Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish sohasiga xususiy sektorni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga muvofiq, shuningdek, yoʻl harakati sohasida davlat tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga xususiy sektorni kengroq jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga muvofiq, avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlariga (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi 2021-yil 1-iyundan boshlab:
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari xizmat koʻrsatish hududlarida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining (keyingi oʻrinlarda — DYHXX) nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha faoliyatini tadbirkorlik subyektlarining tegishli litsenziyasi amal qilish sanasidan eʼtiboran toʻxtatsin;
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari hamda davlat xizmatlari markazlari bilan oʻzaro axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilishini tashkil etish choralarini koʻrsin;
tadbirkorlik subyektlarida haydovchilik guvohnomasini olish uchun oʻtkaziladigan nazariy va amaliy imtihonlar jarayoni ustidan DYHXX vakilining bevosita yoki onlayn nazoratini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimini yaratish boʻyicha texnik topshiriqni ishlab chiqsin:
DYHXXga tegishli barcha axborot tizimlarini mazkur Yagona axborot tizimiga integratsiya qilish;
oʻquv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
oʻquv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish orqali ularning kundalik taʼlim jarayonidagi ishtirokini (davomatini) nazorat qilish;
yakuniy imtihonlarni nazorat qilish orqali taʼlim sifatini baholash;
imtihon natijalari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish, ularning tahlillariga koʻra Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tuziladigan oʻquv muassasalari reytingini yuritish va eʼlon qilish;
Yagona axborot tizimini Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlar bazasi bilan integratsiya qilgan holda haydovchi va haydovchilikka nomzodlarning avtomototransport vositasini boshqarishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda olish.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda mazkur qarorga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-may,
272-son
Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 4-maydagi 272-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-maydagi 408-son qarorida:
a) qarorning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Quyidagilar:
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Davlat taʼlim muassasalari hamda avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek, imtihonlarni oʻtkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 21-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashga qoʻyiladigan davlat talablari 4-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablari 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Nizomning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”;
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Mazkur Nizom avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi”;
2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini tashkil etish uchun yuridik shaxslarga litsenziya berish, litsenziya amal qilishini toʻxtatib turish yoki toʻxtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi”;
3-bandga “malakasini oshirish” soʻzlaridan keyin “hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish” soʻzlari qoʻshilsin;
birinchi xatboshiga “malakasini oshirish” soʻzlaridan keyin “hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
“oʻquv guruhlaridagi haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish orqali, ularning kundalik taʼlim jarayonidagi ishtirokini nazorat qilish hamda yakuniy imtihonlarni nazorat qilib, taʼlim sifatini baholab borish tizimlarining mavjudligi hamda ushbu tizimlarning Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati (keyingi oʻrinlarda — DYHXX) bilan integratsiya qilinganligi”;
quyidagi mazmundagi 61-band qoʻshilsin:
“61. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga qoʻyiladigan maxsus litsenziya talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:
haydovchilikka nomzodlarni imtihondan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish uchun elektron buyurtma (murojaat)larni qabul qilish tizimining mavjudligi;
haydovchilikka nomzodlarning elektron roʻyxatini shakllantirish, imtihonlarni oʻtkazish muddatlarini belgilash va haydovchilikka nomzodlarni hamda DYHXX masʼul xodimini oldindan xabardor qilish tizimining shakllantirilganligi;
haydovchilikka nomzodlarni nazariy imtihondan oʻtkazish uchun oʻquv dasturini qamrab olgan elektron (animatsion) test savollari toʻplamining shakllantirilganligi;
nazariy imtihonlarni oʻtkazish uchun kamida 72 m2 boʻlgan, alohida kabinalarga ajratilgan (operator va nomzodlar maxsus oyna bilan ajratilgan) shuningdek, texnik vositalar (kameralar) bilan maxsus jihozlangan zal (xonalar), avtomototransport vositalarining toifa(lar) yoʻnalishi boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun kamida 10000 m2 yer maydoniga ega boʻlgan, avtomatlashtirilgan avtodrom va maxsus jihozlangan avtomototransport vositalarining mavjudligi, ularning mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan talablarga muvofiqligi;
haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish, ulardan nazariy va amaliy imtihonlarni inson omilisiz, avtomatlashtirilgan holda qabul qilish, natijalarini baholash, elektron bayonnomalarni shakllantirish va uzatish tizimlarining mavjudligi;
imtihonlarni oʻtkazish tizimlari unumdorligining xizmat koʻrsatish hududi (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri)da imtihon topshiruvchilar soniga muvofiqligi;
