Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Mamlakatda davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda tadbirkorlarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, davlat tomonidan alohida sohalarni ortiqcha tartibga solish holatlari hanuzgacha mavjudligi xususiy sektorning davlat funksiyalarini amalga oshirishdagi ishtiroki darajasiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Jumladan, davlat funksiyalarini xususiy sektorga berish imkoniyatini oʻrganishga hamda mazkur yoʻnalishda tegishli shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashuvchi tizimning mavjud emasligi davlat organlari tomonidan ushbu masalalarga eʼtibor qaratilmayotganligiga olib kelmoqda.
Bozor sharoitida raqobatni yanada rivojlantirish, tadbirkorlikning yangi yoʻnalishlarini rivojlantirishga qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish, fuqarolarning ishchanlik faolligini oshirish, aholiga xizmat koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
1. Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
1-ilovaga muvofiq davlat boshqaruvi sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning dastlabki yoʻnalishlari;
davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtkazish hamda davlat boshqaruvi sohasida amalda mavjud imkoniyatlarni kengaytirish;
tegishli hududlarda davlat funksiyalari oʻtkazilayotgan sohalarda yetarli miqdorda xususiy sektor subyektlari tashkil etilguniga qadar mazkur funksiyalarning davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ham amalga oshirilishi;
xususiy sektorga oʻtkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini eʼlon qilish va muhokamadan oʻtkazish uchun elektron maydoncha faoliyatining ishga tushirilishi;
vazirlik va idoralar kesimida xususiy sektorga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan davlat funksiyalarini tahlil etish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan davlat funksiyalarining yagona reyestri shakllantirilishi.
2. Kadastr ishlarini bajarish sohasida:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-apreldagi “Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4270-son qarori bilan 2020-yil 1-yanvardan boshlab tajriba-sinov tariqasida Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi instituti joriy etilganligi inobatga olinsin;
b) belgilab qoʻyilsinki, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida oʻtkazilayotgan mazkur tajriba-sinov 2022-yil 31-dekabrga qadar amal qiladi hamda uning doirasida:
2021-yil 1-apreldan boshlab Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandislariga, shu jumladan koʻchmas mulk obyektlariga birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash huquqi beriladi;
koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash jarayonlari maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda Kadastr agentligi tomonidan monitoringi olib boriladi;
koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi oʻz faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi;
koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash boʻyicha xizmatlar uchun narxlar tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan minimal stavkalardan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablagʻlar toʻliq hajmda uning tasarrufida qoladi.
3. Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash sohasida 2021-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilishini tashkil etish huquqi berilsin. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylarning dislokatsiyasini, mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi ikki yilda aniqlangan yoʻl harakati qoidalari turlari boʻyicha qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “E-AUKSION” tizimidagi alohida veb-sahifada eʼlon qilib boradi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joylarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi;
elektron auksion savdolariga qoʻyish uchun maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlangʻich narxi) Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartib asosida aniqlanadi;
elektron auksion savdolarida gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqi bilan biriktiriladi;
elektron auksion savdolarida gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlari maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan aniq mezonlar va texnik topshiriqlarga muvofiq xarid qiladi hamda Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan talablar va boshqa zarur shartlarga muvofiq biriktirilgan joylarda oʻrnatadi;
oʻrnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
oʻrnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarining texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini taʼminlash, shu jumladan joriy elektr energiyasi xarajatlarini qoplash tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yuklatiladi;
tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanadi.
2021-2022-yillarda respublika boʻyicha maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Milliy haydovchilik guvohnomasini berish sohasida 2021-yil 1-apreldan boshlab avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyati uchun litsenziyaga ega tadbirkorlik subyektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish huquqi berilsin. Bunda:
haydovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablarida, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari uchun zamonaviy avtodromlarni tashkil etish va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlash boʻyicha qoʻshimcha majburiyatlar nazarda tutiladi;
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish va baholash inson omilisiz, toʻliq avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi;
haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlar Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati vakilining bevosita yoki onlayn nazorati ostida oʻtkaziladi;
haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar miqdori tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablagʻlar toʻliq hajmda uning tasarrufida qoladi;
nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos boʻladigan maxsus himoyalangan sertifikatlar beriladi;
maxsus himoyalangan sertifikatlarning barcha zarur rekvizitlari tadbirkorlik subyekti tomonidan davlat xizmatlari markazlari va ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etiladi.
5. Transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash sohasida 2021-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga avtomobil yoʻllarida avtomatlashtirilgan oʻlchov vositalari bilan jihozlangan ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatilishini tashkil etish huquqi berilsin. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylarning dislokatsiyasini va mazkur hududdagi transport oqimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni “E-AUKSION” tizimidagi alohida veb-sahifada eʼlon qilib boradi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)
ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatiladigan joylarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi;
