Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-martdagi PQ-4247-son qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-iyun,
515-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyundagi 515-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi huzurida Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 26-avgustdagi 243-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 34-35-son, 351-modda):
a) nomidagi “Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga” soʻzlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 5-banddagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan birgalikda” soʻzlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi”soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 8-bandning uchinchi xatboshisidagi “Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi” soʻzlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga” soʻzlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandning birinchi xatboshidagi “Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
17-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Vazirlar Kengashi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, Oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi, hududida biosfera rezervati joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ilmiy va boshqa tashkilotlar, muassasalar vakillari kiradi”;
toʻqqizinchi xatboshidagi “Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
32-banddagi “Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
44-banddagi “Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
56-bandning sakkizinchi xatboshisidagi “Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi” soʻzlari “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son,734-modda):
a) 1-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq”;
2-banddan “qoʻriqxonalar” soʻzi chiqarib tashlansin;
4-banddagi “Davlat qoʻriqxonalari, milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi” soʻzlari “Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻrmon fondi hududlarida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma yoki dalolatnomalar tuzish, huquqbuzarlarga nisbatan jarimalar (tabiat bogʻlarida) qoʻllash”;
24-bandning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi hamda davlat oʻrmon xoʻjaliklari — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar”;
26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Oʻrmon inspektorlari, yegerlar, milliy tabiat bogʻlari inspektorlari xizmatni oʻtash davrida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat quroli, uning oʻq-dorilari va maxsus vositalar, raqamli jeton, durbin, avto-moto yoki ot-ulov, qonunchilik hujjatlari toʻplami, bayonnoma blankalari va uni roʻyxatga olish kitobi va xizmatga zarur boshqa inventarlar bilan taʼminlanadilar”;
2-banddan “qoʻriqxonalar” soʻzi chiqarib tashlansin;
10-bandning “d” kichik bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“oʻrmon fondi hududlarida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma yoki dalolatnomalar tuzish, huquqbuzarlarga nisbatan jarimalar (tabiat bogʻlarida) qoʻllash”;
20-banddan “davlat qoʻriqxonalari” va “biorezervat” soʻzlari chiqarib tashlansin;
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi toʻgʻrisida Nizom”;
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi), Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda Boshqarma deb ataladi)ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi”;
2-banddan “davlat qoʻriqxonalari” va “davlat biosfera rezervatlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari faoliyatini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish”;
toʻqqizinchi xatboshidan “davlat qoʻriqxonalari” va “davlat biosfera rezervatlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“a” kichik bandning birinchi xatboshisidan “davlat qoʻriqxonalari” va “davlat biosfera rezervatlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“g” kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“vakolatli organlar bilan kelishgan holda tizimiga kiruvchi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda tajriba-sinov ishlarini oʻtkazish va tugallangan ilmiy natijalarni qoʻllash uchun tajriba-xoʻjalik hududlarini belgilash”;
“j” kichik bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridan “davlat qoʻriqxonalari” va “davlat biosfera rezervatlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
10-bandning oʻn uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tizim milliy tabiat bogʻlari hududiga kirish va ilmiy-tadqiqotlar olib borish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berish”;
13-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin;
“tizim milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaligi direktorlarining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, oʻrinbosarlar — bosh nozirlar, bosh oʻrmonbegilar, bosh hisobchilarni xoʻjalik rahbarlarining tavsiyasiga binoan Qoʻmita bilan kelishgan holda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi”;
3-bandning “g”kichik bandidan “qoʻriqxonalar, biosfera rezervatlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) oʻrmon xoʻjaligi, oʻrmon-ovchilik xoʻjaligi, davlat qoʻriqxonalari va oʻrmon fondi yerlaridagi boshqa muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni rivojlantirish boʻyicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
“n” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“n) oʻrmon fondi yerlarida (milliy tabiat bogʻlari, ovchilik, oʻrmon va ixtisoslashtirilgan xoʻjaliklar inspektorlari va yegerlari tomonidan aniqlangan huquqbuzarliklardan tashqari) hayvonot va oʻsimlik dunyosi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishini aniqlagan shaxslarga ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR, yashash joyi, telefon raqami koʻrsatilgan, pasportining nusxasi, bank hisob raqami ilova qilingan murojaati asosida quyidagi miqdorlarda mukofotlar toʻlash”;
“t” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“t) Milliy tabiat bogʻlari va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi, shuningdek, “Shifobaxsh” dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazini boshqarishning budjetdan tashqari qismini moliyalashtirish va saqlab turish”;
2-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi respublika tashkilotlari (Milliy tabiiy bogʻlar va ovchilik xoʻjaliklari boshqarmasi, “Shifobaxsh” dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi, Oʻrmon va dorivor oʻsimliklar urugʻchiligi tahlil markazi, “Oʻrmonloyiha” davlat unitar korxonasi, Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti), Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrmon xoʻjaligi qoʻmitasi va viloyat oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari xodimlari mehnatiga haq toʻlash 3-ilovaga;
Davlat oʻrmon xoʻjaliklari, davlat ovchilik xoʻjaliklari, milliy tabiat bogʻlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash 4-ilovaga”;
3-ilova nomidagi “Davlat qoʻriqxonalari, milliy tabiiy bogʻlar” soʻzlari “Milliy tabiat bogʻlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-ilova nomidan “davlat qoʻriqxonalari, davlat biosfera qoʻriqxonalari, davlat biorezervatlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi va uning tarkibiga kiruvchi Burchmulla va Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida” 2018-yil 14-avgustdagi 657-son qarorida:
a) nomidan “Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidan “Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
4-banddan “Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Davlat qoʻriqxonalari, milliy tabiat bogʻlari” soʻzlari “Milliy tabiat bogʻlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 3 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
d) 5-ilova nomidan “Chotqol davlat biosfera qoʻriqxonasi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining faoliyatini takomillashtirish va oʻrmon xoʻjaliklarining chegara hududlari tabiiy resurslaridan foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 10-sentabrdagi 717-son qarorida:
a) 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va davlat oʻrmon xoʻjaligi organlari tizimining chegara zonasi va chegara mintaqasida ishlovchi xodimlarining oylik lavozim maoshiga 30 foizlik qoʻshimcha ustama”;
b) 1-ilovaning 2-bandi yettinchi xatboshisidan “davlat qoʻriqxonalari, biosfera qoʻriqxonalari” va “davlat biosfera rezervatlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 2-ilovaning 2-bandi beshinchi xatboshisidan “davlat qoʻriqxonalari, biosfera qoʻriqxonalari” va “davlat biosfera rezervatlari” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/515/3318-son)