imtihonlar jarayonini vakolatli davlat organlari tomonidan onlayn rejimida nazorat qilish hamda jamoatchilik eʼtiboriga videotranslatsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;
nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos boʻladigan maxsus himoyalangan sertifikatlarni shakllantirish, sertifikatlar rekvizitlarini davlat xizmatlari markazi hamda ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etish imkoniyatining mavjudligi;
oʻtkazilgan imtihon natijalari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish, ularning tahlillariga koʻra Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan tuziladigan oʻquv muassasalari reytingini yuritish va eʼlon qilish mexanizmining yaratilganligi;
mazkur bandda nazarda tutilgan barcha jarayonlarning DYHXX yagona boshqaruv markaziga integratsiya qilinishi, boshqarilishi va nazorat qilinishi;
tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishga doir tartib-taomillar (murojaatlarni qabul qilish, qayd etish, koʻrib chiqish, imtihonlarni tashkil etish, oʻtkazish, baholash mezonlari, axborot almashinuvi, ish yuritish va boshqa maʼmuriy tartib-taomillar) DYHXX bilan 15 ish kuni mobaynida kelishilgan holda tasdiqlanganligi (DYHXX kelishish jarayonida avvalgi rad etish sabablaridan boshqa sabablarni vaj qilishi taqiqlanadi)”;
7-bandga quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi — oʻn birinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“haydovchilikka nomzodlarni nazariy imtihondan oʻtkazish uchun oʻquv dasturini qamrab olgan elektron (animatsion) test savollari toʻplamining mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan yuridik shaxsga tegishliligi haqidagi hujjat (avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar uchun);
nazariy imtihonlarni oʻtkazish uchun texnik va texnologik vositalar bilan maxsus jihozlangan zal (xonalar), avtomototransport vositalarining barcha toifalari boʻyicha amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun avtomatlashtirilgan avtodrom va maxsus jihozlangan avtomototransport vositalarining mulkiy yoki boshqa ashyoviy huquq bilan yuridik shaxsga tegishliligi haqidagi hujjat (avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar uchun);
avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazishda foydalaniladigan avtomatlashtirilgan tizimlarning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida vakolatli organning ekspertiza xulosasi nusxasi (avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar uchun)”;
toʻqqizinchi xatboshi tegishlicha oʻn ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
10-banddagi “ilovadagi” soʻzi “1-ilovadagi” soʻzi bilan almashtirilsin;
21-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“DYHXX avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimida davriy ravishda oʻquv hamda nazariy va amaliy imtihonlar jarayonining monitoringini olib boradi hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdimnoma kiritadi”;
23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“23. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash uchun qoʻshimcha litsenziya talablari va shartlariga litsenziat tomonidan rioya etilishini rejali tekshirish DYHXXning vakolatli vakili ishtirokida amalga oshiriladi”;
27-bandning oltinchi xatboshisidan “amal qilish muddatini uzaytirish,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
29-band quyidagi tahririda bayon qilinsin:
“29. Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatini koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Litsenziya olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan davlat bojining 90 foizi undiriladi.”;
ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilova”;
nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash sxemasi”;
sxemaning rus tilidagi matnida 1-bosqichni amalga oshirish mexanizmi matnidagi “v sfere podgotovki, perepodgotovki i povisheniya kvalifikatsii voditeley avtomototransportnix sredstv i sredstv gorodskogo elektricheskogo transporta” soʻzlari chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 2-ilova qoʻshilsin:
“Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti
vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport
vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik
guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni
oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish
faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazishda foydalaniladigan obyektlarning jihozlanishiga qoʻyiladigan talablar
I. Avtomatlashtirilgan avtodromga qoʻyiladigan talablar
1. Avtomatlashtirilgan avtodrom quyidagi asosiy elementlardan iborat boʻlishi kerak:
haydovchilikka nomzodning avtotransport vositasini amaliy boshqarish boʻyicha koʻnikmalarini avtomatlashtirilgan holda sinovdan oʻtkazishga moʻljallangan, yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalari bilan jihozlangan, umumiy foydalanishdagi yoʻllardan ajratilgan yopiq hududdagi maxsus maydoncha;
dispetcherlik (nazorat) punkti;
maxsus jihozlangan avtomototransport vositalari hamda yoʻl harakatini tashkil etishning texnik vositalarini oʻzaro bogʻlovchi markaziy dasturiy majmua;
haydovchilikka nomzodlar tomonidan amalga oshirilgan har bir sinov mashqlari natijalarini inson omilisiz baholash uchun avtomatlashtirilgan nazorat tizimi.
2. Avtomatlashtirilgan avtodrom maxsus maydonchasining loyiha parametrlari va elementlari vakolatli davlat organlari tomonidan belgilanadigan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Bunda avtomatlashtirilgan avtodrom maxsus maydonchasida:
a) “A” toifasi uchun “Harakatni boshlash (start)”, “Ilon izi”, “Tor yoʻlak”, “Tezlashish-sekinlashish”, “Gabaritli yarim aylana”, “Gabaritli koridor”, “Past tezlikda harakatlanish”, “Gabaritli sakkiz”, “Harakatni yakunlash (Finish)”;