elektron auksion savdolariga qoʻyish uchun ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlangʻich narxi) Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartib asosida aniqlanadi;
elektron auksion savdolarida gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatiladigan joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqi bilan biriktiriladi;
elektron auksion savdolarida gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlari ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalarni Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan aniq mezonlar, texnik topshiriqlar, oʻrnatishga qoʻyiladigan talablar va boshqa zarur shartlarga muvofiq xarid qiladi va biriktirilgan joylarda oʻrnatadi;
oʻrnatilgan ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalarni Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilish Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
oʻrnatilgan ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalarning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini taʼminlash, shu jumladan joriy elektr energiyasi xarajatlarini qoplash tadbirkorlik subyektlari zimmasiga yuklatiladi;
tadbirkorlik subyektlariga tegishli ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda taqsimlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
2021-2022-yillarda respublika boʻyicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalarni oʻrnatish dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida 2021-yil 1-martdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari koʻrsatilishida agent sifatida ishtirok etishga ruxsat berilsin. Bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
agent sifatida xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining xodimlari nodavlat taʼlim sohasidagi kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash faoliyatini boshlaganlik haqida xabarnoma yuborgan hamda Adliya vazirligining “Agent” platformasida roʻyxatdan oʻtgan oʻquv markazlarining oʻquv kurslarida yoki Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida oʻqigan hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan oʻtkaziladigan malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganlarga beriladigan agent sertifikatiga ega boʻlishi shart;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/157/0811-son)
sertifikatlar 3 yil muddatga beriladi va ularni berish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 221-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlarini koʻrsatishda tadbirkorlik subyektlariga agent sifatida ishtirok etish uchun sertifikat berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlari tomonidan agent sifatida xizmatlarni koʻrsatish Adliya vazirligining “Agent” platformasi doirasida amalga oshiriladi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/157/0811-son)
Oldingi tahrirga qarang.
agent sifatida xizmatlarni koʻrsatish huquqini beruvchi sertifikatga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini tegishli davlat xizmatini koʻrsatish tizimiga ulash, ularni roʻyxatdan oʻtkazish va jarayonni monitoring qilish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/157/0811-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Adliya vazirligi agent sifatida xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining yagona elektron reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/157/0811-son)
agent xizmatlari uchun fuqarolar tomonidan alohida toʻlov amalga oshiriladi, bunda narxlar tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi hamda kelib tushadigan mablagʻlar toʻliq hajmda uning tasarrufida qoladi;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlari tomonidan agent sifatida koʻrsatilishi mumkin boʻlgan davlat xizmatlari roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish huquqi beriladi.
(6-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-157-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.09.2025-y., 06/25/157/0811-son)
7. Belgilansinki, 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari va tashkilotlarining ichki maʼmuriy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlash va saqlash boʻyicha funksiyalarini bajarish xususiy sektorga oʻtkaziladi. Bunda:
mazkur talab davlat organlari va tashkilotlarining tegishli funksiyalarni xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha olib borilgan tahlillari, samaradorligini oʻrganish natijalari va aniq hisob-kitoblari asosida Moliya vazirligining salbiy xulosasi mavjud boʻlgan holatlarda tatbiq qilinmaydi;
davlat organlari va tashkilotlarining ichki maʼmuriy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlash va saqlash boʻyicha funksiyalarni oʻzi muassis boʻlgan davlat korxonalariga yuklash taqiqlanadi.
Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar davlat organlari va tashkilotlarining xususiy sektorga oʻtkaziladigan ichki maʼmuriy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlash va saqlash boʻyicha funksiyalarining hamda ushbu tartib joriy etiladigan vazirlik va idoralarning roʻyxatini, shuningdek, ular boʻyicha iqtisodiy tahlil oʻtkazish metodikasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
8. “Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi doirasida davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
9. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining quyidagi bosqichlardan iborat boʻlgan davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
a) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xususiy sektorga oʻtkazish uchun davlat funksiyalarini har yili tanlab olish. Bunda:
vazirlik va idoralarning davlat boshqaruvidagi samarasiz hamda eksklyuziv funksiya va vakolatlari toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi;
xususiy sektorga oʻtkazish imkoniyati mavjudligi va iqtisodiy samaradorligi nuqtai nazaridan davlat funksiyalari obyektiv tahlil qilinadi;
xususiy sektorga moslashtirgan holda davlat funksiyalarining mazmun-mohiyati aniqlashtiriladi;
xususiy sektorga oʻtkazishga taklif etilayotgan davlat funksiyalarining yakuniy roʻyxati tegishli vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantiriladi;
b) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan xususiy sektor bozori davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tayyorligini tahlil qilish. Bunda:
xususiy sektorga oʻtkazish taklif etilayotgan davlat funksiyalari roʻyxati eʼlon qilinadi va keng jamoatchilik muhokamasiga qoʻyiladi;
davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun xususiy sektor faolligini ragʻbatlantirish choralari ishlab chiqiladi;
davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun xususiy sektorning taklif va mulohazalari umumlashtiriladi va tahlil qilinadi;
oʻtkazilayotgan davlat funksiyalariga oʻxshash boʻlgan faoliyat tajribasiga ega xususiy sektor subyektlarining dastlabki roʻyxati shakllantiriladi;
xususiy sektorda zarur resurslar va infratuzilma, shuningdek, malakali kadrlar mavjudligi nuqtai-nazaridan tahlil oʻtkaziladi;
real xarajatlar va tovar (ish, xizmat) qiymatini hisobga olgan holda xususiy sektor va isteʼmolchilar uchun davlat funksiyalarini amalga oshirish qiymati belgilanadi;
v) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;
g) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan xususiy sektorga oʻtkazilgan davlat funksiyalari amalga oshirilishini monitoring qilish. Bunda:
davlat funksiyalari amalga oshirilganligi natijalari boʻyicha xususiy sektorning maʼlumoti umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, shuningdek, umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida ular amalga oshirilganligining samaradorligi va sifati baholanadi;
xususiy sektor tomonidan davlat funksiyalari samarasiz yoki sifatsiz amalga oshirilganligi holati aniqlangan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish hamda oʻtkazilgan davlat funksiyalarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
d) Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan davlat funksiyalari oʻtkazilishi munosabati bilan tegishli davlat organining shtat birliklarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. Bunda:
(9-band “d” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-oktabrdagi PF-197-sonli Farmoni tahririda)
davlat funksiyalari xususiy sektorga oʻtkazilgandan soʻng davlat organi boʻlinmalarining funksional yuklamasi tahlil qilinadi;
davlat funksiyalari oʻtkazilishi munosabati bilan davlat organlari tegishli boʻlinmalarining boʻshagan shtat birliklarini maqbullashtirish boʻyicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
10. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasida 2021-yil 1-yanvardan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining shtat birliklarining maqbullashtirilgan qismi hisobidan 8 ta shtat birligidan iborat Xususiy sektorni tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilsin hamda uning vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
“Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi va davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
xususiy sektorga oʻtkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini eʼlon qilish va muhokamadan oʻtkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritib borish;
xususiy sektorga berilishi mumkin boʻlgan davlat funksiyalari tahlilini olib borish va oʻrganish natijasida tegishli choralar koʻrilishi yuzasidan takliflar tayyorlash.
11. Quyidagilar:
a) Kadastr agentligi direktori X.S. Turaxujayev zimmasiga — Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladigan koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandislariga koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash funksiyasini amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish, ushbu xizmatlar narxining minimal stavkalarini belgilash, maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish;
b) ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga:
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari toʻliq tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda biriktirilishini tashkil etish, ushbu yoʻnalishda tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama yordam berish, yuzaga keladigan muammolarni xolisona, adolatli va tezkor hal etish hamda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻz vaqtida oʻrnatilishi va ishga tushirilishini taʼminlash;
tadbirkorlik subyektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari ishlab chiqilishi, tadbirkorlik subyektlari tomonidan zamonaviy avtodromlarni tashkil etish va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlash, nazariy va amaliy imtihonlar oʻtkazilishini nazorat qilish;
v) Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi A.A. Abduvaliyev zimmasiga — ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar toʻliq tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda biriktirilishini tashkil etish, ushbu yoʻnalishda tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama yordam berish, yuzaga keladigan muammolarni xolisona, adolatli va tezkor hal etish hamda ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻz vaqtida oʻrnatilishi va ishga tushirilishini taʼminlash;
g) adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga — davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari koʻrsatilishida agent sifatida ishtirok etish, ushbu xizmatni koʻrsatish huquqini beruvchi sertifikatni berish tartibini ishlab chiqish, agent sifatidagi xizmatlar boʻyicha maxsus oʻquv kurslarining tashkil etilishini taʼminlash;
d) moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga — davlat organlari va tashkilotlarining xususiy sektorga oʻtkaziladigan ichki maʼmuriy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlash va saqlash boʻyicha funksiyalarining hamda ushbu tartib joriy etiladigan vazirlik va idoralarning roʻyxatini, shuningdek, ular boʻyicha iqtisodiy tahlil oʻtkazish metodikasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat va javobgarlik yuklansin.
12. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida:
a) Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov davlat organlarining tegishli funksiyalari belgilangan muddatlarda xususiy sektorga oʻtkazilishini, shuningdek, xususiy sektorga oʻtkazilgan davlat funksiyalarini amalga oshirish tartiblari qisqa muddatlarda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin;
b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S.X. Bekenov) ikki oy muddatda mazkur qarorda belgilangan elektron auksion savdolarini joriy etish yuzasidan tegishli choralar koʻrilishini taʼminlasin;
v) masʼul vazirlik va idoralar rahbarlari mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish, shuningdek, davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha taʼsirchan choralarni koʻrsin;
g) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A.J. Ortiqov):
muntazam ravishda xususiy sektorga oʻtkazilgan davlat funksiyalari amalga oshirilishini monitoring qilib borsin;
bir oy muddatda Xususiy sektorni tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasini zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirsin;
ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqadigan qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
d) Adliya vazirligi (R.Q. Davletov) davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning huquqiy mexanizmlari va oʻz-oʻzini tartibga solish institutini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga har tomonlama amaliy yordam koʻrsatsin;
e) Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A. Xodjayev) Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A.K. Koʻchimov) va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J. Xadjayev) bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni aholi orasida keng yoritish choralarini koʻrsin.
13. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021-yil 1-mart, 1-sentabr va 2022-yil 1-yanvarga qadar, keyinchalik har chorak yakuni boʻyicha axborot berib borilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 7-dekabr,
PQ-4913-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat boshqaruvi sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning
DASTLABKI YOʻNALISHLARI
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Yoʻnalish nomi

