O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ayrim turdagi tovarlar uchun utilizatsiya yig‘imini joriy etish to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. 2020-yil 1-avgustdan boshlab, utilizatsiya yig‘imi miqdorlari va utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalarining turlari va toifalari ro‘yxati 1-ilovaga muvofiq;
2024-yil 1-iyuldan boshlab utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalarning ro‘yxati va utilizatsiya yig‘imi miqdorlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
2. Belgilab qo‘yilsinki:
a) transport vositalarini “erkin muomalaga chiqarish” (import) bojxona rejimida rasmiylashtiradigan jismoniy va yuridik shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalarini (keyingi o‘rinlarda — transport vositalari) ishlab chiqaradigan (yig‘adigan, tayyorlaydigan) jismoniy va yuridik shaxslar utilizatsiya yig‘imi to‘lovchilari hisoblanadi;
b) quyidagi transport vositalariga utilizatsiya yig‘imi to‘lanmaydi:
umume’tirof etilgan prinsiplarga va xalqaro huquq normalariga muvofiq imtiyoz va immunitetlardan foydalanadigan diplomatik vakolatxonalarga yoki konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarga, shuningdek, bunday vakolatxonalar, muassasalar, tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan, diplomatik maqomga ega bo‘lgan xodimlari va ularning oila a’zolariga tegishli transport vositalariga;
ishlab chiqarilgan yilidan boshlab 30 va undan ortiq yil o‘tgan L va M1 toifali, shuningdek, ishlab chiqarilgan yilidan boshlab 50 va undan ortiq yil o‘tgan, yo‘lovchilar va yuklarni tijorat maqsadida tashish uchun mo‘ljallanmagan, asl dvigateli va kuzovi bilan asl holatida saqlangan yoki asl holati tiklangan M2, M3 va N toifali transport vositalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
davlatlararo, hukumatlararo, xalqaro tashkilotlar yo‘nalishlari bo‘yicha xayriya yordami maqsadlarida, shu jumladan texnik ko‘mak (grant) mablag‘lari hisobiga olib kiriladigan transport vositalariga;
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 29-oktabrdagi 665-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2020-y., 09/20/665/1426-son)
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirilib, “vaqtinchalik olib kirish” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan transport vositalariga;
Oldingi tahrirga qarang.
xalqaro moliya institutlaridan va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan hamda jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan O‘zbekiston Respublikasida amalga oshiriladigan loyihalar doirasida yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladigan transport vositalariga. Bunda mazkur imtiyozlarni qo‘llash uchun loyiha tashabbuskori (buyurtmachi) tomonidan bojxona organlariga loyihani moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida tasdiqnoma taqdim etiladi.
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-noyabrdagi 727-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.11.2024-y., 09/24/727/0905-son — Kuchga kirish sanasi 2025-yil 1-fevral)
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish asosida, transport vositalarini va ularning tarkibiy qismlarini utilizatsiya qilish va retsikling jarayonini tartibga soluvchi Hukumat qarori loyihasini ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:
eskirgan transport vositalaridan O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun texnik va ekologik talablarni tartibga solish chora-tadbirlari;
g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalariga nisbatan utilizatsiya yig‘imlarini yig‘ish, hisoblash, to‘lash, undirish, shuningdek, utilizatsiya yig‘imining ortiqcha to‘langan yoki ortiqcha undirilgan summalarini qaytarish va ularni hisobga olish tartibi;
transport vositalarining chiqindilari bilan ishlash infratuzilmasini tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish, shuningdek, transport vositalari chiqindilarini yig‘ish, tashish, qayta ishlash, zararsizlantirish, ulardan foydalanish va utilizatsiya qilish xarajatlarini qoplash tartibi;
transport vositalarining utilizatsiyasi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar uchun ekologik va texnik talablar hamda sanoat xavfsizligi talablarini belgilash;
transport vositalarining utilizatsiya qilinishi munosabati bilan ularni ichki ishlar organlarida to‘lovlar undirmay hisobdan chiqarish tartibi;
2021-yildan boshlab, eskirgan transport vositalarini ixtiyoriy ravishda utilizatsiya qilish uchun jismoniy va yuridik shaxslarni rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot masalalari va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2020-yil 2-iyun,
347-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-iyundagi 347-son qaroriga
1-ILOVA
(ilova belgisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Utilizatsiya yig‘imining miqdorlari va utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va ularning tirkamalarining turlari va toifalari
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.

Transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va uskunalarning turlari va toifalari

TIF TN kodi

Transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar va uskunalarga nisbatan utilizatsiya yig‘imi miqdorlari (BHMda)

ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lmagan

ishlab chiqarilgan muddatidan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lgan

I. Traktorlar

Quvvat manbai bilan:

18 kVt (25 o.k.) gacha

8701 10 000 0,

8701 20 109 0,

8701 20 909 0,

8701 91, 8701 92,

8701 93, 8701 94,

8701 95

-

120

18 kVt (26 o.k.) dan 37 kVt (51 o.k.) gacha

-

240

37 kVt (52 o.k.) dan 75 kVt (102 o.k.) gacha

-

360

75 kVt (103 o.k.) dan 130 kVt (177 o.k.) gacha

-

480

130 kVt (178 o.k.) dan ortiq

-

600

Egarli tyagachlar

8701 20

670

1 360

II. M2, M3 toifali transport vositalari, shu jumladan yuqori o‘tuvchan g toifali transport vositalari:
mikroavtobuslar va avtobuslar

Transport vositalari dvigatelning ish hajmi bilan:

2 500 sm3gacha

8702

(8702 40 000dan tashqari)

120

150

2 500 sm3 dan 5 000 sm.kubgacha

185

360

5 000 sm3 dan 10 000 sm.kubgacha

320

540

10 001 sm3 dan ortiq

540

1 080

Elektrodvigatelga ega bo‘lgan transport vositalari, gibrid quvvatli transport vositalari bundan mustasno

8702 40 000

70

150

III. M1 toifali transport vositalari, shu jumladan yuqori o‘tuvchan g toifali transport vositalari:
yengil avtomobillar

Transport vositalari dvigatelning ish hajmi bilan:

1 000 sm3 gacha

8703

(8703 10 va

8703 80 000 lardan

tashqari)

30

90

1 000 sm3 dan 2 000 sm3 gacha

120

210

2 000 sm3 dan 3 000 sm3 gacha

180

330

3 000 sm3 dan 3 500 sm3 gacha

180

390

3 500 sm3 dan ortiq

300

480

Qor orqali harakatlanish uchun maxsus mo‘ljallangan transport vositalari; golfchilarni tashish uchun avtomobillar va shu kabi transport vositalari

8703 10

30

90

Elektrodvigatelga ega bo‘lgan transport vositalari, gibrid quvvatli transport vositalari bundan mustasno

8703 80 000

120

210

IV. N1, N2, N3 toifali transport vositalari, shu jumladan yuqori o‘tuvchan g toifali transport vositalari:
yuk avtomobillari

To‘la vazni:

2,5 tonnagacha

8704

(8704 90 000

dan tashqari)

100

150

2,5 tonnadan 3,5 tonnagacha

210

300

3,5 tonnadan 5 tonnagacha

210

300

5 tonnadan 8 tonnagacha

210

300

8 tonnadan 12 tonnagacha

300

810

12 tonnadan 20 tonnagacha

330

1 200

20 tonnadan 50 tonnagacha

690

1 410

Elektrodvigatelga ega bo‘lgan transport vositalari, gibrid quvvatli transport vositalari bundan mustasno

8704 90 000

120

150

V. Maxsus mo‘ljallangan transport vositalari

Maxsus transport vositalari, avtobetonaralashtirgichlardan tashqari

8705

(8705 40 000 0

dan tashqari)

195

550

Avtobetonaralashtirgichlar

8705 40 000 0

600

1 500

VI. Tirkamalar va yarim tirkamalar

Tirkamalar va yarim tirkamalar; boshqa o‘ziyurar bo‘lmagan transport vositalari

8716
(8716 80, 8716 90 dan tashqari)

60

660

VII. Boshqa turdagi transport vositalari, o‘ziyurar mashina va uskunalar

Avtogreyderlar, quvvat manbai bilan:

100 o.k. gacha

8429 20 001 0,

8429 20 009 1,

8429 20 009 9

-

240

100 o.k. dan 140 o.k. gacha

-

360

140 o.k. dan 200 o.k. gacha

-

480

200 o.k. dan ortiq

-

600

Buldozerlar, quvvat manbai bilan:

100 o.k. gacha

8429 11 001 0,

8429 11 002 0,

8429 11 009 0,

8429 19 000 1,

8429 19 000 9

-

240

100 o.k. dan 200 o.k. gacha

-

360

200 o.k. dan 300 o.k. gacha

-

480

300 o.k. dan ortiq

-

600

Ekskavatorlar, ekskavator-yuk ortgichlar, ekskavator buldozerlar, quvvat manbai bilan:

170 o.k. gacha

8429 52,

8429 59 000 0

-

240

170 o.k. dan 250 o.k. gacha

-

360

250 o.k. dan ortiq

-

480

Yo‘l roliklari, quvvat manbai bilan:

40 o.k. gacha

8429 40 100 0,

8429 40 300 0

-

240

40 o.k. dan 80 o.k. gacha

-

360

80 o.k. dan ortiq

-

480

O‘ziyurar kranlar, g‘ildirakli transport vositalarining shassisiga asoslangan kranlar bundan mustasno, quvvat manbai bilan:

170 o.k. gacha

8426 41 000

-

240

170 o.k. dan 250 o.k. gacha

-

360

250 o.k. dan ortiq

-

480

Quvur yotqizuvchi kranlar, gusenitsali kranlar, quvvat manbai bilan:

130 o.k. gacha

8426 49 001 0,

8426 49 009 0

-

240

130 o.k. dan 300 o.k. gacha

-

360

300 o.k. dan ortiq

-

480

Old yuk ko‘targichlar, quvvat manbai bilan:

50 o.k. gacha

8427 10,

8427 20,

8429 51

-

240

50 o.k. dan 100 o.k. gacha

-

360

100 o.k. dan 300 o.k. gacha

-

480

300 o.k. dan ortiq

-

600

O‘rmon xo‘jaligi uchun mashina va uskunalar, quvvat manbai bilan:

100 o.k. gacha

8436 80 100

-

240

100 o.k. dan 300 o.k. gacha

-

360

300 o.k. dan ortiq

-

480

G‘alla o‘ruvchi kombaynlar, quvvat manbai bilan:

160 o.k. gacha

8433 51 000

-

240

160 o.k. dan 220 o.k. gacha

-

360

220 o.k. dan 320 o.k. gacha

-

480

320 o.k. dan ortiq

-

600

O‘ziyurar yig‘im-terim kombaynlari, quvvat manbai bilan:

250 o.k. gacha

8433 59 110

-

240

250 o.k. dan 400 o.k. gacha

-

360

400 o.k. dan ortiq

-

480

O‘ziyurar qishloq xo‘jaligi mashinalari:

O‘simliklarni himoya qilish uchun o‘ziyurar purkagichlar, quvvat manbai 100 o.k. dan 120 o.k. gacha

8424 82,

8433 20 100 0

-

240

O‘simlikparni himoya qilish uchun o‘ziyurar purkagichlar, quvvat manbai 120 o.k. dan 300 o.k. gacha

-

360

O‘simliklarni himoya qilish uchun o‘ziyurar purkagichlar, quvvat manbai 300 o.k. dan ortiq

-

480

O‘ziyurar o‘rish mashinalar

-

240

Izoh. BHM — to‘lov kuni uchun O‘zbekiston Respublikasida tasdiqlangan bazaviy hisoblash miqdori.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 52-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.02.2025-y., 09/25/52/0105-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-iyundagi 347-son qaroriga
2-ILOVA
Utilizatsiya yig‘imi to‘lanadigan pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalarning ro‘yxati va utilizatsiya yig‘imi miqdorlari

Tovarlarning nomi

TIF TN kodi

Tovarlarning vaznidan kelib chiqqan holda har bir kilogrammi uchun utilizatsiya yig‘imi miqdorlari (BHMga nisbatan foizda)

Yangi shinalar va pnevmatik pokrishkalar rezinadan

4011 10 000,

4011 20,

4011 90 000 0

0,3

Qayta tiklangan yoki ishlatilgan pnevmatik rezina shinalar va pokrishkalar;

qattiq yoki yarim pnevmatik shinalar va pokrishkalar, rezinali shinalar va o‘rama lentalari.

4012 11 000 0,

4012 12 000 0,

4012 20 000 9,

4012 90 200 0

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PQ-422-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.06.2020-y., 09/20/347/0722-son, 30.10.2020-y., 09/20/665/1426-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 07/23/422/0994-son; 08.11.2024-y., 09/24/727/0905-son; 04.02.2025-y., 09/25/52/0105-son)