b) “B”, “C”, “D” toifalari uchun “Harakatni boshlash (Start)”, “Piyodalar oʻtish joyi”, “Toʻxtash va tik balandlikka koʻtarilish (estakada)”, “90 gradus burchak ostida burilishlar”, “Tor joyda qayrilib olish uchun boksga kirish”, “Harakat tartibga solingan chorraha”, “Ilon izi”, “Orqaga harakatlanib parallel toʻxtash (parkovka)”, “Temir yoʻl kesishmasi” (tartibga solinmagan), “Tezlashish boʻlagi”, “Avariya holatda toʻxtash”, “Harakatni yakunlash (Finish)”;
v) “BE”, “CE”, “DE” toifalari uchun “Harakatni boshlash (Start)”, “Orqa bortni platformaga qoʻyish”, “Platformadan yoʻlga chiqish”, “Gabaritli koridorda orqa tomonga toʻgʻri chiziqda harakatlanish”, “Harakatni yakunlash (Finish)” elementlarining mavjudligi majburiydir.
3. Avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi orqali nazorat qilinadigan sinov mashqlarining joylari va elementlarini belgilash uchun maxsus yoʻl chiziqlaridan foydalanilishi mumkin.
4. Avtomatlashtirilgan avtodrom undagi yoʻl-koʻcha tarmogʻi elementlarining avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi elementi sifatida faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun qoʻshimcha ravishda sezgir datchiklar (uzatgichlar), elektr taʼminoti va aloqa liniyalariga ega boʻlishi kerak.
5. Datchiklar (uzatgichlar) statsionar oʻrnatilgan boʻlishi, mexanik yoki ob-havo omillari taʼsirida oʻz joyini yoki texnik xususiyatini oʻzgartirmasligi va transport vositalari harakatiga xalaqit bermasligi kerak.
6. Dispetcherlik (nazorat) punktining joylashuvi avtomatlashtirilgan avtodromdagi vaziyatni bevosita kuzatish imkonini berishi lozim.
7. Dispetcherlik (nazorat) punkti haydovchilikka nomzodlarning harakatlarini koʻrsatib turadigan kompyuter va monitorlar, avtomatlashtirilgan avtodrom tizimining elementi sifatida ishlaydigan axborotni doimiy qabul qilish, uzatish va qayta ishlash uskunalari, ovozli aloqa vositalari bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
8. Dispetcherlik (nazorat) punktining elektr taʼminoti uskunalari himoyalangan va barqaror ishlashini taʼminlovchi tizim bilan jihozlanadi.
9. Avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
haydovchilikka nomzodning amaliy boshqarish koʻnikmalarini inson omilisiz baholash;
oʻtkazilgan amaliy imtihon natijalarini avtomatik tarzda shakllantirish;
oʻrnatilgan dasturiy taʼminot va maʼlumotlarga ruxsatsiz kirishdan himoyalanish;
imtihon jarayonida olingan maʼlumotlarga hamda imtihon natijalariga oʻzgartirish kiritish imkoniyatini cheklash;
oʻtkazilgan amaliy imtihon natijalarini avtomatlashtirilgan imtihon tizimiga avtomatik tarzda uzatish uchun integratsiyalash;
avtomatlashtirilgan avtodrom va uning tarkibiy tizimlarining sozligini avtomatik tarzda uzluksiz nazorat qilish, nosozliklar yuzaga kelganda bu haqidagi maʼlumot (axborot, ishora)ni avtodrom dispetcherlik punktidagi monitorga chiqarish, amaliy imtihonlarni nosozlik bartaraf etilgunga qadar toʻxtatish, yakunlanmagan sinov mashqlari natijalarini bekor qilish.
10. Avtomatlashtirilgan avtodromda oʻtkaziladigan amaliy imtihonlar jarayonida avtomototransport vositalarining harakatlanish sxemasi (sinov mashqlarining bajarilish ketma-ketligi) haqidagi maʼlumotlar tadbirkorlik subyektining veb-saytida (mavjud boʻlsa) va bevosita obyekt hududidagi axborot stendlarida joylashtiriladi.
II. Amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun foydalaniladigan avtomototransport vositalariga qoʻyiladigan talablar
11. Avtomatlashtirilgan avtodromda amaliy imtihonlarni oʻtkazish uchun yetarli miqdorda “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” toifadagi maxsus transport vositalari mavjud boʻlishi kerak.
12. Amaliy imtihonlar:
“A” toifa uchun — ikki gʻildirakli mototsikllarda;
“B” toifa uchun ruxsat etilgan toʻla vazni 3 500 kg dan oshmaydigan hamda haydovchining oʻrindigʻidan tashqari oʻrindiqlar soni sakkiztadan ortiq boʻlmagan, uzunligi 3,8 m dan, kengligi 1,6 m dan, gʻildiraklar bazasi 2,2 m dan, burilish radiusi 4,2 m dan kam boʻlmagan avtomobillarda;
“C” toifa uchun — ruxsat etilgan toʻla vazni 3 500 kg dan ortiq boʻlgan, uzunligi 6,0 m dan, kengligi 2,0 m dan, gʻildiraklar bazasi 3,3 m dan va minimal burilish radiusi 5,8 m dan kam boʻlmagan yuk avtomobillarida;
“D” toifa uchun — oʻrindiqlar soni yoki yoʻlovchilar sigʻimi 28 tadan, uzunligi 6,9 m dan, kengligi 2,0 m dan, gʻildiraklar bazasi 3,5 m dan, minimal burilish radiusi 7,8 m kam boʻlmagan avtobuslarda;
“BE” toifa uchun — tirkamasining ruxsat etilgan toʻla vazni 750 kg dan ortiq boʻlgan “B” toifadagi avtotransport vositalarida;
“CE” toifa uchun — tirkamasining ruxsat etilgan toʻla vazni 750 kg dan ortiq boʻlgan “C” toifadagi avtotransport vositalarida;
“DE” — tirkamasining ruxsat etilgan toʻla vazni 750 kg dan ortiq boʻlgan “D” toifadagi avtotransport vositalari yoki boʻgʻimli avtobuslarda oʻtkaziladi.
13. Nogironligi boʻlgan shaxslardan amaliy imtihonlarni qabul qilish tibbiy jihatdan tegishli toifadagi transport vositalarini cheklovlar bilan boshqarishga ruxsat berilganlar uchun maxsus jihozlanishi mazkur tibbiy talablarga javob beradigan tegishli toifadagi transport vositalarida amalga oshiriladi.
14. Amaliy imtihonlarni oʻtkazishda foydalaniladigan maxsus transport vositalari:
a) Yoʻl harakati qoidalari talablari asosida taniqli belgilar hamda qoʻshimcha uskunalar bilan jihozlanadi;
b) avtomatlashtirilgan avtodrom tizimining tarkibiy elementi sifatida qoʻllanilishini taʼminlaydigan quyidagi uskunalar bilan jihozlanadi:
axborotlarni qabul qilish-uzatish tizimlari;
yorugʻlik va/yoki ovozli avariya toʻxtash ishorasi datchiklari;
haydovchilikka nomzod tomonidan bajariladigan sinov mashqlarini qayd etish vositalari;
har bir mashqning hamda imtihonning yakuniy natijasi boʻyicha axborot beruvchi displey.
