Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida pillachilik va qorakoʻlchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6059-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Buxoro choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining tuzilmasi 4 — 6-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
3. Qoʻmita raisiga quyidagi huquqlar berilsin:
zarur hollarda, Qoʻmita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish boshqarmalarining tuzilmasini tasdiqlash;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi, viloyatlar Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini umumiy belgilangan shtat birliklari doirasida tasdiqlash;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Qoʻmitaning boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish;
mahalliy va xorijiy malakali mutaxassislarni xodim va maslahatchilar sifatida jalb qilish, va ularga, istisno tariqasida, ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorini Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan belgilash;
Qoʻmitaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Qoʻmita xodimlarining asosiy egallab turgan lavozimiga koʻra lavozim maoshlari (tarif stavkalari)ga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, ustama va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni belgilash;
Qoʻmita zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida jalb qilinadigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorini xalqaro amaliyot va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda belgilash.
4. Belgilansinki, Qoʻmita, uning tarkibiy va hududiy boʻlinmalari faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik jihatdan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Qoʻmita raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi raisi Qoʻmita bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
Qoʻmitaning hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti, Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Buxoro choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining direktorlari Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti va Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktorlari tegishlicha Yaylov xoʻjaligini rivojlantirish uyushmasi va “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raislarining ilm-fan boʻyicha oʻrinbosarlari hisoblanadi.
(5-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyuldagi PF-6259-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son)
6. Qoʻmita 2020-yil 1-oktabrga qadar:
tarmoqning sanoat qayta ishlab chiqarishini va eksport salohiyatini rivojlantirishni hisobga olgan holda 2021-2022-yillarda qorakoʻlchilikni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 705-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Pillachilik va qorakoʻlchilikni rivojlantirish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom.
“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi bilan birgalikda “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi qoshidagi Pillachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-noyabrdagi 705-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi huzuridagi Pillachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va undan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
7. Qoʻmita Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumani, Ismoil ota koʻchasi 1a-uy manziliga joylashtirilsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Qoʻmitaning hududiy boshqarmalarini joylashtirish uchun zarur xonalar ajratib, mahalliy budjet hisobidan ularning Internet tarmogʻiga ulanishini hamda inventarlar, mebel va orgtexnika bilan jihozlanishini taʼminlasin.
9. “Turonbank” ATB va Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasining qorakoʻlchilik klasterlari va Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi tarkibiga kiruvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihalari) moliyalashtirish boʻyicha taklifiga rozilik berilsin.
Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi ikki oy muddatda 2021-2022-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari roʻyxatini shakllantirsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 7-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Qoʻmita boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida taklif kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.I. Barnoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 2-sentabr,
PQ-4817-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-iyundagi PF-90-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PQ-4817-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 37 nafar, shu jumladan:
boshqaruv xodimlari — 6 nafar;
ilmiy xodimlar — 14 nafar;
laborantlar va eksperimental tajriba xoʻjaligi xodimlari — 17 nafar.
Yordamchi va texnik xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida mutaxassislar va ilmiy xodimlar jalb qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PQ-4817-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot institutining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 38 nafar.
Yordamchi va texnik xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida mutaxassislar va ilmiy xodimlar jalb qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PQ-4817-son qaroriga
6-ILOVA
6-ILOVA
Buxoro choʻl yaylov ozuqabop oʻsimliklar urugʻchiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 10 nafar.
Yordamchi va texnik xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
Ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida mutaxassislar va ilmiy xodimlar jalb qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-sentabrdagi PQ-4817-son qaroriga
7-ILOVA
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-2841-son qarorida:
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi boshqaruvi raisiga, zarurat tugʻilganda, ijro etuvchi apparat tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritishga ruxsat berilsin”;
9-bandning ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishilgan holda” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5 — 7-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-2856-son qarori 2-ilovasi “Rais oʻrinbosari — Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori” bloki bilan toʻldirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-martdagi “Qorakoʻlchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3603-son qarorining 2-bandi hamda 1 va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4254-son qarorida:
1-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisidagi “Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti” soʻzlari chiqarib tashlansin;
1-ilovaning “Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti” va “Respublika “Qorakoʻlchilik” uyushmasi*” bloklari chiqarib tashlansin;
2-ilovaning 11-pozitsiyasi chiqarib tashlansin;
21-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorakoʻlchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4420-son qarorida:
8-banddagi “Xalq banki” ATB” soʻzlari “Turon bank” ATB” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
15-banddan uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.09.2020-y., 07/20/4817/1254-son; 10.02.2021-y., 07/21/4984/0098-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2021-y., 06/21/6259/0657-son; 12.06.2023-y., 06/23/90/0352-son)