Amalga oshirish mexanizmlari

Xususiy sektorga oʻtkaziladigan sana

Masʼul tashkilot

1.

Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash

1. Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandislariga, shu jumladan koʻchmas mulk obyektlariga birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash huquqi beriladi.

2. Kadastr yigʻmajildini tayyorlash jarayonlari maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi hamda Kadastr agentligi tomonidan monitoring qilib boriladi.

3. Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisi oʻz faoliyatini yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasini tuzish orqali yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi.

4. Kadastr yigʻmajildini tayyorlash boʻyicha xizmatlar uchun narxlar tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan minimal stavkalardan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi.

2021-yil 1-apreldan boshlab

Kadastr agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2.

Avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilishini tashkil etish

1. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalari oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylar dislokatsiyasi “E-IJRO AUKSION” tizimidagi alohida veb-sahifada eʼlon qilinishi hamda mazkur joylar tadbirkorlik subyektlariga elektron auksion savdolari orqali cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqi bilan biriktiriladi.

2. Elektron auksion savdolariga qoʻyish uchun mazkur dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlangʻich narxi) Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

3. Elektron auksion savdolarida gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlari dasturiy-texnik vositalarini belgilangan talablar va boshqa zarur shartlarga muvofiq biriktirilgan joylarda oʻrnatadi.

4. Oʻrnatilgan dasturiy-texnik vositalari Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinadi, shuningdek, uning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini taʼminlash tadbirkorlik subyekti zimmasiga yuklatiladi.

5. Mazkur dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq taqsimlanadi.

2021-yil 1-martdan boshlab

Ichki ishlar vazirligi, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi

3.

Barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (tramvay va trolleybusdan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish

1. Tadbirkorlik subyektlari zamonaviy avtodromlarni tashkil etadi va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlaydi.

2. Haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish va baholash inson omilisiz, toʻliq avtomatlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati vakilining bevosita yoki onlayn nazorati ostida oʻtkaziladi.

3. Imtihonlarni oʻtkazish boʻyicha xizmatlar uchun toʻlovlar miqdori tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

4. Imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos boʻladigan maxsus himoyalangan sertifikatlar beriladi va uning barcha zarur rekvizitlari davlat xizmatlari markazlari va ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan holda taqdim etiladi.

2021-yil 1-apreldan boshlab

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Ichki ishlar vazirligi

4.

Avtomobil yoʻllarida avtomatlashtirilgan oʻlchov vositalari bilan jihozlangan ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatilishini tashkil etish

1. Ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatiladigan joylarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi hamda cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqi bilan biriktiriladi.

2. Elektron auksion savdolariga qoʻyish uchun statsionar shoxobchalar oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlangʻich narxi) Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

3. Elektron auksion savdolarida gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektlari statsionar shoxobchalarni belgilangan talablar va boshqa zarur shartlarga muvofiq biriktirilgan joylarda oʻrnatadi.

4. Oʻrnatilgan statsionar shoxobchalar Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilinadi, shuningdek, uning texnik ekspluatatsiyasi va uzluksiz ishlashini taʼminlash tadbirkorlik subyekti zimmasiga yuklatiladi.

5. Mazkur statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalardan ajratmalar miqdori Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq taqsimlanadi.

2021-yil 1-martdan boshlab

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi

5.

Davlat idoralari, muassasalari va tashkilotlari, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari koʻrsatilishida agent sifatida ishtirok etish

1. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan agent sifatida xizmatlarni koʻrsatish Adliya vazirligining yagona platformasi doirasida amalga oshiriladi.

2. Agent sifatida xizmatlarni koʻrsatish huquqini beruvchi sertifikatga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlarini tegishli davlat xizmatini koʻrsatish tizimiga ulash, ularni roʻyxatdan oʻtkazish va jarayonni monitoring qilish mazkur xizmatlarni koʻrsatuvchi davlat idoralari, muassasalari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

3. Adliya vazirligi agent sifatida xizmatlarni koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining yagona elektron reyestrini shakllantiradi va yuritadi.

4. Fuqarolar uchun yagona elektron reyestr orqali oʻziga qulay agentlarni tanlab olish imkoniyati yaratiladi.

5. Agent xizmatlari uchun narxlar tadbirkorlik subyekti tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

2021-yil 1-martdan boshlab

Adliya vazirligi

6.

Davlat organlari va tashkilotlarining ichki maʼmuriy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlash va saqlash boʻyicha funksiyalarini bajarish

1. Davlat organlari va tashkilotlarining xususiy sektorga oʻtkaziladigan ichki maʼmuriy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlash va saqlash boʻyicha funksiyalarining hamda ushbu tartib joriy etiladigan vazirlik va idoralarning roʻyxati, shuningdek, ular boʻyicha iqtisodiy tahlil oʻtkazish metodikasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

2. Mazkur funksiyalar davlat organlari va tashkilotlarining tegishli funksiyalarni xususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha olib borilgan tahlillari, samaradorligini oʻrganish natijalari va aniq hisob-kitoblari asosida oʻtkaziladi.

2021-yil 1-iyundan boshlab

Moliya vazirligi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi PF-113-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: mazkur ilovaga muvofiq xususiy sektorga berilayotgan davlat funksiyalari boʻyicha tovarlar muomalasi sohasi 2035-yil 31-dekabrga qadar tovar bozori sifatida qaralmaydi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-oktabrdagi PQ-296-sonli qaroriga izoh bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2025-y., 07/25/296/0902-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga
2-ILOVA
2021-2022-yillarda respublika boʻyicha maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish
DASTURI

T/r

Hudud nomi

Intellektual videokameralar soni

Statsionar radarlar soni

Respublika boʻyicha jami:

3 356

763

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Jami:

100

97

1.