15. Amaliy imtihon oʻtkazishda foydalaniladigan maxsus transport vositalarining konstruksiyalariga qoʻshimcha uskunalarni oʻrnatish bilan bogʻliq oʻzgartirishlarning kiritilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
16. Amaliy imtihon oʻtkazishda foydalaniladigan maxsus transport vositasining saloni imtihon olish jarayonida 360 gradus koʻrinishda uzluksiz ishlaydigan, maʼlumotlarni dispetcherlik (nazorat) punktiga uzatib turadigan va saqlash imkonini beradigan videokuzatuv tizimi moslamasi bilan jihozlanadi.
III. Avtomatlashtirilgan imtihon tizimiga qoʻyiladigan talablar
17. Avtomatlashtirilgan imtihon tizimi (keyingi oʻrinlarda — AIT) kompyuter jamlanmasi (klaviatura va monitor), markaziy boshqaruv pulti (keyingi oʻrinlarda — MBP), maxsus uskunalar va integratsiyalashgan dasturiy taʼminotdan iborat.
18. AIT quyidagi funksional talablarga javob berishi kerak:
haydovchilikka nomzodlarni imtihondan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish uchun elektron buyurtma (murojaat)larni qabul qilish tizimining mavjudligi;
haydovchilikka nomzodlarning elektron roʻyxatini shakllantirish, imtihonlarni oʻtkazish muddatlarini belgilash va haydovchilikka nomzodlarni oldindan xabardor qilish tizimining shakllantirilganligi;
haydovchilikka nomzodlarni nazariy imtihondan oʻtkazish uchun oʻquv dasturini qamrab olgan elektron (animatsion) test savollari toʻplamining shakllantirilganligi;
haydovchilikka nomzodlarni identifikatsiya qilish, nazariy va amaliy imtihonlarni avtomatlashtirilgan holda qabul qilish, imtihon natijalarini inson omilisiz baholash, oʻtkazilgan imtihon natijalari boʻyicha elektron bayonnomalarni shakllantirish va uzatish tizimlarining mavjudligi;
imtihonlar jarayonini DYHXX organlari tomonidan onlayn rejimida nazorat qilish hamda jamoatchilik eʼtiboriga videotranslatsiya qilish imkoniyatining mavjudligi;
nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos boʻladigan maxsus himoyalangan sertifikatlarni shakllantirish, sertifikatlar rekvizitlarini davlat xizmatlari markazi hamda DYHXX organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etish imkoniyatlarining mavjudligi;
amaliy imtihon oʻtkazishda foydalaniladigan avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari dasturi natijalarining avtomatlashtirilgan avtodrom tizimi bilan integratsiya qilinganligi;
onlayn toʻlov tizimlari bilan integratsiya qilinganligi;
oʻrnatilgan dasturiy taʼminot va maʼlumotlarning himoyalanganligi;
imtihonlar jarayonida olingan maʼlumotlarga hamda imtihon natijalariga oʻzgartirish kiritish imkoniyatining cheklanganligi;
oʻtkazilgan imtihon natijalari boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish, saqlash, ularning tahlillariga koʻra oʻquv muassasalari reytingini yuritish mexanizmining yaratilganligi;
mazkur bandda nazarda tutilgan barcha jarayonlarning DYHXX yagona boshqaruv markazi tomonidan boshqarilishi va nazorat qilinishi.
19. AIT murojaat qabul qilingan kundan boshlab yetti ish kuni davomida talabgorlarga xizmat koʻrsatilishini taʼminlashi lozim.”;
1-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“Mazkur Nizomning avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berishga doir imtihonlarni oʻtkazishga taalluqli normalari faqat ushbu turdagi faoliyat bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar mavjud boʻlmagan hududlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar)da amal qiladi”;
18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“18. Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun fuqarolar doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan hududidan qatʼi nazar, majburiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilar xizmat joylaridagi hududiy YHXBning RvaIOBlarida imtihonlar topshiradi”
quyidagi mazmundagi 181-band qoʻshilsin:
“181. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini berishga doir imtihonlarni oʻtkazish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar faoliyat koʻrsatuvchi hududlarda imtihonlar faqat tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan oʻtkaziladi.
Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan imtihonlarni oʻtkazish Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
25, 28, 29 va 31-bandlardagi “hududiy YHXBning RvaIOBda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
39-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“39. Imtihonlarni qabul qilish va “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE”, “DE” toifadagi avtomototransport vositalarini, shuningdek, tramvay, trolleybuslarni boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomalarni berish hududiy YHXBning RvaIOBlari tomonidan amalga oshiriladi, mazkur Nizomning 181-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
40-bandga “qabul qiladi” soʻzlaridan keyin “Mazkur Nizomning 181-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
49-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“49. Nazariy va amaliy imtihonlarni topshirgan shaxslarga mazkur bayonnoma yoki tegishli litsenziyaga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan berilgan maxsus sertifikat asosida milliy haydovchilik guvohnomasi beriladi”;
54-bandda “hududiy YHXBda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
d) quyidagi mazmundagi 21-ilova qoʻshilsin:
“Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 31-maydagi 408-son qaroriga
21-ILOVA
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar (keyingi oʻrinlarda — imtihonlar) oʻtkazish bilan bogʻliq davlat xizmatlarining tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda — tadbirkorlik subyektlari) tomonidan koʻrsatilishi tartibini belgilaydi.
2. Imtihonlarni oʻtkazish ushbu davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan toʻlov asosida amalga oshiriladi.
