Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Koronavirus pandemiyasi davrida tashqi iqtisodiy faoliyat, turizm va qurilish sohalarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsiri oqibatida zarar koʻrgan va koʻrayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat va turizm sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarini hamda zamonaviy uy-joy qurilishi bilan band boʻlgan qurilish-pudrat tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining avtotransport vositalari parkini yanada yangilash va modernizatsiya qilish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2022-yil 31-dekabrga qadar quyidagilarga utilizatsiya yigʻimining nol stavkasi qoʻllanilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-avgustdagi PQ-5225-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2021-y., 07/21/5225/0807-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yuk tashish uchun moʻljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodi 8704 23) hamda maxsus moʻljallangan yangi transport vositalari (TIF TN kodi 8705 10, 8705 40, 8705 90);
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-avgustdagi PQ-5225-son qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2021-y., 07/21/5225/0807-son)
haydovchi bilan birga oʻn va undan ortiq yoʻlovchilarni tashish uchun moʻljallangan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan transport vositalari (TIF TN kodi 8702, ishlab chiqarilganiga 4 yildan oshganlari bundan mustasno).
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-oktabr,
665-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-oktabrdagi 665-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Gʻildirakli transport vositalari, oʻziyurar mashinalar va ularning tirkamalari uchun utilizatsiya yigʻimini joriy etish toʻgʻrisida” 2020-yil 2-iyundagi 347-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 2-bandning “b” kichik bandida:
a) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“davlatlararo, hukumatlararo, xalqaro tashkilotlar yoʻnalishlari boʻyicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik koʻmak (grant) mablagʻlari hisobiga olib kiriladigan transport vositalariga;”;
b) toʻrtinchi xatboshi tegishli ravishda beshinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. Ilovaning VI qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
VI. Tirkamalar va yarim tirkamalar |
| |||
|
Tirkamalar va yarim tirkamalar; boshqa oʻziyurar boʻlmagan transport vositalari |
8716 (8716 80, 8716 90 dan tashqari) |
60 |
660 |
”. | |
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2020-y., 09/20/665/1426-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2021-y., 07/21/5225/0807-son)