Nukus shahri

31

20

2.

Amudaryo tumani

5

8

3.

Beruniy tumani

10

8

4.

Qonlikoʻl tumani

3

3

5.

Qoraoʻzak tumani

3

8

6.

Kegeyli tumani

3

6

7.

Qoʻngʻirot tumani

6

7

8.

Moʻynoq tumani

4

2

9.

Nukus tumani

1

4

10.

Taxtakoʻpir tumani

4

2

11.

Toʻrtkoʻl tumani

7

8

12.

Xoʻjayli tumani

6

6

13.

Chimboy tumani

4

7

14.

Shumanay tumani

3

3

15.

Taxiatosh tumani

4

16.

Ellikqalʼa tumani

6

5

Andijon viloyati

Jami:

106

75

17.

Andijon shahri

15

18.

Xonobod shahri

30

10

19.

Andijon tumani

6

6

20.

Asaka tumani

13

5

21.

Baliqchi tumani

6

22.

Boʻston tumani

2

4

23.

Buloqboshi tumani

2

3

24.

Jalaquduq tumani

3

3

25.

Izboskan tumani

2

2

26.

Marhamat tumani

3

3

27.

Oltinkoʻl tumani

10

8

28.

Paxtaobod tumani

4

3

29.

Xoʻjaobod tumani

6

5

30.

Ulugʻnor tumani

4

3

31.

Qoʻrgʻontepa tumani

2

2

32.

Asaka shahri

5

2

33.

Shahrixon tumani

8

1

Buxoro viloyati

Jami:

103

50

34.

Buxoro shahri

54

15

35.

Kogon shahri

4

4

36.

Buxoro tumani

1

4

37.

Vobkent tumani

6

5

38.

Jondor tumani

4

2

39.

Kogon tumani

5

2

40.

Peshkoʻ tumani

3

2

41.

Olot tumani

2

3

42.

Romitan tumani

6

5

43.

Qorakoʻl tumani

3

2

44.

Shofirkon tumani

5

5

45.

Gʻijduvon tumani

10

1

Jizzax viloyati

Jami:

76

35

46.

Baxmal tumani

4

2

47.

Gʻallaorol tumani

5

5

48.

Doʻstlik tumani

1

1

49.

Sh. Rashidov tumani

13

5

50.

Zomin tumani

4

2

51.

Zarbdor tumani

1

3

52.

Zafarobod tumani

4

2

53.

Mirzachoʻl tumani

4

2

54.

Paxtakor tumani

2

3

55.

Forish tumani

1

1

56.

Jizzax shahri

34

9

57.

Yangiobod tumani

2

58.

Arnasoy tumani

1

Qashqadaryo viloyati

Jami:

117

115

59.

Qarshi shahri

42

8

60.

Shahrisabz shahri

8

1

61.

Gʻuzor tumani

4

12

62.

Dehqonobod tumani

3

9

63.

Kasbi tumani

5

12

64.

Kitob tumani

4

5

65.

Koson tumani

5

6

66.

Qamashi tumani

4

10

67.

Qarshi tuman

8

11

68.

Mirishkor tumani

4

2

69.

Muborak tumani

4

1

70.

Nishon tumani

4

1

71.

Chiroqchi tumani

8

16

72.

Shahrisabz tumani

8

4

73.

Yakkabogʻ tumani

6

17

Navoiy viloyati

Jami:

20

12

74.

Karmana tumani

3

3

75.

Konimex tumani

4

1

76.

Qiziltepa tumani

1

3

77.

Navbahor tumani

1

3

78.

Xatirchi tumani

2

2

79.

Navoiy shahri

8

80.

Uchquduq tumani

1

Namangan viloyati

Jami:

41

26

81.

Namangan shahri

11

6

82.

Kosonsoy tumani

1

1

83.

Mingbuloq tumani

3

2

84.

Namangan tumani

3

2

85.

Norin tumani

2

1

86.

Pop tumani

3

2

87.

Toʻraqoʻrgʻon tuman

4

2

88.

Uychi tumani

2

2

89.

Uchqoʻrgʻon tumani

3

2

90.

Chortoq tumani

2

2

91.

Chust tumani

4

2

92.

Yangiqoʻrgʻon tumani

3

2

Samarqand viloyati

Jami:

103

27

93.

Samarqand shahri

63

1

94.

Bulungʻur tumani

3

1

95.

Jomboy tuman

3

2

96.

Ishtixon tumani

2

1

97.

Kattaqoʻrgʻon tuman

6

2

98.

Narpay tuman

2

5

99.

Oqdaryo tumani

3

6

100.

Pastdargʻom tuman

5

2

101.

Paxtachi tumani

2

2

102.

Samarqand tumani

2

2

103.

Toyloq tumani

3

1

104.

Urgut tumani

3

2

105.

Qoʻshrabod tumani

2

106.

Nurobod tumani

1

107.

Payariq tumani

3

Sirdaryo viloyati

Jami:

58

30

108.

Boyovut tumani

3

3

109.