3. Tadbirkorlik subyektlarida “A”, “B”, “C”, “D”, “BE”, “CE” va “DE” toifali transport vositalarini boshqarish huquqini olish uchun imtihonlar oʻtkaziladi.
4. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan oʻtkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqish tartibi.
5. Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini olish istagida boʻlgan shaxs (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchi shaxs) imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun litsenziyaga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektiga bevosita yoki onlayn murojaat (keyingi oʻrinlarda — ariza) qiladi.
6. Ariza beruvchi shaxs “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasida belgilangan yoshga toʻlgan boʻlishi va quyidagi hujjatlarni qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etishi kerak:
a) ariza (shakli tadbirkorlik subyekti tomonidan belgilanadi va u axborot stendida yoki veb saytda joylashtiriladi);
b) fuqarolik pasporti yoki uning oʻrnini bosuvchi (shaxsini tasdiqlovchi) boshqa rasmiy hujjat nusxasi;
v) sogʻligʻi va tegishli toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarishga yaroqliligi toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma nusxasi;
g) tegishli toifadagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash (qayta tayyorlash) oʻquv dasturi boʻyicha oʻqishni tugatganligi haqida yagona namunadagi guvohnoma nusxasi (ushbu bandning “d” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari);
d) avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash boʻyicha tasdiqlangan yagona oʻquv dasturiga kiritilgan fanlarning toʻliq oʻzlashtirilishini taqozo etgan ixtisosliklar boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tugatganligi toʻgʻrisidagi diplom va oʻquv dasturidagi fanlarni oʻzlashtirganligi toʻgʻrisidagi diplom ilovasining nusxalari (ushbu bandning “g” kichik bandida nazarda tutilgan shaxslardan tashqari);
e) haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlgan shaxslar haydovchilik guvohnomasini almashtirish, qoʻshimcha toifa olish va mavjud toifa boʻyicha malakasini tasdiqlash uchun imtihondan oʻtkazilishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda mazkur bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlarida belgilangan hujjatlar bilan birga haydovchilik guvohnomasi nusxasi;
j) transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etiladigan va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda mavjud bandning “a”, “b” va “v” kichik bandlarida belgilangan hujjatlar bilan birga vakolatli ichki ishlar organining imtihonga yoʻllanmasi nusxasi.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda ariza beruvchi shaxs “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasida belgilangan yoshga toʻlgan boʻlishiga doir talabdan chetga chiqilishi mumkin.
7. Ariza tushgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida (ish kuni boʻlmagan kunlar bundan mustasno) tadbirkorlik subyektining masʼul xodimi tomonidan koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ariza beruvchi shaxsning elektron manzili (yoki telefon raqami)ga imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish vaqti, shartlari va toʻlov miqdori toʻgʻrisida elektron xabar yuboriladi.
8. Ariza beruvchi shaxs tomonidan imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun belgilangan toʻlovning amalga oshirilishi uning davlat xizmatlarini koʻrsatish shartlariga roziligini ifodalaydi. Toʻlov tasdiqlangach, imtihonlarni topshirish vaqti rezerv qilinadi.
9. Imtihonlar uchun rezerv qilingan vaqtga oʻzgartirish kiritish (faqat boshqa kunga kechiktirish) ariza beruvchi shaxs tomonidan davlat xizmatini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektining veb saytida amalga oshirilishi mumkin. Imtihonlar uchun rezerv qilingan vaqtga 24 soatdan kam vaqt qolgan holatlar bundan mustasno.
10. Fors-major holatlarda davlat xizmatlari koʻrsatilishining kechiktirilishi haqida ariza beruvchi shaxsga 24 soat ichida elektron xabar beriladi.
Fors-major holatlar bartaraf etilgandan soʻng ariza beruvchi shaxsga imtihonlar uchun rezerv qilingan vaqt toʻgʻrisida ikki ish kuni ichida elektron xabar beriladi.
11. Davlat xizmatlarini koʻrsatish rad etilganida ariza beruvchi shaxsga rad etish sabablari asoslangan va qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda elektron xabar beriladi.
3-bob. Imtihonlarni oʻtkazish tartibi
12. Tadbirkorlik subyektining veb sayti orqali murojaat etgan va davlat xizmatini koʻrsatish shartlari asosida belgilangan toʻlovni amalga oshirgan ariza beruvchilar (keyingi oʻrinlarda — haydovchilikka nomzodlar) imtihonlarga kiritiladi.
13. Imtihon topshirish uchun belgilangan (rezerv qilingan) vaqtda belgilangan manzilga kelgan haydovchilikka nomzodlar mazkur Nizomning 5-bandi “b” — “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etadi. Ushbu hujjatlar imtihon oʻtkazishga doir ish yuritish hujjatlaridagi maʼlumotlar bilan taqqoslanib, soʻngra egasiga qaytariladi.
14. Imtihonlar avtomatlashtirilgan imtihon tizimi (keyingi oʻrinlarda — AIT)da avval nazariy, soʻng amaliy ketma-ketlikda oʻtkaziladi.
15. Nazariy imtihonda haydovchilikka nomzodning yoʻl harakati qoidalari va oʻquv dasturida nazarda tutilgan boshqa fanlar boʻyicha bilimlari, amaliy imtihonda esa avtomototransport vositasini boshqarish koʻnikmalari sinovdan oʻtkaziladi va baholanadi.
16. Nazariy imtihonni topshira olmagan shaxs amaliy imtihonga qoʻyilmaydi, nazariy imtihon oʻtkazilishi nazarda tutilmagan holatlar bundan mustasno. Takroriy imtihonlar oldingisidan kamida yetti kundan keyin oʻtkazilishi mumkin.
17. Nazariy imtihonlarda olingan ijobiy baho ikki oy davomida haqiqiy hisoblanadi. Agar haydovchilikka nomzod ushbu muddatda amaliy imtihonlarni topshira olmasa, uning nazariy imtihonda olgan ijobiy bahosi ham bekor qilinadi.
