|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 19.11.2021
|
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrug‘i
Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3105-1]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 2-noyabrdagi 67-sonli ““Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3105-2, 19.11.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2018-yil 14-noyabrdagi 144-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3105, 2018-yil 21-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 51-son, 986-modda) bilan tasdiqlangan Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-sentabr,
97-son
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-sentabrdagi 97-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Auditor malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 8-bandda:
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom yoki ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjat yoxud vakolatli davlat organining xorijiy ta’lim muassasasida olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy darajasi to‘g‘risidagi hujjatni tan olish guvohnomasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi);”;
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) mehnat daftarchasi (mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi tizimidan ko‘chirma) (nusxasi olinib, asli qaytariladi), (o‘rindoshlik bo‘yicha mehnat staji mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda mehnat daftarchasiga yozuv kiritilgan bo‘lishi lozim);”;
“j” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“j) malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi.”.
2. 13-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:
“Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun talabgorga 15 kundan ko‘p bo‘lmagan muddat beriladi.
Hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish uch kun mobaynida amalga oshiriladi. Talabgorning arizasi qayta ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
Agar malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan kamchiliklar 15 kun mobaynida bartaraf etilmasa, bunda talabgorning arizasi yangidan taqdim etilgan deb hisoblanadi.”.
3. 14-bandning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Pri prinyatii resheniya o dopuske pretendenta k sdache kvalifikatsionnogo ekzamena on vklyuchayetsya v spisok lits, dopuщennix k sdache kvalifikatsionnogo ekzamena, i etot spisok peredayetsya v ekzamenatsionnuyu komissiyu pered nachalom kvalifikatsionnogo ekzamena. Pri etom kvalifikatsionniy ekzamen provoditsya po mere formirovaniya gruppi, no ne reje odnogo raza v kvartal.”.
4. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Malaka imtihonini topshirishda talabgorlar pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etadi.”.
5. 19-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“19. Talabgor pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim qilmaganda yoxud malaka imtihoniga kechikkan taqdirda malaka imtihoniga qo‘yilmaydi va malaka imtihoniga kelmagan hisoblanadi.”.
6. 20-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“20. Agarda talabgor, uni mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinganidan so‘ng, ikki marotaba malaka imtihonini topshirishga kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytariladi. Bunda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im qaytarib berilmaydi.”.
7. 24-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“24. Test sinovi quyidagi bo‘limlar bo‘yicha 80 ta savoldan iborat bo‘ladi:
moliyaviy hisob;
boshqaruv hisobi va moliyaviy tahlil;
audit;
soliq solish va tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish.
Talabgorga malaka imtihonini topshirish uchun to‘rt soat vaqt taqdim etiladi.
Talabgorning to‘g‘ri javoblar bo‘yicha yakuniy natijasi 75 foiz va undan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, u malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan hisoblanadi.”.
8. 25-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
9. 26-bandda:
birinchi xatboshisi “uyali telefondan” degan so‘zlardan keyin “yoki boshqa axborot texnologiya vositalaridan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshisi “uyali telefon” degan so‘zlardan keyin “yoki boshqa axborot texnologiya vositalari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
10. 28-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“28. Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor, malaka imtihonini topshirgan sanadan kamida bir oy o‘tgandan so‘ng malaka imtihonini qayta topshirish uchun mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim qilishi mumkin.”.
11. 32-banddagi “mutaxassisning” degan so‘z “auditorning” degan so‘z bilan almashtirilsin.
12. 35-banddagi “talabgor” degan so‘z “auditor” degan so‘z bilan almashtirilsin.
13. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Malaka sertifikati dastlab besh yillik muddatga, talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda, yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlarga malaka imtihonini topshirmasdan beriladi.
Dastlabki besh yillik muddat tugagandan so‘ng uning amal qilish muddatini navbatdagi o‘n yilga uzaytirish, auditor malaka imtihoni muvaffaqiyatli topshirganda yoxud auditor xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.
Malaka sertifikatini keyingi muddatsiz davrga uzaytirish auditor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirganda yoxud auditor xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lganda yoki o‘n yildan kam bo‘lmagan uzluksiz auditor ish staji mavjud bo‘lganda malaka imtihonini topshirmasdan amalga oshiriladi.
Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun hujjatlar mazkur Nizomning 37-bandiga muvofiq taqdim etilganda, malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi ariza taqdim etilgan sanadan boshlab malaka sertifikatining amal qilish muddati tugashi sanasigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i auditor sifatida uzluksiz ish stajini hisoblashda inobatga olinadi.
Auditor lavozimiga tayinlashlar oralig‘idagi vaqt bir oydan oshmagan bo‘lsa, ushbu davr auditor sifatidagi uzluksiz ish stajini aniqlashda uzilish deb hisoblanmaydi.”.
14. 37-bandda:
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) arizani ko‘rib chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjati nusxasi;”;
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) mehnat daftarchasi (mehnat stajini tasdiqlovchi “Elektron mehnat daftarchasi” tizimidan ko‘chirma) (nusxasi olinib, asli qaytariladi).”.
15. 39-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Agarda auditor, uni mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinganidan so‘ng, malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun malaka imtihonini topshirishga kelmasa, malaka sertifikatining amal qilish muddati tugagandan keyin, taqdim etilgan hujjatlar (malaka sertifikatining asl nusxasidan tashqari) qaytariladi. Bunda arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im qaytarib berilmaydi.”.
16. 41-bandning uchinchi xatboshisidagi va 45-banddagi “eng kam ish haqining” degan so‘zlar “bazaviy hisoblash miqdorining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
17. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston auditorlar palatasi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi Kengashi raisi M. TULAXODJAYEVA
2019-yil 11-sentabr
O‘zbekiston auditorlar palatasi Kengashi raisi N. KARIMOV
2019-yil 11-sentabr
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 10/19/3105-1/3838-son)