Guliston tumani

4

2

110.

Mirzaobod tumani

4

4

111.

Oqoltin tumani

3

3

112.

Sayxunobod tumani

4

3

113.

Sirdaryo tumani

9

6

114.

Xovos tumani

1

2

115.

Guliston shahri

26

5

116.

Yangiyer shahri

2

2

117.

Sardoba tumani

1

118.

Shirin tumani

1

Surxondaryo viloyati

Jami:

56

24

119.

Termiz shahri

8

5

120.

Boysun tumani

4

2

121.

Denov tumani

4

8

122.

Oltinsoy tumani

4

1

123.

Sariosiyo tumani

4

2

124.

Uzun tumani

4

1

125.

Sherobod tumani

4

2

126.

Qiziriq tumani

4

2

127.

Bandixon tumani

4

1

128.

Jarqoʻrgʻon tumani

8

129.

Qumqoʻrgʻon tumani

2

130.

Termiz tumani

1

131.

Shoʻrchi tumani

5

Toshkent viloyati

Jami:

90

92

132.

Bekobod tumani

2

4

133.

Boʻka tumani

2

3

134.

Boʻstonliq tumani

3

8

135.

Zangiota tumani

4

3

136.

Oqqoʻrgʻon tumani

2

3

137.

Oʻrtachirchiq tumani

2

4

138.

Qibray tumani

14

7

139.

Quyichirchiq tumani

4

4

140.

Nurafshon shahri

2

3

141.

Ohangaron shahri

2

1

142.

Ohangaron tumani

1

13

143.

Parkent tumani

6

2

144.

Piskent tumani

1

5

145.

Chinoz tumani

4

8

146.

Chirchiq shahri

15

4

147.

Yuqorichirchiq tumani

7

14

148.

Yangiyoʻl tumani

1

6

149.

Angren shahri

7

150.

Olmaliq shahri

2

151.

Yangiyoʻl shahri

5

152.

Toshkent tumani

4

Fargʻona viloyati

Jami:

37

13

153.

Fargʻona shahri

2

1

154.

Margʻilon shahri

2

155.

Quvasoy shahri

2

156.

Qoʻqon shahri

3

157.

Bagʻdod tumani

2

1

158.

Beshariq tumani

2

159.

Buvayda tumani

2

160.

Dangʻara tumani

1

1

161.

Yozyovon tumani

2

162.

Oltiariq tumani

1

2

163.

Qoʻshtepa tumani

1

164.

Rishton tumani

2

1

165.

Soʻx tumani

1

166.

Toshloq tumani

2

167.

Uchkoʻprik tumani

1

2

168.

Fargʻona tumani

2

1

169.

Furqat tumani

3

170.

Oʻzbekiston tumani

3

4

171.

Quva tumani

3

Xorazm viloyati

Jami:

32

10

172.

Bogʻot tumani

4

2

173.

Urganch tumani

4

3

174.

Urganch shahri

4

175.

Hazorasp tumani

4

1

176.

Xonqa tumani

4

1

177.

Xiva shahri

4

1

178.

Xiva tumani

4

1

179.

Shovot tumani

4

1

Toshkent shahri

Jami:

2 417

157

180.

Bektemir tumani

12

6

181.

Mirobod tumani

63

6

182.

Mirzo Ulugʻbek tumani

167

4

183.

Sergeli tumani

176

15

184.

Olmazor tumani

390

32

185.

Uchtepa tumani

184

12

186.

Shayxontohur tumani

363

32

187.

Yashnobod tumani

443

16

188.

Chilonzor tumani

260

16

189.

Yunusobod tumani

321

10

190.

Yakkasaroy tumani

38

8

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga
3-ILOVA
2021-2022-yillarda respublika boʻyicha tadbirkorlik subyektlari tomonidan ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalarni oʻrnatish
DASTURI

T/r

Avtomobil yoʻlining nomi

Shoxobchalarning joylashuv manzili*

Shoxobchalar soni

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

2

1.

A380 “Gʻuzor — Buxoro — Nukus — Beyneu”

753 km

2

Andijon viloyati

2

2.

A373 “M39 avtoyoʻli — Guliston — Boʻka — Angren — Qoʻqon va Andijon orqali — Oʻsh”

385 km

2

Jizzax viloyati

2

3.

M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz”

1 018 km

2

Qashqadaryo viloyati

2

4.

A378 “Samarqand — Gʻuzor”

58 km

2

Navoiy viloyati

2

5.

M37 “Samarqand — Buxoro — Turkmanboshi”

147 km

2

Toshkent viloyati

2

6.

M39 “Almati — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz”

817 km

2

Xorazm viloyati

2

7.

4R161 “Urganch sh. — Cholish q. — Beruniy sh.”

11,5 km

2

Jami:

14 ta

* Texnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqilganidan soʻng shoxobchalarning joylashuv manziliga aniqlik kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qaroriga
4-ILOVA
“Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat” loyihasi doirasida davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro etish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Normativ-huquqiy va metodologik bazani shakllantirish

1.