18. Haydovchilikka nomzodning nazariy va amaliy imtihonlari natijalari boʻyicha haydovchining imtihon varaqasi va imtihon natijalari bayonnomasi avtomatik tarzda elektron koʻrinishda shakllantiriladi.
Haydovchining imtihon varaqasi va imtihon natijalari bayonnomasi ushbu Nizomga 2-3-ilovalarga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
19. Nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan haydovchilikka nomzodlarga ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq maxsus sertifikat rasmiylashtirib beriladi.
Maxsus sertifikatning barcha rekvizitlari ichki ishlar organlari va davlat xizmatlari markazlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etiladi.
Maxsus sertifikat berilgan kundan boshlab bir yil davomida vakolatli davlat organida milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun asos hisoblanadi.
1-§. Nazariy imtihonni oʻtkazish tartibi
20. Nazariy imtihon AITning nazariy imtihon olish zali (xonasi)da joylashtiriladigan avtomatlashtirilgan ish joyi (imtihon kabinasi)dan foydalangan holda oʻtkaziladi.
21. Nazariy imtihon test shaklida oʻtkaziladi.
22. Nazariy imtihonni oʻtkazishda imtihon topshiruvchi haydovchilikka nomzod AIT tomonidan belgilanadigan avtomatlashtirilgan ish joyi (keyingi oʻrinlarda — AIJ)ni egallaydi.
23. Nazariy imtihon boshlanishidan oldin AIJ monitorida:
ushbu AIJning raqami;
imtihon qaysi toifadagi avtomototransport vositasini boshqarish huquqini berish uchun topshirilayotganligi;
haydovchilikka nomzodning familiyasi, ismi va otasining ismi (bor boʻlsa), tugʻilgan yili koʻrsatiladi.
24. Nazariy imtihon 20 ta elektron (animatsion) test savollaridan tuzilgan, har bir savolga 2 — 5 ta javob variantlari keltirilgan, javoblardan 1 tasi toʻgʻri boʻlishi kerak.
25. Haydovchilikka nomzodning xohishiga koʻra nazariy imtihon oʻzbek, rus va qoraqalpoq (Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida) tillaridan birida topshirilishi mumkin. Agar boshqa xorijiy tilda nazariy imtihon topshirish zarurati paydo boʻlsa, tarjimon yollashga ruxsat etiladi.
26. Imtihon savollari AITda shakllantiriladi hamda haydovchilikka nomzod tomonidan AIJ klaviaturasidagi tegishli klavish bosilgach, monitor ekraniga chiqadi.
27. Imtihon savollariga javob berish (toʻgʻri javob variantini tanlash) uchun haydovchilikka nomzodga 25 daqiqa vaqt beriladi. Imtihon xronometraji AIT tomonidan yuritiladi, ushbu vaqt tugagach, imtihon avtomatik tarzda toʻxtatiladi.
28. Imtihon savollariga javob berish ketma-ketligi haydovchilikka nomzod tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
29. Imtihon jarayonida klavishni bexosdan bosib yuborish oqibatida yuz berishi mumkin boʻlgan munozarali holatlarning oldini olish uchun imtihon topshirayotgan haydovchilikka nomzod klavishni takroriy bosish orqali oʻzi tanlagan javob variantlarini tasdiqlaydi.
30. Imtihon topshiruvchi haydovchilikka nomzod tomonidan barcha imtihon savollariga javob berib boʻlinganda yoki imtihonga ajratilgan vaqt yakuniga yetganida nazariy imtihon natijasi, barcha savollarga berilgan javoblarning toʻgʻri/notoʻgʻriligi va sarflangan vaqtga doir maʼlumot monitor ekraniga chiqariladi. Ekranga, shuningdek, oʻtkazilgan imtihon natijalari boʻyicha AITda shakllantirilgan imtihon varaqasining elektron shakli ham chiqariladi.
31. Nazariy imtihon natijalari AIT tomonidan avtomatik tarzda baholanadi. Bunda haydovchilikka nomzod imtihon uchun ajratilgan vaqtda imtihon savollarining:
18 ta va undan koʻpiga toʻgʻri javob bersa — “topshirdi”;
18 tadan kamiga toʻgʻri javob bersa — “topshirmadi” yakuniy bahosi AIT tomonidan avtomatik tarzda qoʻyiladi.
32. Imtihon topshirish jarayonida haydovchilikka nomzodlarga biror-bir adabiyot, mobil aloqa, texnik yoki boshqa axborot vositasidan foydalanishga, imtihon oʻtkazish jarayoniga daxldor boʻlmagan shaxslar hamda boshqa haydovchilikka nomzodlar bilan muloqotga kirishishga ruxsat etilmaydi.
Bunday holatlar aniqlangan taqdirda, imtihon AIT (DYHXX masʼul xodimi, kuzatuvchi, operator) tomonidan toʻxtatiladi (agar imtihonlar yakuni boʻyicha elektron bayonnoma chop etilgan taqdirda, DYHXX masʼul xodimi tomonidan mazkur bayonnoma haqiqiy emas deb topilib bekor qilinadi), uni sodir etgan imtihon topshiruvchi haydovchilikka nomzod imtihondan chetlashtirilib, “topshirmadi” yakuniy bahosi qoʻyiladi.
33. Nazariy imtihon jarayonida AITda nosozliklar mavjudligi aniqlanganda (yoki yuzaga kelganda) haydovchilikka nomzodlarga qoʻyilgan yakuniy baho bekor qilinib, imtihon nosozlik bartaraf etilgandan soʻng takroran (yangidan) oʻtkaziladi.
34. Nazariy imtihon natijasi boʻyicha haydovchining imtihon varaqasi va imtihon natijalari bayonnomasi avtomatik tarzda elektron koʻrinishda shakllantiriladi, QR kod bilan tasdiqlanadi, haydovchining imtihon varaqasi qogʻozga chop etilib, imtihon topshirgan haydovchilikka nomzodga taqdim etiladi. Nazariy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan haydovchilikka nomzodlarning amaliy imtihonni topshirish muddati (navbati) va vaqti AITda avtomatik tarzda belgilanadi.
2-§. Amaliy imtihonni oʻtkazish tartibi
35. Amaliy imtihon tegishli (imtihon qaysi toifali avtomototransport vositasini boshqarish huquqini olish uchun topshirilayotgan boʻlsa) toifaga mansub boʻlgan hamda bajarilgan amaliy boshqaruv mashqlari natijalarini avtomatik tarzda qayd etib boruvchi qurilmalar bilan jihozlangan maxsus avtomototransport vositasida (keyingi oʻrinlarda — avtomatlashtirilgan maxsus transport vositasi) oʻtkaziladi.
36. Barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqi uchun amaliy imtihon avtomatlashtirilgan avtodrom sharoitida sinovdan oʻtkaziladi va baholanadi.
