgʻon

Samarqand viloyati

40.

“Kumush tola” xususiy korxonasi

Kattaqoʻrgʻon

41.

“Samarkand silk ao” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Narpay

42.

“Elbek t.r.j” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Pastdargʻom

Samarqand

Nurobod

43.

“Oqdaryo ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Oqdaryo

44.

“Ziyovuddin silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Paxtachi

45.

“Jomboy silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Jomboy

Qoʻshrabot

46.

“Zar oltin pilla” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Bulungʻur

47.

“Tayloq ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Tayloq

48.

“Payariq ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Payariq

49.

“Urgut Silk Fiber Company” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Urgut

50.

“Ishtixon silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Ishtixon

Sirdaryo viloyati

51.

“Agro global” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxona

Oqoltin

Boyovut

Sayxunobod

Guliston

Sardoba

Sirdaryo

Mirzaobod

Xovos

Surxondaryo viloyati

52.

“Surxon ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Angor

Boysun

Qiziriq

Muzrabot

Sherobod

Bandixon

53.

“Inter silk pro” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasi

Termiz

Oltinsoy

Shoʻrchi

54.

“Sino silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Denov

Uzun

Sariosiyo

55.

“Silk village” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Jarqoʻrgʻon

56.

“Silk town” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Qumqoʻrgʻon

Toshkent viloyati

57.

“Ravnaq-silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʻshma korxonasi

Bekobod

58.

“Turan silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Oqqoʻrgʻon

59.

“Tashkent Silk Pro” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Boʻka

60.

“Bio Farm Elit” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Yangiyoʻl

61.

“Jinjuz silk co” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona

Ohangaron

Piskent

62.

“Oltin pilla 2020” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Chinoz

Oʻrtachirchiq

Yuqorichirchiq

63.

“Javoxir Silver Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Boʻstonliq

Qibray

64.

“TCT Agrocluster” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Quyichirchiq

Fargʻona viloyati

65.

“Nurli tong silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Oʻzbekiston

Qoʻshtepa

Furqat

Quvasoy sh.

Rishton

66.

“Beshariq ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Beshariq

67.

“Dangʼara ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Dangʻara

68.

“Silk World Business” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Bagʻdod

69.

“Kapital investkom” masʼuliyati cheklangan jamiyat qoshidagi “Vodil ipak yigiruv” shuʼba korxonasi

Oltiariq

Fargʻona

Fargʻona sh.

Quva

Buvayda

70.

“Toshloq silk” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Toshloq

Yozyovon

71.

“Vodiy marjoni” xususiy korxonasi

Soʻx

72.

“Uchkoʼprik ipagi” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Uchkoʻprik

Xorazm viloyati

73.

“Khiva silk fabric” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Gurlan

Qoʻshkoʻpir

Xiva

Yangibozor

74.

“Xorazm pilla xolding” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Urganch

Xonqa

Yangiariq

Hazorasp

Tuproqqalʼa

75.

“Bogʼot Silk Co” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Bogʻot

76.

“Shovot pilla” masʼuliyati cheklangan jamiyat

Shovot

Izoh: Mazkur roʻyxatga, zarurat boʻlganda, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin”.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-iyundagi “Respublikada qoʻlda toʻqilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4759-son qarorining 3-bandidagi “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4817-son qarorida:
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “Qoʻmita hududiy boshqarmalari” va “Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning uchinchi xatboshisidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3-ilovaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish boshqarmalarining NAMUNAVIY TUZILMASI”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2021-y., 07/21/4984/0098-son; 14.04.2021-y., 07/21/5075/0332-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 27.04.2022-y., 07/22/224/0349-son; 28.04.2022-y., 06/22/116/0353-son; 29.12.2022-y., 07/22/462/1135-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 31.01.2025-y., 07/25/34/0096-son)