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirokini cheklashning asosiy tamoyillarini belgilovchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

Qonun loyihasi

2021-yil 15-mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov)

2.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Tadbirkorlik va professional faoliyat subyektlarini oʻz-oʻzini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish:

oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotga aʼzolikka qabul qilish va aʼzolikni tugatish shartlari va tartibi, oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotning boshqaruv organlarini shakllantirish tartibi va vakolatlari, shuningdek, oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilot faoliyatini tashkil etishning boshqa masalalari;

oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotining qoida va standartlarini qabul qilish, oshkor qilish tartibi va mazmuniga qoʻyiladigan talablar;

manfaatdor shaxslarga va manfaatlar toʻqnashuvini aniqlash va hal qilish tartibiga qoʻyiladigan talablar;

oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotni oʻz aʼzolarining faoliyati ustidan nazorat qilish va oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilot aʼzolariga nisbatan intizomiy taʼsir choralarini qoʻllash tartibi;

oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotlarning mol-mulkini shakllantirish manbalari va oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilot aʼzolarining oʻzlari ishlab chiqargan tovarlar (ishlar, xizmatlar) isteʼmolchilari va boshqa shaxslar oldida mulkiy javobgarligini taʼminlash usullari;

oʻz-oʻzini tartibga soluvchi tashkilotlar va davlat organlarining oʻzaro hamkorligi tartibi.

Qonun loyihasi

2021-yil 1-iyul

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov)

3.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish:

davlat funksiyalarini tanlab olish;

bozor tayyorligini tahlil qilish;

davlat funksiyalarini (autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqalar) xususiy sektorga oʻtkazish usullari va mexanizmlari;

xususiy sektorga oʻtkazilgan davlat funksiyalari amalga oshirilishini monitoring qilish;

davlat funksiyalari oʻtkazilishi munosabati bilan tegishli davlat organlarining shtat birliklarini maqbullashtirish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-fevral

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov), Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov)

4.

Fuqarolar yigʻinlarida tinchlik, osoyishtalik, xavfsizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning mulkiga boʻlgan tajovuzlarning oldini olish maqsadida barpo etilgan ayrim “Jamoatchilik nazorati maskanlari”ni eksperiment tariqasida videokameralar oʻrnatish sharti bilan, tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berib, ular negizida “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-mart

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov),

Milliy gvardiya (R. Djurayev)

II. Davlat organlari funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazish kompleks mexanizmini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari

Kadastr ishlarini bajarish sohasida

5.

Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi tajriba-sinov tariqasida joriy etilgan koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandislariga koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash funksiyasini amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-mart

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov)

6.

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash boʻyicha xizmatlar narxining minimal stavkalarini belgilash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-mart

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

7.

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash jarayonlarini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-mart

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

8.

Toshkent viloyati va Toshkent shahrida koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini, shu jumladan birlamchi kadastr yigʻmajildini tayyorlash bilan bogʻliq barcha jarayonlarni Kadastr agentligining Milliy geografik axborot tizimi orqali maʼlumot almashuvini taʼminlash yoʻli bilan amalga oshirish choralarini koʻrish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-mart

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

9.

Koʻchmas mulk obyektlariga kadastr yigʻmajildini tayyorlash qoidalari (roʻyxat raqami 2725, 2015-yil 22-oktabr) hamda Koʻchmas mulk boʻyicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (roʻyxat raqami 3211, 2020-yil 17-yanvar) qayta koʻrib chiqish.

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2021-yil 1-fevral

Kadastr agentligi (X. Turaxujayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(S. Bekenov), Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov)

Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash hamda transport vositalarining xavfsiz harakatlanishini taʼminlash sohalarida

10.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil yoʻllarida yoʻl harakati qoidalari buzilganligini qayd etuvchi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video dasturiy-texnik vositalarini oʻrnatish va ekspluatatsiya qilish tartibini ishlab chiqish. Bunda:

maxsus avtomatlashtirilgan foto va videoni qayd etish dasturiy-texnik vositalarini elektron auksion savdolari orqali oʻtkazish boʻyicha talablar;

maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini xarid qilish va biriktirishning aniq mezonlari, texnik topshiriqlar, oʻrnatishga qoʻyiladigan talablar va boshqa zarur shartlar nazarda tutiladi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 20-fevral

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Transport vazirligi (I. Maxkamov)

11.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalarga boʻlgan talablar;

tadbirkorlik subyektlari ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalarni xarid qilish va biriktirishning aniq mezonlari, texnik topshiriqlar, oʻrnatishga qoʻyiladigan talablar;

ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatiladigan joylarni tadbirkorlik subyektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali oʻtkazish boʻyicha talablar;

fuqarolar tomonidan oʻrnatilgan ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalarni faoliyat yuritish tartibi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 20-fevral

Transport vazirligi (I. Maxkamov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

“E-IJRO AUKSION” tizimida, shu jumladan quyidagilarni oʻz ichiga olgan alohida veb-sahifani yaratish:

maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylarning dislokatsiyasi;

mazkur hududdagi transport oqimi va oxirgi ikki yilda aniqlangan yoʻl harakati qoidalari turlari boʻyicha qoidabuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-fevral

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Transport vazirligi (I. Maxkamov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Davlat mulkini boshqarish agentligi

(S. Bekenov)

13.

Elektron auksion savdolariga qoʻyish uchun maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymatini (boshlangʻich narxini) belgilash tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-fevral

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Transport vazirligi (I. Maxkamov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

(N. Sharipov)

14.