37. Amaliy imtihon oʻtkaziladigan transport vositalarining jihozlanishi hamda avtomatlashtirilgan avtodrom Avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazishda foydalaniladigan obyektlarning jihozlanishiga qoʻyiladigan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
38. Avtomototransport vositalari toifalari boʻyicha amaliy imtihonda bajariladigan sinov mashqlari roʻyxati tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqilib, YHXBB bilan kelishiladi va tadbirkorlik subyekti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
39. Amaliy imtihon olish jarayonida bajarilgan har bir sinov mashqi hamda yakuniy natijalarning inson omilisiz baholanishi, ularga oʻzgartirish kiritish imkoniyatining toʻliq cheklanganligi AITda avtomatik nazorat qilinadi.
40. Amaliy imtihonlar yoʻl harakati qoidalari talablariga muvofiq boʻlgan, boshqarishni oʻrgatish uchun moʻljallangan mexanik transport vositalarida oʻtkaziladi.
Amaliy imtihon olinadigan transport vositasining texnik holati imtihon boshlanishidan oldin tadbirkorlik subyektining masʼul xodimi tomonidan nazoratdan oʻtkaziladi, bu haqida transport vositasining yoʻl varaqasiga tegishli belgi qoʻyiladi.
41. Avtomatlashtirilgan avtodromda yuzaga kelgan texnik nosozliklar sababli uzoq (yetti kundan koʻp) muddat avtomatlashtirilgan avtodrom tizimida imtihon olish imkoni boʻlmagan taqdirda, amaliy imtihonlar Davlat taʼlim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning oʻquv guruhlarini roʻyxatga olish, shuningdek, imtihonlarni oʻtkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisida nizomda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
Bunday imtihonlar tadbirkorlik subyektining obyektlarida (avtodromida) oʻtkazilgan taqdirda, imtihon komissiyasi tarkibiga avtomatlashtirilgan avtodromning xodimi (haydovchi instruktor, usta) kiritiladi.
42. Amaliy imtihonlarni boshlashdan oldin avtomatlashtirilgan avtodromning sozligi, yoʻl harakatini tashkil etish texnik vositalarining toʻliq va toʻgʻri oʻrnatilganligi, sozligi AITdagi tegishli test dasturlari yordamida tekshiriladi.
43. Avtomatlashtirilgan avtodromda bajariladigan sinov mashqlarini oʻtkazish (bajarish ketma-ketligi, natijalarini baholash mezonlari) tartibi tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqilib, DYHXX bilan kelishiladi va tadbirkorlik subyekti rahbari tomonidan tasdiqlanadi. (DYHXX bilan kelishish jarayonida avvalgi rad etish sabablaridan boshqa sabablarni vaj qilish taqiqlanadi).
44. Transport vositasini amaliy boshqarish boʻyicha koʻnikmalarni avtomatlashtirilgan avtodrom sharoitida baholash haydovchilikka nomzodning sinov mashqlarini bajarishi natijalariga koʻra AIT tomonidan inson omilisiz amalga oshiriladi.
45. Avtomatlashtirilgan avtodrom va tizimlarining sozligi avtomatik tarzda uzluksiz nazorat qilinishi, nosozliklar yuzaga kelganda bu haqidagi maʼlumot (axborot, ishora) avtodrom dispetcherlik punkti ishchi oʻrnidagi monitorga chiqarilishi, amaliy imtihonlar nosozlik bartaraf etilgunga qadar toʻxtatilishi, yakunlanmagan sinov mashqlari natijalari bekor qilinishi kerak.
46. Oʻtkazilgan amaliy imtihonlarning yakuniy natijasiga koʻra haydovchilikka nomzodning transport vositasini boshqarish koʻnikmasi AIT tomonidan avtomatik tarzda quyidagicha baholanadi: ijobiy natija boʻyicha “topshirdi”, salbiy natijaga esa “topshirmadi”.
47. Haydovchilikka nomzodning oʻtkazilgan amaliy imtihon boʻyicha bahosi AITda bir yil muddat saqlanadi, haydovchining imtihon varaqasi va imtihon natijalari bayonnomasi avtomatik tarzda elektron koʻrinishda shakllantiriladi, QR kod bilan tasdiqlanadi, haydovchining imtihon varaqasi qogʻozga chop etilib, imtihon topshirgan haydovchilikka nomzodga taqdim etiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
48. Tadbirkorlik subyekti tomonidan avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha xizmatlar toʻlovlar asosida koʻrsatiladi.
49. Imtihon oʻtkazish uchun undiriladigan toʻlov miqdori tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
50. Mazkur Nizomning 41-bandiga muvofiq tadbirkorlik subyektining obyektlarida oʻtkaziladigan imtihonlar uchun toʻlov miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi.
51. Toʻlov har bir imtihon uchun alohida oldindan amalga oshiriladi. Haydovchilikka nomzodning toʻlovni amalga oshirgani axborot tizimlari orqali tekshirilib, tasdiqlangach u imtihonga kiritiladi.
52. Oʻtkazilgan imtihon natijalaridan qatʼi nazar, toʻlovlar qaytarilmaydi. Haydovchilikka nomzod imtihon uchun belgilangan (rezerv qilingan) vaqtda imtihonga uzrli sabablarsiz (kasallik yoki hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa holatlarda) kelmasa yoki kech qolsa, davlat xizmati koʻrsatilgan hisoblanadi. Uzrli sabablarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda toʻlov toʻlangan hisoblanadi hamda imtihonni qayta topshirishga ruxsat etiladi.
53. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlardan tushgan mablagʻlar toʻliq hajmda tadbirkorlik subyekti ixtiyorida qoladi.
54. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishga doir tartib-taomillar (murojaatlarni qabul qilish, qayd etish, koʻrib chiqish, imtihonlarni tashkil etish, oʻtqazish, baholash mezonlari, axborot almashinuvi, ish yuritish va boshqa maʼmuriy taomillar) mustaqil ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Mazkur Nizomning 18, 38 va 43-bandlarida belgilangan normalar vakolatli ichki ishlar organi bilan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda kelishiladi.
55. Mazkur Nizom qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi
milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy
va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik
shaxslar tomonidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar tomonidan oʻtkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