Tadbirkorlik subyektlari tomonidan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar oʻrnatilishida, shuningdek, ularni Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining “Maʼmuriy amaliyot” kompleks avtomatlashtirilgan axborot tizimiga integratsiya qilishda axborot xavfsizligini taʼminlashning texnik shartlarini ishlab chiqish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-fevral

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov),

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Transport vazirligi (I. Maxkamov)

15.

Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda tegishli ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasining taqsimlanish tartibini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 15-fevral

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Transport vazirligi (I. Maxkamov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

Milliy haydovchilik guvohnomasini berish sohasida

16.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi “Avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 408-son qaroriga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va unda, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutish:

tadbirkorlik subyektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari, shuningdek, ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi;

tadbirkorlik subyektlari tomonidan haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni oʻtkazishga talablar;

tadbirkorlik subyektlari uchun zamonaviy avtodromlarni tashkil etish va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlash boʻyicha qoʻshimcha majburiyatlar;

Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati vakili tomonidan imtihonlarni oʻtkazish jarayonining bevosita yoki onlayn nazoratini olib borish;

nazariy va amaliy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun asos boʻladigan maxsus himoyalangan sertifikatlar berish tartibi.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-mart

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov),

Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi (U. Tashkentboyev),

Davlat test markazi (M. Karimov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida

17.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

agentlik xizmatlarini koʻrsatish tartibi;

agentlik xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining xodimlariga tegishli davlat xizmatlarini koʻrsatish huquqini beruvchi sertifikatni berish tartibi;

tadbirkorlik subyektlari tomonidan agentlik xizmatlari sifatida koʻrsatilishi taqiqlangan davlat xizmatlari roʻyxati.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-fevral

Adliya vazirligi (R. Davletov),

manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Fuqarolar tomonidan agentlarni tanlab olish imkonini beradigan, shuningdek, agentlik xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlarining roʻyxatini oʻz ichiga olgan yagona elektron reyestrini shakllantirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-mart

Davlat xizmatlari agentligi

(U. Muhammadiyev)

19.

Agentlik xizmatlari boʻyicha maxsus oʻquv kurslarni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-fevral

Davlat xizmatlari agentligi

(U. Muhammadiyev),

manfaatdor vazirlik va idoralar

Ichki maʼmuriy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlash va saqlash sohasida

20.

Davlat organlari va tashkilotlarining xususiy sektorga oʻtkaziladigan ichki maʼmuriy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlash va saqlash boʻyicha funksiyalarining hamda ushbu tartib joriy etiladigan vazirlik va idoralarning roʻyxatini, shuningdek, ular boʻyicha iqtisodiy tahlil oʻtkazish metodikasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 1-aprel

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Ichki maʼmuriy-xoʻjalik faoliyatni taʼminlash va saqlash boʻyicha funksiyalarni xususiy sektorga oʻtkazilishi yuzasidan tahlillar oʻtkazish, samaradorligini oʻrganish va tegishli xulosalarni Moliya vazirligiga taqdim etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-aprel

Davlat organlari va tashkilotlari

22.

Davlat organlari va tashkilotlari huzurida faoliyat yuritayotgan binolar va obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi davlat korxonalarining tashkiliy-huquqiy shaklini qayta koʻrib chiqish va ularni toʻliq xususiylashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil1-aprel

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(S. Bekenov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(A. Ortiqov), Adliya vazirligi

(R. Davletov)

III. Xususiy sektor tomonidan davlat funksiyalarini amalga oshirish samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar

23.

Xususiy sektorga oʻtkazish taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini eʼlon qilish va muhokama qilish uchun elektron maydoncha yaratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 15-mart

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov),

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

24.

Vazirlik va idoralar kesimida xususiy sektorga oʻtkazilishi mumkin boʻlgan davlat funksiyalarini tahlil etish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyishga qaratilgan davlat funksiyalarining yagona reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2021-yil 15-fevral

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

25.

Davlat boshqaruvi organlari vakillari uchun davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmini joriy etishning asosiy jihatlarini tushuntirish maqsadida seminarlar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Reja-jadvalga asosan

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (A. Ortiqov),

Adliya vazirligi (R. Davletov),

Moliya vazirligi (T. Ishmetov),

Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)

manfaatdor vazirlik va idoralar

26.

Kichik va oʻrta biznes vakillari oʻrtasida davlat funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning asosiy yoʻnalishlari, shuningdek, litsenziya va ruxsatnomalarning xususiy sektorga oʻtkazish yoki qisqartirish kerakligi yuzasidan maqsadli ijtimoiy soʻrovlar tashkil etish va oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil reja-jadvalga asosan

“Ijtimoiy fikr” markazi (R. Ubaydullayeva), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi

(A. Ortiqov), Savdo-sanoat palatasi

(A. Ikramov)

27.

Davlat organlarining funksiyalarini xususiy sektorga oʻtkazishning kompleks mexanizmining mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan tematik televizion dasturlar orqali keng yoritishni tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (A. Kuchimov), OʻzMTRK (A. Xodjayev)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 07/20/4913/1607-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 21.04.2022-y., 06/22/113/0330-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 09.09.2025-y., 06/25/157/0811-son; 08.10.2025-y., 07/25/296/0902-son)