1. Haydovchilik guvohnomasini olish uchun tadbirkorlik subyektiga bevosita yoki onlayn murojaat qiladi.

2. Tegishli hujjatlarni qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etadi.

Zarurat boʻlganda

2-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

1. Ariza tadbirkorlik subyektining masʼul xodimi tomonidan koʻrib chiqiladi.

2. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha ariza beruvchi shaxsning elektron manzili (yoki telefon raqami)ga imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish vaqti, shartlari va toʻlov miqdori toʻgʻrisida elektron xabar yuboradi.

Ariza tushgan vaqtdan boshlab 24 soat ichida

3-bosqich

Ariza beruvchi

Imtihonlarni topshirish uchun belgilangan miqdordagi toʻlov amalga oshiriladi.

1 kun ichida

4-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Toʻlov tasdiqlangach, imtihonlarni topshirish vaqti rezerv qilinadi va bu haqda tizim orqali xabarnoma yuboradi.

24 soat ichida

5-bosqich

Ariza beruvchi

Xabarnomada koʻrsatilgan joyga belgilangan sana va vaqtda borib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshiradi.

Xabarnomada belgilangan sana va vaqtda

6-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

1. Imtihonlardan ijobiy oʻtgan taqdirda, milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun maxsus sertifikat beradi.

2. Berilgan sertifikat toʻgʻrisida DYHXX va Davlat xizmatlari markaziga elektron tarzda maʼlumot joʻnatadi.

Shu kunning oʻzida

7-bosqich

Ariza beruvchi

1. Maxsus sertifikat va tegishli hujjatlar bilan DYHXX yoki Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladi.

2. Belgilangan toʻlovni amalga oshiradi.

Shu kunning oʻzida

8-bosqich

DYHXX yoki Davlat xizmatlari markazi

1. Maxsus sertifikatni qabul qiladi.

2. Fotosuratga tushiradi

3. Milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirib, ariza beruvchiga taqdim etadi.

Shu kunning oʻzida

Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini
beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy
va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik
shaxslar tomonidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Gr.№ _____. ____________ Amaliy mashq ustasi: _______________

Oʻqituvchi: __________ Avtomobil rusumi, d/r _____________

Avtomobil boshqarish boʻyicha imtihon

VARAQASI

_____________________________________________________________________________

(familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili)

T/r

Xatoliklar

1 ta xato uchun jarima

Imtihon oʻtkazilgan sana

Toʻplangan jarima ballari

1

2

3

4

5

6

7

Amaliy imtihon bosqichlari

1.

Balandlikka qoʻzgʻalishda:

1.1.

Notekis qoʻzgʻaldi

20

1.2.

Dvigatelni oʻchirib qoʻydi

20

1.3.

Orqaga 70 sm. jildi

20

2.

Cheklangan harakat qismida qayrilish:

2.1.

Orqaga uzatmani 1-marta qoʻshib qayrila olmadi

20

2.2.

Dvigatelni oʻchirib qoʻydi

20

2.3.

Cheklagichlardan chetga oʻtib ketdi

20

3.

Yoʻnalishning ilonizi qismida:

3.1

Ustunchalarga tegib ketdi

20

3.2.

Oʻtish davomida toʻxtab harakatlandi

20

3.3

Dvigatelni oʻchirib qoʻydi

20

4.

Orqaga yurgizib boksga qoʻyish:

4.1.

Orqaga uzatmani 1-marta qoʻshib qayrila olmadi

20

4.2.

Dvigatelni oʻchirib qoʻydi

20

4.3.

Cheklagichlardan chetga oʻtib ketdi

20

5.

Bosqichni notoʻgʻri bajardi

100

Jami natijalari

Imtihon natijasi: (topshirdi yoki topshirmadi)

________________________

Tibbiy maʼlumotnoma raqami, berilgan joyi, sanasi

____________________________

Amaliy imtihonni qabul qilgan masʼul xodim

__________________________________

Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini
beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy
va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik
shaxslar tomonidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

Imtihon bayoni № ______________

_______________

(sana)

Imtihon hayʼatining raisi ________________________

Imtihon hayʼatining aʼzolari 1. ______________ 2. ______________ 3. ______________

T/r

Imtihon topshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi

Qaysi toifaga

Imtihon topshiruvchi oʻqigan tashkilot

Nazariy imtihon

Amaliy imtihon

Amaliy imtihon

Nechanchi marta

Natija

Nechanchi marta

Natija

Nechanchi marta

Natija

1.

2.

3.

4.

5.

6.

7.

8.

9.

10.

11.

12.

13.

14.

15.

16.

17.

18.

19.

20.

21.

22.

23.

24.

25.

Imtihon hayʼati raisi:

____________ ____________________________

Imtihon hayʼatining aʼzolari:

1. ____________ ____________________________

2. _____________ ___________________ 3. ______________ ____________________

Avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini
beruvchi milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy
va amaliy imtihonlarni tadbirkorlik subyektlari — yuridik
shaxslar tomonidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik toʻgʻrisida maxsus sertifikat
NAMUNASI
Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy
imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik haqida
maxsus sertifikatning tavsifi
Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganligi haqida maxsus sertifikat (keyingi oʻrinlarda — sertifika) 148x210 mm (A6) oʻlchamda elektron shaklda tayyorlanib, oddiy qogʻozda chop etiladi.
Lotin yozuvidagi davlat tilidan hamda rus va ingliz tillaridan foydalaniladi. Seriya va raqami oʻn toʻrt sondan iborat.
Sertifikat maxsus vositalar (dasturlar) yordamida oʻqish mumkin boʻlgan QR kod bilan himoyalanadi.
Sertifikatning old tomonida “Milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganlik haqida maxsus SERTIFIKAT” soʻzlari, shuningdek, sertifikat berilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili/oyi/sanasi), imtihon qaysi transport vositasini boshqarish uchun topshirilganligi, uni rasmiylashtirgan tadbirkorlik subyekti-yuridik shaxsning nomi, berilgan joyi, vaqti va amal qilish muddati majburiy tartibda koʻrsatiladi, imtihon topshirgan shaxsning imzosi uchun joy mavjud”;
e) 3-ilovaning 24-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“24. Oʻquv tashkilotining avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash yakuni boʻyicha bitirish imtihonlarini ijobiy topshirgan nomzodlar milliy haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar topshiradi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/272/0419-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)